L. Kreditlash shartlari (tamoyillari)


Kreditlash uslublari va ssuda hisobvaraqlarining shakllari



Download 333,78 Kb.
bet8/12
Sana26.04.2022
Hajmi333,78 Kb.
#583630
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
kredit-munosabatlari-va-ularning-ahamiyati

5. Kreditlash uslublari va ssuda hisobvaraqlarining shakllari
Kredit sohasidagi munosabatlar belgilangan ma’lum tizimga ega bo‘ladi. Bankning kreditlash tizimi deganda kreditlash jarayonini tashkil qiluvchi va uni kreditlash tamoyili bo‘yicha tartibga solinishini belgilovchi elementlar majmuasi tushuniladi. Kreditlash tizimining tashkiliy elementlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

  • kreditlash jarayonida qarz oluvchining o‘z mablag‘larining qatnashish tartibi va darajasi;

  • kreditning maqsadga yo‘naltirilganligi;

  • kreditlash uslublari;

  • ssuda hisobvaraqlarining shakllari;

  • ssuda qarzini tartiblash usullari;

  • ssuda mablag‘larini maqsadli va samarali foydalanilishini, hamda o‘z vaqtida qaytarilishini nazorat qilish tartibi va shakllari.

Bankning ilgari hukm surgan kreditlash tizimi xo‘jalik organlarining o‘z va qarz mablag‘laridan foydalanish chegarasi qonun bilan qat’i chegaralanishiga asoslangan.
Zamonaviy kreditlash tizimi davlat tomonidan xo‘jalik organlarining o‘z va qarz mablag‘lari o‘rtasidagi nisbat kabi me’yorlarni belgilamasligi bilan xarakterlanadi.
Faoliyat yuritishning bunday tijorat asoslari xo‘jaliklarning o‘z mablag‘larini maksimal ishlatishga va qarz mablag‘lari old ida to‘liq mas’uliyatni sezishga majburlaydi. Shuningdek, qarz mablag‘lari faqatgina bank krediti sifatida emas, balki xo‘jaliklararo pul va tovar shaklida qatnashadi. Korxonalar kimdan, qancha miqdorda qarz olishi va uning shartlari shartnomada ko‘rsatiladi. Korxonalarning xo‘jalik oborotidagi o‘z mablag‘lari hajmining olinishi mumkin bo‘lgan kredit hajmiga va kreditga layoqatlilik ko‘rsatkichlarini hisoblash mijoz faoliyatining samaradorlik darajasiga ta’sir qiladi.
Bozor munosabatlariga o‘tishdagi aylanma mablag‘larni bunday tashkillashtirish obyektni kreditlashdan subyektni kreditlashga o‘tishga zamin yaratdi. Bu esa kreditlash mexanizmidagi yangi va samarali davrdir.
Bankning kreditlash tizimining asosiy elementi bo‘lib kreditlash usullari hisoblanadi, chunki ular bu tizimning bir qator elementlari: ssuda schoti turi ssuda majburiyatini tartibga solish, qarz mablag‘larini maqsadli ishlatish va ularni o‘z vaqtida qaytarish tartibini va shaklini nazorat qilish kabilarni belgilab beradi.
Kreditlash usullari deganda kreditlash tamoyillariga mos ra vishda kreditni berish va qaytarish uslublari tushuniladi.
Sobiq Ittifoq bank amaliyotida kreditlashning 3 usuli: qoldiq bo‘yicha, aylanma bo‘yicha va aylanish-qoldiq usullari bo‘yicha kreditlash tartibi qo‘llanilgan. Qoldiq usuli bo‘yicha kreditlashning mohiyati shunda ediki, kreditning harakati kreditlanayotgan moddiy qiymatliklarning, ya’ni tovar-mahsulotlar, tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr xarajatlari, tayyor mahsulot va yuklab jo‘natilgan tovarlarning qoldiq qiymati bilan bog‘lanar edi. Zaxiralarning me’yordan oshishi kreditga talabni oshirish, kamayishi esa kreditning ma’lum qismining qaytarilishi lozimligini ko‘rsatardi. Shu bilan birga, kreditlash usullarida kredit qoplash xarakteriga ega edi, chunki zaxira va xarajatlarning me’yordan ortiq qismi o‘z mablag‘lari bilan emas, balki kredit hisobidan qoplanar edi.
Aylanish usuli bo‘yicha kreditlashning xususiyati shunda ediki, kredit harakati material qiymatliklarning aylanishi, ya’ni, kelib tushishi va ishlatilishi bilan belgilanar edi. Kreditlashning bunday usulida yangi kredit berish va ilgari berilgan kreditni qaytarish faqatgina vaqt bo‘yicha mos kelishi mumkin edi. Bu yerda kred it to‘lov xarakteriga ega edi, chunki ssuda berish bevosita ishlab chiqarish xarajatlarini, tijorat banki Markaziy bankka to‘lash uchun qarz mablag‘lariga ehtiyoj sezilgan vaqtda amalga oshirilardi. Qarz mablag‘larining to‘liq oborotidan so‘ng kreditning qaytarilishi rejaga asosan amalga oshirilardi. Kreditlashning ushbu usuli yordamida xo‘jalik organlari to‘lov oborotining uzluk sizligiga va, shuningdek, qarz oluvchini xo‘jalik oborotida kreditni doimiy qatnashuviga erishilgan edi.
Qoldiq bo‘yicha kreditlash usuli xo‘jalik yuritishning bozor munosabatlari davrida o‘zining amaliy mohiyatini yo‘qotdi, chunki 80-yillardagi bank islohotining birinchi bosqichida ko‘pgina samarasiz obyektlarni kreditlashdan sog‘lom obyektlarni yagona, umumlashtirilgan sxemada faqatgina aylanish bo‘yicha kreditlashga o‘tildi. Shu bilan birga, aylanish usuli bo‘yicha kreditlash yalpi zaxira va ishlab chiqarish xarajatlari bo‘yicha kreditlash shaklini oldi va bunga xo‘jalik tarmoqlarining deyarli barchasi o‘tkazildi. Zamonaviy sharoitlarda ba’zi davlat sanoat, transport, qurilish, qishloq xo‘jalik, savdo va ta’minot tashkilotlarini kreditlash ushbu tartibda amalga oshirilmoqda.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklari yangi tijorat tuzilmalari, ya’ni mulkchilikning boshqa turiga asoslangan subyektlarga kredit berishda tijorat banklarining xorij amaliyotiga tayanib kreditlashning yangi usullaridan foydalanmoqdalar. Xorijiy bank amaliyotida kreditlashning ikki usuli ma’lum.
Birinchi usulning ahamiyati har bir ssuda induvidual tartibda ko‘rib chiqilishidadir. Ssuda ma’lum maqsaddagi ehtiyojni qondirishga beriladi. Ushbu usul aniq muddatga ssuda ajratishda qo‘llaniladi.
Ikkinchi usulda ssuda bank tomonidan qarz oluvchiga oldindan belgilab qo‘yilgan kredit limiti bo‘yicha beriladi, bunda qarz oluvchi unga qo‘yilgan to‘lov hujjatini o‘z vaqtida to‘lash majburiyatini oladi.
Kreditlashning ushbu shakli kredit liniyasi deb ataladi. Kredit liniyasi barcha hisob-kitob, pul hujjatlari bank va mijoz o‘rtasidagi shartnomaga asosan 1 yilga ochiladi, ba’zan undan qisqa muddatga ham ochilishi mumkin. Kredit liniyasi muddati davomida mijoz bank bilan qo‘shimcha kelishuvga asosan istagan vaqtida ssuda olishi mumkin. Ammo bank qarz oluvchining moliyaviy holati zaiflashganini aniqlasa, mijozga belgilangan limit chegarasida ssuda berishdan bosh tortishi mumkin. Kredit liniyasi, odatda, moliyaviy barqaror va e’tiborli mijozlarga ochiladi. Mijoz iltimosiga binoan kreditlash limiti qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Davom ettiriladigan va davom ettirilmaydigan kredit liniyalari farqlanadi. Davom ettirilmaydigan kredit liniyasi ochilib, ssuda berilgan va qaytarilgandan keyin mijoz va bank o‘rtasidagi aloqalar tugatiladi. Davomlashtiriladigan kredit liniyasida kredit belgilangan limit asosida avtomatik ravishda beriladi va qaytariladi. Agar, bank tomonidan mijozga kredit liniyasi ma’lum tovarlarga bir shartnoma bo‘yicha bir yil ichida pul to‘lash uchun ochilgan bo‘lsa, kredit liniyasi maqsadli bo‘ladi.
Kreditlash usuli kredit berishda va qaytarishda ishlatiladigan ssuda hisobvarag‘i shaklini tanlab beradi. Banklar kreditlash operatsiyalarini amalga oshirish uchun ssuda schotlarini ochadilar.
Maxsus ssuda hisobvaraqlari doimiy kreditga ehtiyoj sezuvchi
va to‘lov oborotining katta qismini kredit hisobiga amalga oshiruvchi xo‘jaliklarga ochiladi. Maxsus ssuda hisobvaraqlarini ishlatish tovarlarni sotishdan tushgan barcha tushumni kreditni o‘z vaqtida qaytarish va qarz oluvchining o‘z mablag‘larini qayta ishlab chiqish jarayonida to‘liq ishtirokini ta’minlash uchun ajratiladi. Shunday qilib doimiy kreditlash va qaytarish operatsiyalari maxsus ssuda hisobvarag‘idan o‘tkaziladi. Hisob-kitob hisobvarag‘iga yordamchi rol beriladi, chunki undan qisqa doiradagi ya’ni daromadni taqsimlash va ish haqi berish operatsiyalari o‘tkaziladi.
Ssuda hisobvarag‘ini ishlatishning bunday tartibi uning zamonaviy xo‘jalik yuritish sharoitida ishlatilishini cheklab qo‘yadi.
Oddiy ssuda hisobvaraqlari bank amaliyotida asosan bir martalik ssuda berishda ishlatiladi. Bu hisobvaraqlar bo‘yicha majburiyatlarni qaytarish belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Agar korxonalar bir vaqtning o‘zida bir necha obyektlar uchun kredit olmoqchi bo‘lsalar, bir necha oddiy ssuda hisobvaraqlari ochadilar va ssudalar turli muddatga, shartlarda va har xil foizlarda beriladi. Ssudaning bunday hisob shakli bank nazorati uchun muhim ahamiyatga ega.
Aylanma-qoldiq usul bo‘yicha to‘lovlarni va kreditga layoqatli korxonalarni kreditlash yagona aktiv-passiv ya’ni kontokorrent hisobvarag‘idan amalga oshiriladi. Ushbu hisobvaraq mijozga bo‘lgan yuqori ishonchni bildiradi. Hisobvaraqning debetidan mijozning ishlab chiqarish faoliyati va foydani taqsimlash bilan bog‘liq to‘lovlari o‘tadi, kreditga barcha tu shumlar yoziladi. Hisobvaraqning kredit qoldig‘i korxonani o‘z mablag‘i borligini, debet qoldig‘i esa bankdan mablag‘ jalb qiling anini bildiradi.
Xo‘jalik yuritishning bozor munosabatlari sharoitida oddiy ssuda hisobvaraqlari keng tarqalgan.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari tomonidan xo‘jalik subyektlarini qisqa muddatli kreditlash quyidagi usullarda amalga oshirilmoqda:

Download 333,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish