3 -§. Qurolli Kuchlarning tuzilishi va Qurolli Kuchlar
ni boshqarish
Konstitutsiyaning 126-moddasida: “ O'zbekiston Respublikasi
o'z xavfsizligini ta’minlashuchun yetarli darjada Qurolli Kuchlari-
ga e ga ” , - deb belgilangan.
“ Mamlakatimiz sarhadlarining daxlsizligi va hududiy yaxlitli-
gini saqlash, el-yurtimizning osuda hayotini ishonchli himoya qi-
lishga qodir, zamonaviy qurol-aslaha va texnika bilan ta minlangan,
yaxshi tayyorlangan va bugungi kun talablariga to liq javob be-
radigan, son jihatidan ixcham va harakatchan Qurolli Kuchlarni
1 Bular haqida qarang: Karimov I.A. 0 ‘zbkiston X X I asrga intilmoqda. - Т.: 0 ‘zbekiston,
1999. - 44-46-betlar.
539
www.ziyouz.com kutubxonasi
vujudga keltirish - O'zbekistonimizning buyuk kelajagini barpo
etish yo'lidagi eng muhim vazifalarimizdan biridir” 1, - deb bu
masalaning mohiyatini ko'rsatib bergan edi Prezidentimiz.
O'zbekistonda hozirgi kunda Qurolli Kuchlarning qat’ iy tizi
mi barpo etildi va u Konstitutsiyaning 126-moddasida belgilangan
darajaga mos keladi.
Qurolli Kuchlar o ‘ z ichiga Mudofaa vazirligi va Chegara
qo'shinlari bo'linmalarining, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsiz
lik xizmatining maxsus qismlarini, shuningdek boshqa idoralar-
ning harbiy tuzilmalarini oladi. Y a ’ ni, yuqoridagi bo'linma va tu
zilmalar birlashib, Qurolli Kuchlarni tashkil etadi.
O'tgan yillar davomida davlatning mudofaa va harbiy qurilish
sohasidagi siyosatini amalga oshiruvchi Mudofaa vazirligi, Davlat
chegaraiarini himoya qiluvchi qo'mita, Ichki ishlar vazirligi va
boshqa Qurolli Kuchlar tizimiga kiruvchi davlat organlari, tashki-
lotlarning maqsad va vazifalari qaytadan ko'rib chiqilib, yanada
aniqlashtirildi. Mamlakatimiz suvereniteti va hududiy yaxlitligini
qurolli himoya qilishga tegishli qarorlar ishlab chiqadigan va ular
ni amalga oshiradigan yangi tuzilma - Qurolli Kuchlarning bir-
lashgan shtabi tuzilishi mudofaa sohasida muhim voqea bo'ldi.
Mamlakat xavfsizligini saqlashda faqat kuchli Qurolli Kuchlar
bo'lishining o'zi kifoya emas. Qurolli Kuchlar samarali, vakolatli
boshqarilgandagina, ular o'z oldiga qo'yilgan vazifani to'la bajara
oladi. Shuning uchun mamlakatimizda Qurolli Kuchlarni boshq&-
rishga alohida e ’tibor beriladi.
O'zbekistonda mudofaa va xavfsizlikning muhim ahamiyati-
dan kelib chiqib, Qurolli Kuchlarga O'zbekiston Respublikasi Prezi
denti boshchilik qiladi. Konstitutsiyaning 93-moddasi 20-bandiga
asosan, Prezident O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining
Oliy Bosh qo'mondoni hisoblanadi. U Konstitutsiyaning shu mod-
dasiga binoan Oliy bosh qo'mondon sifatida Qurolli Kuchlarning
Oliy qo'mondonlarini tayinlaydi va vazifalaridan ozod etadi, Oliy
harbiy unvonlarni beradi.
1 Karimov I.A. O'zbekistonda demokratik o'zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va
fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo'nalishlari. - Т.: O'zbekiston,
2002. - 32-bet.
540
www.ziyouz.com kutubxonasi
Prezidentning mudofaa sohasidagi vakolatlari (Oliy bosh
qo mondon) Mudofaa to'g'risida” gi Qonunning 8-moddasida bel
gilangan.
Qurolli Kuchlarning kundalik faoliyatiga rahbarlikni o'z bo'y-
sunuvidagi qurolli kuchlarning tarkibiga kiradigan harbiy tuzilma
lari bo Igan vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralarning rahbar
lari amalga oshiradi.
Masalan, Mudofaa vaziri, Ichki ishlar vaziri, Milliy xavfsizlik xiz-
mati raisi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Bojxona qo'mitasi raisi.
O'zbekiston Mudofaa vazirligi tinchlik davrida faqat o'z tasar-
rufidagi qo'shinlarni boshqarishga rahbarlik qilsa, urush davrida
Mudofaa vaziri bir paytning o'zida Oliy bosh qo'mondon o'rin
bosari hisoblanadi.
Qurolli Kuchlar oldiga qo'yilgan vazifalarni bajarish yuzasidan
ularga tezkor va kundalik rahbarlikni Qurolli Kuchlarning Birlash-
gan shtabi boshlig'i amalga oshiradi.
Qurolli Kuchlarning Birlashgan shtabi mamlakat suvereniteti
va hududiy yaxlitligini qurolli himoya qilish sohasidagi qarorlarni
ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi yagona qo'mondonlik or
gani hisoblanadi.
Qurolli Kuchlarni boshqarishda harbiy okruglar alohida o'rin
tutadi, harbiy okrug alohida yo'nalishlarda Respublika xavfsizigi
va hududiy yaxlitligini ta’minlovchi asosiy harbiy-ma’muriy birlik
hamda umum qo'shin tezkor strategik birlashmadir.
Mudofaa sohasidagi O'zbekiston hukumatining, Mudofaa
vazirligining, vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralari, mahalliy
davlat hokimiyati organlarining vakolatlari Mudofaa to g risida gi
Qonunning 9, 10, 12, 13, 14-moddalarida belgilab qo yilgan.
Mudofaa sohasida, Qurolli Kuchlarni tashkil qilishda fuqaro
larning o'zini o'zi boshqarish organlari ham ishtirok etadi, ya ni
davlat organlariga o'z vazifalarini bajarishga ко maklashadi (Qo
nunning 15-moddasi).
Mudofaa va xavfsizlik masalasi о ta muhim masala ekanli
gi sababli u O'zbekiston Prezidentining “ O'zbekiston XXI.asr
bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraq-
541
www.ziyouz.com kutubxonasi
qiyot kafolatlari” asarida barqarorlik hamda taraqqiyot kafolatlari
va shartlaridan biri sifatida ko'rsatilgan1.
Unda ta’ kidlanishicha, davlatning mudofaa qobiliyati uning
siyosiy, iqtisodiy, harbiy, ilmiy va ma’ naviy imkoniyatlaridan
tarkib topadi. Davlat mudofaa qobiliyatining eng muhim qis
mi uning Qurolli Kuchlaridir. Harbiy qurilish sohasidagi maq
sad professional armiyani, o'z tarkibida yaxshi tayyorlangan va
ta’ lim olgan. o'z xalqiga, ona zaminiga sadoqatli bo'lgan, o'z
Vatanining sha’ ni va qadr-qimmatini oxirigacha himoya qila ola-
digan jangchilarga ega bo'lgan armiyani bosqichma-bosqich vu
judga keltirishdan iborat. Maqsad miqdor jihatdan uncha katta
bo'lmagan, lekin yaxshi shaylangan, zamonaviy qurollar va harbiy
texnika bilan bekamu ko'st qurollangan, O'zbekistonning xavf-
sizligini mustaqil ravishda va puxta ta’ minlashga qodir bo'lgan
Qurolli Kuchlarni shakllantirishdir2.
O'zbekiston Prezidentining bu so'zlarida mudofaaning ahami-
yati, unda Qurolli Kuchlarning roli va Qurolli Kuchlarni takomil-
lashtirish hamda undan ko'zlangan maqsad aniq ko'rsatib berilgan.
M avzuni mustahkamlash uchu n savollar:
/ .
Do'stlaringiz bilan baham: |