Kurs ishining o’rganilish darajasi. Kurs ishini yozishda mavzuga tegishli bir qancha adabiyotlardan foydalanildi. Bu asarlarning ko`pchiligi Ahmad Zaki Validiyning “Xotiralar”idan1 olingan bo`lib bundan tashqari uning “Bo’linganni bo’ri yer”2 asari orqali Turkiston xalqining sovet rejimiga qarshi harakatlarini o`qishimiz mumkin. Shuningdek, Юлдашбаев А.3 Абдурахманов М.4 Хусаинова Г. А.5 ИшбердинаГ.Н.6 kabilarning tadqiqot ishlarini mumkin
Kurs ishining maqsad va vazifalari. Ushbu mavzuni o’rganishdan ko’zlangan asosiy maqsad, Ahmad Zaki Validiyning tarixiy shaxs sifatidagi hayotini va ishlarini manbalar, adabiyotlar asosida batafsil yoritib berish hisoblanadi. Shundan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilab olindi.
- Toʻgʻanning yoshligi, tarbiyasi va taʼlim olishi yillari o`rganish;
- Siyosiy urashuvlarchga tayyorgarlik yillari yoritib berish;
- Bolsheviklar bilan oraning buzilishi voqealarini ochib berish.
- To`g`an shaxsiga bosmachi tamg`asini bosilishini tanqidiy tahlil qilish
- Turkiston ijtimoiy hayotida To`g`on qarashlarining ahamiyati
- To`g`on va Anvar poshsho munosabatlarini ochib berish
-Mavzu yuzasidan qisqacha xulosalar berish.
Kurs ishining davriy chegarasi. Kurs ishimizning davriy chegarasi Ahmad Zaki Validiy To`gon yashagan yillardagi voqealarni o`z ichiga oladi.
Kurs ishining nazariy-metodologik asoslari. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi va 2020 yil 29 oktyabrdagi PF-6097-son “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonlari , “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2017-yil 30-iyundagi PQ-3105-son Qarori va boshqa tarix faniga oid meyoriy-xuquqiy hujjatlar tashkil etadi.Bu davr haqida metodologik ma’lumot olish uchun avvalo O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov asarlaridan foydalanish mumkin. Ushbu kurs ishini asosini O’zbekiston tarixi fani bo’yicha yozilgan ilmiy adabiyotlar tashkil etadi.
Kurs ishining obyekti. Ushbu kurs ishini obyektini “Turkiston istiqloli uchun kurashgan Ahmad Zakiy Validiy Tògonning siyosiy hayotda tutgan òrni” mavzusi tashkil etadi.