Xordalilar tipi. Lansetnik.
1.Xordalilar tipiga qaysi sinflar kiradi?----Lansetnik,tog’ayli,suyakli baliqlar,suvda hamda quruqlikda yashovchilar,sudralib yuruvchilar,qushlar va sutemizuvchilar.
2.Xordalilarning o’q skeleti nimadan iborat?-----Xordadan.
3.Xordalilar nima orqali nafas oladi?-------Jabra yoki o’pka.
4.Lansetnik qayerlarda uchraydi?------Tropik va mo’tadil dengiz va Qora dengiz.
5.Lansetnik tanasining uzunligi qancha?-----4-8 sm.
6.Lansetnik hayotining ko’p qismini qayerda o’tkazadi?-----Dengiz tupida qumga ko’milgan holda.
7.Lansetnikni og’iz teshigini necha juft paypaslagichlar o’rab turadi?------10-20
8.Nima u-n lansetnik bosh skeletsizlarning kenja tipiga kiritiladi?------Bosh miyasi va bosh skeletini bo’lmasligi.
9.Lansetnik muskullari qanday joylashgan?------Tanasining ikki yonida tasma shaklida.
10.Lansetnik nimalar b-n oziqlanadi?------Plankton hayvonlar.
11.Lansetnik nima orqali nafas oladi?------Jabra.
12.Jabralarga qum kirishiga nima yo’l qo’ymaydi?------Teri burmalari.
13.Lansetnikni qon aylanish sistemasi qanday tuzilgan ?------Yopiq.
14.Lansetnikda yurak vazifasini nima bajaradi?-------Yirik qon tomirlar.
15.Ayirish sistemasi qaysi hayvonnikiga o’xshash bo’ladi?------Yomg’ir chuvalchang.
16.Ayirish naychalarining uchi qayerga ochiladi?------Jabra oldi bo’shlig’iga.
17.Nerv sistemasi qayerda joylashgan?------Xorda ustida.
18.Lansetnik qanday ta’sirlarni sezadi?------Kimyoviy va mehanik.
19.Lansetnikni kim kashf etgan?------A.O.Kovalevskiy.
20.Lansetnikni xordalilarga xos belgilari?------Xordasini bo’lishi va nerv sistemasini naysimon bo’lishi.
21.Lansetnikni xordalilardan farq qiladigan belgilari?------Bosh miyasi va yuragini bo’lmasligi,ayirish va muskullarini tuzilishi.
Baliqlar sinfi.
1.Zog’ora baliq qayerlarda uchraydi?-------O’rta Osiyoning tog’ daryolari va ko’llarida.
2.Zog’ora baliqning kattaligi va uzunligi?------1 m,8-16 kg.
3.Baliqlarning toq suzgichlari?----Orqa,dum,anal.
4.Baliqlarning juft suzgichlari ?------Ko’krak va qorin.
5.Baliqlarning suzgichlari qanday tuzilgan?-------Yupqa teri va suzgich yoyi.
6.Baliqlarning oldinga harakatlanishida qaysi suzgich muhim rol o’ynaydi ?------Dum.
7.Baliqlarning juft suzgichlari qanday vazifani bajaradi?------Tanani muvozanatga solish,harakatlanganda burilish va to’xtash,oldinga suzishda.
8.Baliqlarning tanasi nima b-n qoplangan?-----Tangachalar.
9.Baliqlarni yoshini qanday aniqlash mumkin?------Tangachalaridagi halqalar soniga qarab.
10.Baliqlarning umurtqa pog’onasi nechta suyakdan tuzilgan?----39-42 ta.
11.Baliqlarning umurtqa nayi qanday hosil bo’ladi?-----Umurtqalarining ustki qarama-qarshi yoyi tutashib.
12.Baliqlarning qayerlarida umurtqalarida qovurg’alar bo’lmaydi?--------Dum umurtqalarida.
13.Baliqlarning bosh skeleti qanday suyaklardan tuzilgan?-------Miya qutisi,jag’lar,jabra qopqoqlaridan.
14.Baliqlarning tanasidagi qaysi muskullar kuchli rivojlangan?-----Orqa va dum suzgichlaridagi.
15.Baliqlarning suzgich pufagi qayerda joylashgan?-----Qorin bo’shlig’ining ichaklari ustida.
16.Baliqlarning suzgich pufagi qanday tuzilgan?-----Gazlar b-n to’lgan kumushrang xaltachadan .
17.Baliqlarning suzgich pufagi ingichka naycha orqali nimaga tutashadi?--------Ichak.
18.Baliqlarning suzgich puhfagi qanday vazifani bajaradi?------Tovushni kuchyatiradigan rezanator.
19.Zog’ora baliq nimalar b-n oziqlanadi?-------Umurtqasiz hayvonlat,suvo’tlar,yashil o’simlik novdasi va barglari.
20.Hazm qilish sistemasining ketma-ketligi?------Og’iz-halqum-qizilo’ngach-ichak.
21.Halqumida nimalar joylashgan?------Uch qator tishchalar.
22.Baliqlarning ichak bo’shlig’iga qanday suyuqliklar quyiladi?-----Oshqozon osti bezi va jigarning o’t suyuqligi.
23.Baliqlar nima b-n nafas oladi?-----Suvda erigan kislorod.
24.Baliqlarning jabralari qanday tuzilgan?------Jabra ravqlari va qilchalaridan.
25.Baliqlarning qon aylanish sistemasiga nimalar kiradi?------Yurak,qorin,aorta,arteriya,vena va kapillar qon tomirlar.
26.Baliqlarning yuragi qanday tuzilgan?-----Yurak oldi bo’lmasi va qorinchasi.
27.Baliqni yurak qorinchasi qisqarganda qon qayerga chiqariladi?------Aortaga.
28.Ayirish sistemasi nima hisoblanadi?--------Ikkita tasmasimon qo’ng’ir qizg’ish buyrakdan iborat.
29.Baliqlarning ozig’i nima ta’sirida hazm bo’ladi?-----Hazm shirasi va o’t suyuqligi.
30.Baliqlarning orqa miyasidan qayerlarga nervlar ketadi?-------Suzgichlari terisi va muskullariga.
31.Baliqlaqning bosh miyasi qanday qismlardan tuzilgan?-----Oldingi,oraliq,o’rta,miyacha va uzunchoq.
32.Baliqlarning ta’m bilish hujayralari qayerda joylashgan?-------Og’iz bo’shlig’i,halqum va butun tana yuzasida.
33.Qaysi baliqlarda mo’ylovlar bo’ladi?------Zog’ora,treska.
34.Baliqlarning yon chiziqlari qanday vazifani bajaradi?-----Sezish.
35.Baliqlarning jinsiy organlari nima hisoblanadi?-------Urg’ochilarida yirik tuxumdon,erkaklarida bir juft urug’don.
36.Baliqlarda qachon ko’payish instinkti paydo bo’ladi?------Jinsiy hujayralar yetila boshlashi b-n.
37.Baliqlarning ko’payish instinkti qanday ahamiyatga ega?-------Tuxum qo’yish va nasl qoldirish u-n qulay joy axtarishga undaydi.
38.Qaysi baliqlar uvildiriq tashlash u-n Uzoq sharq daryolaridan Amudaryo irmoqlariga o’tadi?-----Keta va gorbusha.
39.Ugor balig’i tuxumini qayerga qo’yadi?------Atlantika okeanining Sargass dengiziga.
40.Zog’ora balliq tuxumlarini qayerga qo’yadi?------Sayoz joylarga ,suv omborlariga va ko’llarga.
41.Baliqlarning urug’langan tuxum hujayralari necha kunda rivojlanadi?------ 4-6
42.Baliq chavoqlari nima b-n oziqlanadi?----Mikroorganimzlar,.
43.Yilning oxiriga kelib zog’ora baliqning uzunligi qanchaga teng bo’ladi?-----5-10 sm.
44.Naslga kam g’amxo’rlik qiladigan baliqlar…..?-----Juda ko’p tuxum qo’yadi.
45.Okun va treska nechtagacha tuxum qo’yadi?-------300000,bir necha million.
46.Qaysi baliqlar urg’ochilari u-n so’lak bezlaridan uya quradi?------Tikanbaliq.
47.Dengiz otchasi tuxumlarini qayerda olib yuradi?-----Qornidagi maxsus xaltachalarda.
48.Qaysi baliqlar tuxumlarini og’iz bo’shlig’ida olib yuradi?------Afrika tilyapiyasi.
49.O’tkinchi baliqlar uvildiriq tashlash u-n …..o’tadi?----Dengizdan daryoga,daryodan dengizga.
Do'stlaringiz bilan baham: |