L-§. Milliy xavfsizlik taraqqiyot garovi


X X I X   bob.  M u d o fa a   va  xavfsizlik



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana12.01.2022
Hajmi0,88 Mb.
#335880
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
zV0Mv1OPHIWIpi3nxM4SGacI1AXRDRYudgYFh1Nt

X X I X   bob.  M u d o fa a   va  xavfsizlik

533


www.ziyouz.com kutubxonasi


davlat  xavfsizligini  ko'zda  tutmay,  shaxs  huquq  va  erkinliklarini; 

jamiyatning  moddiy  va  ma’ naviy  boyliklarini;  davlatning  konsti­

tutsiyaviy  tuzumi,  suveriniteti,  hududiy  yaxlitligini  saqlashni  ham 

ko'zda  tutadi.

Prezidentimizning;  “ Demokratik  va  ijtimoiy-iqtisodiy  o'zga- 

rishlarni  amalga  oshirish,  ma’ naviy  taraqqiyotga  erishish,  shu­

ningdek,  O'zbekistonning  jahon  hamjamiyati  bilan  hamkorligini 

kuchaytirishining  asosiy  sharti  va  garovi  -   mamlakatimizning 

xavfsizligini  ta’ minlash,  jamiyatimizda  tinchlik,  barqarorlik,  mil- 

latlar  va  fuqarolar  o'rtasida  totuvlikni  saqlash  va  ko'z  qorachig'i- 

day  asrashdir” 1  -   degan  so'zlari  mamlakatimiz  xavfsizligining 

ahamiyatini  yanada  to'laroq  ko'rsatadi.

Mamlakat  milliy  xavfsizligini  saqlashda  davlatning  olib  bora- 

digan  tashqi  siyosati  ham  muhim  rol  o'ynaydi.  Shu  tufayli  milliy 

xavfsizlikni  saqlash  bilan  bog'liq  davlatimizning  tashqi  siyosati- 

ning  ustuvor  yo'nalishlari  2005-yildagi  Oliy  Majlis  Palatalarining 

qo'shma  majlisida  Prezident  tomonidan  ko'rsatib  o'tildi.

M a ’ ruzada  O'zbekiston  tashqi  siyosatining  mazmuni,  maqsa- 

di  bitta  -   u  ham  bo'lsa,  O'zbekiston  manfaatidir,  deb  alohida  qayd 

qilindi.  Hamda  O'zbekistonning  xavfsizligi  Markaziy  Osiyodagi 

tinchlik va  barqarorlikka,  qo'shni  davlatlardagi  ahvolga  bog'liqligi, 

O'zbekistonning  xavfsizligini  ta’ minlash  yo'lida  xalqaro  va  min- 

taqaviy  tashkilotlar  bilan  hamkorlikni  kuchaytirish  zarurligi  e ’tirof 

etildi.


Xavfsizlik  va  uning  ta’ minlash  usullaridan  bo'lgan  mudofaa 

ahamiyati  yuqoriligi  e ’ tiborga  olinib,  shu  masalalarning  asoslari 

Konstitutsiyaviy  tartibda  mustahkamlangan.

O'zbekiston  Konstitutsiyasi  mudofaa  va  xavfsizlikka  alohida 

XXVII  bobni  ajratgan.

O'zbekistonning  davlat  suvereniteti  va  hududiy  yaxlitligini, 

aholining  tinch  hayoti  va  xavfsizligini  himoya  qilish  konstit’utsi- 

yaviy  normada  o 'z   ifodasini  topgan- (125-modda).

Mamlakat  mudofaasi  va  xavfsizligini  ta’ minlash  doimo  ustu­

vor  masalalardan  bo'lib  kelgan.

1  Karimov  I.A.  Ozod  va  obod  Vatan,  erkin  va  farovon  hayot  —  pirovard  maqsadimiz.  — 

Т.:  O'zbekiston,  2000.  -   35-bet.

534

www.ziyouz.com kutubxonasi




О 

zbekiston  Prezidenti  ikkinchi  chaqiriq  Oliy  Majlisining  to'q- 

qizinchi  sessiyasida  jamiyat  hayotidagi  muhim  ustuvor  yo'nalish- 

larni  ko'rsatar  ekan:  “ Ikkinchi  ustuvor  yo'nalish.  Bu  -   mam­

lakatimizda  xavfsizlik  va  barqarorlikni,  davlatimizning  hududiy 

yaxlitligini,  sarhadlarimiz  daxlsizligini,  fuqarolarimizning  tinchligi 

va  osoyishtaligini  ta’minlashdan  iborat” 1,  -   deb  qayd  qilgan  edi.

Bundan  ко  rinib  turibdiki,  mudofaa  va  xavfsizlik  faqat  davlat 

va  mamlakat  xavfsizligi,  chegaralar  daxlsizligi  uchun  emas,  fuqa­

rolarning  tinchligi  va  osoyishtaligi,  normal  turmush  kechirishini 

ta’ minlash  uchun  ham  zarur.

“ Mudofaa  to‘g ‘ risida” gi  Qonunga  asosan,  mudofaa  yaxlit  bir 

tizim  b o ‘ lib  (Qonunning  2-moddasi),  u  aniq  prinsiplar  asosida 

tashkil  qilinadi.

Mudofaa  sohasidagi  O'zbekiston  siyosati  prinsiplari  quyi- 

dagilardan  iborat:

-  boshqa  davlatlarga  qarshi  harbiy  kuch  ishlatmaslik,  tashqi 

tajovuzlarning  oldini  olish;

-  xalqaro  huquq  normalariga  muvofiq  ravishda  kollektiv 

xavfsizlik  tizimida  ishtirok  etish;

-  harbiy  qurilishning zamonaviy urushlar va  qurolli  mojarolar 

xususiyatiga  mosligini  ta’minlash;

-  yalpi  qirg'in  qurollarini  ishlab  chiqarishni,  qayta  ishlashni, 

egallashni,  saqlashni,  tarqatishni  va  joylashtirishni  rad  etish;

-  Qurolli  Kuchlarning  mamlakatga  beriladigan  har  qanday 

tajovuzni  daf  etishga  doimiy  tayyor  turishi;

-  mudofaani  yetarli  darajada  bo'lishi;

-  harbiy  xizmatni  sharafli  ekanligini  ta’minlash.

Mamlakatda  mudofaa  ishlarini  tashkil  qilish,  xavfsizlik,  xavf-

sizlikni  saqlashga  e ’tibor  hech  vaqt  va  hech  qanday  holda  susay-

tirilmasligi  kerak.

Hozirgi  davda  mamlakatimiz  xavfsizligiga  jiddiy  xavf  tug'di- 

rayotgan  narsa  —  bu  terrorizm  bo'lib  qolmoqda.  Uning  mudhish 

ishlaridan  bir  necha  marta  aziyat  chekildi  va  qurbonlar  berildi.

1  Karimov  I A.  O'zbekistonda  demokratik  o*zgarishlarni  yanada  chuqurlashtirish  va 

fuqarolik  jamiyati  asoslarini  shakllantirishning  asosiy  yo'nalishlari.  -  Т.:  O'zbekiston. 

2002.  -  19-bet.

535


www.ziyouz.com kutubxonasi


Shuning  uchun  bu  xavfga  qarshi  kurash  yo'llari  haqida  Prezident 

o'zining  bir  necha  nutqlarida  to'xtalgan1.

Mamlakat  mudofaasi,  xavfsizlikni  tashkil  etish  birgina  davlat­

ning  ishi  emas.  Albatta,  bunda  davlat  asosiy  rol  o'ynaydi.  U  mam- 

lakatdagi  barcha  kuchlarni  mudofaa  va  xavfsizlikni  ta’ minlashga 

safarbar  qiladi.  Shu  maqsadda  fuqarolar  mudofaasi  tashkil  qili­

nadi.  Bu  ishga  fuqarolar  o'rgatiladi,  ko'niktiriladi.

O'zbekistonda  “ Fuqaro  muhofazasi  to'g'risida” 2  maxsus  qo­

nun  mavjud  bo'lib,  unda  fuqarolar  muhofazasini  tashkil  etish  bilan 

bog'liq  barcha  masalalar  huquqiy  jihatdan  hal  qilingan.

Milliy  xavfsizlikni  ta’ minlashda  mavjud  xavf-xatarni  oldindan 

aniqlash,  uni  bartaraf  etish  choralarini  oldindan  ko'rib  qo'yish  ju­

da  katta  foyda  keltiradi.  Shuning  uchun  mamlakatimizda  xalqaro 

masalalar,  bo'lajak  xavf-xatarlarni  o'rganish,  tadqiq  qilish  maqsa- 

dida  yetarli  tuzilmalar  tashkil  qilingan.

Milliy xavfsizlikni  ta’ minlashda  mamlakat  Prezidenti  huzurida 

tuzilgan  maslahat  organi  -   Xavfsizlik  kengashi  katta  rol  o'ynaydi. 

U  milliy  xavfsizlik  bilan  bog'liq  barcha  masalalarni  ishlab  chiqish 

va  muvofiqlashtirishni  ta’ minlaydi,  shunga  mas’ uldir.

Milliy  xavfsizlikni  ta’ minlashda  mamlakatning Milliy  xavfsiz­

lik  xizmati  alohida  rol  o'ynaydi.  Bu  xizmatni,  Konstitutsiyaning 

93-moddasi  24-bandiga  binoan,  O'zbekiston  Respublikasi  Prezi­

denti  tuzadi.  Milliy  xavfsizlik  xizmati  raisini  tayinlaydi  va  lavozi­

midan  ozod  etadi,  keyinchalik  shu  masalalar  xususida  chiqarilgan 

Prezident  farmonlari  Oliy  Majlis  Senatiga  tasdiqlash  uchun  kiri- 

tiladi.



Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish