Jo‘rayeva M.
L.B.Shastri nomidagi
24-umumta’lim maktabi
hindi tili o‘qituvchisi
L.B.Shastri nomli hindiy tiliga ixtisoslashtirilgan
24-umumta’lim maktabining 10 sinfi uchun tayyorlangan
“Hindiy tili” darsligiga
T A Q R I Z
24-umumta’lim maktabi uchun tayyorlangan ushbu darslik Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining professori U.Muhibova hamda tadqiqotchi B.Giyazovalar tomonidan tayyorlangan. Darslik maktabning 10-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. Yangi avlod dasliklari talabiga asosan tayyorlangan mazkur darslik tarkibiga 34 ta matn va lug‘at kiritilgan. Matnlar Hindistonning buyuk shaxslari, qadimiy hind adabiyoti namunalari, milliy bayramlar va mamlakatshunoslik bilan bog‘liq matnlardan iborat. Matnlar ketidan yangi so‘zlar uchun lug‘at, matn va yangi so‘zlarni mustahkamlash uchun savollar, kalit so‘zlar va mashqlar berilgan. Darslikning umumiy xajsi 126 sahifadan iborat.
Darslik maktabdagi Hindiy tili bo‘yicha tasdiqlangan o‘quv dasturi asosida tayyorlangan. Darslikni tayyorlashda yangi avlod darsligini tayorlashdagi xorij tajribasi va metodik yondoshuvlar qo‘llangan.
Darslik o‘zining shakli, mazmuni va bezagiga ko‘ra bugungi kun yangi turdagi darsliklar talabiga javob beradi. Darslik yakuniy tus olgan va uni nashrga tavsiya etish mumkin.
Sultonova S.
L.B.Shastri nomidagi
24-umumta’lim maktabi
Hindi tili o‘qituvchisi
L.B.Shastri nomli hindiy tiliga ixtisoslashtirilgan
24-umumta’lim maktabining 8 sinfi uchun tayyorlangan
“Hindiy tili” darsligiga
T A Q R I Z
24-umumta’lim maktabining 8-sinfi uchun tayyorlangan ushbu darslik Toshkent davlat sharqshunoslik universitetidan U.Muhibova, B.Giyazova hamda 24-umumta’lim maktabining hindiy tili o‘qituvchisi D.Nosirovalar tomonidan tayyorlangan.
Yangi avlod dasliklari talabiga asosan tayyorlangan mazkur darslik tarkibiga 32 ta nasriy va nazmiy matnlar va lug‘at kiritilgan. Matnlar oila, kasb-hunar, hayvonlar, tabiat va bayramlar bilan bog‘liq axloqiy mazmundagi, inson qadriyalarini ulug‘lovchi didaktik mazmundagi matnlardan iborat, bo‘lib darslik matn mazmuniga mos rasmlar bilan bezatilgan. Matnlar ketidan yangi so‘zlar uchun lug‘at, matn va yangi so‘zlarni mustahkamlash uchun savollar, kalit so‘zlar va mashqlar berilgan. Darslikning umumiy xajsi 104 sahifadan iborat.
Darslik maktabdagi Hindiy tili bo‘yicha tasdiqlangan o‘quv dasturi asosida tayyorlangan. Darslikni tayyorlashda yangi avlod darsligini tayorlashdagi xorij tajribasi va metodik yondoshuvlar qo‘llangan.
Darslik o‘zining shakl mazmuniga va bezagiga ko‘ra bugungi kun yangi turdagi darsliklar talabiga javob beradi. Darslik yakuniy tus olgan va uni nashrga tavsiya etish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |