UO'K: 821.512.133-3
KBK 63.3(50*)
Taqrizchi:
Xurshid DO'STMU HAMMAD,
O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi,
filologiya fanlari doktori
ISBN 978-9943-4716-1-0
© N.Ismoilov.
© «TAMADDUN», 2017.
Uning otda kelayotganini ko'rib dahshatga tushdim. Axir shu paytgacha hali birorta ham sarkarda bundayin harakat- ni qilmagandi. Qilolmasdi ham. Temurbek ol ustida tepalik- dan paslga quyunday tushib borarkan, egarning ustida ikki oyoqda turdi va sakrab havoda bir aylandi. Ko'zim kosasidan chiqib kctgudek bo'ldi. Axir bunaqada u yiqilib, mayib bo'lishi ham mumkin cdi-ku! To'g'ri, u hammamizdan chaqqon, kuchli, mard va bilimdon. Ammo bu degani jonni garovga qo'ysa bo'laveradi degani emas-da!
Otimga qamchi bosdim. Tulporim xuddi shuni kutib turgan- day oldinga sapchidi. Otimning bo'y-basti Temurbeknikidan kam emasdi. Shuningdek, uning tulpori bilan menikining yoshi teng edi. Men ham pastlikka enayotgandim. Shunga qaramasdan Temurbekning tulpori borgan sari uzoqlashib ketaverdi. Unga yctolmasligimga ko'zim yetgach baqirdim.
— Hoy, shoshma! To'xta!
Temurbek gapimni eshitib otining jilovidan lortdi va men unga tezda yetib oldim.
— Bu nima qiliq, Temurbek?’ Nega ot ustida sakrab havoda aylanding?! Bu yerlarda toshlarjuda mo'l, yiqilsang, biron jo- yingni shikastlashing mumkin-ku?! — dedim.
Temurbekning qiyofasi jiddiy edi. Har doim, ya’ni uni tani- ganimdan beri shunday. Dastlab Temurbek maktabga kelgani- da bo'yi kichkina, ko'zlari chaqnagan bola edi. Lekin o'shanda ham u kamdan-kam hollarda jilmayardi. Hattoki Mulla Alibek Temurbekning iqtidoriga tan berib (u vazifani juda tez va osonlik bilan ado etardi), maqtagan kezlarida ham yuzida or- tiqcha o'zgarish sezmasdik.
— Nafaqat havoda aylandim, balki kamondan o'q ham uzdim, — deya javob berdi Temurbek.
— А?! Qanday qilib?
U bizdan yigirma qadamcha tepalikdagi daraxtni ko'rsatdi hamda shu tomonga otining qorniga niqtab haydadi.
Mening aqlim shoshib qolgandi. Chunki tepalikdan pastga ot choptirib tushish asnosida kamondan o'q uzish jonga qasd qilish bilan barobar.
Darrov uning ortidan crgashdim.
Rostini aytsam, bunaqasini o'ylab ham topolmaysiz. Chunki Temurbek, haqiqatan ham, o'q uzgan va nishonni aniq ol- gan edi. Ya’ni bir quchoqdan kichikroq daraxt tanasining odam bo'yi balandligida kamon o'qi sanchilib turardi.
Otdan sakrab tushdim. Yugurib borib o'qni daraxt tanasidan sug'urib oldim va Temurbekka yuzlandim.
— Ammo, — dedi u salmoq bilan, — sen bunday yumush- ga qo'l urmaysan!
U o'n to'rt yoshda. Mendan ikki yosh kichik. Biroq u buyruq bcrayotgandi. Ya’ni shunday ohangda ediki, men ixti- yorsiz bo'lib qoldim. Ha, xuddi shunday, u shoh-u, men uning qo'l ostidagi sipoh.
O'sha paytda men bu haqda o'ylamadim. Shunchaki itoat ctdim. Aslida, u kabi ot ustida sakrab, havoda aylanib, shu as- noda yoyni ishlatish niyatim ham yo'q edi.
Biz tepalikka qarab ot choptirdik. Temurbek mendan oldin chiqib bordi. Otini jilovidan tortib to'xtatdi. Uzangiga oyog'ini tirab qaddini rostladi va boshini g'oz tutib, atrofga boqdi. Hay- batli edi u. Otimning jilovidan tortib to'xtatishimga meni maj- bur etdi. Bir og'iz so'z aytmadi. Shu turishining o'zidayoq itoat ettirib qo'ydi.
Shu paytgacha u haqda ko'p bashoratlar eshitgandim. Shu- lardan eng avvalgisi: tug'ilishidan oldin otasi amir Tarag'ay tush ko'ribdi. Tushida farishtasifat kishi paydo bo'lib, uning qo'liga shamshir tutqazibdi. Qilichni amir Tarag'ay to'rt tomonga siltabdi. Ertasiga namozdan so'ng ko'rgan tushini shayx Zayniddinga gapirib beribdi. Shayx Zayniddin amirdan tushni tongga yaqin ko'rganligini so'rab bilgach, dunyoni zabt ctadi- gan fotih Sohibqiron dunyoga kelajagini aytibdi.
Oradan roppa-rosa bir yil o'tib, Temurbck dunyoga kelgan.
Hozir Temurbekning tepalikda g'oz turganining o'ziyoq uning butun dunyoni zabt etishiga ishora berayotganday edi.
Men otimning qorniga niqtab, uning yoniga bordim.
— Abbos, — dedi u menga yuzlanib, — dunyoni ko'ryapsan- mi?
Men chor tarafga qaradim. Darhaqiqat, bu ycrdan atrof xuddi kaftdagiday ko'rinardi. Yashil daraxtlar, o'tloqlar, huv uzoqdagi tog*, cho‘1, hattoki o'tlab yurgan qo*y-qo‘zilargacha yaqqol ko'zga tashlanardi.
— Lekin bizning ko*rganimiz judayam oz, — dedi Temurbek so'zlashimdan oldin, — tog* ortida ulkan-ulkan diyorlar bor. Daryolarbor.
— Ammo u yerlar biz uchun judayam xavfli.
Temurbek menga yuzlandi. Kuldi. So'ng: «Yetib ol», deya hayqirgancha ot choptirib ketdi. U o’ktam edi. Qandaydir shi- joatga to'lgan edi. Shu ketishida o'zi aytgan tog'ning ortidagi diyorlarga shamolday yetib boradiganday edi.
Men oradan bir muddat o'tibgina uning ortidan ketdim. Qu- vishga, yetishga niyat ham qilmadim. Chunki butun xayolim endi uzoqlarga ketib qolgan yigitchada ko'rinayotgan ulug'vor- lik bilan band edi.
0‘sha kuni ont ichdim. Harakatsiz bir kunimni ham o'tkaz- mayman deb.
Darvoqe, bu paytda Temurbek shayx Shamsiddin maktabida dars o'qir edi. Peshindan keyin bizga kelib qo'shilardi. Garchi men u bilan birga oldinroq Mulla Alibek madrasasida tahsil olgan esam-da, keyin o'qimay qo'ydim. Chunki uyda o'g'illar- dan yolg'iz farzand edim. Ot-yilqimiz ko*p edi. Bundan tashqari, ikki otar qo'y-cchkimiz bor edi. Albatta, bulaming bari- ni cho'pon-cho'Iiqlarga berib boqtirsa bo'lardi. Ammo mening o'qishga xohishim sustroq edi. Buning uchun otamdan tashqari, garchi o'zimdan kichik esa-da, Temurbekdan ham dakki eshitganman. Jahlim chiqib ketgan. Hali sen jinqarcha menga aql o'rgatadigan bo'ldingmi, deya unga tashlanganman. Biroq nc ajabki, кuchim yetmagan. Tcmurbekning jussasi meni- kidan kichik edi. Bilaklari ham ingichka edi. Lekin yoqasiga qo'limni cho’zganimni bilaman, o'z-o'zidan oyog'im osmonga ko'tarilib ketdi, so'ng gursillab yerga yiqildim. Battar qonim qaynadi va yana tashlandim. Tag‘in ahvol shunday. To'g'risini aytsam, o'kirib-o'kirib yig'lagim keldi. Axir kim ham o'zidan kichik boladan yiqilishni istaydi? Ayniqsa, biz tomonlarda bu judayam uyat sanaladi. Er kishining kuragi yerga tekkuncha.
qora go'rga kirgani ming marta afzalroq. Xayolimga birdan u liaqdagi bashorat keldi. Temurbek ulg'aygach, dunyoni kafti- da ko'taradi. Alloh unga shunday ne’mat ato qilib turganida mening qo'limdan nima ham kelardi?
Yerga o‘tirib boshimni xam qildim. Temurbek ham kelib yonimga o'tirdi. Yelkamga qo'lini tashladi.
— Mcndan xafa bo'lma, — dcdi.
Oriyalim ustun kelib uning qo'lini siltab tashladim.
Shu bo'yi ikki kun yilqi boqishga chiqmadim. Bu orada eshitdimki, Temurbek Yo'ldosh ismli bir bolaning ko'ksiga nayza sanchibdi. Aslida, Yo'ldosh o'ta axloqsiz bola edi. Bc- maza qiliqlarni ko'p qilardi. Madrasada o'qib yurgan kezlari- miz ham Temurbekka tirg'alganiga guvoh bo'lganman. Gavda- li edi. Boshqa bolalardan bir kalla baland edi. Shuning bilan birga oilasi ham tuzuk emasdi. Otamning aytishiga qaraganda, Yo'ldoshning bobosi axloqsiz ishlarni ko'p qilgani bois qish- log'idan quvilgan ekan. Bir safar hatto amir uni osib o'ldirish- ga hukm qilgan. Ammo nafs bandasi qochib qutulibdi. Xo'ja Ilg'orga kelib o'mashganidan so'ng bcmazalikni yig'ishtiribdi. Lekin buni qarangki, xuddi shu narsa nabiradan qaytibdi.
Temurbek har doimgidan ham jiddiy bo'lib qoldi. Gapir- sang, ko'zingga tikilib turadi. Eting jimirlab ketadi. Ana shundan so'ng men arazni yig'ishtirib qo'ydim. Ayni chog'da uning ko'ngliga qaraydigan bo'lib qoldim. Faqat men emas, men tengilar, Temurbek tengilar, bir-ikki yosh kichiklar, umu- man, kimki yilqi boqishga borsa, kimki, Usmon qilichbozning shogirdi bo'lsa, Temurning gapini ikki qilmas, u nimaiki dcsa, ortiqcha gap-so'zsiz itoat ctardi.
Men yetib borganimda Temurbek o'n chog'li tengqurlarimiz bilan gaplashib turardi. Meni ko'rib, qoshlarini bir-biriga tu- tashtirdi. So'ng dedi:
— Nega ot choptirmading?
— Senga yetib bo'lmasdi, — javob berdim men.
— Ustoz harakatsiz odam cho'kkusidir deganlar. Menga yc- tishga harakat qilmagan ekansan, demak, sen...
— Shoshma, — deya bir qo'limni yuqoriga ko'tarib uni so'zlashdan to'xtatdim, — men butunlay boshqa narsalar to'g'risida o'yladim va sening ortingdan ot choptirmadim.
— Ma’qul, — dedi Temurbek va bir sakrab otidan tushdi.
Qolganlarga ham tushishlarini buyurdi. Biz aylana qurib o'tirdik. Hammaning nigohi unda edi, Ayni chog'da Temurbek ham so'zlashdan oldin bizga birma-bir qarab chiqdi.
— Men bir podsholik qurishni istadim. Shunchaki podsho- lik. Bir o'yin. Men podsho bo'laman. Sizlardan ikkingizni va- zir qilib olaman. Qolgan lar sipoh bo'Iishadi. Bizning dush- manlarimiz ana, — deya butalarni ko'rsatdi u, — tasavvur etingki, ular bizga hamla qilish, yurtimizni egallash, molu davlatimizni tashib ketish maqsadida qo'shin tortib kclyapti. Sarkardalari saralangan va ko'p. Shunga qaramasdan, biz ularga qarshi turmog'imiz va, albatta, yengmog'imiz shart. Aks holda, bolalar, qariyalarning qoni daryo bo'lib oqadi.
— Biz ularning hammasining kallalarini chopib tashlaymiz, — dedi Mahmud ismli bola.
U boshqalarga nisbatan qoruvli edi. Yana qorachadan kel- gan, ovozi ancha do'rildoq edi. Chayir edi.
Temurbek o'rnidan sapchib turdi. Butalar tomonga yuzlandi.
— Dushmanning tanasi o'rtadagi shox, demak, o'rtadagi shox kesilmog'i kerak. Mabodo, hamlangiz payti boshqa shox- lar qo'lingizga tegib ketsa, siz jarohatlangan va yutqazgan hi- soblanasiz. Ayni chog'da tulporingizga ham buta shoxi tu- gul, bargi ham tegmasligi joiz. Chunki jarohatlanadi va safdan chiqadi.
Biz o'rnimizdan turdik. Temurbek ko'rsatgan tomonga qa- radik, darhaqiqat, butalar ko'p edi. Biri pastroq o'sgan, bosh- qasi balandroq va judayam shoxlab ketgandi.
— Temurbek, — dedi llyos Xoja miyig'ida kulib, — boshqa bir ermak topsang bo'lardi. Har qalay, hammamiz ulg'ayib qolganmiz. Ana, Abbosning mo'ylabi ham sabza urgan. Bizga bu ish chikora.
— Birinchi bo'lib sen jangga kirasan. Qani, ko'raylik-chi, qanday uddalarkansan? — dedi Temurbek unga o'qday nigo- hini qadab.
llyos Xoja tishini shimib qo'ydi-da, shamshirini qinidan chiqardi va qilichining uchini yerga tckkizgancha sudrab, otining yoniga bordi. Uzangiga oyog'ini qo'yib, bir harakat- da egarga o'tirdi hamda qilichini boshi uzra sermab otining qorniga niqtadi-da:
— Olg'a! — deya qichqirdi.
Birinchi buta yoniga bordi-yu, uning eng baland o‘sgan shoxiga qilich soldi. Shuning bilan birga tulporining ko'ksi bu- taning pastki shoxiga tegib ketdi.
— To'xta! — qichqirdi Temurbek.
Hamma baravariga unga qaradi.
— Otingdan ayrilding! Tush!
Ilyos Xojaning jahli chiqdi. Tulporini ortga burib, to‘g‘ri Temurbekning ustiga bostirib keldi. Temurbek qimir etmas- dan turaverdi.
— Qoch! — baqirdim men Temurbckka va qo'lidan ushlab lortdim.
U meni siltab tashladi. Turaverdi. Oraliq masofa bor-yo'g'i uch qadamcha qolganida ot taqqa to'xtadi. Ilyos Xoja yuganni mahkam tortgandi.
— Esingni yedingmi?! — dedim men jahl bilan Ilyos Xojaga.
U gapirmadi. Otidan tushdi. Jilovni qo'limga tutqazdi va butalar tomonga ketdi. Boya «sarkashlik» qilib tulporidan «ayir- gan» butaning avval yon shoxlarini, kcyin tepa shoxini kesib tashladi. Ikkinchi butani ham shu ko'yga soldi. Uchinchisiga navbat yetganida shoxlardan biri ko'ksiga tegib ketdi. U ham- la qilishdan to'xtadi. Ortiga o'girilib biz tomonga qaradi ham- da o'zini yerga tashlab quehog'ini keng yozdi. Ana shu mahal Temurbekning yuzida tabassum paydo bo'ldi va chapak chaldi.
— Hamma otlarga! — deya qichqirdi so'ngra.
Biz «hujum»ga o'tdik. Boya faqatgina Ilyos Xoja emas, bal- ki hammamizga raqibni «yer tishlatish» juda osonday tuyil- gan edi. Ammo buni qarangki, bitta-bitta o'zimiz qulay boshladik. Oldiniga tulporlarimizdan ayrildik. Keyin esa o'zimiz ham «jon taslim» qildik.
Birgina Temurbek qoldi. U juda chaqqon harakat qilardi. Yon shoxlar pattalab ketmagan tomondan borar va bir hamla bilan butaning «boshi»ni olardi. Oxirgi buta yoniga borgani- da otidan tushdi. Vaholanki, tulporiga birorta ham shox teg- magandi.
Buta baland. Atrofidagi «qalqon»ni olib tashlamay turib, «boshi»ga qilich solish imkoni yo'q.
Biz yugurib uning yoniga bordik. Qani, nima qilarkin, deya kutdik. Temurbek turgan joyida sakradi va shamshirini uloq- tirdi. Qilich raqibning «kallasi»ni uzib ketdi.
— Nohaqlik bo'ldi! — qichqirdi shu zahoti Ibrohim ism- li bola.
U Temurbek bilan tengqur edi. Bo'yi sal pastroq. Qoracha- dan kelgandi. Oramizda Temurbekdan kcyin eng uquvli bola shu edi. To'g'ri, ozg'in bo'lgani uchun kamon o'qi uzoqqa ket- mas, qilichbozlik qilganida shamshiri qo'lidan tushib ketar- di. Ammo u ot ustida mustahkam o'tiradi. Shuningdek, boshqa yumushlarni ham osonlik bilan boshqalar havas qiladigan darajada bajaradi. Sendan sarkarda chiqmaydi, hunarmand bo'lishing lozim, dcrdik unga. Biroq u ko'nmasdi. Hattoki Temurbek bilan birga qilichboz murabbiyga ham bordi. Bor- yapti ham. Ustoz uni ikki marta iziga qaytarib yuborgan. Biroq o'jar bola, baribir, boraveradi. Umuman, hammamiz ham yoshligimizdan qilichbozlikni, kamondan o'q otishni o'rganish uchun ustozga qatnaganmiz. Lekin hammamiz ham qurol- ni o'ta zo'r ishlatolmaymiz. Chunki dars paytida erinchoqlik qilamiz. O'zimni himoya qilolsam bo'ldi-da, dcgan xayolga boradi-da odam. Undan keyin peshingacha madrasada dars o'qiymiz, kcyin bu yoqdagi ustoz, odamni charchatib yubora- di. Ammo Temurbek sira erinmaydi. Madrasada hofiz bo'ldi. Qilichbozlikda bcmalol ikki-uchta bilan jang qiloladi. Aytgan- cha, u ikki qo'lda birday qilich chopadi. Oldiniga boshqalar qatori faqat o'ng qo'lini ishlatardi. Bir kuni ustoz uning o'ng qo'lini bog'lab qo'yganligini ko'rdim. U chap qo'lda mashq qilardi. Mana endi har ikkovida ham bemalol qilich o'ynatadi. Shu bois unga yaqinlashish judayam qiyin.
— Nega? — dcdi Temurbek unga yuzlanib.
— Sen qilichingni otib, butaning shoxini kesding.
Temurbek shu zahoti Ibrohimning qilichini qinidan sug'urib oldi-da, qo'liga tutqazdi:
— Sen ham otib «boshi»ni ol.
Ibrohim qo'rqib ketgan odamday bir qadam ortiga tisarilib, kiprigini pirpiratdi. Rangi bir oz oqardi.
— Ha, yuraging dov bermayaptimi? — dedim men.
Ibrohim labini tishladi va butaga yaqinlashib qo'lidagi qilichini otdi. Shamshir butaning shoxini kesib o'tish tugul teg- madi ham. Birdan kulgi ko'tarildi.
— Urushda, — dedi Temurbek unga tikilib, — quroling- ni otasanmi, otmaysanmi, farqi yo'q. Muhimi, dushmanni
yengishing kerak. Agar endi nima qilaman, deb basharasiga tikilib tursang, u sening kallangni oladi.
Biz qayrag'och ostiga bordik. Temurbck yana «urush» xari- tasini chizdi. Unga ko‘ra, men o'zimga uchta sipoh olib o'ng- dan, Mahmud ikkita sipohi bilan so'ldan, Temurbek qolganlar bilan birga o'rtadan hujum qiladigan bo'ldi.
— Sizlar, — dedi Temurbek Mahmud bilan menga, — mum- kin qadar dushmanni tezroq yengib, ikki qanotdan aylanib o'tib, dushmanning orqasida paydo bo'lasiz. Shunday qilib, biz ularni qamal qilamiz.
«Urush» qizigandan-qizidi. Biz oldingi safargidan ehtiyotkor bo'lib qolgandik. Butaning «kallasi»ni olardig-u, boshqa shox- lardan qochardik. Shunga qaramasdan, bir-ikki marta buta te- gib ketdi. Lekin boshqalar ko'rmadimi, hisob, deb ketavcrdik. Undan keyin Temurbck ham faqat o'zining ishi bilan ovora edi. Berilib «jang» qilardi. Shuning bilan birga ora-chora biz tomonga qarab qo'yardi.
Oradan to'rt choygum qaynaguncha vaqt o'tib, butalar qa- malga olindi. Yana ularning soni oz qolgandi. Shuning uchun darrov saranjomlab tashladik.
— G'alaba! — qichqirdi Temurbek.
Uning yuzida o'zgacha shukuh bor edi. U xuddi butun boshli katta qo'shinni yengganday mag'rur turardi.
Biz qayrag'och ostiga borib, hammamiz otdan tushdik. Birimiz qo'yib, boshqamiz qanday qilib «dushman»ni qi- lichdan o'lkazganimiz haqida so'zlashga tushib ketdik.
— Albatta, — dedi oxirida Temurbek, — bizda ham yo'qo- tishlar bo'ldi. Bunday olib qaraganda, hammamiz otimizdan ayrildik. Hattoki men ham. Lekin, muhimi boshqa narsa edi.
— Nima? — dedim men unga tikilib.
— Tadbir. Men tadbirim qanday yakun topishini ko'rish- ni istagandim. Ko'nglimdagi ish bo'ldi. Biroq bitta xatoga yo'l qo'ydik. Ya’ni qanotlar tezroq aylanib o'tishi kerak edi. Ammo harakat sust bo'ldi. Endi ustozning yoniga boramiz. Kamon- dan yaxshi otolmayapmiz.
— Bekor gap, — dedim men, — sening ot ustida sakrab yoyingni ishga solganingni hech bir sarboz, hattoki chin- giziylarning sipohlari ham qila olishmasdi.
— To'g'ri, — tan oldi Temurbek, — ammo men hali mu-
10
kammallashtirmadim. Undan keyin na old tomonimda va na ortimda dushman bo'ldi. Shu bois men mo'ljalni aniq ololdim. Ammo katta urushda shu ishimni qila olamanmi?.. Kccha us- toz: «Ot ustida to'la ortingga burilib, o'q uz», dcdi. Men uning aytganini bajarish uchun xo'p urindim. Biroq ko'ngildagi ish bo'lmadi. Endi ketdik, vaqt bo'ldi.
— Yilqilardan xabar olishimiz darkor. Uyga borganda gap eshitib yurmaylik, — dedim men.
Hamma gapimni ma’qulladi.
Biz ikki qir oshdik. Navbatdagi soylikda yilqilar bo'lishi lozim edi. Ammo biz uyurni ko'rmadik. Darrov ot choptirib soyning o'rtasiga bordik. Temurbek otdan sakrab tushdi. Yer- dagi iziarga yaxshilab nazar soldi. So'ng boshini ko'tarib, biz tomonga qaradi-da dedi:
— Ular qo'shni viloyatga o'tib kctganga o'xshaydi. U yerda- gi odamlarning fe’li chatoq, deb cshitganim bor. Ertaroq ort- laridan yetib bormasak, o'zlariniki qilib olishi mumkin.
Shunday deb u bir sakrab otiga mindi va qamchi bosdi.
Biz yelday uchib borardik. 1 Igari ham yilqilar bir marta yo'qolib qolgan. Qidirib topib, qaytarib haydab kclganmiz. U paytda qo'shni viloyatga o'tib ketmagandi. Shuning uchun hecham xavotirlanmaganmiz. Ammo hozir ko'ngilda qandaydir hadik bor...
Biz bir marta ham to'xtamasdan ikki qir oshdik. Shundan kcyingina uzoqda yilqilar uyuri ko'rindi. Temurbek otining ji- lovidan tortib to'xtatdi.
— Buncha uzoqlab ketmasligi kerak edi. Biz qo'shni viloyat- ning uch tosh masofasini bosib o'tdik va unga ancha-mun- cha vaqt sarfladik. Yilqilar esa yugurishmagan. Yugurishgan bo'lsa, ortidan kimdir haydagan...
— O'g'irlashgan demoqchimisan? — dedim men Mahmud- ning gapini bo'lib.
— Gumon iymondan ayirar, — dedi Temurbek, — shu bois haqiqatni to'la bilmagunimizcha birovni aybdor qilmaymiz.
U otining qorniga niqladi.
Yilqilarga yetishimizga ozgina qolganida qarshimizdan yigirmatacha suvoriy chiqib, bizni to'xtatdi.
— Tuprog'imizni kimning ruxsati bilan bosib yuribsanlar? — dedi sersoqol, qoshlari baroqday bir kishi.
11
— Yilqilarni qaytarish maqsadida kclayotgandik. — dedi Temurbek.
— Yilqi?! — deya hiringlab kuldi qarshimizdan chiqqanlar- dan bittasi. — Biz birorta ham begona yilqini ko'rmadik.
— Ma’zur tutasiz. Ammo koTinib turgan yilqilar bizniki, — dedim men.
— Ehtimol. Ammo endi ularning cgasi o'zgargan. Agar cho'ntaklaringda hammasini sotib olishga yetadigan oltin-ku- mushlaring bo'lsa, marhamat. Yo'qsa, boshlaring-u tanalaring bir-biridan ayro holda shu yerni manguga makon etadi.
Temurbek birdan qilichini qinidan sug'urdi.
Yo'lto'sarlar ham shu zahoti shamshirlarini yalang'ochlash- di.
— Tirrancha, — dedi soqoltoy hiringlab kulganidan so'ng, — kelib-kelib bizday katta-katta janggohlarda bo'lgan, ne-nc bahodirlami bejon qilganlar bilan olishmoqchi bo'lyapsanmi?
— Yo'q. Men odam qadriga achinyapman, — dcdi Temurbek.
— Issig'ing borida izingga qaytib ket!
— Yilqilarni bersangiz, ortga qaytamiz.
Soqoltoy yana hiringladi va sheriklariga qarab qo‘ydi-da, otining qorniga niqtadi.
Bir lahza o'tdi va raqiblarimiz tarashaday qotdi. Chunki Temurbek shunaqangi chaqqonlik bilan shamshir ishlatdiki, soqoltoy yerga qulab tushdi. Men o'sha lahzada uning chap qo'lida ham qilich ko'rdim. Ochig'ini aytaman, uning qachon, qanday qilib yana bitta shamshirli bo'lib qolganini bilmay ham qoldim.
Dushman son jihatdan bizdan ustun edi. Boz ustiga, ular oldida biz yosh bolalar edik. Hali aytganimday, oramizda Ibrohim umuman qilichbozlikka yaramasdi. Shunga qara- may biz jangga kirdik. Ammo Temurbek bizga aytarii yumush qoldirmadi. Ochig'i, uning bunaqa chapdastligi va ikki qo'lida birday shamshir ishlatishini shuncha vaqtdan beri yonida yu- rib bilmagan ekanman. Shu lahzada bashorat yana bir marta tasdig'ini topdi.
Mana o'sha Temurbek, mana uning shijoati...
Dushmanning qolgan-qutgani oldi-orqasiga qaramay qoch- di. Biz quvmadik. Chunki safimizdan Sayfuddinbek, Qimori
12
Inoq, Jahonshohbek yaralangan edi. Ayniqsa, Sayfuddin- bckning jarohati og'ir edi. U ot ustida o'tirolmasdi. Ibrohim uning oyog'idagi yarasini tepasidan mahkam chandib bog'la- di. Bahodir Sulton, Mahmud yaralanganlar bilan birga ortga qaytishdi. Qolganlar yilqilarni qaytarib kelish uchun jo'nadik. Birinchi jang, birinchi g'alaba, biroq hech kimning yuzida qu- vonch alomati ko'rinmaydi. O‘zi shusiz ham so'nggi paytlar- da amirlar o'rtasida kurash kuchayib ketgandi. Bizning hukm- dorimiz Qazag'anbek xiyla aqlli, tadbirli va obro'li odam, ikki viloyatni bir-biriga sog'ishtirib qo'ymas, adolat bilan hukm chiqarar, ammo, baribir, keyingi ishlarni Xudodan boshqa bilmaydi. Shu sabab barimizning boshimiz egildi. Illo, ayb o'zimizdan ham o'tgan, o'yinga berilib, yilqilarni unutgandik. Aslida, yilqilarni boqish boshqalarning zimmasida. Bu yer- dagilarning hammasi beklarning, amirlarning farzandlari. Har bitta amirning, bekning xizmatkorlari bor. Ammo otalarimiz kelishib, har narsadan xabardor bo'lishimizni istab, bizning zimmamizga yilqilarning qornini to'yg'azishni yuklashdi.
Qishloqqa kiraverishda bizni Temurbekning otasi amir Tarag'ay kutib oldi. Temurbek otidan sakrab tushdi-da, ota- sining qoshiga borib, tiz cho'kdi. Boshini cgdi. U har qancha aqlli, tadbirli va bahodir bo'lmasin, otasining qoshida o'zini hech kim deb hisoblardi va padarining gaplariga, farmoniga quloq qoqmay amal qilardi. Undagi xislat tengqurlarning qa- riyb hammasiga yuqib qolgandi.
Men ham otimningjilovini tortib to'xtatdim. Bcixtiyor past- ga tushdim. Biroq amir Tarag'ay yoniga bormadim. Ota-bola- ga qarab turaverdim.
Amir Tarag'ay dinu diyonatli, mehribon, saxiy va mard odam. Har doim xolis hukm chiqaradi. U bu safar ham odati- ga xilof ish qilmadi.
— Jabr chekmadingmi? — deya so'radi avval.
— Yo'q, — javob berdi Temurbek.
— Gunoh ularda ekanligini jarohatlangan do'stlaring aytishdi. Mardliging meni quvontirdi. Ammo bu ishingni sira oqlamayman. Bunga qarshi chora ham ko'rmayman. Hukm- ni hukmdor chiqaradi. Mabodo u seni jazolasa, qarshilik qil- mayman. Endi tur, shayx Shamsiddin hazratlarining yoniga boramiz.
■ 3
Ularga qo'shilib shayxning huzuriga men ham bordim. 01- diniga biz hammomda cho'mildik, toza kiyimlarimizni kiydik. Shundan so‘ng madrasa sari yurdik.
Awal Temurbek otasi bilan birga u kishining yoniga kir- di. Men tashqarida kutdim. Kutib turarkanman, bo'lib o'tgan jang sira xayolimdan ketmasdi. Kcyin odamlar orasida yurgan gap xayolimga keldi. Emishki, Temurbek besh yoshdan ham kichikligida katta qarag'ay ostida uxlab qolgan ekan. Bir mahal vishillagan ovozni eshitib, uyg'onib ketibdi. Qarasa, shun- doqqina tepasida bilakday qalinlikdagi olachipor ilon turibdi. Shunda Temurbek ilonni ushlabdi-yu, tishlab, boshini tanasi- dan judo qilib tashlabdi.
Bu voqea qanchalik haqiqatligini bilmayman. Bir necha marta uning o'zidan so'raganimda javob bermagan.
Shu va tug'ilishi bilan bog'liq rivoyat uning go'dakligidan obro'sini oshirib yuborgan hamda kattayu kichikni baravar hurmat qilishga majbur etgandi.
Odamlarning xotirasi past bo'lsa kerak yoki ularda man- manlik judayam yuqori. Bunga sabab, Keshda amirlar, bcklar- •ing ko’pligi bo'lgan bo'lsa ajabmas. Chunki ular o'zlaridan bir echa barobar ustunligi bashorat qilingan bolakayni uncha- iik ham mensimas edi-da. Hoibuki, mana, asta-sckin uning ulug'vorligi bo'y ko'rsatib kclyapti.
Meni ichkariga chaqirishdi. Kirdim. To'rda shayx Sham- siddin o'tiribdi. Undan beriroqda amir Tarag'ay, uning chap tomonidan sal orqaroqda Temurbek boshi xam holda o'tirar- di. Ularga ko'zim tushishi bilan salom berdim. Shayx menga Temurbekning yoniga o'tirishimni aytdi. O'tirdim. Shundan so'ng shayx meni so'roqqa tuta boshladi. Savollarning hammasi bizning qilmishimiz bilan bog'liq edi. Men javob berar- kanman, boshimdan tinimsiz ter quyilaverdi. O'zimni borgan sari og'irlashib ketayotgandek seza boshladim. Hattoki ko'zim tindi.
— Har ikkingiz ham uyingizga boring, — dedi shayx Sham- siddin javoblarimni to'la eshitib bo'lgach. — Amir, siz qoling.
Biz Temurbek bilan birga uyga ketdik. Yo'l-yo'lakay Temurbek bir og'iz ham gapirmadi.
Uyga borganimdan so'ng yana so'roqqa tutildim. Uzoq so'roq qilindim. Otam amirTarag'ay kabi jazolamadi. Xo'rsinib qo'ydi va onamga menga ovqat olib kelishini buyurdi.
14
Shu kuni allambalo tush ko'rib chiqdim. Ertasiga meni bi rinchi ko'rgan singlim Oysara labimdan uchuq chiqqanligin aytdi. Va bu haqda tezda otam bilan onamga xabar yetkazd Vaholanki, men birovga bildirmaslikni iltimos qilgandim.
— Hech qayerga chiqma, yilqilarga odam yolladim, — dee otam.
Otam o'ta qattiqqo'l odam. Bitta gap aytdimi, demak, shun day bo'lishi kerak. Hech kim uni buzolmaydi. Buzishga hade ham sig'maydi. Mabodo oilamizdagilardan birortasi aytganir qilmasa, qattiq jazolaydi.
Men yilqi boqish, shuningdek, tengdoshlarim bilan vaqtim ni zavqli o'tkazishdan mosuvo bo'ldim. Keyin bilsam, o'shan da urishganlarning birortasi ham yilqi boqqani bormabdi. Bit gina Temurbek Samar Tarxon ismli ustozidan qilichbozlikn o'rganishda davom etibdi. Hayronman, Temurbek shundo- ham bu atrofda hammani yengadigan darajaga yetgan, yan nimani o'rganar ekan Samar Tarxondan?
Shuningdek, u shayx Shamsiddindan ilm o'rgangani han boribdi.
Bular esa mening otam bilan bahslashishimga olib keldi.
— Temurbck mutlaqo boshqaeha yigit. Unga o'xshashi ho zir yetti iqlimda ham yo'q. Shayx Shamsiddin Kulolning gapi ga qaraganda, undaylar har sakkiz yuz yilda bir marta tug'ila ekan. Temurbckkacha Iskandar Zulqarnayn, keyin undai sakkiz yuz yil o'tib, Muhammad Mustafo sallollohu alayhi va sallam dunyoga kelgan ekan. Mana, Temurbek ham payg'am barimizdan sakkiz yuz yil keyin tug'ilgan. Uning taqdirig; olamni olish yozilgan. Shunday ekan, birov uning qilichbozlil hunarini yanada yaxshiroq o'rganishiga qarshilik qilolmaydi Hatto otasi amir Tarag'ay ham.
— Temurbekning yolg'iz o'zi dunyoni olmas, yonida ham- korlari ham bo'lar, — dedim men e’tiroz bildirib.
— Temurbek tanlangan. Shunday ekan, u maqsadiga yet- gunicha Allohning panohida bo'ladi. Ammo uning yonidagi- larga hech kafolat yo'q.
— Ayollar kabi uyda pisib yotishni istamayman! — dedim men ko'zimga yosh olib.
— Taqsirim, — dedi xuddi shu payt ikkinchi onam yoni- mizga kelib, — Abbosbckning-da peshonasi yarqiragan. Oldin uylantiring, keyin unga imkon bering.
15
Men ikkinchi onamni juda yaxshi ko'rib ketdim. U, aslida, go'zal va farosatli ayol. Hamisha tiniq fikrlaydi. Yo'q, men uni yonimni olgani uchun maqtamayapman. Aslida ham shunday.
Otam esa uning gapini turmushdagi ba’zi bir narsalarda ma’qullasa ma’qullagandir, ammo bolalarni, xususan, meni tarbiyalashda uch onamdan birortasining ham fikri bilan qiziqmagan.
Men umid bilan otamga tikildim.
— Bundan chiqdi, — deb u chakkasini qashladi, — sen Temurbekning yonida bo'lmoqchisan?
— Ha, — dedim men sira tap tortmay, — uning dushman bilan olishganini ko'rsangiz edi. Og'zimiz ochilib qoldi. Hatto unga yordam berishni ham unutib, san’atini bir muddat to- mosha qildik.
— Men bu to'g'rida o'ylab ko'raman, — dedi otam gapim- ni bo'lib.
Javob ertasiga, bomdod namozini birgalashib o'qigani- Tiizdan so'ng bo'ldi. Otam ko'ndi.
Samar Tarxon Usmon ustadan ko'ra ancha mohir qilichboz ikan. Borgan kunimoq kamchiliklarimni ko'rsatdi. Vaholanki, Usmon qilichboz sira bunday qilmagandi. Ammo, baribir, men Temurbek darajasiga chiqolmadim. Chunki u har ikki qo'lida birday shamshir o'ynatardi va yana ot ustida kamon otishda butun gavdasini orqaga burib, nishonni aniq urardi. Men esa u qilgan ishning taxminan yarmini ado eta olardim.
Oradan roppa-rosa ikki yil o'tib, otam meni amir Bedoyning qizi Hulkar og'oga uylantirdi. Xuddi o'sha yili Temurbek amir Joku Barlosning qizi Turmush og'oni nikohiga oldi. Men bor- yo'g'i bir marta uning zavjasini ko'rganman. Bir kuni bexos- dan ruxsat so'ramay Temurbekning uyiga kirib bordim va Turmush og'oning hovli supurayotganiga ko'zim tushdi. Hovliga odam kirganini sezgan Turmush og'o ilkis boshini ko'tardi va mening ko'zim uning oppoq yuziga tushdi. Gunohga botib qolmayin, degan niyatda shu zahoti nigohimni yerga qaratdim hamda Temurbekni so'radim. U qo'ng'iroqday ovozda erining yo'qligini aytdi va men darrov bu xonadonni tark etdim.
Shu yili biz Qazag'anbekning xizmatiga kirdik. Aslida, Temurbekning atrofida ellikdan ziyod yigit yig'ilib bo'lgan- di. Unda bemalol qo'shin to'plash imkoniyati bor edi. Chun-
16
ki Tcmurbekning nomi tildan tilga o'tib, Kesh viloyati hudu-
didan tashqariga chiqib ketgandi. Uni bir bor ko'rish niyatida
keladiganlar ham paydo bo'lgandi. Bu yoqda Temurbekning
ota-onasi haqida bo'lgan-bo'lmagan rivoyatlar ko'paygan-
dan-ko'payib ketgandi. Va oxiri Temurbek birov bilan ko'rish-
inaydigan, gaplashmaydigan bo'lib qoldi. Ko'proq vaqtini biz,
tengqurlari bilan o'tkazar, qolgan paytlar esa shayx Shamsid-
dindan ilm olishda davom ctardi. Vaholanki, u bu paytga kelib
Qur’oni karimni yod olgan va unga shayx Shamsiddin oq fo-
tiha bergan edi. Bundan tashqari, Temurbek fiqh ilmini ham
yaxshi o'zlashtirib olgandi. Yana juda ko'p hadislarni yoddan
bilarva sharhlab berardi. Shunga qaramasdan, u yana ilm olish
bilan mashg'ul bo'lardi va yana ozgina origan vaqtini uyida
o'tkazardi.
Biz Qazag'anbek ixtiyoriga o'tganimizning ikkinchi oyida
hukmdor Temurbek ikkimizni yoniga chaqirdi.
— Bizda nima yumushi bor ekan? — deya hayron bo'lib
Temurbckka qaradim.
U yelka qisdi. So'ng bir nuqtaga termilib turdi-da:
— Maqtaydi. Jarlik qo'nalg'asiga yig'ilgan Xurosonning
daydi qo'shinini men boshliq bo'lib borgan lashkar tumtaraqay
qildi. Biz raqibdan ikki barobar oz edik, shunga qaramasdan
yengdik. Tadbirimiz foyda keltirdi. Hech shubha yo'qki, bu
ishimiz Qazag'anga ma’qul tushgan va biz bilan ko'rishish-
ni ko'ngli tusab qolgan. Ammo o'ylaymanki, borishimizdan,
u bilan ko'rishimizdan bizga oz foyda bo'lsa kerak. Buning
o'rniga, ilm o'rganganim ming marta afzal edi. Ba’zan otam
qo'limdan yetaklab, o'sha kezlari endigina besh bahorni qar-
shilagandim, madrasaga olib borgani esimga tushadi. Mulla
Alidan sura va oyatlarni o'rgangan kezlarimni sog'inib keta-
man. U paytlari juda nimjon edim. Birov qo'limdan yetakla-
masa, bozordan o'tolmasdim, madrasaga yctolmasdim. Otam
yetaklab olib borardi. Mabodo otamning zarur ishi chiqib qol-
sa, qo'shnimizning bolasi qo'limdan tutardi. Esingda bo'lsa,
bir marta sen meni yetaklab olib borgansan. O'sha kuni ikki-
ta surani hammadan oldin yodlab olgansan. Lekin men ularni
oldinroq yod olgandim. Uyda. Otam o'rgatgan. Hozir qo'lim-
da shamshir, yurt tinchligi, odamlar ilmi uchun ot choptirib
yuribman... Xullas, Qazag'an biz ti maqtash uchun, ehtimolki,
i’ imama
sovg'a-salom, hadya bcrish maqsadida yoniga chorlagan. Shu- nisi aniqki, jazolamaydi, — deb kulib qo'ydi.
Temurbck haq bo'lib chiqdi. Hukmdor ochiq chehra bilan bizni qarshi oldi. Muvaffaqiyatimizni gapirdi. Yelkamizga qo- qib qo'ydi. Qiziq tomoni, menga u xuddi faqat Temurbekni sharaflayotganday tuyilardi. Chunki u Temurbekka qarab ga- pirardi. So'ngra amir Husayn bilan tanishtirdi. Bo'y-basti qa- riyb biznikiga mos keladigan, yuzi dumaloqroq, oq-sariqdan kelgan, ko'zi o'ynagan, egnida shahzodalar kiyim-boshi, qili- chining qini yaltirab turgan bir odam edi u.
— Siz to'g'ringizda bir-biridan ajoyib gaplar eshitganman. Siz turkiydan tashqari, forsiy va arabiyni mukammal bilar ekansiz, shu rostmi?
— Ha, — dedi Temurbck jiddiy qiyofada.
Amir Husayn bobosiga ma’noli ko'z tashlab qo'ydi-da, so'rashda davom etdi:
— Bir odamning uch tilda birday gaplasha olishi, albatta, tahsinga sazovor. Men bularning orasida, ayniqsa, arab tili- ni bilishingizni katta muvaffaqiyat deb hisoblagan bo'lardim. Chunki arab tilini, hech shubha yo'qki, Qur’oni karim bilan birga o'rgangansiz...
— Yo'q, — deya uning gapini bo'ldi Temurbck, — Allohning muborak kitobini oldinroq o'rganishga kirishganman.
— Ofarin! — dedi shu zahoti hukmdor Qazag'an.
Husaynning tusi o'zgardi. Aftidan, unga bobosining gapi yoqmagan ko'rinadi. «Battar bo'l, — dedim men ichimda, — yonib kul bo'lib ketmaysanmi? Shundoq ko'rinishingning o'zi odamning g'ashini keltiradi. Alloh ko'rsatmasin, bobongning o'miga o'tirib qolsang, xalqning sho'ri qurishiga shubha yo'q».
— Ba’zi mish-mishlar ham o'rlab ketibdiki, men ularni xato aytilgan rivoyat tarzida qabul qildim, — deya amir Husayn yana bobosiga ko'z tashlab qo'ydi.
Temurbek unga savol nazari bilan tikildi.
Ammo hukmdor Qazag'anbek nabirasining boshqa gapi- rishiga izn bermadi. U o'ng qo'lini yuqoriga ko'tardi.
— Biz sen va sen kabi bahodirlar zaminimizda ulg'ayib borayotganidan benihoya xursandmiz. Inshoolloh, kun kelib Turonzamin, albatta, gullab-yashnaydi. Endi esa seni ovga taklif etaman. Ya’ni nabiramiz amir Husayn bilan birga ov laz-
18
zatini totasizlar. Umid qilamanki, orangizda do'stlik rishta- si paydo bo'lib, kelajakda, albatta, bir-biringizga ko'makchi bo'lib qolasizlar.
Temurbek uning taklifini bajonidil qabul qildi. Mening ni- gohim esa amir Husaynga qadalgandi. Uning yuzida jilmayish paydo bo'ldi. Labimni tishlab qo'ydim.
Biz birga-birga tashqariga yo'l oldik. Faqat amir Husayn bobosining yonida qoldi. «Men sizlarga saroy tashqarisida qo'shilaman», dedi u.
— Fitna yo'qmikan? — dedim men Temurbekka shivirlab.
— Fitna alomati sezilmaydi. Ammo qandaydir gap borki, buni bobo bilan nabira bizdan sir tutishdi. Xudo xohlasa, albatta, biz buning nima ekanligini bilamiz.
Temurbekning shu gapidan bildimki, u ancha xotirjam. Demak, men ham ko'nglimni buzmasam bo'laveradi.
Biz amir Husayn safimizga qo'shilguncha otlarimizga min- madik. Temurbek tulporining yolini silab turdi. U qattiq o'yga berilgan edi. Ayni chog'da ora-chora labi qimirlab qo'yardi. Uning aft-angori, labining qimirlashi shunchalik sirli edi- ki, nima haqda o'ylayotganini bilolmadim. Ha, u yoshligidan xuddi shunday. Agar o'zi istab dilidagini aytmasa, hech qa- chon nima haqda bosh qotirayotganini bilolmaysan. Lekin o'sha payti negadir mening yuragim siqilayotgandi. Shuning uchun so'z qotdim:
— Temurbek, menga amir Husayn sira yoqmadi. Ko'zlari bcjo ekan. Undan qandaydir fitna kelmasaydi, deb qo'rqaman.
— Har kim fe’liga yarashasini oladi. Shoshma-shosharlik bizga xos emas. Kelajakni vaqtning hukmiga qoldiramiz, — dedi u va yelkamga qo'lini tashladi.
— Baribir, biz sergak bo'lib turishimiz lozimmi, deb o'ylab qoldim. Qazag'an maqtadi. Ammo uning ko'nglida nima ni- yati borligini bilmaymiz. Ehtimol, o'zining hukmdorligidan xavotirga tushib, ertaroq, issig'ining borida seni bir yoqli qilib qo'yishni rejalashtirgandir.
— Har nima bo'lishi mumkin. Ammo hozir emas. Chunki unga itoat etishni istamaydiganlar kundan-kunga oshib bor- yapti...
— Shulardan biri sen bo'lishing ham mumkin-ku.
U birdan menga tikildi. Ochig'ini aytaman, bunday qahrli nigohdan etim jimirlab ketdi.
19
— Men Alloh buyurgan ishni u ko'rsatganiday bajaraman...
— Haqsan.
Xuddi shu payt amir Husayn ko'rinish berdi va bizning suh- batimizga nuqta qo'yildi. Ayni chog'da men Temurbekning qahridan qutulib qoldim. To'g'ri, u menga biron ziyon-zahmat yetkazmaydi. Ammo so'zlari ham yurakka sanchilib, og'riq beradi...
Biz saroy tashqarisida edik, u o'zidan keyin yigirma chog'li sipoh bilan chiqib keldi. Hammasi qilich va o'q-yoy bilan qurollangan edi. Amir Husayn xuddi jangu jadalga ketayot- ganday sovut kiyib olgandi.
Biz chaqqon harakat bilan otlarimizga mindik.
— Temurbek, — dedi amir Husayn yonimizga yetishi bilan, — shunday bir sherni ovlaginki, u O'ljoy Turkon og'oga po- yandoz bo'lsin!
Masala darrov ravshan bo'ldi. O'ljoy Turkon og'o amir Husaynning singlisi, ya’ni Qazag'anbekning nabirasi. Demak, hukmdor nabirasini Temurbekka nikohlab berishga azm qilgan.
— Alloh istasa, xuddi shunday bo'ladi, — deb javob berdi Temurbck.
Uning yuzida tabassum zohir edi. Hali aytganimday, u un- cha-muncha narsaga kulavermasdi. Kuldimi, demak, unda ham xohish bor.
— Muborak bo'lsin, — dedim men kesatib.
Chunki uning Husaynga kuyov bo'lishini sira istamayotgan- dim. Akasi mana bunday bo'lgach, singlisi Temurbekka tur- mushga chiqqanidan keyin vaqti kelib unga ziyon yelkazib qo'ymasmikan, degan xavotir bor edi menda.
Temurbek kesatig'imni darrov tushundi-da:
— Bekorga tashvishlanyapsan. Bu nikoh bizning foydamiz- ga ishlaydi, — dedi.
Amir Husayn saroydan cllik-oltmish chaqirimcha uzoqlik- dagi butalar, yovvoyi jiyda bilan qoplangan yalanglikni tanladi. Bu yerdan daryo o'zani oqib o'tardi, shu boisdan ham butalar, yovvoyi jiydalar qoplab olgandi.
Ov boshlandi. Biz ikki guruhga bo'lindik. Bittasiga amir Husayn, ikkinchisiga Temurbek bosh bo'ldi.
— Bu yerlarda sherlar bo'lishiga unchalik ham ishonmay-
20
man. O'rdaklar bo'lishi mumkin. Ana boringki, o'txo'r hay- vonlar bo'lishi mumkin. Ammo sherlar... Bo'rilar, shoqollar izg'iydi, deyishsa, ishonaman, — dedim men.
— Janubga boq, — dcdi Temurbek menga qarab qo'yib, — yassi tog'lar bor. Eshitishimga qaraganda, u yerda bir to'da shcr in qurgan emish. Ular mabodo yemish topolmay qolishsa, albatta, bu yoqlarga kelishadi.
Men noiloj uning gapiga ko'ndim. Biroq shu zahoti «Amir bekorga bu yoqqa boshlab kelmadi. Bekorga o'zi bizdan ajralib olmadi. Maqsadi, yashirinib yoyini ishga solish. Temurbekni nishonga oladi», dcgan o'y keldi xayolimga.
Ammo lahza o'tar-o'tmas mening bu o'yim noto'g'rili- gi ayon bo'ldi. Amir Husayn va sipohlarining ovozi kunbotar tomondan chiqdi. Men qulog'imni ding qildim. Shundan bildimki, qandaydir hayvonning izidan tushishgan. Bizning ham oldimizdan nimadir chiqsa yaxshi bo'lardi, har qalay, ular ov yakunida ovlagan narsalari bilan g'o'ddayishadi. «Sen haqingdagi gaplar quruq uydirmami deyman, oving baroridan kclmabdi», deya Temurbekning ustidan kulishadi. Hech shubha yo'qki, shunday bo'ladi. Zero, hokim Qazag'anbek saro- yida u Temurbekka mensimay qaradi. «Olomon, baribir, olo- mon-da, gapiraveradi, lekin men ishonmayman, toki ko'z o'ngimda qandaydir mo"jiza ko'rsatmaguningcha», demoq- chi bo'ldi. Ammo aytmadi. Ehtimol, aytardi ham, agar bobosi uni so'zlashdan to'xtatib qo'ymaganida. Ovga chiqqanimizdan so'ng ikkiga bo'Iindik. Balki, bobosi: «Borib bir aylantirib kel- chi, juda maqtashadi, haqiqatan ham, shundaymi yoki bari uydirmami? Agar biz o'ylaganimizday bo'lmasa, bunaqangi «qahramon»ning bahridan o'tib qo'yganimiz ma’qulroq», de- gandir.
Men qarama-qarshi xayollar girdobida turganimda Temurbek ketib qolibdi. U yonginamda edi. Shunday o'girilib qa- rasam, u yo'q. Bu yerdagi yovvoyi jiydalar, butalar eniga ham, bo'yiga ham rosa tarvaqaylab o'sgan. Yuqorida aytganiindek, biz yoshligimizda Tcmurbekning tashabbusi bilan mashq qil- ganimizdagi butalar uzog'i bilan odam bo'yidan balandroq edi. Bu yerda esa ikki yovvoyi jiyda naridagi otliqni ko'rish amri- mahol. Uzangiga oyog'imni tirab qaddimni rostlab o'ngimga, so'limga, orqa-oldimga qaradim. Yo'q, Temurbek tugul biz-
21
ga qo'shilgan Husaynning sipohlari ham ko'rinishmaydi. lya, shunchalik ham hushimni yo'qotib qo‘ydimmi, deb o'ylab otimga qamchi bosdim. Yo'rg'a ot yugurolmadi. Tez yurdi. Ti- kanli shoxlarga chap berib, hammayoqni ko'zdan kechirib bo- ravcrdim va dam o'tmay sipohiarga duch keldim.
— Temurbek qani? — so'radim ulardan hovliqib.
— Tiss! — deya labining ustiga ko'rsatkich barmog'ini qo'ydi sipohlardan biri va old tomoniga imladi.
Men shu tomonga qaradim. Vo, ajabo! Temurbek yerda shamshirini yalang'ochlab turibdi. Qarshisida esa sher. Qa- riyb ho'kizday keladigan nar sher. Har ikkisi ham bir-biriga qahrli nigohini qadab turibdi. Temurbekda sherning kuchi bor. Ammo qarshisidagi haqiqiy sher edi-da. Biror kor-hol bo'lma- sin, degan o'yda otimning qorniga niqtagan edim, sipohlardan biri meni to'xtatib:
— Hech kim aralashmasin, deb tayinladi, — dedi.
Noiloj joyimda qoldim. Garchi yuragim taka-puka urayot- gan csa-da, voqeani kuzatishga majbur bo'ldim.
Sher ozgina ortiga tisarildi va birdan o'zini Temurbekning ustiga otdi. Temurbek esa chaqqonlik bilan shamshirini serma- di va o'zini chetga oldi. Sher yerga quladi. Faqat kallasi bo'lak, tanasi bo'lak. Jon chiqishiga vaqt ketdi. Tana ham tipirchiladi, kalla ham. Temurbek shamshirining qonini yirtqichning yun- giga artdi-da, yerga sanchdi. So'ng o'tirdi. Biz uning yoniga shoshildik.
— O'ta aniq, chaqmoq misol harakat! — hayqirdi sipohlardan biri.
Ammo Temurbek xursand bo'lmadi. U odatdagiday jiddiy edi.
— Xojangni chorla, — dedi Temurbek sipohga.
Hayajonlangan sipoh shu zahoti otiga qamchi bosdi.
Men yerga tushib, shemi obdan tomosha qildim. «Becho- ra, boshi tanasidan judo bo'lganini hatto sezmay ham qoldi. O'lim bunchalik tez keladi, deb o'ylamagan bo'lsa kerak», deya ko'nglimdan o‘tkazdim-da, Temurbekka hazillashdim:
— O'ljoy og'o kaftingda.
Ammo shu zahoti tilimni tishladim. Zero, aytganim qaltis- day tuyilib ketdi o'zimga.
Temurbek o'rnidan turdi.
22
— Tcrisini shilaylikmi? — so'radi sipohlardan biri.
— Aslo. Teri oshlovchining o'zi shilib oladi, — dedi Temurbek.
Hash-pash deguncha Husayn sipohlari bilan yetib keldi. O'ljani ko'rishi bilan ko'zlari olaydi-da, otidan sakrab tushdi. Shcrning kallasini yungidan ushlab ko'tardi.
— Xudo xohlasa, dushmanlaringning boshlari shu zaylda tanasiz qolur! — deya hayqirdi.
— Amir janoblari, — dedi Temurbek bir tuki ham o'zgar- may, — bu yirtqichning makoni emas bu yerlar va o'z-o'zidan bu tomonlarga yo'li tushmas.
— Eh, Temurbek. Biz ne maqsadda keldik? Ov uchun. Demak, buning ham niyati shu bo'lgan. Ammo taqdirni qarangki, o'zi o'ljaga aylanib qoldi.
— Biz ermak uchun kelganmiz. Sher esa qorin g'amida. Bundan chiqdi, makonida yemish qolmagan.
— Qo'ying falsafani. O'ljoyning naqadar xursand bo'lishini o'ylang, — dedi amir Husayn hamda sipohlariga sherni ot ustiga yuklashni buyurdi. Keyin maqtanishga tushdi.
— Garchi bizning ovimiz sizniki kabi bo‘Imasa-da, o'ta shi- rin tustovug'imiz bor, quyonimiz, kakligimiz bor. Hammasi kamon o'qidan so'ng jon berdi.
Uning maqtanishi biram bachkana ediki, sal imkoniyatim ustun bo'lganida, hech shubha yo'qki, shamshirim tilidan it uchun haq olgan bo'lar edi.
Temurbekning esa sira tusi o'zgarmadi.
— Muborak bo'lsin, — deb amir Husaynni maqtab qo'ydi.
Ov shunchalik qisqa muddat davom etdiki, odam aytarli qo- niqish ham hosil qilmadi.
— Bugun bazrni jamshid bo'ladi, — dedi amir Husayn g'o'ddayib. — Ehtimolki, dilingni xushnud etuvehi voqea ham sodir bo'lar.
Temurbek Husaynning nima demoqchiligini shu zahoti angladi-yu, g'ijindi. Lekin nachora, yana indamadi. Sabr qildi.
Biz shaharga kirib borarkanmiz, ko'rgan odam borki, ikki bukilar, amirni olqishlardi. «Dunyo turguncha turing, marta- bangiz bundan-da ziyoda bo'lsin!» deyishardi.
Ularning ko'pehiligi nega bunday deyayotganini o'zi ham bilmasdi. Shunchaki shunaqa deyish kerak, deb o'ylashar va
23
shafqat, muruvvat kutishardi. Bunga sayin Husayn yanada g'o'ddayar, o'zini shohlarday tutardi. Vaholanki, hali bor-yo'g'i amir edi. Yurtga hukmronlik qilish nasib etadimi-yo'qmi, qorong'i edi. Shunday esa-da, g'o'ddayardi. U boshqa payti bunchalik g'o'ddaymagan. Chunki sipohlari hamkorligida shahar ko'chalaridan o'tgan, hozir esa Temurbek bor. Temurbek- dan qoTqadi. Qo'rqishini g'o'ddayish bilan yopadi.
Saroyga kirib borishimiz bilan bizni sohibjamol O'ljoy og'o kutib oldi. Kutilmagan uchrashuv. Yana... Yana malikalarga xos kiyingan (aslida ham malika-da u) xonim yuziga yupqa harir ipak mato tashlab olgandi. Shuning ortidan uning husnu jamoli mana men deb o'zini ko'z-ko'z qilar edi. Unga ko'zim tushgan zahoti nigohimni olib qochdim, illo u Temurbekka atalganini eshitgandim. Albatta, bunday sohibjamolni har kim ham orzu qiladi. Ammo Temurbek uchun buning o'zi oz- lik qilar edi-da. Farosat, aql, keyin kiyinish odobi. Hozircha Temurbek ham xuddi men kabi unga begona. Demak, qad-qo- matini ko'z-ko'z qilib qarshimizda turishi mumkin emas. Hattoki malika bo'lgan taqdirda ham.
— Bu qadar jasorat ko'rsatganingizdan boshim osmonga yetdi, — dedi O'ljoy og'o jilmayib.
Yuzini to'sib turgan ipak mato uning tabassumini shundoq ko'z-ko'z qilib turardi. Balki, asl yuzga ko'zingiz lushsa, etin- giz bunchalik jimirlab ketmas. Manavi mato esa... To'g'risini aytayin, bir lahzagina unga qarab qoldim.
— Bu aslo jasorat emas. Agar sherda aql bo'lganida edi, uning terisi o'rniga meniki oyoqlaringiz ostiga poyandoz bo'lardi, — dedi Temurbek malikaga.
Shu payt chapak eshitildi va O'ljoy og'oning ort tomonidagi oq harir parda surilib, Qazag'anbek ko'rindi.
— Haqiqiy er kishining javobi shunday bo'lur, — dcdi u va kelib Temurbekning yelkasiga qoqib, menga qarab qo‘ydi-da, O'ljoy og'oga chiqish eshigini ko'rsatdi.
U ko'rinmay ketgunicha ov haqida so'radi. Qanday qilib sherning kallasini olganini Temurbekning o'z og'zidan eshi- tishni istadi. Keyin amir Husaynning nomiga ham maqtovlar yog'dirdi.
— Xudo xohlasa, siz mening ikki qanotim bo'lasiz va hech shubha yo'qki, biz ko'p dushmanni birgalikda yer bilan yakson
24
etamiz, — dedi hamda ko'z qiri bilan nabirasi ketgan tomonga nazar tashlab qo'ydi.
— Xuddi aytganingizday bo'ladi. Men ulkan qo'shin to'play- man, albatta, sizning duoingiz va marhamatingiz bilan, — dedi ainir Husayn g'o'ddayib.
— Barakalla, — dedi Qazag'anbek miyig'ida kulib, so'ngra Temurbekka yuzlandi. — Buning uchun eng asosiy masalani hozir hal qilib qo'yishimiz darkor.
Hamma uning yuziga termildi.
— Bu, hech shubha yo'qki, har ikkingizning yanada yaqin- lashishingizga xizmat qiladi. Yana men o'ylaymanki, qarorim- ga siz, — deb u yana bir marta Temurbekning yelkasiga qoqdi, — qarshi chiqmaysiz, yo'q demaysiz.
— Xuddi shunday, amir hazratlari, illo, siz mening va oi- lamning, yoru birodarlarimning dilini siyoh qiladigan, ularga jabr yetkazadigan qaror qilmaysiz, — dedi Temurbek.
Amir Qazag'an oldiniga unga termilib turdi. Keyin qah- qah olib kuldi. Boyadan beri ularning suhbatini kuzatib turgan amir Husayn ham tirjaydi.
— Albatta, — dedi amir Qazag'an va barmoqlarini qayirib qarsillatdi, — bunday fikr hatto xayolimga ham kelmagan. Gapning indallosi, sizni o'zimizga kuyov qilishga qaror qildik.
Temurbek xiyol boshini egdi. Uning xotini bor. Bir marta o'zining uylanajagini eshitib uyalgan. Bunday holga ikkinchi marta duch kelganida o'zini xotirjam tutishi kerakday edi. Ammo Temurbek uyaldi, ozgina bezovtalandi ham.
— Hech shubha yo'qki, oldiniga sizning roziligingizni so'rashimiz darkor. Xo'sh, mening nabiram O'ljoy og'oga uyla- nasizmi, Temurbek? — deya unga tikildi amir Qazag'an.
— Ha, — javob berdi birdan boshini tik ko'targan Temurbek.
Men uning bunday javobidan hayratga tushdim. Nazarimda, javob sal boshqaeharoq bo'lishi kerakday edi.
— Barakalla, — dedi ko'zlari quvnab ketgan Qazag'anbek.
— Er kishining javobi xuddi shunday bo'lishi kerak, — dedi amir Husayn.
«О'1-а, — dedim men ichimda, — singling ersiz qari qiz bo'lib qolayotganmidiki, xursand bo'lasan?! Temurbek kim bo'iishidan qat’i nazar, sal jiddiyroq turmaysanmi? Yo senda akalik g'ururi yo'qmi? Sadqai sendayin pastkashga amal!»
25
— Temurbekka zarbof to‘n keltiring! — buyurdi ainir Qazag'an.
Shu zahoti boshiga katta salla o'ragan, soqoliga oq orala- gan, egniga ko'kimtir qora to'n kiygan, o'rta bo'yli, ko'zlari quvnab turgan kishi paydo bo'ldi. Uning qo'lida hoshiyalariga tilla rang ip to'qilgan to'n bor edi.
Qazag'anbek oyoq kiyimini g'ijirlatib bosgancha to'nni qo'liga oldi va Temutbekning yelkasiga yopdi-da:
— Muborak bo'lsin! — dedi.
Uning ortidan boshqalar, jumladan, men ham Temurbekni tabrikladik.
— Har savobli ishning ertaroq bo'lgani ma’qul. Shunday ekan, nikohni bugunning o'zidayoq o'qitib qo'ysak, undan kcyin elga ma’lum qilsak, — dedi amir Qazag'an.
Temurbek yana rozi bo'ldi. Men uning amir Qazag'anning hamma taklifini hech bir e’tirozsiz qabul qilayotganiga hayron edim. Odatda, Temurbek sira shoshilmasdi. Oldin o'zi obdan o'ylar, undan keyin yaqinlari bilan maslahatlashar va shundan so'nggina bir qarorga kelardi. Hozir esa amir Qazag'anning og'zidan nimaiki chiqsa, hammasiga «Хо'р!» deyapti. Bunaqa- da adashishi va erta bir kun shuning orqasidan jabr ko'rishi mumkin-ku. Men buning oldini olish uchun biror nima dcy, dcsam, yon-atrofda odamlar bor. «Sen bizning Temurbekni aynityapsan!» deb hamla qilib qolishi mumkin.
— Taqsir, — dedi Temurbek amir Qazag'anga, — xush- xabarni otamga yetkazishimga izn bering.
— Albatta, padari buzrukvorsiz to'y o'tarkanmi?! Elchingiz- ni jo'nating, — dedi amir Qazag'an.
Temurbek mening yengimdan ushlab, bir chetga tortdi.
— Otingga tinimsiz qamchi bos. Otamni ko'rishing bilan hammasini ayt. U kishi shayx Shamsiddin Kulol hazratlariga uchrashsin...
— Befoyda, — dedim men, — hamma ish hal qilindi. Shayx janoblari boshqa gapni aytgan taqdirda ham, sen lafzingdan qaytolmaysan.
— Hazrat mening qarorimni ma'qullaydi. Bunga shubham yo'q. Ammo sen nega qovog'ingni ochmayapsan?
— Menga amir Husaynning qiliqiari yoqmayapti. Keyin Qazag'anbekning maqsadiga tushunmadim. Temurbek, bulaming
26
taklifini qabul qilgandan ko'ra, qo'shin tortib kelsak, Qazag'an- ning nafaqat nabirasiga, balki uning mol-mulkiga, hokimiyati- ga ega bo‘lasan-ku. Qo'shin to'plash muammo emas. Noming allaqachon juda uzoqlarga ketib bo'lgan. Hash-pash deguncha qudratli, ycngilmas qo'shin to'plab olasan, — dedim shoshib.
— Yilqilarimiz qo'shni viloyatga o'tib kctganida qon to'kil- gandi. Buning sababchisi biz edik. Men bir xatoning takror sodir bo'lishini istamayman. Keyin nikohning foydasi ko'proq menga tegadi. Ularga emas.
Albatta, ko'p ilm cgasi bo'lgan Temurbekning qarichi bilan meniki barobar cmasligini yaxshi bilardim. Shu bois bundan keyin gapirmadim. To'g'rirog'i:
— Sen nima desang shu, — dedim, xolos.
So'ng tez-tez yurib saroydan chiqib ketdim.
Temurbek aytganidek, otimga qamchi bosib ketarkanman, ishqilib, mening gaplarimni Turmush og'o eshitib qolmasin, deb o'ylayman. O'zimning uchta onam bor. Temurbekniki esa ikkita. Shunday ekan, Temurbekning yana bir qizni nikohiga olishi u qadar vahimali emas. Ammo ko'nglimning bir chek- kasi xijil. Shu Turmush og'o mening og'ziindan Temurning uylanayotganini eshitmasin-da, degan o'y bot-bot xayolimga kclaverdi.
Yetib borganimda amir Tarag'ay namoz o'qiyotgan ekan. Shu bois bir muddat hovlida kutib qoldim. Nigohim bilan Turmush og'oni qidirdim. U hech qayerda ko'rinmasdi. Xudoga shukr, endi u bilgunicha men ortimga qaytib ketgan va yarim yo'lga yetgan bo'laman, deya xayol surib tuiganimda ovoz keldi.
— Yolg'iz qaytibsiz, bek?
Men darrov boshimni cgdim. Ovoz egasini nigohim bilan qidirmadim. Bunday qilmoq gunoh sanaladi.
— Temurbek yumush bilan yubordi, — deya javob berdim savolga.
Ammo yuragim taka-puka bo'lib ketdi.
Yaxshiki, tezda amir Tarag'ay ko'rinish berdi. Bo'lmasa, yana bitta savol berganida nima deb javob qilardim?
— Assalomu alaykum, amir hazratlari, — dedim amir Tarag'ayni ko'rishim bilan.
U alik oldi hamda meni islikom ostidagi so'riga taklif qildi.
27
Biz ikki qavat ko'rpachaga bir-birimizga ro'baro* o'tirishimiz bilan cho'ri dasturxon olib keldi. Ikkinchisi choy keltirdi.
— Xo‘sh, nimalar qilib yuribsan? — so’radi amir Tarag'ay bir piyola choyni qo'liga olib puflamasdan ho'plarkan.
— Xushxabar bilan kcldim, — javob berdim jilmayishga urinib.
Amir shoshilmasdan piyolani dasturxonga qo'ydi, so'ng so'yla, degandek menga qaradi.
— Temurbekni amir Qazag'an nabirasiga unashtirish ta- dorigini ko'ryapti. Temurbek ham rozi bo'ldi. Bugunoq ni- koh o'qitmoqchi. Shunga Temurbek meni sizning yoningizga yubordi. Shayx Shamsiddin Kulolning yoniga boringlar, foti- ha olinglar, dedi, — deya men piyoladagi qaynoq choyni pu- fladim.
— Bas! — dedi amir Tarag'ay. — Ikkinchi marta choyni puflama. Hadisda janob payg'ambarimiz Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallam taomingizga puflamang, deganlar.
— Xo'p bo'ladi, — dedim men birdan.
— Temurbekning uylanishi masalasiga keisak, u bir narsani bilmasa qilmaydi. Ammo shayxga uchrashishimiz darkorligi- ni aytgan ekan, demak, shunday qilamiz. Sen o'tira tur, men hozir, — deb u o'rnidan turdi-da, bir-bir qadam bosib hujrasi- ga kirib ketdi.
Men piyoladagi choyni ichib bo'lar-bo'lmas tashqariga chiqdi. U amirlar kabi kiyingan va yo'g'on belbog'iga shamshir taqib olgandi. Amir kiyinishga kirib ketgan chog'da cho'ri- lar oppoq otni hozirlashayotganini ko'rgandim. Aftidan, amir Tarag'ay hujrasiga kirganida shunday qilishni buyurgan bo'lsa kerak.
Shayx Shamsiddin Kulolning uyi masjid edi. Bu yerda u ham yashar, ham imomlik qilar va xuddi shu yerdagi ming ta- labaga mo'ljallangan madrasada saboq bcrardi. Amir Tarag'ay meni tashqarida qoldirib, o'zi kirib ketdi. Bir choygum qayna- gulik vaqt o'tganidan kcyin shayx hamrohligida chiqdi. Men darrov shayxga salom berdim. Salomimga alik olgan shayx menga bir qur nazar tashlab qo'ydi. So'ngra:
— Sadoqatni qo'ldan boy berib qo'ymang, — dedi.
Nega shunday deganini, rosti, tushunmadim. Shunga qaramasdan:
28
— Inshoolloh, — dedim.
Biz yana otlarimizga mindik.
— Nikoh crtaga tongda o'qilishini tayinladi shayx hazratlari. Shu bois shoshilmasak ham bo'laveradi. Zero, baribir, men yetib bormagunimcha Temurbek nikoh o'qitmaydi, — dedi amir Tarag'ay yo'lga tushishimiz bilan.
So'ngra amir Tarag'ay Qazag'anbek saroyidagi Temurbek bilan bog'Iiq voqealarni so'ray boshladi. Men nimaniki ko'rgan bo'lsam, nimaniki eshitgan bo'lsam, hammasini birma-bir gapirib berdim. Keyin amir Husaynning qiiiqlari menga yoqma- ganligini ham aytdim.
— Hech shubha yo'qki, Temurbckka ham uning harakat- lari yoqmagan. Ammo bir tadbirni o'ylagan, shu boisdan ham rozi bo'lgan. Aslida, nikoh nihoyatda muqaddas. Unga hiy- la aralashtirib bo'Imaydi. Zero, keyin tug'ilgan farzandlarga ham hiyla yuqib qolishi chtimoli bor. Agar niyat ezgu bo'lsa, nikohdan foydalansa ham bo'laveradi. Amir Qazag'an beklar- ning begi edi. U Soli Saroyda1 hamma beklarni to'plab, Qo- zonxonga qarshi lashkar yig'di. Sababi, Qozonxon sultonning zulmi haddan oshgandi. U o'z tasarrufidagi yerlarda yashay- diganlarni qon qaqshatgani yetmaganday, qo'shni viloyatlarga ham hujum qilib, bor mol-mulkni tortib olar, odamlarini esa ayovsiz qirar yoki qul qilib sotardi. Bunday xunrezliklar od- diy xalq tugul, beklarning ham sabr kosasini to'ldirdi. Shu bois ular Qazag'anbekning chorloviga labbay deb javob qilib, ba- jonidil qo'shin berishdi. O'shanda men ham sipohlarim bilan birga uning qo'shini tarkibiga kirgandim.
Dori Zangi cho'lida qirg'inbarot jang bo'ldi. Ustunlik biz tomonda edi. Chunki iymon nima ekanligini bilmaydigan Qo- zonxonga nafratimiz cheksiz edi-da. G'olib bo'ldik. Ammo Qozonxonning kamonidan otilgan o'q Qazag'anbekning ko'zi- ga tegib, uni ko'r qildi.
Xayolimga Qazag'anbekning bir ko'zini sal Iasi bilan bekit- gani keldi.
— Qozonxon qochishga ulgurdi. Ammo ko'p o'tmay uning Qarshida ekanligidan xabar topdik. Yaralangan yirtqich kun kelib, albatta, yana hamlaga o'tishi mumkin. Buni ilgari ham
1 Hozirda Surxondaryo viloyatidagi Saroy qishlog’i.
29
ko‘p eshitganmiz. O‘sha yili qishda Qozonxonning ko'p ot- ulovi sovuqdan nobud bo'libdi. Shu bois Qazag'anbek yana qo'shin to'pladi va biz Qarshiga yo'l oldik.
Bu safar Qozonxon sulton avvalgiday qarshilik ko'rsatolma- di. O'zi qo'lga tushdi va qatl etildi.
Men hozirgina amir Tarag'ay hikoya qilib bergan voqeani otamdan eshitgandim. Otam ham xuddi amir kabi Qazag'an- bekdan minnatdor bo'lib so'zlagan edi. Bundan chiqdi, u boshqa beklar kabi zulmkor emas. Har qalay, bitta qonxo'rni bekor- dan-bekor daf qilmagan. Shu bois unga ishonsa bo'lar, ammo bu amir Husayn ham xuddi bobosidek, degani emas-da.
Biz yalanglikni ortda qoldirgan mahalimiz choparga duch keldik. Uning nafaqat oti, balki o'zi ham hansirab qolgandi. U qamchi ushlagan qo'lini ko'ksiga qo'yib, boshini eggancha amir Tarag'ayga salom berdi.
— Hurmatli... — deb chopar endi keyingi gapini aytmoqchi bo'lganida amir Tarag'ay uni so'zlashdan to'xtatib:
— Sen bitta otda keldingmi? — dedi qovog'ini uyib.
— Xuddi shunday, amir janoblari, — javob berdi chopar.
— Otni terlatib qo'yibsan-ku, yaramas. Odam degani jonivorga ham shunchalik ozor beradimi? O'zingni tinimsiz qamchilab tursam, qay ahvolga tushasan? Gapir gapingni tez!
— Amirim, Qazag'anbek hazratlari sizni kun botmay yetib kelsin, deya amr qildi.
— Bekka yetkaz, bugun kech, nikoh ertaga o'qiladi. Endi ortingga buril-da, otingga tinimsiz qamchi bosavermasdan, yo'rg'alat. Saroyga borgach, men, albatta, shu otni ko'raman.
— Xo'p, — dedi chopar va otini saroy tomon burdi.
Aslida, men ham Temurbekdan buyruqni olganimda otasining yoniga tinimsiz ot choptirib borgandim. Yaxshiki, amir Tarag'ay bilmadi. Bilganida oldiga solib qamchi bilan savalar- midi, deya xayolimdan o'tkazdim.
Biz saroyga kirib borarkanmiz, soqchilarning besaran- jomiigini ko'rdim. Aftidan, amir Tarag'ay ham bezovtalandi, shekilli, rangi oqardi. «Amir Husayn fitna qilgan. Boshqa nar- sa bo'lishi mumkin emas. Hozir biz saroyga kirishimiz bilan qo'lga olishadi... Ishqilib, Temurbek tirik bo'lsin!» degan o'y kechdi xayolimdan.
Yuragim hapqirdi. Shamshirimning dastasini ushladim.
30
Temurbekning bir o'zi uncha-muncha sipohni yer bilan bitta qilib tashiaydi. Ammo hiyla ishlatishsa, pand yeb qolishi mumkin. To'g'ri, uning butun Yer yuzini cgallashi bashorat qilingan. Ammo bashoratchi adashishi ham mumkin-ku.
Otdan tushdik. Amir Tarag'ay oldinda, men undan sal orqaroqda g'ishtdan qilingan zinalardan birma-bir yuqoriga ko'tarildik. Men eshik yonida turgan yasovullaming ham yuz- ida qandaydir bezovtalik alomatlarini sezdim va bu shubham- ni yana ikki hissa oshirib yubordi. Bilagimga g'oyibdan kuch quyilib kela boshladi. «O'lgunimcha kamida ikki-uchtasini chavaqlayman. Sergak bo'lsam, shunday qilaman. Aksincha bo'lsa, bchudaga nobud bo'lib ketavcraman», deya o'yladim.
Ammo ichkariga kirganimizdan so'ng taxt yonidagi yuqori supachada Temurbek va amir Qazag'an yonma-yon o'tirish- ganiga ko'zim tushdi.
Biz kirib borishimiz bilan Temurbek o'rnidan turdi. Tavoze bilan otasiga salom berdi. Amir Qazag'an esa joyidan qimirla- madi. Lining yuzida tabassum zohir edi.
— Sizning o'ta o'jarligingizni yaxshi bilardim, amir, — dedi Qazag'an.
— Alloh bandasiga bergan ne’matlardan biri-da. Ammo qa- roringizdan boshim osmonga yetdi. Sizday zot qarindoshlik rishtasini bog'lashga jazm qilishi ulkan voqca.
Amir Tarag'ay gapirayotganida men Temurbekni kuzat- dim. Rosti, uning bir tuki ham o'zgarmayotgandi. Yana ota- ning so'nggi gapi uni g'alati ahvolga solib qo'ydi. Qazag'an kim bo'libdiki, unga kuyov bo'lish mening qarindoshlarimga voqeaga aylansa, demoqchiday edi.
Qazag'an o'rnidan turdi va yana bitta zarbof to'n olib ke- lishlarini buyurdi. Kcyin kcltirilgan to'nni amir Tarag'ayning yclkasiga ildi. Yana atrofdan «Muborak bo‘isin*lar yog'ildi.
— Biz bugunning o'zidayoq nikoh o'qitishni niyat qilgan- dik. Ammo, afsuski, sizning kelishingiz cho'zilib ketdi. Shu bois marosimni ertaga qoldirdik. Endi hurmatli amir, siz va davlatimizning boshqa beklari bilan kengash o'tkazib olsak. Xabaringiz bor, Xuroson podshohi Malik Husayn bizga qarshi jang qilgan edi. O'shanda kuch-qudratimizga yetarlicha baho bcrmagandi u. Natijada bizning Turon bahodirlari, jum- ladan, siz, amir, Malik Husaynning qo'shinini yer tishlatdin-
31
giz. Bechora podshoh csa poytaxti Hirotga kirib yashirindi. Agar shahar akobirlari, shayxlar, donishmandlar oraga tushib, bizni yarashtirib qo'ymaganda, albatta, Malik Husayn boshi- dan judo bo'lardi. Kcyinchalik u biz bilan ittifoq tuzdi. Yaxshi qo'shnichilik qilib kclayotgandik. Biroq beklar g'alayon ko‘tarib qolishdi. Malik Husaynning o'rniga Malik Bo'ston- ni podsho qilib ko'tarishni istashyapti ular. Ana shu masalani bugun hal qilmaydigan bo'lsak, erta-indin tag'in qon to'kila- di. Ko'pchilikning sho'ri quriydi, — dedi amir Qazag'an va xomush tortib taxt ayvonidagi joyiga borib o‘tirdi-da, chapak chaldi.
Lahza o'tmay hudaychi paydo bo'ldi. Kaftlari bir-birining ustida, qorniga qo'yilgan, boshi xiyol egik.
— Beklar, amirlar to'planishdimi? — so'radi amir Qazag'an.
— Xuddi shunday. Farmoningizni kutishyapti, — javob berdi hudaychi.
— Chorlang!
Awal qo'g'irchoq hukmdor Bayonqulixon taxtga chiqib o'tirdi. Undan quyiroqdan amir Qazag'anbek joy oldi. Keyin kirib kelishdi uzun, qisqa, oriq, semiz, birining soqoli qop-qora, ik- kinchisiniki siyrak, uchinchisiniki sarg'ish, qarirog'iniki op- poq, qoramtir, ko'kimtir, yashil, qizg'ishtob va hammasining hoshiyasiga birday zar urilgan to'n kiygan, boshidagi sallalari to'nlarining rangiga mos kelmaydigan yigirma chog'li beklar, amirlar. Yarmidan ko'pining qovog'i solingan edi. Aynan ular Qazag'anbekka nomigagina salom berishdi. Demak, vaziyat maqtagulik emas. Demak, Qazag'anga qarshilar ko'p.
Men Temurbekka qaradim va uning yuzida mutlaqo xotir- jamlikni ko'rdim.
— Men istagingizni obdan o'ylab ko'rdim, — dedi amir Qazag'an beklarga, — va bizning yana Malik Husaynga qarshi qo'shin tortib borishimizdan ma'no ko'rmadim. Illo, u bizga o'z vaqtida soliqlarni to'lab turibdi.
— Ammo, — dedi bcklardan yoshi ulug'i, — Xuroson beklari bilan bizning savdo aloqalarimiz bor. Bizga yetib kelgan xabar- ga qaraganda, Malik Husayn ularga zulm o'tkazishni kuchay- tirib yuboribdi. Aynan bizga qo'shni bo'lgan viloyatdagi aksar beklaming mol-mulkini tortib olibdi. Hozir, garchi biz qo'shin tortib bormasak-da, Xuroson beklarining o'zi ixtiyorlaridagi
32
sipohlarini to'plab, hammasini Malik Husaynga oyoqlantir- moqchi bo'lib turishibdi.
— Bek! — deya birdan baqirib yubordi amir Qazag'an o'rni- dan turib ketarkan. — Avvalgi urushda aynan o'shalar Malik Husaynni bizga qarshi qayraganini esingizdan chiqardin- gizmi?!
— Aslo. Lekin biz hozirni inobatga olishimiz darkor. Hindistondan kelayotgan karvon bizga tegishli edi. Lekin unga Xurosonda hujum uyushtirildi. Malik Husayn o'z molimiz bilan o'zimizga soliq to'ladi. Agar hozir uni o'ldirmasak, bundan keyin oyog'imizga ko'p tushov bo'lishi mumkin.
— Malik Husaynning navkarlari qaroqchilik qilganiga is- botingiz bormi? — deya bir-bir qadam bosgancha bekka yaqin- lashib kela boshladi Qazag'an.
— Uning sipohlaridan biri o'ldirilgan, — dedi so'l tomonda turgan soqoli qop-qora. ko'zlari katta, sallasi ko'kimtir qora rangdagi bek, — libosi Malik Husaynning lashkaridagilarni- ki bilan bir xil edi. Keyin garchi Malik Husayn ham kurd- lar sulolasidan esa-da, ukasi Malik Bo'stonga ko'proq ishonch bildirilyapti. Shu bois Malik Husaynning o'rniga ukasini ko'tarishmoqchi. Albatta, biz hozir ko'mak bersak, kelgusida aloqalarimiz bugungidan-da yaxshi bo'ladi.
— O'z-o'zidan shamol esib qolmaydi, bek. Shunday ekan, daraxtning bargi ham bckorga qimirlamaydi. Bizning Malik Husayn bilan kelishuvimiz bor va biz unga xiyonat qilmaymiz.
— Chayonning muddaosi — chaqish. Shunday ekan, uni o'ldirish kerak!
— O'ldirish kerak!
— O'ldirish kerak!
Qator turganlarning hammasi baravariga baqirishdi. Shun- da men Temurbek qo'lini musht qilganini ko'rdim. Demak, uning jahli chiqdi. Hozir Qazag'anbek: «Bularning hammasini qilichdan o'tkaz!» desa, birortasini ham sog' qo'ymaydigan holatda. Hanugul, Qazag'anbek bunday dcmadi.
— Bas! Kimni o'ldirish, kimni qoldirishni o'zim yaxshi bi- laman! Hammangiz bo'shsiz! Ertaga men to'yu tomosha qilaman. Nabiramni Temurbekka beraman. Shunga tayyorgar- lik ko'ring!
Hammaning nigohi birdan Temurbekka qaratildi. Ni-
33
gohlarning birortasida ham quvonch alomati yo'q, bari bara- variga qahrli edi.
Bu ahvolda Qazag'anbek ko'pga bormaydiganga o'xshaydi. Bugun ular Malik Husaynni o'ldirishni talab qilishyapti. Erta- ga Qazag'anbekni yo'qotish payiga tushib qolishmaydi, deb hech kim aytolmaydi.
Mcn-ku, oddiy bir sipoh bo'la turib, shuning fahmiga yetib turibman. Ko'pni ko'rgan amir Tarag'ay, zukko Temurbek, qolaversa, amir Qazag'anning o'zi ham buni mendan yaxshi- roq anglayotgan bo'lsa kerak.
Ularbirin-sirin chiqib ketishdi. Qazag'anbek amirTarag'ayga yuzlandi.
— Talab qondirilmog'i lozim, — dedi amir Tarag'ay, — o'zga imkon yo'q.
— Ruxsat eting so'zlashga, — dedi Temurbek kutilmaganda.
U ruxsatni otasidan so'radimi yoki Qazag'anbekka shunday deb murojaat etdimi, hech kim tushunmadi.
— Malik Husayn qochsin. Shunda joni omon qoladi. So'ngra muammolarni hal etib, qaytib joyiga qo'yish mush- kuI ish emas.
Bu gapdan so'ng Qazag'anbek o'rnidan turib ketdi va Temurbekning yoniga keldi-da, yelkasiga qoqib:
— O'ta aqlli fikr! Yurtning senday o'g'loni borligidan boshim osmonga yetdi! — deya uni maqtadi.
Shu payt kutilmagan hodisa ro'y berdi. Oldiniga Temurbek amir Qazag'anning qulog'iga bir nimalar dcdi. Qazag'an «yo'q» degandek boshini qimirlatgan edi, shamshirini qini- dan chiqardi-da, qo'g'irchoq xon o'tirgan tomonga uloqtirdi. Shamshir xonning yonidan o'tib bir nimaga sanchildi. Birov «Uh!» deb yubordi. Keyin gurillagan tovush eshitildi.
— Soqchilar! — baqirdi Qazag'anbek.
Shu zahoti uzun nayza ushlagan ikkita sipoh paydo bo'ldi.
— Anavi yoqda kim bor? — deya amir Bayonqulixon to- monni ko'rsatdi.
Sipohlar shu tarafga yugurishdi. Bu paytda Bayonqulixon o'rnidan turib, taxtning orqa tomoniga qarab turardi. Qa- zag'anbekning gapidan so'ng u biz tomon yuzlandi. Shunda Bayonqulixonning rangi dokaday oqarib ketganligini ko'rdim.
Qo'riqchilar kichikroq bir gavdani sudrab olib chiqishdi
34
va taxtdan besh-olti qadam beri keltirib tashlashdi. Shamshir uning ko'ksiga sanchilgan ko'yi turardi.
Qazag'anbek amir Husaynga yuzlandi.
— Ikki yil buran bizga qo'shilgan edi. Shundan beri saroyda xizmat qilardi bog'bonlarga bosh bo'lib. Qanday bu yerga kelib qolganini va nima qilayotganini bilmayman, amirim, — dedi Husayn.
— Ayg'oqchi. Bu yerdagi har so'zni xojasiga yetkazib turgan. Balki, haligina to'polonning boshida turgan Hamid Usmon- bekning odami bo'lib chiqar, — dedi Temurbek.
Shu zahoti amir Husayn shamshirini yalang'ochladi.
— Yo'q! — dedi Qazag'anbek. — O'rni emas! Tezda Malik Husaynga maktub tayyorlang. U zudlik bilan poytaxtni tark etsin. Yo'qsa, fitna qurboniga aylanadi.
Amir Husayn shoshgancha chiqib ketdi. Undan oldin Qazag'anbek ishorasi bilan murdani ko'zdan yo'qotishgan, oqqan qonni artib olishgandi.
— Sizga ham raxsat, — dedi u ketganidan so'ng Qazag'anbek Bayonqulixonga.
O'zi esa boshini xam qilgancha bir-bir qadam bosib joyiga bordi-da, o'tirgach:
— Amir, — dedi Tarag'ayga yuzlanib, — har qadamda xoin- lik, fitna. Sadoqatni manfaat bilan bog'lab olishgan. Ikkimiz boqqa chiqaylik. Dardlashaylik. Temurbek hali O'ljoy og'oni ko'rmadi. Ko'rgani hisobga o'tmaydi. Kanizaklar guvohligida suhbat qursin.
Ko'rinib turibdiki, men ortiqchaman, shu bois kctish uchun izn so'ramoqqa chog'langanimda:
— Saroyning har chekkasida qotillar izg'iydi. Bog'bon ayg'oqchi ekan, boshqalardan ham bir nima umid qilib bo'lmaydi. Shu bois ruxsatingiz bilan mening qadrdonim sizga qo'riqchilik qilsa, — deb qoldi Temurbek.
— Barakalla, — deya uning fikrini quvvatladi amir Tarag'ay.
Bog' kunbotarda edi. Ayni chog'da qorong'i tushgan. Biroq hammayoqda mash’alalar yonib turganligi bois odam odamni bemalol ko'ra olardi.
Saroy ichkarisidagi voqealar ziyrakligimni to'rt-bcsh hissa oshirib yuborgandi. Shu bois hatto kiprik qoqmay chor-atrof- ni kuzatdim.
35
Suhbat yarim kechgacha davom etdi va shundan so'nggina amirlar dam olishni ixtiyor ctishdi.
Keyingi kun men uchun zavqli kechdi. Qariyb Temurbck go'shangaga kirib ketgunicha uning yonida bo*lib, saroy- da bo'ladigan turli irim-sirimlarga guvoh bo'ldim. Ularning ayrimlarini oldin ham ko'rgandim. Ammo men kutmagan g'alatilari ham bor ekan.
Biz roppa-rosa uch kundan so'ng saroydan qaytdik.
Amir Qazag'an nabirasi va kuyovining xavfsizligini ta’min- lash va ularning uylariga xavf-xatarsiz yetib olishi uchun cl- lik sipohni qo'shib berdi. Vaholanki, bunga sira hojat yo'q edi. Chunki Temurbekning bir o'zi o'sha ellik sipohning vazifasini bcmalol bajara olardi. Shuningdek, kamina va amir Tarag'ay ham qarab turadiganlar xilidan emasmiz. Amir Qazag'an, ch- timol, buni bilmaydi, bilsa ham, har ehtimolga qarshi, ehtiyot chorasini ko'rib qo'ygan bo'lsa kerak-da.
Uyiga borganimizdan keyin Amir Tarag'ay ho'kiz so'ydi. Biz bilan birga kelgan ellik sipohdan tashqari yana mehmon chaqirdi. Xullas, to'y qildi. Xursand yurganlar — xonadon va- killari, cho'ri va xizmalchilarni ko'rdim. Shu bilan birga, yig'i ovozini ham eshitdim. Juda qisqa muddat eshitdim. Vujudim quloqqa aylangandi. Temurbekning birinchi xotini Turmush og'o ustiga kundosh kelganini qanday qabul qilarkin, degan o'yda edim. Mana natijasi. To'g'ri, bunday olib qarasa, bu un- chalik ham qayg'uli narsa emas. Chunki Temurbekning ham ikki onasi bor. Mcniki esa uchta. Shunday ekan, xotin ustiga xotin olish oddiy hoi. Ammo negadir meni Temurbekning ikkinchi xotinini birinchisi qanday qabul qilishi qiziqtirib qolgan edi. Negaligini, ochig'i, mutlaqo bilmayman.
Hayot bir zayilda davom etaverdi. Ora-chora hali u bek, hali bunisi g'imirlab qolganini hisobga olmaganda, mamlakat de- yarli tinch edi. Ha, beklarni tinchitish ko'proq Temurbek bosh- liq uch yuzdan ortiq sipohlar bo'ynida bo'ldi. Temurbekning qizi Sulton Baxt begim tug'ilganidan bir yil o'tib, endilikda butun Movarounnahr va Xurosonga dong'i ketgan sarkarda- ning bobo qaynotasi Qazag'anbek o'ldirildi.
Qazag'anbek qishda Soli Saroyda, yozda Qaronurda2, bosh-
2 Surxon vohasidagi joy.
36
qa paytlari Munk shahrida yashardi. Qatl etilishidan oldin Soli Saroydan o*n bcsh kishi hamrohligida qurolsiz sayrga chiqibdi. Ba’zan odamning o'lgisi kelsa, ajalning oldiga o'z oyog‘i bilan borarkan. Bo'lmasa, bor-yo‘g*i o'n besh kishi, yana qurolsiz sayrga chiqishga nima bor? Oldi-orqangga elliktadan — yuzta sipohingni tish-timog'igacha qurollantirib qo'ymaysanmi?!
Uning Qutlug* Temur ismli kuyovi bor edi. Olifta, birovni uncha-munchaga inensimaydigan. To‘rt odam bilan birga bo‘lib qolsa, o'zini aqlli ko'rsatishga urinib qoladigan, man- sabparast, manfaatparast, qo'pol, farosatdan bcsh-olti tosh narida yuradigan odam. Temurbek bir safar kallasini sap- chaday uzib tashlashiga sal qoluvdi. «Sen mening xizmatko- rim bo'lishing kerak. Chunki mening darajam senikidan ancha baland. Boz ustiga, mol-holga qaraydiganlarga bitta bosh zarur bo'lib turibdi...» degandi-yu, shundan ortiq gapirolmagandi. Temurbek birdan shamshirini chiqarib, Qutlug' Temurning himoyasiga otlangan ikki sipohni jonsizlantirib, yerga ag'dar- di. Keyin qilichini ko'zlari olayib ketgan Qutlug' Temurning yelkasiga qo*ydi-da:
— Baxting mening bojam ekanligingda. Ammo yana bir marta tuturiqsiz gapingni aytsang, bu ham xalaqit berolmay- di, — dedi.
— Ming bor uzr, Temurbek. Sizni pahlavonlar pahlavoni ekanligingizni yaxshi bilaman. Hazillashgandim. Qarindosh- ligimiz sabab erkin so'zlabman. Boshqa takrorlanmaydi, — deya dag'-dag' qaltiradi u.
Temurbek uning yelkasidan shamshirini olib, qiniga sola turib:
— Shu bitta haziling sabab ikki sipohing jonidan ayrildi, — dedi.
Qutlug' Temur shu zahoti otini ortiga burdi-yu, qochib qoldi...
Xullas, ana shu yaramas Qutlug' Temur o'z qaynotasi- ga pistirma qo'yibdi va kutilmaganda hujum uyushtirib, Qa- zag'anbekni o'ldiribdi. Unga qo'shilib yana sakkiz kishining joni uzilibdi.
Qutlug* Temur Qunduz3 tomonga juftakni rostlabdi. Ammo,
1 Xuroson shimolidagi shahar.
37
baribir, jazodan qutulib qololmadi, Qazag'anbekka sodiq bo'lgan beklar uning ortidan quvib, Qunduz yaqinida tutib oli- shibdi-da, burdalab tashlashibdi.
Qazag'anbckni Soli Saroyga keltirib ko'mishdi...
Qazag'anbekningo'g'li Abdulloh otasi tirikligida Samarqand- da hokim edi. Padari buzrukvori vafotidan so'ng unga tegish- li bo'lgan hamma joyni cgalladi. Hattoki Bayonqulixonni xon ko'tarib, o'zi farmonbardorlikka o'tdi.
Ammo birmuncha muddatdan so'ng otasi qilmagan ish- ni qildi. Ya’ni Bayonqulixonning haramiga tama qildi va uni o'ldirdi.
— Hay von ham bunchalik bo'lmas! — deya baqirib yubordi bu xabarni cshitgan Temurbek. — Bayonqulixonning o'zi kim? Qo'lingdagi qo'g'irchoq! Sening haramingdagi xotinla- ring, kanizaklaring Bayonqulixonnikidan bir necha chandon ko'p-ku!
— Temurbek, — dedim unga yumshoq ohangda, — har kim ham otasi kabi bo'lavermas ekan. Amir Qazag'anning hurma- i chek-chegarasiz edi. O'g'li bo'lsa... To'g'ri, u bir-ikki yil ol- iin Xorazmni bosib oldi. Ammo keyingi qiliqlari chcgaradan o'tib ketyapti. Uni o'rtadan olib tashlash vaqti kelib qolganga o'xshaydi.
Temurbek yalt etib menga qaradi. Keyin chuqur o'yga toldi. So'ng o'ziga o'zi so'zlaganday dedi:
— Samarqand azim joy. Avliyolar tuprog'i. Ne-nc valiylar, donishmandlar izi bor. Abdulloh shunday maskanni harom- harish bilan to'Idirib tashladi. Tayyorgarlikni ko'raylik.
Biz shundog'am kamondan o'q otish, ot ustida har xil harakatlarni bajarish bilan shug'ullanardik. Nazarimda, Temurbek avvalgidan ham chaqqon, zabardasl bo'lib ketgan- day edi. U Qur’oni karimni, imom Buxoriyning sahih ha- dislar kitobini qo'lidan qo'ymasdi. Bundan tashqari, kuno- ra shayx Shamsiddin Kulol bilan uzoq-uzoq suhbat qurar va doim uning yonidan qaytib kelganida ruhi yanada tctiklash- gan bo'lardi. Shundan bo'lsa kerak, bo'shang, lanj odamlarni, sipohlarni jini suymasdi.
— Nega dunyoga keldinglar? Bunaqa qilich ushlash, bunaqa ot mingandan ko'ra, qo'llaringga layoq olib, cho'ponlik qilib yurmaysizlarmi? — derdi u.
38
Bunday gapni eshilganlar darrov harakatga tushib qolardi. Biroq hech kim uning bajarganini bajarolmasdi.
Olti oy mobaynida atrofimizga yig'ilganlar soni mingdan oshdi. Biz Samarqandda o'tirib, chor atrofga farmonbardorlik qilayotgan Abdullohga qarshi kurashga tayyor bo'lib qolgan- dik. Biroq mutlaqo kutilmaganda amir Tarag'ay vafol ctdi. Men Temurbekni o'ta tushkun ahvolga tushsa kerak, deb o'yla- gandim. Yo'q, u tusini ham o'zgartirmadi. «Berguvchi ham, olguvchi ham Alloh, uning ishlariga qarshi turmoq shak kelti- rish bilan barobar. Agar hozir mening jonim uchun Azroil kel- sa, hech ikkilanmay qo'sh qo'llab topshiraman. Aslida, odam jannatga tusharini bilsa, bu zamonda, bu dunyoda yashamasa ham bo'laveradi. Biroq shunday deyishning o'zi ham shakkok- lik, shu bois o'lchab berilgan umrni yashash shart», — dcdi u.
Biz ta'ziyani o'tkazib, endi jangga otlanmoqchi bo'lib tur- ganimizda, xabar keldi.
Chingiziy hukmdor Tug'luq Temurxon Movarounnahrga yurish boshlabdi. Qo'shinning chek-chegarasi yo'q ekan. Qarshi chiqqanlarni yer bilan bitta qilarkan va makonining kulini ko'kka sovurarkan.
Temurbek harakatni to'xtatdi va biz bundan keyin nima qilmoq kerak, deya bosh qotirib turganimizda, boshqa bir xabar keldi.
Bayon Sulduz Hisorda qo'shin to'plab, Abdullohga qarshi yurish boshlabdi. Unga Kcshdan Hoji Barlos qo'shini bilan qo'shilibdi. Qirg'inbarot jangda Abdulloh yengilibdi va Samarqandni tashlab qochib, Amu suvidan kechib, Bog'lon yuqorisi- dagi Andarobqadan (Hindukush ctagida joylashgan qadimiy shahar. Hozir mavjud emas) boshpana topibdi.
Aslida, Bayon Sulduzbekka Abdullohning Bayonqulixonni o'ldirgani yoqmagan ekan. Chunki har ikkisining maishati bor edi. Tinimsizgulob ichishardi. Bayonqulixon ora-chora xatoga yo'l qo'yar, oyda o'n-o'n besh kun yuzini loladay qizartiradi- gan ichimlikdan saqlanardi. Ammo Bayon Sulduzbck to'xtash nimaligini bilmasdi. Qachon qaramang, sholg'omday qizarib, ko'zini suzib yurar edi. Bo'lmasa, u ancha halim edi. Un- cha-munchaga birovga qarshi qilich yalang'ochlamasdi. U Ab- dullohni quvib solganidan keyin Bayonqulixon taxtiga o'lirgan Tcmurxonni ag'dardi.
39
— Ishimiz yengil ko'chdi. Ayni ko'nglimizdagi ish bo'ldi. Ammo beklar orasidagi dushmanlik mamlakatning tinkasi- ni quritdi. Hammasining boshini biriktirmoq darkor... Mana, parokandalikdan foydalangan Tug'luq Temurxon qo'shin tortib kclayotgan ekan. U Chig'aloy naslidan, Jeta viloyati (Sirdaryo sharqidan Irtishgacha bo'lgan ulkan hudud)ning podshosi. Hozirgi sharoitda birov unga qarshi turolmaydi, — dedi Temurbek.
— Unda Xurosonga boraylik. Shu yoqda qo'shin to'play- miz, qolaversa, Balxdan amir Husaynni ham chaqiramiz. Agar Tug'luq Temurxon bizning yerlarni qo'lga kiritsa, hech shubha yo'qki, Xurosonga ham hujum qiladi. Uning ham yerlari- ni tortib oladi. O'zini qul qiladi, — dedim men Temurbekka maslahat berib.
— Bu muammoga yechim bo'lolmaydi. Undan keyin Xuro- son beklari ham xuddi biznikilar kabi tarqoq. Umumiy dushmanga qarshi turgandan ko'ra, bir-birining ko'zini o'yish ular uchun maroqliroq. Shu bois boshqa bir tadbir topish zarur...
Temurbek hali gapini oxirlatmasdan burun biz bilan birga jlg'aygan, hozirda Temurbekning men kabi ishonchli odam- laridan biri bo'lgan Sayfuddinbek ot choptirib kelib qoldi-da, muhim xabarni aytdi:
— Samarqanddan Abdullohni quvgan amakingiz amir Hoji Barlos Tug'luq Temurxon xabarini eshitib, mol-mulkiyu qarin- dosh-urug'i va o'ziga tegishli bo'lgan sipohlarini yig'ishtirib, Xurosonga qochib ketdi.
Temurbekni chaqmoq urganday bo'ldi. U mushtini mah- kam tugdi-da, menga yuzlandi. Uning qarashidan «Senga nima degandim? Beklar, amirlarning kuchi faqat o'zinikilar- ga yetadi. Birlashaylik, tashqi dushmanni mahv etaylik, desang, oldi-orqasiga qaramay qochadi, demaganmidim?! Mana, so'zimning isboti!» degan fikrni uqish mumkin edi.
Biz bu paytda mashqgohda edik. Qir etagidagi yalanglikda yakkam-dukkam ko'kka bo'y cho'zib turgan qayrag'ochlarni hisobga olmaganda, boshqa daraxt yo'q. Yigitlarning hammasi terlab-pishib, jonini berib shug'ullanishyapti. Hammasi Temurbekning oldida o'zini yaxshi ko'rsatib olishni istaydi. Hech binning bo'layotgan gaplardan xabari yo'q. Temurbek sipohlarga bir muddat qarab turdi va yerga o‘tirdi-da, qog'oz-qalam olib
40
xat yozdi. So'ng uni qizi! shoyi matoga o'rab, mening qo'Iim- ga tutqazdi:
— Hazrat seni ko'proq taniydi. Nomani mendan olib bor- ganingga shubha qilmaydi... Borgin-u, tezda ortingga qaytma, biryo'la javobini olib kel.
Men besh-olti qadam narida o'tlab yurgan otimning yoniga yugurib bordim va yuganidan ushlab, bir sakrab mindim-da, qamchi bosdim.
Tulpor shayx hazratlarining uyiga — masjidga yetgunicha yugurib bordi.
Baxtimga, hazrat endi mutolaadan to'xtagan va dam olish maqsadida ko'zini yumib o'tirgan ekan. Oyoq tovushim- ni eshitib, ko'zini ochdi. Salom berib, qo'ynimdagi xatni unga uzatgach, kimdan ckanligini aytdim. U nomani ochishdan av- val menga boshdan-oyoq qarab:
— Ishonch. Ishonch. Ishonch! — dcdi.
So'ng nomani ochib o'qidi. Men undan ko'zimni uzmay tikilib lurdim. Shayxning peshonasidagi ajinlari goh ko'paydi, goh kamaydi. Yuzi na oqardi va na qizardi. Qorday oppoq so- qoli qimirlab ham qo'ymadi.
U xatni o'qib bo'lganidan keyin menga qaradi. Uyalib ket- dim. «Shunday avliyo odam qanday ahvolga tusharkin, deb ku- zatdim-а!» dedim o'zimga o'zim.
— Hechqisi yo'q, — deya menga jilmayib boqdi hazrat, — qiziqqon bo'1 ish yaxshi odat. Faqat joyida. Darhaqiqat, mak- tubda yozilganlar har kimni tashvishga soladi.
U go'yo mening nima o'ylaganimni uqib olganday edi. Battar mulzam bo'ldim. Issig'im chiqib, yuzim lovullab ketdi.
Shayx o'tirdi-da, qo'liga qog'oz-qalam olib, shoshilmasdan xat yozdi. Men bu safar atay uni kuzatmadim.
— Mana, bitdi, — dedi, nihoyat, hazrat va o'rnidan turib, Temurbek xatini o'ragan shoyi matoga yozganini o'rab, qo'limga tutqazdi. — Tulporga ichingiz achisin. Jonivorni-da azoblashning javobi bor, — deya yelkamga qoqib qo'ydi.
Men hazratning yonidan chiqarkanman, o'zimni qandaydir yengil his etdim. Otga ham qaramasdan o'zim yugurib ket- gim keldi.
Temurbekning yoniga yetib borganimda quyosh ufqqa yon- boshlay boshlagan edi. Mashq maydonida har doim Temur-
41
bckning yonida yuradigan besh-olti kishidan boshqa hech kim qolmabdi.
Temurbck nomani qo'liga olgach, oldiniga ichida, so'ng ovoz chiqarib o'qidi: «To'rtinchi (Ali ibn Abu Tolib, Payg'ambarimiz Muhammad Mustafo (s.a.v)ning amakivachchasi va kuyovi) xalifadan, unga Tangrining karamu marhamati bo'lsin, bir kishi so'rabdiki, osmon — kamon, yer — kamon ipi, hodisalar o'q-yoy bo'lsa, insonlar ul o'q-yoylarga nishon bo'lsa, otg'uv- chi — buyuk va qudratli Alloh bo'lsa, odamlar qayerga qocha- dilar?» Xalifa: «Odamlar Tangrining qoshiga qochsinlar», debdi. Sen ham Tug'luq Temurxonning oldiga qochgil va qo'lidan o'q-yoyini tortib ol».
Temurbek maktubni o'qib tugatgach bizga yuzlandi. Birimiz noma mazmuniga tuzukroq tushundik, boshqamiz tushunma- dik. Va nigohimiz bilan Temurbekdan izoh so'radik.
— Xudoga ming qatla shukrlar bo'lsinkim, hazrat bizga aniq, to'g'ri yo'lni ko'rsatibdi. Hech shubha yo'qki, biz shu yo'ldan boramiz va adashmaymiz.
Hoji Barlosning qochgani haqidagi xabar Temurbekni bir- muncha tushkun kayfiyatga solib qo'ygandi. Shayx hazratlari- dan noma oldi-yu, kayfiyati ko'tarilib ketdi.
— Tug'luq Temurxon hozirda Toshkentdan o'tib Xo'jand suvi (Sirdaryo) yaqinida turibdi. Menga xabar berishlaricha, u uch nafar bekni biz tomon jo'natgan, ular: Ulug' Temur — kerait urug'ining sardori, Hojibek — arkanutning begi va Bek- kichik — qang'linining kattasi. Kamiga, Boyazid Jaloyir ham butun qo'shini bilan ularga qo'shilgan. Hech shubha yo'qki, Tug'luq Temurxonning lashkarlarini hisobga olmaganda ham mana shularning o'zi juda katta kuch. Shu holimizda biz ularga qarshi turolmaymiz. Demak, shayx hazratlari ko'rsatgan yo'lni tutamiz. Abbos, — deya baralla gapirayotgan Temurbek menga yuzlandi, — tezda Keshga borib, savdogarlardan, boshqa boylardan keyin qaytarib berish sharti bilan oltin, kumush, qimmatbaho matolardan yig'. Keyin mening yilqilarimdan, qo'y-qo'zilarimdan yuzdan ziyodini ol-da, ikkiga bo'l. Xuddi shunday, o'zingnikilardan ham qo'sh, boshqa safdoshlari- miz ham sira ayamasdan mol-davlatidan bersin. Va hamma- sini ikkiga bo'l.
— Shuncha narsani nima qilamiz? — dedim men hayratim oshib.
42
— Alloh xohlasa, bulaming hammasini vaqt-soati kelib, yuz chandon qilib qaytarib olamiz. Tezda ishga kirishinglar, tong otgunicha hammasi tayyor bo'lsin. Yigitlar, — dedi u boshqa safdoshlarimizga yuzlanib, — hammangiz Abbosga ko'makla- shasiz.
Biz ot choptirib ketdik. To'g'risini aytay, baribir, hech va- qoga tushunmayotgandim. Shayx hazratlari xatida mol-mulk yig'inglar, demagan. Balki, Tug'luq Temurxonning yoniga bor, dcgan. Temurbek bo'lsa, sovg'a-salom bilan bormoqchi. Mayli, ko'ravcraylik-chi, bu yog'i bir gap bo'lar.
Savdogarlar mardlik qilishdi. Yovning yaqinlashib kelayot- ganini, agar biz tezroq til topishib olmasak, holimiz xarob bo'lishini eshitishlari bilan darrov bor-budini chiqarib be- rishdi. Ammo amaldorlar o'zini u yoqdan-bu yoqqa tashlab ko'rishdi. Qachonki, zug'um o'tkazishimiz mumkinligini bil- ganlaridan keyingina, shunda ham og'rinib, besh-olti tilla tan- gadan berishdi.
— Hamma narsa hisobda, — dcdim Sayfuddin Bahodirga.
U Hoji Barlosning qozisi bo'lib, sariqqina, siyrak soqolli, qotmadan kelgan, uzun bo'yli kishi edi. O'taketgan ziqnaligi bilan nom taratgan. Birovlardan olsa oladiki, ammo sariq chaqa chiqarish kerak bo'lib qolsa, joni bo'g'ziga keladi. Bu yog'ini so'rasangiz, yilqi, qo'y-qo'zilari ozmuncha emas. Yana undan-bundan рога olib ham turadi. Agar Hoji Barlos qo- chib qolmaganida bormi, bu yaramas mening boshimga nima kunlarni solardi, yolg'iz Xudoga ayon.
Sayfuddin Bahodir ko'zini olaytirgancha qoldi.
Karvon bomdod namozidan so'iig yo'lga tushdi. Temurbek yo'l boshladi. Men uning yonida edim. Qolgan safdoshlarimiz esa karvon bo'ylab yoyilgandi.
Ko'zga ko'ringan beklarning juftakni rostlab qolishi, amirlarning layoqatsizligi sabab qaroqchilar ham ko'payib qolgan payt. Albatta, hamma Temurbekning qanday jang qi- lishidan, jang paylida shafqat nimaligini bilmasligidan yaxshi xabardor. Shu bois u karvonning yonida bo'lganida birovning yaqinlashishi dargumon. Biroq, baribir, odam xavfsirar ekan.
Hartugul, birorta ham xavf-xatarga duch kelmay ertasiga peshindan keyin biz manzilga yaqinlashdik. Uzoqdan bir talay kapalar ko’zga tashlandi. Men erinmasdan hisoblab chiqmoq-
43
chi bo'ldim. Ammo uddasidan chiqolmadim. Sababi, masofa olis edi. Ba’zi chodirlar ba’zilarini ko'rsatmay qo'ygandi. Taxmin qiladigan bo'lsak, uch yuztacha chiqar. Agar har biriga elliktadan sipoh sig'sa, demak, iashkar soni o'n besh mingga yaqin. Yanayam bilmadim.
Chodir-shaharga yaqinlashib borarkanmiz, to'rt sarboz biz tomonga ot choptirib kelayotganini ko'rdik. Men ularga e’tibor ham bermadim. Ko'zim chodirlar tomonda edi. Ular uzoq- da, men ko'rganimdan ancha ko'p ekan. Yana o'rtada uch- ta boshqalaridan ajralib turgan katta chodir bor. Uchovining ham tepasida uchburchak bayroq. Faqat bir-biridan rangi bilan farqlanadi.
Otliqlar ro'paramizda to'xtashdi.
— Kimsizlar? — dedi scrsoqol, ko'zi chaqnagan, chingiziy bosh kiyimli kishi.
— Temurbekning karvoni. Beklarga va Tug'luq Temurxon- ga sovg'a-salom olib boryapmiz, — deb javob berdi Temurbek.
Kelguvchilar xiyla sergak ekan, otlarini choptirib karvon- ni ko'zdan kechirib chiqishdi va kcyin izlariga qaytib ketishdi.
Biz karvon bilan birga chodirlar oralab bordik. Eng katta chodirlaming o'rtasida to'xtadik. Men bilan Temurbek otdan tushdik.
— Marhabo, — dedi eshikbon, — sizni kutishyapti.
Chodirning ichkarisi xon saroyining o'zginasi edi. Atrof qip-qizil gilam bilan o'ralgan, oyoq ostiga ham xuddi shun- aqasidan to'shalgan edi. To'rga supacha qilingan va ustiga qa- lin-qalin ko'rpalar to'shalgan. Barcha beklarning qo'Itiqlari ostida lo'la bolish, o'rtadagi dasturxon noz-ne’matga to'la. Ular baqirib gaplashishar va ovozlari boricha xoxolab kulishardi. «Senlarning shundayliklaringni sal oldinroq bilganimda edi, hammangni bir o'zim arzimagan qo'shin bilan yer tishlatgan bo'Iardim», deya pichirladi Temurbek.
Men uning gapini eshitishim bilan yelkasiga qo'limni qo'ydim. Shu bilan «O'zingni bos», demoqchi edim.
Kirganimizdan so'ng oradan bir ho'plam choy ichilar lahza o'tar-o'tmas maishatdagilar bizga qarashdi.
Ochig'i, nima bo'lganini bilmayman, nazarimda, Temur- ning salobati bosdi, shckilli, hammasi o'rnidan turdi.
— Mana, — dedi Boyazid Jaloyir Temurbekni ko'rsatib, —
44
men sizga halidan beri maqtayotgan bahodir! Yana bilimda tengsiz! Agar tilovat qilib qolsa, qorilar tillarini tishlashadi.
— Tashakkur, — dedi Temurbck, — bir oz oshirib yubordin- giz. Ammo, baribir, xursandman. Men sovg'a-salom keltirdim, ollin, dur, gavhar ham.
— Buni eshitdik, — dedi Hojibek va o'rnidan turib, bir-bir qadam bosgancha Temurbekning yoniga keldi. — Nihoyatda farosatli ckaningdan mamnunmiz. Aslida, urush qilish niya- timiz yo'q edi. Maqsadimiz o'lja edi. O'lja qo'lga kiritildi. Endi dushmanning, ham o'zimizning, ham lashkarlarimizning qonini to'kishga hojal qolmadi. Sovg'a-salom berishingdan muroding shu bo'lsa kerak, — deya u boshqa bcklarga bir qarab oldi. — Sovg'a-salomning cho'g'i bizning chamamizga to'g'ri kelib qolar degan umiddamiz.
Hojibek so'zining so'ngida hiringlab kuldi. Shunda uning qizargan yuzi battar qizarib ketdi.
— Oz bo'lsa ham, ko'p o'rnida ko'rasiz, bck. Biz xalqning borini yig'ishtirib keldik. Va yana xon janoblariga bir qismini yetkazishni ham murod qilganmiz.
— Shunaqami? — dedi shu zahoti Bekkichik va soqolini siladi.
— Sizning boshingizga og'riq kiritishni istamadim. Hech shubha yo'qki, o'zingiz olib, Tug'luq Temurxonni quruq qo'ysangiz, uning dili ranjiydi. Albatta, ishning asosini siz ba- jarasiz. Siz bo'lmasangiz, Tug'luq Temurxonning qo'li ancha kalta bo'lardi.
Uning gaplari beklarga moyday yoqib tushdi.
— Sen bilan adash bo'lganimdan xursandman. Sen yana bir marta farosatingni, zukkoligingni namoyon ctding va sening aqling hurmati uchun ham tuprog'ingga bostirib kirmaymiz, — deya Ulug' Temurxon Boyazid Jaloyirga ko'z tashlab qo'ydi.
Bu bilan «O'rnak ol, garchi sendan kichik bo'lsa ham har qanday odamning ko'ngliga yo*l topishning uddasidan chiqyap- ti», dcmoqchi bo'ldi.
Shundan keyin Temurbek ketishga izn so'radi. Beklar ba- jonidil rozi bo'lishdi.
Biz karvonning qariyb teng yarmini shu yerda qoidirdik. Sheriklaridan ayrilgan qo'ylar ma’radi. Tuyalar qattiq uf tortdi. Otlar kishnagancha qoldi. Biz esa yo'lda davom etdik.
45
Temurbek o'zi bilan o'zi ovora edi. E’tibor berib qarasam, u ko'p vaqtini yolg'iz o'tkazarkan. Karvon yurayotganida ancha olislab ketar, dam olish uchun to'xtaganida esa oti bilan uzoqroqqa borardi. Nazarimda, ba’zi-ba’zida o'zi bilan o'zi gaplashardi.
Roppa-rosa bir yarim kun yo'l bosganimizdan so'ng Tug'luq Temurxonning qarorgohi ko'rindi. Temurbek karvonni to'xtat- di-da, sipohlardan birini yoniga chaqirib:
— Mening sovg'a-salom bilan borayotganligimni yctkaz, — dedi.
Sipoh ot choptirib ketdi. Shundan so'ng Temurbek karvonni yana yurishga buyurdi.
Elchi qaytib kelmadi. Shuning o'ziyoq ko'ngilga bir olam g'ulg'ula soldi. Men dambadam Temuibekka qarab qo'yaman. Nazarimda, u xotirjamday. Yana Xudo biladi, uning xayolida nima kechyapti-yu, nimadan xavotir olyapti.
Nihoyat, Tug'luq Temurxonning hududi boshlandi. Jangga shay otliq sipohlar bizni kuzatishyapti. Kekkaygan, g'o'daygan, burishgan basharalar. Ular bizni mensimaydi. Chunki kim- san Chingizxonning avlodlari. Mana, yuz yildan mo'lroq vaqt o'tibdiki, aslzodalarga aylanib olishgan. O'zlaridan boshqalar- ni odam sanashmaydi bular. To‘g'ri-da, bek bekning ko'zini o'ysa, bir-birining qonini ichsa, mol-mulkini tortib olsa, xo- navayron qilsa, tashqaridan bitta dushman kelib qolsa, sekin juftakni rostlab qolsa yoki ularga qo'shilib olib o'zinikini tala- sa, albatta, anavilar g‘o'dayishadi-da. Ammo bizda umid bor. Umidimiz — Temurbek.
Tug'luq Temurxon bizni quehoq ochib kutib oldi. To'g'ri- sini aytganda, uning aft-angoridan qanaqa odamligini aniqlab bo'lmas ekan. Ko'rinishi, gap-so'zlari nihoyatda sirli. Ammo negadir istarasi yo'q.
U bizni o'tovida mehmon qildi. Albatta, buniki anavi beklarnikidan zo'r bezatilgan. Keyin dasturxondagi hamma idishlar oltindan edi.
— Men bu idishlarda ovqat yemayman, — dedi Temurbek hammani hayratda qoldirib.
Tug'luq Temurxonning qovog'i uyildi va har bir idishga zim- dan nazar soldi. Ularning tozaligidan ko'ngli to'ldi, shekilli:
— Boisi nima? — dedi.
46
— Allohning kalomi bilan Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo (s. a. v) harom qilganlar, — deya javob berdi Temurbek.
— Nega?
— Huzayfa roziyallohu anhu: «Nabiy sallollohu alayhi va- sallam oltin va kumush idishda yeb-ichmoqni. harir va debo kiymoqni hamda bunday matolar ustida o'tirmoqni bizga man qildilar», dcydi. Ushbu rivoyat imom Buxoriy hazratlarining hadislar kitobida kelgan.
Temurbekning javobidan so'ng Tug'luq Temurxon yana bir marta idishlarga nazar soldi. So'ng dedi:
— Mehmonimsan. Istaging, gaping qonun.
— Minnatdorman.
Tug'luq Temurxon qo’li bilan ishora qilgach, shu zahoti hamma idishlar yig'ishtirildi va ko'p o'tmay nozu ne’matlar, yegulik-ichguliklar qaytarib keitirildi. Tug'luq Temurxon kul- di-da:
— Ma’qulmi? — deya Tcmurbekdan so'radi.
Temurbek bosh irg'ab tasdiq ishorasini qildi.
— Albatta, — dedi qip-qizil bo'lib pishgan go'shtga qo'lini cho'zgan Tug'luq Temurxon barmog'idagi yoqut ko'zii uzukni ko'z-ko'z qilib, — Movarounnahr, xususan, Keshning boyligi keltirganingdan ko'p. Men sening nafaqat mard, balki aqlli- ligingdan ham xabarim bor. Ammo shu safar bir oz adashgan ko'rinasan. Boisi, keltirganingni o'zimga olsam, lashkarimga hech vaqo qolmaydi. Lllarga beradigan bo'lsam, kelib ketayot- ganimdan nima naf?
— Hech shubha yo'qki, olganingizdan ikki barobar ko'p sovg'a-salom bilan yo'lga chiqqan edim...
— Qaroqchilarga duch keldingmi? — dedi shu zahoti boshini ko'tarib Temurbekka yuzlangan Tug'luq Temurxon.
— Qaroqchilar?! Ehtimol, shundaydir. Ammo menga qaroq- chining kuchi yetmaydi. Siz oldingi safda jo'natgan uch bek va ularga qo'shilgan Boyazid Jaloyirga karvondagi sovg'a-salom- ning teng yarmini berishimga to'g'ri keldi, — dedi Temurbek va dasturxondagi lagandan go'sht olib og'ziga soldi.
Tug'luq Temurxonning shu zahoti qoni qaynadi. U bclida- gi xanjarni qinidan sug'urib, dasturxonga sanchdi-da, qo'l qo- vushtirib turgan a'yonlariga baqirdi:
47
— Ko'mamaklarni orqaga qay taring!
«Ishqilib, bu yog‘i tinch o‘tsin», deya o'yladim men. Zero, Temurbek sotqinlik qilib qo'ygandi. Buning oqibati yomon bo'Hshi mumkin. Beklar kcchirishmaydi.
Tug'luq Temurxon o'rnidan turdi va g'ichir-g'ichir etkizib qadam bosgancha eshik tomonga yurdi. Tabiiyki, biz ham turgan edik. Hamma ikki bukilgandi. Faqat Temurbek qaddini tik tutib turardi. Bir safar Tug'luq Temurxonning unga ko'zi tushdi. Ammo ncgadir hech narsa demadi. Axir bu unga nisbatan hurmatsizlik edi. O'sha hurmatsizlikni ko'rsa-da, indamadi, indolmadi. Ehtimolki, uni ham Temurbekning salobati bos- gandir. Biz, mana, Temurbek bilan birga o'ynab katta bo'ldik. Undan keyin deyarli har kuni birgamiz. Shunga qaramasdan salobati bosadi. Ba’zan aytadigan gapimizni unutib qo'yamiz.
Tug'luq Temurxon so'kindi. Yomon so'kindi. So'ng yerga tupurdi. «Esizgina shunday gilam, uning tupugi bilan harom bo'ldi-уа», deya o'yladim.
Keyin u dasturxon yoniga qaytib keldi-da, joyiga o'tirdi. Shu zahoti gulob quyib berishdi.
— Ochqagandirsan, — dedi Tug'luq Temurxon Temurbekka, — qani, menga sherik bo'l.
Temurbekdan ham ko'ra ko'proq men ochqagandim. Imkoni bo'lganida, dasturxondagi hamma narsani ko'z ochib yum- guncha yeb bitirardim. Ayniqsa, kelganimizdan beri ishtaham- ni qitiqlab, og'zimning suvini oqizayotgan go'shtni. U na qo'y go'shtiga va na mol go'shtiga o'xshaydi. Shoshma. kiyik go'shti-ku. Yowoyi kiyik go'shti. Bir marta yeganman. Tog'da ovlaganmiz. Bo'laklab sixga terganmiz-da, olovga tutganmiz. Juda tez pishgan. Mazasi esa dahshat.
Temurbek shoshilmasdan, oz-ozdan go'sht olib yedi.
Oradan bitta qumg'on qaynagulik vaqt o'tdi yo o'tma- di. Tug'luq Temurxon chidolmadi. Ayni paytda uning ikkala yuzi ham qizarib ketgandi. Ko'zi suzilgandi. Asabi ham jo- yida emasdi. Ehtimol, shu bois gaplari uzuq-yuluq edi. Yana ora-chora shunday narsalar haqida so'zlardiki, o'zidan bo'lak hech kim tushunmasdi.
— Beklarning hammasi amalidan olinadi. Sovg'a-salom- lardan ham mosuvo qilinadi. Jetaga sharmandalarcha hayda- ladi. Sen, — deb Temurbekka ko'zlarini olaytirib qaradi u.
48
— mening o'ng qo'lim bo'lasan. Amirim bo'lasan. Butun Mo- varounnahrga hukmdor qilaman seni. O'lpon yig'asan. Bo'yin tovlagan bek bormi, amir bormi, oddiy odam bormi, hamma- sini qilichdan o'tkazasan. Men bu yil shu yerda qishlayman.
U so'zlab bo'lib qo'lidagi tovuq go'shtini tashlab yubordi. Biz chiqib ketish kerakligini tushundik. Chunki Tug'luq Temurxon mizg'iy boshlagandi.
Tashqariga chiqqanimizdan so'ng men Temurbek biron nima dcrmikan, deb og'ziga tikildim. Ammo undan sado chiqma- di. A’yonlardan biridan biz uchun ajratilgan o'tovni so'radi. U ko'rsatib qo'yajagini aytib yo'l boshladi.
Karvon bilan kelganlarning hammasi, jumladan, Temurbek ham bitta o'tovga kirdik.
— Temurbek bizning begimiz. Uning biz bilan birga bitta o'tovda dam olishi urf-odatgayam, hurmatgayam to'g'ri kel- maydi, — dedim men Tug'luq Temurxonning a’yoniga.
U menga o'qraydi.
— Viloyatingni bosib olganimizda shu izzat-ikromni ham ko'rmagan bo'larding, — dedi-yu, ketdi.
To'g'risini aytay, ana shu lahzada uning kallasini sapchaday uzib tashlagim keldi.
— O'zingni bos, — dedi Temurbek, — men bulardan sho- hona izzat kutmayman. Darvoqe, u haq. Kunimiz kelgunicha hammasiga chidashimiz shart.
— Ozmuncha sovg'a-salom olib keldikmi? — dedim men o'zimni bosolmay.
— Minglab barobarida qaytarishadi. Gap tamom.
Shu kuni Temurbek uxlamadi. Birov bilan gaplashmadi ham. Oldiniga juda uzoq muddat xayol surib o'tirdi. So'ngra kitob o'qidi.
Oradan ikki kun o'tib Tug'luq Temurxonning oldingi guruhi boshliqlari, ya’ni bizdan sovg'a-salom olgan beklar o'z lash- karlari bilan yetib kelishdi. Hammasi bizga, xususan, Temurbekka nafrat bilan qaradi. Men urush bo'lajagini angladim. Yana «Shayx Shamsiddin Kulol Temurbck masalasida xatoga yo'l qo'ydimikin?» degan xayolga ham bordim.
Beklar Tug'luq Temurxon qabulida uzoq qolib ketishdi. Nima gap, nima so‘z bo'layotganidan bizning xabarimiz yo'q edi. Biroq qarasam, Temurbek o'ta xotirjam. Mening yuragim
49
taka-puka bo'lgan, uning csa parvoyi falak, o'tiribdi kitob o'qib. Sekin yoniga borib:
— Bir narsa so'rasam maylimi? — dedim.
Boshqa tengqurlarimga aslo bunday demayman. Ko'nglim- da borini shartta-shartta yuziga aytaman-qo'yaman. Ammo Temurbekka bunday deb bo'lmaydi. Bilaman, u sira xafa bo'lmaydi. Lekin nima qilay, beklar tugul, Tug'luq Tcmur- xonday uncha-muncha hududning egasi bo'lgan, uncha-mun- cha davlatlarning amirlari, xonlari nomini eshitsa titraydigan- lar Temurbek qarshisida ojizlanishyapti. Mcn-ku, oddiy sarboz bo'lsam...
— Bemalol, — dedi Temurbek mutolaadan boshini ko'tarib.
— Ozchilik bo'lsak ham, urushga tayyor turishimiz kerak- mikan, deb o'ylayapman. Beklar Tug'luq Temurxonning oldida ko'p qolib ketishdi. Balki, bizga qarshi biron nima reja qi- lishayotgandir.
Temurbek kuldi va kitobni yopdi-da, oldiniga muqovasini peshonasiga tekkizdi, so'ng o'pib, matoga o'radi.
— Ularning bari ochko'z. Ishratparast. Biz bilan jang qilish ularning xayoliga ham kelmaydi. Avvalo, Tug'luq Tcmurxon- dan qanday bo'lmasin, biz bergan sovg'a-salomni olib qo'yish to'g'risida bosh qotirishadi, — deya o'rnidan turdi.
Lahza o'tmay uning bashorati amalga oshdi. Asablari bu- zilgan, tund qiyofali beklar va Boyazid Jaloyir Tug'luq Temurxonning o'tovidan chiqishdi. To'xtab bir-biriga qarashdi. Xuddi shu mahal ularga otlarini keltirishdi. Hammasi o'zining tulporiga mindi va bcchora otning sag'risiga jon-jahdlari bilan qamchi urishdi. Bir lahzada ko'zdan yo'qolishdi. Bir ozdan keyin eshitdikki, beklar sovg'a-salomlarni Tug'luq Temurxon ixtiyoriga topshirishibdi. Lashkarlarini yig'ishtirib, Jeta- ga ketishibdi.
— Bundan bu yog'iga sabr. Sabr qilsak, hamma muammoga yechim o'z-o'zidan chiqadi, — dedi Temurbek.
U naqadar haq ekanligi ko'p o'tmay ma’lum bo'ldi. Ulug' Temur, Hojibek va Bekkichik Jetaga yetar-etmas qo'shinlari- ni birlashtirishibdi va g'alayon boshlashibdi. Bundan murod — Tug'luq Temurxonni ag'darib tashlash. Butun urug'-aymog'ini qilich tig'idan o'tkazish. Tug'luq Temurxon sarosimalanib qoldi va darrov yoniga Temurbekni chaqirdi.
50
— Nonko'rlar! Ulug* Temur, Hojibek va Bekkichik bizga qarshi g'alayon ko'taribdi! Kamiga yo'llarida kcta turib, devon- begi va bosh maslahatchimiz hisobianmish O‘g‘lon Xo'jani ham o'zlariga og'dirib olishibdi. Va tag‘in Dashti Qipchoqdagi amirlar ham isyonni boshlab yuborishibdi. Gapir, Temurbek, endi nima qilish kerak? — dedi u alam bilan.
— Qo‘I ostingizdagi qo'shin katta, ularning hammasiniki bir bo'lganida ham siznikidan ikki barobar kam va yana siz o'ta tadbirkor odamsiz, hech shubha yo'qki, ularning ustiga bostirib borsangiz, g'olib bo'lasiz hamda xiyonatkorlarni ista- ganingizday jazolaysiz, — deya javob berdi Temurbek.
— Qo'shinimning yarmini bitta amir boshchiligida dush- manga qarshi jo'natsam ma’qul emasmi? — dedi Tug'luq Temurxon Temurbekdan ko'zini uzmay.
— Linda bitta yutuq, ikkita mag'lubiyat bor. Yutug'ingiz — o'zingizning jangga kirmasligingiz. Mag'lubiyatingiz — sizdan boshqa amirning sizchalik tadbirli emasligi, keyin amirning ham xiyonat ko'chasiga kirib qolish ehtimolining yuqoriligi.
Tug'luq Temurxon bir muddat o'ylanib qoldi. So'ng dedi:
— Sen Movarounnahr viloyatidan Jayhun daryosigacha hokimsan. Yana amir Qorachor no'yon4ning Movarounnahr tumanini ham scnga berdim.
Ichimda qandaydir hayajon paydo bo'ldi. Ishonasizmi, turgan joyimda sakrab yuborgim keldi. Ammo negadir Temurbek unchalik ham xursand emasdi. Shunday xushxabardan keyin u hatto jilmayib ham qo'ymadi.
— Nima bo'ldi? — dedim tashqariga chiqib xoli qolgani- mizdan keyin. — Shuncha yerni qo'sh qo'llab topshirib ketyap- ti. Xursand bo'lmaysizmi? Yoki buning ham tagida biron nima bormi?
Temurbek menga qarab qo'ydi.
— Nega xursand bo'lmas ekanman? Albatta, xursandman. Ammo hech nima o'z-o'zidan berilmaydi. Buning tagida ni- madir, baribir, yashirinib yotgan bo'ladi. Tug'luq Temurxon ah- moq odam emas. Bekordan-bekor shuncha qo'shinni to'plama- gan. Lekin mening xursandchiligim sababi, bir kishining ham
* Chingiziylarning nufuzli amirlaridan biri, Chigatoyning maslahatchisi va lashkarboshisi.
51
qoni to'kilmadi. Shayxning sharofati bilan ozgina sovg'a-salom evaziga shuncha narsani qo'lga kiritdik. Bu yog'iga ham Alloh madadkor bo'lsin.
Tug'luq Temurxonning lashkari ketishga naq ikki kun tayyorgarlik ko'rdi. Shuning o'ziyoq qo'shinning nechog'li ul- kanligidan dalolat berardi.
Ketayotganlarida esa osmonni chang-to'zon qopladi. Qo'shinning qorasi o'chganidan keyin esa yer misoli haydal- ganga o'xshab qoldi.
— Endi shoshilishimiz kerak. Bu Chingiziyning istagan pallada fe’li aynib qolishi mumkin. Davlatni bcrib ketgani- dan murod — vaqtni o'tkazish. Boradi, isyonchi bcklarni bir yoqli qiladi. ana undan keyin yana bu tomonlarga och qolgan bo'riday qaytib keladi. Ana unda ahvolimiz chatoq bo'Iishi mumkin. Shu bois hozirdan qo'shin to'plash, ularni ta'minlash uchun mablag' yig'ishimiz kerak bo'ladi, — dedi Temurbek.
Uning gaplarini hamma eshitdi. Biz bor-yo'g'i yuz ki- shi edik. Shu yuz kishining ichida nimagadir ishonch paydo bo'ldi. Buni ularning yuzidan ham bilib olish mumkin edi. Ehtimol, Temurbekdek odam bilan yonma-yon yurganligidan, ehtimol, ko'z ochib-yumguncha shuncha hududni qo'lga kirit- ganlaridan quvonishayotgandir.
Biz Keshga kirib borishimiz bilan (yo'lda bor-yo'g'i bir marta dam oldik. Shunda ham otlarimizni o'ylab. Aks holda past- baland qirliklar, soylik, yovvoyi jiyda bosib yotgan zaxliklardan faqat ot choptirib o'tgan bo'lardik. Darvoqe, otlarimizni chop- tirmadik. Yo'rg'alatdik. Bunday paytda odamning ichi to'kilib tushadi. Albatta, uzoq yurilsa. Bizga yoshligimizdan juda ko'p vaqtimizni ot ustida o'tkazganimiz qo'l keldi. Yana hali biror- tamiz ham o'ttizga kirmagandik) amir Husaynning odamlari- ga duch keldik. Ular bizni kutishayotgan ekan.
— Amir Husayn sizdan yordam so'radi. Ayni paytda janobi- miz Kobulda qo'shin to'plab turibdi. Siz yetib borishingiz bilan davlatimiz shimoliga xavf solib turgan Bayon Sulduzning (Amu daryosi bo'yidagi ko'chmanchi o'zbek qabilasining eng katta amiri) dodini berish harakatini boshlab yuboradi...
Temurbek uning gapini oxirigacha eshitmadi. Bir qo'lini yuqoriga ko'tarib, so'zlashdan to'xtatdi. Uni charchagan dc- sam, hammamizdan bardamroq ko'rinadi. Charchamagan dc-
52
sam, manavining gapini hatto men jon qulog'im bilan eshit- yapman.
Temurbek kiyimiga o'tirib qolgan changni qoqdi.
— Ertaga peshin namozidan kcyin yo'lga tushamiz, — dedi va otining qorniga niqtadi.
To'g'risini aytay, o'lguday charchagan edim. «Uyga kirib cho'milaman-u, hech kimga qaramasdan cho'zilib yotib ux- laytnan», degan o'y bor edi. Keyin bir-ikki kun dam olmoq- chi edim. Bu yoqda Temurbek ertaga peshindan keyin yo'lga chiqamiz, deb turibdi. Mcniki bitta bo'lsa, uning ikki xoti- ni bor. Har ikkovi ham eridan nimalarnidir umid qilib o'ti- rishibdi. Axir har ikkovi ham yosh. Bu mavzuda xotinim bilan ochiqchasiga gaplashaman. Uning o'zi aytishga uyaladi. Men qitmirlik qilib qo'ymayman. Shu boisdan ham ayollarning xo- hish-istaklarini yaxshi bilaman.
Haqiqatan ham, rosa charchagan ekanman. Uyga kirganim- dan keyin keltirilgan taomni yeyishga ham kuchim yetmay ux- lab qoldim.
Ertasiga nonushtani oxirlatmasimdan elchi keldi. Temurbek chaqirayotgan ekan. Tishlagan nonim dasturxonda qoldi. Shoshilib kiyindim-u, yo'lga otlandim.
Bu odam Temur emas, temir. Ko'rinishi kecha uzoq maso- fani bosib kelgan odamga mutlaqo o'xshamaydi. Tagidagi oti gijinglaydi. To'g'ri, otni o'zgartirgan, ammo o'zi mutlaqo bardam edi. U bilan birga o'n besh chog'li sipoh turibdi. Ularning birortasi ham biz bilan birga Tug'luq Temurxonning yoniga bormagan edi.
— Qo'limiz ostidagi hamma sipohlami shahar tashqarisida- gi mashq maydoniga to'planglar, — dedi Temurbek men bilan salom-alik qilgach.
Uning gap ohangida shiddatkorlik judayam kuchli edi. Odamning e’tiroz bildirishga jur’ati yetmasdi. Shu boisdan ham qamchi ushlagan o'ng qo'limni ko'ksimga qo'yib, boshimni xiyol eggancha:
— Amringiz bosh ustiga, amirim, — dedim.
«Amirim»ga alohida urg'u berib aytdim. Toki uning yonida turganlar Temurbekning martabasi oshganligini bilib qo'ysin. Darhaqiqat, Tug'luq Temurxon tomonidan unga amir unvoni berilgan edi.
53
Lashkar favqulodda tez yig'ildi. Men bunday bo'lishini sira kutmagandim. Kccha Temurbek «Peshin namozidan keyin yo'lga chiqamiz», deganida «Bekor shu gapni aytdi, kamida ikki kun muddat olishi kerak edi», deya o'ylagandim. Mana, o'yim noto'g'ri chiqqaniga yana bir marta guvoh bo'lib turib- man. Demak, Temurbek bir narsani bilmasa gapirmas ekan.
Eng oxirida uning o'zi keldi. To'rt xizmatkori bilan birga. Ular quruq kclishmadi. Bir to'da cgarlangan otlar bilan kelish- di. Men «Buncha otni nima qilarkan?» deya hayron bo'ldim. Temurbek xuddi xayolimdagini uqib olganday «Har kishida ikkita ot bo'ladi. Biri charchaganda ikkinchisiga miniladi. Shu tariqa biz bir kunlik yo'lni yarim kunda bosib o'tamiz. Ycmish hozircha dalada ko'p», dcdi.
Bunday usul ochig'i birortamizning ham xayolimizga kcl- magan edi.
— Kuni kecha men bilan safarga borganlar qolishadi, — qo'shimcha qildi Temurbek.
— Nega? — dedim men hayron bo'lib.
— Chunki charchagansiz. Sizdan manfaat oz bo'ladi. Jang j'yinchoq emas, charchagan odam darrov kuchsizlanib qoladi. Dushman uni ycngishi oson.
— Unda, amirim, o'zingiz ham qolishingizga to'g'ri keladi, — deya unga tikildim.
— Men charchamaslik yo'lini bilaman. Ammo gap bunda ham emas. Boshqalardan ko'ra sen ko'proq qolishing shart, — dedi Temurbek jiddiy qiyofada.
— Nega, tushuntirib bering, amirim, — dedim.
Ochig'i, asabiylasha boshlagan edim. Chunki u o'zini mut- laqo charchamaydigan ko'rsatish bilan birga bizning ojiz- ligimizni ham yuzimizga solayotganday edi.
— Hammasini o'zing ko'rib olasan.
Noiloj men qoldim. Chang-to'zon ko'tarib jo'nab ketganlar ortidan bir oz qarab turdim-da, otimning jilovini shahar tomonga burdim.
Sira uyga borgim kelmadi. Uy ko'zimga o'ta zerikarli ko'rin- di. Men bilan qolgan sipohlarning hammasiga javob berib yubordim-da, bozorga bordim. Hindistondan karvon kelibdi. Shoyi, ipak, tilla buyumlar keltirishibdi. Mahalliy savdogarlar ularning ustidan kulishayotgani ustidan chiqdim.
54
— Biz sizni yurtma-yurt kezib yurgan, ko'p narsani biladi- gan odamlar, deb o'ylagan edik. Hech vaqoni hisobga olmay- digan dovdir ekansizlar, — dedi ochiqdan-ochiq jundan to'qil- gan gilam sotuvchi mahalliy savdogar.
Kulgi ko'tarildi.
— Temurbek dcgan zo'ravon chiqqan bizda. Yaxshiki, bir oz kech keldinglar, aks holda hamma mol-mulklaringni tortib olardi! — deya qichqirdi boshqa bir kishi.
Men bo'ynimni cho'zib gapirgan odamga qaradim. Tani- dim. Hoji Barlosning o'lpon yig'adigan amaldorlaridan. Ismi Inoq. Soqolsiz, sariq odam. U ikki-uch dafa otamning yoniga kelgan. O'lpon olgan. Yana o'zi uchun bitta qo'y so'ragan. Otamning jahli chiqib, uning orqasiga bir tepgandi o'shan- da. Ketganidan kcyin esa «Haromxo'r, g'aznaga men bergan aqchalarning yarmini topshiradi! Qolganini o'z cho'ntagiga uradi. Nafsingga o't tushgurga shuyam kamlik qilibdi-da! Hali u tuhmatchi borib, bir chaqa ham bermadi, deyishdan ham toymaydi!» degandi.
Lekin o'shanda u qaytib kelmagandi. Ehtimol, kelardi, agar Hoji Barlos Samarqandga ketib qolmaganida. Endi qa- rang, mana shu odam Temurbekni zo'ravonga chiqarib turibdi. «Agar o'sha zo'ravon Tug'luq Temurxonni yarim yo'ldan qaytarmaganida, ko'rardim holingni», deya o'ylab qulog'imni ding qildim.
— U bor-budimizni shilib ketdi. Endi keltirgan mollaringni olish istagi bo'lgan taqdirda ham, cho'ntagimizda bir mirimiz yo'q. Shu bois lash-lushlaringni yig'ishtirib, Qarshiga boring- lar. Balki, u yerdagi odamlarda pul bordir. Yana duo qilinglar, urushga ketgan Temurbek tirik qaytmasin!
Qonim qaynab ketdi. Shamshirimni qinidan sug‘urdim-u, otimning qorniga niqtadim. Agar o'shanda kutilmaganda qar- shimdan shayx hazratlari chiqib qolmaganida, qallob Inoqning boshini tanasidan judo qilardim.
— Shaytonga hay ber. Gunohga botma, — dedi shayx.
Men titrab ketdim. Beixtiyor shamshirimni qaytib qinga tiqdim-da, otdan sakrab tushdim.
— Hazratim, bu bcsoqol Tcmurbekning nomiga bo'hton gaplarni aytyapti...
— Haddingda tur. Nomni xunuklashtirma. O'zingga jabr
55
qilma. Tuhmat uchun u, albatta, Alloh oldida javob berajak. Ammo sen o'zingni gunohga botirma. Zero, Temurbekning yuzi yorug*. Sening ishlaringning bir uchi unga ham tegadi.
Men bo'shashdim. Hazratdan uzr so'rab, karvon savdogar- lari yoniga bordim.
— Yovni yaqinlashtirmaslik, qon to'kmaslik maqsadida xalqdan ozroq yig'im qilindi. So'nggi paytlarda o'zaro urush- lar odamlarning tinkasini ancha quritib qo'ydi. Ana shular sabab molingizni Qarshidan ham ko'ra Samarqandda yoyganin- giz ma’qulroq. Agar Samarqanddan o'tib kelgan bo'lmasangiz. Yana Qarshiga borsangiz, u yerning xalqi ham biznikilar kabi. Ammo shuni sizga aytib qo'yayki, Temurbekning Keshda qolgan sipohlari karvoningizni qo'riqlab, Qarshigacha olib borib qo'yadi. Tekinga. Buni Temurbekning himmati deb qabul qil- gaysiz, — dedim.
Karvon boshlig'i gapimni ma’qul topdi. «Biz Qarshiga bo- ramiz, undan o'tib Buxoroga ketamiz», dcdi.
Inoq mulzam tortib qolgandi. Men uning rangi oqarib ket- ganini ko'rdim. Yonidan o'tayotganimda:
— Temurbekning nomini mutlaqo tilingga olmaysan. Hat- toki sharaflab ham, — dedim.
U bo'zrayib qoldi. Bilaman, gaplarimning unga ta’siri bo'lmadi. Ammo shamshirimning dastasini ushlab turganim uning jonini chiqarib yuborayozdi.
— Yuzingda horg'inlik o'zini ko'rsatib turibdi. Uyingga bor. Temurbekni himoya qilaman deb o'zingga gunoh orttirib olma, — dedi shayx hazratlari.
Men uyimga ketdim. Yana o'sha hodisa sodir bo'ldi. Boshim bolishga tegishi bilan uxlab qolibman. Aloq-chaloq tush ko'rib, uyg'onib ketganimda quyosh allaqachon ufqqa yonbosh- lab bo'lgan, zaminni zulmat qoplagan edi. Xotinim esa oyoq uchimda o'tirardi. Men ko'zimni ochganimni ko'rib jilmaydi.
— Kechani yemaksiz o'tkazasizmi, deb qo'rqqandim, — dedi u.
— Unaqa nomard emasman. Qachon qorong'i tushdi? — so'radim undan.
— Namozlaringiz qazo bo'ldi. Xufton qoldi, xolos.
— Unda menga darrov suv tayyorlab ber.
Xufton namozini o'qidim. Keyin ovqatlandim. Ovqat-
56
da go'sht yo'q edi. Sababini bilardim. Shu bois indamadim. Taomni maqtadim. Keyin «Hali shunday zamonlar keladiki, Keshning eng kambag'al odami ham ovqatdan bo'kish dara- jasiga keladi», deb o'yladim.
Va’daga vafo qilib, men bilan birga dam olish uchun qoldi- rilgan sipohlardan yigirma chog'lisini yig'ib, kechagi karvon- saroyga bordik.
— Albatta, — dcdi karvonboshi, — o'zimizning qo'riqchi- larimiz bor. Ammo kecha siz ketganingizdan so'ng bozor- dagilardan bildimki, Qarshi yo'lida kamida uch guruh qaroq- chi bormish. Ular birorta karvonni ham talamasdan o'tkazmas ekan. Ayniqsa, so'nggi yillarda ularning qaroqchiliklari kuchayib ketibdi. Mabodo bugun siz kelmaydigan bo'lsangiz, izimizga qaytib, Samarqandga va u yerdan Buxoroga o'tib ket- moqchi edik.
Karvonboshi gapirish asnosida bir oz qizardi.
Biz choshgoh mahali yo'lga tushdik. Men sarbon bilan yon- ma-yon ketardim.
— Men Temurbek to'g'risida oldin ham eshitgandim. Av- valo, uning butun dunyoni qilich bilan egallashi haqidagi bashoratni. Islomni yoyishi yoki uni mustahkamlashi haqidagi rivoyatlarni. Ayting-chi, uning bilimi qandoq? — dedi karvonboshi Kcshdan chiqqanimizdan so'ng.
— Bu o'rtada uning kabi hofiz yo'q. Adashmasam, o'n yoshi- da Qur’oni karimni yod olgandi va ustozimiz tomonidan qori degan unvon berilgan edi. Bundan tashqari, Islom ta’limo- tining to'rt manbai, albatta, buning boshi, hali aytganimday, Qur’oni karim, ikkinchisi payg'ambarimiz hikmatlari to'plami bo'lmish «Sunnat», sahobalar amallarining majmuasi hisobla- nadigan «Ijmo» va bahsli haqiqatlarni qiyosiy o'rganish usuli «Qiyos»ni mukammal o'rgangan desam, adashmayman. Har- tugul, u bilan suhbatlashgan kezlarimizda har qanday diniy savolga bcmalol javob beradiki, bu uning ilmi yuqoriligidan dalolat beradi, — dedim faxrlanib.
— Temurbek qanday jang qiladi? — so'radi sarbon.
— Beqiyos. Yakkama-yakka olishsangiz, ko'z ochib-yum- guncha sizni ag'daradi. O'ta tezkor. Ikki qo'lida birday shamshir o'ynatadi. Hali birorta davlatning egasi bo'lmadi. Shunga qaramasdan, uning nomini eshitgan har qanday hukmdorning oyog'i qaltiraydi.
57
— Bundan chiqdi, — deya pcshonasini qashladi sarbon, — hamma bashoratlar amalga osharkan-da. Faqat kutilmaganda o'zi xatoga yo'l qo'ymasa.
— Bunday bo'Imaydi, deb o'ylayman. Chunki favqulodda tez fikrlaydi. Nihoyatda aqlli. Ovozi momaqaldiroqday. O'lim vahimasi unga begona. Maynabozchilik, pichinglarni jini suy- maydi. Hazil-mutoyiba, ermak uchun vaqtixushlikka toqa- ti yo'q. Omadsizlikdan qayg'urmaydi va shuning bilan birga omad kulib boqqanida ham uning sevinganini ko'rmaysiz. Bundan kelib chiqadiki, maqsadiga yetishmasdan burun u bu dunyoni tark etmaydi.
— Eshitishimga qaraganda, Temurbek voyaga yetgan uy Qo'rg'on ichidagi qo'rg'oncha ekan. Ya'ni atrofi baland devor- lar bilan o'ralgan va devorlarning har burchagida bitladan minora qurilgan, har minorada ikkitadan soqchi turarkan. Yana darvoza o'rnida kichik eshik. Undan hatto ikkita qo'y baro- bariga o'tolmas emish. Undan keyin uzun yo'Iak va yo'lak oxiri hovliga qo'shilib ketarkan. Xuddi daryo oxiri borib um- monga qo'shilganday. Bulaming bari Temurbekning otasi katta amaldor ckanligidan dalolat beradi. Ammo meni boshqa bir narsa qiziqtirmoqda. Oldindan aytib qo'yay, bulaming bari mening eshitganlarim. Shu boisdan mabodo gapim erish tu- yilsa-yu, dilingiz og'rib qolsa, meni ayblamang. Men, odatda, bitta eshitganim bilan xulosa chiqarmayman. O'sha narsani bir nechta odamdan so'rab, asl haqiqatni aniqlashtiraman va sav- do karvoni bilan borgan yurtlarimda o'sha haqda gap ochil- sa, aniq gapni aytaman. Endi so'ramoqchi bo'lganim, Temurbekning otasi amir Tarag'ay, haqiqatan ham, aysh-ishratni xush ko'radiganlardan bo'lganmi?
Birdan qonim qaynab ketdi. Hech shubha yo'qki, Temurbekning o'zi bunday gapni eshitganida befarosat savol beruv- chining kallasini olib tashlagan bo'lardi. Yaxshiyamki, bu yaramas oldindan ogohlantirdi. Yo'qsa, qaroqchilarga ish qoldirmasdim.
— Aslo! — dcdim qat’iy. — Hammasi bo'hton va tuhmat- dan iborat. Hoynahoy, Inoqqa o'xshaganlarning to'qib chiqar- gan gapi bo'lsa kerak. Avvalo, siz aytganday baland devorlar bilan uy o'ralgan bo'lsa, yana minoralariga soqchi qo'yilsa, u xon saroyiga aylanib qoladi. Endi kichkinagina eshik va uzun
58
yo'lakka balo bormi?! Agar amir Tarag'ay shunaqa maishat- parast bo'lganida, uning pushti kamaridan bo'lgan bola qanday qilib shuncha narsaga erishadi?! Amir Tarag'ay o'ta taqvodor, dinning himoyachisi bo'lgan bir odam. Ehtimol, shuning uchun ham Alloh uni mana shunday o'g'il bilan siylagandir!..
— Hiy, hiy! — degan qichqiriqlar gapimni bo'lib yubordi. Birdan scrgaklanib, yon-atrofimga alangladim va kunbotar to- mondan ellikka yaqin otliq biz tomonga qilich yalang'ochlab kelayotganiga ko'zim tushdi. Qaroqchilar?! Nahotki?! Axir biz Keshdan uncha uzoqlashmadik-ku. Shunchalik ham haddila- ridan oshishdimi bular?!
— Karvonni to'sing! Birorta ham qaroqchini tirik qoldirmang! — deya baqirdim.
O'zim oldingi safga o‘tdim-da, kamonimni qo'Iimga olib, eng oldindagi qaroqchini nishonga oldim. O'q uzdim. O'qim nishonga aniq tegdi. Ammo sanchilmadi. Demak, u temir sovut kiyib olgan ekan. O'qimning samara bermagani qa- roqchilarni battar quturtirib yubordi. Ular avvalgidan ham va- himaliroq qiyqira boshladi.
G'azabim ikki hissa oshdi va ikkinchi qaroqchini nishonga olib, kamon o'qini oxirigacha tortdim. Adashmasam, o'qni naq basharasiga sanchdim. Ana shundan keyin avjim qo'zidi. Qandaydir shiddatkor bo'lib, bosqinchilar bilan oramiz bor- yo'g'i yigirma qadam qolgunicha o'n marta kamondan o'q uzdim va biror marta ham xatoga yo'l qo'ymadim. So'ngra qilichimni qinidan sug'urdim.
Jang o'ta shiddatli kechdi. Har safar Temurbekka ishonar edim. Shoshilmasdan shamshir sermardim. Bu safar butun mas’uliyat bo'ynimda bo'lganligi bois jon-jahdim bilan olish- dim. Ko'zimga dushmandan bo'lak hech kim ko'rinmasdi. Ora-chora hayqirardim:
— Qochishiga yo'l qo'ymang! Bitta qoldirmasdan qirib tash- lang!
Bu, albatta, boshqa sipohlarni ham ruhlantirardi. Qolavcr- sa, biznikilaming hammasi o'ta jiddiy sinovlardan o'tishgan. Biroq karvon qo'riqchilari qay darajada jang qilishini bilmas- dim. Baqirganim ayni ular uchun edi.
Bir mahal o'zimga kelib qarasam, qaroqchilardan bor-yo'g'i uch kishi qolibdi. Ularni sezganim men bilan urishadigan hech
59
kim qolmaganidan edi. Uchovini quvishga ruxsat bermadim. Chunki Temurbek qaytib kelganidan kcyin bu yo‘lto‘sarlar bilan boshqacha hisob-kitob qilishni ko'ngilga tugib qo'ygan edim.
Yig'i ovozini eshitib, shu zahoti ortimga o'girildim. O'n bcsh yoshlardagi bola yerda cho'zilib yotgan bir tanani quchoqla- gancha izillab uvvos tortmoqda edi. Otimni ortga burib, uning yoniga bordim. Pastga tushdim. Bolaning sochini siladim.
— Kimingdan ayrilding? — so'radim undan.
U boshini ko'tarib menga qaradi. Ko'z yoshi yuzini yuvmoq- da edi. Karvonboshi keldi. Tizzalab o'tirdi. Yana uch-to'rt na- far karvon a’zolari ham kelishdi. Bola o'z tilida bir nimalar deb gapirdi. Men tushunmadim.
— Bola bechora otasidan ayrildi. Urdu tilida gapirdi, — deya izoh berdi karvonboshi.
Men darrov o'zimiznikilarni nigohim bilan qidirdim. Bax- timga, ulardan birortasi ham nobud bo'lmabdi. Ammo karvon qo'riqchilaridan to'rt nafarining jasadi yerda yotardi. Bir tomondan xursand bo'lsam, ikkinchi tomondan dilim xira bo'ldi. Sayfuddin ismli sipoh otidan tushib, yonimga keldi-da:
— Qaroqchilar qilich ushlamagan ekan. Uchtasigina oli- shishni bilarkan. Ana shu uchtasi qochib ketdi, — dedi.
Sayfuddin haq edi. Chunki men juda osonlik bilan ularni yerga ag'dargandim. Oralarida shundaylari ham bor edi- ki, shamshirni to'g'ri ushlashni bilmasdi. Sho'ring qurg'urlar yaqinginada to'planishgan ekan-da. «Tuzukroq jang qilishni bilmasang, balo bormi qaroqchilik qilib?!» deya ko'ngliindan o'tkazdim.
Karvon qo'riqchilarini alohida yuvib-tarab, butun rasm-ru- sumlarni joyiga keltirib dafn etdik. Qaroqchilarni esa shuncha- ki odamgarchilikdan chiqib ketmaylik, degan maqsadda jano- za ham o'qimasdan ko'mdik. Bunga ular noloyiq edi. Chunki maqsadi odamlarning sho'rini quritish bo'lgan. Mayli, ilk ma- rotaba bunday ishni qilayotgandir, ammo niyatlari, baribir, buzuq bo'Igan-da. Alloh har kimga niyatiga yarasha beradi.
— Yaxshiyamki, bizni qo'riqlagani chiqibsiz, aks holda bizning jasadimiz ko'milmasdan ham qolardi, — dedi sarbon minnatdor bo'lib.
— Men va’daga vafo qildim. Shuning bilan birga Temurbek
60
va uning sipohlari bozordagi ta’rifdan ncchog'li baland ckan- ligini ko'rib qo'yishingizni istadim. Ammo qaroqchilar sha- harning biqinigacha hech hadiksiramasdan kelib qolgani meni o'ylantirib qo'ydi. Xudo xohlasa, kclgusi o'tishingizga bizning hojatimiz qolmaydi. Endi karvonni olg'a boshlang, — dedim.
Qolgan yo'lni xotirjam bosib o'tdik. Men karvondan oldinga ikkita qo'riqchi qo'ydim. Ular oldinga o'tib, chor-atrofni aylanib, qaroqchi bor-yo'qligini aniqlab yurishdi.
Ertasiga karvonni qoldirib, ortga qaytdik. Qaroqchilar kar- von bilan sipohlarni yaxshigina bir-biridan ajrata olishadi. Ammo, baribir, men kuzatuvchilarni qo'ydim. Kuzatuvchilar ilgarilab ketishdi. Har-har zamon to'xtab, bizning yetib oli- shimizni kutishdi. Xavf-xatar yo'qligidan ogohlantirishdi.
Qaytishda karvonsiz juda qisqa vaqt ichida Keshga kirib kcl- dik. Mening kayfiyatim butkul tushib ketgandi. Buni garchi shaharga kirgunimcha sezdirmagan esam-da, keyin bildirib qo'ydim. Negadir jo'shib, otashin bo'lib ketaverdim. Oxir-oqi- bat bir-ikki marta so'kinib yubordim. Darrov og'zimni yop- dim-u, ammo, baribir, yon-atrofimdagilar eshitib bo'lishgandi.
— Nima bo'ldi? — deya so'radi Sayfuddin.
U men bilan birga ulg'aygan, tengdosh. Uncha-muncha ma- salalarda, kerak bo'lsa, bemalol tortishadi ham.
— Anavi qaroqchilarga ichim achiyapti. Ular uzog'i bilan Kcsh atrofidan yig'ilgan bo'lishsa kerak. Bundan chiqdi, ular bizning yurtdoshlarimiz. Qilgan qiliqlarini qara! Ko'z ochir- mayotgan jangu jadallardan odamlarning tinka-madori quri- gan bir pallada eng past ishni kasb qilib olishibdi-уа?! Bejano- za ko'milishdi, — dedim.
— Bir safar, — dcdi Sayfuddin peshonasini tirishtirib, — shayx hazratlarining odamlar o'ta kambag'al va yoki o'ta boy bo'lib ketishsa, buzilib ketish xavfi kuchayadi, deganini eshit- ganman. Hozir shahar atrofi aholisi haddan ortiq kambag'al. ular qorinlarini to'ydirish uchun hech narsadan toyishmaydi. Bundan tashqari, bozorda ham o'g'rilik avj olib ketyapti.
Bu gaplar ichimdagi qayg'uni ikki hissap.a oshirib yubonii
— Bo'pti, hamma uyiga tarqnsin. Ijlaga choshjtohda ko'rishamiz, — dedim.
Ikki kun jang san’allarini o'rgatadigan joy va uvimdao bo\h qa hech qayerga bonnadini. Ucliinchl kuu esa lbminb«*kmn«
xonadonidan xabar olib kclishga otlandim. Bordim-u, mojaro ustidan chiqdim. Temurbekning xotinlari bir-biriga nish san- chayotgan ekan. Agar Temurbek urushga ketmaganida, ikkisi ham ovozini balandlatib gapirolmagan bo'lardi. Hattoki kichik xotini Qazag'anbekning nabirasi bo'lgan taqdirda ham. Ammo u yo'qligida ahvol mana shunday bo'Iibdi.
— Siz mening yo'qligimda xojamizning yonida ko'p bo'lgan- siz. Shuni hisobga olib, ko'proq kunni yonimda o'tkazishiga monelik bildirmasligingiz kerak, — deydi O'ljoy Turkon og'o.
— Qaerda siz aytganingiz kabi yozib qo'yishgan ekan? — deya ovozini balandlatdi katta xotin.
Ular uy ichkarisida bahslashishardi, ammo ovozlari hovliga- cha eshitilib turardi.
Men ortiq chidayolmadim va xonadonni tark etdim. To'g'ri shayx Shamsiddin Kulolning yoniga — masjidga bordim. U kishini yana kitob mutolaa qilayotgan holda uchratdim. Shayxning hujrasi shundoqqina masjid biqinida, masjid bilan qo'shilib ketgan. Uning hujrasidan masjid ichkarisiga alohida eshik ochilgan edi. Hazrat shu eshikdan kirardi.
Men shayxning eshigini masjid ichkarisida turib taqillat- dim. Ruxsat bo'ldi. Eshikni ochdim. Shayx hazratlari muto- laadan boshini ko'tardi. Uning yuzida ajib bir nur bor edi. Ko'rsangiz ko'nglingiz yumshab ketardi. Salom berganimdan so'ng u kishi:
— Marhamat, — dedi yonboshidagi ko'rpachadan o'tirish- ga joy ko'rsatib.
O'tirdim va o'sha ondayoq o'zimdan-o'zim xafa bo'lib ket- dim. «Temurbek urushga ketgan, qolaversa, uning ulkan ish- lari judayam ko'p, bu yoqda xotinlari bir-birining go'riga g'isht qalashyapti. Temurbek kelganidan so'ng ularning mojarosidan xabar topib, shu bilan ovora bo'lib qolmaydimi?» demoqchi edim. Ammo tilimni tishladim. «Balo bormi ayollarga o'xshab mayda gapni ko'tarib yurib?!» deya o'yladim.
— Go'zal bir rivoyatni o'qib o'tirgandim. Agar istasangiz, sizga hikoya qilib beraman, — dedi hazrat.
Asli, hazratning shogirdlaridanman. Bolaligimda bu ulug' inson menga harf o'rgatgan. U kishining bir-biridan ajoyib ri- voyatlarini ko'p eshitganman. Taqsir juda kam hollarda bir rivoyatni ikkinchi marta takrorlaydi. Shu bois ichimda bir nima
62
g'imirlab ketdi. Eshitish istagi kuchaydi. Oniy lahzada vuju- dim quloqqa aylandi.
— Albatta, hazrat, — dedim quvonib.
— Unda cshiting. Bundan ancha zamon avval bir navqiron, insofli, iymonli yigit zilol suv oqib turgan kichkinagina ariq- cha bo'yiga kelib, hovuchini to'ldirib suv ichib turgan ekan, dabdurustdan qip-qizil, nihoyatda chiroyli olma oqib kelayot- ganini ko'rib qolibdi. Nafsi ustun kelib olmani ushlab olib- di-yu, bir tishlabdi. Olma juda shirin ekan. Shu bois og'zidagi luqmasini tez chaynab yutibdi-yu, ikkinchi marta tishlamoq- chi bo'lganida unga birov: «Egasini rozi qildingmi?» dcganday bo'libdi. Yigit olmani ikkinchi bor tishlamabdi. Bir muddat qotib qolibdi. So'ng sekin o'rnidan turib, qilgan ishidan af- suslanib, ariqcha bo'ylab keta boshlabdi. Ancha yuribdi va ariq bo'yida qad rostlagan devorga duch kelibdi. Ichkariga ekilgan olma shoxi o'sib o'tgan va rosa meva qilganidan devorga tcgib, uch tomoni ariqcha ustiga osilib turardi. Yigitning qo'lidagi tishlangan olma o'sha daraxt hosiliga o'xshash edi. Yigit borib eshikni ohista taqillatibdi. Oradan bir oz o'tib, eshik ochilib, soqoli oppoq, yuzidan nur yog'ilib turgan nuroniy chol ko'ri- nish bcribdi. Yigit shu zahoti unga salom beribdi.
— Kcling, bolam, — debdi uning salomiga alik olgan chol.
— Ota, men manavi, — debdi yigit boshini xiyol cgib, ariqchani ko'rsatarkan, — suvdan ichayotgandim. Dabdurustdan olma oqib kelayotganini ko'rib qoldim. Nafsimni bosh- qarolmadim va uni olib tishlab qo'ydim. Shundan keyingi- na egasidan ruxsat so'rash kerakligi xayolitnga keldi... Rozi bo'ling, ota. Yoki pulini to'lay.
— Tushundim, — debdi chol, — demak, mening roziligimni olish uchun kelgansan.
— Shunday, taqsir, — javob bcribdi yigit boshini yanada egib.
— Menga pulning hojati yo'q. Agar mening roziligimni olmoqchi bo'lsang, ikki yil xizmatimni qilasan, — debdi chol.
— Ikki yil?! — hayratlanibdi yigit.
— Ha, ikki yil. Mabodo senga og'irlik qilayotgan bo'lsa, izingga qaytib ketaverishing mumkin, — deya chol unga tikilibdi.
— Yo'q. Men bunday qilolmayman. Javobidan qo'rqaman, ota. Mayli, ikki yil xizmatingizni qilayin.
63
Shunday qilib, roppa-rosa ikki yil yigit uning ycrini chopib- di, bog'iga qarabdi, qo*y-qo‘zisini boqibdi. Nihoyat, aytilgan muddat tugab, yigit cholning yoniga boribdi-da:
— Endi rozi bo'ling, ota, kclishgan muddatimiz oxirladi, — dcbdi.
— Mening yana bir shartim bor, o'g'lim, agar shunga ko'nsang, rozi bo'laman, — debdi chol.
— Bajonidil, — javob beribdi yigit.
— Mening cho'loq, kar-soqov, so'qirqizim bor. Agaro'shan- ga uylansang, rozi bo'laman.
— Agar bundan boshqa yo'l yo'q ekan, uylanaman, — javob beribdi yigit.
Choi darrov qizini yigitga nikohlabdi. Elni chaqirib, to'y qilibdi.
Yigit chimildiqqa kiribdi. Kiribdi-yu, qotib qolibdi. Chun- ki qiz nihoyatda go'zal edi. Ko'zi ham ochiq edi. Oqsamasdi. Yana uning chiroyli salom berganidan ham bildiki, soqov emasdi. Yigitning quvonchdan yuragi gupillab ketibdi.
Ertasiga yigit cholning yoniga borib:
— Ota, siz menga qizingizni kar-soqov, cho'loq, ko'r, dc- gandingiz. Ammo uning birorta ham nuqsoni yo‘q-ku! Qayta- ga, u tengsiz go'zal ekan. Oqilaligining oldida men hayratda- man, — debdi.
Choi kulib, yigitning yelkasiga qoqibdi-da:
— Sen uning ostona hatlaganini ko'rdingmi? — deya so'rab- di.
— Yo'q, — javob beribdi yigit.
— Men shuning uchun ham cho'loq degandim. Ikki yil shu hovlida ishlab, biror marta ovozini eshitdingmi?
— Yo'q.
— Ana shu sababdan kar-soqov degandim. Mo'ralab bo'lsa ham qaraganini ko'rdingmi?
— Yo'q.
— Shu boisdan ko'r degandim, — deya yigitning yelkasiga yana qoqib qo'yibdi chol.
O'sha nikohdan Mahdumi A’zam hazratlari olam yuzini ko'rganlar.
Shayx Shamsiddin Kulol hikoyasini tugatib, menga qaradi. Men g'aroyib bir dunyoga tushib qolganday edim.
64
— Birgina ruxsatsiz tishlab qo'yilgan olmadan qo'rqish shu darajada bo'lgan. Hozir-chi? Hozir ham birovlarning haqidan qo'rqish shunchalik bo'lyaptimi? Hozir qo'rqmas ekan, bizdan keyin keladigan avlodning ahvoli nima kechadi?
Bu savollar endi meni judayam qattiq o'yga toldirib qo'ydi.
— Sen, — dcdi hazrat yumshoq ovozda, — Temurbekning yonida hammadan ham ko'p bo'lasan. Ehtiyot bo'l. Temurbek adolalli inson. Ammo har ne bo'lishi mumkin.
— Xo'p bo'ladi.
— Adashmasam, bir nimalarni so'rash uinidida kclgansan, — deya jilmaydi shayx Shamsiddin Kulol.
Xayolimga birdan Temurbekning ikki xotini o'rtasidagi mo- jaro keldi. Nazarimda, ularning janjali judayam maydaday, hazratga aytish darajasida emasday edi. Shu bois:
— Sizni ziyorat qilish niyatida kelgandim, — dedim yolg'on gapirayotgani mdan qizarib-bo'zarib.
— Bunisidan xursandman. Ammo dardni juda maydaligida davolagan afzal. Zero, u keyin ulg'ayadi va xavfi ortib ketadi.
Hazrat ichimdagini uqib olganday edi. Dovdirab qoldim va beixtiyor eshitganimni aytdim. Shayx Shamsiddin Kulol o'yga toldi. So'ng xo'rsinib qo'ydi va dedi:
— Temurbek qaylganidan keyin bu xususda, albatta, gapla- shib olamiz. Masala og'ir. Ycchimi Temurbekning qo'lida.
— Rivoyat meni ta’si riant irdi. O'zim uchun ko'p narsa ol- dim. Endi duo qilsangiz, — deya hamsuhbatimning yuziga qarab qo'ydim.
U kaftini ochib, duo qildi. O'rnimdan turib xayrlashdim.
Temurbek g'alaba bilan qayldi. Kclishidan oldin menga noma jo'natibdi. Unda, jumladan. shunday deb yozilgan edi: «Yolg'iz cmasman. Mehmon bor. Taraddud ko'ringlar». Men darrov ishga kirishdim. Awalo, xabarchidan uning nccha kundan kcyin yetib kelajagini aniqlashtirdim. Kcyin mehmon kimligini so'radim. «Xizr Yasuriy. Chig'atoy amirlaridan. Yasuriy urug'ining begi», dedi xabarchi.
Men taraddudni boshlab yubordim.
Temurbekni kutib olish uchun Keshdan o'n chaqirimcha nariga bordim. Ancha ilgari borib qo'yibman yoki Temurbek qayerdadir ozroq muddatga to'xtagan, shekilli, talay muddat
65
kutishimga to'g'ri keldi. Nihoyat, qo'shin ko'rindi. Oldiniga havoda chang-to‘zon paydo bo'ldi. Shundan bildimki, ikkala qo'shin baravariga kclyapti.
Men bilan birga chiqqan sipohlar ular yaqiniashib qolgani- dan keyin:
— G'alaba muborak! G'alaba muborak! — deya hayqirishdi.
Men esa jim turdim. Faqatgina Temurbekning yoniga bor- ganimdan so'nggina tabrikladim.
— Ahamiyatsiz, — dedi Temurbek xotirjam, — jang bo'lib jangga o'xshamadi.
Uning gapiga Xizr Yasuriy kuldi-da, boshini qimi rlat ib tas- diq ishorasini qildi.
— Ammo o'ljamiz oz emas, — deya qo'shib qo'ydi so'ngra.
Biz Temurbek bilan otlarimizni yonma-yon yo'rg'alatib ketib borarkanmiz, ichim qizib ketganidan urush tafsilotlarini so'radim.
— Amir Husayn mendan tashqari amir Xizr Yasuriy ja- noblarini, Boyazid Jaloyirni ham ko'makka chaqirgan ekan. Boyazid Jaloyirni kengash qilib Tug'luq Tcmurxonning yoniga jo'natdik. Bayon Sulduz buncha katta kuchni koTib, oldi-orqa- siga qaramasdan Badaxshonga qochib qoldi. Ortidan quvdik. Bizning kclayotganimizdan xabar topgan Badaxshon hokimi Shoh Bahovuddin ham viloyatini tashlab, juftakni rostladi. Shundan keyin ham bizga g'alaba muborak, deb baqirasi- zlarmi? Sen shahatga ot choptir. Toki u yerdagilar ham haddan ortiq bizni maqtashmasin. Tabriklashmasin. Qilmagan ishing uchun olqish olsang, uyat bo'ladi, — dedi Temurbek.
O'zi shundoq ham «Oldinroq shaharga borsam yaxshi bo'lar- di», deya o'ylab qolgandim. Chunki mehmonlar uchun tayyor- garligimiz ozday edi, nazarimda. Darrov tulporimga qamchi bosdim. Avvalo, kutib olgani chiqqanlarni tarqatib yubordim. Keyin doshqozonlardan xabar oldim. Yana to'rtta qo‘y, ikkita tuya so'yishlarini buyurdim. So'ngra amirlar o'tiradigan joyni bir sidra ko'zdan kechirdim.
Temurbek mehmonlar bilan birga yetib keldi. Mehmonlar amallariga qarab joy-joylariga o'tirishdi. Temurbek shu zahoti meni yoniga chaqirib:
— Hazrat ko'rinmaydi, — dedi.
— U kishiga aytishga ko'nglim bo'lmadi. O'zing qaytganing-
66
da mayli edi. Ammo mehmoning bor va mehmonning izzati- ni qilishing zarur. Ana shu sabab hazratni chaqirishga haddim sig'madi, — deb javob berdim.
Temurbek dasturxonga bir qur nazar tashladi-da, Xizr Ya- suriyning qulog'iga bir nimalar deb shivirladi. Yasuriy kuldi, boshini qimirlatib: «Хо'р-хо'р», dedi.
Men taqsirning yoniga Temurbek bilan birga bordim. Shayx hazratlari bizni masjid ichida kutib oldi.
— Arslonim! — dedi shayx Temurbekni ko'rib.
Temurbek boshini odatdagidan ko'proq egib, o'ng qo'li- ni ko'ksiga qo'yib salom berdi va tezda yurib bordi-da, shayx Shamsiddin Kulolning qo'lini olib o'pdi.
— G'alabangiz to'g'risida eshitib, xo'p xursand bo'ldim. In- shoolloh, bulaming hammasi boshlanishi. Toleingizda bun- dan-da ulkan g'alabalar bor, — deya uni maqtadi hazrat.
— G'alaba ulkan bo'lmadi, taqsir va men yolg'iz emasdim. Shu bois maqtovlardan uyalib yerga kirib ketgudek bo'lyap- man, — dedi Temurbek.
— Ittifoq qilsa, ish yengil kechadi.
— Hazrat, men Xizr Yasuriy bilan ancha qalinlashib qoldim. Shuning uchun ko'nglimda uni mehmon qilish istagi tug'ildi.
— Do'sting qancha ko'p bo'lsa, shuncha kam. Ammo hamma ham do'stlik qilarmikin? Mayli, hammasini vaqt ko'rsata- di. Mendan xotiringiz jam bo'lsin. Abbosbek xabarlashmadi. Ammo xabarlashgan taqdirda ham, borolmasligimni aytardim. Mchmonlarni kuzating, so'ngra siz bilan bafurja gaplashamiz, — dcdi hazrat.
Ismimni eshitganim zahoti qizarib ketdim. Kallam qur- sin, bir og'iz «Temurbek mehmonlari bilan kelyapti. Meh- monga ziyofat bermoqchi, yuring», desam o'lib qolarmidim? «Mehmonlarning yuzi qizarib qolsa, hazratning yonida yaxshi bo'lmaydi», deb o'ylabman.
Temurbek ketishga izn so'radi. Taqsir duo qilib, ikkimizning ham yelkamizga qoqib qo'ydi.
Bazmi jamshid uzoq davom etdi. Latifalar aytildi. Kulgi ko'tarildi. Shunda ham Temurbek yozilib o'tirmadi. Nazarim- da, u o'z xayoli bilan o'zi andarmon edi. Albatta, ayni chog'da hammani kuzatayotgandi va shuning bilan birga Xizr Yasuriy bilan suhbatlashardi. Alloh unga mana shunday ne’mat ato et-
67
gandi. Men esa, ehtimol, yoshligimdan Temurbck bilan birga katta bo'lganligim uchundir, harakatlarining mazmunini darrov ilg'ardim.
Ikki kunlik ziyofatdan so'ng Xizr Yasuriy qo'shini bilan birga viloyatiga ketdi. Shundagina men yengil tin oldim.
Temurbck bir kun ham uyida orom olmadi. Biz bilan birga dashtga chiqdi. Qilichbozlik, kamondan o'q otish, yugurib ketayotgan otga minish kabi mashqlar bilan shug'ullandi. Men mumkin qadar undan ortda qolmaslikka harakat qilardim. Shuning bilan birga uning menga notanish bo'lgan usullarni ham qo'llayotganidan hayron qolardim.
Rosa terga botib, horib-tolganimizdan keyin Temurbck qo'liga cho'p olib, yerga jang olib borish rejasi xaritasini chi- zardi. Qo'shinni bir necha bo'lakka bo'lib, ularni ikki yondan, to'g'ridan qo'yib chiqardi. Ba’zilari esa pistirmada qoldirilar- di. Keyin kamonchilarning qay mahal hujumga o'tishlarini, nayzachilar nima ish qilishlarini, otliq askarlar dushman lash- karining qay tomoniga oldin zarba berajagini ko'rsatib bcrish bilan birga tushuntirar edi.
Xullas, biz qorong'i tushib, odam odamni ko'rmaydigan holga kclgunicha tinim bilmasdik. Faqatgina namoz payli, farz amalni bajarish bilan birga dam ham olardik.
Oradan o'n besh kun o'tar-o'tmas amir Husayndan yana xabar keldi. U Tug'luq Sulduz bilan muxolifatga boribdi. Vazi- yat judayam qaltis ekan. Agar ertaroq borib, Husaynbckka yordam bermasak, diydorlashuv qiyomatga qolajagini bildiribdi u.
Odamlar g'alati-da, oldiniga Temurbekning yoshligida uni ko'klarga ko'taruvchilar ko'p bo'lardi. Chunki bir-biri- dan g'aroyib va antiqa rivoyatlarni eshitishar edilar-da. Keyin garchi shuncha narsadan xabarlari bo'lsa ham, negadir uning muvaffaqiyatiga unchalik ham ishonmay qo'yishdi. Bu nar- sa amir Husaynning birinchi chorlovida juda bilinib qolgan- di. Temurbek g'alaba bilan qaytdi-yu, yana ko'klarga ko'taruvchilar soni ko'payib ketdi. Endi mana, ikkinchi marta amir Husaynga yordam bermoqchi bo'lib otlanganimizda norozi bo'lganlar ham chiqib qoldi. Bu safar Temurbek ulardan hatto igna olmadi. Ammo, baribir, g'ingshiganlar bo'ldi. Yaxshiki, men ularning g'alamisliklarini o'zimdan nariga o'tkazmadim. Ammo Temurbek xabar topganida bormi, sog' qo'ymasdi. Men
68
ham oxirgi maria kcchirdim. Har qalay, bir yurtning odam- larimiz, dedim.
Uch kun ichida qo'shin safarga shay bo'ldi. Ana shu payt amir Husaynning Xizr Yasuriydan ham yordam so’raganidan xabar topdik.
— Amir Husaynning, yaxshiyamki, akalari bor. Bo'lmasa, bechorani yomonlar loza abgor qilishardi, — dcdim kulib.
— Uning menga qarindoshlik tomoni bor. Ayni chog'da yurtimizning alg'ov-dalg'ovi chiqib yotibdi. Bunday mahal bir-birimizga yordam beribgina saqlanishimiz mumkin, — dedi Temurbek menga javoban jiddiy ohangda.
— To'g'ri, ammo, baribir, Kobul hokimi birov sal qattiqroq gapirib qo'ysa, darrov hammayoqqa ayyuhannos solib, dod- voy qilib qoladiki, eshitgan quloq ustidan kuladi.
— Haqsan va sen ham vaqti kelib qaysidir viloyatga, albatta, hokim bo'lasan.
Temurbek bu gapi bilan nima dcmoqchiligini tushunmadim. Shunga qaramay, xafa bo'lmadim. Chunki oramizda bundan battar gap-so'zlar ham bo'lib o'tganki, birovning birovdan ko'ngli qolganini eslolmayman.
Biz Temurbekning uslubida yo'lga chiqdik (eshituvimga qa- raganda, bir paytlar Chingizxon xuddi shunday yo'l tutgan ekan. Ya’ni manzilga ertaroq yetib olish uchun har sipohda ik- kitadan ot bo'lgan. Endi bu quloqma-quloq cshililgan gap. Shu boisdan men unchalik ham ishonmayman va Temurbekning uslubi deb qabul qilaman). Temurbek doimgidek jiddiy edi. Har doimgidek ora-chora u qo'shindan ancha ilgarilab ketar, keyin to'xtab, hammaning yetib kelishini kutardi.
Sayhonliklar, qir-adirlar birma-bir ortda qolyapti. Bu yer- larda ozmuncha jangu jadallar bo'lib o'tmagan, ozmuncha odamning qoni to'kilmagan. Agar ahvol shu tariqa davom etadigan bo'lsa, yana qancha bahodir qoni bilan sug'oradi bu yerlarni. Ana shular haqida o'ylasang, yuraging orqaga tor- tib ketadi. Ammo o'zingga o'zing taskin berib: «Bu luproqni boshqalar toptamasligi uchun yana qanchasi shahid bo'lsa ham arziydi», deysan.
Bizning qo'shinga Qahlag'a mavzesida Xizrbekning qo'shini kelib qo'shildi. Safimiz yanada kengaydi. Endi bunday ulkan qo'shinni ko'rib, nafaqat Tug'luq Sulduz, balki Tug'luq
69
Temurxon ham dovdirab qolishi hech gap emas. Shunday qudratli qo'shinni ko'rganingda jang qilging keladi. Qani edi, yovga crtaroq duch kelsam-u, yerparchin qilib tashlasam, deb o'ylaysan. Ikki qo'shin sipohlari bir-biri bilan yaxshigi- na tanish bo'lib qolishgan ekan, darrov qadrdonlarday ko'ri- sha ketishdi. Birgina men begona yilqiga qo'shilib qolgan otday begonasirardim.
Hisor viloyatiga yetganimizda bizni kutib turgan Husayn- bekka duch kcldik. Uning og'zi qulog'ida edi. Shunday bo'lma- sinmi, oh degandan ikkita amir qo'lini ko'ksiga qo'yib, nima bo'ldi, deb hoi so'rab turgan bo'lsa. Temurbekka ham hayron- man. Kimniki ko'rsa, qanday odamligini kiprik qoqishga ul- gurmasingdan aytib bcradi-yu, ko'zi o'ynab turgan amir Husaynning maynabozchiliklari mana men deb tursayam, g'ing demay yordam beraveradi. Yo shu ikkinchi xotinida bir gap bormi? Menimcha, kichik xotinining ta’siriga tushib qolgan bo'lsa kerak, aks holda, qaynog'asining «dardiga malham» berish uchun undan xabar yctib-etmasdan yugurib qolmagan bo'lardi.
Ochig'i, shundan shu yoqqa ne bir azobda kelib, laylak hay- dadik, xolos. Chunki Tug'luq Sulduz o'ziga qarshi shunday katta qo'shin turganini bilishi bilan juftakni rostlab qoldi. Bundan noqulay ahvolga tushgan amir Husayn darrov qo'ylar so'yib, ziyofat qilib berishga tushib ketdi. Ora-chora Tug'luq Sulduzning go'riga g'isht qalab turdi. Albatta, erkakchasiga...
Temurbekka in’om etilgan bir oz sovg'a-salom bilan or- timizga qaytib, endigina Darbandi Ohaninga (Surxon vohasi) yetganimizda Hoji Barlos bilan Boyazidbek til biriktirib, Xizr Yasuriyning yurtiga hujum boshlash tayyorgarligini ko'rayot- ganligi xabari keldi.
— Bu qanday xalq bo'ldi, qanday amirlar bo'ldiki, — dedi jahli chiqqan Temurbek, — kechagina senga qadrdonligini ko'rsatib, bugun ustingga qilich yalang'ochlab kelsa?! Hojibek Barlos Tug'luq Temurxonning kelayotganligini eshitgan zahoti oyoq-qo‘li qaltirab, Xurosonga qochgandi. Endi karomati bu bo'libdimi? Otlarga qamchi bosing!
Xabar Temurbekni qanchalik jahl otiga mindirgan bo'lsa, Xizr Yasuriyni shunchalik karaxt ahvolga solib qo'ygandi. Temurbekning gapi uni ruhlantirdi.
70
Biz tinim bilmay yo‘l bosdik. Dam olish vaqtlarimiz juda qisqa bo'ldi. Goh-gohida ovqatimizni ot ustida yedik. Hech shubha yo'qki, Hojibek Barlos ham, Boyazid Jaloyir ham bizning kelayotganimizdan xabar topgan. Ularga endi qochadi- gan yo'l yo'q. Boyazid Jaloyir Tug'luq Tcmurxonning yonidan panoh topishi mumkin. Har qalay, unga vaqtida sovg‘a-salom in’om etgan. O'zini unga baxshida etgan. To'g'ri, orada bir marta Jeta bcklariga qo'shilib, qovun tushirib qo'ygandi. Le- kin xon kcyinchalik uni kechirgandi.
Biz Oqyor mavzesida Hoji Barlos qo'shiniga duch keldik. Temurbek amakisiga maktub yo'llab, uning nega bunday be- mazagarchilik qilayotganini so'radi. Barlosbekning javobi ko'p kuttirmadi: «Joningiz omon qolishini istasangiz, mening xiz- matimni qiling. Men sizlarga beklik unvonini beraman va mening amirim bilan ish yuritasiz. Aks holda, men kechiradi- ganlar xilidan cmasman!»
Bunday po'pisa amirlarning sabr kosasini to'ldirdi va ular baravariga hujum boshlashdi.
Temurbck hammadan oldinda, men undan sal orqaroq- da edim. U ot ustida emas, burgut ustida o'tirganday edi, nazarimda. Bamisoli uchib ketayotganga o'xshardi. Nihoyat, biz Hoji Barlosbekning ilg'or qo'shiniga duch keldik. Ana undan keyin haqiqiy jang boshlandi. Mening vazifam Temurbekning yon tomonidan keladigan dushman sipohini yo'q qilish edi. Shuningdck, uning so'l tomonida birodariin Say- fuddin ham shu ishni bajarardi. Biz Barlos qo'shinining o'rta- sidan yorib, ichkarilay boshladik. Jang qizigandan-qizib borar- di. Hammayoqni temirlarning bir-biriga urilib jaranglashi, jon taslim qilayotganlarning oh-vohlari, ingrashlari va hayqiriqlari bosib ketdi. Odam zoti borki, ot ustidan tutday to'kilar edi. Barlosning qo'shini oldiniga ortga tisarildi. Kcyin qochishga tushdi. Hoji Barlosning o'zi jangga kirmagan edi. Shu bois u hammadan oldin juftakni rostladi.
Dushman to'g'ri Samarqand tomonga ketdi. Biz ularni ko'p quvmadik.
Ruhsiz tanalar hammayoqda sochilib yotgandi. Buning ustiga, bir qancha jasadlar a’zolarini birlashtirish lozim edi. Shu boisdan ham amirlar quvishdan to'xtashdi...
Odam zoti ertaga nima bo'lishini hcch qachon bilmas ekan,
71
agar u har qancha valiy bo'lgan taqdirda ham. Bo'lmasa, joni- mizni garovga qo'yganimiz, Xizr Yasuriy Barlos (darvoqe, u ham barloslarga, ya’ni bizga tegishli edi) ko'zimizga cho'p tiqib kctarmidi? Temurbek lashkardan ajralib chiqib, uzoqqa ketdi. Tun cho'ka boshlagandi... Aslida, voqea bunday bo'ldi. Ikki amir o'zaro kelishib olganidan keyin Samarqandga yurish qilishni va Hoji Barlosni, unga qo'shib Boyazid Jaloyirni mahv etib, ularning yerlarini cgallab olishmoqchi edi va shu rcja aso- sida Kcsh uqbasidan (hozirgi Kitob va Urgut tumanlari ora- lig'idagi dovon) oshib o'tdik. Xizr Yasuriy lashkari bilan biz- dan oldinda edi. Xabar keldiki, Xizr Tcmurbekning hamma qilgan yordamini, ko'rsatgan mehr-muruvvatini unutib, Hoji Barlosga borib qo'shilibdi. Ikkisi bir bo'lib endi Boyazid Jalo- yirning yoniga ketishibdi. Albatta, bunday xabarni cshitgan har inson borki, o'zini qo'yarga joy topolmay qoladi. Ammo Tcmurbekning aft-angorida mutlaqo sarosimani ko'rmadim. U xabarni xotirjam eshitdi. So'ng qo'shinni lo'pladi.
— Biz hech bir xiyonatni kechirmaymiz. Uchovi bir bo'lgan- da ham yengadigan qudratimiz bor. Bo'shashmang. Zero, tushkunlik mag'lubiyat g'unchasidir, — dedi Temurbek.
Darhaqiqat, qo'shin Xizr Yasuriyning xiyonatidan kcyin sa- rosimalanayotgandi. Dalda kerak edi ularga. Va mana shu dal- dani olishdi.
Temurbekning ortidan bordim. U yuz qadamcha yuqorilag- andan so'ng tosh ustiga o'tirdi. Men yon-atrofni kuzatdim. Chunki har balo bo'lishi mumkin. Xiyonatchilar ko'payib ket- gan. Negaki Temurbek haqidagi rivoyatlarni, bashoratlarni csi- dan chiqarganlar ko'p.
Temurbek allamahalgacha o'tirdi. Nimani xayol qildi, ni- mani rejalashtirdi, yolg'iz o'ziga va Allohga ayon.
Poyloqchi uxlab qolibdi. Ochig'ini aytaman, qancha uxla- ganimni bilmayman. Bir mahal nimadir sabab bo'lib uyg’onib ketdim. Qarasam, Temurbek yonginamda o'tiribdi. Oldiniga nima bo'layotganini anglayolmadim. Keyin kecha uning ortidan poyloqchilik qilganim esimga tushib, qizarib ketdim.
— Men tuni bilan seni qo'riqlab chiqdim. Ikkita ilonni o'Idirdim, — dedi Temurbek.
Darhaqiqat, mening oyoq tomonimda yo'g'onligi bilagim-
72
day keladigan qariyb ikki quloch bo'lgan ikkita ilonning bosh- siz tanasi yotar edi.
Men Temurbekka minnatdorchilik bildirishni ham, ke- chirim so'rashni ham bilmay turganimda, u yelkamga qoqib qo'ydi. «Tur o'rningdan», dedi. Turdim.
Bu maha! endi-endi tong otib kelmoqda edi. Pastliklar-u do'ngliklarda turli-tuman qorayib ko'rinib turgan daraxtiar as- ta-sekin as! tusiga kirmoqda. Va ora-chora bitta-yarimta qush- ning sayragani quloqqa chalinib qolardi. Havo musaffo, nafas olib to'ymaysan.
— Qara atrofingga. Biz shunday go'zal go'shani xarobazor- ga, mozorga aylantirib qo'yishimiz hech gap emas. Odam zoti ana shunday buzg'unchi maxluq, — dedi Temurbek.
Shundan bildimki, Temurbek tabiatni xush ko'rarkan. Yoshligimizda butalarni dushman qilib qanchasining kalla- sini olgandik. Mening miyamga o'shandan bcri Temurbekning dov-daraxtlarga lobi yo'q, iloji bo'lsa ularning hammasini qili- chi bilan ag'darib tashlasa, deb o'ylab yurardim. Mana hozir butunlay boshqa narsaga guvoh bo'lib turibman.
— Yur, — dcdi Temurbek ortiq gapirmay, — qo'shinning yoniga boraylik.
Biz choshgohda o'zimiz turgan joyni har xil tosh, qurib qolgan cho'plardan tozalab, mashq maydoni qildik va shug'ulla- nishni boshlab yubordik.
Uch kunni shu taxlit o'tkazdik. Men Temurbekning xa- yolidagi rejani sira tushunolmas edim. «Ncga bu yerda turib tayyorgarlik ko'ryapmiz? Nega Keshga qaytib ketmayapmiz va yoki bizga endilikda dushman bo'lib qolgan anavi uchta bekning ustiga bostirib borishimiz kerakmasmi?» degan o'ylar xayolimni egallab olgandi.
Uchinchi kun oxirlayotganida xabarchi keldi. Uning gapla- riga qaraganda, Xizr Yasuriy iziga qaytibdi. Biz bilan urish- gani kelayotgan ekan. Shundagina Temurbekning nega bu yer- ni tark etmaganini tushunganday bo'ldim. Demak, u Xizrning qaytishini oldindan sezgan va shu boisdan ham lashkarni ortga qaytarmagan. Yo'l yurgizib qo'shinni charchatishni istamagan.
Biz dushmanni Surush mavzesida kutib oldik. Temurbek Xizr Yasuriyga qo'shinimizning qayerda turganligi haqida oldindan xabar berdi. «Kuni kecha men senga do'st edim. Sado-
73
qatimni ko'rsatgandim. Ammo bugun sen xiyonatga o'rding. Bugun dushmanim bo'lib qarshimda turibsan. Shafqat kut- ma», deya maktub yozib, raqibga jo'natdi.
Qo'shin uchga bo'lingandi. Bundan ham mukammal joy- lashuv hosil qilish mumkin edi, ammo ozchilikmiz, shu bois mana shu jang usuli bilan qanoatlanamiz. «Oldiniga kamon- chilarimiz hunarlarini ko'rsatishadi. Ularning karomatlari bilan dushmanning qo'shini bizniki bilan tenglashib qoladi. Illo, hozir ular bizdan ikki chandon ortiq», dedi Temurbek.
U haq bo'lib chiqdi. Bizdan avval hujumga o'tgan Xizr Ya- suriyning lashkarlari ustiga kamon o'qlari do'lday yog'ildi. Hash-pash dcguncha dushman qo'shini ikki barobarga kamay- di. Shundan so'ng o'ng, so'l, to'g'ridan hujumga o'tdik. Ikki qanotga qo'yilgan lashkarlarimiz soni yuzma-yuz boradigan- lardan ko'p edi. Biriga men, ikkinchisiga Sayfuddin bosh edi. Biz, aslida, Temurbek bilan yonma-yon jang qilmoqchi edik. Ammo Temurbek unamadi. «Men o'zimni eplayman, qalqon- ning hojati yo'q», dedi u.
Dushman tezda ikki qanotidan ayrildi va o'rtada qolib ket- ii-da, qurol-yarog'ini tashlab, taslim bo'ldi. Biz Xizr Yasuriy- ni qidirdik. Ammo u juftakni rostlab qolgan ekan.
Egilgan boshlami qilich kesmadi. Temurbek kenglik qildi. «Siz bilan bizning tag-tomirimiz bir. Xohlaganingiz yurtin- gizga qaytib keting, istaganingiz mening qo'shinimga qo'shi- ling», dedi.
Temurbekning gapidan so'ng Xizr Yasuriyning ba’zi lashkarlari ortiga qaytib ketishdi. Ba’zilari biz bilan birga Kcsh sari yurdi.
Dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlar bizga ishonib qolish- gandi. Chunki dushman yaqinlashmay qo'ydi. Ularning joni orom topib, kasblarini qila boshlashdi. Ana shu bois hurmat bilan kutib olishdi.
Temurbek qo'shinga dam olish uchun bir kccha-kunduzgina vaqt berdi. Kcyin darrov yana mashqlar boshlandi. O'zi ham tinim bilmadi. Ikkita xotini bor. Biroq u hatto kechalari ham uyiga bormaydi. Kunduzgi mashg'ulotdan tashqari tunni uchga bo'lib olgan. Bir qismida uxlaydi. Ikkinchi qismida faqat o'zigagina ma’lum bo'lgan rejalami tuzadi. Uchinchi qismi esa ibodat va mutolaa bilan o'tadi.
74
Shunday kunlarning birida biz Hoji Barlosdan xat oldik. U yarashishni taklif qilibdi. Tushunmovchiliklarning bosh sa- babchisi qilib Xizr Yasuriyni ko'rsatibdi. Temurbek rozi bo'ldi va uni Kcshga chaqirdi. Amakisi kelganidan kcyin esa mutlaqo kutilmaganda Kesh hokimligini topshirdi.
— Nega bunday qilding? Bir kuni u yana dushmaniikka o'tib olishi mumkin-ku, — dedim Temurbekka.
— Bir kuni emas. Hozir ham u dushman. Fitna o'ylab yu- ribdi. Ammo ayni chog'da viloyatni boshqarishga mening vaq- lim yo'q. Boshqa qiladigan ishlarim ko'p. Qolaversa, u mening amakim. Hazrat Payg'ambarimiz ota o'lgandan keyin eng av- val uning yaqinlariga yaxshilik qilishni buyurganlar. Shunday ekan, men Muhammad Mustafo (s.a.v.)ning aytganlaridan boshqa ishni qilolmayman.
Shunday qilib, Hoji Barlos dushmanligini namoyish etishga ulgurmasidan lashkarlarning hammasini yig'ishtirib, cho'lga chiqib ketdik va shu yoqda Tug'luq Temurxonning yana juda katta qo'shin to'plab, Movarounnahrga yurish boshlaganidan xabar lopdik.
— Shunday bo'lishini ilgaridan bilardim. Ko'nglimdan ke- chirgandim. Ana, aytganim bo'ldi. Endi unga qarshi yaxshilab tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. Birinchi qiladigan ishimiz, amirlarga, beklarga noma jo'nataylik. Toki ular cski gi- na-kuduratlarini unutib birlashishsin. Dushmanga qarshi bir- galikda jang qilaylik, — dedi Temurbek.
Bu qaror har tomondan to'g'riday edi va biz xat yoza bosh- laganimizda Keshdan chopar keldi. Uning xabariga qara- ganda, birinchilardan bo'lib Boyazid Jaloyir, uning ortidan Xuroson bilan Movarounnahr oralig'ida sang'ib yurgan Ba- yon Sulduz yog'iyning xizmatiga kiribdi. Bularni eshitgan Hoji Barlos ham bir nimalardan umidvor bo'lib, Tug'luq Temurxonning yoniga ravona bo'libdi.
— Buncha oson?! — deb hayqirdi Temurbek shamshirini qinidan chiqarib yerga sancharkan. — Buncha oson Vatan- ni sotish?! Xalqning qirilib ketishi, bolalarning ochlikdan tin- kalari qurishi, xotin-xalajning yo'ldan ozishi uning uchun ar- zimas bir nimami?!
Yaxshiki, o'tovda Temurbek va xabarchidan tashqari men va
75
Sayfuddin bor edik. Agar sipohlar ham bo'lishganida, darrov umidsizlanishardi.
Temurbek xabarchiga javob berib yuborganidan so'ng jango- var mashg'ulotga bcrildi. Quyosh botib, odam odamni ko'rmay- digan vaqtgacha tinim bilmadi. Goh besh-olti sipohga qarshi bir o'zi chiqar, ularning hammasini osonlik bilan yengar, tanbeh berar va otga sapchib minardi-da, ot ustida goh ka- mondan o'q otishni mashq qilar, goh boshqa chavandozlar bilan qilichbozlik qilardi. Qorong'ilik tushib, shug'ullanish im- koniyati qolmagach, chodir yaqiniga gulxan yoqtirdi va barcha lashkarlarni to'pladi-da, harbiy sohadan ma’ruza qildi. Vaqt allamahalga yetganida esa hammaga uxlash uchun ruxsat berdi. Faqatgina tungi qorovullardan tashqari. Shu kuni Temurbek judayam oz ovqat yedi.
— Bu ahvolda charchab qolasiz va yana ertangi mashg'ulot- ga yaramaysiz, — dedim men e’tiroz bildirib.
— Uyqu oldidan ko'p ycyish sog'liqqa zarar. Undan keyin kamroq uxlash zarur, — deya javob qaytardi u.
Ertasiga Tug'luq Temurxondan maktub oldik. U Temurbekka tezda yoniga yetib kelishni buyurgan edi.
— Birorta fitna yo'qmikin? — dedim xavfsirab.
— Har narsa bo'lishi mumkin. Bizning himoyachimiz Alloh. U nima desa, shu bo'ladi. Ammo O'zi zimmamizga yuk- lagan ishni oxiriga yetkazmasimizdan jonimizni olmaydi. Sen men bilan birga borasan. Sayfuddin qo'shinga boshliq bo'ladi. Biz o'n kishi bo'Isak yetadi, — deya Temurbek yo'lga chiqish tayyorgarligini ko'ra boshladi.
Biz manzilga yetib borganimizda ko'rdikki, Tug'luq Temurxonning lashkarlari lanj bir ahvolda o'tovlari atrofida yurishar, to'planishib o'tirishardi. Ular zerikkanlaridan shunchalik lo- qaydlashgan ediki, ayni damda hujum qilinsa. albatta, bitta qolmay qirib tashlasa bo'lardi.
Tug'luq Temurxonga Temurbekning kelganligi xabari yetka- zilganidan keyin ham talay muddat kutishimizga to'g'ri kcl- di. Uning shohona o'tovi yonida edik, ichkaridan qahqaha, qiz-juvonlarning qiyqiriqlari bemalol eshitilib turardi. Hatto- ki o'tov eshigi yonidagi qorovullarning ham butun fikr-yodlari ichkarida bo'lsa ajabmas.
76
Temurbek aftini bujmaytirdi. U maishatni yoqtirmasdi. Ayniqsa, mana shunaqasini.
Nihoyat, tushga yaqin Tug'luq Temurxonning bcklaridan biri yonimizga kelib, bizni ichkariga boshladi. Tug'luq Temurxon ko'zi suzilib taxtida o'tirardi. Ikki yonida ikki kanizak. Yana biri uning orqa tomonida patlardan qilingan yelpig'ich bilan xonni yelpib turibdi. Yana taxtdan ancha berida beklar, amirlar qo'l qovushtirib turishibdi. Ularning ko'pehiligi beo'xshov iljaygan edi.
— Amringizga binoan keldim, — dedi Temurbek.
U boshqalar kabi ikki bukilmadi, ta’zim qilmadi. Bu, shub- hasiz, xonga yoqmadi. Bu uning aft-angoridan shundoqqina ko'rinib lurar edi.
— Biz sening amaking Hoji Barlosni o'limga buyurgani- mizdan xabaring bormi? — dedi Tug'luq Temurxon birdan tomdan tarasha tushganday.
Men sckin ko'z osti bilan Temurbekka qarab qo'ydim. Uning bir tuki ham o'zgarmadi.
— Albatta, sizda buning uchun sabab bo'lsa kerak, — dedi Temurbck qaddini g'oz tutib.
— UI xiyonatchi. Bizning xizmatimizga kelgan ekan. Ammo biz uning oldingi gunohlarini yaxshi bilamiz.
— So'zsiz siz meni yoningizga buning uchun chaqirmagan- siz.
— Xo'p zukko odamsan, Temurbek. Biz seni o'g'limiz llyos Xojaga sipohsolor etib tayinlashni niyat qildik.
Temurbek o'ng tomonga qarab qo'ydi. Chunki llyos Xoja shu tomonda edi. Otasiga yaqin edi. Ustiga oltin rang to'n kiy- gandi. G'o'ddayib turardi.
— Qaroringiz tushunarsiz.
Shu gapning o'ziyoq Temurbekning g'azablanganidan dalo- lat berardi.
Tug'luq Temurxon imo qilgandi, soqoli ko'ksiga tushadigan, qizil to'n kiygan, qora sallali bir kishi egilib keldi-da, qo'lida- gi eni ikki qarich, bo'yi bir qarich bo'lgan allaqanday yupqa ternimi xonga uzatdi.
— Manavi po'lat taxtada mening bobom Qabulxon va sening bobong Qachuli bahodirning ahdnomasi yozilgan. Unga ko'ra, xonlik Qabulxon avlodining qo'lida, sipohsolorlik esa
77
Qachuli bahodir bolalarida bo‘lsin. Ular bir-biri bilan yovlash- masin, deyilgan.
Temurbek tishini tishiga mahkam bosganligini sezdim.
— Agar bobom shunday bo'lsin, degan ekan, men roziman, — dedi Temurbek bir oz turganidan so’ng.
— Asi o’g'lonning gapi. Barakalla! Xonimiz ahdnoma- ni ko'rsatmasdan ham farmon bergan ida siz odob bilan bosh egmog'ingiz kerak edi, — dedi Bayon Sulduz Temurbekka qovoq uyib.
Temurbek unga javob qaytarmadi.
— Bugundan boshlab Ilyos Xojaga itoatkorlikka kirishing, — dcdi Tug'luq Temurxon. — Endi beklar, amirlar qatoriga o'ting. Aysh qilasiz.
— Tashakkur. Menga ijozat bo'lsa, ishga hozirdan kirisha- yin.
Tug'luq Temurxon irjaydi va ketaverishi mumkinligiga qo'li bilan ishora qildi.
Biz izimizga qaytdik. Temurbek odamovi bo'lib qoldi. Aniqrog'i, juda oz so'zlashadigan odat chiqardi. Ko'p o'qir, ko'p xayol surardi u.
Keyinroq xabar keldi. Tug’luq Temurxonning o’limga hukm qilganidan qo'rqqan Hoji Barlos Keshga kelib, urug'-aymog'ini yig'ishtirib, yana Xurosonga qochibdi. Sabzavor kentlaridan biri bo'lmish Xuroshaga yetganida fitnaga uchrabdi va shu yer- liklar tomonidan qatl etilibdi... Temurbek xabarchini so'zlash- dan to'xtatdi va yerga o‘tirdi-da, Qur’on tilovat qildi. Allohdan amakisi Hoji Barlosning gunohlarini mag'firat qilishini so'radi. So'ng o'rnidan turib, xabarchiga:
— Gapir, — dedi.
— Tug'luq Temurxon amir Husaynga qarshi urush boshladi.
Amir Husayn bizdan yordam so'ramadi. O'zi qo'shimcha qo'shin to'plab, Vaxsh daryosi bo'yigacha keldi va shu yerda Tug'luq Temurxonning lashkari bilan jang qildi. Ammo mag'lub bo'ldi. Bu oldindan kunday ravshan edi. Biz shunday holatda edikki, Husaynbekka yordam berishning mutlaqo iloji yo'q edi. Buning ustiga, amiming o'zi ham yordam so'ramadi. Natijada jonini saqlab qolish uchun qochishdan boshqa iloji qolmadi. Tug'luq Temurxonning lashkari uzoq muddat uning
78
ortidan quvlab yurdi. Hattoki Hindikush dovonigacha bordi. U yerning aholisini qirdi. Mol-mulkini talon-toroj qildi.
Bunday xabarlarning kelib turishi, albatta, odamning eti- ni jimirlatib yuborardi. Chunki chingiziylar endi-endi kuch- dan qolyapti, bundan bu yog'iga qariyb ikki yuz yillik xun- rczliklar barham topadi, deb o'ylay boshlaganimizda birdan bunday voqealar sodir bo'ldi. Tug'luq Temurxon kundan-kun boyib, kuchaydi. Xavf ortdi. Agar ahvol shunday davom etadi- gan bo'lsa, erta bir kun bu mo'g'ulzoda butun Movarounnahr- ni takror qilichdan o'tkazishi kunday ravshan bo'lib qoldi.
Bundan bu yog'iga qanday yo'l tutish to'g'risida bosh qoti- ra boshlagan mahalimiz Bayon Sulduzning ham boshini ta- nasidan judo qilgan Tug'luq Temurxon o'g'li Ilyos Xojani xon ctib, Bekkichikni beklar begi qilib tayinladi-da, Jetaga qaytib ketdi. Kutilayotgan xavf chckinganday bo'lib turgan bir paytda Bckkichik hunarini ko'rsatdi. U yetmish nafar sayyid va sayyidzodalarni zindonband etdi. Xalqning boshiga qo'shim- cha soliqlar solib, uylaridagi mushugigacha tortib oldi. Hech narsasi yo'qlarni qul qildi. Xalq cho'lu biyobonga, chaka- lakzorlarga qocha boshladi. Endi bundan bu yog'iga chidab bo'Imasdi. Buning ustiga, kutilmaganda Allohning inoyati bilan Tug'luq Temurxonning choparini qo'lga tushirdik. Temurbek oldin xatni ichida o'qidi. So'ng menga o'qib berdi. Mak- tubda shunday deb yozilgan edi: «O'g'lim, Movarounnahr xoni Ilyos Xoja. Maktubni olganing zahoti Amir Temurni yoning- ga chorla va uning boshini tanasidan judo et. Uning ustidan beklar va amirlarning shikoyati ko'payib ketdi. Qolaversa, Mo- varounnahrda hozir undan obro'liroq odam yo'q. Yana men u bilan gaplashganimda sezdimki, uning kuch-qudrati tengsiz. Kattarmasidan, semirmasidan, liiyla bilan qatl et. Toki u sen- dan ildam bo'lmasin...»
— Navbat bizga yctibdi. Ammo Allohning inoyati bilan Ilyos Xojadan avval hukmni bildik va endi shunga qarshi ish tutamiz. Yurtimizdagi mo'g'ul bosqinchilarining umri bitgan- ligi ko'rinib turibdi. Samarqandga boramiz, — dedi Temurbek.
Biz tezda tayyorgarlik ko'rib, shuning bilan birga barlos urug'ining bahodirlarini bizga qo'shilib, mo'g'ullarga qarshi jang qilishga chaqirdik-da, yo'lga tushdik. 1 Igari men Kesh dovonidan juda ko'p marta o'tganman. Har safar ma’lum bir
79
qiyinchilikni boshdan o'tkazar edim. Ammo bu safar unday bo'lmadi. Dovon tepasiga juda osonlik bilan chiqib olganday bo'ldim. Bo'lmasa, o'sha-o'sha yo'l. Shunday joylari borki, ustingga ana qulayman, mana qulayman, deb turgan ulkan toshlar ustiga ham chiqishga to'g'ri kcladi. Bunday joylardan otingdan tushmasang, o'tolmaysan. Karvon yo'li ancha olisda. Aylanib kelguningcha juda ko'p vaqtingni yo'qotib qo'yasan. Undan keyin u yoqlar yozda issiq, yog'ingarchilik mahallari loy, qishda esa sovuq. To'g'ri, qishda dovondan oshib o'tish og'ir. Biroq hozir qish cmas-da.
Dovonning narigi yog'i oftob tomonga nisbatan ancha ko'kalamzor. Yana tig'iz, baland yong'oqlar, archalar ham o'sadi. Yurish oson.
Samarqandga borganimizdan so'ng bizga, aniqrog'i, Temurbekka bo'ysunib, ko'makdosh bo'lishga rozilik bildirgan bi- rinchi kishi lygu Temur, ikkinchisi Jaku Barlos bo'ldi. Shun- dan keyin Movarounnahrning boshqa bcklari, amirlari ham kelib qo'shila boshladi. Sababi, mo'g'ullar zulmi hammasining suyaklarigacha borib yetgan edi. Keyinchalik umumiy dush- manga qarshi jang qilishni istagan hunarmandlar, dchqonlar ham safimizdan o'rin olishdi. Bunday olib qarasa, hammasi ko'ngildagiday kechayotgandi. Qo'shin soni yanayam ko'payib, ularni qurol-aslaha bilan to'liq ta’minlay olsak va yana jangga tayyorlasak, bemalol mo'g'ullarni yanchib tashlashimiz mum- kinday edi. Ammo oradan sotqin chiqdi. Qilayotgan ishlari- miz to'g'risida llyos Xoja va Tug'luq Tcmurxonni ogoh ctishdi.
— Agar, — dedi Temurbek bir muddat o'ylanib turgach. — Samarqand shahrida urush boshlasam-u, Movarounnahr xalqi menga qo'shilmasa, unda nima bo'ladi? Yaxshisi, toqqa borib, o'sha joyda qo'shin to'playlik va jangga kiraylik.
— Beklaru amirlar bilan ahdnoma tuzdik, fatvo berildi. Ahdnomani buzgan Allohdan yuz o'girib, shaytonning sherigi- ga aylangan hisoblanadi-ku. Toqqa chiqsak, ehtimol. istagani- mizday qo'shin to'play olmasmiz, — dedim men norozi bo'lib.
— Qo'shilgan shu yerda ham qo'shiladi, tog'da ham qo'shila- di. Qani, ketdik, — dedi Temurbek.
O'zimiz bilan birga yurganlardan o'n chog'lisini olib, tog' tomon ravona bo'ldik. Qarorgoh qurib, qo'shiluvchilarni kuta boshladik.
80
Temurbek haq bo'lib chiqdi. Oltmish otliqdan boshqa biror- ta ham odam bizga qo'shilmadi.
Juda g'alati holat. Samarqandda ckanimizda unisi ham, bu- nisi ham yonimizga yugurib kelgan, mo'g'ullarni ostin-ustun qilib tashlashga tayyorligini aytgan edi. Ammo ko'rdikki, ular- dan birortasi ham jonini xatarga qo'yishni istamayapti. Hatto bugunini o'ylab, shaytonga sherik bo'lib yashashga-da tayyor.
Temurbek ko'p o'ylab o'tirmay yo'lga otlandi. Shayx Sham- siddin Kulol hazrallari yoniga borib, maslahat so'rash kerak- ligini aytdi va biz unga qo'shilib yo'lga tushdik.
Samarqandga borish qanchalik oson bo'lgan bo'lsa, Keshga yetish shunchalik og'ir kechdi. Gap yo'lda yoki otlarning qiy- nalayotganligida emas. Gap Temurbekning shayx yoniga yet- gunicha bir og'iz ham so'zlamaganida edi. Uning aft-angori- ga qarab boshqalardan ham sado chiqmadi. To'g'ri. sukunatni ora-chora otlarning kishnashi, chug'urchuqlarning sayrashi buzib turdi. Bu shovqinlarning hammasiga, garchi eshitilib turgan csa-da, birov quloq solmadi. Menimcha, shunday. Chunki o'zim ana shunaqa ahvolda edim. Yana o'yga berilgandim.
To'g'ri masjidga bordik. Qolganlar lashqarida qolishdi. Biz Temurbek ikkalamizgina ichkariladik.
Salom-alikdan so'ng Temurbek vaziyatni hazratga tushun- tirdi-da:
— Badaxshon’ga borishni ixliyor eldim. Niyatim mahalliy shohlar bilan til topishish, sipoli yig'ish va mo'g'ullar ustiga bostirib borish, — dedi.
— Menimcha, Xorazmga bormog'ing kerak. Agar shunday qilsang, yumushing oson bo'lishi mumkin, — deya hazrat oppoq soqolini siladi.
Shu paylgacha shayx aniq reja aytardi. Bu safar esa sal muj- mal javob qildi. Ammo Temurbek shu zahoti Badaxshon rejasi- dan voz kechdi va hazratdan duo so'radi. Men bunga bir hay- ron bo'lgan bo'lsam, Temurbek ikkinchi xotini O'ljoy og'oni o'zining otiga mingashtirib olganida yana bir marta hayratlan- dim. Chunki shu paytgacha u biror marta ham safarga xotinini o'zi bilan olmasdi. Endi shayxning gapiga itoat etganiga tushu-
5 Tog'li o'lka, Panj daryosining ikkala qirg'og’i.
81
nish mumkindir, ammo xotini... Yana o'z otiga mingashtirib olganini, to‘g*risi, tushunib bo'lmadi.
— Qur’oni karimdagi Yusuf payg’ambar qissasi yodingdami? — so’radi Temurbek yo’lga chiqqanimizdan so’ng.
— Bo’lmasam-chi, Allohning kalomidagi eng go’zal qissa qanday qilib yodimdan ko’tarilsin? — deya javob bcrdim unga.
— Ibrohim alayhissaloni o’g’li Ismoilni qurbonlikka olib borib sinovdan o’tganlar. Vaholanki, payg’ambar uchun buning azobi chck-chegarasiz edi. Ammo Ibrohim alayhissalom Allohning buyrug’iga bo'yin tovlamadi. Shuningdek, Yusuf payg’ambar ham ko’p qiyinchiliklarni boshidan o’tkazib, bar- cha sinovlarni ortda qoldirganidan so’ng saodatga erishdi. In- shoolloh, biz ham sinovlarga bardosh bersak, albatta, mukofot oiamiz, — dedi Temurbek.
«Xo’p, qiyinchilik ko’rsak, biz ko’raylik, erkaklar ko’rsin. Juvonga safarda nima bor?» deb so’ragani tilim bormadi.
Dastlabki kun qiyinchilik sezilmadi. Har qalay, Kcshda bir kun bo*lsa-da dam oldik. Har qalay, juda unaqa qarib qolgan i- miz yo’q. Ammo ikkinchi kunga o’tib, O'ljoy og'oda toliqish borligini ilg’adim. U boshqa ayollarga o’xshamasdi. Tadbirli edi. Yana yaxshi maslahat berardi. O’sha kundoshi bilan qilgan mojarosini hisobga olmaganda (g'olib kelibdi, shekilli, Temurbek birinchi xotini Turmush og’oni qoldirib, buni olibdi). Va yana O’ljoy og’oning eri bilan birga yo'lga chiqqanining bir to- moni yaxshi bo'ldi, u Temurbekni gapga solib yurdi. Shu bilan Temurbek o'yga tolib qolmadi. Bundan biz tushkunlikka tushib siqilmadik. Demak, Temurbek xotinini bekorga olma- gan ekan. Har qalay, mening taxminim shunday edi.
O'sha kuni kech tusha boshlaganida biz Xiva cho'lida- gi Sog'ich qudug'iga yetib bordik va kutilmaganda shu yerda o’tirgan amir Husaynga duch keldik. Uning Tug'luq Temur- xondan qochib yurganligini bilardim. Ammo bu tomonlarga kelib qolgani yetti uxlab tushimga kirmagandi.
Amir Husayn bizni ko'rishi bilan hayqirib yubordi. Istiqbo- limizga yugurdi. Temurbek otidan sakrab tushgandi, uni mah- kam quchoqladi.
— Seni menga Allohning o'zi yetkazdi! — dedi ko'ziga yosh olib. — Shu biyday cho'lu biyobonda o'lib ketsam kerak, deb o'ylagandim. Xudo degan odam ekanman.
82
Temurbek ilgaridan ko'zidan yosh oqizadigan xushomad- go'ylarni yoqtirmasdi. Buning ustiga, bir paytlar u iyagini ko'tarib, Temurbekni mcnsimasdan muomala qilgandi. Ehti- mol, shu bois o'zidan ozgina bilinar-bilinmas itardi. Shundan keyin amir Husayn singlisi bilan ko'rishdi. Bu safar akalarday yelkasini tutdi. Singil o'ng qo'li bilan urib qo'ydi.
Quduq yoniga dasturxon yozib, o'zimiz bilan olgan yegu- liklarni qo'ydik. Quduqdan suv olib choygumda qaynatdik.
— Cho'ponlar kabi kiyinib olganingizni tushunaman. Ammo bir marta mag'lubiyatdan keyin qo'l qovushtirib yur- magandirsiz, — dedi Temurbck amir Husaynga choy ustida.
— Shu paytgacha qo'l qovushtirib yurgandim. Ammo llyos Xojaning choparlariga duch bo'lgach, sening bu yoqlarga ke- layotganingdan xabar topdim. Hoynahoy, shu yerdan o'tsang kerak, deb taxmin qildim va kutdim.
«Bundan chiqdi, — o'yladim men, — amir Husayn bizga ta- sodifan duch kclmagan. Bilgan kclishimizni».
Temurbek unga bir lahza tikildi-da:
— llyos Xojaning chopari nima olib ketayotgan ekan? — deb so'radi.
— Sening xabaringni. U Xiva hokimi To'kalga noma yo'llab- di. «Temurbek sen tomonga ketdi. Yo'lini to‘s-u, o'ldir!» debdi xatida, — deya amir Husayn qo'liga piyolani oldi.
— Lekin men Kcshdan chiqdim. Bundan chiqdi yoki yaxshi ko'rinish, yoxud sovg'a-salom umidida bo'lgan odam xabar- kashlik qilibdi-da...
— Afsuski, shunday, — dcdi amir Husayn Temurbekning gapini bo'lib, — mening cho'pon kiyimini kiyganim va ularning meni mutlaqo ko'rmaganliklari foyda berdi. Men ularga bir qo'y so'yib berdim. Har chtimolga qarshi bu yoqlarga ke- layotib o'nta qo'y sotib olgandim. Ko'rganga o'zimni cho'pon deb tanishtirdim. Besh yuz qo'yni yo'qotganimdan nolidim... Va yana hiylakorligim foyda berdi. Garchi o'n qo'ydan olti- tasi so'yilib, to'rttasi qolgan csa-da, muhim xabarni bilib ol- dim. Endi ortingga qaytib, boshqa joydan, ehtimol, Xuroson- dan qo'shin yig'sang ma’qul bo'lar. Albatta, men ham sening yoningda bo'laman.
— Izga qaytish yo'q. To'kal lashkarini ham bir ko'raylik, — deb kulib qo'ydi Temurbek.
83
Shu payt xotini Temurbckka qaradi.
U mendan qochmasdi. Yuzini ham yashirmasdi. Mahram qarindoshlardan deb hisoblardi meni. Ammo boshqalar oldi- da chachvonini yopinib olar, hech kimning ko'zi uning go'zal chehrasiga tushmasdi. Hozir biz to'rtalamiz boshqaiardan alo- hida o‘tirgandik. O'ljoy og'o ularga orqa bcrib o'lirganligi bois yuzini ochgandi.
— Lekin, — dedi u mayin ovozda, — To'kalning qo'shini katta bo'ladi. Sizda bor-yo'g'i oltmish kishi. Ular bilan qanday jang qilasiz?
— Alloh ham biz bilan. Shunday ekan, biz qudratliroqmiz, — javob berdi Temurbek.
U shunchalik ishonch bilan gapirdiki, To'kal qanchalik katta qo'shin bilan kclmasin, biz ularni bemalol yanchib tashlay- diganday his qildik o'zimizni.
Tunni Temurbekdan boshqa hamma miriqib uxlab o'tkazdi. Uning uxlamaganligini har-har zamon uyg'onib ketganimda bildim. Gulxanning lipillab turgan yorug'ida xayol surib o'tir- ganini ko'rdim. Yana men hammadan oldin uyg'ondint. Bu paytda u namoz o'qiyotgandi...
Quyosh endi-endi bosh ko'tara boshlaganida barchamiz uyg'ongan edik. Shuning bilan birga amir Husaynning yana ikkita qo'yini so'ygandik. So'ng yangi go'shtni cho'qqa toblab pishirdik. Ustiga ziravorlar sepdik. Shunaqangi hidi chiqdiki, og'zimdagi so'lagimni yig'ishtirolmay qoldim. Ochig'i, ovqatga u darajada o'ch emasman, ammo hozir judayam intiqlik bilan go'shtning pishishini kutdim. Qarasam, boshqalar ham men qatori, buning ustiga, biri qo'yning biqini shirin bo'ladi dcsa, ikkinchisi bo'ynidan lazzatliroq joyi yo'q, deydi...
Ancha vaqtdan beri go'sht yeb bunchalik maza qilmagan- dim. O'ziyam og'zimda erib ketdi. Ayniqsa, suyakka yopishgan joylarining shirasi yanayam oshib ketibdi.
— Xivadan bu yergacha qo'shin taxminan peshindan key- ingacha yo'l bosib keladi. Ungacha go'sht hazm bo'ladi. Bi- lagimizga, belimizga kuch berib turadi. Ortga ham, oldinga ham ketmaymiz, shunchaki ozgina chigal yozdi qilamiz. Ana undan keyin olishamiz, — dedi Temurbek taomdan so'ng choy ichayotgan mahalimiz.
— Lekin siz judayam oz yedingiz, — deya e’tiroz bildirdi O'ljoy og'o.
84
— Chunki halizamon bir oz mizg'ib olaman. Qorovullik navbati boshqalarga, - deb javob qildi Temurbek xotiniga.
Ammo Temurbek uxlamadi. Boshqalarga qo'shilib qilich- bozlik bilan shug'ullandi. O'ta bcrilib ketmadi. To'g'risi, unga o'xshab men tuni bilan uxlamay chiqqanimda, tosh yerga bo'lsa ham o'zimni tashlab, qotib uxlab qolgan bo'lardim.
Peshin namozi o'qilganidan kcyin bir oz o'tib, uzoqdan chang-to'zon ko'zga tashlandi.
— Ana, — dedim, — qarovsiz qolgan qo'ylarning hidini ol- gan bo'rilarday lillarini osiltirib, so'laklarini oqizib kelishyapti.
— Bu yerdagi yo'lbarslar allaqachon qo'ylarni yeb qo'yishdi, deb baqirish kerak ekan, — dedi Temurbek ilk marotaba ha- zillashib, so'ngra hammaga buyruq berdi: — Otlaning! — Keyin xotiniga qarab qo'shib qo'ydi: — Siz shu yerdan jilmang. Biz besh yuz qadamcha ilgarilaymiz.
Juvon kaftini ochib, Allohdan jonimizni onion saqlashini so'radi.
Biz Temurbek aytgan joygacha ot choptirib bordik. So'ng bir qatorga tizildik. U yigirma qadamcha oldinga o'tdi. Keyin oti- ni orqaga burib, bizga yuzlandi.
— Nayza uchi shakliga kiramiz. Oraliq besh qadamdan! — dedi va dushman tomonga o'girildi.
Men so'l tomondan, amir Husayn csa o'ng tarafdan Temurbekka yaqin turdik. Uzangiga oyog'imni tirab, dushmanga qa- radim. Ular kamida ming chog'li edi. Qiyqirishib, o'kirishib kelishayotgandi. Shamshirim dastasini mahkam ushla- dim. Ko'zim o't bo'lib yondi. «Bittang ham qolmaguningcha o'lmayman!» deya pichirladim va sekin amir Husaynga qara- dim. U ham jangovar holatda turardi. Quvondim. Kuchim- ga kuch qo'shilganday bo'ldi. Axir shu paytgacha men uni nomard, qo'rqoq, deb hisoblardim. Mana, ko'rib turibmanki, u ham arslon misol turibdi.
To'kal lashkarlari bizga yaqinlashgani sayin jonlari boricha baqira boshladi. Ostimdagi ot bezovtalandi.
— Hozir, hozir boshlaymiz! — dedim otimga.
Shu bilan otni emas, aslida, o'z hayajonimni bosayotgan- dim.
Hayqirayotganlar bilan oramiz yarim chaqirim masofa ham qolmagandi. Kutilmaganda ular birdan to'xtashdi. Menimcha,
85
oldinda kelayotgan To'kalning o'zi, shekilli, qo'lini yuqoriga ko'tarib lashkarini to'xtatdi. So'ng oralaridan bittasi baqirdi:
— Temurbek, sen bilan xoqonimiz so'zlashishni istaydi!
Mening kulgim qistadi. «Xoqonga balo bormi, o'zi bor- yo'g'i bitta viloyatning hokimi bo'lsa, buning ustiga llyos Xoja- ga qulday xizmat qilsa, llyos Xojaning cho'risi, de, yarashadi», deya xayolimdan o'tkazdim.
Temurbek ortga o'girildi, men bilan amir Husaynga:
— Yuringlar, qolganlar shu yerda kutishsin, — dcdi.
Otimning qorniga niqtadim. Biz sekin-sckin ilgarilay bosh- ladik. Dushman tomondan o'n otliq ajralib chiqib, biz tomon yaqinlasha boshladi. Aftidan, ular bizni mutlaqo mensish- mayotgan edi.
— Temurbek, To'kalning o'zini biryoqlik qilsak, qo'shini sa- rosimalanadi. Yengishimiz oson bo'ladi, — dedim.
— Nomardlik Allohga xush kelmaydi, — javob berdi Temurbek.
Ikki qo'shinning o'rtasiga yetib keldik. Oradan bir oz o'tib, ular ham yetishdi. Bizdan yetti-sakkiz qadam narida to'xtash- di.
— Men, — dedi To'kal (u ustiga sovut, boshiga temir qa- Ipoq kiygandi. Yana qalpog'ining bir chekkasiga pat qo'ndi- rib olgandi. Ostidagi oti oq. Shulari bilan boshqalardan ajralib turardi), — seni ko'rishni istadim. Buni qara, qariyb men bilan tengdosh ekansan. Yosh ekansan. Afsuski, shunday yosh yigit juvonmarg bo'ladigan bo'ldi. Ammo joningni saqlab qo- lishim mumkin. Qachonki, shamshiringni tashlab, asir tush- sang. Va’da beraman, jallodning qo'liga seni topshirmayman. Chunki sen to'g'ringda ko'p gap eshitganman. O'sha gapir- gan odamlarga «mana senlar maqtagan odam», deb ko'rsatib qo'ymoqchiman.
— Qo'lingdan kelarmikin? — dedi Temurbek.
— Bo'Imasam-chi. Sen anavi to'rtta odaming bilan menga qarshi tura olaman, deb o'ylayapsanmi?
— Bugun men senga saboq beraman va bundan keyin, agar omon qolsang, mo'g'ullarning oyog'ini yalamaysan.
To'kal qah-qah otib kuldi-da:
— O'zimning birtomonim mo'g'ulga borib taqaladi, — dedi.
— Balki. Bunchalik o'zingni pastga urasan, deb sira o'y-
86
lamagan cdim. Hali ham kcch emas. Menga qo'shilsang, yur- tingni ozod qilib beraman.
— Bas! — baqirdi To'kal. — Kallangni darvozaga ilaman!
Men shamshirimni qinidan bir oz sug'urdim. Temurbek bir og'iz «O'ldir!» desa, lamom, manavi yaramas To'kalni qoni- ga belayman.
— Yaqinlaring bilan vidolashishni esingdan chiqarmading- mi?
Temurbek ovozini bir parda yuqori qo‘ydi. Shuning o'ziyoq uning jahli chiqqanidan dalolat berardi.
To'kal otini ortiga burdi. Odatda, nomardlar o'z ustunli- gini sezsa, shu yerning o'zidayoq hamlani boshlab yuborar- di. Ammo To'kal qo'rqdi. O'sha ilgaridan Temurbek haqida tarqaigan rivoyatlar, baribir, kuchini ko'rsatdi.
Biz ham ortimizga burildik.
— Joy-joyimizni egallaymiz. Hech kim bir qadam ham ortga chekinmasin. Safni ham buzmasin, — dedi Temurbek.
Otlarimizga qamchi bosdik va ko'z ochib yumguncha sipohlar yoniga yetdik.
— To'kal qo'rqdi! — deya hayqirdi Temurbek. — G'alaba biz tomonda!
To'kalning qo'shini qiyqirdi. So'ng otlarning dupuri eshitil- di. Temurbek ikkala qilichini ham qinidan sug'urdi. Xuddi shu payt uning oti oldingi oyoqlarini ko'tarib kishnadi. Temurbek tulporining jilovidan tortib turganligi bois sapchiyolmadi. Dushman ustiga shamolday uchmadi.
Men yog'iydan ko'zimni uzmasdim. «lya, bu yog'i nima bo'ldi? To'kal nomard qani?! Nahotki u bechora sipohlari ortiga yashiringan bo'lsa. Yoki o'sha yoqda qoldimikin? Yo'q, ana, o'rtada kelyapti. Ishqilib, Temurbek emas, men sening boshingni olayin-da, Ilyos Xojaning yaloqxo'ri!»
Dushman judayam yaqin qolganida Temurbek otiga qamchi bosdi. Buni ko'rib biz ham shunday qildik.
Men Temurbekning janglarini, qanday olishishini ko'rgan- man. Ammo bugun u har doimgidan ham boshqaeha jang qilardi. Temurbek bamisoli pichan o'rishni boshlaganday edi. Boshlaganda ham ikki qo'lda baravar o'rardi. Tomosha qilsang, jang qilolmaysan. Og'zing ochilib qoladi.
Yaxshiki, oldin ham uning qilichbozliklarini ko'rganman.
87
ozmi-ko'pmi ko‘zim o'rgangan. Ammo To'kalning lashkari ko‘rmagan-da. Shunaqa shamshir ishlatish ham mumkinligini bilishmaydi-da ular. Ana shuning uchun ham angrayib qolish- di. Temurbek bo'lsa har qilich urganida bittadan odam ag'da- raverdi. Hatto uning raqiblari bilan qilichi urilmadi. Chunki dushmandan tez harakat qilardi u.
Bu yog'i cho'lni oh-voh tutib, chang-to'zondan quyosh yuzi to'sildi. Hech qancha vaqt o'tmay biz To'kalning qo'shini- ni qoq o'rtasidan oxirigacha yorib o'tdik, ortga qayrildik, yana hujumni boshladik. Jangga shunaqa berilib ketibman- ki, yon-atrofimga hattoki qarab ham qo'ymabman. Bir mahal dushmanlardan biriga qilich urib, so‘l tomonga o'girilganimni bilaman, tepamda shamshir paydo bo'ldi. Uni qaytarishning imkoni yo'q edi. Hali qilichimni raqib tanasidan sug'urib ol- magandim. «O'ldim! — deb o'yladim. — Ajal shu yerda kutib turgan ekan!» Ammo dushman qilichi menga yelmasdan boshqa shamshirga urildi. Keyin yana bitta zarba yedi-yu, ot ustidan quladi.
Temurbek! Qaydan paydo bo'ldi? Qanday qilib meni bur- dalashi aniq bo'lgan tig'ni qaytardi? Aql bovar qilmasdi. Bil- ganim esa men undan jon qarz bo'ldim. Avval-ku, sadoqat bilan xizmat qilardim. Endi esa jonim ham unga baxshida.
Shu narsalarni xayolimdan o'tkazib, dushmanni chava- qlashga yanada shiddat bilan kirishdim...
To'kal o'Idirildi. Temurbek avvaliga uning nayzasini ikki- ga bo'lib tashladi. Mening atrofimda dushman lashkari siy- raklashib qolganligi bois ana shu voqeani o'z ko'zim bilan ko'rdim. Keyin uning o'ziga hamlaga o'tmoqchi bo'lgan mahal amir Husaynni haddan ortiq raqib sipohlari qurshab ol- ganligiga ko'zi tushdi, shekilli, To'kalni qo'yib, amir Husayn- ga yordamga otlandi. Temurbekning borishi sipohlarni lo'zitib yubordi. Shunday holda ham ulardan besh-ollitasi yerga quladi.
Oftob ufqqa og'a boshlaganida jang tugadi. Xoh ishoning, xoh ishonmang, To'kal lashkaridan bor-yo'g'i clliktacha qoldi. Uning o'zi esa Temurbekning kamonidan uzilgan o'qdan o'ldi. Buni ko'rgan dushman lashkari qochishga tushdi. Bor- yo'g'i oltmish kishi bo'lib yanchib tashlagandik ularni. Bu- naqasi hech bir zamonda bo'lmagan. Bunaqasini birorta ham
88
jahongir ko'rmagan... Biz mag'lubiarning ortidan quvmadik. Shundoq ham ularning sharmandasi chiqdi va Temurbekning aytishiga qaraganda, tirik qolganlari ming marta afzal. Chunki qanday qilib yengilganini boshqalarga gapirib berishadi va bizning keyingi janglarda g'olib chiqishimizni ta’minlashadi.
O'n kishi qolibmiz. Qolganlarning hammasi nobud bo'libdi. Shu tiriklardan uchtasi ulovidan ayrilibdi. Tasodifni qarangki, ularning har uchovi ham xurosonlik edi.
Toliqqanimizni dushman qochganidan kcyin sezdik. Ammo shunga qaramasdan bu yerdan ketishga qaror qildik.
— Boshqa bir quduq topib, o'sha yerda orom olamiz, — dedi Temurbek.
Yctti kishi otda, uch xurosonlik poy-piyoda yo'lga tushdik. Chamamda ikki chaqiriincha yo'l bosar-bosmas navbatdagi cho'pon quduqqa duch keldik. Uning atrofi hayvon go'ngiga to'Ia edi. Yana qo'y-qo'zilar ichishi uchun suv oxur ham qi- lingan ekan. Atrof esa biyday cho'l. Yakkam-dukkam sertikan, past bo'yli butalar, yantoqdan bo'lak hech vaqo yo'q. Buning ustiga, tekislik bo'lgani uchun yulduzlar ko'rinar-ko'rinmas havo ham soviy boshladi. Shunga qaramasdan biz o'sha yerda qolishga qaror qildik. Quduq atrofini naridan-beri tozalagan bo'ldik-da, кара tikdik.
Hamma uxlab qoldi. Hatto Temurbek ham. Chunki char- choq haddan oshib ketgandi.
Bir mahal oyog'imdan birov turtkilaydi. Tizzamdan pas- ti kapadan tashqarida edi. Bor bo'yimcha chodirga sig'ma- gandim. O'yladimki, Temurbek. Ugina meni mana shunday uyg'ota olishi mumkin. Turish judayam malol keldi. Ammo turmasdan ilojim ham yo'q.
Sckin kapadan chiqib, ko'zimni ishqalagancha Temurbekka qaradim.
— Xurosonliklar uchta otimizni o'g'irlab ketishibdi, — dedi u.
— Nega? — dedim Temurbekning gapiga tushunib-tushun- may.
— Negaligini bilganimda aytardim, — javob qildi u.
Men darrov sergak tortdim. Otlarimiz turgan tomonga qaradim. Darhaqiqat, ular uchtaga kamayib qolgandi.
— Balki, hali uzoqqa qochib ketishmagandir. Ular ham ke-
89
cha biz bilan barobar jang qilishgan. Charchashgan. Shu bois yarim kechasi juftakni rostlashmagandir, — dedim.
— Qidirmaymiz. Azbaroyi kechagi xizmatlari uchun ham. Endi yuvinib, tahorat ol. Boshqalarni ham uyg'ot. Tamaddi qilamiz-da, yo'lga tushamiz.
Men darrov uning aytganini bajarishga kirishdim. Ammo amir Husaynning uyg'onishi juda qiyin bo'ldi. Bechoraning tinkasi qurigan ekan. To'g'ri-da, u qanchadan beri cho'lu bi- yobonlarda sarson-sargardon yurgan edi. Yana manavi oxir- gi qilichbozlik. Yaramaydi degandim, yo'q, yomon olishmadi.
Biz yemakdan keyin kun botar tomonga, cho'lning yanada ichkarisiga qarab yo'lga tushdik. Ketavcrdik-kctaverdik. Shamol turdi. Oyoq ostidagi qumlami uchira boshladi. Oldiniga uch- gan qumlar otlarning tizzalariga kelib urilgan bo'lsa, shamol kuchayib ketganidan so'ng yuz-ko'zimizga ham tega boshladi. Asta-sekin shamol yanayam kuchaydi.
Temurbek hammamizga to'xtab, otlarimizning oyoqlarini bog'lashni va yiqitishni buyurdi. Qumbo'ronda uning aytganini qilish qiyin edi. Ammo amallab uddaladik. So'ngra otlarning boshiga qop kiygizdik. Yem beradigan qoplarni. Keyin otlarning yoniga o'zimiz ham yuz-ko‘zimizni o'rab yotib ol- dik.
Temurbek bekorga bunday demagan ekan. Hash-pash de- guncha qum bizni ko'mib tashladi va shundan keyingina joni- mizbiroz rohat topdi. Ot bilan oramizda kavak qolganligi bois havo bor, nafasolish bemalol edi. Kechagi urushdan keyin hali charchog'im yozilmagan ekan. Birpasda uxlab qolibman. Rosa maza qilib, to'yib uxlabman. Bir mahal uyg'onib ketdim-u, qum ostida yotganim esimda yo'q ekan, boshimni ko'taray de- sam, bir nima bosib yotibdi. Ochig'ini aytsam, qo'rqib ketdiin va ustimdagi qumni shosha-pisha har tomonga surib, yumron- qoziqday yuzaga chiqdim. Shamol yotib, qumbo'ron to'xtabdi. Mendan o'n qadamcha narida Temurbck xotini bilan gaplashib o'tiribdi. Ularning yonidagi ot yantoq kavshayapti. Quyosh esa ufqqa yonboshlay boshlabdi. Temurbek men tomon qarab:
— Par ko'rpa yopinib yotganday bo'ldingmi? — dedi.
— Har kuni shunday uxlasak zo'r bo'larkan, — deya javob qaytardim men va oyoqlarimni ham qum ostidan chiqarib ol- dim. So'ngra otni og'ir azobdan qutqardim. Oyoqlarini yech- ganimda ot hurkib o'rnidan turib ketdi-da, kishnadi.
90
Bir ozo'tib amir Husayn, undan kcyin boshqalar «ko'rpalari» ostidan chiqishdi.
Qornimiz ochiqib kctgandi. Shu bois darrov xurjunlardagi yaxna go'sht, nonni olib, dasturxon ustiga qo'ydik. Choygum- da choy qaynatdik va endigina bir tishlam-bir tishlam go'sht yeyishimizni bilamiz, har tomondan «Huv-huv!» qilib ellikka yaqin sipoh bizni o'rab olishdi. Oldiniga «To'kalning lashkari ortimizdan keldimikin?» deya o'ylagandim. Yo'q, kiyimlaridan bildimki, turkmanlar ekan. Temurbek ularga bir qarab qo'ydi- da, go'sht, non yeyishda davom etdi. Uning qilig'i menga moy- day yoqdi. Shu bois men ham qo'limdagi go'shtdan yana bir tishlam uzib oldim-da, xotirjam chaynashga tushdim.
— Huv! Tur o'rningdan hammang! — baqirdi o'rab turgan- lardan biri turkmanchalab.
«Voybo‘, buning ovozi buncha dag'al?!» deya ko'nglimdan o'tkazdim. Temurbek bo'lsa burnini tortib qo'ydi. Turkman- ning jahli chiqdi. Lashkariga «Kamonni o'qlang!» dedi.
— O'zingni bos, — dedi Temurbek, — men bu yerlarga adashib kelib qoldim. Sira ziyonim tegmaydi. Ismim Amir Temur!
Turkman xoxolab kuldi.
— Mening ismim Alibek Joniqurboniy. Turkman beklari- ning eng zo'riman. Sening esa kimliging, qanday kelib qol- ganingning menga qizig'i yo'q. Qolavcrsa, ismingni endi eshi- tishim. Hammang qurolingni tashla!
Ming kishini yengdik biz. To'g'ri, ularda kamon yo'q edi. Agar bo'lganida, chtimol, mag'lub bo'lardik. Ammo manavi yaramaslar, nishonga olib turishibdi-da. Yana Temurbekning jang qilgisi yo'q, shekilli, hech qanday ishora bermayapti. Buning ustiga, ikkala shamshirini ham qinidan chiqarib, Ali- bekning oli oyoqlari ostiga otib yubordi. Keyin biz ham shunday qildik. Joniqurboniyning odamlari qo'llarimizni orqaga qilib bog'lab tashlashdi. Garchi shamshir bo'lmasa ham ana shu paytdan ustalik bilan foydalansak bo'lardi. Chunki qo'l jangi, olishuvning ham hadisini olgan edik. Biroq Temurbek negadir bu safar ham indamay qo'lini tutib berdi.
Alibek Joniqurboniyning og'zi qulog'ida edi. Darrov u sipohlariga xurjunlarimizni titkilashni buyurdi. Bir oz oltin, kumush tangalarimiz, yemaklarimiz bor edi. Hammasini olish-
91
di. So'ng oldilariga solib, qo'y haydaganday haydab ketishdi. Darvoqe, O'ljoy og'oga ular yaqin ham yo'lashinagandi. Shu bois Temurbek o'zini xotirjam tutdi. Aks holda sherga ayla- nib ketardi. Ehtimol, jonimizdan ayrilardik. Ammo hozirgiday tutqun bo'lmasdik.
Quyosh botib, endi-endi yer yuziga qorong'ilik etagini yoza boshlaganida bir joyga yetib bordik. U yerda o'tovlar yuzga yaqin edi. Shuning o'ziyoq Alibek Joniqurboniyning o'zi ayt- ganiday katta bek emasligini ko'rsatib turardi.
Sal qorong'ilik tushib qolganligi sabablimi yoki yaxshi ilg'amadimmi, har qalay, o'tovlarning qoq o'rlasida guvaladan bo'lgan past tomcha bor ekan, shu yerga bizni qamashdi.
Oltmish ikki kun. Ha, xuddi shunday, oltmish ikki kun tutqunlikda o'tirdik. Dastlabki kunlarning o'tgani bilinma- di. U yoq-bu yoqdan, bilganlarimiz-eshitganlarimizdan suh- batlashib o'tirdik. Yana Temurbek hadislardan, rivoyatlardan so'zlab berdi. Chunki oramizda eng ko'p biladigan u edi.
Ammo o'sha oltmish ikkinchi kun Temurbek negadir o'ta shiddatkor bo'lib ketdi. Agar ana shu mahal uning yuz-ko'zi- ni ko'rganingizda, so'zsiz yuragingiz tovoningizga tushib kctar edi.
— Bas! — dedi u va eshik yoniga bordi-da, uni shunaqangi zarb bilan tepdiki, eshik qulab tushdi.
Keyin tashqariga otilib chiqdi. Biz ham harakatga tush- dik. Bu mahalda Alibek Joniqurboniyning qorovuli qilichi bilan Temurbekka hamla qilib qoldi. Ammo Temurbek uning zarbasiga chap berib, ko'ksiga shunaqangi musht tushirdiki, gup etgan tovushni hatto biz ham eshitdik. Keyin qo'lida- gi shamshirini tortib oldi. Buni ko'rgan ikkinchi soqchi ol- di-orqasiga qaramay qochdi. To'g'risi, uning qochayotganini ko'rgan odamning kulgisi qistaydi. Kallasi ortiga o'girilgan, joni boricha yuguryapti. Temurbek uning ortidan quvdi.
Hammamiz tutqunlikdan qutulib, darrov tashqariga chiq- dik. Kaltak yegan navkarga qaradim. Bechoraning ko'zlari olaygan, labi titrab yolibdi. Sho'ring qurg'ur, o'rnidan turish- ga ham qo'rqyapti. Bir qo'li bilan ko'ksini ushlab olgan. Men unga qo'limni uzatdim.
— O'ldirmaysanmi? — dedi u turkmanchalab.
— Joning o'zingga siylov, — dedim kulib.
92
Keyin Temurbekning ortidan yugurdim. Uni Alibek Jo- niqurboniyning o'tovidan topdim. Temurbek uning bo'g'ziga shamshir tirab turardi. Eshik yonida esa ikkita sipoh jonsiz holda yotardi. Alibekning so‘i tarafida bitta, bu tarafida yana bitta juvon o'tiribdi. Har ikkisi ham dag'-dag' titraydi.
— Temurbck, men sening kimligingni bilmagan ekanman. Yolvoraman, o'ldirma! Bundan bu yog'iga xizmatingda bo'Ia- yin. Akam seni judayam ulug‘ inson, dedi. Ungacha men bil- magandim-da, Temurbek. Ikkita xotinimdan uch bolam bor. Shularning hurmatiga o'ldirma! — dcrdi Alibek ko'zidan duv- duv yosh oqizib.
Temurbck uning tomog'idan tig'ni oldi.
— Akam sening buyukligingni aytdi. Sovg'a-salomlaryubor- gan. Hozir kcltirishadi!
— Makkorsan, — dcdi unga Temurbek, — shamshirni ol- ganim joningni omon qoldiraman deganim emas!
Alibek uning gapini eshitishi bilan o'zini Temurbekning oyoqlari ostiga tashladi.
— Hamma gapim rost. Sadoqatli quling bo'lay! — dedi o'kirib.
— Sen menga qullikka ham yaramaysan. Olganlaringning barini qaytar! — dedi Temurbek qat’iy ohangda.
Alibek tirik qolganiga shukr qilib, bizdan nimaiki olgan bo'lsa, hammasini qaytarib berdi. Bundan tashqari, akasi Temurbek uchun jo'natgan ot va tuyani ham berdi.
Temurbek boshini sarak-sarak qildi. Chunki tuya ham, ot ham nihoyatda oriq edi. Na minishga va na so'yishga yarardi. Shunday bo‘lsa-da, biz ularni o'zimiz bilan birga olib ketdik.
Xorazm cho'liga ancha ichkarilab ketganimizdan so'ng Temurbek ot bilan tuyani qo'yib yubordi.
— Shu yerlarda ular yeydigan o't bor ekan. Yeyishsin, yu- rishsin, — dedi u.
Quyosh botishi arafasida bir qishloqqa duch keldik. Uni uzoqdan ko'rganimizdayoq baland-baland o'sgan daraxtlar- ga ko'zimiz tushgandi. Demak, suvga mo'l bo'lgan qishloq. Odamlari ham ko'p, katta qishloq bo'lsa kerak, degan xayolga bordik. Qishloq boshidagi yo'l bo'yida o'sgan teraklar yonida otlarimizdan tushdik.
— Abbos, — dedi Temurbck menga yuzlanib, — Sayfuddin
93
bilan birga qishloq ichkarisiga kiringlar. Sizlarni qanday qarshi olishganiga qarab biz ham yuramiz.
Men qamchi ushlagan qo'limni ko'ksimga bosib:
— Bosh ustiga, — dedim.
0‘ydim-chuqur, bittagina arava sig'ishi mumkin bo'lgan tor tuproq ko'cha. Uylari bir-biriga tutashtirib qurilgan. Tomlari loysuvoq. Bitta uy baland, ikkinchisi past emas. Hammaniki barobar. Shuning o'ziyoq bu qishloqning inoqligidan dalolat bcrib turardi.
— Hech kim ko'chada yo'qmi? — so'radim Sayfuddindan.
— Bilmadim. Ammo men to'rt uy naridan birov qaraganini ko'rganday bo'ldim. U boshini bir marta chiqarib, keyin yana yo'q bo'ldi. Ana shunisi yaxshilik alomatiga o'xshamayapti.
— Men tomdan ko'zimni uzmayman. Sen uy oraliqlariga qara, — dedim men ham xavotir olib.
Shunday deyishim bilan kimlarningdir hovliqib gaplashish- gani qulog'imga chalindi. Diqqatim oshdi. Qadamlarim sekin- lashdi.
Biz yana sakkkiztacha uy yonidan o'tdik. Keyin kimdir: «O'g'rilarni ushlanglar!» deya hayqirdi. Shu zahoti to'xtadik va ne ko'z bilan ko'raylikki, ikkitagina uy naridan odam dcgani otilib chiqyapti.
— Qochdik! — dedi bir mahal Sayfuddin.
Men uning gapiga kirib, ortimga burilib qochishga tushib- man deng. Bunday olib qarasa, bir-ikkitasini hisobga olma- ganda, hammaning qo'lida o'roq bilan ketmon bor edi, xo- los. Demak, dehqonlar. Agar to'xtab, kim ckanligimiz, nima maqsadda kelganligimizni tushuntirsak, tushunishardi. Mabo- do tushunmay hamlaga o'tishsa, biz bemalol o'zimizni himoya qila olardik. Chunki yaxshi tayyorgarlikdan o'tgan qanchadan- qancha lashkariami yer tishlatganmiz. Ammo biz qochyapmiz. Nega qochyapmiz, o'zim ham hayronman.
Temurbek va boshqalar turgan joyga yetdig-u, to'xtadik. Temurbek shamshirini chiqarib, jangga shay turardi.
— O'g'rilar deb o'ylashdi bizni, — dedim men unga va dar- hol qilichimni yalang'ochladim.
Olomon bizdan o'n qadamcha narida to'xtadi. Ular uzog'i bilan oltmish-etmishta edi. Oldinga harbiylar chiqishdi. Bir saf bo'lib tizilishdi-da, yelkalaridan kamonlarini olishdi.
94
— To'xlanglar! — dedi shu payt kimdir baqirib.
Sipohlar boshlarini orllariga burib, qarab olishdi. O'rtadan hammani chclga surib bir kishi chiqdi. U ham jangovar ki- yimda edi. Shutting bilan boshidagi kiyimi sipohlarnikidan boshqacha edi. Ycngil yupqa temirdan. Ilgari bunaqasini ko'p ko'rganman.
Boshliq biz tomonga bir daqiqa diqqat bilan tikildi. So'ng:
— Bu Temurbek-ku! Qurollarni tushiringlar! — dedi va birinchi bo'lib o'zi qilichini yerga tashladi-da, shaxdam yurib yonimizga keldi, bitta tizzasini yerga qo'yib, boshini egdi.
Temurbek shamshirini qiniga soldi-da, bosh cgib turgan odamning yelkasidan ushlab o'rnidan turg'azarkan:
— Istning nima, birodar? — deya so'radi.
— Hoji Muhammad, — javob berdi u.
Temurbek uni bag'riga bosdi.
— Men sizning qahramonligingizni eshitdim. Sizga iloat ctaman va yoningizda bo'laman, — dcdi Hoji Muhammad.
— Inshoolloh.
Hoji Muhammad ortiga o'girildi-da, hamqishloqlariga qa- rata:
— Biz Amir Temur bilan birgamiz! — deya hayqirdi.
Shundan so'ng Hoji Muhammad bizni uyiga olib bordi. Temurbekning oyog'i ostiga qo'y so'ydi. Mehmondorchilik zo'r bo'ldi. Hoji Muhammad (u baland bo'yli, keng yclkali, serso- qol, qorachadan kelgan odam edi) Temurbekning yonida o'ti- rardi.
— Sira aqlim bovar qilmaydi. Siz judayam ozchilik bo'lib, To'kalning ming kishilik qo'shinini qanday yengdingiz? — deya so'rab qoldi u bir mahal.
Temurbek unga qarab kulib qo‘ydi-da:
— Alloh biz bilan edi. Bunday paytda har qanday qudratli qo'shin tiz cho'kishga majbur, — dedi.
— Amirim, shakkoklikka yo‘ymang-u, hamqishloqlarim- dan ko'pehiligi qurol-yarog'i, oti bilan birga sizga qo'shilish- ni istab turishibdi. Ammo ba’zilarining ko'nglida qandaydir shubha borday. Men To'kalning tirik qolgan sipohlaridan qanday jang qilganingizni o'z qulog'im bilan eshitdim. Mo'g'ullar ham bo'lgan voqeani eshitib, cho'chib qolishibdi. Bularning barini yor-birodarlarimga gapirib berganman... Ko'ngillarida
95
shubha qolmasligi uchun san’atingizni bir ko'rsatib qo'ysangiz.
Temurbek shu zahoti qo'lidagi go'sht bo'lagini dasturxon- ga qo'ydi.
— So'zsiz, qilich bilan birov sizga yaqinlasha olmaydi, — dedi Hoji Muhammad.
— Awal men bilan olishishsin. Yengishsa, Temurbek bilan kuch sinashishsin, — dedim men.
— Yo'q, — dedi Temurbek gapimni bo'lib, — o'zim olisha- man. Qolaversa, bu taklif rosa soz taklif bo'ldi. Shamshirsiz, tayoq bilan olishamiz.
Temurbekning gapidan so'ng Hoji Muhammadning rangi- ga bir oz qon yugurdi. U o'midan turdi-yu, tashqariga chiqdi. Temurbek menga qarab qo'ydi-da, yana qo'liga go'sht olib, ishtaha bilan yeyishga tushdi. Uning har qanday odamni yengishiga shubham yo'q. Ammo har kim bilan bahslashavcr- sa, obro'siga putur yetib qoladimi, deb o'ylagandim-da.
Bir qancha muddatdan so'ng Hoji Muhammad kirib kelib, hamma narsa tayyoriigini aytdi. Tashqariga chiqdik. Hov- li etagiga o'tdik. Shu yoqda yer tekislanib, mashq maydoni qilinibdi. Maydon atrofi esa yosh-yalang, qo'liga tayoq ushlagan yoshlar, sipohlar, chollar va hattoki paranji yopingan ayol- lar bilan to'libdi. Temurbek maydon o'rtasiga chiqdi-da:
— Kim birinchi olishadi? — deya atrofdagilardan so'radi.
— Men! — deya yo'g'on ovozda hayqirdi qariyb ikki metr ke- ladigan, kallasi xumday, sersoqol, cgniga harbiy libos kiygan, libosining ko'ksini ochib, badanining serjunligini ko'rsatgan yigit.
Men uni ko'zdan kechirib, so'ng Temurbekka qaradim. Bizning oramizda eng yirigimiz Temurbek edi. Ammo u ham anavi barzangining oldida kichkina.
— Marhamat, — deb Temurbek unga maydonni ko'rsatdi.
Barzangi yonida turganlarga o'shshaygancha bir qarab ol- di-da, lapanglab o'rtaga chiqdi.
Musobaqalarda Temurbek doim raqibiga hurmat ko'rsalib boshini egib qo'yardi. Hozir ham shunday qildi. Lekin buni raqibi boshqaeha tushundi, shekilli, yana o'shshaydi va birdan hamlaga o'tdi.
Ishonasizmi, kiprik qoqishga ham ulgurmadim. Temurbek uning zarbasini qaytarish bilan birga oyog'idan shunday chal-
96
diki, sho'rlikning ikkala oyog'i ham osmondan bo'lib yclkasi bilan gursillab yerga quladi. Davrani o'rab turganlar gur etib kulib yuborishdi.
Temurbekning tayog'i barzangining tomog'iga tiraldi.
— Sen safdan chiqding, — dedi Temurbek.
Barzangi o'rnidan turdi-yu, boshini egib, maydonni tark etdi.
Temurbek keyingi safar ikki kishini taklif qildi va o'sha ikki kishiga ham ortiqcha zarba ishlatmadi. So'ng qo'liga yana bitta tayoq olib, uch kishiga, keyinroq to'rt, besh, oxiri o'n kishiga qarshi chiqdi va har safar g'olib bo'laverdi.
Buni ko'rgan Hoji Muhammad oldingidan ham g'o'ddaydi. Hamqishloqlariga:
— Men senlarga nima degandim?! Nima degandim?! — deya hayqirdi.
Temurbek behuda kurash tushmagan ekan. Ertasiga safimiz oltmish kishiga yetdi. Bor-yo'g‘i yetti kishi edik, birgina shu qishloqdan ellik uch nafar askar qo'shildi. Boshqalar esa ni- masi bo'lsa, olib chiqib beraverishdi. Shuning bilan birga Temurbekning va'dasini ham olishdi. Agar vaqt-soati kelib, Movarounnahr va Xorazmni qo'lga kiritsa, albatta, o‘ng ko'zi bilan qarashi shart edi. Endi bunga juda ko'p narsalar kirardi.
— Bu yerda ortiq turolmaymiz, — dcdi Temurbek oradan ikki kun o'tgach amir Husaynga. — Chunki bundan ortiq qo'shin to'plashning imkoni yo'q. Ertaroq ketmog'imiz, lash- kar tuzmog'imiz kerak.
— Bular haddan ziyod xushomad qilib yuborishdi. Buning ortida biron nima yashirin cmasmikin, degan xavotirdaman, — deya Temurbckka tikiIdi amir Husayn.
Yo'q, qishloq odamlari mutlaqo samimiy munosabatda edi. Faqat hamma e’tibor Temurbekka qaratilgani bois amir Husayn o'zini chetda qolib ketganday his qilayotgani uning aft-angoridan ko'rinib turardi. Bu yaramas yana cski qilig'ini qiladiganga o'xshab turibdi.
— Ehtimol. Bizning aqlimiz bunga ojiz. Xo'sh, maslahat bcring, amir, qayerga ketganimiz ma’qul? — so'radi Temurbek.
— Samarqandga borganimiz durustmi, deb o'ylab turibman, — javob berdi amir Husayn.
— Aslo! Hozir u yoqqa borib bo'Imaydi. Xurosonga ketamiz.
97
Shu yoqlarda sipoh yig‘ish osonroq bo'ladi. Yana u ycrlar Ilyos Xojaga ancha uzoq. Va yana siz ko'p muddat u yerlarda hukm- dor bo'ldingiz. Odamlarini ozmi-ko'pmi bilasiz. Bunisi ham biz uchun qulaylik tug'diradi.
— Men bu tomonini o'ylamagan ckanman. Ma'qul, ma’qul, — deya iljaydi amir Husayn.
Biz yo'lga tushdik. Odamni xursand qiladigan tomoni, biz yurganda yana osmon changiy boshladi. Demak, qaysi lomon- ga bormaylik, ko'rgan odam juda qo’rqmagan taqdirda ham, ehtiyot bo'lib muomala qiladi.
Men oldinroqda — Temurbekning yonida ketardim. Birdan ko'zim quyosh botadigan tarafdan osmonga ko'tarilgan chang- ga tushdi. Buni shu zahoti Temurbekka aytdim. U otining ji- lovidan tortib to'xtatdi. Bizdan orqaroqdagi amir Husayn darrov yonimizga yetib keldi-da:
— Jang qilamiz, shekilli, — dedi.
— Menimcha, unday emas. Sababi, u tomonlardan dushman orttirib ulgurganimizcha yo'q. Lozim bo'lsa, urishamiz. Agar do'stlik umidida kelsa, biz ham do'st bo'Iamiz, — dedi Temurbek xotirjam.
Bizga yaqinlashayotganlar chamasi bir toshcha narida to'xtashdi. Darrov to'rttasi ajralib chiqdi va biz tomon ot chop- tirib kela boshladi.
Temurbek menga qarab:
— Yaxshilik alomati, — dedi.
Darhaqiqat, shunday bo'lib chiqdi. Ular yetib kelishi bilan otlaridan sakrab tushishdi. Hammasi baravariga ta'zim bajo keltirishdi.
— Buyuk Temurbek umri tugaguncha Allohning panohi- da bo'lsin! — dedi ulardan biri. So'ngra o'rnidan turdi. — Men Muborakshoh Sanjariy bo'laman. Turkmanlarning shu urug'iga bekman. Sizning Xorazm cho'lida ekanligingizdan xabar topishim bilan qo'l ostimdagi lashkarim bilan xizmatin- gizga kirishga shoshdim.
— Hech narsa besabab bo'lmas, — dedi unga tikilgan Temurbek.
— Sizning yoningizda yurish sharaf. Yana mening mo'g'ul- larga nisbatan xusumatim bor. Ular butun oilamni qilichdan o'tkazishgan. Mengina tirik qolganman. To'kalni yer tishlat- ganingizni eshitishim bilan menda umid uyg'ondi.
98
— Xush kcldingiz, — dedi Temurbek.
Muborakshoh unsiz yig'ladi va ortidagilarga o'girilib:
— Biz Amir Temurga qo'shildik. Lashkarni boshlab kcling, — dedi.
Muborakshoh Sanjariy nafaqat yuztacha otliq sipohi bilan kelgan ekan, balki tuyalarga ortilgan oziq-ovqatdan tashqari zeb-ziynat ham olibdi. Shular bilan o'zining sadoqatini ko'rsatmoqchi bo'libdi.
Temurbck u keltirgan narsalarga ortiqcha c’tibor qaratmadi. Muborakshohga yo'lboshlovchilik qilishni buyurdi.
Biz Marv shahri yaqinidagi Moxon qishlog'iga kirib bordik. Muborakshoh Saryariy shu yerning hokimi ekan.
Bizning kelganimizdan xabar topgan qishloq sayyidlari darrov atrofimizni o'rab olishdi. Sharaflashdi. Jonliq so'yishdi. Mehmon qilishdi. Yaqin atrofdan yana qariyb ikki yuz nafar otliq sipoh saflmizga qo'shildi.
Ortiqcha harakat qilmay shu qishloqda ikki kun turdik. Uchinchi kuni biz qo'ngan uyga sayyid Hasan va sayyid Zi- yovuddin kirib kelishdi. Har ikkisi ham qishloqning boshqa odamlariga nisbatan oqroq, har ikkisining ham soqollari ko'ksiga tushgan va har ikkisi ham oppoq salla o'rab olishgan- di. Shoshilmasdan, bosiqlik bilan, muloyim ovozda gapirishar, so'zlari dono-dono edi. Temurbek ularni o'zgacha ehtirom bilan kutib olib, to'rga o'tkazgandi.
— Kclganingizdan bag'oyat xursand bo'ldik. Xudo xohlasa, hech shubha yo'qki, tuprog'imiz gullab-yashnagay. Olimlar- ga crgashuvchilar ortgay. Ammo sizning bu yerda ortiq turi- shingiz to'plangan qo'shinning tarqalib ketishiga olib kelishi mumkin. Shu bois ertaroq lashkar yig'ishingiz tarafdorimiz va Samarqandda zindonga tashlangan sayyidlarni tezroq ozod et- masangiz, tabarruk yurt olimsiz qolib ketadi. Eshitishimizga qaraganda, Bekkichik zulmni haddan oshirib yuboribdi. Qan- chadan-qancha odamlarni qatl ettiribdi. Shuningdek, qulga aylantirilganlari ham ko'p. Birgina umidimiz sizdan, — dcdi sayyid Ziyovuddin andak boshini egib, qayg'uga botib.
— Mening o'zim ham ular haqida o'ylab o'tirgandim. Va bu yerda ortiq qololmasligimni his qilib turgandim, — deb Husayn tomonga yuzlandi Temurbek. — Amir, siz Xurosonga yo'l oling, men Samarqandga boraman. Har ikki tomondan bosh-
99
lamasak, qiyinroq kechish ehtimoli bor. Hozirgacha yig‘ilgan lashkaming ellik nafari ixtiyoringizda bo'ladi.
«Temurbek shu gapni bekor aytdi-da, — deb o'yladim men. — Bu yaramas shu cllikta askami ham yo'q qilib yuboradi yoki yana lashkar orttirishi bilan darrov bizni unutadi». Hozir esa, ko'rib turibmanki, Temurbekning gapi moyday yoqdi unga.
— Biz duoda bo'lamiz, — dedi sayyid Hasan.
— Sizdan eng keragi, aslida ham shu, — dedi Temurbek.
Ertasiga tongda yo'lga chiqdik. Qo'shin xiyla kattargani bilan hali tayyorgarlikdan o'tmagandi. Ular boshqa hukmdorlarning lashkarlari qatori jang qila olishardi. Undan oshirisholmasdi. Mahoratlari yo'q edi. Shuning uchun bizga qo'shilishdi.
Ertasiga tushdan keyin Buxoro atrofiga ycldik.
— Hozircha hammangiz shu atrofdagi qishloqlarda tura- sizlar. Ma’lum muddatdan keyin qaytib kelaman-da, ham- mangizni boshqatdan yig'aman. Sizga Inoq boshliq bo'ladi, kelgunimcha har kuni u bilan bog'lanib turing, — dedi Temurbek lashkarni bir joyga to'plab.
To'g'risi, uning nega bunday qarorga kelganini tushunol- madim. Chunki kela-kelguncha bu haqda bir og'iz ham gapir- magandi.
— Menga faqatgina Abbos sheriklik qiladi. Endi tarqaling, — dedi Temurbek.
Sipohlar darrov tarqalishmadi. Bir-biriga qarashdi. Ikkila- nishdi. Shunda Inoq tilga kirdi:
— Temurbek hali biror marta ham yolg'on gapirmagan in- son. Yana u hazilni ham yomon ko'radi. Qaytib kelaman, de- dimi, qaytib keladi. Yuringlar!
Shundan so'nggina sipohlar birin-ketin tarqay boshlashdi.
Temurbek hatto xotinini ham bu safar o'zi bilan olib ketma- di. Inoqqa «Bir yaxshi uy topib, O'ljoy og'oni ham joylashtir. Birov uning oromini buzmasin», deya tayinladi.
— El orasiga kiramiz, — dedi Temurbek yo'lga tushgani- mizdan so'ng, — qo'shin to'playmiz, keyin Buxorodagilarni ham chaqirib olamiz.
U odaticha shu gapidan so'ng bir qancha muddat jim bo'lib qoldi. Keyin qandaydir tebranib ketayotganini. to'g'rirog'i, boshi tebranayotganini ko'rdim. So'ngroq bitta so'z qulog'imga chalindi va shundan bildimki, Qur’on tilovat qilayotgan ekan.
100
Hofiz edi u. O'sha madrasada o‘qib yurgan kezlarimiz ham Temurbek tilovat vaqtida xuddi hozirgiday ko'zini yumardi-da, boshini qimirlataverardi. Buni qarangki, oradan shuncha yil o'tsa ham odatini tark etmabdi. «Balki, boshqa maballari ham shunday kuylagandir, yodimdan chiqargandirman», dcgan o'yda xotirlashga urinib ko'rdim. Yo'q, eslay olmadim. Besh vaqt farzni ado etishini har kuni ko'raman. Ammo bunisi...
Otim gursillatib qadam tashlayotganday tuyila boshladi. Temurbekka xalaqit bcrib qo'yishdan qo'rqdim va tul- porimning jilovini sal chaproqqa tortdim. Tuproqli, yumshoq- roq yo'ldan yursin, dedim. Shu bilan xayol meni olib qochdi. Ehhe, nimalarni o'ylamadim. Nimalarni orzu qilmadim. Kcyin bir payt qarasam, Temurbekning ko'zidan yosh oqyapti. G'alati bo'lib ketdim. Chunki hali biror marta bo'lsin uni bunday ahvolda ko'rmagan edim-da.
— Amirim, — dedim toqatsizlanib, — tinchlikmi?
U menga yalt etib qaradi. Bir oz qizardi. Yuziga oqib tush- gan yoshni shosha-pisha artdi. Jilmaydi. Aftidan, yonida keta- yotganimni unutgan ko'rinadi. So'ng so'zladi:
— Allohdan qo'rqdim!
— Ncga? — dedim hayron bo'lib.
— Qilgan ishlarim Allohga ma'qul keldimi-yo'qmi, bilmay- man. Yana bu beklar, amirlarning boshini qovushtirish uchun ozmunchasining bahridan o'tishga to'g'ri kcladimi axir?! Bularning javobini qanday beraman?! O'limdan hech qaehon qoTqmaganman, qo'rqmayman ham. Ammo Parvardigorning qarshisida yolg'iz qolganimda Uning berajak savollariga nima deb javob qaytaraman va qanday o'zimni oqlayman?!
— Alloh istadi, ozgina odam bilan katta qo'shinni yengdik. Alloh istadi, bizga o'z ixliyori bilan qo'shiluvchilar ko'payib boryapti. Bundan chiqdi, Allohga ishlarimiz ma’qul, — dedim uning ko'nglini ko'tarmoqchi bo'lib.
— To'g'ri, lekin, baribir... Endi yanayam yo'rg'alat. Manzil uzoq, vaqt tig'iz.
Biz Samarqandga kirib bordik. Suvoriy emas, oddiy cho'pon kiyimida. Shuning uchun bo'lsa kerak, odamlar ko'p ham e’ti- bor berishmadi. To'g'ri, ostimizdagi tulporlar baquvvatlaridan edi. Shu bois otimizga qarashdi.
Temurbek opasi Qutlug' Turkon og'oning uyiga boshlab bor
101
di. Eshik og'asi Tcmurbekni tanimadi. Yangi ekan. Buning ustiga, keksaroq. Shu bois Temurbek unga:
— Qutlug' Turkon og‘oga qarindoshingiz Keshdan kclibdi, deng, — dedi.
Ataylabdan o'zining ism-sharifini yashirdi. Chunki biz yashirincha kelganmiz Samarqandga.
Ruxsat tegdi. Ichkariga kirdik. Otlarimiz jilovini eshik og'aga topshirdik.
Tomining balandligi uch odam bo'yi keladigan uy. Oldi bog‘. Yana gulzor. Bumimga birdan rayhon hidi urilib, tanam yayrab ketdi. O'pkamni to'ldirib chuqur-chuqur nafas oldim. Kayfiyatim ko'tarildi.
Eshikdan yuzini yopgan holda chiqqan xonim bizni ko'rishi bilan yopinchig'ini olib tashladi. U meni ham tanirdi. Garchi tengqur esak-da, ukasiday ko'rardi. Yoshligidabu xususda ko'p talashib-tortishganmiz. «Men erta bahorda dunyoga kclgan- man. Sen bo'lsang qovun pishig'ida. Shunday ekan, mendan kichkinasan va ukamsan», derdi u. Ha, u o'sha kczlari bosh- qaeha go'zal edi. Hozir oldingidan ham ochilib ketibdi. Rangi yanada oqargan, boqishlari qandaydir o'zgargan.
— Temurbck, inim! — dedi u hayajonlanib. — Juda xavotir oldirib sog‘intirding-ku!
Temurbek unga darrov yelkasini tutdi. Juvon uning keng yelkasiga urib qo'yarkan, ko'zidan yosh oqizib:
— Sen to'g'ringda bir-biridan vahimali gaplar tarqaldi bu yerda. Yuragim yorilishiga oz qoldi, — dedi.
— Alloh panohidaman. Shu bois har qanday xavotirlar o'rin- siz, — deya javob berdi Temurbck.
— Kcyin To'kalning qo'shinini yakson qilganing xabarini pochchang yetkazib keldi. O'shandan so'ng mo'g'ullar tipirchi- lab qolganmish. Bu xabar meni bchad quvontirdi, inim.
— Tashakkur. Endi bizga yemak bersangiz, uzoq yo'l bosib keldik.
Turkon og'o bir oz qizardi va darrov xizmatchilarni chaqir- di.
Men shu paytgacha Temurbekning haqiqiy rejasini bilmagan edim. «Shu yaqin atrofdagi beklarni birlashtiradi, tamom-vas- salom», deb o'ylardim. Vaholanki, u mutlaqo boshqa gaplarni aytdi, eshitib og'zim ochilib qoldi. Keyin o'yladim: «Bunday ulkan ishni amalga oshirish uchun uning kuchi yctarmikin?»
102
Sainarqandda pinhona ish yuritdik. Albatta, og‘ir edi. Chunki har qadamda Bekkichikning odamlari izg'ib yuri- shardi. Hammasining qulog'i ding, ko'zlari ola-kula. Odamlar yuragini oldirib qo'yishgan. Hatto bir-biri bilan salomlashish- da ham chumchuqday atrofga olazarak boqib olishardi. Salgi- na suhbatlari cho'zilib qolsa, «Mabodo birorta gapni noto'g'ri gapirib qo'ymadimmi, so'zlarimni Ilyos Xojaning yaloqxo'ri Bekkichikning yugurdaklari eshitib qolmadimikin?» deb o'ylashardi. Temurbek haqida gapirish esa kallani kundaga qo'yishday bir gap edi. Mana shunday sharoitda qo'shin yig'ish bizga azobning o'zginasi edi. Shunga qaramasdan o'zimizga tarafdorlarni topdik. Ular mutlaqo jonidan to'ygan odamlar bo'lib chiqishdi, albatta.
Oradan bir oydan ziyodroq vaqt o'tib, baribir, mo'g'ullar hid olishdi va biz yana Xorazm tomonga yo'l oldik. Albatta, o'zimizga qo'shilganlar bilan birga. Baxtga qarshi, ularning ko'pehiligi piyoda edi. Shunga qaramasdan azbaroyi sadoqat- larining zo'rligi va o'ch olishga bo'lgan istaklarining kuchliligi bois otliqlar bilan baravar yura olishdi.
Yo'lda qarshimizdan turkman qabilasi chiqdi. Ulardan ot undirdik. Natijada piyodalar ham ulovli bo'lib olishdi. Amu- daryodan o'tib, Achig'i degan joyga yetganimizda to'xtadik va ko'p o'tmasdan Muborakshoh Sanjariy, sayyid Hasan kelib safimizga qo'shildi. Yana oradan oz muddat o'tar-o'tmas Temur Hoji o'g'lon, Bahrom Jaloyir qo'l ostimizdagi sarkarda- laru lashkarimiz sonini oshirdi. Ishonsangiz, mingdan oshdik. Sirtdan olib qaraganda, bizning oldingi qahramonligimizni hisobga olsak, Ilyos Xojaga qarshi bemalol bas kela olamiz. Ammo mukammal tayyorgarlikning yo'qligi bois bunday qal- tis ishga qo'l urib bo'lmasdi. Shu bois Temurbek ikkimiz bir daqiqa ham tinim bilmay lashkar bilan shug'ullandik. Shu- ningdek, kechki payt vaqt allamahal bo'lgunicha moychiroq yorug'ida Temurbek jang olib borish rejasini chizib, bcklarga tushuntirar edi.
— Sipohningjangovartayyorgarligi maromiga yetishi uchun ancha vaqt zarur bo'ladi. Bizning esa qo'l qovushtirib o'tirish- ga vaqtimiz yo'q. Shu bois Xurosonga borib, amir Husayn bilan qo'shilishimiz darkor, — dcdi Temurbek navbatdagi kun oxiriga yetib kengash qilganida.
103
Uning gapini hamma baravar ma’qulladi. Chunki Temur- bekdan jang sirlarini o‘rgangani sayin urush ishtiyoqi kuchayib kctgandi ularda.
Ertasiga ming kishilik qo'shin yo'lga tushdi. Har doimgidck Temurbek oldinda, yonida boshqa bir otda O'ljoy og'o, ulardan orqaroqda men borar edim.
Oshiq-ma’shuqlarning ba’zi gaplari qulog'imga chai i nib qolar, o'zimni noqulay sczardim. Shu bois ora-ora otning ji- lovini tortib, keyinroqda qolishga majbur bo'lardim. Baribir, xayolimni erkaklik tuyg'usi egallab olgan, uchrashi mumkin bo'lgan o'z malagimni xayolimda tiklab, u haqda xayoi su- rardim. U mening Keshda qolgan xotinim edi. Uzoq ayri- liq talpintirardi ayolim tomon. Lekin borishga imkonim yo'q. O'y-xayol yo'lni tez kesadi, masofa qisqaradi. O'zingga kelib atrofingga boqsang, ancha ilgarilab ketganingni his ctasan. Ammo hozir bu ko'ngilga sig'maydi. Ko'ngilda faqatgina ishq, muhabbat.
Bir necha kundan so'ng Hilmand6 bo'yiga yetib bordik va shu yerda Temurbek qarorgoh tiklashga qaror qildi. Sababi, uzoq yo'l yurish qo'shinni ancha toliqtirib qo'ygandi. Bundan tashqari, biz shu yerda turib keyingi rejani tuzmog'imiz kerak edi.
Men Temurbek bilan birga daryo suviga tushdim. Suv ancha sovuq ekan. Biroq shunga qaramasdan odamni tctiklashtirar- di. Daryoda cho'milmaganimga ham ko'p vaqt bo'lgandi. Rosa maza qildim. Bizni ko'rgan lashkarlar ham o'zlarini daryoga otishdi. Birajib manzara paydobo'ldi. Baqir-chaqir, suv sepish- lar. Go'yoki hammamiz uzoq vaqtdan beri shu daryo bo'yida istiqomat qilamiz-u, odatdagiday shuncha odam cho'milish- ga kelgandaymiz. Hech qanday xavf ham, xatar ham yo'qday.
Hamma tetiklashib, mashg'ulot o'tash uchun yig'ila bosh- laganida amir Husayn yetib keldi. U oldingidan ancha qoray- gan, ust-boshi chang edi. Yonida ellikka yaqin odami ham bor. Shuning ham ko'pi uning harami edi.
— Bor-yo'g'i shumi? Amir umrini kayf-safoda o'tkazganga o'xshaydi, — dedim.
— Shunisiga ham shukr. Har qalay, harakat qilibdi-ku, — dedi Temurbek.
* Hozirgi Afg'onistonning Hilmand daryosi.
104
Temurbek uni mchmon qildi. Ammo o'zi o'sha mehmon- dorchilikda ishtirok ctmadi. Biz birgalikda qo'shinni shug'ul- lantirdik.
Ertasi kun peshindan so'ng Seyiston’ oqsoqolidan maktub keldi. Unda, jumladan, shunday deb yozilgan edi: «G'animla- rim zo'ravonlik qilib, ixtiyorimda bo'lgan ycttita qal’amni tor- lib olishdi. Agar dushmanlarimni yo'q qilishimda menga yordam bersang, sening otlaring uchun olti oylik yem-xashak va lashkaringni oziq-ovqat bilan ta’minlar edim».
Bunday imkoniyatdan foydalanib qolish kerak. Qo'shin katta va biz har qanday raqibdan ustun kcladigan bahodirlarga cgamiz, — dedi amir Husayn.
Lashkarning kuchini ko'rish vaqti keldi, — deya amirning gapini ma’qulladi Muborakshoh.
Agar biz Seyistonni qo'lga kiritmoqchi bo'lsak, qo'shin sonini yanada oshirishimiz kerak, — dedim.
Temurbek gapimizni diqqat bilan tinglaganidan keyin Seyiston oqsoqoliga yordam berishga qaror qildi va unga yordam bcrajakligi to'g'risida maktub yozib, choparga tutqazdi.
O'sha kuni Temurbek tunni bedor o'tkazdi. Men uning o'tovi yonidagi boshqa o'tovda edim. To'lin oy naq tepaga kcl- gandi. Uyg'onib ketib, boshimni ko'tardim. Shunda Temurbck o'tovdan chiqdi. Hali aytganimday mening bosh vazifam uning xavfsizligini ta’minlash edi. Shu bois sergak tortdim-da, o'mimdan turdim. Darrov shamshirimni qo'limga olib, o'tovdan chiqdim va Temurbekning daryo bo'yiga ketayotganini ko‘rdim-da, ortidan tushdim.
U to'xtab namozo'qiy boshladi. Men undan ko'z uzib, atrof- ni kuzatdim. Har bitta shitirlagan tovush c’tiborimdan chctda qolmadi. Ishqilib, uxlab qolmay, degan xayolda (ilgari bir marta bu narsa bo'lgan) o'zimni qayta-qayta chimdib qo'yardim.
Tong otar mahal Temurbek ibodatini oxirlatdi. Men esa, hartugul, unga sezdirmay o'tovga kelib yotdim.
Ertasiga bizni noxush xabar kutib turgan ekan. Yaramas Bahrom Jaloyir lashkari bilan birga juftakni rostlab qolibdi.
Duch kelsa, xiyonatkorga omonlik yo'q, — dedi Temurbek.
’ Hozirgi Eronningjanubi-sharqi va Afg'onistonningjanubi-g'arbida joy- lashgan o'lka.
105
U shunclialik sokinlik bilan gapirdiki, jahli chiqqanini mut- laqo ilg'ab bo'lmadi.
Shundan so'ng qo'shin oyoqlantirildi.
Shiddat bilan jangga kirishdik. Bizning vajohatimizni ko'rgan dushman birma-bir taslim bo'la boshladi. Men Temurbekning yonida urishardim. Bostirib kelayotgan dushman- ni mahv etganimdan so'ng o'zim oldinga tashlanmasdim. Yanagisini kutardim. Axir Temurbekka jon qarziin bor. Buning ustiga, qon to'kishlarga barham berish vaqti kelgan. Buni faqatgina Temurbek uddalay olishi mumkin.
Yetti qal’adan beshtasi taslim bo'ldi. Qolgan ikkitasiga urushning sakkizinchi kuni yetmadi. Qorong'ilik tushdi va biz odatdagiday jangni to'xtatishga majbur bo'ldik.
Albatta, bizning safimizda ham yo'qotishlar ko'p edi. Shun- ga qaramasdan har bir askarning ruhi baland edi. Shu bois qolgan ikkita qal’ani ham qo'lga kiritishga ishonchimiz komil edi. Ammo ertasiga boshqa bir narsa haqida xabar oldik. Temurbekning shiddatkorligidan qo'rqqan Scyiston hukmdori ahdlashuvni buzib, ilgari o'ziga dushman bo'lgan qal’alarning boshliqlari bilan Temurbekka qarshi til biriktiribdi. Ochig'i, bunday bo'lishini hech kim kutmagandi.
— Jang qilamiz! — dedi Temurbek qo'lini musht qilib. — Endi o'zlaridan ko'rishsin!
Qo'shinning yarmi ham qolmagandi. Eskilardan birgina Fattoh jon berdi. Yonida bo'lganlaming aytishiga qaraganda, to'rtta dushman orasida qolibdi. Shunda ham bittasini yer tish- latibdi. Qolganlar esa baravariga zarba bcrishibdi... Sho'rlikka qaragan odamning eti jimirlab ketadi. Ehtimol, bu tana dushman sipohiniki bo'lganida bunday ezilmas edim.
Ertasiga dushman tomonlar bir-biriga ro'para bo'lishdi. Dev bilan yosh bola deng. Ammo bizda ruh baland edi. Shu bois nayza usulida birinchi bo'lib hujum boshladik. Odatdagiday Temurbek oldinda, ikki yonida esa men bilan amir Husayn.
Kutilganiday raqibning o'rtasidan yorib kira boshladik. Shunaqa g'azab bilan qilichbozlikka berilib ketdimki, ro'para kelsa, seyistonliklarning otlarini ham chopib tashlayverdim.
Quyosh bir terak bo'yi ko'tarilganida, ne ko'z bilan ko'rayki, Temurbekning ham tirsagiga, ham oyog'iga kamon o'qi san- chilib turibdi. Ko'zim kosasidan otilib chiqib ketay dedi.
106
Men dushman lashkarini birma-bir yakson etib, uning yoniga yaqinlasha boshladim. Bu yerda faqat biz va seyistonliklar qo'shini jang qilishmayotgandi. Bu yerda Azroil bosh lashkari ham fao! edi. Ular tinimsiz jon olish bilan ovora edi. Birining jonini juda osonlik bilan, hatto uning o'ziga ham sezdirmay olsa, boshqa biroviga ming bitta azob berardi. Chirqillatardi, o'kirtirardi, tipirchilatardi... Shundan keyin asta-sckinlik bilan, to'xtab-to'xtab, azobni oshirib borib, so'ng jonini olardi. Yana boshqalarining shunchaki yonidan o'tib ketishardi. Vaholanki, ular Azroil ertaroq jonimni olsin, deb ozmuncha uvvos tortishmasdi. Menimcha, o'shalarning gunohlari anavi- larnikidan ko'proq bo'lsa kerak. Jonini oladi. Faqat hozir emas. faqat bugun emas. U ikki-uch kun obdan azob torta- di. Onadan tug'ilganiga ming bir marta pushaymon yeydi. Bir hushidan ketadi, bir o'ziga keladi. Orttirilgan jarohat og'riydi. Dod soladi. Qayta-qayta Azroilni chorlaydi. Ana undan keyin ham Azroil kelsa keldi, bo'lmasa, azoblanib yotaveradi.
Men Temurbekka judayam yaqin keldim. Uning jarohatini ko'rgan dushman lashkari shoshib qolgandi. Ertaroq Temurbekning bo'yniga qilich solishni istashardi. Ammo sira bunga muvaffaq bo'la olishmasdi. Buning o'rniga o'zlari boshidan judo bo'lishib, yerga ag'anashardi.
Nihoyat, men uning yoniga yaqinlashdim.
— Temurbck, jangdan chiq! — dedim baqirib.
— Meni to'sib tur! — dedi u.
Men unga dushmanni yaqinlashtirmaslik maqsadida bor kuchim bilan qilichbozlik qila boshladim. Bu orada Temurbek ikkala kamon o'qini ham sindirib tashladi. Ana undan keyin sher kabi na’ra tortib, oldinga tashlandi.
Dushman chckinishga tushdi. Chunki yaralangan sherdan omonlik kutib bo'lmasligini sezgan edi. Sher og'ir yaralanib o'midan turolmay yotsa, boshqa gap. Ammo bunday jarohat uning kuchiga kuch qo'shadi, yo'lda uchragan dushmanni tuproqqa qorishtirib ketaveradi va ajalning eng ko'p lashkari ham Temurbek bilan birga yurgan bo'lsa, ajab emas. Bu yoqda Temurbek har qilich sermashda bir raqibni qulatsa, ajal sipohi shu zahotiyoq o'shaning jonini olib ketyapti... Biz ko'p o'tmas- dan dushmanni qirib tashladik. Jonini aziz bilganlari esa qo- chib qolishdi.
107
Ko‘p o'ljani qo'lga kiritdik. Biroq o'ljani olib, qal'adan chiqib ketmadik. Oldiniga jangda halok bo'lganlarni ko'mdir- dik. Agar bu yerdan shundayligicha chiqib kctadigan bo'lsak, odamlar (ularning asosiy qismi qariyalar, ayollar va bolalar edi) murdalami o'laksaxo'rlarga boy bcrib qo'yishi mumkin edi. Shu bois jang maydonining o'zini qabriston qildik. Chunki ularni birma-bir tashishning imkoni yo'q edi.
Dafn marosimi tugagandan so'ng Garmsir tomonga yo'l ol- dik. Temurbek Seyistonga hujum qilishdan oldin shu yoqdan qarorgoh qilishni buyurgandi. Ayni paytda u yerda Temurbek va amir Husaynning harami bor edi.
Temurbekning yaralanganini ko'rgan O'ljoy Turkon og'o dodlab yuborayozdi. Agar Temurbekning vajohati bo'lma- ganida, shunday qilardi ham. Mendan voqca tafsilotini so'ra- di. «Bilmayman, jang og'ir bo'ldi. Bir-birimizdan uzoqlashib qoldik. Lekin shuni ishonch bilan aytamanki, o'sha kamon- bozning ruhi hozir arshi a’loda yuribdi», dedim.
Temurbek gapimga kuldi-da, keyin sekin shivirladi:
— Keshga odam yubor. Haramingni olib kclishsin. Necha oydan buyon xotinsiz yuribsan. Bu yaxshilik alomati emas.
— Kimni ham yuborardim. Bor-yo'g'i qirq kishi qolibmiz. Ularning ham hammasi aslzodalar. Qay biriga buyruq bera- man?
— Unda o'zing bor.
— Bu yerda do'stdan dushman ko'p. Bugun do'st bo'lib tur- gani ertaga dushmanga aylanib, shamshir ko'tarib kelyapti.
— Unda o'rningga odam yubor. Agar qo'lingdan kelsa.
Temurbekning shu gapidan so'ng sinalayotganimni anglab yetdim. Rosti, hozir Keshga uchib borgim bor edi. Ammo Temurbekni bu yerda qoldirib ketolmasdim. Demak, faqat bi- lak kuchi emas, aql kuchi ham kerak bo'lib turibdi menga.
Uning o'tovidan chiqib, o'pkamni to'ldirib nafas oldim. Bu yerning havosi Seyistonnikidan ming chandon afzal. Mana shunday chuqur nafas olsang, yengil tortasan.
Sipohlar o'tovi yoniga bordim. U yerda hozir hech kim yo'q. Bo'm-bo'sh. Egalari hozir yerning ostida yotishibdi. Amir- zodalar, aslzodalarning o'tovlari yoniga o'tdim. Suhbat qu- log'imga chalindi. Ichkariga kirdim. Meni ko'rishlari bilan hammasi o'rnidan turishdi.
108
— Amir tuzukmi? — so'radi Bahodir Muhammad.
Men uning jang qilishini ko'rdim. Dushmanga shafqat qil- madi. Arsionlarcha urishdi. O'ziyam yelkasi keng, bo'yi uzun, bilaklari baquvvat odam.
— Jarohat tuzaladi. Lekin, qo'rqamanki, asorati qoladi, — deya javob berdim unga.
— Oldingiday shamshir o'ynatoladimi? — so'radi Muborak- shoh Sanjariy.
Uning sipohlaridan birortasi ham omon qolmagan, hammasi halok bo'lgandi.
— Oyoq-qo'liga kamon o'qi sanchilgan holda urishganini ko'rdinglar. Allohning O'zi bilagidagi kuchni olib qo'ymasa, bandasining qo'lidan keladigan ish emas bu. Hammangiz lash- karingizdan ayrildingiz. Endi bu yerda bek yo'q, amir yo'q. Birgina boshimiz, amirimiz Temurbek. Endi to katta qo'shin- ga ega bo'Imagunimizcha hammamiz sipohmiz. Demakki, har qanday qora ish yelkamizda, — dcdim va aslzodalarga bir- ina-bir qarab chiqdim.
Ular oldiniga hayratlanganday bo'lishdi. Keyin o'ylab ko'rishdi, shckilli, boshlarini qimirlatib, tasdiq ishorasini qi- lishdi.
Men ularning birortasiga ham Keshga borib kelasan, deb aytolmadim. Tilim aylanmadi. Zero, nasi jihatidan ularning asosiy qismi mening darajamda esa, qolganlari yuqoriroq nasabga ega edi. Shu bois aytolmadim. Ammo Alisher Barlos- ni o'zim bilan birga tashqariga olib chiqdim-da, unga nafaqat o'zimning, balki o'zining ham haramini bu yoqqa olib kelish- ni buyurdim. To'g'rirog'i, buni Tcmurbekning topshirig'i, deb aytdim.
Buni qarangki, oradan hafta o'tar-o'tmas, avval Muborak- shoh Sanjariyning, keyin boshqalarning ham haramlari yetib keldi. Menikilar esa o'n besh kunda qoralarini ko'rsatishdi.
Tcmurbekning sog'ayishi cho'zildi. Shunday bo‘lsa-da, u tashqariga chiqar va biz bilan mashg'ulot o'tkazardi.
Ana shunday kunlarning birida amir Husaynning ko'ngli Boqlonga borishni tusab qoldi.
— Odamlaring oz, buning ustiga, yaxshi tayyorgarlik ko'rmagan. U yoqlar mo'g'ullar hukmronligi ostida, duch kelib qolsang, sog* qo'yishmaydi, — dedi Temurbek.
109
Ammo amir Husayn: «Bu yerda burgaga talanib yotolmay- man. Sen tuzalguningcha men ozmi-ko'pmi qo'shin to'play- man», deya yo'lga otlandi.
Temurbekning taxmini yana to'g'ri chiqdi. Amir Husayn Bekkichchikning ukasi Anjunga ro'baro' kelib qolibdi va to'qson sipohidan bor-yo‘g‘i o'n ikki kishi qolib, ortiga qo- chibdi. Shu o'n ikki askarning ham to'rt nafarigina otliq ekan.
Amir Husayn bizning yonimizga qaytmadi. Har qalay, Temurbekning gapiga kirmaganidan uyalgan bo'lsa kerak. Buni qarangki, u ham uyalishni bilarkan.
Ikki oy deganda Temurbek sog'aydi. Sog'aydi-yu, ammo oqsoqlanib qoldi. Oyog'iga tekkan kamon o'qi ancha ich- karilagan, bitta payini uzgan ekan. Shunga qaramasdan, u yugurishda birovdan ortda qolib ketmas, qilichbozlikda esa hamon o'sha-o'sha edi.
— Endi Balxga yo'l olamiz, — dedi Temurbek, — o'sha yerga borib, qaytadan qo'shin to'playmiz va yana Movaroun- nahrga qaytamiz. Ona tuproq hamon mo'g'ullar qo'lida ekan, mening oromim bo'lmaydi.
Qolganlarga ham uning qarori ma’qul keldi va biz shu ozgi- na odam bilan yo'lga tushdik.
Yo'lda ketayotib Siddiq Barlosga duch keldik. U Yildirim Qorachor avlodidan edi. O'n besh otlig'i bilan Tcmurbekni qidirib yurgan ekan. Bizni ko'rib terisiga sig'maydigan daraja- da xursand bo'lib ketdi hamda safimizga qo'shildi.
O'sha kezlari bizni oziq-ovqat masalasi qiynamoqda edi. To'plagan zaxiramiz allaqachon tugagan, kunimiz ovlanadigan hayvon va qushlarga qolgandi. Bu esa o'z-o'zidan yurishimizni sekinlatib qo'ygandi. Shunga qaramasdan birorta ham aslzo- da yoki Siddiq Barlos bilan safimizni kcngaytirganlar hattoki yemoqqa narsasi bo'lmagan qo'shindan ertaga biron nima umid qilib bo'lmaydi, deb ketib qolmasdi. Hammasi baravariga Temurbekning istiqboliga ishonar edi.
Shunday sharoitda ketib borarkanmiz, uzoqdan bir to'p kishining qorasi ko'rindi. Yaqinlashganimiz sayin ularning soni ko'payib ketaverdi. Temurbek ularning yoniga xabarchi qorovullami yubordi.
Xabarchilar tezda ortga qaytib:
— Amirim, u sizning sodiq va sobiq navkaringiz Qozonchi
110
Bahodir ekan. Jeta lashkaridan yuz otiiq bo'lib ajralib chiqi- shibdi. Sizni qidirib yurishgan ekan, — dcyishdi.
Temurbek darhol Qozonchini olib kelishlarini buyurdi.
Men bu yigitni juda yaxshi tanirdim. Ilgari Temurbekning sabog'ini yaxshi olgan. Keyin nima sababdandir Jeta lashkari- ga qo'shilib ketgandi. Endi mo'g'ullar safidan chiqibdi, demak, bir gap bo'lgan. O'zi hozirgi zamonda birovga ishonib bo'lmay qoldi. Ko'z ochib yumguningcha yoningda sen bilan birga jon olib-jon beradigan, har qanday qiyinchilikni pisand qilmay- diganlar dushman tomonga o'tib ketadi. Shu tomonda turib, senga qarshi qilich yalang'ochlaydi. O'ng'ay kelsa, boshingni tanangdan judo qilishi ham hech gap emas.
Qozonchi Bahodir kelib otidan tushdi-da, Temurbekning oyog'ini o'pdi. Temurbek ham otdan tushib, uning boshiga mandil (bosh kiyim) ini qo‘ydi-da:
— Xush kelibsan, Bahodir! — dedi.
Endigina Garmsirdan chiqqanimizda bor-yo'g'i qirq kishi edik. Mana, ozgina fursat o'tar-o'tmas bir yuz ellik beshtaga yetdik. Bu bizni Allohning o'zi yorlaqayotganidan darakday tuyildi menga. Bu toinonlardan karvon o'tmaydi, shu bois- dan o'nqir-cho'nqir, baland-past yo'l. Bitta yaxshi tomoni, qa- roqchilar izg'ishmaydi. Umuman olganda, biz qaroqchilarning o'zini ov qilib qo‘yamiz-u, lekin, har qalay, shular ham kayfi- yatni buzadi-da.
Biz Arsaf darasiga yetib bordik va shu yerda qarorgoh tikdik.
Ertasiga Temurbek ikkimiz otlanib atrofni aylandik va da- raning o'rtasidagi balandlikka chiqdik. Atrof kaftdek ko'rindi. Yana biram xushhavo ckanki, odamning dili yayraydi. Qani boshingda tashvishing bo'lmasa-yu, sayru sayohat qilib yur- sang. Shu o'y miyamga keldi-yu, kulgim qistadi. Keyin o'zimga o'zim «Tuya hammomni orzu qilibdi», deb qo'ydim.
Ertasiga bomdod namozidan so'ng tcpalikka yaqinlashib kelayotgan qo'shinga ko'zimiz tushdi. «Nahotki ortimizdan dushman tushgan bo'lsa? Dushman bo'lsa, kim u?» degan o'y keldi xayolimga. Lekin Temurbek kelayolganlarga sinchiklab qaradi-da: «Bor-yo'g'i yctmish kishi», dcdi.
Biz adir bo'yidagi lashkardan alohida tepalikka chiqib, namoz o'qigandik. Shu bois ikkalamiz edik. Darrov tulporla- rimizga mindik-da, kelayotganlar tomon ot choptirdik.
ill
Ular bizni ko'rishi bilan to'xtashdi. Biz ham yaqinlariga bormadik.
— Ey, bahodirlar, kimsizlar?! — baqirdi Temurbek.
— Temurbekning navkarlarimiz! Amirni izlab yuribmiz! — javob berishdi ular.
— Men ham uning navkarlaridan bo'laman, yuringlar, uning qayerdaligini ko‘rsataman! — deya Temurbek menga qarab qo'ydi.
Ular bizni yonlariga chaqirishdi. Bordik. Darrov tanib olishdi Temurbckni. Sababi, ular uch favj (bo'linma) bo'lib, biri- ning sardori Tug'luq Xoja Barlos, ikkinchisiniki Amir Say- fuddin va uchinchisiniki Tutak Bahodir ekan. Aynan ular Tcmurbekni tanishdi va har uchalasi ham otlaridan sakrab tushib, yonimizga yugurib kelishdi-da, tiz cho'kishdi. Temurbek otdan tushdi. Birining boshiga mandilini, ikkinchisining yelkasiga juda nozik ishlanib, oltin bilan ziynatlangan kamari- ni qo'ydi, uchinchisiga esa choponini kiygizdi.
Har uchovining ham ko'ziga yosh keldi. O'rinlaridan turib, Temurbek bilan quchoqlashib ko'rishishdi.
— Movarounnahrda, biz borgan boshqa shahar va qal'alar- da nomingiz o'ta mashhur bo'lib keldi. Mo’g'ullar sizga ro'ba- ro* bo'Iishdan cho'chib qolishdi. Ammo zulmlari oshgandan- oshib boryapti. Bir kun yo'qki, xalqni talamagan bo’lishsa. Hammaning umidi sizdan, — dedi Tug'luq Xoja Barlos.
Temurbekning qo'li musht bo'lib tugildi. U, odatda, o'ta asabiylashsa shunday ahvolga tushar va bunday mahal undan uzoqroq bo'lgan ma’qul edi.
Temurbekning aft-angoridagi o'zgarishni ko'rgan sardor- lar birdan lablarini tishlashdi. Birorta gapni noto'g'ri gapirib qo'ymadikmi, degan xayolda bir-biriga qarab olishdi.
Temurbek Amir Sayfuddinning yelkasiga qoqib:
— Kuni keladi, mo'g'ullar ko'rsatgan sitamlari uchun javob berishadi. Olganlarini o'n chandon qilib qaytarishadi, — dedi.
Shu kuni safimizga qo'shilganlarni mehmon qildik. Ertasiga esa bizga Sher Bahrom kelib qo'shildi. U ilgari yoshligi- ga borib, Hindiston tomonga ravona bo'lgandi. Kelib Temurbekning oyog'ini o'pdi. Ming pushaymon ekanligini aytdi. Bundan bu yog'iga sadoqat bilan xizmat qilajagini ma’lum qildi.
112
— Qo'shinimiz soni uch yuzdan oshdi, — dedi o'sha kuni kcchki payl Temurbek. — Men, avvalo, o'zim bilan o'zim kengash qilib, Alachu qal'asiga hujum boshlashni niyat qildim. U ycrni oziq-ovqat va yuklarimiz saqlanadigan makon qilamiz. Ammo Ilyos Xoja u yerga o'zining Mengli Bug'a Sulduz ismli odamini qo'ygan va ko'pdan beri bu mo'g'ul hokimlik qilish bilan birga ham boylik to'playapti, ham lashkarlari sonini oshiryapti. Shunday ekan, qattiq qarshilik ko'rsata oladi.
— Amirim, shu choqqacha hech bir jangda mag'lub bo'lma- dik. Scyistonliklar bilan bo'lgan oxirgi urushda ham son ji- hatdan oz cdik. Lekin yengib chiqdik. Bundan chiqdi, Ala- chuni ham qo'lga kiritamiz va, albatta, shu yerdan boshlab katta qo'shin to'playmiz.
— Ma’qul, — dedi Temurbek hamda qo'shinni oyoqlantirish haqida farmon berdi.
Shunda Sher Bahrom yonimizga yugurib kelib:
— Amirim, chtimol, qal'ani biz jangsiz qo'lga kiritarmiz, sababi. mening Bo'g'a Sulduz bilan ilgaridan oshnachiligim bor. Sizning kuch-qudratingizni va uning bekordan-bekor o'lib ketishi mumkinligini aytsam, taslim bo'lishi mumkin, — dedi.
— Unda nur ustiga a’lo nurbo'luredi. Otlan va bizdan oldin uning yoniga bor, — dedi Temurbek.
Sher Bahrom jo'nab ketdi. Bu yoqda qo'shin ham yo'lga tushdi.
Ammo ko'p o'tmay Sher Bahrom qaytib keldi-da:
— Amirim, Sulduz bosh tortdi. «Meni Ilyos Xoja ishonib shu qal’aga boshliq qilib qo'ygan. Agar Temurbekka topshiradigan bo'lsam, nomardlik bo'ladi», dcdi, — deya boshini cgdi.
— Unda mard bo'lib o'lsin, — dedi Temurbek qat’iy.
Lekin jang bo'lmadi. Sulduz bizning qo'shin tortib borayot- ganimizni eshitib, oyog'ini qo'liga olib qochib qolibdi. G'oyat- da afsuslandik. Ayni chog'da xursand ham bo'ldik. Sababi, ta- lafot ko'rmay qal'ani qo'lga kiritgan edik. Yana faqat bugina emas, Do'lon Javin qavinidan uch yuz baquvvat yigit bizning qo'shinimizga qo'shildi. Bundan tashqari, amir Husayn kelib qoldi. Uning o'ttiz otliq va bir yuz yigirma piyoda askari bor ekan. Qanday qilib shuncha odam to'plaganini so'rab o'tirma- dik. Umuman, so'rash muhim ham emasdi. Xursand bo'lgan tomonimiz csa kuch-qudratimiz yanada oshgandi.
113
— Temurbek kim? — dedi o'sha kecha Века (mening xotinim). — Nega unga bunchalik sadoqat ko'rsatasiz? Ko'ryap- man, yonidan kelib kelayotganlar yoki kelib ketayotganlar ko'p. Ammo hamma undan birday qo'rqadi. Sizning esa qo'rqishin- gizni bilmayman. Biroq yonidan bir qadam ham jilmaysiz.
— Uni bizga Xudo berdi. Yonidan ketayotganlar adash- ganlar. Qaytib kelayotganlar esa adashganliklarini anglagan- lar. Men unga jon qarzdorman. Bundan tashqari, mo'g'ullarni ko'rarga ko'zim yo'q, — deya javob berdi m.
Xotinim gapimni yo tushundi, yo lushunmasa ham inda- may qo'ya qoldi. Rostini aytsam, hali-hamon unga to'ymagan edim. Mana, kelganiga qariyb bir oydan oshdi. Biroq muhab- batim hamon jo'shqin. Ba’zan u menga «Yana uylaning», dey- di. Men unamayman. Sababi, oldinda qiladigan ishlarim shu- naqangi ko'pki, oxiri sira ko'rinmaydi.
Biz Alachu qal'asida qolmadik, undan o'tib Suf darasida to'xtadik va shu yerga qarorgoh qurdik.
Temurbek darrov yon-atrofga beshtadan alohida-alohida xabarchi qo'riqchilarni yuborib: «Besh-о'п chaqirim narigacha boringlar, o'rganinglar, kimlar bor, nimalar qilib yurishibdi, hammasini bilib kclinglar», dedi.
Xabarchilar darrov jo'nab ketishdi. Men yotog'imga kirdim.
— Qani edi, hamisha ishlaringiz shu taxlit ildamlasa. Urush-janjalsiz yerlarni qo'lga kiritsanglar, — dcdi xotinim bo'ynimdan quehib.
— Bunday bo'lishini har kim ham lusaydi. Ammo o'zlari- ni bizdan kuchli hisoblaguvchilar ham yo'q emas. Sen Temurbekning xotinlari bilan yaqin bo'I. Men O'ljoy og'o Turmush og'oni ko'p chetlashidan xabarim bor. Hatto bir safar ikkisi- ning janjali ustidan ham chiqqanman. Garchi Temurbekka nisbatan amali pastroq odamning xotini bo'lsang-da, nasi- hat qilishga urinib ko'r. Ana Temurbek, garchi oramizda eng bilimli va bahodir bo'lishiga qaramasdan, har safar jang oldidan biz bilan kengash qiladi va shundan keyingina yurish boshlaydi, — dedim.
Века itoatkor edi. Shundan kelib chiqib «Baribir, eplolma- sa kerak», degan xayolga bordim. Chunki O'ljoy og'o o'ta aqlli ayol. Ba’zan erkaklaming xayoliga kelmaydigan fikrlarni ayta- diki, hayratdan yoqa ushlaysan. Lekin xotinimga shu gaplarni
114
aytib chakki qilmadim. Cliutiki o'zi ham ularga yaqin bo'lsa pishiydi.
Ertasiga Tuman Bahodirning o'g'li Amias ikki yuz otliq sipohi bilan safimizdan joy oldi. Uni xabarchi qo'riqchilar boshlab kelishdi. U Balx atrofida qaroqchilik bilan shug'ul- lanarkan. Temurbekning daragini cshitishi bilan yetib kelibdi. Otdan tushib, emaklab keldi. Temurbekning oyoqlarini o'pdi. Chunki Temurbck unga ycb qo'ygudek tikilib turardi.
— Sen o'zingnikini o'zing talab yuribsanmi?! — dedi Temurbek jahl bilan.
— Bir qoshiq qonimdan keching, shayton meni yo'ldan urdi. Yana nima qilarimni bilmay qoldim. Qayoqqa qaramay, bosqinchilar. Hali unisi kcladi, bor-budimizni talab ketadi, hali bunisi... Shuning uchun ham cho'lu biyobonlarni ixtiyor etgandim. Boshqa choram yo'q edi-da, — dcdi Amias ko'zidan duv-duv yoshini oqizib.
— Bir sen emas chorasiz qolgan. Ammo qaroqchilik yarang- ga malham bo'lolmaydi.
— Xizmatingizda bo'lay. Ne ish buyursangiz qilayin. Shu bilan zo'ravonlar zo'ravonligidan qutulay!
Temurbck kenglik qildi: Amlasni sipohlari bilan safga qo'shdi.
O'sha kuni Temurbek Tamukaga uch sherkelbat yigitni qo'shib Tcrmizga jo'natdi. «Boringlar, bilinglar, nima gap- so'z bo'lsa, kelib menga aytinglar», dedi va o'zi qo'shin bilan mashg'ulotga kirishdi.
Men o'sha kezda osmonda uchib yurgan bir qushni ko'rdim. Oldiniga burgut bo'lsa kerak, deb o'yladim. Keyin u lochinga o'xshab ketdi. Bir muddatdan so'ng bildimki, qanot qoqishi- dan lochinga ham o'xshamas ekan. U nuqul shug'ullanayotgan lashkar ustida qanot qoqmoqda edi.
Borib Temurbekka qushni ko'rsatdim. U bir lahza qush- ga termilib turdi. So'ng otidan tushdi. Uni ko'rib men ham o'zimni yerga otib yuboribman. Buni qarangki, qush xayo- limni olib qo'yganidan sal bo'lmasa yiqilib tushayozdim. Yax- shiki, mening munkib ketganimni Temurbekdan boshqa birov ko'rmadi. Aks holda rosa kulgiga qolgan bo'lardim.
— Men, — dedi Temurbek qushdan ko'zini olmagan ko'yi, — jarohatlanishimdan oldin g'alati tush ko'rgandim. Bir nar-
115
von tik turgan emish. Oyog'i yerga tegib turibdi. Ammo te- pasi havoda, hech nimaga suyanmagan. Yonida hayron bo'lib qarab tursam, g'oyibdan bir ovoz «Chiq», dedi. Men atrofim- ga alangladim. Ammo hech kimni ko'rmadim. Yana buyuril- di: «Chiq!» Men «Chiqolmayman. Narvon hech nimaga tiral- magan, oyog'imni qo'yishim bilan yiqiladi», dcdim. Ammo yana o'sha ovoz «Chiq», dedi. Shundan kcyin men beixtiyor narvonga oyoq qo'ydim. Buni qaraki, u yiqilmadi. Qalbimda qandaydir jo'shqinlik paydo bo'ldi. Bir mahal oldin oyog'im- da, keyin qo'limda kuchli og'riq sczdim. Ular tortishib qol- ganday edi. Shunga qaramasdan yuqorilayverdim. Qo'liinning og'rig'i bir oz pasayganday edi. Buning ustiga, u mening gav- damni bemalol ko'tara olardi. Ammo oyog'ini zo'rg'a menga bo'ysunardi. Shu taxlit narvonning eng tcpasigacha chiqib oldim. Shunda quloqlarim ostida shunday so'zlar jarangladi: «Yetti iqlim hukmdori bo'lasan. Sayyidlar, olimlar, usta va hunarmandlar, shoirlarga teginma. Ularga hamisha homiy- lik qil». Shundan keyin uyg'onib ketdim. Ko'p vaqt o'tmasdan tushim o'ngidan kelib, ham oyog'ini, ham qo'limdan yaralan- dim. Shunda tushim ijobat bo'lganini angladim. Bu qanot qo- qayotgan qushda ham qandaydir hikmat bordir.
U shunday deyishi bilan ot choptirib kelayotgan Tamukaga ko'zimiz tushdi. Yaramas otga uzluksiz qamchi bosardi. De- makki, qandaydir o'ta muhim xabar bilan kclyapti.
Tamuka yonimizga kelishi bilan otdan sakrab tushdi-da, ta’zim bajo keltirgach:
— Amirim, Termizni mo'g'ullar talashibdi. Bolalar otasiz qolgan, ayollar yoqalarini yirtib, sochlarini yulib dod solish- yapti! — dcdi.
Temurbek titrab ketdi.
Onalar, bolalar iztirobi hamisha Temurbekni junbishga keltirardi. Hozir ham shunday bo'ldi. Uning holatini ko'rgan Tamuka bir oz ortga chekindi. Men esa buyruq kuta boshla- dim. Bo'ldi buyruq. Temurbek menga yuzlandi-da:
— Qo'shin jangga tayyorlansin, — dedi.
Otimni ortga burib, qamchi bosdim va zumda o'tovlar yoniga yetdim. Baland ovozda:
— Jangga hozirlaning! — deya baqirdim.
Ovozimni eshitganlar yugurib qolishdi. Temurbek kutishni
116
ko'p yoqtirmaydi. Buyrug'i zudlik bilan ado etilishini xohlaydi. Shuning bilan birga shoshma-shosharlikni ham jini suymaydi. Bu degani — ishni tez va sifatli bajarish lozim.
Hash-pash deguncha qo'shin jangovar holatga keltirildi. Bu yerda faqatgina haram o'tovlari qoldiriladigan bo'ldi. Ularga o'n nafar soqchi tayin qilindi. Shuningdek, qolayotganlarga O'ljoy Turkon og'oni bosh qilib tayinladi Temurbek. Qal’iyatli, tadbirkor ayol allaqachon qilichbozlikni, kamondan o'q uzish- ni o'rganib olgandi. Demak, bemalol uncha-muncha dush- manga qarshi tura oladi.
Biz yo'lga tushishimiz bilan xabar keldi. Ilyos Xoja shu atrofda ekanligimizdan xabar topib, qo'shinini Jayhun dar- yosi bo'yiga joylashtiribdi. Xabar Temurbekni zig'ircha bo'lsin cho'chitmadi. U judayam xotirjam cshitdi. So'ngra otining qorniga niqtadi.
«Demak, bizg'olibmiz. Raqibni yer bilan bitta qilib tashlay- miz», deya o'yladim. Chunki Temurbekni bunaqangi paytda to'xtatib bo'lmaydi. Xorazm hokimi To'kalning ming kishilik qo'shinini oltmish olliq lashkar bilan tor-mor keltirishimizdan oldin ham Temurbekning aft-angori xuddi shunaqa edi. Mana, u ikkinchi marta shunday ahvolda. Bu yerdagilarning ko'pehiligi yangilar va ularning-da aksariyati Temurbekka kcl- gan yangilikdan xabar topishgandi. Ular Temurbekning pinak buzmaganligini ko'rib hayratlanishdi. Eskilar esa Temurbek kabi otlarini niqtashdi.
Bir kecha-kunduz yo'l bosilganidan so'ng Daragez (Balx- ning janubiy tarafida) darasiga kirib bordik. Bizdan shimol- da Jayhun irmog'i bor edi. Aynan o'sha joyda Ilyos Xojaning lashkari ot choptirib yurardi. Temurbek o'ng qo'lini yuqoriga ko'tarib, qo'shinni yurishdan to'xtatdi. Biz narigi sohildagilar- ga yovqarash qildik. Ana shunda ajoyib xushxabar keldi. Su- laymon Barlos, amir Muso Barlos, amir Jaku Barlos, amir Jaloliddin, amir Hinduka Barlos (hammasi Temurbekning urug'doshlari. Bir paytlar ular bizning safimizda bo'lishgan. Endilikda Jeta qo'shini tarkibida edi) Ilyos Xojadan yuz o'gi- rishib, sipohlari bilan birga bizga qo'shilmoq uchun kclisha- yotgan ekan. Xabarni Tulan Bug'a keltirdi. U avvaliga otidan tushib, Temurbekning yoniga keldi-da, uning uzangida turgan o'ng oyog'ini o'pdi. Kcyin xushxabarni aytdi. Gapining oxiri
117
da «Hamma amirlar sizning mulozimlaringiz bo'lishini alohi- da ta’kidlashdi. Umrlarining oxirigacha sadoqat bilan xizmat qilajaklari to'g'risida ont ichishdi», dcdi.
Ayni katta dushmanga ro'baro' bo'lib turganimizda bu ulkan yaxshilik alomati edi. Bundan nafaqat Temurbek yoki men, balki oddiy sipohlargacha xursand bo'lishdi. Hayqirishdi. Hayqiriq butun darani tutdi, g'anim tomondagilarning yugurib yurgani ham joyida to'xtab, biz tomonga qarashdi. O'zi shun- dog'am Temurbekning kundan-kun kuchayib kctayotganligi ovozasi hammayoqqa tarqab bo'lgandi. Ehtimolki. Ilyos Xo- janing qo'shini yurak hovuchlab ham turgandir. Buning ustiga, ushbu hayqiriqlar ularning suyaklarigacha titratib yuborgan bo'lsa, ne ajab.
— Amirlar, — dedi Tulan Bug'a entikib, — tunda hujum qilmog'ingiz durust, dcyishdi.
— Jeta qo'shinining soni nechta? — so'radi Temurbek.
— Olti ming.
— Bizga qo'shilish istagini bildirgan amirlar qancha lash- karga ega?
— Mingta.
— Biz kunduzi qilich yalang'ochlaymiz!
Uning ovozidagi shiddatkorlik hammaning ruhini ko'tarib yubordi.
Temurbek qo'shin hozircha dam olib turishini layinlab, o'zi irmoq bo'yiga bordi. Otining jilovini goh u tomonga, goh bu tomonga burib, irmoq bo'ylab yurdi. Bu hoi meni tashvishga soldi. Chunki jilg'aning narigi qirg'og'i bilan bcrigi qirg'og'i orasi judayam yaqin edi. Agar u tomondan kamon o‘qi otil- sa, bemalol bu tomonga yetib keladi. Demak, yakka o'zi yur- gan Temurbekni bemalol otidan ag'darishi mumkin. Shularni o'ylab, ot choptirib Temurbekning yoniga bordim. U menga hatto qarab ham qo'ymadi. Narigi tomonga qarab baqirdi:
— Amiringizni chaqiring! Men Amir Temurman! Gapla- shishni istayman!
Temurbek irmoq bo'yiga borganida narigi tomonda sakkiz- tacha otliq paydo bo'lgan va Temurbek bilan tengma-teng u qayoqqa borsa, shu tomonga otlarini burib yurishgandi. Temurbekning gapini eshitishlari bilan oralaridan birovi ajralib chiqib, o'tovlar tomon ot choptirdi. O'tov irmoqdan to'rt yuz
118
qadamcha narida edi. 0‘tovlardan biri katta, boshqalaridan ajralib turardi. Yana qizil rangda bo'lib, tepasida uchburchak bayroq hilpirardi. Chopar ayni shu o‘tov yonida otidan tush- di-da, ichkariga kirib ketdi. Zum o'tmay chiqdi. Uning or- tidan bcsh-olti kishi ko'rindi. Ularga shu zahoti ot kcltirildi. Hammasi otlarga minishdi va biz tomonga kelishdi. Irmoq- ning narigi qirg'og'ida to'xtashdi.
— Seni ilgari ham ko'rganman... Kcyingi eshitgan gaplarim meni hayratga soldi. Ishongim kclmadi. Yana bir bor ko'rish istagi paydo bo'ldi. Hozir oralig'imiz garchi oltmish-ctmish qadamcha csa-da, ko'rib turibman, oldingi Temurbckdan farq- li joying yo'qqa o'xshaydi. Dcvkclbat deyishgani yolg'on ekan- da! — dedi va xoxolab kuldi ulardan biri.
Uning boshqalardan ajralib turgan tomoni, boshidagi qal- poq. Qizg'ish tusdagi uzun junli hayvon terisidan ckanligi shu ycrdanoq ko'rinib turardi. Yana oti ham sovutlangandi.
— Demak, aldashibdi va sizdayin pahlavonning bo'hnag'ur gapga ishonib qolgani meni hayratlantirdi, — deya javob berdi Temurbek.
— Xo'sh, gapir, o'z ixtiyoring bilan qilgan gunohlaring- ni bo'yningga olib, joningni so'ramoqchimisan?! — dcdi Abu Sa’id.
— Siz-ku, llyos Xojaning hukmidagi amirsiz. Men Tug'luq Temurxonning ham yoniga jonimni so'rab borgan emasman. Aytmoqchi bo'lganim, menga kclib qo'shiling, birgalikda Turonzaminni gullataylik. Uning yovlariga qarshi kurashay- lik. O'zaro kclishmovchiligimiz sabab qon daryo-daryo bo'lib oqdi. Ammo bundan g'animdan o'zgasi foyda ko'rmadi. Ah- vol shu taxlit davom etadigan bo'lsa, navbat sizga ham kela- di. Urug'-aymog'ingiz chek-chegarasiz azob girdobida qola- di. Bularni ko'rishni istamasangiz kerak. Ko'rib qo'ying, ilgari men yolg'iz edim. Hozir atrofimdagilar ko'paygan. Agar siz ham qo'shilsangiz, bizni yengadigan kuch bo'lmaydi, — dedi Temurbek.
— Haq gapni aytding...
Abu Sa’id shunday deyishi bilan u yoqda g'ala-g'ovur bosh- lanib ketdi.
— Biz, — deya o'kirdi amirlardan biri, — sendan ikki chan- don ko'pmiz! Ustingga qora bulutday bo'lib borib, jala bo'lib
119
yog'ilamiz va bundan birorta ham lashkaring omon qolmaydi!
— Jala tugul, undan battaridan ham qutulishning chorasi bor. Ammo bulut har qancha qora bo'lmasin, yog‘ishdan, albatta, to'xtaydi!
— Ishimizni ungacha hal qilamiz...
Temurbek ularning boshqa gapini eshitishni istamadi. Otini ortga burdi. Qo'shin yoniga bordi-da:
— Yovga o'lim! — dedi.
Hayqiriq ko'tarildi.
Butun qo'shin irmoq yoniga keldi va oqim tomonga yura boshladi. Keltirilgan xabarga qaraganda, shu tomonda irmoq chuqurlashadi vajuda torayadi. Qirg'oqlar oralig'i ikki qadam- cha bo'lib qoladi va qo'shin narigi tomonga bcmalol o'tib olishi mumkin.
Narigi tomondagilar ham biz bilan tengma-teng yurishdi va o'tish joyida har ikki tomon ham saf tortdi.
Temurbek qo'shinni yetti bo'lakka bo'ldi. Shundan ikki far- jin besh yuz otliqdan (bo'linma) ikki qanotga joylashtirildi. Qolgan bo'litunalar oldinma-keyin alohida-alohida saflandi. Agar o'rtadagi asosiy lashkarlarga uzoqdan qarasangiz, ularning besh bo'lak ckanligini fahmlay olmaysiz.
Dushman tomon ham xuddi shunday tartiblangandi. Biroq o'q oldi qo'shin bitta edi. Bo'laklarga bo'linmagandi.
Jang boshlandi. Bizdan besh yuz otliq hujumga o'tdi. Ular- dan esa o'rta bo'g'inining hammasi.
Qiy-chuv, oh-voh hammayoqni tutib ketdi. Temurbek ora- dan bir muddat o'tib, navbatdagi besh yuz otliqni safar- bar etdi. Yana ozroq fursat o'tib, uchinchi bo'linma qilichini yalang'ochlab oldinga tashlandi. Dushman csankiradi. Chunki yangi-yangi kuchlarning tashlanayotgani Jeta askarlarini va- himaga solib qo'ydi va to'rtinchi bo'linma jangga kirganida yov chekina boshladi.
Bunday bo'lishini kutmagan Abu Sa’id ikki qanotidagi lash- karini jangga soldi. Ular bir oz muvozanatni tiklagan bo'lish- di. Agar bizning boshqa sipohlarimiz bo'lmaganida, ehtimol, qo'llari ham baland kelishi mumkin edi.
Shundan so'ng Temurbekning o'zi jangga kirdi. Uning havoda qilich o'ynatayotganini ko'rgan lashkarlarimizning ruhi yanada ko'tarildi va qirg'inbarot avjiga chiqdi.
120
Abu Sa'id qarasa, o‘zining joni ham xavf ostida qolyapti. Bunday paytda eng to'g'ri yo‘I — qochish. U shunday qildi. Amirul-umaroning ahvolini ko*rgan jetaliklar sochilib ketish- di. 0‘shanda men sipohlarimizning har biri Temurbekka ayianib qolganini ko'rdim.
Dushmanning ulgurgani qochib, jonini saqlab qoldi. Qol- ganlari shamshirlar zarbasidan yer bilan bitta bo'ldi.
Bu juda ulkan g'alaba edi. Biz hali biror marta mo'g'ullarni bu darajada mag'lub etmagandik.
Birinchi bo'lib men hayqirib yubordim.
Mo'g'ullarning o'tovlarida juda ko'p oltinu kumush bor ekan. Bundan tashqari, oziq-ovqat zaxirasi ham mo'l ekan. Hammasi zumda bizning mulkimizga aylandi.
Jangda Temurbekning chapdastligini, chaqqonligini ko'rgan yangi sarbozlarimizning unga nisbatan hurmati oshdi. Qo'lga kiritilgan o'ljaning birortasini ham o'ziga olib qolmay keltirib Temurbekning oyog'i ostiga tashlashdi. Oltin, kumush, qim- matbaho toshlar bir uyum bo'ldi.
— Abbosbek!
Temurbek ilk marotaba mening ismimga «Ьек» qo'shim- chasini qo'shgan edi.
Men hayratlangancha va yana mendan boshqa Abbos ismli odam bormikin degan o'yda unga yuzlandim. Temurbek menga tikilib turardi.
— Oltin-kumushlarning hammasini lashkarga bo'lib bering. Birorta ham sipoh quruq qolmasin. Shuningdck, jangda jonini berganlar haqini ham olib qo'yinglar. Vaqti kclib ularning oilalariga ro'baro' bo'iganimizda tovon sifatida boramiz!
Ochig'i, bunday odil hukmdor bo'lmasa kerak. Har bir amir, xon bo'lsin, avvalo, o'zini o'ylaydi. Keyin, mabodo ort- sa, boshqalarga beradi. Lekin ortishi amrimahol.
— Xo'p, — dedim itoatkorlik bilan va shu zahoti ishga kirishdim.
Temurbekning qarori hozirda uning yonidagilardan eng ulug'i hisoblanmish amir Husaynga yoqmadi. Buni u yuzini shartta boshqa tomonga burish bilan ifoda etdi. Keyin bunga ham qanoat qilmay:
— Oldimizda jangu jadal ko'p, aqcha xo'p kerak bo'ladi, — dcdi.
121
Temurbek unga nafrat bilan boqdi-da:
— Bizga oldingilari ham yetib ortadi! — deya uning taklifi- ni keskin rad ctdi.
Ertasiga haram ahli yetib keldi. Ularning kelishi bizning shodligimizga shodlik qo‘shdi. Axir qilgan ishing haqida kimgadir maqtanishing, undan olqish dishing kerak. Shunda ruhing yanayam ko'tariladi. Biz shunday qildik. Faqat Temurbek emas. U g'olib bo'lganimizda ham, mag'lub bo'lganimiz- da ham ortiqcha suyunmas va kuyunmas edi. Odati bo'yicha chodirlardan ancha olislab ketdi. Men shu safar bormadim. Ruxsat tegmadi. «Allohga jonim kerak bo'lsa, sen tugul, ming qo'shin bilan qo'riqlasang ham oladi. Hali yerda qiladigan ish- larim ko‘p bo'lsa, yolg'iz o'zim ming dushman lashkari orasi- dan ham omon chiqaman», dedi Temurbek.
Oftob botdi. Atrofga qorong'ilik etagini yoya boshladi. Ammo Temurbekdan darak yo'q edi. Xavotir olib o'tirganim- da O'ljoy og'o kelib:
— Tashvishim ortib boryapti, yo'lchi yulduzga biron kor-hol bo'lmadimikin, degan xavotirdaman, — dedi.
— Temurbek siz bilan biz ko'rganimizdan bir oy oldin xa- bardor bo'ladi. Shu bois xavotiringiz o'rinsiz. Halizainon kelib qoladi. Mabodo kelmasa, tongda kcladi. Aniq bilamanki, quyosh chiqqunicha borgan joyida qolmaydi, — deya uning ko'nglini ko'targan bo'ldim.
Hartugul yolg'onchi bo'lmadim. Osmonni yulduzlar to'la qoplab olmasidan Temurbek keldi-da, menga barcha amirlar va beklarni kengashga chorlashimni buyurdi. O'zi esa oqsoq- langancha ichkariga kirib ketdi.
Sipohlaru amaldorlar bir haftacha dam olsak kerak, dcgan o'yda ekan. Shu bois chorlov sababini surishtirishdi. Men ularga yelka qisib javob berdim va hammadan oldin Temurbekning o'toviga kirib bordim. Temurbek haram ahlini boshqa chodir- ga chiqarib yuborgan, o'zi qo'llarini orqa qilgancha xayol su- rib, chodir ichkarisida u yoqdan bu yoqqa borib kelardi.
Biz to'rt muchamiz sog‘, kun bo'yi chodirdan chiqmay yot- dik. Hali charchog'imiz tarqamadi. U esa shu paytgacha qa- yerlardadir yurib keldi. Yana mayib oyog'i bilan. Biroq sira horiganga o'xshamaydi.
Temurbek meni ko'rib, to'rdagi ko'rpachaga o'tirdi. Mcn-
122
ga ham yonidan joy ko'rsatdi. So'ng amir Husaynni yonidan o'tqazdi. Boshqalar ham mavqeiga ko'ra o'tirdilar.
— G'olib bo'Iganimiz, — deya gap boshladi Temurbek, — Turonzaminda shov-shuv bo'lgan bo'lsa, ajabmas. Chunki mo'g'ullar paydo bo'libdiki, shu paytgacha biror marta ham bunday katta talafot ko'rmagan.
— Umrlari tugab borayotganini sezishgan bo'lishsa kerak, — dcdi amir Jaloliddin.
— Ammo biz hali yo'l boshidamiz. Shu bois o'zimizga or- tiqcha baho berishga, xotirjamlikka berilishga, qo'lni qo- vushtirib o'tirishga haqimiz yo'q. Ertagayoq Termiz sari yo'lga tushishga qaror qildim, — deya Temurbek o'tirganlarga bir-bir qarab chiqdi.
— Biz sizning mulozimingizmiz va shunday deb yoningiz- ga kcldik. Amr qildingizmi, vojib. Albatta, yo'lga chiqamiz. Basharti ertaning o'zidayoq mo'g'ullar bilan jang qilish zarur bo'lsa, bunga ham tayyormiz, — dcdi amir Jaku Barlos.
Uning gapini boshqalar ham tasdiqlashdi.
— Mening, — dcdi amir Husayn Temurbekka qarab olib, — Balxga borganim durustroq. Shunday qilsam, qo'shimcha qo'shin to'playman va ortingizdan borib, navbatdagi urushga qo'shilaman.
— Ma’qul, — dedi Temurbek unga javoban, — men siz, amir janoblariga aynan o'sha topshiriqni berishga qaror qilib turgandim. Zero, bu o'lkalarni sizdan ortiqroq biladigani ora- mizda yo'q. Endi men sizning vaqtingizni ortiqcha olmayin. Tayyorgarligingizni ko'ring.
Hamma chiqib ketdi. Bir mengina Temurbekning yonida qoldi m.
— Sergaklikni unutma va hech kimga ishonma, ayniqsa, — deya Temurbek o'ng tomonidagi ko'rpachani ko'zi bilan ko'rsatib qo'ydi, — mana bunga.
Men «Tushundim» degandek boshimni qimirlatdim va shundan keyin o'z chodirimga ketdim.
Charchog'im hali to'la yozilmagandi. Axir kechagi jang ozmuncha bo'lmadi. Rosa pishigan, rosa ta'lim olgan dushman qo'shinini yengishning o'zi bo'lmadi, albatta. Biroq negadir sira uyqum kclavermadi. Yonimda Века. U ham uxlamayap- ti. Shunchaki baqrayib yotibdi. «Bizdan ko'ra bularga qiyin, —
123
o'yladim men, — Xudo ko'rsatmasin, mag‘lub bo'lsak, dushman sog‘ qo'ymaydi. Kamida eng kichik sipohga xotinlikka berib yuboradi... Bo'lmasa... Yo'q, u yog'ini xayolimga kelti- rolmayman. Dahshalning o'zginasi. Shunday bo'lmaslikning eng maqbul yo'li — hech qachon, hech qayerda yengilmaslik!» — Hazratim, — dedi Века.
Men u tomonga boshimni burdim.
— Ertaga yurish bo'ladimi?
Men Temurbekning o'tovidan qaytganimdan keyin unga hech nima demagan edim.
— Shunday, — deya javob berdim.
Века chuqur xo'rsindi va meni mahkam quchdi. Undan boshqacha bo'y dimog'imga urildi. Vujudim yayrab ketdi...
Yengil tortdim. Aslida, charchashim kerak edi. Buning o'miga qandaydir quvvat oldim va Bckani oldingidan-da yax- shi ko'rib ketdim.
— Siz o'lmaysiz, to'g'rimi? — dedi u ko'ksimni si lab.
— Bizga o'lim begona.
— Lekin kechagi urushda Temurbekning yarim qo'shini qi- rilib ketdi. Keyingisida kim omon qoladi, bunisi qorong'i.
— Men hech qachon o'iimdan qo'rqmayman. Qo'rqqa- nimda cho'lma-cho'l, tog'ma-tog* kezmasdim. Biz endi ortga chekinmaymiz.
Bosqinchilarni bitta qoldirmay qirishimiz kerak. Shunday ekan, o'lmaymiz ham. Ertaga uzoq safar bo'ladi. Sen uxla- shing kerak, — deb uning ustiga ko'rpa tortib qo'ydim.
Peshin payti yo'lga tushdik. Har doimgidek oldinda Temurbek ikkimiz borardik. Bundan oldinroq o'n otliqni nazorat qilish uchun jo'natdik. Ularbizdan oldin suvdan kechib o'tishadi va dushman haqida ma’lumot to'plab, bizga yetkazishadi.
Albatta, haram ahli va yuklar bilan tez yurib bo'lmaydi. Ammo bizda qandaydir oshiqish bor edi. Ertaroq Termizga yetsak, o'rnashsak va lashkarlar sonini yanada ko'paytirib, mo'g'ullarga qarshi jang qilsak, deb o'ylardik.
Oldinga ketganlardan har-har zamon bittasi ortga qaytib ke- lar, xatar yo'qligini aytar va yana iziga qaytib ketar edi.
Safarimizning uchinchi kuni suvga yetib, daryo bo'yida to'xtadik. Xuddi shu yerda bizni ilg'or xabarchilar kutib tu- rishardi.
124
Temurbek ularga yana yo‘lda davom etishni buyurib: «О1- diniga Qahlaqa qal’asini (Boysundan g'arbda Sarimas tizma- sidagi tor dara) qo'lga olamiz. Keyin Termizga boramiz. Shu bois Qahlaqa qal’asi atrofini obdan kuzatuvdan o'tkazinglar!» dcdi.
Kuzatuvchilarning nihoyatda charchagani bilinib turardi. Shu narsaga c’tibor bermagan ekanmiz, afsus.
Uch tomonimizdan suv o'rab turardi. Dushman bizga ycti- shi uchun avval suvdan kechib o'tishi kerak. Demak, xavfsiz- roqmiz. Har qalay, suvdan birovga bildirmasdan kechib o'tib bo'Imaydi. Shunga qaramay daryoning narigi qirg'og'iga ham uchta o'tov tikib, soqchilami joylashtirdik.
Tun osuda edi. Chigirtkalar ham sayramay qo'yishgandi. Bu narsa Teinurbekni bczovta qildi. U menga «Damingni ol. Men tashqarida bo'laman. Nima bo'lgan taqdirda ham, qo'shinni boshqarishi mumkin bo'lgan bitta odam sergak turishi lozim», dedi. Uning bu gapiga, ochig'i, tushunmadim. Ammo buyur- di, bajarish kerak.
O'tovga kirib yotdim.
Allamahalda qulog'imga qiyqiriqlar eshitildi va sapchib o'rnimdan turib ketdim-da, tashqariga yugurdim. No ko'z bilan ko'rayki, daryoning narigi qirg'og'i to's-to'polon bo'lib yo- tibdi. Shu zahoti qo'shinni oyoqqa turg‘izdim-da, jangga hozir- ladim va daryo bo'yida turgan Temurbekning yoniga bordim.
Biz tikkan o'tovlar yondi. O'tov yonmadi, mening ichim yondi. U yerda bizning o'n uchta qo'riqchi sipohimiz bor edi. Alamdan qilichimni yerga sanchib, Temurbekka:
— Daryoni kechib o'taylik! — deya baqirdim.
— Yo'q! — dedi u keskin.
Qonim qaynab, jonim chiqib ketayozdi va o'tirib qoldim- da, alam bilan yonayotgan o'tovlami kuzatdim. U yoqda qiyqiriqlar eshitilardi.
Eng yomoni, qo'riqchilarimizga kim hujum qilganini, qan- day qilib g'aflatda qolganimizni bilmas edik. Sababi, ulardan oldinda ilg'or xabarchilarimiz bor edi...
Tong ota boshlaganida suv shaloplagani eshitildi va daryo bo'yidagilarning diqqati oshdi-da, hamma baravariga suvga tikildi. Bir ozdan so'ng bitta qora sharpa suzib kelayotgani- ni ko'rdik. Yaqinroq kelganidan keyin ilg'adik: Bahodir Mu-
125
ham mad. Bechora zo’rg'a qirg'oqqacha yetib keldi. Darrov ikki sipoh suvga tushib, uni tortib oldi. U bazo’r nafas olardi. Suv- dan chiqqach, yelkasi bilan belidan qon sizib chiqa boshladi.
— Amirim... — dedi u yutinib qo’yib. — Jeta qo'shini... Katta qo'shin...
Bahodir Muhammad boshqa gapirolmadi. Ko'zi yumildi. Ammo nafas olardi. Temurbek uni darrov o'tovga olib kirib, yarasini bog'lashni buyurdi.
Quyosh terak bo'yi ko'tarildi va suvga narigi lomondan qa- yiq tushirildi. Qayiqqa ikki kishi chiqdi va eshkak eshib biz tomon kela boshlashdi. Ularning oq bayrog'i bor edi. Demak, clchilar. Men hali g'azabimni bosolmaganim uchun sham- shirimni qinidan sug'urdim.
— Elchiga teginilmaydi, — dedi Temurbek menga qarab qo'yib.
Elchilar yetib kelib, Temurbekka noma tutqazishdi. «Men Ilyos Xojaning o'ng qo'li hisoblanmish Bekkichikning inisi Alachunman. Ustingga hadsiz-hisobsiz qo'shin bilan kcldim. Ixtiyoring bilan taslim bo'lsang, joning omon qolgay», deb yo- zilgandi unda.
Temurbek maktubni ylrtib tashladi-da, elchiga «Elchi bo’lganing uchungina boshingni tanangdan judo qilmadim. Agar majbur qilishsa ham, boshqa bunday maktub keltirma!» dedi.
Elchining rangi oqarib, qo'li qaltiradi va «Хо'р», dedi-da, iziga qaytib ketdi.
Alachun hujumga o'tolmadi. Qo'rqdi. Bizning qo'shin uni- kining oldida bamisoli fil qarshisida turgan sichqonday edi. Shunday bo'lsa ham daryoni kechib o'tishga jazm ctolmadi. Temurbekning shon-shavkati bunga yo'l qo'ymadi. Buni hamma bilardi. Shu bilan ham g'ururlanardi.
Ilg'orxabarchilarimiz qaytib kelishdi. Kelishdi-yu, o'zlarini Temurbekning oyoqlari ostiga tashlashdi.
— Qatl eting, biz shunga munosibmiz! Faqatgina sizning qo'lingizda o'lim topsak, ko'nglimiz taskin topadi. Agar biz uxlab qolmaganimizda, dushman yonimizdan o'tib ketayot- ganini sezgan bo'lardik. Vaqtida xabar yetkazgan bo'lardik, — deyishdi ular.
Temurbek ularni afv etdi. Izoh berib o'tirmasdan «Yax-
126
shilab tamaddi qiling va dam oling», dedi, xolos. Menim- cha, Temurbck bu borada o'zini aybladi. Ehtimol, men ham bunga sababchidirman. Chunki ilg'or xabarchilarni safarga jo'natishimizdan oldin ularning nechog'li charchaganligini ko'rgandim va agar Temurbek sezmagan taqdirda ham men bu haqda aytishim kerak edi. Agar ilg'or xabarchilar jazolangani- da, men ham boshimni kundaga qo'yishga tayyor edim. Xayri- yatki, Temurbek ularni kechirdi. Jumladan, meni ham.
Jeta lashkari bir oy turdi. So'ng, baribir, hamlaga o'tolmay ortiga qaytib ketdi. Aftidan, ular yana qo'shimcha kuch kutish- gan. Biroq yordam bo'lmagach, jonlarini xatarga qo'yishdan tiyilgan.
Qo'shinda, baribir, sarosimalik bor edi. Ularning kayfiyati tushkun edi. Shu bois Jeta qo'shini ortidan tushmadik. Buning o'rniga Temurbck bitta bo'Iinmani poyloqchilikka jo'natdi.
Biz Badaxshon viloyatiga tegishli Hulm (Afg'onistonning shimolidagi shahar) shahri tomon yo'lga tushdik. Temurbek o'sha yerda turib yana qo'shin to'plashni reja qildi.
Men Jeta qo'shinini oldingi safar tor-mor etganimizdan so'ng yo'llarimiz ochildi, qolgan viloyatlarni, xususan, Ter- mizni osonlik bilan qo'lga kiritsak kerak, deb o'ylagandim. Ammo bunday bo'lib chiqmadi. Demak, insonning hamma xohishi ham amalga oshavermas ekan. Mana, birgina e’tibor- sizligimiz tufayli bo'shashib, Hulmga ketyapmiz. U yerda turib hammasini yana boshqatdan boshlash kerak.
Oramizda birgina Temurbek g'alaba qilganimizda xur- sand bo'Imagani kabi hozir ham xafainasday edi. U doim ni- malarnidir o'ylar va tinimsiz reja tuzardi. Nazarimda, yo'lning olis-yaqinligi ham unga bilinmasa kerak. Sababi, xayoli hami- sha band. Shuning bilan birga u sira hushyorlikni yo'qotmaydi. Qaerda qush uchdi, qaysi daraxt shoxi qimirlab ketdi — ham- ma-hammasini Temurbek oldin ko'rardi.
Hulmga yetishimiz bilan amir Husaynga duch keldik. U shu yerda to'xtagan ekan. To'g'ri, men uni yomon ko'raman. Hamisha undan kamchilik qidiraman. Haqiqatan, uning xat- ti-harakatlarida qandaydir g'irromlik borday tuyilaveradi. Ammo Hulmda uni uchratganimiz bir qadar xursand ctdi.
Temurbck chodir tiktirdi va amir Husaynning sharofatiga ziyofat berdi. Albatta, men bunga ich-ichimdan norozi edim.
127
Ammo Temurbek qanday reja tuzganligini bilmasdim. Shu bois e’tiroz bildirmadim.
Amir Husayn ancha sarxush bo'lib qoldi va o'zini Temur- bekdan ham baland tula boshladi. Xuddi ilk daf’a uning bobo- si amir Qazag'annikiga borganimizdagi kabi. O'shanda amir Husayn iyagini ko'tarib, mensimaygina gaplashgan edi.
— Temurbek, u haddidan oshyapti, — dedim sekin shivirlab.
Bu paytda amir Husayn Jeta qo'shini bilan bo'lib o'tgan so'nggi jangda dushmanni qanday qilib qilichdan o'tkazganini zo'r ishtiyoq bilan so'zlayotgan edi.
— Uning lashkar to'plash iqtidori bor. Shu bois yomon xa- yollarni kallangdan chiqarib tashla, — dcdi Temurbek.
Ertasiga Temurbek kengash o'tkazdi va Badaxshonga hujum qilish taklifini o'rtaga tashladi. Uning gapini birinchi bo'lib amir Husayn ma'qulladi. «Xo'p ish. Men bu haqda o'ylagan edim», dedi u. «O'ylabsan, nega o'zing qo'shin tortib boraver- mading?» deya xayolimdan o'tkazdim. Temurbek bo'lsa:
— Ko'nglingizdagini topganimdan xursandinan, — dcdi.
Bu bilan Temurbek o'zini pastroq ko'rsatib qo'yganday edi, nazarimda. Ammo u shunday dedimi, demak, nimanidir rc- jalashtirgan va aynan shu gapni o'rinli hisoblagani uchun ga- pirgan.
O'tovlar yig'ishtirildi. Sarbozlar saflanishdi va yo'lga tush- dik. Badaxshonga. Qunduz shahriga yctgach to'xtadik. Bu yer- ni jaloyir urug'i egallagan edi. Badaxshonga borishdan avval mahalliy sardorlarning munosabatini bilishimizga to'g'ri kc- lardi. Agar ular dushmanlari kabi qabul qilsa, oldin shular- ning tanobini tortishimiz kerak. Yo'qsa, Badaxshonga ham- la uyushtirayotganimizda oyog'imizga tushov bo'lishlari hech gap emas.
Hartugul, sardorlar biz tomon bo'lishdi. Temurbekka mu- lozim bo'lishga ont ichishdi. Shundan kcyin Temurbek ularning har biriga qimmatbaho to'n kiydirdi. Siyladi.
Qunduzdaligimizda Badaxshon hukmdorlari bizning yurish boshlashimizdan xabar topib, tayyorgarlikni boshlab yubori- shibdi. Temurbek esa darhol qo'shinni oyoqqa turg'izdi. «Ulai qo'shimcha qo'shin to'plashga ulgurmasliklaridan yetib bori- shimiz kerak. Shundaginag'alaba oson qo'lga kiritiladi. Yo'qsa ko'p qiyinchiliklarga duch kelamiz», dcdi Temurbek.
128
Biz tugul tulporlarimizning ham jang qilish ishtiyoqi baland- day edi. Otlar, garchi teginmasak-da, shitob bilan ilgarilayot- gandi. Shu taxlil juda qisqa fursat ichida Talliqon (hozirgi Afg'onistonning shimolidagi qadimgi shahar) ga yetib bordik va hali nafas rostlashga ulgurmasimizdan Badaxshon elchilari qarshimizda paydo bo'lishdi. Ular oq bayroq ko'tarib olishgan edi. Aftidan, biz tomonga ilgariroq yetib kelishgan, shekilli, ust-boshlarida chang ham ko'rmadik. Yuzida charchoq alo- matlari yo'q.
— Hukmdorlarimiz, — dedi clchilarning kattasi otidan tushib kelib, Temurbekning uzangidagi oyog'ini o'parkan, — siz bilan tinchlik sulhini tuzishmoqchi va ular sizning mu- lozimlaringiz bo'lishga tayyor.
Kutilmagan xushxabar Temurbckni zig'ircha bo'lsin o'zgar- tirmadi va:
— Kelishsin, kutaman, — dedi.
Elchilar izlariga qaytib ketishdi. Temurbek o'tov tikishimiz- ga va yoki shaharga joylashishimizga ruxsal bermadi. Jangovar holatni saqlab qoldi.
Ko'p o'tmay Badaxshon kattalari kelishdi. Birma-bir tiz cho'kib ta’zim qilishdi va o'zlarining itoatkorliklarini bildi- rishdi. Urushsiz, qon to'kishlarsiz butun boshli Badaxshon viloyatini qo'lga kiritgan edik. U yoqda hali Garmsir ham qo'l oslimizda. Bundan tashqari, Seyiston ham itoatimizda. Demak, bunday olib qarasa, kattagina hudud. Badaxshonni markazlashtirib, qo'shimcha lashkar yig'ib, bemalol Jeta ustiga bostirib borsa bo'ladi. Hozirgi paytda bizning eng katta dush- manimiz. aynan mo'g'ullar. Ular bor ekan, erkin nafas olish- ning imkoni yo'q.
Temurbek ikki kungina dam oldi. U cski gapini yana tak- rorlab: «Ayollar pinjiga kirib yotaverish har qanday erkakni bo'shashtirib, lattaga tenglashtirib qo'yadi. Agar o'sha erkak hokim bo'lsa, demak, viloyati xavf ostiga tushib qoladi. Shunday ekan, haftada bir marta erlik vazifangizni bajaring-da, qolgan mahal chiniqishni to'xtatmang», dedi.
Temurbekning ikki qo'llab qilich o'ynalishining o'zi bir to- mosha. Shundan bo'lsa kcrakki, ba'zan sarbozlar og'zini och- gancha unga tikilib qolardi.
Amir Husayn safimizni tark ctdi. Garchi Temurbek uning
129
uchun uyushtirgan ziyofatda qaynog'asini ulug'lagan, o'zini sal pastroq olgan esa-da, lashkarni boshqarishda, hukm o'tkazish- da yana oldingiday keying! o'rinda qolib ketayotgan edi. Shu bois lashkarini yig'ishtirib ketdi. Bizning safimizga esa Badaxshon sipohlari kelib qo'shila boshladi.
— Intilganga tole yor, — dcdi Temurbek navbatdagi suhbat- lariniizdan birida. — Shunday ekan, harakatga tushmog'imiz kerak. Yurt mo'g'ullar qo'li ostida. Biz esa bu yerda o'tiribmiz. Endi yana bitta viloyatni ishg'ol etib, u ycrdan ham qo'shim- cha lashkar yig'amiz va undan keyin bosh maqsadimiz sari harakat boshlaymiz.
U har doimgiday qat’iyat bilan gapirdi. Uni tinglar ekansiz, bcixtiyor ta’siriga tushib qolasiz. Keyin nima desa, xo'p deysiz. Oqibati nima bo'lishini o'ylab o'tirmaysiz.
— Qachon yo'lga chiqamiz? — so'radim undan.
— Erta tongda, — deya javob berdi Temurbek.
Vaholanki, ikkalamiz gaplashayotganimizda kun adog'iga yetgan, salqin shabada esa boshlagandi. Qo'shin xiylagina yi- rik. Tongda yo'lga tushishimiz rostdan ko'ra yolg'onga yaqin- roq edi. Shunga qaramasdan, o'rnimdan turdim-da, sardorlar- ni yurish to'g'risida ogohlantirishga ketdim. Temurbek esa masjidga ravona bo'ldi.
Shu paytgacha biror marta ham aytmagan edim. Qay- si shaharga bormaylik, Temurbek, albatta, kechaning bir qis- mini masjidda o'tkazardi. Hech shubha yo'qki, qori, imom va shayxlami ham o'zi borganidan so'ng, agar ular ketib qolish- gan bo'lsa, chaqirtirib olardi. Birgalikda namoz o'qishar, so'ng dinu diyonatdan suhbat qurishar edi. Ba’zan suhbat tortishuv- ga ham sabab bo'lardi. Temurbck bilimli odamni bilimsizidan juda tez ajratib olardi. Bilimlisi bilan samimiy suhbat qursa, bilimsizga pand-nasihat qilardi.
Ishlarni oxirlatib, masjidga borganimda Temurbek uch kishining ro'parasida o'tirar va imomga savol bcrayotgandi:
— Shayton kim?
— U Odam Ato va Momo Havoning jannatdan quvilishiga sababchi bo'lgan, asli, shakkokligi tufayli do'zaxga mahkum etilgan, odamlarni vasvasa orqali to'g'ri yo'ldan ozdiradigan maxluq, — dedi imom.
— To'g'ri. Oddiy xalq uchun shunday desa bo'ladi. Lekin olimlar, fiqh ilmi nima deydi?
130
Men tugul, imomning boshi qotdi. Ha, bizga ham xuddi imomning javobi kabi o'rgatilgandi. «Ammo Temurbek nega bundan qoniqmayapti?» degan o‘y xayolimdan kccharkan, kirganimni bildirmaslik va ayni chog'da savolga javob topish uchun sekin o'tirdim.
I mom yonidagilarga qaradi. Ular ham hayron, birovdan sado chiqmaydi. Temurbck esa yuziga fotiha tortib, o'rnidan turarkan:
— Ko'proq kitob o'qimoq kerak. Ortiqcha narsalar borasida va’z o'qigandan ko‘ra, ilm oTganish lozim. Oddiy xalq hamma narsani ham tushunmasligi mumkin. Ammo imom har bitta ayladigan so'zining mag'zini yaxshilab idrok ctishi kerak, — dedi.
— Amirim (ilgari ham bir necha marta Temurbekning ismi- ga «Amir» qo'shildi. Ismsiz ham itoatkorlikni bildirib qo'yish maqsadida «Amirim» deganlar ko‘p edi. Xususan, o'zim ham ko'p bora shunday deganman. Ammo hali unga bunday un- von berilmagandi), sizning qoriligingizga, ilmingiz yuqorili- giga ta’rif yo'q. Biz bilmagan narsani so'radingiz. Men ko'p kitoblarni o'qiganman. Lekin sira ham shaytonga nisbatan boshqaeha izohga duch kclmaganman. Ayting, bilib olay va boshqalarga ham yetkazay, — dcdi o'rnidan turgan imom.
— Shayton nafsdir. Nafsini jilovlagan shaytonni jilovlaydi. Nafsiga qul bo'lgan kishi shaytonning qulidir.
Shunday deb Temurbck masjiddan chiqib ketdi. Mening boshim g'uvilladi. Temurbekning ortidan ketyapman. Bir so‘z demayman. Vaholanki, qilingan ishlar to'g'risida ma’lumot bcrmog'im lozim edi. Ammo shayton, nafs haqidagi o'y but- kul xayolimni cgallab olganligi bois hamma narsani unutib yuboribman.
— Hcch kimning bo'shashishga haqi yo'q. Tong yulduzi o'chmay turib yo'lga chiqamiz, — dcdi Temurbek.
— Men sardorlarga xuddi shunday deb tayinladim. Meni masjiddagi gap o'ylantirib qo'ydi. Nega endi nafs shayton bo'lar ekan? — dedim.
Temurbek menga qarab qo'ydi. Uning aft-angori qandayli- gini qorong'ida ko'rib bo'lmasdi.
— O'ylab ko'r.
Men qariyb tuni bilan shu haqda xayol surdim. Xotinim Bekaga ham aytmoqchi bo'ldim, ammo uyaldim.
131
Kun pcshindan oshganda Huttalon (Panj daryosining o'ng sohilidagi viloyatjga yetib keldik. Buni qarangki, amir Husayn shu yerda ekan. Aftimni bujmaytirdim. Valakisalang, qaehon qarama, oyog'imiz ostida yuradi. Bizdan ajralib ketdingmi, tamom, qaytib qorangni ko'rsatma. Yo'q, buning o'rniga amir Husayn hali u yoqdan, hali bu yoqdan oldimizdan chiqav- eradi. Menimcha, u sho'ring qurg'urning yolg'iz o'zi qo'shin boshqarib, bir joylarni qo'lga kiritishga yuragi dov bermasa kerak. Aks holda yo'limizda paydo bo'lavcrmasdi. Ehtimol, amir Qazag'anbek nabirasining mana shunaqa yuraksizligini bilgani uchun ham O'ljoy og'oni Tcmurbekka nikohlab bergandir.
Amir Husayn Temurbckni ко'rishi bilan nolishga tushib ketdi. Aytishicha, Po'lod Bug'a bilan Sher Bahrom qo'shinini olib, o'z yurtiga ketib qolibdi.
Temurbek unga dalda berib: «Hali ular ketib qolgani uchun ko'p afsus chekishadi», dcdi.
Bizbu yerda ko'p turmadik. Ertasiyoq safarimizni davom et- tirdik. Dashti Ko'lanka8 * jig'asiga yetganimizdan so'ng Temurbek qo'shinni to'xtatdi-da, Ilyos Xojaning qayerdaligi. qo'shini miqdorini biiib kclish uchun ayg'oqchilarni jo'natdi.
Odam uzoq yurgach poyabzalini yechib, ko'm-ko'k dala- da cho'zilib yotsa, boshqaeha dam oladi-da. Ayniqsa, havo musafTo bo'lib, yonginangdan jildirab suv oqib tursa.
Ko'kka qarab yotarkanman, ancha yengil tortdim. Qani hech kim indamasa, kun bo'yi qimirlamasang. Qushlar, chi- girtkalar sayrog'ini tinglab yotaversang. Jilg'a shildirashi qu- loqqa juda mayin eshitiladi. Urushni, tashvishu qayg'ularni unutib, orom olasan.
Talay muddat yotib qolibman. Qarangki, birov xalaqit ber- mabdi. Faqatgina kechki payt Века bezovta qildi.
Ayg'oqchilar o'n kunda qaytib kelishdi. Bekkichikning o'g'li Kuch Temur, Temur Nubkon, Sariq Bahodir, Shingum ham- da Hojibekning ukasi Tug'luq Xoja Halotiy’ va Puli sanginl0da yigirma ming qo'shin bilan turgan ekan. Bizniki ularnikidan qariyb ikki barobar oz. Bu birinchi tomoni bo'lsa, ikkinchi- dan, Jeta qo'shini boshqa viloyatlardagi lashkarlarga nisbatan
• Huttalon yaqinidagi mavze.
* Hisor viloyatiga qarashli mavze.
’’Hisorvodiysida.
132
mukammalroq jangovar tayyorgarlikka ega. Bundan chiqdi, jang oson kechmaydi.
Temurbek endi kengash chaqirib, amiriarga topshiriqlar ber- moqchi bo'lib turganida Jeta clchilari kelib qolishdi. Albatta, oldiniga Ilyos Xojadan katta salom aytislidi, kcyin oldingi gina-kuduratni unutib, yarash-yarash qilishni taklif qilish- di. Uchinchidan esa bundan buyon Temurbek katta o'lpon to'lashi va lozim bo'lganda darrov Ilyos Xoja xizmatiga yetib borib, mulozimlik qilishi kcrakligi haqida xabar keltirishibdi ular. Ammo bunday bo'lmasligini yaxshi bilishardi. Shu bois clchilar boshqa niyatda kelishgandi. Ya’ni bizning ahvolimizni o'rganib, mo'g'ullar rahnainosiga yetkazish edi niyatlari.
Temurbek clchilarning ko'zini qo'rqitib qo'yish niyatida qo'shinni oldinma-kcyin, qayta-qayta ularning ko'z oldidan o'tkazmoqchi edi. Biroq lashkar sardorlari pand bcrib qo'yish- di. Oralaridan ola chiqib, nafaqat jang qilish, balki shuncha- ki clchilar ko'z oldidan o‘tishdan-da bosh torta boshlashdi. Kamiga, ilgari Temurbekning navkarlari hisoblanmish Tug'luq Sulduz va Kayxusrav Jeta bizga olti ming kishilik otliq lashkar bilan kelayotganligini cshitishgach, battar o'zlarini u yoq- dan-bu yoqqa tashlab qolishdi. Vaziyat o'ta jiddiy va chigal edi. Bunday paytda kimnidir qilichdan o'tkazib jazolash yoki kimgadir achchiq qilish bilan ish bitmasdi. Ana shunday paytda Temurbek men mutlaqo kutmagan boshqa usulni qo'lladi. Oldiniga o'toviga Amir Jaku, lygu Temur, amir Sulaymon, amir Jaloliddinni kiritdi. So'ng amiriarga «Davlatimga she- rik bo'lasizlar. Ne islasanglar, hammasini muhayyo qilib be- raman. Qator-qator viloyatlar qo'l ostingizda bo'ladi. Ularga hech kim daxl qilolmaydi», dedi.
Ularboshini cgishdi. O'lgunicha itoat etishga qasam ichish- di. Undan kcyin o'tovga atnaldorlarning mol-dunyoga o'ch, amalparast, tamagirlarini chaqirdi. Qo'llariga oltinu kumush berdi. Qo'lga kiritiladigan g'alabalardan, albatta, qo'shimcha ulush berajagini va’da qildi.
Shundan so'ng tashqariga chiqib, qo'shinni to'pladi, ham- mani yaxshi gaplar bilan siyladi. Butun sipohlarga oltin tan- galar tarqatdi. Kcyin yuzdan ziyod qo'y so'yib, ziyofat uyush- tirdi. Hammaning ko'nglini oldi. Shuning bilan birga ularni uinid va qo'rqinch orasiga kiritdi.
133
Natijada uni qo'llab-quwatlaganlar ham, munofiqiar ham Temurbek atrofida birlashdi.
Albatta. uning oTnida boshqa birov bo'lganida lash ka mi ng qariyb yarmidan ayrilardi. Ammo Temurbek shunday qaltis vaziyatdan chiqish yo'lini topdi va bir lahza ham dam olmay llyos Xojaga qarshi jang qilish rejasini tuzishga kirishib keldi. Ayni paytda yaxshi dam olishga ulgurgan sipohlarni to'plab, ularga jang san’atidan saboq bera boshladi. Shuning bilan birga Temurbek tunlarni bedor o'tkazardi. Boshi sajdadan ko'taril- mas, Allohga iltijo qilgani-qilgan edi. Men uning harakatlari- ni takrorlash uchun bir necha marta urinib ko'rdim. Ammo uddasidan chiqolmadim. Bo'lmasa, Temurbek bilan birga ulg'ayib, u o'rgangan narsalarning dcyarli hammasini o'rga- nib chiqqanman. Lckin bular kam ekan. Yana nimadir zarur bo'larkan Temurbek bo'lish uchun. O'sha nimadirni topish- ga qiynalib ketdim. Ehtimol. hech qaehon topolmasam kerak.
Erta tongda navbatdagi ayg'oqchilarimiz Jeta lashkari ju- dayam yaqin kelib qolganligini yetkazishdi.
Temurbek darrov ularga qarshi qo'shinni oldinma-kcyin joylashtirdi. Shuningdek, so'l tomondagi maydon kengligi bois u yoqqa ham ikkita bo'linmani oldinma-kcyin qo'ydi. Tabiiy- ki, o‘ng tomonda eng sara jangchilar pistirmaga o'tishgandi. Ular dushman lashkarini oldinga o'tkazib yuborib, orqasidan hujum qilishi kerak edi.
Men shu paytgacha jang qilib, bunday oson zafar queh- ganimni cslolmayman. Oldingi ikki bo'linmaning o'zi olti ming otliq askarga ega bo'lgan dushmanni tumtaraqay qildi. Biz hatto qilichimizni qinidan sug'urishga ham ulgurmadik.
— Hammasi dchqonlarmi deyman? — so'radim Temurbek- dan.
— Agar birorta fitna bo'lmasa, demak, dehqonlar, — javob berdi Temurbek.
Fitna yo'q ekan. Bu yaramaslar ko'zimizni qo'rqitish ma- qsadida shuncha dehqonni qurollantirishibdi. Eh, ahmoqlar, boshqa chora yo'qmidi?
Raqibni Puli sangingacha quvib borib, o'sha yerda to'xtadik. Puli sanginning biz uchun juda qulay tomoni, yonginasida tog' bor va u egallanmagan bo'lib chiqdi. Biz to'xtaganimizdayoq uning ustiga ayg'oqchilar chiqarib yuborildi. Ular hech qanday qo'shin yo'qligi haqida xabar keltirishdi.
134
— G'alaba biz tomonda, — dedi Temurbek ishonch bilan, — illo, Qur’oni karimni ochib qaraganimda quyidagi oyati karima chiqqan edi: «Qanchadan-qancha kichkina gu- ruhlar Allohning izni bilan katta guruhlar ustidan g'alaba qo- zongan» (Qur’oni karim. «Baqara» surasi, 249-oyat). O'shanda xayolimga Puli sangin yonidagi log' kclmagandi. Mana, uni ko'rganimdan so'ng, albatta, dushmanni yer bilan yakson qila- jagimga ishondim. Yana shunisi aniqki, Ilyos Xoja dehqonlarni emas, haqiqiy jangchilarni bu yoqqa olib kelgan. Endigi jang oson bo'Imaydi. Hamma toqqa chiqsin!
Ich-ichimdan quvonib ketdim. Darrov buyruqni amirlarga yctkazdim.
Oralarida bir-ikkitasi «Ot bilan shunday toqqa qanday chiqamiz?» dcyishdi.
— Aytildimi, bajaring! — dcdim ularga po'pisa bilan.
Ilyos Xoja ikki amiming ortidan quvib, tumshug'ining ta- gigacha yetib kelganimizni bilib, bizga qarshi lashkarini oyoq- lantirguncha, biz tog'ning tepasiga chiqib ulgurgandik.
Dushman navkarlari tog'ni to'la o'rab olishdi.
— Har bitta sipoh ikki-uchtadan gulxan yoqsin! — deya buyurdi Temurbek.
Cheldan qarasangiz, butun boshli tog' alanga ichida qol- ganday edi. Menga dushmanning bu gulxanlarga munosabat bildirishini aniqlash topshirilgandi. Ularni yaxshilab kuzat- dim. Sarosimahk bor edi. Tipirchilab qolishgandi ular. Qo'r- qishdi. «Demak, hademay lash-lushini yig'ishtiradi-da, juftakni rostlaydi», deb o'yladim. Buni qarangki, ko'p o'tmasdan ana shunday bo'ldi. Ilyos Xoja butun qo’shinni to‘pladi-da, qochishga tushdi.
— Boshladik! Ortidan borib hammasini yakson qilaylik! Bu tomonlarga kelganiga pushaymon yediraylik! — dcdim Temur- bekka hovliqqancha.
— Yo'q, bu fitna. Ortidan boradigan bo'lsak. qopqon- ga tushamiz. Qarab lur, — deya Temurbek ulkan tosh ustiga o'tirib, oqsoq oyog'ini oldinga cho'zdi-da. shamshirini qini bilan oldiga olib, tirsagini tiradi.
Darhaqiqat, Ilyos Xoja hiylasiga aldanmaganimizni bilgani- dan so'ng ortiga qaytib keldi va butun qo'shini bilan tog'ni o'rab oldi.
135
monlarni kutib olganday qarshi olishdi. Yig'lab-siqtagan- lar ham ko'p bo'ldi. Sababi, mo'g'ullarning dastidan ularning tinka-madori qurib bo'lgandi. Yaxshiki, yengdik. Aks holda bu odamlar butkul qirilib bitishi ham hech gap cmasdi. Qa- nchadan-qancha sayyidlar, olimlar, shoirlar, ustalar... To'g'ri- sini aytsam, ularning ko'zlaridagi yoshni, yuzidagi qayg'ularni ko'rib, g'alabani ham unutdim.
Temurbek hammaga otdan tushib. xalq oldida tiz cho'kishni buyurdi. Menimcha, eng oliy qaror shu bo'ldi. Chunki biz xalq oldida qarzdor edik. Hozirgi muvaffaqiyatimiz dengizdan tomchi edi. Bunday g'oliblik bilan gerdayishga haqimiz yo'q edi.
Temurbek bir paytlar, garchi Samarqandga sig'magan, garchi yordam ololmagan esa-da, xalqdan kechirim so'radi. «Toki tirik ekanman, Movarounnahr uchun jang qilaman!» dcdi. Yana aytdiki: «Ilyos Xojani yengganimiz ishimizning boshi, biz hali unikidan o'n barobar katta qo'shinga ham qarshi turn olamiz va hech shubha yo'qki, Samarqand gullab-yashnaydi!» Temurbek gapirib bo'lgach, hamma uni baravariga olqishladi.
— Yo Tangrim, ishqilib, meni yolg'onchilardan qilma! — dedi Temurbek.
Temurbek shaharda ko'p turmadi. Amir Husaynni olib shayxlar mozoriga ketdi. Mening borishimga unamay: «Bu yerda qiladigan ishlaring bor. Albatta, hali bizning safimizda yurishni istamayotganlar, o'zicha mamlakat tuzish xohishida bo'lganlar bor. Shuning uchun sen bu yerda bo'lmog'ing kc- rak», dedi.
Temurbek ketishi bilan kiyimlarimni almashtirdim. Boshimga salla o'radim. Asli, sertuk bo'lganligim bois soqo- lim judayam o'sib ketgan, qalin edi. Kaltagina qiiib oldim-da, bozorga bordim. Chunki yaxshi gap ham, yomon gap ham, awalo, shu yerda tarqaladi. Bekorga «Davlatning qandayligini bilmoqchi bo'lsang, bozoriga bor», dcyilmagan.
Birinchi eshitgan gapim shu bo'ldi: «Yuz yildan oshibdiki, chingiziylarga qarshi chiqolgan odamni ko'rmadik. Temurbek bir martagina yengdi. Ularni butkul haydab yuborish qo'lidan kelarmikin?»
Ichim muzlab ketdi. Gapirguvchiga qaradim. Sariq rangli, sariq soqolli odam. Qorin qo'ygan, ust-boshi po'rim.
— Temurbekka qo'shin meros qolmagan. Ammo u lash-
140
kar yig'a oldi. Undan kcyin oltmish kishi bilan ming navkarn qirib tashladi... — dcdi sariqning hamsuhbati.
— Be, — deya hamsuhbatining gapini bo'ldi haligi sari< odam, — cho'loq oyoq bilan qayoqqacha borardi u. Tavb; qilayotganida ko‘rding-ku, oyog'ini sudrab bosdi. Bir mart, omadi kelsa kclgandir-da. O'zing ham qovun cksang, bir yil zo'r bo'p ketadi, keyingisida esa ming mehnat qilganing bilai hosil ololmaysan. Jang maydoni ham shunday.
— Men bilmasam, — yelkasini qisdi choponi yamoq, ko'ki ochiq, cchki soqoli qop-qora dchqon.
— Men o'tib ketayotib gaplaringni bexosdan eshitib qoldirr — dedim gapga aralashib.
Sariq odam so'zlashdan oldin menga boshdan-oyoq qara oldi-da, so'ng:
— Ko'rmaganmiz. Lekin cho'loq cho'loq-da. Bilishimcht Chingizxonda bunday kamchilik bo'lmagan, — dedi.
— O'sha cho'loq bilan kimo'zarga o'ynaysizmi? — deya jil maydiin.
— Menga qara, sen kim bo'ldingki, menga bunaqa gaplarr gapirasan? — dcdi lining jahli chiqib.
— Hech kimman. Ammo Temurbekning — o'sha siz aytga cho'loqning qanday shamshir o'ynatganini, dushmanni qan day qilib tutday to'kkanini, dushman qo'shinlari uni ko'rist bilan qanday qochganini eshitdim. Yana olti ming sipoh bila llyos Xojaning o'ttiz minglik sipohini qinb tashlabdi. iMeng bu gaplarni bir navkar gapirib berdi.
— Temurbekning umri uzoq bo'lsin! — dcdi ko'zi chaqna ketgan dchqon. — Xudo xohlasa, uning dasti uzoqlarga yeta digan bo'ladi. Biz emin-erkin dchqonchilik qilib, bola-chaqa mizni boqamiz. Siz. bo'lsangiz, — deb u sariq soqolga qaradi — qayoqdagi gaplar bilan boshimni qotirasiz.
— E’tiboring uchun, — dedi battar jahli chiqqan sariq so- qol, — menga ham Puli sanginda mo'g'ullarni tumtaraqay qilgan amirlardan biri aytdi, agar amir Husayn bo'lmaganida. Temurbekning boshini uzisharkan. Aynan amir Husayn uni qutqarib qolibdi.
Vujudim muzlab ketdi. Sariq soqoini chavaqlab tashlagim keldi. Ammo o'zimni bosdim.
141
— Yuring, o'sha amirning yoniga boramiz. Siz aytgan gapni tasdiqlarmikin yoki yo'qmi? — dedim.
Xuddi shu mahal qurol-yarog'siz yurgan ikki sipoh yoni- mizdan o'tib qoldi. Sharlta ularni to'xtatdim.
— Ozgina vaqtlaringizni olsak maylimi? — murojaat qildim ularga «Ishqilib, meni tanib qolishmasin-da», dcgan xavotirda.
Sipohlar menga qovoq solib qarashdi.
— Manavi muhtaram kishi, — deya sariq soqollini ko'rsat- dim ularga (bechora sariq soqolning rangida rang qolmadi). — agar amir Husayn bo'lmaganda, mo'g'ullar Temurbekning kallasini olishardi, dcdi. Bu muhtaramga qandaydir amir shunday dcgan ekan. Mabodo sizlar Puli sangin jangida qainashgan bo'lsanglar, aytinglar-chi, shu gap rostmi?
— Hali shunaqa bo'hton tarqatib yuribsanmi?! — deya sipohlardan biri shartta sariq soqolning yoqasidan oldi.
— Bir qoshiq qonimdan keching, men sho'rpcshona bil- masdan gapirib qo'yibman. Birovlarning aytganiga ishonib- man-da. Amirman, desa, gapini eshitibman. Bola-chaqam haqi, o'ldirmang! — deya yalinishga tushdi sariq soqol.
Shovqin sabab atrofni odamlar o'ray boshladi. Men oraga tushmoqchi bo'lganimda sipoh:
— Amir Temur, agar so'ksa ham birovga ozor bermang, deya amrqilgan. Shu sabab joning omonda. Aks holda, shu yerning o'zidayoq boshingni olardim. 0‘rnimga Amir Temur bo'lganida edi, nigohi bilan joningni sug'urib olardi. Yo'qol! — dcdi.
To'g'ri qildi, ammo boshqalarga dars bo'lishi uchun bir yoqli qilishganida ham bo'lardi...
Bechora sariq soqol qutulganiga shukr qilib, old-orqasiga qaramasdan juftakni rostladi. «Qani, kim bilan uchrashar- kin, kimga hisob berarkin?» deb uning ortidan poylab bordim. Yo'q, u hech qayerda to'xtamadi. Shu yugurishda bozor- dan chiqib ketdi. Shundan keyingina kuzatishni bas qildim. Endi og'ziga ortiqcha erk bermaydi degan xayolda izimga qayt- dim-u, shu zahoti to'xtadim. Axir unga yo'l-yo'riq ko'rsatgan odam bozordan tashqarida, qaysidir kavakda bo'lgan. «Eh, xomkalla!» deya peshonamga urgancha o'girilib qarasam, sariq soqol ko'rinmaydi.
Bozor aylandim. Odamlaming og'zini poyladim. Birov sotyapti, boshqasi sotuvehi bilan narx talashyapti. Yana
142
ora-chora Temurbckni maqtayotganlarni ham ko'rdim. Lekin baribir, ko'nglimning bir chckkasidagi g'ashlik tarqab ket- madi, «Bitta buzuqiga duch keldim. Boshqasini ko'rmagan dirman, Yoki uning bir o'zginasi bo'lgandir. Hech kim heel nima o’rgatmagandir. Shunchaki o'zining g'alamisligi bordii Ehtimol. u mo'g'uidir. Yo'q, mo'g'ulga o'xshamadi. Ammo baribir, ehtiyot bo'lish kerak. Savdogarlar orasiga o'zimiznin; odamlardan qo'yishimiz kerak. Shundagina hamma narsadai boxabar bo'lib yuramiz», degan xayolda bozorni tark etdim.
Temurbek ertasi kuni keldi. Odatdagiday uning yuz-ko'zida: hech nimani anglab bo'lmasdi. Ammo amir Husayn qandaydi g'alati edi. Ilgaridan uning ko'zi o'ynardi. Bunisini bilamar Ammo hozir ko'z o'ynashi qandaydir kuchayganga o'xshard Boz ustiga, nimadandir qo'rqayotganday tuyildi menga.
— Temurbek, — dedim u bilan yolg'iz qolganimizda, - qaynog'angiz o'zgarib qolibdi.
— U Qur’oni karimni olib qasam ichdi. Hech vaqt menin yo'limni kesmaydigan, hamisha do'st bo'ladigan va umrinin oxirigacha davlatni boshqarishimda yordam bcradigan bo'ld Undan endi ko'nglingni to'q tutib, yonimga amir Bayon Su duzning o'g'li amir Shayx Muhammadni chorla. Mabod uning o'zi kclmaydigan bo'lsa, qoshiga biz boramiz. Esh tishimga qaraganda, u amirlar orasida o'zini eng ulug' hisobl; va birovga itoat etishni or bilarkan, — dcdi Temurbek.
— Shunday ekan, tanobini tortib qo'ysak bo'lmaydimi? Tol qadamini o'ylab bossin, — dedim.
— Aslo! Hozirgi sharoitimizda bunday ish qilmasligimi lozim. Bizga hozir dushmandan ko'ra ko'proq do'st zaru tarafimizda bo'ladiganlar zarur. Agar boshqalar kabi o'zar urishsak, shubhasiz, kuchli dushman qarshisida ojizlanib qola miz va u bizni osonlik bilan mahv etadi. Endi zudlik bilan b yoqqa Shayx Muhammadni olib kel.
— Xo'p, — deb ko'ksimga o'ng qo'limni qo'ydim-da, ta’zin bajo qildim.
Temurbek menga tikildi-da:
— Nima bo'ldi? — deya so'radi.
Men bozor voqcasini gapirib berdim. Uning qoshlari chi' mirildi.
143
— Ertaroq Movarounnahr to'laligicha qo'limizga o'tishi kerak. Aks holda, fitnalar ko'payib ketadi, — dedi Temurbek.
Shundan keyin men keldim. Borib amir Shayx Muhammad- ga hiyla ishlatdim.
— Temurbekning senga bo'lgan hurmali nihoyatda yuqori va seni amirlarning amiri deb biladi. Bundan tashqari, kela- jakdagi yumushlami, albatta, sening maslahating bilan baja- rishni o'ziga maqsad qildi. Hozirda uning tobi bir oz yo'qroq, shu bois meni sening yoningga yubordi. Bir masala yuzasidan maslahating o'ta zarur. Bir paytlar otang Bayon Sulduzdan ham shunday maslahatlar qlib turardi, — dedim.
Amir Shayx Muhammadga maqtovim moyday yoqib tushdi.
Sovg'a-salomlar berdi va tezda Temurbekning yoniga bora- jagini aytdi.
Shu kuniyoq ortimga qaytdim. Otimga tinimsiz qamchi bosib, qushday uchib keldim-da, darrov Temurbekka yolg'on- larimni so’zlab berdim.
— To'g'ri qilibsan, hozir «otang yaxshi, onang yaxshi»dan yaxshisi yo'q. Uning qo'l ostidagi sipohlari ancha-muncha, bizga qo'shilsa, qudratimiz oshadi... Bundan chiqdi, u maq- tovni xush ko'radi, shundaymi? — deya jilmaydi Temurbek.
Men chuqur nafas oldim. Chunki Temurbekning yuzida ta- bassum ko'rish o'ta noyob hodisa edi.
— Shunday!
— Ma’qul. Endi, — deya u dumaloq qilib o'ralib, o'ria- si ipak mato bilan bog'Iangan nomani uzatdi menga. — zud- lik bilan Sher Bahromga choparyubor. Nomani yetkazsin. U ham, albatta, bizning yonimizga keladi. Yana hoziroq amir Husayn bilan maslahat qilmog'imiz darkor.
— Nega? — so'radim ajablanib.
— Bus-butun bo'lishimiz uchun bizga xon zarur. Xon bo'lmasa, tarqoqligimizcha qolaveramiz.
— O'zingiz bo'lmoqchimisiz?
— Yo'q. Bizning urug' xon bo'lishga haqi yo'q.
— Bundan chiqdi, amir Husayn?..
— Aslo. Chingiziylardan xon bo'ladi.
— Nima?! Axir ular eng katta dushmanimiz-ku! — battar hayratim oshdi mening.
— Shundoq. Ammo biz ko'taradigan xon o'zi uchun yeb-
144
ichishdagina afzallik ко* rad i. Bilishimga qaraganda, Ibn Du- vaxonning o'g’li Qobilshoh darvesh ekan. O’sha xon bo’ladi.
Men Temurbekka boshqa savol bermadim. So’raydigan nar- sam bor edi. Ya’ni «O’sha darvesh Qobilshoh semirgach, atro- figa odam to’plab olishi, keyin bizga qarshi urush ochishi mumkin cmasmi?» dcmoqchi edim. Biroq tilimni tishladim. Chunki Temurbek bir nimani bilmasa gapirmaydi.
Kcngashga hamma no'yonlar jam bo’ldi. Oralarida amir Husayn eng yuqoriga o'tkazildi. Temurbek esa undan-da yuqorida edi. Temurbek taklifini o’rtaga tashladi. Hamma xuddi mcn- day hayratlandi. Bir-biriga qarab oldi. Bahs-munozara bosh- lanib ketdi. G’ala-g’ovur kuchaydi. Shundan keyin Temurbek, albatta, uning qo’g’irchoq bo’lajagini, ixtiyorida birorta ham navkari bo'lmasligini tushuntirgach, kengash ishtirokchilari Qobilshohni xon qilib ko'tarishga rozi bo’lishdi. Shunday qilib, yo’q joydan bcchora darveshning egniga shohona to’n kiydiril- di. Kcyin Temurbek tantanavor ohangda:
— Mo'g'ullarni yer yuzidan supurib tashlaymiz! — dcdi. Qobilshoh o’tirgan joyida bir qalqib tushdi, rangi oqardi. Temurbek atay shunday qildi. Qobilshoh nima qilarkin, dcdi. Ko’nglidagi ish bo’ldi, shekilli, jilmaydi. Amirlar, beklar bir ovozdan uni qo’llab-quvvatlashdi. Axir ular qurilajak dav- latga sherik bo'lishdan umidvor va yana mamlakatlar bosib olinadigan bo'lsa, ozmuncha boylik qo’lga kirililadimi?! Tag'in mo’g'ullarning butkul Movarounnahrdan quvilishi iinkoniyat- lar eshigini lang ochib beradi. Ilyos Xoja otasi Tug’luq Tcmur- xonday qattiqqo’l, cho'rlkesar, uddaburon emas, bo'shang. Tug’hiq Tcmurxon esa o’lgan. Buning ustiga, Bckkichik ham dorilbaqoga ravona bo'ldi. Temurbek shundan afsusda. Axir Bckkichik Movarounnahr ahlining boshiga ozmuncha kulfat kcltirdimi?! U jazosini olishi kerak edi. O'lim uni mana shunday jazodan qutqarib qoldi. Mo’g'ullarning hozirgi ahvoli bek va amirlarni xursand ctayotgandi. Qo'yib bersa, hoziroq Ilyos Xojaning ustiga qo’shin tortib borishga ham tayyor ular.
Shu kuni Temurbek to'y berdi. Aytilishi amir Husayn sharafiga edi. Aslida, boshqa maqsadda. To’y ham to'y emas, xudoyi. Temurbek shayx Nuriddin Basir hazratlarining mubo- rak qabrini, undan keyir. Qusam ibn Abbos hazratning mo- zorini ziyorat qilib kelgandi. Shu bois ellik tuya, ikki yuz-
145
ta qo'y so'yib, butun lashkarga tarqattirdi. Bundan tashqari, xabar topgan cl-ulusga ham ulashdi. Ammo negadir xudoyi deb c’lon qilmadi. Yana ziyoratga borganligini ham mcndan boshqa birov bilmadi.
Ertasiga Temurbek amir Bayou Sulduzning o'g'li amir Shayx Muhammad bilan xufiyona uchrashdi. Suhbatda hatto men ham qatnashmadim. Shu bois nima gap-so'z bo'lganidan bexabarman. Uchrashuvdan so'ng amir Shayx Muhammadni o'ta.xursand holda ko'rdim. Demak, Temurbek uning «kali- ti»ni topibdi.
O'z ulusi yoniga ketib, bizni binnuncha ojizlantirgan Sher Bahrom bilan uchrashuv bo'ldi. Rosti, Xudo Temurbekka har borada bekamu ko'st iqtidor bergan. Qarangki, Sher Bahrom ham shod. Dunyoda undan-da baxtiyor va ulug'roq odam yo'qdek. Ilgari Temurbekning amiru beklarni qanday qilib o'ziga og'dirib olganidan boxabarman. Shu bois yana o'sha usulni qo'llaganini taxmin qildim. Darhaqiqat, shunday bo'lib chiqdi. Biriga viloyat hokimligi, boshqasiga davlalga shcriklik va’da qilinibdi.
Amir Husayn Balxga ketishni ixliyor etgandi, Temurbck e’tiroz bildirmadi. Ammo Hamidbek bilan Iskandar O'g'lonni ozod etishni so'radi. Boisi, amirTarag'ay bilan Hamidbekning padari o'rtasida oshnachilik bor ekan. Shu yigit Husaynning beklaridan biri tomonidan asir olingan ekan.
— Bosh ustiga, — dedi amir Husayn qamchi ushlagan qo'li- ni ko'ksiga qo'yib, — hoziroq odam yuboraman. Men yetib borgunimcha uni ozod etishadi. Izzat-ikrom ko'rsatib, yonin- gizga yuborishadi.
O'sha mahal uning ko'zi g'alati o'ynab ketdi. Shundoq ham uni yomon ko'raman. Aft-angoridagi o'zgarish, boqishidagi g'alatilik battar g'ashimni keltirdi. Ko'nglimda «Bu yaramas birshumlikni o'ylamadimikin?» degan xavolir paydo bo'ldi.
— Sizning navkarlaringizga ehtiyoj yo'q. Ularning zimmasi- da sizni omon-eson Balxga yetkazish turibdi, — deya Temurbek yon tomoniga o'girildi. Uning nigohi tushgan joyda o'ndan ortiq sipoh turardi. — Dovudbek, Sayfuddinbek, sizlar otla- ning!..
Taassufki, Temurbek yuborgan odamlar yetib borgun- cha asirlar o'ldirilibdi. Xabar qilinishicha, biznikilar kclisha-
146
yotganini ko'rgan amir Husaynning navkarlari shartta borib asirlarni qilichdan o'tkazishibdi.
Amir Husayn xursand bo'lib: «Beklar uddalay olmagan ish- ni navkarlar qoyillatibdi», debdi.
Temurbek g'azab otiga mindi. Biroq darrov shashtidan tushdi.
Shu yil qishni Keshda o'tkazdik. Qish o'ta sovuq keldi. Ol- diniga qor yog'may qora sovuq bo'ldi. Keyin qor shunaqangi gupillab yog'diki, odamlar uydan chiqolmay qolishdi. Bunday paytda navkarlarni birjoyga to'plash, ular bilan mashg'ulotlar o'tkazish o'ta qiyin ish. Shu bois ora-chora oftob chiqib, eski qor erib, yangisi tushguncha qir ustida mashg'ulot o'tkazdik. U yerga quyosh nurlari crta tushgani va qiya bo'lganligi sa- bab yeri tez quriydi. Shunga qaramasdan ko'p sipohni birjoyga jamlab bo'lmasdi. Hattoki bir gal otdan yiqilib, oyog'im- ni sindirib olishimga sal qoldi. Rosa uyaldim. Shuncha jangu jadalda egardan hatlo bir tomonga og'magandim. Bu yerda esa sal qiyalikda gursillab yerga qulab o'tiribman. Temurbek kulib:
— Abbosbek, bo'shashib qolibsan-ku. Sen shu ahvoldami, demak, boshqalardan umid qilmasa ham bo'ladi, — dedi.
Ochig'i, qo'l ostimdagi navkarlar oldida yerga kirib ketay dedim.
Oyog'im garchi sinmagan bo'lsa-da, shishib ketdi. Bir hafta oyoq bosolmadim. Ammo shukrki, keyingi kunlarda oqsoq- lanib bo'lsa ham yura boshladim.
Qish oxirlay boshlaganda xabar keldi: Jeta alamini olish uchun bizga qarshi qo'shin to'playotgan ekan.
— Shunday bo'lishini oldindan bilardim, — dedi Temurbek xabarni eshitiboq. — Ilyos Xojani tag-tomiri bilan qo'porib tashlamagunimizcha osoyishtalik bo'Imaydi. Amir Husaynga chopar yubor. Tezda lashkarlarini yig'ib, bizga qo'shilsin.
Buyruqni olishim bilan otga qamchi bosdim. To'rt navkarga birini bosh qilib, Solisaroyga jo'natdim. Ayni paytda amir Husayn shu yerda edi. Kunu tun maishat qilayotgani haqida xabar to'rt-besh marta kclgandi. Demak, rosa bo'shashgan. Demak, Ilyos Xoja tugul, bundayroq amir ham uni yer bilan bitta qili- shi hech gap emas. Agar Temurbek bo'lmaganida shunday ham qilishardi. Yon-atrofdagilar Temurbek sabab amir Husaynga hujum qilishmayotgandi. Temurbek hali u bek, hali bu
147
bck, hali boshqa bir amirga viloyat, hokimiyatga sheriklik va ko*pdan-ko*p oltin-kumush va’da qilib, o'ziga qo'shib olgani uchun ular, bir tomondan, Tcmurbckdan o'lguday qo'rqib qo- lishgandi ham. Shu bois bizga qo'shilayotgan edi.
Choparlar ketgach, qo‘l ostimizdagi lashkarlarni yig'a bosh- ladik. Hamkorlarimiz ham birma-bir yetib kelishdi. Temurbek jang rejasini tuzib chiqqach, hammani to'plab, tuzilgan reja xaritasini ko'rsatdi. Qaysi amir qayerga joylashishini, kimdan keyin kim hujumga o'tajagini birma-bir aytdi. Shundan so'ng:
— Dushmanni ancha narida qarshi olmog'imiz darkor. Keshda jang qilmog'imiz aholini qiyinchiliklarga duchor cla- di, — dedi-da, qo'shinning qaysi yo'ldan yurishi ma’qulligini ko'rsatdi.
Majlisdan roppa-rosa to'rt kun o'tib, yo'Iga tushdik. Lash- karimiz oz paytlari Temurbek yolg'iz o'zi boshqalardan ilgari- lab ketardi. Bu safar yuz sipoh bilan bir bekdan iborat ilg'or bo'linmani oldinga jo'natdi.
Qo'shin katta edi, Ilyos Xojani bu safar ham yer tish- latishimizga shubha yo'qday ko'rinardi. Ayniqsa, yarim yo'lda amir Husaynning beklari Puiod Bug'a, Zinda Chashm hamda Malik Bahodir safimizga lashkarlari bilan kelib qo'shilgach, g'alabaga bo'lgan ishonch ikki hissa ortdi.
Men goh navkarlar bilan birqatorda, goh orqada qolib, gohi- da Temurbekning yonida ketayotgandim. Safimizga qo'shim- cha kuchlar qo'shilganidan keyin ham Temurbek ilgarigiday quvonmadi, yo'lida davom etdi. Bundan beklar hayratlanib, bir-biriga qarab olishdi. Ehtimol, «Bizni izzat-ikrom bilan kutib olishmadi», deb o'ylagan bo'lishlari ham mumkin. Shu bois men Temurbekning yoniga ot choptirib bordim-da:
— Xudo xohlasa, bu safar Ilyos Xojani butunlay yer bilan bitta qilamiz. U hozir umrining so'nggi kunlarini yashayot- gandir, — dedim.
Temurbek norozi qarab:
— U yaralangan sher misoli. Bu safar boshqaeha olishadi. Ortiqcha hoyu havasga berilma, — dcdi.
Temurbekdan shunga yaqin javob kutgandim, ko'nglimdagi- day bo'ldi. Ammo unda qandaydir bezovtalik borligini pay- qadim va bu darrov menga ham yuqdi. Ortimga qaytdim-u.
148
navkarlarni zirndan kuzatdiin. Yo'q, hammasining kayfiyati yaxshi. Buni ko'rib, xotirjam tortdim.
Daryodan o'tgach mo'g'ul qo'shinini ko'rdik, Chinoz atrofi- da ekan. O'nga yaqin otliqlari ancha yaqinimizga kclib ketish- di va ko'p o'tmay ko'rdikki, jangga hozirlik ko'ra boshlashdi.
Ertasi kuni safimizga amir Husayn ham kelib qo'shildi. Temurbck odatdagiday hamma amiru bcklarni yig'ib, majlis o'tkazdi. Unda qo'shinni uch qismga bo'ldik. O'ng qanotda Temurbck, chapda amir Husayn, men esa o'rtadagi qo'shinga bosh bo'ldik. Dushmanga birinchi zarbani berish mening zim- maniga tushdi. Shu paytgacha juda ko'p urushlarda ishtirok etdim, ammo birortasida ham hattoki kichik bir bo'linmaga bosh bo'lmagandim. Doim Temurbekning yonida turib jang qilardim. Endi esa katta qo'shinga bosh bo'lib turibman. Albatta, o'zim hech narsadan qaytmayman. O'limga to'g'ri boraman. Ammo qo‘l ostimdagilarga biron nima bo'lsa, nima qilaman? Urush talafotsiz bo'lmaydi. Shamshirini tnah- kam (utgancha ko'zlari chaqnab turgan yigitlarning qanchasi «chop-chop»dan omon chiqishini yolg'iz Alloh biladi. Ularning jonsiz tanalari ni ko'rish qanchalik azobli...
Qo'shinlar saf tortdi. Ko'zim o'ng qanotda — Temurbekda, uning buyruq berishini kutyapman. Qo'lim shamshir dastasi- ni ushlagan. Men tugul, otim ham hayajonlanayotganidan bir joyda turolmayapti...
Nihoyat, Temurbck tomonda qizil uchburchak bayroq ko'tarilib tushdi. Shamshirni qindan chiqardim. Dcpsinib turgan tulporimning jilovini qattiqroq tortdim. U old oyoqlarini ko'targancha kishnab yubordi. Shundan keyin lashkarni oldinga boshladim.
Navkarlar qiyqirishar, otlarning tuyog'i yerni gupurlatardi. Xuddi shu mahal mo'g'ullarning ham ilg'or qismi biz tomonga ot choptirdi. Tulporimning qorniga tinimsiz niqtayman. Ertaroq yetib boray, yaramas dushmanni ertaroq bir yoq- li qilay, deyman. Yuragim ko'ksimdan yorib chiqquday bo'ia- di. Ko'zimga ro'paramdan kclayotganlardan boshqa hech nar- sa ko'rinmaydi.
Oraliq masofa tobora qisqarib boryapti. Ikki yuz... Yuz el- lik... Yuz... Yigirma qadam!
149
— Yovga o'lim! — deya qichqirdim-da, birinchi duch kelgan dushmanning boshiga shamshir soldim.
U qalqon tutib qoldi. Tcmirlarning to'qnashuvidan qarsil- lagan tovush eshitildi. Shu zahoti ikkinchisiga qilich soldim. Bu safar nishondan adashmadim. Janggoh qichqiriqlarga, oh- vohga to'lib ketdi. Otlar qulayapti, boshlar uchyapti. Dahshat- ning o'zginasi. Goh dushmanni birozgina ortiga tisariltiramiz, goh ularning qo‘Ji baland kela boshlaydi. Har ikki tomonning ham safi siyraklashib boryapti. Yonimdagi navkarlariin arslon- day olishyapti. Ammo raqib ham ulardan kam emas...
0‘zimda toliqish seza boshladim. Axir to'rt soatdan ko'proq tinimsiz qilich o'ynatyapman. Qarasam, dushman ham charchayapti. Yana bir oz urushsak, qocha boshlashadi... Yo'q, adashgan ekanman, yog'iy qochmadi. Qaytaga, astoydil jangga kirishdi...
Oftob ufqqa og‘a boshlaganida har ikki tomon ham ortiga chekindi. Shundagina men qanotlarga qaradim. Ularda ham jang to'xtabdi...
Ikki tomon ham oq bayroq ko'tardi. Bu bugungi jang tamom bo'lganidan darak berardi.
Dushman ham, biz ham yaradorlarni, jon taslim qilganlar- ni yig'dik. Ishonasizmi, ko'zimdan tirqirab yosh chiqib ketdi. Chunki ular judayam ko'p edi.
Murdalar ko'mildi. Yaradorlarga yordam ko'rsatildi.
Ikkinchi kun. Havo bir oz sovigan, osmonni qop-qora bu- lut qoplagan edi. Har ikki tomonda ham lashkarlar soni qariyb ikki barobar kamaygan. Qolgan sipohlarning yuzida csa jang qilish istagi ham yo'qday, nazarimda.
Hujum boshlandi. Xuddi shuni kutib turganday yomg'ir ham quyishni boshlab yubordi. Yomg'ir sekin jalaga, keyin do'lga aylandi. Tinimsiz urayotgan yog'in ko'z ochirgani qo'ymas- di. Ro'paramizdan kelayotgan dushman ham ko'rinmay qoldi. Faqat baqiriqlar eshitiladi. Uni ham do'lning shatirlashi bosib ketadi.
Mana, dushman yaqinginadan ko'rindi. Jang boshlandi. Baqir-chaqir, ur-yiqit xuddi kechagi kungiday. Biroq bugun hammamiz allaqachon shalabbo bo'lgandik. Hatto otlarimiz oyog'ini yerdan zo'rg'a uzib olyapti. Shunday esa-da, dush- inanni ortiga chekintira boshladik. Ko'p emas, ozroq. Jangu
150
jadal payti men bir oz ortga qaytdim-da, Temurbek lomoriga qaradim. U ham tinimsiz Ilyos Xojaning lashkarini qiryap- ti. Ko'nglimda xursandchilik alomatlari paydo bo'ldi va so'l tomonga qaradim. Dahshat! Amir Husayn ancha ortga ketib qolibdi. Buning ustiga, navkarlari tinimsiz otidan qulayot- gan edi. Jangga kirdim. «Endi ikki hissa tezroq shamshir scr- mashim kerak!» degan o'y kelgandi xayoiimga.
Jang borgan sari og'irlashib ketaverdi. Loy tagimizdagi ot tugul bizning yelkamizgacha chiqib ketgan, dushman zarbasi- ni qalqon bilan to'sish, keyin qayta zarba bcrish judayam og'ir edi. Dushman ham, biz ham rosa holdan toydik. Xuddi shu mahal Temurbek tomonidan ortga chekinish haqida buyruq bo'ldi. «Yo'q, qaylntaslik kerak, hali kuchimiz bor, hali olish- sa bo'ladi!» deyman o'zimga o'zim. Ammo qarasam, navkarlar birin-ketin ot jilovini ortga burib, juftakni rostlashyapti. Ular- ga men buyruq bermadim. Ammo hammasi Tcmurbekning buyrug'ini eshitgandi. Demak, menga quloq solishmaydi. Jang maydonida yolg'iz qoladigan bo'lsam, hech shubha yo'qki, dorilbaqoga ravona bo'laman. Alam, nafrat, g'azabni ichimga yutib, ot jilovini ortga burdim. Shu payt birdan ikkita dushman sipohi tashlanib qoldi. Ikkovini ham daf qildim. Chunki ularning tinka-madori qurigan, bergan zarbalari shunga yara- sha edi. Mcnda esa g'azab juda kuchli, shu boisdan ham ularni balchiqqa ag'dara oldim. Keyin otimning qorniga niqtadim. Hammadan ham shu otga qiyin, bechora birahvolda-yu, yana meni ko'tarib yugurishi, dushman iskanjasidan olib chiqishi kerak...
Ortimdan quvuvehi bo'lmadi. Sababi, dushman hali quvish- ga shay emasdi. Oldinda esa bir to'da navkarlar qochib bor- yapti.
Jang maydonidan ancha olislab ketdik. Shundan keyingi- na Temurbek to'xtadi. Biz ham to'xtadik. Ammo amir Husayn to'xtamadi. U lashkari bilan birga qochishda davom ctdi. Janubga, Xuroson tomonga qochdi.
Tcmurbekning hech qaehon bunchalik asabiylashganini ko'rmaganman. U qaynog'asini juda yomon gaplar bilan siyla- di. Jahl bilan «G'alabaga bir qadam qolgandi. Dushman chc- kindi, lekin qochmadi. Husayn it bo'lsa. dumini qisib. juftakni rostladi. Buning uchun, albatta, javob berajak!» dcdi.
151
Biz Kesh tomonga yo*l oldik. Hamma horigan, hech kim- ning gapirishga madori yo'q, kayfiyati tushkun edi.
Zarafshon daryosida cho'mildik. Havo ochiq, kun ancha is- siq edi. Shunga qaramay, suv muzday, etni junjiktiradi. Biroq cho'milgan sayin tetiklashdik. Otlarni ham tetiklantirdik. Kay- fiyat bir oz ko'tarilganday bo'ldi. Ammo bu ham ko'pga bor- madi. Yo'limizda davom etayotgandik. Quyosh ufqqa yonbosh- lay boshlagan, havo bir oz sovigan edi. Birdan jang oldidan tizilib turgan, ammo hozir safimizda yo'q sipohlar yodimga tushdi. Biri yigirma yoshda, boshqasi o'Uizdan o'tgan, biri hali yor vasli nima ekanligini tushida ham ko'rmagan bo'lsa, ikkin- chisining xotin, bola-chaqasi bor. Azobning o'zginasi, shunday bahavo kunda odamga havo yetishmaydi, bo'g'ilib ketasan.
- Bas!
Cho'chib tushdim. Qarasam, Temurbek yonimda.
— Bas qil! — dcdi u menga ikkinchi marta ovozini bir oz pasaytirib.
So'ng bir qo'lini yuqoriga ko'tardi. Mingdan oshiqroq lash- kar to'xtadi.
— Dam olamiz!
Shuni kutib turgan, shekilli, hamma baravariga otdan tu- sha boshladi.
Men otdan tushiboq yerga o'tirib oldim. Tulporim yam- yashil maysani chimdib yeya boshladi. Temurbek lashkar adog'i tomon ot choptirib ketdi. Men esa bundan foydalanib, yerga uzala tushib yotib oldim.
Temurbek qaytdi. Sog* oyog'iga tayanib, otdan tushdi-da, yonimga kelib o'tirdi. Uning hurmati uchun o'rnimdan turib o'tirdim. U yelkamga qo'lini tashlab:
— Sen shunday tushkunlikka tushadigan bo'lsang, boshqa- lardan ne umid qilay? Unut hammasini. — dedi.
— Qanday qilib?! Kuni kecha ularning ko'zlari chaqna- gan edi. Hozir esa loyga qorishib yotishibdi. Balki, shoqollar go'shtlarini burdalayotgandir. O'laksaxo'r qushlar etlarini par- cha-parcha qilib, uzib olib yutayotgandir...
— Shunday qilmasa, — deya gapimni bo'ldi Temurbek, — qurt-qumursqalar sasitib yuboradi. Shoqol yedi nima, qurt yedi nima?
152
Men birdan Temurbekka qaradim. Hayraldan ko'zlarim olayib ketdi. Undan sira bunday gapni kutmagan edim.
— Tana kiyim misoli bir matoh, yerda qoldimi, har nima- ga ishlalish mumkin. Ruh esa abadiy, ruh o'lmaydi, tanadan chiqdimi, manzili sari ravona bo'ladi. Sen o'ylaysanki, yerga ko'milganlarning eti o‘z-o‘zidan yo'q bo'lib qoladimi? Yo'q, unday emas. Allaqanday jonzotlarga nasiba bo'ladi. Ikkinchi tomoni, ular shahid bo'lishdi. Biz llyos Xojaning ko'pdan-ko'p sipohini yo'q qildik. Ular oldingidan ko'proq kuchsizlandi.
— Lckin jangni boy berdik.
— Shunday, ammo buning ham bir hikmati bordir.
— Nima qilamiz?
— Qaytadan qo'shin to'playmiz. Boshqatdan urushamiz. llyos Xoja tirik ekan, menda orom bo'Imaydi. Endi damingni ol, ortimdan borma.
Temurbek o'rnidan turib, tez yurib bordi-da, o'tlayotgan tulporining jilovidan ushladi, sog* oyog'ini uzangiga qo'yib, bir sakrashda egarga o‘tirdi-da, tog' tomonga ot choptirib ketdi. Uning orlidan bir muddat termildim. Keyin birdan o'rnimdan turdim va lashkar tomonga yuzlandim. Birovi yolg'iz o'tiribdi, ba’zilari ikki-uchtadan bo'lib, to'planib olibdi. Ular tomonga yurdim. Sayfuddinning yonida to'xtadim. U bosh ini egib o'ti- rardi. Uning yoniga cho'kdim.
— Bu nima qiliq? — dedim unga.
Sayfuddin boshini ko'tarib, menga qaradi.
— Yurtni dushmandan ozod holda ko'rish nasib etar- mikin yo o'lib ketarmikinman, deb o'ylayapman, — dedi u zo'rma-zo'raki jilmayib.
To'g'risi, ko'zidan jilmayganga o‘xshadi-yu, soqol-mo'ylovi yuzini qoplaganidan lab-Iunji ko'rinmadi.
— Ko'rasan, hali g'alabalarimiz ko'p bo'ladi. Hozir bizning tuproqqa mo'g'ullar bostirib kelayotgan bo'lishsa, vaqti kelib, biz ularning ustiga bostirib boramiz. Bizga o'lpon to'laydigan bo'Iishadi ular.
— Kccha ikki marta dushman shamshirini o'tkazib yubor- dim. Tamom, shu loyga qorishib o'laman, shekilli, deb o'yla- gandim. Ammo Temurbek har ikki safar ham meni o'limdan saqlab qoldi. Uning qanday paydo bo'lganini, qanday qilib dushman shamshirini qaytarganini va g'animni chavaqlab
153
tashlaganini hatto sezmay ham qoldim. Keying! safar amirim yonimda bo*)masa-chi?!
— Men bo'laman yoningda. Mening yonimda esa sen. Ru- hingni tushirma. Biz sen bilan ilgaridan yonma-yon jang qilib kelyapmiz. Undan ko'ra, lashkarni bir joyga to'pla. Xurjunlar- dagi ycguliklarni olinglar. Yeb-ichib kayfiyatimizni ko'taray- lik. Toki yanagi safar llyos Xojani tirqiralgunimizcha boshqa tushkunlikka lushishmasin.
Darrov xas-cho'p yig'ib, gulxan yoqdik. Qo'shin bir joyga to'plandi, yedi, ichdi. Ovozlari dadillanib qoldi. Kcyinroq Temurbek kclib, bizni ko'rdi, biroq bir tuki o'zgarmadi. Lash- karning esa uni o'chdi.
— Davom etinglar, — dcdi u va dasturxon girdiga o‘tirdi-da, bir bo'lak yaxna go'shtni qo'liga oldi.
Qo'shin Keshga birrovga kirib chiqdi. Chunki farzandlarini yo'qotgan laming nolalariga chidab bo'lmasdi.
Shahar tashqarisida bir haftacha yurdik. Shunchaki yur- madik, albatta. Bo'lg'usi jangga tayyorgarlik ko'rdik. Temurbek lashkarga tarixni so'zlab berdi. Sohibqironlar ham doimo •‘alaba qozonavcrmagani, hatto musulmonlar ham islom dini takllanish paytida mag'lubiyatga uchraganliklari to'g'risida gapirdi. Bizni kelajakda ulkan g'alabalar kutib turganini qariyb har bir sipohning yoniga borib tushuntirdi va shu bilan ularning ruhini ko'tardi. Key in mashqlarni boshlab yubordi.
Ana shunda xabar keldiki, Jeta qo'shini Samarqandni egallash uchun yo'lga chiqibdi.
Xabar Temurbckni butunlay tushkun kayfiyatga solib qo'ya- di yoki u jahl otiga minadi, deb o'ylagan edim. Yo'q, bunday bo'lib chiqmadi. U shiddatkorga aylandi va meni yana bir marta hayron qoldirib, llyos Xoja lashkari Samarqand ostonasiga kelib turgan bir paytda Xurosonga boramiz, dedi.
— Nega? — dedim men uning yuziga tikilib. — Shuncha aziz avliyolarning xoki yotgan Samarqandni mo'g'ullar yana bir marta oyoq osti qilish arafasida turganida Xurosonda nima bor?
— Men buni sendan yaxshi bilaman. Sipohlarimiz oz. Ularning butkul qirilib ketishini istamayman. Mabodo jangni boy berib, ana undan keyin llyos Xoja Samarqandni cgallay- digan bo'lsa, mening Movarounnahrda utnrguzaronlik qilishga haqim qolmaydi. Sipohlarni safarga shayla.
154
Shu safar ilk marotaba lining amrini xohishsiz bajardim. Bir Temurbekning o'zini yolg'iz shu yerda qoldirib, butun qo'shinni boshlab Samarqandga yo'l olsammi, deb ham o'yladim-u, ammo so'nggi mahalda niyatimdan qaytdim.
Yo'l odatdagidan og'ir bo'ldi. Yemak-ichmagimda ham tayin bo'lmadi. Garchi o'zini Keshda tug'ilib, shu yerda ulg'aygan bo'lsam ham har safar Samarqandni cslasam, ko'zimga yosh to'laverdi... Yana amir Husayn Xurosonga qochgandi. Bundan chiqdi, borsak u bilan ko'rishamiz. Qanday qilib? Biz-ku may- li, uning yuzi chidarmikin? Bu safar nima deb bahona to'qir ekan? Ba’zan u amirQazag'anning nabirasi ekaniga ham ishon- ging kelmaydi... Asosiy narsani unutibman-ku, axir amir Husayn Temurbekning qaynog'asi, O'ljoy Turkon og'oning akasi. Shunday ekan, Temurbek u qanchalik pastkashlik qilsa ham kcchirib ketaveradi-da... Mcnitncha, so'nggi xayolim, albatta, xolis olib qaraganda, unchalik ham to'g'ri bo'Imasa kerak. Chunki hozir shunaqangi birzamon keldiki, qaynog'a-kuyov u yoqda tursin, bir qorindan talashib tushganlar ham joyi kelsa, akasi yo ukasiga shafqat qilmayapti. To'xta, yana bitta gap bor. Axir aka bilan ukaning xotini boshqa-boshqa... Qaynog'a bilan kuyovning orasida esa singil bor...
Juda ko'p xayol surdim. Shu bilan yo'l tobora qisqarib ke- tayotganini sezmay qolibman. Buning ustiga, hech kim menga xalaqit bermadi. Temurbek har safargiday oldinda. Bir o'zi allanimalarni rejalashtirib, nimalardir to'g'risida bosh qotirib ketmoqda edi. Boyagina men u to'g'risida ba’zi bo'lmag'ur nar- salarni o'yladim, ammo, aslida, eng qiyini Temurbekka. Agar mo'g'ullarni yerimizdan supurib chiqarsa, qahramon bo ladi. Mabodo cplayolmasa, bir umrga tavqi la’nat yelkasiga ihna i. Balki, kclajak avlod ham uni tinmay haqoratlasa kerak.
Ikki kundan so'ng Xurosonga kirib bordik. Amir Husayn bizni ikki bukilgancha kutib oldi. O'ylaganimday о zini oq ash uchun to'qson to'qqizta bahonani ro'kach qildi. Dushman ikki barobar ko'p bo'lgani, yana eng sara sipohlardan tashkiI p gani, oldingi saf orqa safdagi kamonchilarni yaslnnb kelgan,. aynan to'qnashish pallasida yoydan oq У0!”®1" gani, jang boshidayoq lashkarining ko'pt qinlib ketganI,, g qoclunaganida qolgan-qutgan navkariandanl™™yri. hokazo va hokazo. Ammo u yana qoshm toplamoq
turgan ekan. Xurosonda, ayniqsa, Balxda uni qo'llab-quvvat- lovchilar ko'p ekan. Bir-ikki oy oralig'ida katta qo'shin lo'plab olarkan. Ana undan keyin llyos Xojaning adabini berib qo'yar- kan. Albatta, Temurbek bilan birgalikda.
O'ylashimcha, men uning gaplariga qanchalik ishongan bo'lsam, Temurbek ham shunchalik ishondi. Shu bilan birga, yana bir marta qaynog'asini kechirdi.
Qo'shin yig'ish ishlari, jangovar tayyorgarlik boshlanib ketdi.
Oradan roppa-rosa bir hafta o'tib, hovliqqancha, tinka-ma- dori qurib, pishillab nafas olib, Samarqanddagi xufiya keldi. Uning rangi oqarib ketgan, uzoq yo'lni qisqa muddatda bosib o'tgani bilinib turardi. Shu sabab otidan lushdi-yu, ammo ga- pirolmadi. Temurbek uni darrov o'tovga olib kirdi. Mendan boshqa birorta ham odam kirmadi. Hatto o'tov cshigi yonida turgan ikkila soqchiga ham javob berdi Temurbck. So'ng:
— Nima gap? — deya so'radi xufiyaning yuziga ayanch bilan termilib.
— Amirim, gapim sizni xafa qiladimi yoki quvontiradimi, bilmayman, — dedi nafasini rostlab olgan xufiya.
— Ahamiyali yo'q, gapiraver.
— Sarbadorlar llyos Xojaning dodini berib, Samarqanddan quvib soldi.
Men quloqlarimga ishonmadim, ko'zim olayib ketdi. Mana, nega xufiya hovliqqancha yetib kclgan ekan.
Temurbekning yuzida nim tabassum paydo bo'ldi. Keyin qizardi. Nigohini xufiyadan olib qochdi. Ammo birdan yana unga qaradi. Shuning o'ziyoq Temurbekning qay ahvolga tush- ganidan dalolat berdi.
— Bir boshidan so'zla! — dedi Temurbck.
— llyos Xojaning yaqinlashibqolganini eshitgan shahar xalqi tipirchilab qoldi. Hammani vahima bosgan. Birovlar yig'la- gan, boshqasi dod-voy solgan. Hattoki, amirim, yopinchig'ini yerga tashlab sochlarini yulgancha chinqirayotgan ayolni ham ko'rdim...
Bu gaplarni eshitayotgan Temurbekning ko'zlari kattarib, chakka tomiri bo'rtib chiqib, yuzi qizarib ketdi.
Buni ko'rgan xufiya so'zlashdan to'xtab boshini egdi.
— Davom eting, — dedi Temurbck bir nuqtaga termilib.
156
Xufiya have yclishmayolsanday Ит„8'|п| qirih
boslnni ко lank, Temurbckka qaradi, so'ng ,„'z|adi. '■
“ Namozgohga shaharahli yig'ildi, Ibodal adoelildi Kevin
yov haqida gap ketdi. Yana o'sha gap. Bltofan bir ..„nil Й,
chiqmadi. Xuddi shu mahal madrasa talabasi bo'lmish Mav-
ronzoda shamshirini bclidagi kamarga taqqan ko‘yi oldinga
efuqdi-da: «Hurmath hanishaharlar, jondan azizotalar, akalar,
ukalar. Biz jonimiznmg cvaziga odamgarchilikdan chiqqan
hattoki yuvinishga ham layoqati bo'lmagan kaltafahmlarga
molinuzni bermaylik, baribir, ular to'yishmadi. Rahm-shafqat
nima ckanini bilmay tag'in ustimizga bostirib kclyapti. Agar
hozirgiday aravani birimiz u yoqqa, birimiz boshqa yoqqa
tortadigan bo'lsak, yurtimiz ularning harom oyoqlari osti-
da toptaladi. Shunday ekan, oramizdan bir aqli donish chiqib
mas’uliyatni bo'yniga olsin, biz u nima dcsa qilaylik va hattoki
jonimizni bcraylik!» dedi. Ammo to'plangan ahli mo'min in-
damadi. Oralaridan bir mard chiqib, «Mana, men hammasini
gardanimga olaman», dcmadi.
Temurbek o'zini orqaga tashladi. Chuqur nafas oldi.
— Amirim, — dcdi xufiya kipriklari pirpirab unga termilar-
kan, — chtiinol, tafsilotning hojati yo'qdir. Ehtimol...
— Davoin ct!
— Mavlonzoda chuqur xo'rsindi. Kcyin aytdiki: «Unda men
hammasini yelkamga olaman. Ammo siz menga itoat cta-
siz. Nima dcsam bajarasiz. Rozimisiz shunga?» Birdan g'ala-
g'ovur ko'tarildi. Yig'ilganlarning barchasi uni qo'Hab-quvvat-
ladi. Shundan kcyin Mavlonzoda Qur’oni karimni olib, har
bittasiga ont ichirib chiqdi. So'ngra ayni chog'da ilg'or bo'lgan
Xurdak Buxoriy va paxta tozalovchilar oqsoqoli Abubakr Ka-
laviy bilan birga reja tuzdi. Unda himoyaning har bir soniya-
si hisobga olingan edi. Va yana dushman bilan birga shahar
tashqarisida emas, balki ichkarisida olishuvni ma’qul ko'rishdi.
Tomlarga oddiy xalqdan kamonchilar qo'yildi. Hattoki saqla-
nib qolgan janub darvozasi yonidagi devor ustiga yosh bolalar,
ayollar chiqarildi. Ular tosh va qaynagan suv bilan qurollan-
tirildi. Darvoza ochib qo'yildi. Ycrdan esa shamshir chopishni
biladiganlar dushmanga qarshi boradigan bo'lishdi. Ularning
rejasi ish berdi. Bundan tashqari, xuddi shu mahal Ilyos Xoja
lashkari otlari orasida o'lat tarqalibdi. Har to'rt sipohga bit-
157
tadan ham ot to‘g‘ri kelmay qolibdi. Natijada, Jeta qo'shini- ning katta qismi qirilib ketdi va ular qochishga majbur bo'ldi. Ularning ortidan hech kim quvmadi. Ammo chaqqon ku- zatuvchilar jo'natishdi. Ular xushxabar bilan kelishdi. Ilyos Xoja ortiga qaytib, boshqatdan jangga hozirlik ko'rish u yoq- da tursin, hatto to'xtamabdi ham. Lashkarining butunlay tin- kasi qurigan ekan. Shunday bo'lsa-da, bir hafta mobaynida poyloqchilar ortidan qolishmabdi. Jctaliklar boshqa qaytmas- liklariga ishonchi komil bo'lganidan kcyin shodu xurramiik- da Samarqandga qaytishdi. O'sha kunlari shahar bayram qildi. Ammo amirim, shaharda aniq bitta boshliq bo'lmagani sababli boshboshdoqlik boshlanib ketdi. Kimning uyini kimdir tuna- gan, kimdir kimnidir arzimas sabab uchun o'ldirib qo'ygan va hokazo va hokazo ishlar bo'layotir...
Temurbek birdan boshini ko‘tardi-da, ko'zini qisib xufiya- ga tikilgancha:
— Mavlonzoda hokim bo'Imadimi? — deya so* rad i.
— Yo*q. U: «Men ishimni ado etdim», dedi. Qolaversa, u mamlakatni boshqarishga hali judayam yoshlik qilarkan. Shahar mudofaasi uchun xalq uning aytganlarini bajargan csa- da, yog'iy qochgach, itoat etmay qo'ydi. Shundan keyingina u qo'lini yuvib, qo‘ltig*iga urdi. 0‘zini sarbador deb ulug'lagan- lar nima ish qilib yurganini hech kim bilmaydi. Birovlardan maishat qilishyapti, deb eshitdim.
Xufiyaning so'nggi gapi Temurbekni qoniqtirmadi. Zero, kimdandir nimanidir eshitib gumonsiragandan ko*ra o'sha narsani bilmayqo'ya qolgan ma’qul edi uning uchun.
Temurbek unga ketishing mumkin deganday bosh irg'adi- da, tilla tanga hadya etdi. Xufiya o'rnidan turdi, qulluq qildi, so'ng chiqib ketdi.
— Zudlik bilan borib, Samarqandda boshqaruvni qo'lga olish kerak, — dedim men birdan.
— Qaysi yuz bilan? Men qochib qoldim. Sarbadorlar nima qilib bo'lsa ham Ilyos Xojani shaharga kiritishmadi, — javob berdi Temurbek.
— Bosh sabab dushmanning otlariga o'lat kelgani ekan- ku. Buning ustiga, menimcha, sipohlarining ham ichida ha- dik bo'lgan bo'lsa kerak. Chunki o'lat yuqumli. Hayvondan ham odamga yuqib ketaveradi. Shunday ekan, yuzingiz yorug', amirim, — dedim men.
158
— Nima bo'lsa bo'lsin, Ickin men, avvalo, vijdonim oldida javob berishim lozim. O'zimdan olinadigan imtihonimni ado etolsamgina yo'lga chiqaman. Hozir amir Husaynga chopar yubor, zudlik bilan yetib kelsin. Biz uning ham fikrini eshitib ko'raylik. Keyin shunga qarab ish yuritamiz.
— Temurbek, — dedim bu safar, haqiqatan ham, jahlim chiqqani bois uni sensirab, — qachongacha undan fikr so'ray- san? Undan bizning nima qarzimiz bor? Agar bo'lsa, beray- lik-da, qutulaylik. Shu bilan ora ochiq.
Temurbek miyig'ida kuldi.
— U Amir Qazag'anning nabirasi. Shunday ekan, har ni- mada u bilan ham fikrlashganimiz ma’qul. Qolaversa, shayx- lar qabristonida men unga ont ichganman. Toki haddan zi- yod ayb ish qilib yuborsagina men uning jazosini berishim va yoki uni chetda qoldirmog'im mumkin. Yangi davlat qurish ishtiyoqidamiz. Ana shu davlatning poydevoridayoq xiyonat, lafzsizlik bo'lmasligini istayman... Choparni amir Husaynga jo‘natgin-da, o'zing Samarqandga yo'l ol. Haqiqiy holatni o'z ko'zing bilan ko'r. Bu bizning kelajak rejamiz uchun judayam zarur.
Men noiloj o'rnimdan turdim. Amir aytganiday choparni jo‘natdim-da, o'nta sipohni yonimga olib, ertasiga tongda «Qaerdasan, Samarqand?» deya ot choptirdim.
Bundan qariyb olti oy muqaddam Movarounnahr viloyat- lari biz xotirjam yuradigan joylar edi. Har qalay, ko'krakni kerib o'tib ketadigan bo'lsa, kimlardir havas bilan boqardi. Endi bo'ynimizga bitta mag'lubiyat yozib qo'yilgan, bundan ham uyatlisi esa oddiy xalq bizning ana shu xatomizni tuzat- gan edi. Endi ko'krak kerib yurolmaymiz. Kerilishni qo'ying, birovning yuziga qarashga odamning yuragi dov bermaydi... Endi tasawur qiling, men Samarqand ko'chalarida yuraman. Qanday ahvolga tushaman...
Mana shunday o'ylar girdobida Samarqandga yetganimni ham sezmay qolibman. Masofa olis, doim ham otni choptirib yurolmaysiz. Shunga qaramasdan juda qisqa muddatda yetib kelib qo'ygandayman.
Shaharning xuddi mo'g'ullar qochgan tarafidan kirib bor- dim. Aslida, g'arbidan kirish ma’qul edi. Lekin shu yoqdan kirsam, odamlar meni qo'llarini bigiz qilib ko'rsatadiganday tuyilaverdi. Shu boisdan ham narigi tomonga o'tdim.
159
Birov menga e’tibor bermadi. So'ng ikki kishining musht- lashayotganiga ko'zim tushdi. O'g'rini uchratdim. Dod solib yig'layotgan ayolni ko'rdim. Darvoqe, «Mo'g'ullarscni nimlalab tashlashganida yaxshi edi!» deb baqirardi ayol. Tag'in maishat- parastlikdan chiqib kelayotganlarni ham ko'rib ko'rmaslikka olishga majbur bo'ldim. Ichimda xufiyaning gaplari chin ekan, u aldamabdi, deb o'yladim va otimning jilovini bozor tomon- ga burdim. Yetay deganimda otdan tushib, piyoda bozorga kir- dim. Bozorda odam oz. Asosan, sotadiganlar. Lekin shular- ning ham moli judayam g'arib. Ikki-uchtadan bo'lib gaplashib o'tirishibdi. Meni ko'rishdi. «Hoy birodar, uyda birorta bolan- gizning kiyimi yirtilib qolgandir, olib keting, xursand qiling», dedi ulardan biri. «Ko'rmayapsanmi, boshqa joydan kelganga o'xshaydi», dedi ikkinchisi.
— Kesh tomonlarda bozor chaqqonmi, ishqilib? — deya luqma tashladi yana birovi.
Ularning yoniga borgim, gaplashgim, bir piyola choyidan ichgim va hattoki qandaydir mato solib olishga ishtiyoqim bor edi. Ammo borolmadim. Buning o'rniga turgan joyimda:
— Keshda yaxshi, ammo Qarshidan keldim. U yoqning ham savdogari pashsha qo'rib o'liribdi, — deya yolg'onladim.
— Agar yog'iy Keshga borganida Temurbek qo'lini sil- tamasdi. Nima bo'lsa bo'lardiki, urishardi. Bizni o'gay bildi, — dedi savdogarlardan biri.
Uning gapi suyak-suyagimdan o'tib ketdi. Undoq emas, dc- gim keldi. Ammo tilim aylanmadi. Shu boisdan zo'rma-zo'raki iljayib, yelkamni qisib qo'ydim.
Keyin oziq-ovqat rastasiga o'ldim va to'polonning ustidan chiqdim. Ozg'ingina bolakay novvoyning nonini o'g’irlabdi. Ammo uzoqqa ketolmay qo'lga tushibdi. Novvoy uni savala- yapli. Birov kelib: «Qo'y, o'ldirib qo'yasan». demaydi. Hamma tomosha qilib turibdi. Bolakay ham yerda tuproqqa bcla- nib yotgan ko'yi bir marta voy demaydi. Dcyolmaydi. Chunki og'zi to'la non. U kaltakka ham c'tibor bermay mumkin qadar ko'proq non yeb qolishga urinib yotibdi.
— To'xta! — dedim novvoyning qo'lidan ushlab. — Bas qil!
— Senga nima? Bor, yo'lingdan qolma! Bu badbaxt bolala- rimning rizq-nasibasini o'g'irladi! Jazosini olishi kerak! — dedi u qichqirib.
160
Men shartta uning kaftiga bitta tilla tanga tashladim.
Nowoyning ko'zi olaydi va shundan keyingina menga bosh- dan-oyoq qarab chiqdi. Men shaharga kirishdan oldin harbiy kiyimni yeehib, cskirib qolgan savdogarlar libosini egnimga ilgandim. Shuningdek, sipohlarni ham shaharni o'rganinglar deb tarqatib yuborgandim.
Burnini tortgan novvoy atrofga olazarak ko‘z tashlab ol- di-da, bolani do'pposlashni bas qilib, ortiga burilib ketdi. Men bolaning turib olishiga ko'maklashdim. Ust-boshining changi- ni qoqdim. Bu paytda yaxshigina tomosha ertaroq tugab qol- ganidan afsuslanganlar tarqay boshlagandi.
— Oting nima? — so'radim boladan.
— Said, — javob berdi u.
— Ota-onang qayerda?
— Otamni mo'g'ullar o'ldirishgan. Onam uyga kelmadi. Qidirib o'ligini ham topolmadim.
O'n ikki yoshida keksayib qolgan bolakayning gaplarini eshilib, dodlab yuborayozdim. Onasining o'ligini ham topol- maganini bemalol gapiryapti, bir tuki o'zgarmayapti.
— Senga kim qarayapti?
— Hech kim qaramayapti. O'zimning qornimni o'zim to'ydirib yuribman. Bugun qo'lga tushib qoldim-da. O'tgan kuni hech kim tutolmagandi... Menga pul bering. Anavi nov- voyga berganingizga o'xshaydiganidan.
— Nima qilasan pulni?
— Non sotib olaman.
Men beixtiyor hamyonimni qo'limga oldim. Xuddi shu payt qanday qildi bilmayman, ishqilib, bolapaqir hamyonimni ol- di-yu, qochib qolsa deng. Ortidan quvishni ham, bozordagi- larga «0'g‘ri qochdi, ushlanglar!» deb baqirishni ham bilmay tarashaday qotib qoldim. Hash-pash deguncha bola ko'zdan yo'qoldi. Shundan keyin birdan kulib yubordim. Ishona- sizmi, zig'ircha bo'lsa ham xafa bo'lmadim. Qaytaga, xursand bo'ldim. Keyin bu bolakay ozmuncha pul olib qochmadi. Yana hammasi tilla tangalar. Ularni qanday qilib ishlatarkin? Boz ustiga, har kuni o'g'rilik qilarkan. Bundan chiqdi, otning qashqasiday bo'lib qolgan... Shoshma, mcn-ku uning pulim- ni olib qochganiga indamay qarab turdim. Ammo boshqalar shunchaki qarab turishmaydi-ku. Ushlab olishsa. haligi nov-
161
voydan ham battar ahvolga solishadi-ku. Esiz, qochgani cha- toq bo*ldi-da, degan o'yda bozomi yana kuzatgan kishi bo'lib chiqib ketdim. To'g'ri, bu yerda kiyim bozoriga nisbatan odam ko'p edi. Lekin, baribir, awalgiga nisbatan oz.
So'rab-surishtirib Mavlonzodani masjiddan topdim. U xufiya aytganiday oriqdan kclgan, uzun bo'yli, boqishlari o'lkir yigit ekan. U men bilan qo'sh qo'llab ko'rishdi.
— Hazrat amirimiz yaxshi yuribdimi? — dedi jilmayib.
Men gap kim haqida ketayotganini va Mavlonzoda meni taniganidan xursand bo'lib:
— Tashakkur, — dedim.
— Marhamat qilib hujramga yursangiz, — dcdi Mavlonzoda qo'li bilan masjid eshigi tomonga ishora qilib va o'zi yo'l bosh lad i.
Uning hujrasi masjiddan chiqaverishda oftob chiqar tomon- da ekan. U yerga kirishimiz bilan yuzimga ajib anvoyi hid uril- di. Men ilgari sira bunday iforga duch kelmagandim.
— Marhamat qilsinlar, — dedi Mavlonzoda nihoyatda sa- ranjom-sarishta, ozoda xonaning to'riga yozilgan ko'rpacha tomonni ko'rsatib.
Men ortiqcha o'zimni taroziga solmay o'tirdim. Mavlonzoda chiqib ketdi va ko'p o'tmay qo'lida choynak-piyola bilan kirib keldi. Ungacha men tokchalarga terib qo'yilgan kitoblar- ga ko'z yugurtirdim.
Mavlonzoda salom berib kirgach, qo'lidagilarni poygak- da to'shalgan po'stak yoniga qo'ydi. So'ngra eski dasturxon- ni yozib, ustiga ikkita non, bir hovuch mayiz qo'ydi va choyni qaytara boshladi.
— Shunday azim Samarqandni yog'iydan asrab qolibsiz.
Bunday odamning yashashi...
Mavlonzoda shu zahoti boshini ko'tarib menga qaradi va kuldi. So'ng:
— Men emas, xalq asrab qoldi. Qolaversa, Alloh qo'lladi. Shu boisdan ham ikkimiz suhbat qurishga shaylanib o'tirib- miz, — dedi yumshoqlik bilan.
«Barakalla, kamtarmisan, demak, kamoling bor», deya xa- yolimdan o'tkazdim men.
U piyolaga choy quyib, menga uzatdi.
— Amirimizdan umidimiz judayam katta edi. Juda oz sipoh
162
bilan katta-katta qo'shinlarning dodini bergan odam qanday qilib Chinoz yaqinida jangni boy berib qo'yganiga sira aqlim bovar qilmaydi, — dcdi Mavlonzoda o'ziga ham choy quyar ekan.
Men shoshilmasdan bir ho'plam choy ichdim. Shoshilmas- dan qo'limdagi piyolani dasturxonga qo'ydim.
— Shunaqasi ham bo'lib turarkan. Banda xato qilishga mahkuin ekan. Yana birovlarga ortiqcha ishonib yuborish ham yaxshilikka olib kclmaskan. Mavridi kclsa, bu haqda batafsil so'zlab beraman. Men sizning yoningizga kelishdan avval sha- harni aylandim va ko'rdimki, shahar g'olibdan ko'ra ko'proq mag'lubga o'xshab qolibdi, — dedim «Loy jangi»ni gapirib ber- ishni istamay gap o'zanini boshqa tomonga burarkanman.
Mavlonzodaning yuzidagi tabassum yo'qoldi. U bir muddat choyga termilib turganidan so'ng, sckin gap boshladi:
— Afsuski, siz haqsiz. Hozirgi ahvol yog'iy bosgandan ham battarroq. Men birovni ayblolmayman. Shuningdek, o'zim- ni oqlolmayman ham. Bosh yo'q. Hammayoq alg'ov-dalg'ov. Birovning gapini birov eshitmaydi. Dushmanga qarshi yakdil bo'lganlar, elni birlashtirganlar alohida-alohida tomorqa bo'lib olishdi... Agar siz kclmaganingizda amirimizning yoniga borib oyoqlari ostiga o'zimni tashlab, bu yoqqa kelishni, odamlar- ni birlashtirishni so'ramoqchi bo'lib turgan edim. Chunki shu ahvolimiz davom etsa, boshqa bir dushman kelib shaharni vay- ron qilishi hech gap emas...
U so'zlashdan to'xtab, choydan ho'pladi. Kcyin hamma vo- qcalarni birma-bir ipidan-ignasigacha gapirib berdi.
Men Mavlonzoda bilan xayrlashayotganimda quyosh ufqqa yonboshlashga tayyorgarlik ko'rmoqda edi.
Biz mash’ala yoqib yo'lga chiqdik. Chunki ertaroq Temurbekning yoniga borishim, ko'rgan-bilganlarimning hammasini gapirib bcrishim va uni bu yoqqa tezroq kclishga ko'ndirishim darkor edi.
Ammo qaysar Temurbekni bir nimaga ko'ndirishdan og'iri yo'q. Buning ustiga, u amir Husayn bilan maslahatlashish kerak, deyishi ham hech gap emas. Bunisini esa ko'tarishim qiyin. Qo'rqaman. Ha, Temurbek bilan yovlashib qolishdan qo'rqa- man. Bir-birimizga qilich yalang'ochlashimizdan qo'rqaman!
Temurbek yo'q ekan. Yoniga besh-oltita navkar olib, ovga
163
ketibdi. Bir hisobdan shunisi ham yaxshi bo'ldi. Chunki u kel- gunicha dam olib, xotirjam bo'lib olaman.
Yo'l charchog'i o'z o'tovimga kirib, cho'zilib yotganimdan so'ng kuchini ko'rsatdi. Ilgarilari bir oz xayol surib yotardim. Hozir shunga ham yetmadim. Ochig'i, kalima qaytarsam ham bo'lmayapti. Bugun-ku unga ham kuchim yetmadi. Ammo ol- din tilovat qilib, keyin yotgan kezlarim ham alg'ov-dalg'ov tush- lar ko'raman. Yana nuqul jangu jadal. Shamshirim zarbidan jon taslim qilganlar qayta tiriladi. Ustimga bostirib kelishadi. Bo'laklarga bo'lib tashlayman, ammo, baribir, yana o'z holi- ga keladi. Yana bitta emas, ko'p. Judayam ko'p. Butun boshli qo'shin. Yana shunday bir paytda o'ylab qolaman, hali oyoq- qa turishimiz uchun savashlar mo'I bo'ladi. Qancha-qancha- si jonidan ayriladi. Ular ham manavilarning safiga qo'shiladi. O'shanda nima bo'ladi?..
Века og'o uyg'otdi. Sho'xiigim tutib ketdi. Nazarimda, xo- tinim yillar o'tgani sayin yosharib ketayolganday. Boshqalar allaqachon ikki-uchta xotinli bo'lishdi. Hali u sabab, hali bu sabab bilan uylanishadi. Men esa bittaga qanoat qilib turibman. Balxdaligimizda Temurbek pushtun qavmidan bo'lgan Qudrat Mahmudbekning qiziga uylantirib qo'ymoqchi bo'ldi. «U bilan qarindoshlik rishtasini bog'lab qo'ysak, bizga tobe bo'ladi», dedi. Men unamadim. Chunki o'sha kezlari juda charchab yurgandim. Safarlar, jangu jadallar ko'p edi. Ertaga qayerda tunab qolishimizni bilmasdim. Shu bois uning ra’yini qayta- rishga majbur bo'ldim. Ammo Temurbek, baribir, Mahmudbekning qizini Sayfuddinga olib berdi. O'shanda bu haqida eshitgan Века biram xursand bo'ldi, biram xursand bo'ldiki, asti qo'yaverasiz. Bir hafta holi-jonimga qo'ymadi. Shulardan bittasida urushdan kelgan edim...
— Kech bo'lib qoldi, begim. Halizamon quyosh botadi. Amir ovdan qaytib kelganiga ancha bo'ldi. Sipohlardan sizni so'rattirdi. Uxlayotganingizni aytganimdan so'ng, teginmang- lar, debdi, — deya jiimayib soqolimni silay boshladi Века.
— Ana, «Uyg'otmanglar», debdi. Demak, men uxlayotgan bo‘laman-da, — dedim hazillashib.
— Yo'q. Boring. Oldinda butun boshli tun bor, — deya Века o'rnidan turdi.
Men Temurbekning o'toviga kirib borganimda u ishtaha bilan go'sht yeyayotgan ekan.
164
— Rah math qaynonang scvib qizini bcrgan ekan, ayni ovqa- tning ustiga kelding. Kaklik go'shti hamisha shirin bo'lgan. Ayniqsa, uni o‘zing ovlasang. Qani, o'tir, — dedi Temurbck.
Men poygakdan joy oldim. Qistovdan so'ng bir bo'lak go'sht- ni oldim-da, og'zimga soldim. Darhaqiqat, juda mazali ekan, o'ziyam oshpaz olovga toblashni boplabdi. Yumshoqqina, ik- ki-uch chaynab, tomoqdan o'tkazib yuboraverasan.
— Qani, so'zla, — dedi Temurbck yeyish asnosida.
— Xufiyaning hamma gaplari rost ekan. Bekamu ko'st. Er- taroq borilmasa, shaharni qo'lga olib boshqarilmasa yo ular o'zlarini yeb bitirishadi va yoki yog'iy osongina qo'lga kiritib, xalqning boshiga yana ayovsiz kulfat yog'diradi.
— Bu haqda kengash chaqiramiz. Ularning ham fikrlarini bilamiz. Shundan so'ng bir xulosaga kelamiz.
— Kengashda amir Husayn ham qatnashadimi?
— Albatta. Unga va’da berganman va va’damning ustidan chiqmog'im kerak. Qolavcrsa, amirning tarafdorlari ko'payib ketdi. U ilgarigidan hozir ancha baquvvat. Uncha-muncha dushman bilan yolg'iz o'zi kurasha oladi.
— Ammo siz bo'lmasangiz, u, baribir, hech kim.
— Gina-kuduratni ortga tashlang, Abbosbek. Amirning fe’li menga ma’lurn. Ammo hali gali kelmadi. Qolavcrsa, singlisi mening haramimda va u xotinlarim orasida eng oqilasi. Keyin hali Turonzamin yakdil bo'lmadi. Uning boshini qovushlir- moqda, albatta, amir Husaynning xizmatiga tayanamiz.
— Men bu tomonlarini o'ylab ko'rmagan ekanman.
— Qani, go'shtdan oling. Xufiya aytganlari o'z yo'liga, siz o'z ko'zingiz bilan nimalarni ko'rdingiz? Gapiring, — deb Temurbek menga qarab qo'ydi.
Men nimaiki ko'rgan, eshitgan bo'lsam, hammasini oqiz- may-tomizmay so'zladim. Ayniqsa, bozordagi bolakay tilla tangalarimni olib qochganini gapirayotganimda kulib yubor- dim. Temurbek ham kuldi.
Keyin jiddiy tortib qoldi. «Novvoy bilan bolaning tili bir. Yanayam aniqrog'i, u o'shaning o'g'li bo'lsa ham ajabmas. Bu judayam xunuk voqea. Hammasidan xunuk», dedi.
Buni qarangki, xuddi shu narsa mening xayolimga kelma- gan ekan.
Temurbck bilan uzoq suhbat qurdik. U har bitta voqcaga inunosabatini bildirarva meni hayratlantirardi.
165
Ertasiga peshindan kcyin barcha amirlar, beklar, shuning- dck, amir Husayn ham kengashda qatnashdi. Amir Husayn oldingidan ancha g'o'ddayib qolibdi. Hatto Tcmurbckdan ham yuqoriroqqa o'tirdi. Temurbek esa bunga e’tibor ham bermadi.
— Zudlik bilan Samarqandga borish kerak, — dcdi amir Husayn, — toki yara gazak olib ketmasin.
Uning lab qimirlatishiga, burun kataklarining kengayib, torayishiga, qoshlariga, kipriklarining pirpirashiga c'libor bcr- dim. Va amir Husayn Samarqandning shunday ahvolga tushib qolganidan xursand, degan xulosaga keldim. Amir Husayn «Men o'zim boraman. Hammayoqni tartibga solaman. Mana, Balx bilan Hisori Shodmon to'laligicha tasarrufimga o'tgach, elning ahvoli havas qilgulikka yetdi», dedi.
Men avval unga, keyin Temurbekka qaradim. Axir amir Husayn aytgan ikkita viloyat to’laligicha bizniki edi. Qanday qilib amir Husaynning tasarrufiga o'tib qoiarkin?
— Sarbadorlar, — gapida davom etdi amir Husayn, — Xuro- sonni qonga botirgan edi. Ularning vakili bo'lmish Ma’sud Bayhaqiy o'zining piri bo'lmish Shayx Hasan Jo'riyni o'ldir- tirgan edi. Baski, undan oldingi o'ldir-o'ldirlardan shu ishi bilan o'tib ketdi. Undan keyin ham sarbadorlardan kimki taxtga chiqqan bo'lsa, hammasi o'ldirilgan. O'z ajali bilan o'lgani ju- dayam oz. Mana, bugun sarbadorlar Samarqandda. Ularning avvali nima bo‘lgandi-yu, bu yog'i nima bo'ladi?!
— Xulosa qilishga shoshilmang, amir. Hamma narsa siz o'ylaganchalik emas, — dedi Temurbek.
— Sizga hurmatim nihoyatda baland. Kuyovimsiz. Ammo kuyov bo'Imaganingizda ham qilgan va qilayotgan ishlarin- gizni ko'rib, albatta, hamkoringiz bo'lardim. Shu safar menga ishoning va men Samarqandda tartib o'rnataman. Albatta, ular menga itoat etadigan bo'lishsa, hech kimni jazolamayman. Bir tomchi ham qon to'kmayman. Xuddi Balxdagi kabi. Mabodo siz aytganday boshboshdoqlik davom etadigan bo'lsa, nimadir qilmog'imga to'g'ri keladi.
— Nimadir qilmog'ingiz uchun oldin Samarqandni yog'iy- dan himoya qilolgan bo'lishingiz kerak edi, amir. Ammo siz qochdingiz, — dedim men chidayolmay, — endi Samarqandning ixtiyori o'zida!
— Movarounnahr har kimning qo'lida qolmaydi! — dcdi shamshirining dastasini ushlagan amir Husayn.
166
Shu zahoti men ham qilichimni qinidan chiqazishga shay- landim.
— Bas! — dedi Temurbek. — Bundayin kengash bilan, av- valo, o’zimizni xarob etamiz. Hozircha hech kim hech nima qilmaydi. Amir Husaynning Xurosonda, mening esa Qarshida yumushlarimiz bisyor. Qish o’tib Samarqandga boramiz. Un- gacha bir qarorga kelamiz.
Shu kuni men uxlayolmay chiqdim. Nega amir Husaynning kallasini olib tashlamadim? Nega uning g’o’ddayishiga qo’yib berdim? Nega Temurbek indamadi? Singlisini xotin qilib ol- gani tilining qisqa bo’lganimi? Balx uniki emish, Hisori Shod- mon uniki emish?..
Yotolmadim. Tashqariga chiqib ketdim. Gulxan yoqib, atro- fida o'tirgan yasovullarning yoniga bordim va ular bilan tong otguncha gurunglashib o’tirdim.
Biz qishlash uchun Qarshiga ketdik. Qish sovuq kclmadi. Qor ham oz edi. Shu bois, asosan, qal’a devorlarini ta’mirlash, buzilgan joylarini boshqatdan ko’tarish ishlari bilan shug’ul- landik. Ochig'ini aytay, shunaqangi yumushlarni ham sog’in- gan ekanmiz. Ustalar bilan birga o’zimiz ham rosa bcrilib ish- ladik. Bir fasl jangu jadal unut bo’ldi. Hattoki men «Bo’ldi, bundan buyon shunday tinch yashaymiz, dushman bizga xavf solmaydi», degan xayolga ham bordim.
Ammo erta bahorda amir Husaynning chopari keldi. U Sa- marqand sari yo’lga tushibdi. Xabarchining aytishiga qaragan- da, ko’hna shaharda boshboshdoqlik yanayam avjiga chiqib ketibdi. Ertaroq borib saragini sarakka, puchagini puchakka ajratmasa, tirik odamning qolishi amri mahol ekan.
— Nomard, sening maqsading boshqa. Sira shaharni tin- chitish, adolat o’rnatish maqsadida bormayapsan. Maqsading — och ko'zingni to’ydirish. Ammo ko’zing to'ymaydi-da. Ish- qilib, bir kuni badnafsliging boshingga yetmasaydi, — dedi Temurbek maktubni o’qib bo'lgach. Keyin qo'shinni jamlash- ga buyruq berdi.
Men tinim bilmadim. Tcmurbekning og’zidan buyruq chiqar-chiqmas darrov lashkarboshilarni to'pladim. Zud- lik bilan navkarlarning shahar tashqarisiga to’planishlarini buyurdim. Ha, shoshayotgandim. Nima bo’lsa ham amir Hu- sayndan oldinroq Samarqandga yctishni xohlayotgandim. AI-
167
balta, Temurbekning istagi ham shu edi. O‘tgan mana shu qish mobaynida u bir necha marta menga Samarqand haqida, u yerda yotgan avliyolar haqida so'zlab berdi. «Boshim omon bo'lsa, Alloh omad ne’matini darig' tutmasa, albatta, ularning qabri obod bo'lajak», dcdi. «Yaxshi niyat — yorti mol», dc- yishadi. Ajabmaski, uning orzulari ushalib qolsa.
Yarim yo'lga yetganimizda Samarqanddan xufiya yetib kcl- di. Savdogar qiyofasida. Go'yoki Qarshiga shoshilib kctayot- ganday. Go'yoki molidan ayrilib qoladiganday besaranjom. Baxtiga, Temurbek hammadan oldinda edi. Aks holda, «Dush- manning adashgan navkarlaridan biri savdogar qiyofasiga kirib olibdi». degan xayolga borgan sipohlarimiz uni bir yoqli qilib qo'yishi yoki otidan yerga ag'darib, bir-ikki marta tcpkilab, ana undan keyin Temurbekning yoniga sudrab olib kclishi mumkin edi.
Men Temurbekning «O'zingni bos!» deganini eshitdim, keyin u «Molni bunchalik uzoq muddat butunlay boshqa sha- harga tashlab ketib bo'lmaydi. Birov teginmagan holda ham sichqon, kalamushlarga yem bo'ladi», dedi ovozini balandlatib.
Men sergaklandim.
Temurbek lashkaming yo'Ida davom etishiga ishora berdi. O'zi esa yon tomonga xufiya bilan birga ketdi. Ammo tez qayt- di. Bir o'zi. Xufiya shu yoqning o'zidanoq iziga qaytgandi. Men Temurbekning yuzida besaranjomlikni ko'rdim.
— Amir Husaynning «karomatlari» chegaradan ko'p uzoq- labdi. Kuz yetganga o'xshaydi, — dcdi u menga. — Sarbadorlar amir shaharga yaqinlashib qolganida uni tan olib, o'zlarining hukmdori sifatida qabul qilajaklarini maktubi orqali bildirish- gan ekan. Ammo aldanishibdi. Amirboshliqlarning hammasi- ni hiyla yo'li bilan tutqun etibdi. «Men yctgunimcha qatl ctish- masin», dedim. Lashkarni tezlat. Ehtimol, Husayn meni kutib ham o'tirmas...
Katta qo'shinning ildamiab ketishi qiyin masala. Qo'shin faqatgina ot va uning chavandozidan iborat emas. Qancha- dan-qancha yuk ham bor. Shunga qaramasdan qo'shin odat- dagidan ikki barobar tez yurdi.
Biz Samarqandga yetib borganimizda hammayoqda: «Sarbadorlar boshliqlari qatl etilar ekan», degan shov-shuvli gap yurardi.
168
Temurbek ikkimiz amir Husaynning yoniga bordik. Temurbek u bilan ko'rishmadi hatto.
— Bu nima xunrezlik?! — dcdi jahl bilan.
Ochig'ini aytsam, garchi Temurbekdan menga hech qanaqa xavf bo*lmasa-da, uning yuzini ko'rib, qo'rqib ketdim. Amir Husayn csa ortiga tisarildi.
— Gunohlari ko'p, — javob berdi Husayn.
— Siznikidan ham mi?
Amir Husaynning ko'zi olaydi.
— Amir, biz siz bilan shcriklarmiz. Siz o'zingizni mendan hisob so'rashga loyiqman, deb hisoblaysizmi? — dedi amir Husayn.
— Hisoblamayman. Ammo sheriklar bamaslahat ish tutadi.
— Men lafz qilib qo'ydim va uni bajarmasam, hatto sipohla- riin oldida ham qadriin qolmaydi.
— Mavlonzoda mening ixtiyorimda, — deya Temurbek amir Husayn qo'nalg'asidan chiqib ketdi.
Hukm ijro etildi.
Ammo amir Husayn bu bilan ham qanoat qilmadi. Qatl ctil- ganlaming mol-mulklarini tortib olgani yetmaganday, Amir Jakubek, Sayfuddin, Oq Bug'a, Elchi Bahodir va Davlatshoh Baxshiga soliq solibdi. Axir ular biz bilan birga dushmanga qarshi jonini garovga qo'yib jangga kirgandi. Elchi Bahodir og'ir yaralangandi ham. Uning yashab ketishiga ko'zim yetma- gandi. Lekin kuni bor ekan, sog'ayib ketdi. Endi yaramas amir Husayn shularga soliq solib turibdi.
Bcchoralarqutulish chorasini topolmaganidan keyin Temurbekning yoniga ketishdi.
— Bor mol-mulkimizdan, — dcdi Davlatshoh Baxshi, — «Loy jangi»da ayrildik. Birovga bir nima berish u yoqda tur- sin, hatto o'zimiz, bola-chaqamizning yeb ichishiga ham hech nima qolmadi. Amir Husayn «Soliqni to'lamasanglar, bosh- laringni tanasidan judo qilaman», deb turibdi. Yolg'iz suy- anchig'imiz, umidimiz sizdan, amirim!
— Hech qaehon bandaga suyanilmaydi. Shunday qilsangiz, Allohga shak keltirgan bo'lasiz. Ammo men Xudoning yorda- mi bilan mushkulingizni oson qilishga urinaman. Agar shun- da ham amir Husayn ko'nmasa, bittagina chora qoladi, — deb Temurbek menga yuzlandi, — Abbosbek, mulkimizdan Husayn so'raganlarini bcring... Shoshmang!
169
U o'rnidan turdi. Orqa eshikdan tashqariga chiqib ketdi va zum o'tmay qaytib keldi. Kaftida bir juft sirg'a bor edi.
— Unga buni ham bering.
Men bir qarashdayoq sirg'aning ishlatilganini angladim. Demak, Temurbek qaysidir ayolning qulog'idan yechib olgan. O'sha ayol kim? Shoshma, nahotki O'ljoy og'oniki bo'lsa? Temurbek o'z xotini, ya’ni amir Husaynning singlisi taqib yur- gan sirg'ani boshqalar uchun soliq sifatida to'layaptimi? Yana qaynog‘asiga-ya?
To'g'risi, dahshatga tushdim. Bu degani Temurbek bor-bu- dini berib yuboryapti... Yo'q, unday emas, tag ma’no bor bu yerda. Temurbek aytmoqchiki, «Singling mening qo'lim- da, haddingdan oshaverma...» Mana shu joyda adashganga o'xshayman, chunki Temurbek hech qaehon past ketmaydi. Hatto hozir qilgani uncha-muncha odamning qo'lidan kel- maydi. O'sha yaramas amir Husaynning ham.
Endi tanganing ikkinchi tomoni... Buni bilish uchun soliqlar bilan birga sirg'ani shaxsan o'zim olib bordim. Amir Husayn sirg'ani tanidi. Qaytarib beradimi, deb o'ylagan edim. Ammo nafsi hakalak otgan amir uni oldi. Bunisi endi dahshatning o'zginasi. Men g'azabim jo'shib ketganidan qizarib-bo'zardim.
— Hey, beklar, «Hamyonimizni «Loy jangi»da qoldirib ket- ganmiz», deyishgandi. Qasamxo'rlar, mana, bor ekan-ku. Zo'r kelsa, berisharkan-ku! Agar yana bir marta zabtiga olsam, tag'in shuncha chiqadi, nima deding, Abbosbek?! — deya hiringlab kuldi amir Husayn.
— Bularning barini Temurbek berdi! — dedim men unga yeb qo'ygudek tikilib.
Shu zahoti u jiddiy tortdi. Sirg'aga sinchiklab qaradi-da:
— Men Soli Saroyga ketish arafasida edim. Otlarni shu yoqqa jo'nating. Endi ruxsat, — dedi.
«Bir kuni nafsing bo'g'zingdan oladi», deya xayolimdan o‘tkazdim-da, izimga qaytdim. Albatta, Temurbekning nomi uni sergakiantirdi. Shunga qaramasdan, nafsi, baribir, ustun keldi.
Amir Husayn, haqiqatan ham, ertasi kuni Xurosonga jo'nab ketdi. Temurbek esa uch kun Samarqandda qoldi. Shu vaqt mobaynida aziz-avliyolarning qabrini ziyorat qildi. Ayniqsa, Shayx Nuriddin Basir qabriga borganida boshqaeha bo'lib ket-
170
di. Uzoq tilovat qildi. Ko'zidan yosh oqdi. Shu holida ham ancha muddat o'tirdi. Albatta, men avval ham uning ko‘zi namlanganini ko'rganman. Hamisha qaysidir avliyoning qab- ri yoniga borganida yoki ota xilxonasi ziyoratida. Sababi, bir paytlar o'zi ham din yo'lini tutishni orzu qilgandi. Ammo ke- yinchalik boshqa yo'ldan ketdi.
Biz Kcshga ketdik. Bir kun dam olganimizdan so'ng ertasi- ga tog'u toshga chiqib, ov bilan mashg'ul bo'ldik. Keyingi kun esa sipohlar bilan harbiy mashg'ulot o'tkazdik.
Bir oycha vaqtimiz bir kun ov, bir kun mashg'ulot bilan o'tdi. Bunisi endi jonning rohati edi. Ov bilan shug'ullanmoq odamni yashartiradi, deb ilgari ko'p cshitgandim. Bu bilan birinchi marta ovga chiqishim dcmoqchimasman. Ammo shu galgiday bo'lmagan ilgarilari. Biroq men sizga shuni aytishim kerakki, oxirgi voqealar bot-bot xayolga kclar va o'yga toldi- rardi. Shuningdek, Temurbekni ham bir necha marta xayolga tolgan holda ko'rdim.
Xufiya keldi. Ular Temurbekning faqat o'zi bilan gaplashar- di. Temurbekning eng yaqin kishilaridan biri bo'lishimga qaramasdan, suhbatga aralasholmasdim. Chunki o'ta maxfiy bo'lishi shart ckanini ilgari Temurbek menga tayinlagandi. Mening vazifam esa o'sha paytda ularning yoniga birorta ham odamni yaqinlashtirmaslik edi. Bir qarashda uni navkar deb ham o'ylash mumkin. Lekin ustidagi libosi navkarlarnikidek emas. Ammo men yolg'iz yurgan bunday kimsaning kim ekanini darrov bilib olardim.
Bu safargi xufiya otiga kiyikni ortmoqlab olgan edi. Biz esa harbiy mashg'ulot o'tkazardik.
— Ovimni Temurbekka hadya qilish orzusida yurgan edim. Ilgari sira kiyik ovlay olmaganman. Bugun omadim keldi. Agar lozim topsangiz, u buyuk zotga tuhfamni hadya etsam, — debdi u sipohlardan biriga uchrab.
Men kim kelganini darrov fahmladim va uni Temurbekning chodiriga olib bordim hamda xoli qoldirib, chiqib ketdim.
Xufiya bir qumg'on qaynagulik vaqt ichida Temurbek bilan suhbatlashdi. Undan keyin men Temurbekning chodiriga kirdim.
— Abbosbek, — dcdi u o'tirgancha oqsoq oyog'ini silar ekan, — bundan kcyin yana shunday osoyishta dam olish na- sib etmasa kerak.
171
— Tinchlik bilan kelibdimi? — so'radim men.
— Afsuski, unday emas. Boyazid Jaloyirning o'g’li Musa- bek bilan uning qaynog'asi Ali Darvesh amir Husaynga qarshi birlashibdi. Agarda ular birgalashib, amir Husaynning ustiga qo'shin tortib borganida men hech nima demagan bo'lardim. Va aralashmasdim. Ammo o'rtaga meni tiqibdi. Ya’ni hozir amir Husaynga qarshi lashkar yig'ayotganim, tayyorgarlik ko'rayotganim haqida maktub yozib jo'natishibdi. Nazarimda, ularning mendan umidi katta. Men amir Husayn bilan uri- shib, uni yengaman va ularning ko'ngli xotirjam tortadi. Asli- da, bunga ham gumonim bor. Bir marta shunday harakatlari bilan manfaat topganlar yana xuddi shu ishni qilish ishqida yurishadi. Demakki, bundaylardan hech vaqt omonlik kutib bo'lmaydi. Garchi amir Husaynning qiliqlari chcgara bilrnay, u bilan orani ochiq qilish vaqti kelgan esa-da, oldin munofiqlar- ni yo'q qilish zarur. Sen qo'shindan ikki bo'iagini safarga ho- zirla. Shunda sarf-xarajat oz, yurish oson bo'ladi.
— Hoziroq kirishaman ishga, — deya men endi ortga bu- rilgan edim hamki, eshik og'a mulla Bobo Ali Shoh kelgani- ning xabarini yetkazdi. U kishi Keshda o'zining avliyoligi bilan mashhur edi. Hurmati beqiyos va nimaniki karomat qilsa, albatta, ijobat bo'lardi.
Men belimga osilgan shamshirimni to'g'rilagan kishi bo'ldim. Temurbek shoshilib o'rnidan turdi. Kamarini taqdi va eshik tomon yurdi. Men yo'l bo'shatdim. Oldin Temurbek. keyin men tashqariga chiqdik.
Eshikdan to'rt qadamcha narida soqoli oppoq, boshida ham oppoq sallasi bo'lgan bir nuroniy chol turardi.
— Assalomu alaykum, hazrat, — dedi Temurbck birdan.
Uning ortidan men salom berdim. Mulla alik oldi va biz navbatma-navbat u kishi bilan ko'rishdik. Temurbek uni cho- dir ichkarisiga taklif qildi. Shuningdek, ketishga hozirlanib turgan kaminaga ham ishimni kechroqqa qoldirishni buyurdi.
Darrov dasturxon yozildi. So'ng non, ikki tovoqda go'sht, mayiz, turshak va boshqa yeguliklar bilan to'ldirildi.
Suhbat qizigandan-qizidi.
Odatda, Temurbek bunday odamlar bilan uchrashganda boshqa har qanday narsani unutardi.
— Alloh, — dedi gap orasida mulla Bobo Ali Shoh, — «Yer-
172
da va ko'kda ikkita Xudo bo‘lsa, jahonning ishi buzilur», de- gan.
Temurbek ulamo, avliyo, shayxlarni juda qattiq qadrlardi. Ularning har bitta gapini jon qulog'i bilan eshitar, mag'zini chaqar va shunga monand ish yuritardi. Bobo Ali Shohning so'zlaridan keyin Temurbek bir muddat jim qoldi. O'zi bilan andarmon bo'ldi. O'sha lahzalarda biz hatto nafas olishni ham unutdik. Har ikkimizning ham nigohimiz Temurbekda edi. Buni qarangki, Temurbek bizni ko'rmayotganday taassurot uyg'otardi.
Nihoyat, Temurbek boshini ko'tardi. Jilmaydi. Mulla Bobo Ali Shohning gapini shu joyda uzib:
— Qani, taomdan olinglar. Biz tomonda hayvonlarning go'shti mazali bo'ladi. Men ko'p joylarda bo'ldim. Ammo bu yerdagiday mazali taom uchratmadim. Marhamat qiling, hazrat, — dedi.
Mullaning yuzi yorishdi. Bu Temurbek uning fikrini qabul qilganini anglatganidan dalolat berardi.
Men esa Temurbekka taklif yoqmadi, shu boisdan u taom- ga da’vat etib, mavzuni o'zgartirmoqchi bo'ldi, deb o'ylagan edim. Lekin adashgan ekanman. Biz tamaddi qilish barobari- da talay muddat suhbat qurganimizdan so'ng ijozat so'ragan Mulla Bobo Alini kuzatib, qaytayotganimizda:
— Haq gapni aytdi. Men xuddi shunday qilishim zarur. Bal- ki, yo'l og'irdir. Ammo Movarounnahrdagi barcha viloyatlar- ni tasarrufimga olmas ekanman, maqsadga erisholmayman. Musabek va uning qaynog'asi Ali Darvesh bir arslonga qarshi bo'rini qo'ymoqchilar. O'zlari esa shoqollar. Hech shubha yo'qki, albatta, arslon bo'rining dodini berib qo'yadi. Bo'ri aqlsiz emas va yakka o'zi hech qaehon arslon qarshisiga chiq- maydi. Gala bo'lsa, o'ljali bo'lsa, o'ljani nimtalayotgan bo'lishsa, boshqa gap... Shoqollar xayolida shunday fikr tug'ilibdimi, avval ularning tanobini tortib qo'ymoq kerak. Endi hammasini uqqandirsan. Yo'lga otlan, — dedi.
Temurbek mening ketishimdan oldin amir Husaynga maktub jo'natdi. Mazmuni shunday edi. «Garchi nafsingning balo- ligi sabab mendan yiroqlashgan esang-da, senga nisbatan fitna tayyorlandi. Va bu haqda seni ogohlantirib qo'yishni o'zim- ning burchim deb bildim. Qaror chiqarish o'zingga havola».
173
— Temurbek, u boshqaeha tushunadi, — dedim men.
— Bilaman. Lekin men sira ziyon ko'rmayman. Aksincha, ayricha lushunish bizning foydamizga, — deya javob qaytardi Temurbek.
Men o'ta yaxshi tayyorlangan ikki bo'linma bilan yo'lning yarmini bosib o'tmasimdan xabarchiga duch keldim. Xabar- chi yana o'sha xufiya edi. U Temurbekning yoniga ketayotgan ekan. Garchi meni juda yaxshi tanisa-da, o'tib ketmoqchi edi, men uni to'xtatdim.
Qo'shinni yo'lda davom etishiga amr qilib, u bilan hoi so'rashgan kishi bo'lib, kutib turdim. Yolg'iz qolganimizdan keyin esa:
— Nima xabar bilan ketyapsan? — deya so'radim.
U o'tkir nigohini menga qadab:
— Boshimning omonligi, jonimning rohati tilimda, — dcdi.
— Bilaman. Ammo mening kim ckanimni bilasan.
— Amaling bundan-da ziyoda bo'lsin. Ehtimol, lashkaring- ni to'xtatib tursang, ortiqcha tashvish ko'rmassan.
U boshqa bir og'iz ham so'z aytmadi va manzil sari ot choptirib ketdi. Men esa qo'shinga yetib olish maqsadida tul- porimga qamchi bosdim. Yetdim. To'xtatdim. «Dam olamiz», dedim. Navkarlar hali charchamagan edi. Bular charchash ni- maligini bilmaydigan, shu holida dunyoning chetigacha dam olmaysan, deyilsa, albatta, bajaradiganlardan edi. Shu bois hayron bo'lishdi yoki menga shunday tuyildi. Chunki oralarida past-balandning farqiga boradiganlari ham ko'p edi-da. Aynan o'shalar sheriklariga hazil-mutoyiba qilishdi va otlaridan tu- shishdi.
«Temurbek mening ahvolimda nima qilgan bo'lardi?» deya o'yladim. Ammo dabdurustdan xayolimga tuzukroq fikr kel- madi. Lashkarga qo'shilib gaplashib o'tirmoqchi bo'ldim. Lekin negadir yuragim siqilib ketaverdi. Temurbek buyruq bergan. Boshqa tomondan xufiya kelib «Вогта» degan gapni aytib ketdi. Xo'sh, shunday sharoitda nima qilish kerak? Qo'shinni orqaga qaytarish kerakligi haqidagi xabarni kutish lozim- mi (Temurbek xufiyaning xabarini eshitganidan kcyin, albatta, ortimdan odam jo'natishiga ishonchim komil edi. Ammo o'zboshimchalik qilib to'xtab turishga nechog'lik haqim bor?) yoki manqurtday ketaverishim kerakmi? Mana shu narsa
174
boshimni qotirib yubordi va o'rnimdan turib, otimga min- dim-da, so‘l yondagi yakkam-dukkam butazor tomonga keta boshladim. Biroq ko‘p uzoqlashmasimdan to'xtadim. O'z- o'zidan kulgim qistadi. Chunki Temurbekning shunday oda- ti bor. Hozir men beixtiyor unga taqlid qila boshlagan cdim. Bundan chiqdi, p'zimning kallam yo*q. Temurbek bo'lmasa, hech ish qiiolmayman.
Darrov ortimga qaytdim. Xayolimga Qur’oni karimni o'qish kerak, degan o'y keldi. Albatta, bu ham Temurbekning odati. Ammo ayni chog'da boshqa ilojim ham yo'q edi. Lckin buni qarangki. muqaddas kitobni esimdan chiqarib qoldiribman.
— Lashkarboshimizning tobi yo'qmi, rangi siniq? — deb qoldi bir mahal Nurmuhammad Bahodir.
U bo'yi uzun, chayir, sersoqol. Boshi xumday, ovozi do'ril- doq. Mendan yoshi ulug'roq kishi.
U savol bcrdi-yu, shu bilan birga javobini ham aylib qo'ya qoldi.
— Shunday, — dedim men. — Bugun havo har doimgidan issiqroq. Yana yoqimsiz.
U ko'kka qaradi.
— Oq bulut. Rost aytasiz. Odamni lanj etadi. Ammo qimiz ichsangiz, vujudingiz rohat topadi.
— Keltiring.
Shunday deb otdan tushdim va tulporimning soyasiga chor- dana qurib o'tirib oldim.
Nurmuhammad Bahodir meshda qimiz olib keldi. Men o'tirgan ko'yi meshning og'zini ochib ko'tardim. Qultillatib ancha yutdim. So'ng labimni artdim-da:
— Bay, bay, bay! Ertaroq qayerda edingiz, Bahodir? — deya hazillashgan bo'ldim.
U yonimga o'tirishga izn so'radi. Ruxsat berdim.
— To'xtashimizda ma’no bormi? — dedi u.
Javob bergim kelmadi. Zero, maxfiy gap hech kimga aytii- maydi. Shu boisdan unga qarab bosh irg'ab qo'ydim, so'ng mavzuni o'zgartirdim.
— Uylanganmisan? — dedim unga.
— Yo'q.
— Nega? — deya so'radim hayratim oshib.
U javob berishdan oldin menga qarab oldi. So'ng jilmay- di-da:
175
— Istamadim, — dcdi.
— Istamadim? Nega istamaysan? Erkak kishi ham uylanish- ni istamaydimi?
— Tinch kunimdan jangu jadalda yurgan kunim ko'proq. Undan keyin jonim xatarda. Birdamas birda yog'iy shamshi- ri tanamning nimtalab tashlasa, bolalarga nima bo'ladi? Kim yedirib-ichirib, kim ust-bosh qilib beradi? Yetim qo'zilarday yeganning og'ziga qarab yuraveradimi? Ana boringki, men qa- rigunimcha o'lmadim. O'g'lim kim bo'ladi? Menga o'xshagan qilichbozmi?..
— Shoshma. Indamasa, o'zingdan ketib qolyapsan. Otang kim edi?
— Otam amir Qazag'an navkari edi. Ayni yigirma besh yoshida boshidan judo bo'ldi. Onam tul qoldi. Meni qiyna- lib ulg'aytirdi. Mana, kim bo'ldim? Onam sho'rlik o'lib ketdi.
— Har nima desang de, ammo Allohning irodasiga qarshi chiqishga haqing yo'q. Yolg'izlik Allohgagina yarashadi. Ban- dasining esa, albatta, jufti bo'lishi shart. Aks holda, bilib-bil- may zinoga qo'l urasan-u, do'zaxiyga aylanasan.
Nurmuhammad Bahodir kuldi.
— Shundoq ham do'zaxiyman, chunki ozmuncha odam o'ldirdimmi? Loy jangida biz yengildik. Ammo o'shanda mening ishtaham ochilib ketgandi... Shundan keyin ham jan- natni orzu qilayinmi?
— Imtihon qilish senga qolmagan. Men bu haqda amirga aytaman va u sening boshingni ikkita qilib qo'yadi. Mabodo o'zing aytganday jangda halok bo'lsang, hech bo'lmaganda, avloding qoladi, — deb uning yelkasiga urib qo'ydim.
Shu bilan suhbatimiz ado bo'ldi.
Kutilgan xabarchi esa kechki mahal yetib keldi.
— Amir ortga qaytishingizni buyurdi, — dedi u.
Bu kutilgan xabar. Ammo boshqa bir narsa meni o'ylanti- rayotgandi.
Tcmurbekning yuzida sira ajablanish ko'rmadim. Qaytaga, u nimadandir xursand edi.
— Qur’oni karimni ochsam, «Sod» surasining yigirma ol- tinchi oyatida «Inna jaalnaka xalifatan fil arz» jumlasi chiqdi. Bu «Biz seni yer yuziga xalifa qildik», degani. Demak, yo'li- miz ochiq, Abbosbek. Biz to'g'ri yo'ldan ketyapmiz va endi bu yog'iga ishni tezlatmog'imiz darkor, — dedi Temurbek.
176
— Hozir, — gapini davom etkizdi u, — lashkarimiz oz. Yana lashkar yig'ishimiz lozim. Albatta, bu yo'lda qancha boyligimizdan ayrilsam ham roziman. Sen esa oldingidan-da faol bo'lishing kerak. Yana bir narsani scnga aytib qo'yay. Bi- rinchi safar xufiyani kcchirdim. Ammo kcyingi marta yana xatoga yo‘l qo'yadigan bo'lsa, aslo shafqat bo'lmaydi. Bu men — Temurbekning so'zi.
Men lom-mim demadim. Qo'limni ko'ksimga qo'yib:
— Ilkimdan keladigan hamma yumushni bajaraman. Xu- fiyada, balki, ayb yo'qdir. Balki, uni men yo'ldan ozdirgan- dirman, — dedim.
— Sening ncchog'li iste’dod sohibi ekaningni yaxshi bila- man. Ammo xuddi senga o'xshaganlar dushman orasida ham yo'q, deb hech kim kafolat berolmaydi. Endi bor, yumushingga qara, — dedi Temurbek kulib.
Men lashkarboshilarni yig'ib ulgurmasimdan o'n chog'liq sipohi bilan ot choptirib kelgan Sher Bahromni ko'rib qoldim. U Temurbekning o'tovi oldida otidan sakrab tushdi va xuddi shunday shoshgancha o'tovga kirmoqchi bo'lganida qo'riqchi- lar yo'lini to'sishdi.
Uning to'xtaganini ko'rib darrov yoniga bordim. U doim Temurbekning yonida yurganim va Temurbck boshqalar oldida amir Abbosbck deb murojaal qilgani sabab qo'lini ko'ksiga qo'yib, salom berdi.
— Qaysi shamollar uchirdi? — dedim uning g'ubor bosgan kiyim-boshiga birrovgina ko'z yugurtirib olarkanman.
— Yo'lim shu yoqlarga tushib qolgandi. Tcmurbekni ziyorat etmasdan o'tolmadim, — dedi u.
— Savob. Savobning ham savobiga qo‘l uribsiz beklar begi. Kirishga izn bo'ldimi?
— Yasovullardan biri...
U gapini tugatmasdan ichkaridan qo'riqchi chiqib:
— Marhamat qiling, amirimiz sizni kutmoqda, — deb qoldi.
— Ziyoratingiz qabul bo'lsin. Ruxsat cting, o'zim boshlab kiraman, — dedim Sher Bahromga.
Uning darrov aft-angori o'zgardi. Shuning o'ziyoq Temurbekning yoniga yolg'iz kirish istagi borligidan dalolat berardi.
— Bizda yangi udumlar paydo bo'lgan. Qani, yuring, — deya bezraygan Sher Bahromga yo‘l boshladim.
177
U ichkariga kirishi bilan ikki bukilib salom berdi. Qaysar, o‘zboshimcha, uncha-munchaga birovga tobe bo'lmaydigan, soddalikdan ko‘ra mug'ombirlikka yaqinroq bo'lgan odam xuddi tulkilar kabi harakat qildi. Shu zahoti xayolim buzildi. «Bu yaramas nima umidda keldi? Kimning ustidan arz qilmo- qchi?» — deya o'yladim.
Sher Bahrom xuddi menga aytganiday Tcmurbekka ham ziyoratga kelganini, ancha muddatdan beri ko'rishmaganini, sog'inganini aytdi.
— Buning uchun sendan minnatdorman. Ammo faqat shu- ning uchun keldim, desang, senga ikki karra ishonmayman. Shu bois ziyofatdan oldinroq gapirib qo'ya qol. Seni nima maj- bur qildi mening yonimga kelishga? — so'radi Temurbek.
Sher Bahrom men tomonga boshini burib, qarab qo'ydi.
— Sira xavotirga o'rin yo'q. Mening xufiyona maslahatchim Abbosbek bo'ladi. Gapiraver, — dedi Temurbek.
— Ochig'i, siz amirlar amiriga, Allohning nazaridagi zolga bu gapni qanday aytishni bilmay turibman.
— Men senga yengillik yaratib beraman.
Tcmurbekning o'zi oldin o'tovning to'riga o'tib o'tirdi. Odatdagiday oqsoq oyog'ini uzatib oldi. Keyin so'l tomonidagi ko'rpachaga Sher Bahromni, o'ng tomondagisiga meni taklif qildi. Har ikkimiz ham o'tirganimizdan so'ng chapak chakli. Darrov eshik og'a paydo bo'ldi. Temurbek unga taom kclti- rishni buyurdi.
To yemak-ichmak boshlanib, oxirlamaguncha Temurbek Sher Bahromdan jiddiy biron nima so'ramadi. Mening esa ichim qizib ketayotgandi. Shunga qaramasdan tishimni tishimga bosib o'tirardim.
Nihoyat, yemak ado bo'ldi va Temurbek Sher Bahromdan kelish sababini so'radi.
— Sizga arz bilan keldim. Begona emas, qaynog'angiz amir Husaynning ustidan, — dedi bu safar Sher Bahrom xotirjam tortib. — U bizga sira kun bermay qo'ydi. O'zini Movaroun- nahr va Xurosonning mutlaq hukmdori hisoblab, soliq ustiga soliq to'lashimizni talab qilyapti. Bizning beradigan hech va- qomiz qolmadi. Buning ustiga, doim dushmanlik ko'zi bilan qaraydi. «Senlarni obdan qilichdan o'tkazib, butunlay mute qilib olaman», deydi. Bunday qiliqni u nafaqat menga, bal-
178
ki Bahrom Jaloyirga ham qilyapti. Men Bahrom Jaloyir bilan kelishib amir Husaynning ustiga qo'shin tortmoqchi edim, ammo orada siz aziz ham borsizki, amir Husayn sizga qarin- dosh... Maslahat bering, nima qilaylik?
Temurbek uning gaplarini diqqat bilan cshitdi. Ora-chora qoshining chimirilganini hisobga olmaganda, yuzida o'zga- rish sezmadim.
— Amirning, — dedi Temurbek Sher Bahrom so'zlab bo'lganidan keyin, — haddidan oshganiga ancha bo'ldi. Al- laqachon uning tanobini tortib qo'ymoq kerak edi. Maslahat shuki, Huttalonga, ya’ni yurtingga borasan. O'sha yerda turib, lashkaring sonini oshirasan. Men esa Samarqandda shu ishni qilaman. Hozir amir Husaynning lashkari soni judayam oshib ketgan va unga bas kelishning o'zi bo'Imaydi.
— Bizni qo'llab-quvvatlaganingizdan boshimiz osmonga yetdi, — dedi Sher Bahrom o'rnidan turib ta’zim qilarkan.
— Vaqting bo'ldi. Bu yerda ortiq ushlab turish niyatim yo'q. Darvoqc, sipohlaringdan chaqqonini qoldir. Uning o'rniga Abbosbek biznikilardan birovini beradi. Qo'shin tayyorgarligi- ni xabardor etishadi ular.
— Bosh ustiga, — dcdi Sher Bahrom va yana bir marta qul- luq qilib chiqib ketdi.
Ijozat bo'lgach, men ham uning ortidan chiqdim. Odil ismli chaqqon, pishiq-puxta, tiliga mahkam, dovyurak, ilgari xufi- yalik qilgan, salgina ishora bilan nima demoqchiligingni ang- lab oladigan sipohni yonimga chaqirdim. Unga Sher Bahrom bilan birga borishni, uning xizmatida bo'lishni tayinladim. Shuning bilan birga, ko'zimni yumib, boshimni qimirlatib qo'ydim. Demoqchi edimki, har narsaga ko'z-quloq bo'l.
Odil xuddi shunday javob qildi. Bu uning nima demoq- chiligimni anglaganidan dalolat berardi.
Ortimga qaytib, Temurbekning chodiriga kirdim. Temurbek o'rnidan turib, u yoqdan bu yoqqa yurmoqda edi. Men kirishim bilan:
— Unda qat’iyat yo'q, juda ko'p marta sinaganman. Kim- ning qo'li baland kelsa, o'sha yoqqa o'tib kctadi. Demak, bunday odamdan ko'p narsa umid qilib bo'Imaydi. Balki, mut- laqo umid qilib bo'Imas, ammo ne bo'lganda ham, hozircha ta’sirimiz ostida tursin... Endi boshqa bir yomon xabar bor, — dedi.
179
Men qulog'imni ding qilib, Temurbekka tikildim.
— O‘ljoy Turkon og'oning tobi yo'q.
— Alloh, albatta, shifosini beradi.
— Ahvoli og'ir. Tabiblar yordam bcrisholmayapti. Kuni ya- qinga o'xshaydi. Ammo har ne bo'Iganda ham, niyatimizdan qaytishga haqimiz yo'q. Sen Samarqandga yo'l ol. Ertaga izingdan boraman, — dcdi Temurbck.
Chetdan qaraganda bu atay qilinayotganday tuyilardi. Ammo Xudo haqi, bu shunchaki tasodif edi. Temurbek hech qaehon xotinining o'lishini kutib, shundan keyingina qaynog'asi amir Husaynga qarshi qo'shin tortishni istamagandi. Amir Husaynning o'zi kundan kunga haddidan oshib ketaverdi va pichoq borib suyakka qadaldi. Yagona chora zug'umkorni daf ctish.
Temurbek nimani aytgan bo'lsa, shu paytgacha hammasi- ning uddasidan chiqqan. Og'ir yotgan xotinini tashlab, mcn- dan garchi bir kun kech chiqsa ham sal keyinroq Samarqandga yetib keldi. Men bu paytda hokim saroyida edim. Undan voyaga yetgan yigitlarning viloyatda qanchaligini, qanchasi sipohlikka yarashi mumkinligini so'rab turgan paytimda Temurbek kirib keldi. Uning vajohati har doimgidan-da shid- datkor edi. Ko'rishing bilan yelkangdan bir nima bosganday sczasan o'zingni. Mening ko'nglimga «Nahotki 0‘ljoy TXirkon og'o vafot qilgan bo'lsa», degan o'y keldi.
— Tezda shahar atrofiga sipohlarni yuboring. Ular qo'lida shamshir ushlay oladigan erkak zoti borki, olib kelishsin. Biz ularga maosh tayin qilamiz. Jang san’atidan saboq bcramiz. Hatto oilasiga ham yordam beramiz. Shu o'rinda bir narsani sizlarga aytib qo'yay. Birorta ham odam majburlab olib kclin- masin. Undaylarning foydasidan ko'ra ziyoni ko'proq. Ammo avrash choralarini qo'llashlaringga roziman.
Temurbekda turli-tuman iqtidorlardan eng ko'zga ko'rin- ganidan biri tezda ikki kishini bir-biriga dushman va lozim bo'lib qolsa, minglab odamlarni qadrdonlarga aylantirib qo'ya olishi edi. Hozir ham so‘zladi-yu, ana shu iqtidori lip ctib ko'rinib o'tganday bo'ldi.
Buyruqni shiddat bilan bajarishga kirishdik. Hech qancha vaqt o'tmay ancha odamni sipohlikka oldik. Ularning asosiy qismi hayotdan qiynalganlar edi. Biz taklif berishimiz bilan yugurib oldimizga tushishgandi.
180
Biz ana shunday yumushlar bilan yuigaiiimi/da xabai h ■ di. Sher Bahrwu amir Husaynga qo'shilibdi va miiic
Temurbek xabarni eshitishi bilan kulib yuliordi.
— Ana. men senga nima degaiulim? Ammo Inn lioia ‘.l.< Bahrom ajalning qo’liga o'.’ ixtiyori bilan buiilnli.
Buni qarangki. xuddi shunday bo'lib rhiqdi. Amu llu;.;>/ beqaror Sher Bahromui qail etdi. Mol niiilkini o'/laJitj» di. Haramini o'.'inikiga qo'shib qo'yili. Slier llahiMmi.o, to'rtta xotini. beshta kani.-agi bor edi. Nal-апннн xoiinl:>i;/ kanizaklari ko'p edi...
Temurbek Bahrom Jaloyirga, Jakubekka liamda шед qo'shin berib. dedi:
— Xo'jandni mahv eting. Bahrom o'z. cliga hokirn k'/h..: hamda darrov yana qo'shimcha lashkar yig'ish ishlari bLV shug'ullansin. Biz istagan paytda yordamga keladi.
Temurbek Xo’jand to'g'risida ma'lumotlarni olib bc'Jgsz ekan. Tanishtirdi. Ma'lum bo'lishicha, u ycrning bcklari dayam tarqoq ekan. Buning ustiga. bir-biri bilan urishib '..r- masa, ko'ngillari joyiga tushmaskan. Bundan chiqdi. emas. Boramiz. Jazolanishi kerak bo'lgani jazolanadi. Ta.-JT: o'rnatiladi. So'ng onga qaytiladi va hozirda eng xavfli harzca katta dushmanga aylangan amir Husaynga qarshi jangovar eclat davom ettiriiadi.
Biz Samarqandni lark etayotganimizda Temurbek judayar: bezovta edi. Bir joyda sira xotirjam o'tirolmasdi. .Men qolay dedim, unamadi. Shamshirini qo'liga oldi-da, «Yaxshisi. shahar tashqarisiga chiqqanim ma’qul», dcdi.
G'alati bo'lib ketdim. Chunki menga gapirish asnosida tok- chada turgan muqaddas kitob tomonga nigoh tashlashga ulgur- ganini va nimanidir ko'nglidan o'tkazganini sezdim. Birdar. xayolimga uning qilich savashi keldi. «Ikki qo'l barobar ishlay- di. Ikkita dushman bilan alohida-alohida urishadi u. Men bir necha maria u kabi olishmoqchi bo'ldim. Ammo sira uddalay olmadim... Bundan chiqdi, uning nigohlari singari kallasi ham yashin tczligida ishlaydi. Birnarsani gapirayotganida. ikkincn: narsa to'g'risida o'ylaydi yoki allanimaning rejasini tuza o!a- di. Albatta, bunday iqtidorni Allohning o'zi yuqtirmasa. ban- dasining qo'lidan kcladigan ish emas... Temurbek buyuk«. ueya
181
ko'nglimdan o'tkazdim va u bilan xayrlashishga chog'langan edim hamki, haram xizmatchisi kelib:
— Olampanoh, rafiqangiz O'ljoy Turkon og'o bandalikni bajo keltirdi! — dedi.
U yig'i ovozda so'zladi. Negadir bu paranji ostidagi juvon- ning (har qalay, shunday bo'lsa kerak. Nazarimda, kanizaklar- dan biri) yig'lamsirashi soxta edi. U xursand bo'lib so'zlayot- ganday taassurot uyg'otdi menda. Temurbekning qoshi chimirildi. Pcshona tomiri bo'rtdi. Shamshiri dastasini tut- di. Shu zahoti men chaqqonlik qilib uning qo'Iidan ushladim. Aks holda...
Temurbek xabarchini chopib tashlashi mumkin edi. Chunki u ham men anglaganimni anglagan va suyukli xotinining o'limidan xursand bo'layotgan juvonni bo'laklab tashlashi hech gap emasdi.
— Yo'qol, — dedi Temurbek unga, — boshqa ko'zimga ko'rinma!
Albatta, Temurbek mendan farqli o'laroq uning kimligi- ni ovozidan tanigan. Balki, u O'ljoy Turkon og'oning o'rnini egallash payida yurgan bir ojizadir.
Men:
— Bandalik. Alloh panohiga olgan bo'lsin, — deya ham- dardlik bildirdim.
Temurbek yuzimga qarab qo'ydi va safarga jo'nashim kerak- ligini aytdi. Demak, ta'ziyada qatnashmayman.
Xo'jandga, haqiqatan ham, ming kishilik qo'shin tortib bo- rishning hojati yo'q, yuzta sipoh bo'lsa yetarli ekan. Chunki shunaqangi boshboshdoqiik boshlanib ketgan ekanki, asti qo'yaverasiz. Men hatto ikki dehqonning bir-biri bilan qir- pichoq bo'layotganini ko'rdim. Agar biz ularning ustidan borib qolmaganimizda biri ikkinchisini o'Id i rib qo'yishi aniq edi.
— Ikki kundan beri suv bermaydi. Buning ckini ko'p, yeri ko'p. Yana imillab ishlaydi. Bu yoqda mening qovun-tarvuz- larim qurib qolyapti, — deydi birinchisi.
Ikkinchisi esa:
— Men senga ming marta aytdim «Bugun navbatim keldi», deb! Hoy, birodarlar! Bunga tushuntiringlar! — deya yolvoradi.
Buni qarangki, ular janjal bilan ovora bo'lishib, bizning har- biy ekanimizga ham e’tibor berishmayapti. Axir hozir so'roqsiz
182
zamon bo'lsa, shartta shamshirni qindan sug'urib, har ikkisi- ni ham chopib tashlasak, kim bizga nima dcydi? Ammo men bunday qilmadim. Chunki Xudodan qo'rqaman. Garchi bu davlatning egasi bo'imasa, beklar, amirlar bir-birining ko'zi- ni o'yish payida bo‘lishsa-yu, fuqarosini bir nima qilsang birov senga bir nima dermidi? Alloh esa hammasini ko'rib, bilib tu- ribdi, Bular-ku odam, inoliga bekordan bekorga ziyon yelkazib ko'r-chi... Ekini qurib qolayotgan dchqonning kaftiga besh- ta tilla tanga tashladim. Shundan keyingina menga yaxshilab e’tibor bergan dchqon qo'rqib ketdi. Ortiga tisarilarkan, qo'lidagi tangalarni yerga tashlab yubordi.
— Kerak emas, marhamatli zot! — dcdi qaltirab.
— Nega kerak emas bo'larkan? Polizingni sug'ormasang, ekin nobud bo'ladi. Bundan chiqdi, ziyon ko'rasan. U ham shu, — deb yonidagi dchqonni ko'rsatdim, — shu ishni qilma- sa, ekinlarining hammasidan ayriladi.
— Men roziman, Bahromqul olsin pulni, men ckinimni sug'orayin...
Bahromqulning birdan ko'zi olayib ketdi.
— Yo‘-o‘-o‘-q, mengayam keragi yo'q...
Shartta shamshirimni qinidan sug'urdim.
— Bundan chiqdi, yagona yo‘1 ikkingning ham kaliangni olish! — dedim po'pisa bilan.
Bahromqul shu zahoti o'zini oyoqlarim ostiga otdi.
— Mayli, marhamatli zot. Pulni menga bering, Eshimqul polizini sug'orib olsin. Men roziman!
— Tur °'гп*пВ^ап, — deb uning qo'Itig'idan ushlab turg‘izdim-da, kaftiga tangalarni tashladim, — uyingga bor. Suvni deb o'zingga o'xshagan birodaringni dtishmanga aylan- tirma.
Uning boshi cgik edi. Ko'tarmadi. Faqatgina boshini qimir- latib qo'ya qoldi.
Men otimga minib, qamchi bosdiin. «Xudoga shukr, qutul dim. Yaramas rozi bo'lmaganida, nima qilar edim'.' Yuri of- tobdan qoraygan, peshonasini ajin bosgan, ko'ksi ochiq, asli qanaqa rangli bo'lgani noma’lum yirtiq-yatnoq kiyimli, har bittasi kamida uch-lo'rttadan bolali bu dehqonlarni qiliehdan o'tkazarmidim? Agar yolg'iz o'zim bo'lganimda bu haqda o'ylab ham ko'rmasdim. Ammo sipohlar bilan birga ekamnan.
I S3
aytgan gapimda turishim kerak», deya xayolimdan o'tkazdim. Qilgan ishimdan xursand bo'lib, shundoq ham tez ketayotgan tulporga qamchi bosdim.
Xo'jand to'laligicha qo'lga kiritilganidan so'ng u yerga Temurbek buyurganiday Bahrom Jaloyirni hokim etib, ortga qaytdim.
Samarqandga borib bildimki, Xizr Yasuriy vafot etibdi. Ukalari Ali, Ilyos, Mahmudshoh lashkari bilan kelib Temurbek xizmatiga kiribdi. Bunisi yaxshi xabar bo'lsa, shu paytga- cha amir Husaynga muxolifatda bo'lgan Sulaymonbek bilan Jovurchi bizdan ajralib chiqib, dushmanga qo'shilibdi.
— Bu ne hoi yana? — dedim hayron bo'lib.
— Ajablanarli joyi yo'q. Amir Husayn men bilan birga ko'p yurdi. Ko'p narsani o'rgandi. Ehtimol, shu boisdan ham uslu- bimdan foydalanishga o'tgandir... Ammo uning nafsi buzuqligi boshiga ko'p kulfat yog'dirmasaydi, deb qo'rqaman. Bu yoq- da singlisi ham vafot ctdi. O'ljoy Turkon og'o suyukli xotin- im edi. Maslahatlarini tinglardim. Shuning uchun ham akasi- ning qiliqlariga ko'z yumib kelgan bo'lsam kerak. Va yana amir Husaynning o'zida ham tug'ma iste’dod bor. Bu iste’dod bobo meros unga. Shu sababdan ham bizga sadoqat bildir- ganlarni osonlik bilan o'ziga og'dirib olyapti. Demak, bosh- qaeha yo'l tutishimiz kerak... Anavi sen yarashtirib qo'ygan xo'jandlik dchqonlar masalasiga kclsak, shu ishni bekor qilib- san. Endi ulardan biri yoki ikkisini ham eng kamida bozor- boshi qatl ctadi. O'g'rilikda ayblashadi ularni. Qora pul ber- ganingda ma’qulroq bo'lardi.
Mening boshimga birov gurzi bilan urganday bo'ldi. Buni xayolimga ham keltirmagan ekanman.
— Men, albatta, Xo'jandga yo'lim tushganida ularni su- rishtiraman. Va kim dehqonlarga ziyon-zahmat yetkazgan bo'lsa, jazosini beraman, — dedim.
— Bundan oldin o'zingni jazola...
Bu gapdan so'ng darhol shamshirimni qinidan chiqardim.
— Shunday oson yo'lini tanladingmi? Qachonki ularning yurtini obod qilsang, fuqarosini shod qilsang, bo'yningdagi gunohdan forig' bo'lasan. Qilmoqchi bo'lgan ishing yana bitta tentaklikning nishonasi, — dedi Temurbek.
184
ikki hisss csh?.;.
— Nssib e-issu ho'.$.mmub) 11 uni jjuli-i. , , ,,. , bo'ladi. — »ТЛЬ?;*Л.
Shundan keyin K'nmrfvk qoxhliii.h,i ».<)<■ I |i
boshladi. I' hah $apini o\iri$avha mill* ■ ;«■>,
bon kirib keldi va qandaxxlii rilmu hi ni aytdi.
— Biz uni qayrannoqqa ko'p mitiilik Лнипч gumbazini axtishim kerak. Bir satin ■.liuiii •Лхм«и«. menga yetkaz. degandi amirim», del» <>v<><( ’Viv 4.^.1 Shunday tilanchi kelib-kelib sizday oliylimim^Hnuj- yvti.^ kirmoqqa jazm etmoqchi bo'lgani tidiuii ЫЬиъ; Umi» judo etaylik. — dedi eshikbon.
Temurbekning shu zahoti qovog'i uyildi.
— Kirsin! — dedi u.
Eshikbon oniga (island! va lahza o'tmay tilanchi ,r. ла- di. To'g'risini aytsam. uning yuziga qarab bo'lma-Z:. •■л- hoy, yaqin oylar ichida bir marta ham yuvinmagan iz/iu rak. Yana kiyimi ham kir-chir, yirtiq. Boshidagi sallasin; «г sal bundayroq odam hattoki oyog'iga ham o'ramaydi. Ammo uning ko‘zi yonardi.
— Bcvaqt kelibsan, — dcdi Temurbek unga yumshoq ohang- da.
— Sog'indim, xojam.
— Gapir. Abbosbek o'zimdayin ishonchli.
— Malika osmonga qora bulut chiqsa, yog'masligidan ko'ra yog'ishi aniqroq, dedi.
Temurbek unga bir talay tilla tanga berdi. Tilanchi qulluq qildi hamda orqasi bilan yurib, chiqib ketdi.
— Amirim, — dedim men jilmayib, — tilla tanga sabab ti- lanchining boshi ketadi.
— Yer yuzida buqalamun otliq maxluq yashaydi. U kaltakc- sakning qarindoshi. Bir qarasang yashil, boshqa safar qa- rasang, daraxt po'stlog'i tusida, yana qumga o'xshab qoladi. Qizil bo'ladi. Bu tilanchi ham o'shanday. Aslida. u savdogar. Makkor savdogar. Hech bir yurtdan foydasiz ketmaydi. Shu bois xotiring jam bo'lsin. . . ...
Men uyalib qoldim. Tcmurbekning xufiyalan kophgim bi
185
laman. Ba’zi birlarini tanisam-da, asosiy qismini umrimda ko‘rmaganman. Temurbek qanday qilib topadi ularni, qana- qangi topshiriqlar beradi, bunisidan bexabarman. Bilganim, bittasi hozir kelib kctganday tilanchi, ikkinchisi dehqon, yana biri hunarmand, polvoni bor, dorbozi bor, munajjim, qalan- dar, savdogar, sayyoh va hattoki imomi ham bor. Mana, «tilanchi» malikani aytdi. Ammo qaysi malikaligi menga qorong'i. Faqat taxmin qilishim mumkin. Taxminimcha, malika amir Husaynning haramidan. Temurbek shu yoqqacha kirib bor- gan ekanmi, demak, amir Husayn hech nimani yashira olmay- di. Garchi jinimdan battar yomon koTsam-da, amir Husayn- ga achindim.
— Otliq lashkarlarni jangga hozirla, bundan avval aka-uka Yasuriylar va sen bilan birga Xo'jandga borib kclganlarni ken- gashga chaqir, — dedi Temurbek.
— Bosh ustiga. Ammo yana bitta noxush xabar bor. Shu paytgacha sodiq qulimiz kabi xizmat qilishga ont ichgan Muborakshoh bilan Bayon Sulduzning o'g'li Shayx Muhammad navkarlarini olib, amir Husaynga borib qo'shilishibdi.
Temurbek achchiq kuldi. Keyin:
— Bu ne zamonki, kecha muruwat ko'rsatganing bugun to- mog'ingga tig* tiraydi? Nachora, har kim ekkanini o’radi, amir Abbosbek. Shu ikki sotqinsiz ham yumushimizni ado ctamiz, — dedi.
Men tashqariga chiqib ketdim va tezda yuqorida nomi zikr etilganlarni boshlab keldim.
Temurbek odati bo'yicha ularni birma-bir nazaridan o'tkaz- di. U to'rda o'tirardi. Boshida jang maydonida kiyadigan qal- pog*i. Nigohi juda o'tkir. Nccha vaqt yonida yursang, gaplash- sang ham bir boqishining o'zidayoq yuraging gupillab urib ketadi. Ehtimoi, uning ana shu sifati bois ba’zi lashkarboshilar amir Husaynning yoniga qochib ketgandir. Albatta. amir Husayn ko‘z qarashi bilan birovni cho'chitolmaydi. Ammo ayyor- ligi sabab oljasini darrov o'rab-chirmab tashlaydi.
— Uzoq sabr-bardoshimizdan so'ng, nihoyat, amir Husayn bilan urishmoqqa qaror qildik. Shu inunosabat bilan sizni ken- gashga to'pladim. Xo'sh, nima dcysiz?
— Ayni muddao. Siz o'tgan yillar mobaynida uni juda ko'p martalab kechirdingiz. Ammo birini ham bilmadi u. Hatto-
186
ki shavxlar qabristonidagi va boshqa paytlarda kalomullohn. dib qasam ichganlarini ham buzdi. Endi gunohm. qont bt- °an yuvmog'i darkor, - dedi Jakubek, - va o'ylaymanki - deya gapini davom etkazdi u Temurbekning yuziga qarab olib, gapinfng ma’qul kclayotganiga amin bo'lgach -о sh*"^g‘‘ na egallangan ba’zi viloyatlarga ko*z olaytinshlardan, ezilish
dan saqianaai. ... «
- Ammo, - dedi Ali Yasuriy, - boshqa yo li yo qmikin.
Biz u bilan birga mo'g'ullarga qarshi kurashgan edik. Hamisha
chorlovimizga labbay deb javob bergan.
— Chora yo'q, — dcdim men shu zahoti gapga aralashib.
— Jakubek aytganidek, Movarounnahr va Xuroson bir hukm-
dor qo'l ostida birlashmas ekan, kelishmovchiliklar yakun top-
maydi.
— Albatta, bu yerdagilarga nisbatan amir Husayn menga
yaqinroq edi. Biroq so'nggi chora u bilan urishmoqlik. Shun-
dan boshqa yechim ko'rinmadi. Demak, ertaga saharda yo'lga
chiqamiz, — dedi Temurbek va mendan boshqalarga ruxsat
berdi.
— Hozir borib bular navkarlariga buyruq berishadi. Mabo-
do amir Husaynning josusi oramizda bo'lsa, u yo'lga tushadi.
Asr namozi o'qilishi bilan sen lashkarni oyoqlantir, — dedi
Temurbek.
Peshin namozi o'qilganiga bir oz vaqt bo'ldi. Demak, hali-
zamon asr kiradi. Ungacha hech bo'lmaganda o'zim tayyor-
lanib olay degan xayolda borib ot-ulovimni, o'zimga tegishli
bo'lgan sipohlarni ko'zdan kechirdim.
Oldiniga lashkarboshilar, so'ngra navkarlar shoshib qolishdi.
Hamma u yoqdan bu yoqqa yugurdi va hash-pash deguncha
butun qo'shin yo'lga tushdi.
Tunning birinchi qismida mash’ala yorug'ida yurdik. Ik-
kinchi qismida esa dam oldik. Shu bilan yo'lning katta qis-
mini bosib o'tdik. Agar shu taxlitda ilgarilaydigan bo'lsak,
ertaga peshinda dushman qoshida paydo bo'lamiz. Va ular-
ni g'aflatda qoldirib, qirib tashlaymiz degan xayolga borgan
edim. Ammo kutilmaganda ro'paramizda ikkita clchi paydo
bo'ldi. Ular bizga yctishi bilan otlaridan tushib, ta'zim bajo
keltirganidan so'ng birisi qo'lidagi nomani Temurbekka tizal-
di. Unda shunday yozilgan edi: «Agar singlim O'ljoy Turkon
1X7
og'o hayot bo'lganida ikkimiz bir-birimizga qarshi qilich yalang'ochlamagan bo'iur edik. Jiyanim, ya’ni sizning qizingiz bo'lmish Sultonbaxt og'oni qattiq sog'indim. Zero, u singlim- dan qolgan yolg'iz yodgoriik... Amir, men sizni bilibmanki, mo'min-musulinonlarga marhamat ko'rsatib kclasiz. G'aribu bechoralar sizning himoyangiz ostida. Agar biz bir-birimiz bilan muxolifatda bo'lsak, elu yurtning oroini buziladi va daryo- daryo qon oqadi. Maslahatim shuki, men Chag'oniyonda (ho- zirgi Denov o'rni) lashkarimni to'xtataman. Siz qo'shiningizni Xuzorga qo'ying. So'ng men yuzta, siz yuzta navkarni olib, Chakchakda (hozirgi Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatla- rining tutash joyi) uchrashaylik. Va shunday ahdlashaylikki. kclgusida mutlaqo oramizga nifoq tushmasin. Ikkimiz inoq bo'lib, mamlakatni boshqaraylik. Dd'slligimiz inangu bo'lsin. Hech shubha yo'qki, ikkimiz bir bo'lsak, el-yurt obod bo'lib, yov yaqinimizga ham yo'lay olmaydi».
Temurbek maktubni o'qib bo'lganida Yasuriylarning quvonchdan yuzi yal-yal yonardi.
— Ayni muddao. Biz ilgaritdan amir Husayn bilan qadrdon bo'lib kelganmiz. Yarashish, qon to'kmaslik Allohga ham yo- qadi, — dedi Ilyos Yasuriy.
— Amir Husaynning ko'p maynabozchiliklarini ko'rdik. Sher Bahromni qanday qilib o'ziga og'dirib olib, so'ng o'ldir- ganini bilamiz. Bu maktub ham tuzoq bo'lsa-chi? — dcdiin men.
— Musulmonchilikni tilga olibdi. Undan keyin amir Tcmurbekning qay darajada qudratga ega ekanini yaxshi biladi. Bir paytlar Xorazm hokimi To'kalning ming qo'shinini yakson etishda...
— Bas, — deya Temurbek Ali Yasuriyni so'zlashdan to'xtat- di, — qo'shin Xuzorda qoladi.
Menga ham Temurbekning bunday qilayotgani yoqmadi. Nahotki u hamon amir Husaynga shunchalik qattiq ishonsa. Xo'p, u yoqdan Husayn ham yuzta navkarini boshlab kelsin, ikkalasi yana ittifoqchi bo'lsin, shu bilan nima o'zgarib qoladi? Kim amir Husayn eski qiliqlarini boshlab qolmaydi deb ka- folat beradi? Hech kim. Shunday ekan, unga bir marta zarba bcrib, yo'q qilib lashlash kerak.
Hamma narsa Temurbek aytganidek bo'ldi. Temurbek men-
188
dan tashqari yana to'qson to'qqiz sipohni o‘zi bilan olib, yo'lga chiqdi.
Manzilga yctgunimizcha Temurbek bilan aytarli gaplashma- dik. Har kim o‘z xayoli bilan band edi.
Nihoyat, amir Husayndan oldin Chakchakka yetib bordik. Otlarimizdan tushdik. Temurbek odatdagiday oqsoq oyog‘ini oldinga cho'zib yerga o'tirib oldi. Uning ostiga to'shanchi to'shamoqchi bo'lishganida unamadi. Keyin meni ro'parasi- ga o'tqazdi.
— Abbosbck, hamma narsani bilaman. Ammo Allohdan qo'rqib turibman. Chunki xatoga yo*l qo'yadigan bo'lsam, Xudoning nazaridan qolishim va kelajak rejalarimning hammasi barbod bo'lishi mumkin. Shu bois amir Husaynning tak- lifiga ko'ndim. Qani ko'raylik-chi, bu safar u nima karomat ko'rsatarkin? Agar shu safar ham Allohning kitobini olib qa- sam ichsa-yu, keyin lafzida turmasa, ana undan so'ng ustiga qo'shin tortib, rizqini uzib qo'yaman. Aslida, Xudo uning na- sibasini shuncha qilib belgilab qo'ygan bo'ladi...
Temurbek gapini oxirlatmay turib, uzoqdan qiyqiriq cshitil- di. Ikkimiz ham birdan oTnimizdan turdik. Oldiniga kichikroq bo'lib ko'ringan lashkar asta-sekin yiriklasha boshladi. U sira yuzta cmasdi. Kamida uch mingta bor edi.
Shu zahoti otlarimizga mindik. Temurbek oyoqlarini uzan- giga tirab, atrofga bir qur nazar tashladi-da, ikki suv (hozirgi Pachkamar suv omborining o'rni) tutashgan joyda dushmanni kutib olamiz, deya hayqirdi.
Dushman oldiniga bizni qochyapti, deya o'yladi, shekilli, hayqiriq ko'tarilgandan-ko'tarildi.
Biz yetgan joy qisqa edi. Chunki o'ng ham, so'l ham suv. Bundan chiqdi, amir Husaynning hamma lashkari baravariga urisholmaydi. Sig'maydi.
Oldinda har doimgiday Temurbek ikkimiz. Shuning uchun bo'lsa kerak, raqibni oldingi besh-oiti sipohi bizga yetishiga o'ttiz-qirq qadamcha qolganida otining jilovidan tortib to'xta- di. Qachonki boshqalar ham ularga yetganidan so'ng hujum- ga o'tishdi.
Temurbek ishini qildi. Men ham undan qolishmaslikka urindim. Boshqa navkarlar ham bor san’atini ishga solishdi.
189
Ammo, baribir, kuchlar teng emasdi. Biz ortga tisarila boshla- dik. Lashkarimiz ham kamaygandan-kamayaverdi.
— Yorib o'tamiz! — hayqirdi Temurbek.
Uning gapini eshitishim bilan otimning qorniga niqtadim. Bedov oldinga tashlandi.
Dushman tutday to'kilardi. Agar Xuzorda qoldirgan lashkarimiz bo'lganida edi, hozir bularni otlariga qo'shib, yanchib tashlagan bo'lardik... Dushman garchi ko'p bo‘lsa-da, qo‘rqib urishayotgan edi. Shuning uchun ham ko'p talafot ko'rdi.
Temurbek garchi menga aytmagan bo‘lsa-da, hammasini re- jalashtirib qo'ygan ekan. Aynan shu joyga kelib, dushman bilan olishish, so'l tarafdagi suvning sayoz joyidan kechib o'tish va hokazo.
Yorib o'tish oxirigacha bormadi. Temurbck so'l tarafga hu- jumni kuchaytirib yubordi. Safdoshlarining birin-sirin yer- ga qulayotganini, tipirchilab jon taslim qilayotganini ko'rgan dushmanning boshqa sipohlari ikki tomonga chekinib, bizga keng maydon ochib berdi. Bundan biz ustalik bilan foydalan- dik va qolgan navkarlar bilan birga suvdan kechib o'tib ketdik.
Ishonasizmi, shu holimizda ham amir Husaynning yuzdan oshiq lashkari asir tushdi. Chunki ular bizning ortimizdan kc- lishgandi. Qolganlari suvning narigi yog'ida qolib ketishdi. Bu yoqqa o'tishga yuraklari dov bermadi.
— Shamshirlaringni tashlanglar! Aks holda, yolg'iz o'zim hammangning boshingni tanangdan judo qilaman! — hayqirdi Temurbek.
Uning ovozi shunaqangi jarangdor ediki, dushman askarlari sehrlanganday qotib qolishdi. So'ng birma-bir shamshirini yer- ga tashlay bosh lad i.
Keyin otlaridan tushishdi-da, tizzalab o'tirib, boshlarini egishdi.
— Joningiz omonda! Menga navkar bo'ling! — dedi Temurbek.
Asiriar bir ovozdan oldiniga kechirim so'rashdi. Keyin:
— Qulingizmiz! Jahannamga yuborsangiz, boramiz! — dc- yishdi.
Ularning bu taxlit bizga o'tib ketishgani narigi qirg'oqdagilar- ni dovdiratib qo'ydi. Va ular ortiga burilishdi-yu, qochishga tushishdi. Jon taslim qilganlarni dafn etish bizga qoldi.
190
Biz ishni asrgacha uddaladik. Shundan keyin Temurbek asirlarni so'roq qildi. Javob beruvchilaming so'zlariga qara- ganda, amir Husaynning o'zi urishgani kelmabdi. Bunisini bilardik. Chunki u sipohlari orasida ko'rinmagandi. Aytibdi- ki: «Ana, Temurbckni obdan laqillatdim. U endi pishgan osh, boring, yeb kcling», deb. Shu gapga Temurbek qotib-qotib kul- di.
— Sal xomi bor ckan-da. Tishlaring o'tmadi. Hali va’da qil- ganimday joningiz omonda. Sipohimsiz. Ammo yodingizdan ko'tarilmasin, men xiyonalkorlarni aslo kechirmayman.
Shu kunning o'zidayoq Xuzorga yetib bordik va u yerda qolgan lashkar bilan birlashib, Qarshiga yo'l oldik. Yasuriylar boshini ko'tarolmay qolishdi. Chunki aynan ular urishmaslik- ni, bitim tuzish maslahatini bergan edi. Shunga qaramasdan, Temurbek ularni jazolamadi. Ehtimol, hisob-kitob vaqti kel- madi deb hisoblagandir.
Qarshida Temurbek kengash o'tkazdi. Kengashda, asosan, o'zi gapirdi. O'zi savol bcrib, o'zi javob berdi. Va Moxon (ho- zirgi Marv)ga Sanjariylar mol-mulkini jo'natish taklifini o'rta- ga tashladi. Albatta, hech kim e’tiroz bildirmadi.
Ketishga tayyorgarlik bor-yo'g'i bir kun davom etdi.
— Biz, — dedi Temurbek menga safarga tushganimizda, — mag'lubiyatni teng bo'lib oldik. Alloh shuni istagan ekan, shunday bo'ldi.
— Hali hammasi oldinda. Hozir Movarounnahrda bizga dushman bo'lgan birgina amir Husayn bor. Agar uni yengsak...
— Bu yumush oson emas, — gapimni bo'ldi Temurbek, — u amir Qazag'anning nabirasi. Va ko'rinib turibdiki, iste’dodli. Va yana jangga o'zi chiqmaydi... Biz ozgina chetga chiqishimiz zarur. Nafas rostlamoq kerak. Men hiylani oldindan bilardim. Shu bois uning oxirigacha yetishini istadim.
Men bir so'z demadim. Nigohimni uzoqlarga qadadim.
Biz Is’haq (hozirgi Olot tumani yaqinidagi joy) qudug'iga yetganimizdan keyin to'xtadik. Qarshidaligimizda harami boshqa viloyatlarda bo'lgan beklarni uylariga jo'natgan edik, chunki ularning ham ko'chlarini qoldirib ketib bo'lmasdi. Sa- babi amir Husaynning lashkarlari bostirib kirishi, qilichdan o'tkazishi yoki asir olishi va shu taxlit ularga po'pisa qilishi mumkin edi.
191
Xuddi o'sha payt Qarshidagi xufiya ortimizdan yetib kelib, amir Husaynning ikki lashkatboshisi Musabek va Hindushoh- bek navkarlari bilan birga muhofazasiz qolgan Qarshini egal- lagani haqidagi xabarni yetkazdi. «Ular ham biz kabi aholiga ziyon yetkazmaslar», dedi Temurbek.
Sipohlarimizning hammasi ko*ch-ko‘roni bilan yetib kclgan- laridan so'ng yo'lga tushdik va Amudaryodan kcchib o'tdik. Temurbek ahvolni bilish uchun Hirotga — Muhammadbek Jo- niqurboniyga elchi yubordi.
Biz cho'lga bir oz ichkarilaganimizdan so'ng havo dab- durustdan aynib qoldi. Avvaliga osmon musaffo edi. Oftob sekin-asta qizdira boshlagandi. Kutilmaganda qayerdandir bu- lut paydo bo'ldi. Shamol turdi. Qum ucha boshladi. Kcyin u bo'ronga aylandi. Otlarning yurishi sekinlashdi. Sipohlar, sa- fardoshlarning hammasi bo'yinlarini toshbaqalarday ichkariga tortishdi.
Temurbek to'xtashga buyruq bcrdi. Kcyin:
— Otlarning hammasini yotqizib, boshlarini bcrkitinglar. O'zlaring ularning yoniga yotinglar, — dedi.
Biz uning aytganini bajardik. Oradan bir muddal o'tib qum bo'roni shunaqangi kuchaydiki, ikki qadam narini ko'rib bo'lmay qoldi. Hatto ko'zni ochishning ham imkoni yo'q edi. Biz otlarimizga yopishib oldik. Bir ozdan keyin csa butunlay qum ostida qoldik.
Ancha vaqt shu holatda yotdik. Qulog'imiz hech narsani eshitmaydi. Odamning uyqusi kcladi. «Bckorga cho'l ilonlari qumlar orasiga kirib ketmaskan-da», dcgan xayolga borasan. Uxlabman. Yoki mizg'iganman. Bir payt kimdir baqirganday bo'ldi va ustimdagi qumni surib tashlab. tashqariga chiqdim. Shamol to'xtabdi. Har ycr-har yerda do'mpayib qum uyumlari turardi. Temurbek esa otini ham qum ostidan chiqargan edi.
Biz tuyalarni, otlarni shunchaki yotqizgan edik. Endi bo'lsa. ularni qum ostidan chiqarib olishimizga to'g'ri kclardi. Bunday olib qaraganda unchalik ham og'ir ish emas, qaytanga zavqliday tuyildi menga. Qarasam, boshqalarning ham kay- fiyati yaxshi, ayniqsa, bolalarning. Ular sho'x-shodon qiyqi- rishib, nima qilganlarini, qanday qilib qum ostida yotganlarini va hccham qo'rqmaganlarini gapirib berishardi.
Bu paytda mening ikki qizim va bir o'g'lim bor edi. Temur-
192
bckning birinchi xotini Turmush og'odan tug'ilgan Muhammad Jahongir va kanizak To'lin og'odan tug'ilgan Umarshayx o'n yoshga kirgandi. Mironshoh esa ikki oylik chaqaloq edi. Uni yana bir kanizak — Menglibeka dunyoga kcltirgan edi. Bu uch o'g'ildan tashqari Temurbekning yana ikki qizi bor edi. Aynan o'n yoshga kirgan shahzodalar (biz ularni shahzodalar deb atay boshlagandik) bilan mening Temurbck Sulton o'g'lim (u to'qqiz yoshda edi) qiqirlashib so'zlashishardiki, ularga ha- vasim kelardi.
Yo'lga tushdik. Sho'rob (hozirgi Chorjo'y bilan Marv ora- lig'i) qudug'igacha rosa bir yarim kun yurdik. Garchi biz er- kaklar tetik csak-da, bolalar bilan ayollar charchab qolishdi. Ehtimol, Temurbekning ularga ichi achiganidan shu yerda to'xtashni buyurgandir.
Sho'robda ikki yarim oy qolib ketdik. Toki Hirotga yubo- rilgan elchilar qaytib kclgunlaricha. Bu vaqt oralig'ida yoni- mizdan ko'p karvonlar o'tdi. Aynan elchilar kelishi bilan Temurbek katta ziyofat uyushtirdi. Unga navbatdagi ikkita kar- vonning sarbonlarini ham chaqirdi. Ularni obdan yemak-ich- mak bilan siyladi. Keyin shunday deb e’lon qildi: «Bizni Hi- rotning malikalari, bog'-rog'lari kutib turibdi. Uzoq muddatli tahlikali hayot, tinimsiz urushlar tinkamizni quritdi. Shu bois biror ikki yil tanimizga ham, ko'nglimizga ham orom bermoq- ni istadik».
To'g'risini aytsam, Temurbekning rejasidan xabar- siz bo'lganimda, albatta, sarbonlar va safarni o'sha kunigi- na biladigan beklar, amirlar kabi mutlaqo ishongan bo'lardim. Chunki u rosa ishonarli qilib so'zlagan edi-da.
— Safarlar qutlug* bo'lsin. Orom har kimga va har vaqt zarur. Mana, biz garchi savdogarlar ersak-da, dam olishni sira kanda qilmaymiz, amirim. Mening o'zim shu paytgacha juda ko'p va uzoq davlatlarda bo'ldim. Maxsus dam oladigan kun- lari bo'lgan mamlakatlar ham bor ekan, — dedi savdogarlardan biri o’zicha Temurbekka xushomad qilmoqchi bo'lib. Xusho- madi ozgina beo'xshov chiqdi. Shunga qaramasdan Temurbek uning gapini ma’qulladi.
— Bir chimdim hayotni maishatsiz o'tkazsangiz, achinarli bo'ladi, — deb qo'ydi.
Kulgi ko'tarildi.
193
Ertasi kuni karvon yo'lga tushdi. Unda bizning ikkita xufi- yamiz ham bor edi.
Taxminimiz bu safar ham o'zini oqladi. Karvon Qarshiga yetib borishi bilan yo'lboshlovchi to'g'ri amir Husaynning lash- kaiboshisi yoniga kiribdi. Bizning Hirotga yo'l olganimizdan xabar beribdi, shekilli, Malik va Musabek yetti ming qo'shini bilan ayshu ishrat, ov maqsadida Qarshidan chiqibdi. Unchalik uzoq bo'lmagan Baymaroq (Qarshidan o'ttiz chaqirim uzoq- likdagi qadimgi Maymayroq) qa borishibdi. Ha, u joy juda ba- havo, ov uchun qulay, yashil makon. Bir borsang, kclging kel- may qoladi. Odamlari baquwat. Ellikka kirgan ayolning ham yuzida bir dona ajin topolmaysan. Qizlari chiroyli. Baymaroq- liklar qizlarini chetga chiqarishmaydi. O'lishsa o'lishadiki, be- gonaga berishmaydi. Ammo o'zlari juda mchmondo'st.
— Masofa yaqin, — dedi Temurbek xabarni eshitgach. — Mabodo bizning rejamizdan xabar topib qolishsa, imillash- ganda ham bizdan oldin Qarshiga yetib borishadi. Sipohlar- ni oyoqlantir, hoziroq yo'lga tushamiz. Manzil hcch kimga oshkor etilmasin. Chunki navkarlar orasida amir Husaynning josusi ham bo'lishi mumkin.
Ikki yarim oy lashkarni ancha-muncha bcmalol qilib qo'ygandi. To'g'ri, har kuni jangovar tayyorgarlik o'tkazilardi, biroq bu xuddi tcmirchi ustaxonasiga borib, kun kech bo'lgani- da uyiga qaytib kelishdek bir gap edi. Shu bois «Tezda safarga hozirlik ko'ringlar!» deya buyruq berishim bilan shoshib qo- lishdi.
Biz mash’ala yoqib, yer yuziga qorong'ilik cnganda yo'lga tushdi k.
Shunday shiddat bilan ketib borardikki, ba’zan ot ustida o'tirganlarning hansirashi eshitilib qolardi. Albatta, ular yax- shi tayyorgarlikdan o'tishgan, shu bois hansirashlarining boshqa sababi bor edi. Ba’zi sipohlar yo'l oldidan tamaddi qilib olishayotganiga ko'zim tushgandi. Ot ustida tinimsiz tebranib ketsangiz, qorin to'qligi lohas qiladi odamni.
Amu suvidan kechib o'tdik. Qarshiga masofa oz qoldi. Ora- dan kun o'tgan va yana qorong'ilik tushgan edi.
— Men shahar xandaqining (Qarshi shahri atrofi xandaq bilan o'ralgan va u suvga to'ldirilgan edi) o'tish joyini ko'zdan kcchiraman. Sen men bilan birga borasan. Har ehtimolga qar-
194
shi kctganimizni birov bilmagani ma’qul. Ammo Sayfuddinga qo'shinga bosh-qosh bo'lib turishni tayinla, — dedi Temurbek.
U mening xandaq suviga tushishimga ruxsat bermadi. Eshi- tishimga qaraganda, qattiq jarohatli qo'l yoki oyoq suvga tush- ganidan keyin, albatta, og'riq beradi. Tcmurbekda xuddi shu- naqa jarohat bo'lgan, buning natijasida yuqorida aytganimday oqsoqlanib qolgan. Garchi buni uning o'zi sezdirmasa-da, bir qo'li ham avvalgidek emasligini bilardim. Shu sabab suvga o'zim tushmoqchi bo'ldim. Ammo Temurbek unamadi. «Men bilishim kerak bo'lgan narsalar bor», deb turib oldi. Mening kutishdan o'zga ilojim qolmagan edi.
Temurbek sekin suvga tushganidan keyin suzib ketdi va zumda narigi tomonda paydo bo'ldi. U shunday suzdiki, oy yorug'ida suv yuzasidagi to'lqinni zo'rg'a ilg'adim. Tovush esa mutlaqo chiqmadi. Ammo Temurbek shahar darvozasi yoniga borganidan keyin xavfsizlikni mutlaqo unutib, devorni musht- ladi. Bir emas, bir necha marta mushtladi. Ichkaridan birov javob bermadi. Shundan keyin u yana iziga qaytib o‘tdi-da:
— Qo'shinni boshlab kel. Narvonlarni ko'tarib kelishsin. Ungacha men narvon qo'yadigan joyni topib qo'yaman, — dedi.
Men unga so'zsiz itoat etib, yugurib ketdim.
Qo'shin shovqin ko'tarmasdan oyoq uchida yugurib, xandaq yoniga yetib keldi. Bizni Temurbek kutib turgan ekan.
— Men bilan birga ellik kishi devordan oshib o'tadi. Qol- ganlar darvoza yonida turishsin. Darvoza ochilishi bilan ich- kariga bostirib kirasiz. Oldiniga, ya’ni dushman bizni sezib qolgunicha imi-jimida ishni bitirasiz. Men bclgi berishim bilan hamma barobariga baqiradi, janubiy darvoza yoniga boramiz. Bu yerdagi darvozani hech kirn qo'riqlamayotganining sababi, narigi tomonning pasti tuproq bilan berkitilgan, — dedi Temurbek.
Sakkizta narvon devorga tiraldi. Devor tepasiga garchi oqsoq csa-da, bir qo'li ko'p aytganini qilmasa-da, hammadan oldin Temurbek chiqdi. Keyin qolganlarni ham kutdi. Hamma chiqib olgach, narvonlar ko'tarildi. Birpasda narigi tomonga o'tib oldik. Bir oz engashib, oyoq uchida darvoza yoniga bor- dik. Qorovullar mash’alalarni devorga tiqib qo'yishgan, o'zlari esa uxlayotgandi. Oralaridan bittasi hatto devorga suyanishga
195
qoniqmasdan uzala tushib olibdi. Bundan chiqdi, xavfni mut- laqo kutishmayapti.
Oltita qo'riqchi darrov jonsizlantirildi. Darvoza ochildi. Boshqa sipohlar ham kirib oldi.
— Sayfuddin, navkarlaring bilan shimoldan yur. Ali Yasuriy, janubga. Biz to‘g‘ri saroyga boramiz. Mumkin qadar shovqin ko'tarmanglar! Burg'u chalinganidan kcyin csa mash’alalarni yoqinglar, — dedi Temurbek shivirlab.
Hammamiz yugurib ketdik. Oradan ikki piyola choy ich- gulik vaqt o'tganidan so‘ng Temurbek «Yog'iyga o'lim!» deya qichqirdi. Chunki tungi qo'riqchilar bizni sczib qolishgan va qarshilik ko'rsatish uchun yonimizga yugurib kclishgan, qilich- lar bir-biriga urilib, jaranglab ketgandi. Temurbekning qichqi- rig'idan so'ng burg'u chalindi. Men baqirdim. So'ng boshqalar. Bir ozdan so'ng o'ngu so'limizdan qiyqiriqlar cshitildi.
Biz ro'paramizdan chiqqanlarni birpasda bir yoqli qilib, shitob bilan ilgarilab borardik. Dushman ro'paramizdan yana paydo bo'lar va qochishga tushardi. Bu g'ayratimizni ikki his- sa oshirib yubordi. Bilaklarimizga yana kuch enganday bo'ldi. Men Temurbekning yonida borardim. Hozirgi shiddat bilan undan o'tib ketishim mumkin edi. Ammo uzoqlab kctolmas- dim. Sababi, Temurbekning xavfsizligi. Ammo ayni lahzada bunga hojat yo'qday tuyilayotgandi.
Shaharning har tomonidan chiqayotgan qiyqiriqlar raqibni mutlaqo dovdiratdi. Oldiniga ular saroy tomonga yugurishgan bo'lishsa, endi darvozalar sari oshiqishmoqda edi. Ularning nazdida Temurbek juda ulkan qo'shin bilan shaharga kirib kelgan va ertaroq juftakni rostlab qolishmasa, burdalab tashla- nadiganday edi.
Ko'rdim. Amir Husaynning lashkarboshisi Musabek saroy- dan chiqib keldi. Masofa yaqin bo'lgani bois mash’ala yorug'ida uning yuzini aniq-tiniq ko'idim. U ichki kiyimda edi. Demak, xotini Orzu Malik og'o qo'ynida dunyo tashvishini unutib, orom olayotgan bo'lgan...
Temurbekning xavfsizligini ta’minlashni ham unutib, Mus- abekning kallasini olish uchun yugurdim. Ammo shu zaho- ti oldimni besh-o'n sipoh to'sib chiqdi. Men ularni birma-bir ag'darish bilan ovora bo'lgan chog'imda Musabek g'oyib bo'ldi.
196
Biz amir Husaynning navkarlarini shahardan quvib chiqar- ganimizda tong endi otmoqda edi.
Darvozalarning bari yopilgan. Bor-yo'g‘i ikki yuz o'ttiz to'rt sipohimiz turardi. Aslida, ikki yuz qirq uchta edik. Tungi jangda to'qqiz bahodiriinizdan ayrilgandik. Shunga qaramasdan, bir necha yuz, balki ming kishilik lashkami qirib tashladik.
Shahar aholisi bir oqshomda hukmdor o'zgarib qolganidan hayron, shuning bilan birga xursand ham edi. Chunki Temurbek amir Husaynga nisbatan yaqinroq, buning ustiga ko'p qu- rilish, obodonchilik ishlarini ham qilgandi.
Amir Husaynning lashkarboshiiari Malik Bahodir va Musa- bek Buxoro yo'Iida birlashib, bizga hujum qilishni maslahat- lashishayotganida Temurbek shahar aholisini bosh maydonga yig'di.
— Men sizning o'g'lingizman. Zero, Kesh bilan Qarshi ora- lig'i bir qadain. U yoqda tug'ilgan bu yoqqa, bu yoqda tug'ilgan u yoqqa farzand bo'la oladi. Men yurtimni, tuprog'imni man* guga ozod ctish uchun, manguga o'ziga-o'zi xon bo'lishi uchun keldim. Biz bor-yo'g'i ikki yuz qirq uchta edik. Ammo shunga qaramasdan amir Husaynning o'n ikki minglik qo'shinini yengdik. Agar yonimda turib, dushman bilan kurashsangiz, amir Husaynni butunlay yengaman. Ikkinchi mana u lash- karboshilarini bu yoqqa yubormaydi. Ikkinchi marta sizning bor-budingizni tortib olmaydi. Qarshi fuqarosi boy-badavlat umrguzaronlik qiladi! — dedi u hammaning oldiga chiqib.
Birdan qiyqiriqlar ko'tarildi.
— Amir Husayn Qarshini tushida ko'rsin! — deya qichqir- di kimdir.
Yig'ilganlarning bari bor ovozda uning gapini ma’qullab baqirishdi. Keyin Temurbek xalqni bir necha bo'lakka ajratib, darvozalar tomonga jo'natdi. Ularga lashkar orasidan mahor- atlilarini bosh qilib qo'ydi.
Xalq biz tomonda. Ular lashkar bilan birga dcvorlar usti- da qo'llariga ilingan narsalarni olgancha qurollanib turishibdi. Bu birinchi ustun tomonimiz bo'lsa, ikkinchisi, Musabekning xotin, bola-chaqasi asirimiz edi. Ularga ziyon-zahinat yetka- zilmadi.
Yana shuni aytishim kcrakki, xalqning hammasi ham bizni xursandchilik bilan kutib olmadi. Hammasi ham zo'r ishtiyoq
197
bilan shahar mudofaasiga shaylanmadi. Ammo nachora, bar- chaga birday yoqavcrmaysan. Shunday odamlar borki, oltindan qasr qilib berganingda ham norozi bo'lishadi.
Musabek va Malik Bahodiming qo'shini birlashgach, sha- hami o'ray boshladi. Ana shu paytda Temurbek butunlay boshqa bir rejani ishga soldi. Chunki shahar bilan dushman oralig'ida xandaq bo'lganidan keyin bizga yordamga otlan- gan xalqning ko'magidan foydalanish qiyin edi. Tosh, g'isht otib, raqibga tekkizish uchun ular devorning tagigacha kcli- shi lozim. Ammo bunday bo'lmasligi ko'rinib qoldi. Temurbek hali u darvozadan, hali bunisidan goh o'nta, goh cllikta sipohni chiqarar, ular dushmanga tezlikda zarar yetkazishar- di-da, izlariga qaytishib, darvozadan shaharga kirib kctishardi. Keyin darvoza birdan berkitilar, dushman tashqarida qolardi. Ularning devor tubiga kelib qolganidan esa xalq unumli foyda- lanardi. Va yana kamon o'qlari ham do'lday yog'ilardiki, dushman tutday to'kilardi.
Ana shunday bir paytda dushman safida bo'lgan lashkar- boshi Durraka Bahodir Musabek va Malik Bahodirdan voz ke- chib, bizning safimizga qo'shildi. U Xuzor darvozasi yaqiniga ot choptirib keldi-da, Temurbek bilan gaplashish istagi borli- gini bildirdi.
— Gapir! — dedi unga ko'rinish bergan Temurbek.
— Men sen kabi bahodirni ko'rmadim. Shahar ichkarisidan josus chiqib xabar berdi. Bor-yo'g'i ikki yuz qirq uch kishi bilan bizni Qarshidan quvib chiqaribsan!
— Shuni bilarkansan, ncga men bilan yana olishmoqchisan?
— Mening mingdan ortiq navkarim bor. Ruxsat ber, sening xizmatingga kirayin. Ko'zim endi ochildi!
— Gapingga qanday ishonay?
— Muqaddas Qur’oni karim bilan ont ichaman! Men amir Husayn emasmanki, lafzimda turmasam, Allohning jazosi muqarrar ekanini unutsam!
— Kir shaharga!
Shu payt darvoza lang ochildi. Durraka Bahodir navkarlari bilan shaharga kirgani zahoti darvoza yana yopildi.
Temurbek devor zinalaridan tez-tez yurib, pastga ena boshladi. Durraka Bahodir esa otidan sakrab tushdi-da, tiz cho'kib, uning yetib kelishini kutdi.
198
— Menga sadoqat bilan xizmat qilsang, senga va sipohlar- ingga ko'p molu davlat bcraman. Amaldor bo'lasan! Mukofot- ing shu! — dedi unga Temurbek.
— Bosh ustiga. Asi hukmdor hukmida bo'lish men uchun sharaf! — dedi.
Temurbek uning yaqiniga kelib, boshi ustiga kaftini qo'ndir- di va Qur’oni karimdan oyat aytishni talab qildi. U aytdi va shundan kcyin yana bir marta ont ichdi.
Kun oxirigacha biz shu himoyada mardonavor turdik. Durraka Bahodir safimizga qo'shilganidan keyin Temurbek dushman bilan yuzma-yuz olishishga chiqmoqchi bo'lgan- di, Sayfuddinbek qaytardi. Sayfuddinbekning ilmi nujumdan xabari bor edi. «Ertaga tongdan boshlasak, zafar quchamiz», dcdi u. Temurbek shashtidan tushdi.
Ertasiga shu paytgacha shiddat bilan jang qilib kelayotgan Oq Bug'a Bahodir va Oq Temur Bahodir darvozadan chiqibdi. Tong endi-endi otib kelayotgandi. Men ularning chiqib keta- yotganlarinigina ko'rib qoldim. Birdan xayolim buzildi. «Na- hotki xiyonat qilishga jazm etishgan bo'lishsa», deya o'yladim va bir xayol darrov yonimga navkarlardan biror yigirmatasini olib, ortidan chiqmoqchi ham bo'Idim. Ammo ularning bosh- qaeha reja tuzishganini devor ustida turib ko'rdim.
Hali dushman to'la uyqudan uyg'onmagan, jangovar holga kelmagandi. Sipohlarimiz (ularbor-yo'g'i elliktacha edi) raqib- ni sarosimada qoldirib, ustiga bostirib bordi. Ko'rdim. Besh- olti o'tovga o't qo'yishdi. Qanchadan-qanchasini qilichdan o'tkazishdi hamda yana shiddat bilan ortlariga qaytishdi.
— Bu nima qiliq?! — deya baqirdim men ular shaharga kirishib, ortlaridan darvoza yopilgach.
— Bir qoshiq qonimizdan keching, — dedi Oq Bug'a Bahodir, — kutilmaganda miyamizga kelib qoldi. Harna asablari taranglashadi. Harna rejalarini g'azab bilan tuzishadi. Va bundan biz foyda ko'ramiz.
— Lekin nega maslahat solmadinglar?
— Vaqt juda qisqa edi. Ozgina kechga qolsak, yumushni ado etolmasdik va qo'lga tushardik.
— Albatta!
Men birdan ortimga qaradim. Temurbek turibdi. Uning yuzida mamnunlik ifodasi zohir edi.
199
— Tavakkalchilik ba’zan o‘ta puxta o'ylagan ishdan sa- maraliroq bo'ladi. Biz sizni, albatta, mukofotlaymiz, — dcdi Temurbck.
Men shundagina uning ortida turganlarga e’tibor berdim. Ayollar, saroy xizmatchilari bor edi. Hammasi birday bosh ini egib turishardi.
— Bularning hammasi amir Musabckning haramidagilar. Xotinlari, kanizaklari, xizmatchilari, farzandlari. Biz manavi o'smirni — Muhammadbckni ozod etamiz. Otasining qoshi- ga borsin.
— Amirim, — deya shu zahoti o'zini Temurbekning oyo- qlari ostiga tashladi yuzidan chachvonini olgan, ko'p yig'lag- anidan ko'zi qizargan sohibjamol Orzu Malik og'o.
U amir Musabckning suyukli rafiqasi bo'lib, ayni damda homilador edi. Musabekning ko'ziga na uning go'zalligi va na homiladorligi ko'rindi. Shunday tashladi-yu, o'z jonini omon saqlamoq maqsadida qochdi.
— Amirim, — takrorladi malika, — Muhammadbekni yonimda qoldiring. Ne qilsangiz, ixtiyoringiz. Ammo mening ayriliqqa sira bardoshim yetmaydi. U otasi bilan qolsa, men bu yoqda undan firoqda bo'Isam, kunlarim zulmatga aylanadi.
— Bir sening etnas, ko'pehilikning kuni zulmatga aylanib bo'ldi. Muhammadbekning taqdiri azalida shu narsa yozil- gan ekan. Uni o'zgartirish hech kimning, halto mening ham qo'limdan kelmaydi. Muhammadbek otasining yonida bo'ladi! — dedi Temurbek unga qarab va nigohi bilan chachvonini yopishga ishora berdi.
Kanizaklar shu zahoti Orzu Malik og'oning yuzini yopishdi.
Darvoza yopildi. Musabekning o'g'li chiqarib yuborildi. U to'g'ri otasining yoniga ketdi. Farzandning borishi otaga ta’sir etib, vaziyat o'zgarar, deb umid qilgandik, ammo bunday bo'lib chiqmadi.
Biz turli darvozalardan navbatma-navbat chiqib, dushman- ga talafot yetkazardik va yana darvoza ortiga o'tib berkinardik. Bu hoi tez-tez takrorlanaverganidan yog'iyning ancha-muncha tinkasi quridi.
Bir mahal dushmanning Mansur ismli lashkarboshisi Sari Bug'a va Elchi Bahodir qo'riqchilik qilayotgan darvozani buz- ib kirib kehshdi. Uning ortidan To'kal ismlisi ham keldi. Ular-
200
ga qarshi Temurbek ikkimiz bor-yo‘g‘i yigirmatacha sipoh bilan tashlandik. Navkarlarimiz Temurbekning jang san’atidan hayratlanishib, ruhlanishib bilaklariga yana kuch enib, zo‘r shiddat bilan qilichboziikka tushib ketishdi. Bu yog'i tom- da turgan kamonchilar ham tinimsiz o'q yog'dirishib, dush- manni yer tishlata boshladi. Qal’a ichkarisiga kirib, juda ko'p narsadan umid qilgan dushman orqa-oldiga qaramay qochdi. Shu qochish asnosida ham ko'pi jonidan ayrilardi. Bir ma- hal ko'zim lashkarboshi To'kalga tushdi. U janggohdan chet- ga chiqqan va Temurbekni kamoni bilan nishonga olmoqda edi. Men to'rt-bcsh dushman sipohi bilan olishib turibman. Temurbek yetti-sakkiz qadam narida. Har qancha qilsam ham uning yoniga yetolmayman, ko'ksimni qalqon qilolmayman.
Chalg'ibman. Bir mahal naq boshim uctida shamshirni ko'rdim. Bu paytda men boshqa bir raqib ko'ksiga qilich sanchgandim. Oniy lahzada ko'z oldim qorong'ilashib ket- ganday bo'ldi va chap qo'limdagi qalqonni dushman tig'iga ro'baro' qilishga zo'rg'a ulgurdim. Shamshir qalqonga tegib sirg'aldi-da, qo'limga jarohat yetkazdi. Keyin kimdir mening jonimga qasd qilgan yog'iyni bir zarba bilan yerga qulatdi.
Og'riq suyak-suyagimdan o'tib, o'tirib qoldiin. Qon shovul- lab oqar, men baqirib yubormaslik uchun tishimni tishimga mahkam bosib olgandim. Asta-sekin og'riq chekinib, boshim aylandi. Ko'zim tindi...
U yog'ini eslay ol may man. Qarasam, tepamda Века va ik- kita kanizagim turibdi. Oldiniga men «Tush ko'ryapman va yoki narigi dunyoga ravona bo'lganman, — deya o'yladim. — Bundan chiqdi, jangda mag'lub bo'lganmiz, mening or- timdan dushman Bekani, kanizaklarni ham u dunyoga ravona qilishibdi. Qiziq, Temurbek qayerda ekan? Ishqilib, qutulib qolgan bo'lsin. Shunda u boshqatdan qo'shin to'playdi. Amir Husaynni, uning lashkarboshilarini bir yoqli qiladi».
— Allohga ming qatla shukr, — dedi Века ko'zidan duv-duv yoshini oqizib.
— Men o'lmadimmi? Tirikmanmi? — debman hali ham anavi xayol ta’sirida.
— Tiriksiz, begim, tiriksiz! — dedi Века qo'limdan tutib.
Men shu zahoti hushimdan ketish oldidagi lahzani csladim. Temurbekni kamon bilan nishonga olishgan edi. Men shunga chalg'igandim. To'xta, Temurbekka nima bo'ldi?
201
Men Bekaga tcrmildim. Uning yuzi qizardi. Temurbek o'ldimi, deyishga tilim bormay:
— Amir Temur qani? — deya so'radim.
Qo'rqdim. Hozir Века o'kirib yuboradi, deb o'yladim. Ana shu lahzada peshonamdan ter ham chiqdi.
— Xoqonimiz sarkardalar safini kengaytirish ishlari bilan band. Halizamon kelib qolsa ham ajabmas.
Shunday ham bo'ldi. Men suv so'radim. Iliq suvni menga ichtrishlari bilan gursillatib qadam bosgancha, Temurbek kirib keldi. Uning hurmatiga va yana vajohatidan cho'chib chachvonlarini yopgan Века va ikki kanizak ortlariga cheki- nishdi. Temurbek tepamga kelib to'xtadi. Jilmaydi. So'ng shamshirini bir oz chetga surib o'tirgach:
— Arslonga nima bo'ldi? — deya haziltashdi.
— Arslon sichqonning zarbasiga chidolmay, uzala tushib yo- tib olgan, — javob berdim men.
— Sichqon emas edi. Bir gala itlar edi... Ko'p qon yo'qotib- san. Berdi Bahodir olib chiqdi seni...
— Biz yutdikmi? Dushman qayerda?
— Yutganda qandoq. Musabek xotinlari orasiga tushib olib qochdi. Afsuski, qo'shin yetarli miqdorda emas. Aks holda, ortidan Soli Saroygacha borib, amir Husaynning ham kallasini olgan bo'lardim... Men sening izmingsiz bir ish qilgan edim.
Men Temurbckka savol nazari bilan qaradim.
— Ko'rib turganingdek, haramingni chorlagandim.
— Bunday masofaga qushning yetib kelishiga talay vaqt kerak, — dedim men hayron bo'lib.
— Ikki kun davomida toshbaqa ham ancha yo'lni bosib qo'yadi.
— Men ikki kun yotdimmi?
— Tabib yaxshi muolaja qildi. Uning sa’y-harakati bilan omon qolding. Xullas, qadrdon, bu yog'iga tezroq kuchga enish tadorigini ko'r.
Temurbekning shunchalik mehribon bo'lib ketishini ilgari tasawur ham qilolmasdim. Badjahl, qattiqqo'l, mchrini osh- kor etmaydigan, o'ta jiddiy odamday tuyilardi u. Yo'q, joyi kelsa, u mchr ko'rsatishni ham boplab qo'yarkan. Temurbek ketganidan keyin men ancha yengil tortdim. Darrov tabibni chaqirtirdim-da, undan qonni tezroq ko'paytirish yo'llarini so'radim.
202
U uzumning antiqa suvini keltirdi. Ta’mi g'alati ekan: ham shirin, ham qandaydir achqimtil.
Rosa bir hafta deganda qo'limga shamshir olib, sipohlar bilan qilichbozlikda o'zimni sinab ko'rdim. Hali ancha nimjon ckanman. Ayniqsa, jarohat olgan chap qo'lim sal qimirlab ket- sa, og'riq beraverdi. Qilig‘imni tabib ko*rib qoldi. Dakki berdi. «Bunaqa ish qiladigan bo'lsangiz, qo'lingizdan umid qilmang, amir!» dedi jahl bilan. Uning gapini Века xonim ham takror- ladi. Shu bo'yi men ikki oy biron nima qilmadim. Qilganim ora-chora Temurbek bilan suhbatlashish bo'ldi.
Amir Husaynning amir O'ljaytu Apardiy, Tayg'u o'g'li Ja- honshoh, Pulod Bug'a va amir Musabekdan iborat lashkar- boshilari o'n ming kishilik qo'shin bilan Qahlag'adan o'tib, Chakchakda to'xtabdi. Va zo'r berib urush tayyorgarligini ko'rayotganini Temurbek menga gapirib berdi.
— Qarshini olayotganimizda bor-yo'g'i ikki yuz qirq uch kishi edik. Shunga qaramasdan dushmanning o'n ikki ming kishilik lashkarini tumtaraqay qilib quvgandik. Ammo bu de- gani har safar oz odamni ko'pehilikka ro'baro' qilaversa bo'la- di, degani emas. Yuz-ikki yuz lashkar tugul bir kishining qoni- ni bekordan bekorga to'kadigan bo'lsak, Alloh oldida nima deb javob beramiz? Moxonga, Buxoroga qo'shin to'plashga bori- shimiz darkor.
Bilaman, Temurbekning boshqa rejalari ham bor. U faqat birgina masala bilan yurmaydi. To'g'ri, birinchisi, lashkar to'plash. U, albatta, ziyorat qilishni ham ko'ngliga tukkan. Bundan tashqari, mablag' masalasini ham joyiga qo'yish kerak. Menga shu narsa ma’lumki, Temurbek har safar birorta viloyatni qo'lga kiritganida va yoki kimnidir yengganida oli- najak o'ljaning katta qismini navkarlarga va lashkarboshilarga berib yuboradi. Uning hotamtoyligini to'g'ri tushunib, sidqi- dildan xizmat qiladiganlar ham, aqchani qo'lga kiritishi bilan juftakni rostlab qoladiganlar ham bor. Ulardan qanchasi hozir amir Husaynga xizmat qilib yuribdi. Yana qanchasi tuzluqqa tupurganidan qon qusdi.
Buxoroda ko'p qo'shin to'plash imkoni bo'lmadi. Sababi, urushga yaraydigan odam kam edi. Shu bois ozroq mablag' to'pladik va Ali hamda Muhammadshohni lashkari bilan sha- harni qo'riqlash maqsadida qoldirdik. O'zimiz esa Moxon sari
203
ketdiк. Amu daryosidan o'tishdagi qiyinchilikni hisobga olma- ganda, deyarli jabr ko'rmadik. Oftob ham qattiq qizdirmadi. Shamol turib, ko‘zlarimizni qumga to'ldirmadi. Faqat daryo- dan o'tayotganimizda qayiq topishimizga to'g'ri keldi. Oqim tomonga talay muddat yurganimizdan so'ng baliqchilarga duch keldik. Ular Temurbek haqida ko'p eshitishgan ekan. Shu bois Temurbekni ko'rishganida hayratlarini yashirolmadi- lar. Ularning oftobdan qorayib ketgan yuziga taram-taram ajin tushgandi. O'ttiz, qirq yoshlisi ham keksa kishini cslatadi. Ammo so'zlari burro-burro ekan.
— Biz seni, — dedi baliqchilarning keksasi, — mutlaqo yengilmas, cheksiz-chegarasiz kuchga ega, deb eshitganmiz. Shunday ekan, nega shu paytgacha na Xurosonni va na Mo- varounnahrni to'laligicha qo'lga olmaysan? Bu urushlardan xalqning tinka-madori qurib ketdi-ku! Ahvol mana shunday davom etadigan bo'lsa, shunday vaqt keladiki, o'liklarni mo- zorga ayollar olib borib ko'mishadi. Agar ular ham qolishsa.
Temurbek baliqchining gapiga darrov javob bermadi. Oqsoq- langancha daryo labiga borib, qayiqning ichiga qaradi. Uch qarichcha keladigan o'n-o'n beshta baliqni ko'rdi. Bittasini ko'tardi. So'ng yana joyiga tashladi. Iziga qaytdi. Ycrga o'tir- di. Uning bunday qilganini ko'rgan boshqalar ham o'tirishdi.
— Abbosbek, — deya menga yuzlandi Temurbek. — das- turxon yozing, yeguliklardan qo'ying. Biz otaxon bilan ezi- lishib bir choy ichaylik.
Biz darrov uning aytganini muhayyo qildik. Boshqalar ham ovqatlanish uchun otlaridan tushishdi. Xurjunlarini kovlashdi. Baliqchilar o'ttiz chog'li ekan. Har birovining qayig'i bor. Har birovi ozmi-ko'pmi baliq ovlagan. Ular ham ishga kirishib, ovlagan baliqlarini tozalashga tushib ketishdi.
— Mehmondorchilik uchun katta rahmat, — dedi Temurbek oqsoqol baliqchiga.
— Biz faqatgina baliq qovurdik. Qolgan hamma narsani sen dasturxonga qo'yding.
— Baribin Endi boyagi savolingizga javob berayin. Har sa- far janglarda arslon kelbat navkarlarimdan ayrilaman. Har sa- far ularning yerda yotgan tanalarini ko'rganimda jigar-bag'rim ezilib ketadi. Xuddi boya siz so'ragan narsa bot-bot xayolim- dan o'tadi... Oldinda Allohning istagi qoldi.
204
— Temurbek, men bcma’ni cholni bema’ni savoli uchun kc- chir. Qayoqdagi narsani so'rab yarangni yangilab qo'ydim.
— Aslo xafamasman. Siz bir so'radingiz. Men har kuni ko'nglimdan o‘tkazaman. Odamzodni shamshir bilan yaralash u yoqda tursin, bir joyiga tikan kirib ketsa, qanday og'riydi’ Ishqilib, hammamizni Xudo to‘g*ri yo'Idan ozdirmasin. Foti- ha boring, safarimiz olis, ertaroq yetib olaylik. Hali daryodan kechib o'tishimiz kerak.
— Jonim bilan qayiqda o'tkazib qo'yardim, ammo otla- ringizni o‘lkazolmayman-da. Eh, esim qursin. Oqim bo'ylab ikki toshcha yursang, daryo yoyilib oqadigan joyga yelasan. O'sha yerdan bemalol o'tish mumkin. Faqat u yerda suv juda tez oqadi.
— Mingdan-ming rahmat sizga, ota, — dedi Temurbek va chaqqonlik bilan o'rnidan turdi.
Kechuvdan o'tdik. Baliqchi chol to'g'ri aytgan ekan, suv, sal bo'lmasa, otlarimizni oqizib ketay dcdi.
Moxonga yetib, qo'shin yig'ish ishlari bilan shug'ullanib yurgan paylimizda Buxorodan xabar keldi. Amir Husayn sha- harni egallash uchun qo'shin tortib boribdi. Ali bilan Mu- ham inadshohni ng ixtiyoridagi lashkar juda oz. Agar biz tezda yordamga bormasak, ularning yengilishdan boshqa choralari qolmaydi. Temurbek safarga chiqishga farmon berdi. Biroq ul- gurmadik. Erlasiga Ali bilan Muhammadshoh Moxonga kirib kclib, ikkisi ham Tcmurbekning oyoqlari ostiga o'zlarini tash- lashdi.
— Bizni faqatgina siz qatl etishingiz mumkin. Dushman- ning shamshiri tanamizni bo'lganidan ko'ra sizniki afzalroq, — deyishdi ular.
— Jonlaring omonda, — deya ularga burgut nigohini qadadi Temurbek, — gapiring.
— Xalq bizga yordam berdi. Amir Husaynning lashkari qal’aga yaqinlashganida ularni tutday to'kib tashladik. Hujum bir necha marta qaytarildi. Keyin dushman qochishga tushdi. Biz ahmoq ularning ortidan tushibmiz, — dedi Ali va pesho- nasiga mushtladi. — Amir Husaynning hiyla ishlatishi mum- kinligini o'ylab ham ko'rmabmiz. Shahardan uzoqlagandik. Birdan dushman ortga burildi. Qo'shin judayam katta edi. BoTonday ustimizga yopirildi. Ortga qaytishga, qal’aga kirib
205
darvozani yopishga ulgurmadik. Bu yog'ini aytishga tilim bor- maydi...
Temurbekning qoshi chimirildi. Dcmakki, u g'azab otiga mindi. Ammo oldin omonlik berib qo'ygani bois Aliga ham, Muhammadshohga ham indamadi. Buning o'miga ot berdi, qurol berdi. «Kuni kelib qilgan xatolaringni, albatta, yuvish- laringga aminman», dedi.
Bechoralar shunaqangi xursand bo'lib ketdiki, hatto ko'zlari- dan yosh sizib chiqdi.
Oradan hech qancha vaqt o'tmay, Buxorodan xufiyamiz keldi. U amir Husayn Buxoroda nima karomatlar ko'rsalganini ipidan ignasigacha gapirib berdi. Keyin u zulmkor Buxoroda qolishni istamay, Xalilbek ismli lashkarboshisini u yerda hokim etib qoldiribdi-da, o'zi Soli Saroyga ravona bo'libdi.
— Bundan ham yomon xabar bor, — dcdi xufiya nigohini yerdan uzmay, — shu paytgacha sizning xizmatingizni qilib kelgan, siz ko'p muruvvat ko'rsatgan Bekshoh xiyonat ko'chasi- ga kirib, amir Husayn xizmatiga o'tib ketdi.
Temurbek o'midan turib ketdi. Qo'llari musht bo'lib tugildi. Shunchalik g'azabga mindiki, bo'yin tomirlari bo'rtib chiqdi.
Xufiya xuddi shu mahal unga qarab oldi va dami ichiga tushib gapirolmay qoldi.
— Davom et! — unga amr qildi Temurbek.
— U hozir Amu daryosining yonidagi Mang'it qishlog'ida. Ayshu ishrat bilan mashg'ul. Xabarlarga qaraganda, har kuni bir nechta qo'y so'yar emish. Gulobxo'rlikdan bosh ko'tar- mayotganmish. Amir Husayn o'zining kanizaklaridan ikkita- sini unga in’om etibdi.
— Xabaring oxirladimi?! — dedi Temurbek.
— Xuddi shunday, amirim.
— Haqingni Abbosdan olasan.
Xufiya o'midan turdi-da, bir necha marta qulluq qilib, tash- qariga chiqib ketdi.
— Hoziroq, — dedi Temurbek menga yuzlanib, — olti yuz sipohni hozirla!
Men boshimni egib qulluq qildim-da, tashqariga yo'naldim. So'ng xufiyaning haqini berarkanman:
— Iltimos, bundan bu yog'iga xushxabarlar ham bo'lib tur-
206
sin. Keltirgan xabarlaringning hammasi falokat, — dcdi unga.
Xufiya yelkasini qisdi.
— Men nima qilay? Bo'lgan, ko'rgan va eshitganlarimda xabar keltirdim. Amirni xursand qilaman, deb boshimda ayrilib qolishni istamayman. Aytgancha, biz Hirot sari yo'lg tushyapmiz. Boya bu haqda Temurbekka aytolmadim. Saba bini o'zingiz ko'rdingiz. Agar men qalandarlardan ajraiib qoi sam, ular meni boshqa saflariga qo'shmay qo'yishadi.
— Unda sen o'zing biladigan ishni qil, — deb uning yelkasi ga qoqib qo'ydim.
Peshin mahali yo'lga chiqdik. Shunga qaramasdan qosi qorayganda Amudaryoga yetdik. Temurbek ilgari bir necha marta kechib o'tilgan sayoz joyga olib bordi. Va biz suvdan o'tganimizdan so'ng horigan otlarga dam berdik. Endi bundan bu yog'iga tulporlarning terini qotirib, ularga bir oz dam berishimiz kerak edi. Shu bois avvaliga hamma o'z otini sayr qildirdi. Keyin egar-jabduqlarini yechib oldi.
Tong otmay yana otlar egarlandi. Bizning borayotgani- mizni Bekshoh tushida ko'rgan va yoki kimdir xabar bergan. U kam sonli sipohlari bilan jangga shaylanishga ulguribdi. Biroq to'rt tomondan qurshab kelgan o'ta yaxshi tayyorgarlikka ega lashkar va yana uncha-muncha to'siqni yanchib o'tadigan Temurbek uchun uning qarshiligi hech nima emas. Shu bois Bekshohni yengishdan sira xavotirga tushmadik. Xavotirimiz uning qochib qolishida edi.
Yirik gavdali mohir kamonboz garchi sipohlaridan ayrilgan esa-da, xo'p qarshilik ko'rsatdi. Uning Temurbekni mo'ljal- lab otgan o'qi vaqtida amir yonida bo'lgan Xitoyi Bahodirning qalqoniga tegdi. Shundan keyin Durraka bilan Xitoyi Bahodir uni qurolsizlantirishdi. Biri oyog'iga, boshqasi qorniga tepib, yerga cho'k tushishga majbur etdi. Albatta, Bekshoh ularga yaxshigina qarshilik ko'rsatishi mumkin edi. Biroq uning nigohi Temurbekka tushdi. Bo'shashdi va ancha kuchli tep- kidan keyin cho'kkalab qoldi. Chunki o'zini bechora ko'rsatib, Temurbekning rahmini keltirishi kerak edi-da. Ammo Temurbekning rahmi kelmadi. Kelmasdi ham. Shunga qaramasdan birdan boshini tanasidan judo etmadi.
207
— Nega?! — dedi g'azab bilan Temurbek qamchisi yordami- da uni iyagidan ko*tarib o'ziga qaratar ekan.
Bekshoh javob bermadi. Ko'zini olib qochdi.
— Husaynning ikkita kanizagi shunchalik ta’sir etdimi, dushmanga o'tding?!
Yana javob bo'lmadi. Shundan keyin Temurbek uni kishan- lashni buyurdi.
Mang'itda yarim kun dam oldik. To'g'rirog'i, Buxoroga xu- fiya jo'natgan edik. Uning kelishini kutdik.
Shu kuni Temurbek odatiga xilof tarzda kichkina chodir tiktirdi-da, kirib yotdi. Uxladi. Xavotir oldim. Shu paylga- cha uning chodirini ikkita posbon qo'riqlagan bo'lsa, bu safar to'rtta soqchi qo'ydim. Va o'zim ham uning chodiridan uncha uzoq bo'lmagan joyga borib o*tirdim-da, mang'itliklardan bi- rinikeltirishlarini buyurdim. O'rtayasharbirodam keldi. Kaf- tining qavarib ketganiga qaraganda, dehqon. Birdan Xo'jand- da suv talashganlarni esladim. Qaytib u yoqlarga borolmadim. Hozir ularning tirik yoki o'lik ekanini ham bilmayman. Nima bo'lgan taqdirda ham ko'nglimda bir armon qoldi.
Mang'itlik ham ularga o'xshab ketarkan. Faqat burni kat- taroq. Ko'zlari katta-katta. Tabiiy qora. Undan qishloq haqi- da so'radim.
— Asli qishloq odamlari ko'p yillar avval Buxoro tomon- lardan kelib qolishgan. Birinchi kelganlarning uch avlodi o'tib ketib bo'ldi. Endigilar ota-bobolari ilgari aynan qayerda yashaganini bilishmaydi. Qishloq kundan kunga kichkinala- shib ketyapti. Chaqaloqlar tug‘iladi-yu, o'ladi. Tirik qolganlari ham uzoq yashamaydi. Menga o'xshab ko'proq kun ko'rgan- larini bosqinchilar qiyratishadi yoki o'zlari bilan qayerlargadir olib ketishadi. Shuning uchun ham har bitta erkakda uch-to'rt- tadan xotin bor. Tirikchiligimiz dehqonchilik. Va yana kun- botarda kattagina bog'imiz ham bor. Chorva bu yerlarda qiyin. Birinchidan, zax olib qo'yadi. Ikkinchidan, o'zingiz ko'rdin- giz, daryo yaqin bo'lgani sabab hammayoqni yovvoyi jiyda bosib yotibdi. Shoqol ko'p, bo'ri ko'p. Ular ora-chora qishloq- qa oralashadi, qo'y-qo'zi, qora mol zotiga qirg'in keltirishadi. Ba’zan odamlarga ham hujum qilib qolishadi. Kun botgani- dan keyin uydan tashqariga chiqmaymiz. Kunduzi ham qish- loqdan ko'pam uzoqqa boravermaymiz. Borsak ham besh-olti
208
kishilashib boramiz. Lekin odamlar bir-biriga judayam meh ribon... Mana, mehmon, sizga hamma narsani gapirib berdim — dcdi mang'itlik va peshonasidagi terni artdi.
— Bekshohning bu qishloqda qarindoshi bormi? — deys unga tikildim men.
U bosh irg'adi. Keyin:
— Shu odam paydo bo'lishi bilan boshimiz kulfatdan chiq- maydi, deb o'ylagandik, — dedi.
— Nega? — so'radim men.
— Bemaza qiliqlar qildi. O‘zining to'rtta xotini bo‘la tu- rib, qishlog'imizdan beshta bokira qizni xotinlikka olmoqchi bo'ldi. Qizlar allaqachon beshikkerti qilib qo'yilgandi. Xay- riyat, sizlar kelib, g'amimiz aridi, — deya xo'rsinib qo‘ydi mang'itlik.
— Xudo xohlasa, biz sizni boshqa yaxshi joylarga ko'chi- ramiz, — dedim men uning ko'nglini ko'tarish maqsadida.
U miyig'ida kuldi.
— Ota-bobolarimizning qabri shu yerda. Endi biz shu yerlik bo'lib qoldik. Boshqa joylarga sig'masak kerak. Ishqilib, tinch- lik bo'lsa bo'ldi, — dedi keyin u hazin ovozda.
To'g'ri. Chunki bu atrofda qon to'kilmagan joyning o'zi qol- madi hisob. I Igari mo'g'ullar hammayoqni vayron etgan bo'lsa, endi o'zimiznikilar bir-birining go'shtini yeyish bilan ovora. Mang'itlikka bir oz laskin berdim. Aslida esa o'zimga-o'zim taskin bcrayotgandim. Axir u istayotgan narsani men ham istayman-da.
Nihoyat, xufiya yetib keldi. Bashang kiyingan savdogarqiyo- fasida edi u. Navkarlarimiz uni tanimasdi. Darrov o'rab olishdi. Qarasam, otidan ag'darib olishmoqchi. To'xtatdim. Dakki berdim. Keyin xufiyani Temurbekning chodiriga olib kirdim. Bungacha u uyg'onib, tashqariga chiqqan edi.
— Amirim, — dedi xufiya boshini egib, ta’zim qilgani- dan so'ng, — amir Husaynning lashkarboshisi Xalilbek Buxo- ro tegrasida cmin-erkin yuribdi. Garchi Buxoroni to'la qo'lga kiritgan csa-da, kamdan-kam boradi. Ov bilan mashg'ul. Ho- zir uning ustiga qo'shin tortilsa, ayni muddao.
— Ayshu ishrati qanday?
— Bosh ko'tarmayapti, hazratim.
— Durust. Biz shu bugunoq yo'lga tushamiz. Sen esa Qar-
209
shiga bor va u yerning ahvolidan meni xabardor et. Alloh bizni qo'llab, g'alaba bilan siylasa, biz undan to'g'ri Moxonga bo- ramiz va shu yerda seni kutamiz.
Xufiya hadyani oldi va quiluq qilib chiqib keldi.
Oradan tun o'tib, tongda Bcrmas"ga yetdik. Va buni qa- rangki, dushmanni yana to'la jangovar holatda ko'rdik. Xalil- bek lashkarini yarim oy shaklida saflantiribdi. Oldingi qator- da nayzachilar. Buni ko'rgan Temurbek bor-yo'g'i olti yuzdan iborat qo'shinni uch bo'lakka bo'ldi. So'l qanotga men, o'rtaga Temurbekning o'zi, o'ng qanotga esa Sayfuddin lashkarboshi bo'ldi.
— Dushman yaqinigacha jam bo'lishib, qalqon bilan (o'sib boring o'zingizni. Chunki yog'iy old qatorga nayza tutgan jangchilarini qo'yibdimi, ortda kamonchilar bor. Ular sizni bir qadam ham oldinga siljitmaslikka urinishadi! Otlarning uch-to'rtini bir qilib bog'lang, jang maydoni chctida bo'lsin, vaqti kelsa, ortga qaytib, tulpor ustida hujumga o'tamiz, — dedi Temurbek.
Biz darrov uning buyrug'iga itoat etib toshbaqa shakli- ga kirib oldik. Qalqonlar orasida ko'zimiz ko'rishi mumkin bo'lgan tirqishgina qoldi. Shu tariqa asta-sekin ilgarilay bosh- ladik.
Kutilganidek shu zahoti dushman kamonchilari oldingi saf- ga chiqishdi hamda kamondan o'q otishni boshlab yuborishdi. O'qlar uchib kelib, qalqonga urilar va yerga tushardi. Ana shu payt miyamga g'alati fikr keldi va buyurdim:
— Kamonchilar o'q otishni to'xtatishi bilan biz kamon o'qi bilan ularni siylaymiz!
Xalil sarkarda emasligini yoki o'ta ishrat natijasida hali ham sarxush ekanini sezdirib qo'ydi. Chunki kamonchilarni to'xtatmadi. Biz esa betalafot ilgarilayverdik.
Nihoyat, dushman kamonchilari o'qlarini otib bo'lishib, o'mini nayzachilarga bo'shatishdi. Xuddi shu payt sipohlari- miz hunarlarini ko'rsatishdi. O'q otmayotgan faqat men edim. Sababi, vaziyatni nazorat qilib turishim lozim edi. Ishoning, kamon o'qlarimizning birortasi ham xato ketmayotgandi. Xalil navkarlari esa tutday to'kilayotgandi. G'ayratim jo'shdi. Qol-
" Buxoro yaqinidagi mavze.
210
ganlarini birma-bir narigi dunyoga jo'natgim keldi. Ammo shoshish yaramaydi. Hali ular ko'p. Hali vaqti kclmadi.
Raqib ancha siyraklashdi.
— Ortga qayting! Otlarga! — baqirdim men.
Lashkar shu zahoti ortiga burilib, tulporlarimiz tomonga yugurdi. Dushman esa bizni qochyapti, deb o'yladi va quvish- ga tushdi. Men Temurbek tomonga qaradim. U ham iziga qay- tibdi.
Biz hujumga o'tganimizda dushmanning otliq qo'shini oldinga chiqqan ekan. Bu ayni muddao edi. Men otning egariga qistirilgan qizil uchburchak bayroqni olib, boshim uzra ko'tar- gancha: «Нау-у-у!» deya baqirdim. Bu «Kamonlarni olinglar, o'qlarni o'rnatinglar», dcgan ishora edi.
Shu zahoti otlarimizning hammasi bir qator bo'lib yugu- rishga tushdi. Kainon ipi tortildi. Hamma barobar otdi. Bu usulni Temurbek mashg'ulot payti o'ylab topgandi. Va ming- lab marotaba shug'ullangan edik. O'quvda og'ir yumush jangda oson bo'ladi. Mashqda sipohlarot choptirib, bitta kichkina nuqtani aniq nishonga olishi kerak. Jangda esa raqibni va yoki raqib tulporini safdan chiqarsang bo'ldi. U yog'i hammasi se- ning foydangga ishlab ketaveradi.
Havoda ikki yuzta yoy o'qi uchdi va dushman otlig'iga borib sanchildi. Birdan ikki yuzta raqib sipohi ycrga quladi. Hech qancha o'tmay yoylarimizdan yana o'q uchdi. Nishonni aniq olishni allaqachon o'zlashtirib olgan navkarlarimiz o'zi ista- gan mahal kamonni ishlatishi mumkin. Bunda dushman bit- ta-bitta qulaydi. Ammo ikki yuz kishi baravariga otdan qulasa, ularning ortidan kelayotganlar qay ahvolga tushadi? Ko'zlari olayib, yuragi o'ynab kctishi aniq. Butun vujudi qaltirab, uri- shishdan ko'ra qochishni o'ylab qoladi. Biznikilarning esa, ak- sincha, bilaklariga kuch enadi. Zavqi oshib, ruhi ko'tariladi.
To'rt martadan o'q uzganimizdan so'ng dushman qochish- ga tushdi. Men qiyqirdim. Boshqalar ham qiyqirishdi va shu asnoda Temurbek tomonga qaradim. U yoqda ham dushman qochayotgan edi. Nazarimda, Sayfuddining ishi biznikidan-da avjday, u Temurbekdan ancha oldinga o'tib olibdi.
— Uloq Sayfuddinda ketmasin! Bos yovni!
Lashkarim ko'nglimdagi ishni qildi. Ular burgut miso
211
li uchib, dushmanga yetar va xoh piyoda bo'lsin, xoh otliq bo'lsin, ularni bir zarbada qulatardi.
— Xalil qochdi! O*ldir Xalilni!
Ovoz Temurbek tomondan yangradi... Ammo Xalilni o'ldi- ra olmadik. U biz o'ylaganimizdan ancha oldin to'rt-bcsh xos navkari bilan juftakni rostlagan ekan. Uning ortidan quvishda ma’no ko‘rmadik. Bundan tashqari, Xalilning qariyb ming- ga yaqin lashkari asir tushgandi. Ular qurollarini lashlab, tiz cho'kkancha boshini egib o'tirishardi.
Temurbek menga darrov ularni bir joyga yig'ib, har bittasi- ning qo'liga Kalomullohni ushlatib, onl ichirishni buyurdi. Shu yo'l bilan ularni sipohlikka oldik. Biz safimiz yanada kcn- gayganidan xursand bo'ldik, ular esa joni onion qolganidan. Yana o'lja oldik.
Keyin izimizga qaytib, Amudaryodan o'tdik-da, to'g'ri Moxonga bordik. Bekshoh xiyonati uchun qall elildi.
Yana harbiy mashg'ulollarga zo'r bcrdik. Sipohlarni ku- zatar ckanman, bular besh-o‘n ming emas, undan ham ko'p lashkarga ega bo'lgan dushmanni bemalol yer tishlata oladi, degan xayolga borardim. Ammo Temurbek, baribir, ularning xatti-harakatlaridan qoniqmasdi va yanada kuchliroq shug'ul- lantiraverardi. Shunday bo'lardiki, bechora sipohlar kcchga borib, tili osilgancha cho'zilib qolardi. Ana shunda Temurbek ularning ko'nglini olardi. «Biz anchadan beri dushman bilan yuzma-yuz olishmas edik. Ana, amir Xalilga qarshi jangda mashg'ulotning qanchalik foyda berganini o'zingiz ko'rdingiz. Agar biz ana shu g'alabadan havolanib ketsak, keyingi urushda g'olib bo'lishni orzu qilmasak ham bo'ladi. Xalilning eng katta xatosi maishatga bcrilib ketgani bo'ldi».
Bu sipohning ko'nglini ko'tarishdan ko'ra ko'proq, qattiqroq mashq qilishga da’vatday tuyiladi.
Ertasiga Temurbek ov tashkil qildi. Demak, bir kun mashg'ulot, bir kun ov.
Ana shunday kunlarning birida Temurbek kurdlar (Hirot va uning atroflarida — Eronning sharqida hukm surgan dav- lat) ning xoqoni Malik Husayn Kurdga Jakubekni elchi qilib yubordi. Maqsadi ittifoq tuzish edi. Malik Husayn uni iliq kutib olibdi, yaxshi mehmon qilibdi. Ammo tuzuk-quruq javob bermabdi.
212
I Igari Temurbek Hoji barlosni elchi qilib yuborganida ham Malik Husayn biron nima demagandi.
— U yo mening clchilarimga, yoki o'zimga ishonch bildirmayapti. Endi yanada nozikroq ish qilamiz, — deya Temurbek endi o'n yoshdan oshgan jigarbandi Jahongirni Muborakshoh Sanjariy bilan birga jo'natishga jazm eidi.
— Do'stlik isiamasa o'ziga, vaqti kelib, albatta, buning uchun afsus chckadi. Jahongirning jonini xatarga qo'yyapsiz. Shartmi? — dedim men norozi bo'lib.
— Muborakshoh tajribali va o'ta sadoqatli odam. Keyin biz xoh yosh, xoh keksa bo'laylik, bir maria o'lamiz. Jahongir boradi! — dcdi u qat’iy.
Turmush og'o ko'z yosh to'kkancha o'g'lini qayta-qayta bag'riga bosdi. Temurbek unga g'azab bilan tikilgan edi, bir- dan Jahongirni qo'yib yubordi.
— Bundan buyon erkaklar safarga otlanayotganida birorta ham ayol kuzatgani chiqmasin! — dcdi Temurbek.
Jahongir otga minmasidan oldin Temurbek ortiga burilib ketdi.
Ayni chog'da Movarounnahr qariyb to'Iiq, Xurosonning csa katta qismi dushman qo'lida edi. Haqiqatan ham, amir Husayn ulkan qo'shin yig'a oldi. Bizga ma’lum bo'lishicha, o'zi o'n besh mingtacha qo'shin bilan Soli Saroyda ekan. Uning lashkarboshisi Musabek esa Qarshida yana besh mingtacha navkari bilan turardi. Bundan tashqari, Keshda, Samarqandda ham amir Husaynning qo'shini in qurgandi. Shuncha qo'shinni oziq-ovqal, kiyim-kcchak bilan ta’minlashning o'zi bo'lmay- di. Albatta, xalq topgan-tutganini beradi. Boshqacha aytganda, amir Husayn xalqning qonini zulukday so'rayotgan edi.
Bularning baridan xabardor bo'lib turgan Temurbekning or- tiq bardoshi yctmadi. Yana bor-yo‘g‘i olti yuzta sipoh bilan Movarounnahr sari yo'lga chiqdi. Tabiiyki, ular orasida men ham bor edim. Qo'shinimiz soni allaqachon besh mingdan oshib ketgandi. Biroq Temurbek negadir shu olti yuzta bilan dushmanga qarshi chiqishni afzal bildi.
Qarshiga kclsak, lashkarboshi Musabek amir Husaynning yoniga kelgan ekan. U yerda oz sonli navkarlarini qoldirib- di. Ular bizni ko'rishi bilanoq qurollarini tashlashib, taslim bo'lishdi. Asirlar qal’a zindoniga tashlandi.
O'sha kuniyoq xabar keldi: Durraka va Shayx Ali Baho-
213
dir savdogarlarga hujum qilib, ularning mol-mulkini tortib olibdi. Va Sulaymon Yasuriy, Atonchuk, Barot Xoja hamda Hindushoh qo'shinlarini birlashtirishibdi. Yuqorida nomlari zikr qilingan bck va amirlarning hammasi bizning lashkar- boshilarimiz edi. Ularning jam bo'lgani Temurbekni qancha- lik quvontirgan bo'lsa, savdogarlarga hujum qilishgani, bor mol-mulklarini tortib olgani va kamiga o'ljani unga jo'natgan- lari shunchalik g'azabini qo'zitdi. Bu mahalda biz mashg'ulot maydonida edik. Temurbekning shamshiri yalang'ochlangan, ro'parasida yetti-sakkiz navkar bor edi. U qilichini yerga urdi. So'ng tuhfa keltirganlarga buyurdi:
— Shayx Ali Bahodir bilan Durrakaga yetkazing. Zudlik bilan mol-mulkni cgalariga qaytarsin. Va ular qancha lovon puli so'rashsa, bersin!
Temurbekning yuzidagi o'zgarishni ko'rganlaridan keyin tuhfa keltiruvchilarning rangida rang qolmagandi. Buyruqni eshitishgach, ularning bir oz yuzi yorishdi.
— Vaqti-soati yetibdi, — dedi Temurbek mashq maydoni chetiga tikilgan chodiriga kirganidan so'ng menga yuzlanib. — Alloh yo'limizni ochgan ko'rinadi. O'zimiznikilarning savdogarlarga bemalol hujum qilishi shundan dalolat. Agar biz hozir harakatni boshlamasak, boshboshdoqlik kuchayib ketadi va ne-ne azamatlarning, begunohlarning qoni to'kiladi. Lash- kami oyoqlantir, Keshga ketamiz.
Hali Qarshidan ko'p uzoqlamagan edik. Kutilmagan- da Jakubek otidan yiqilib tushdi. Va yerda yotgancha ilonday to'Ig'ona boshladi. Temurbek shartta otidan tushdi-da, uning boshini ko'tardi. Suv ichirdi. Tabib keldi. Bo'yin tomirini ush- lab ko'rdi. Ko'zini tekshirdi. Keyin giyohlardan tayyorlangan dori ichirdi-da: «Jakubek safarga yaramaydigan ko'rinadi», dedi.
Qanchadan-qancha janglarda bir o'zi dushmanning ne-ne azamatlarini safdan chiqargan alpqomat Jakubekning bu ah- volga tushib qolishi sipohlaming ruhini tushirdi.
— Issiq jonning isitmasi chiqadi. Inshoolloh, shifo topadi, — dedi Temurbek va otining jilovini ushladi. — Bemorni o'ttiz sipohi bilan Moxonga olib boringlar.
U shunday deb Jakubekka yuzlandi.
— Sog'aygach, yana qo'shin to'plab, bizning yonimizga ke- lasan.
214
Yo'lda davom etdik. Navqatda to'xtadik. Shu ycrga hafta ichida barcha bcklar, amirlar qo*shini bilan yetib keldi.
Temurbek kengash o‘tkazdi. Beklar, amirlar Husaynning qo'shini jonga tegib ketganini aytishdi. Uni batamom va er- taroq qirib tashlash taklifini berishdi. Birgina Ali Yasuriy qo'shilmadi. «Shartmi qon to'kish? Bir paytlar ular bilan qalin og'a-ini edik. Yana sulh tuzaylik va tashqi dushmanga qarshi kurashaylik. Talay muddatdan beri bir-birimizning qonimizni to'kib kelamiz. Bundan Jeiaga foyda bo'lsa borki, sira ziyoni yo'q», dcdi.
Kengash ishtirokchilarining birdan qovoqlari osildi. Ensal- arini qotirishdi.
— Biz ham istaymiz shunday bo'lishini. Shu sababli ham bir qancha muddat Movarounnahrdan tashqarida yurdik. Biroq hech narsa o'zgarmadi. Amir Husaynning zuhni kuchaygan- dan-kuchaydi. Xalq mo'g'ullar bosqini davrida ham bunchalik ezilmagandi. Yana shunday xabarlar borki, men shu paytgacha sizlarga aytmagandim. Amir Husayn mo'g'ullar bilan ittifoq tuzibdi. Uning qo'shini o'zidan-o'zi ko'payib ketyaptimi? Be- kordan bekorga amirlar, beklar bizga xiyonat qilib, amir Husayn xiztnaliga o'tib ketishdimi? Qarorim qat’iy! Bu zaminda biz yoki amir Husayn hukmronlik qiladi! — dedi Temurbek.
Hamma toshday qotib qolgan, pashsha uchsa bilinadigan holat yuzaga kclgandi.
— Alloh biz tomonda! — dedim men.
Shundan keyingina kengash qatnashchilariga jon kirdi.
Navqatdan yigirma chaqirimcha narida amir Husaynning Hindushoh ismli lashkarboshisi uch yuz navkari bilan turar edi. Unga xabar yuborildi: «Biz oz kishi bilan seni yakson cta- miz. Shunday bo'lishini istamasang, bizga itoat ct!»
Hindushoh xabarchilarni bir otning ikki tomoniga osib javob qaytardi.
Temurbek shu zahoti Oq Bug'a Bahodir va Shayx Ali Ba- hodirga oltmish nafar sipoh berib, dushmanga qarshi jo'natdi. Ularning ortidan esa Temurbek boshchiligida biz ham yo'lga lushdik.
Kun peshindan oqqanda dushman qarshisida paydo bo'ldik. Bizning, haqiqatan ham, ulardan ikki barobar kamligimizni ko'rgan Hindushoh qilichini yalang'ochlab, havoda o'ynatdi va
215
qiyqirdi. Shu zahoti uning qo'shini biz tomonga ot choptirdi. Temurbek menga qaradi-da, bosh irg'adi. Men chap qo'limni yuqoriga ko'tardim. Kamonchilar birdan yoylarini qo'llariga olishdi. Men o*ng qo'limni ko'tardim.
Kcyin Temurbekdan ishora bo'lishini kutdim. Aslida, o'zim ham qaehon o‘q uzish lozimligini juda yaxshi bilardim. Ammo Temurbek turganida buyruq berishim mumkin emas.
U ishora berdi. Dushmanning ildamlab kelayotgan otliqlar- idan ko'pi baravariga yiqildi. Temurbek kamonlarning o'qla- nishini kutmay, hammani oldinga boshladi.
Bizning quyunday bostirib kelayotganimizni koTgan raqib oldi-orqasiga qaramasdan qochishga tushdi. Dushmanga shafqat qiiinmadi. Birboshdan qirib tashlandi. Hindushohning o'zi esa asir tushdi.
Bir paytlar Temurbekning qalin do'stlaridan bo'lmish O'ljaytu Tayanxon va Po'lat ham dushman bilan birga ekan. Qo'lga tushishdi. Temurbekning oldiga ularning boshlarigina keltirildi.
Urushning o'ta shafqatsiz falsafalaridan biri shuki, qo'ling baland kelib turgan paytda to'xtash mutlaqo mumkin emas. Toki, dushman o'ziga kelib, qaddini rostlab ololmasin. Qo'rquvi yo'qolmay turib, raqibni butunlay tor-mor etish kerak. Temurbek xuddi shu aqidaga amal qilib, qo'shinni Soli Saroyga, amir Husaynning ustiga boshlab bormoqchi bo'ldi. Ammo bunga amirlar, beklar rozi bo'lishmadi. Ularning aytishicha, oldin Samarqandga borishimiz darker. Ko'hna shahar qo'lga kiritil- gach, yurishni davom ettiramiz.
Temurbek rozi bo'ldi. Ayni paytda xuddi shunday qilmoqlik kerak ham edi.
Kesh to'laligicha ixtiyorimizga o'tganidan so'ng Temurbek Tarmochuq Uyg'ur va Tog'ayshohga shaharni idora etisbni topshirdi. So'ng qo'shinni jamlab, Samarqand sari otlandik. Qalbimizda g'alaba ishtiyoqi battar gurkirab, garchi talab etil- masa-da, otlarimizni tez-tez niqtab qo'yardik. Temurbek esa doimgidek xotirjam. Uning yuzida na shiddatkorlikni va na quvonchni ko'rish mumkin edi. Birov bilan gaplashmas, xa- yollariga erk berib, hammadan oldinda ketib borardi.
Samarqandga yaqinlashib qolganimizda ilg'or bo'linmadan xabar keldi. Rahmatob (Siyob, Qorasuv — Samarqandni sharq-
216
dan g'arbga kesuvchi qadimgi ariq) bo'yida Uch Qaro Bahodir Musabek lashkari bilan shahar ostonasida bizni kunpayakun etish maqsadida turgan emish.
Temurbekning ko'zlari chaqnadi. Shundan bildimki, u dushman bilan olishmoqqa oshiqib ketdi, Odatiga xilof tarz- da otiga qamchi bosdi. Qorabayir turgan joyida bir sapchi- di, so‘ng shamolday yeldi. Ortidan biz butun qo'shin bilan ot choptirdik.
Haqiqatan ham, xabarchilar aytgan joyda raqib kutib turgan ekan. Temurbek to'xtab, hujum rejasini tuzib o'tirmadi. To'g'ri bostirib boraverdi. Undagi shijoat shu zahoti bizga ham yuqdi.
Dushman bir lahzaga bo'lsin bardosh bcrolmadi. Temurbek ichkarilab ketdi. Qolganlarini biz tutday to'kdik. Uch Qaro Bahodir bir oz chetroqda ekan, shu bois Temurbekka ro'pa- ra bo'lmadi. Oq Temur Bahodir uning qarshisidan bordi. Bu paytda mening atrofimda birorta ham dushman sipohi bo'Ima- gani uchun hammayoqni kuzatish imkoniga ega bo'Igandim.
Oq Bug'a Bahodir Uch Qaro Bahodir yoniga yetib bordi hamda qilich soldi. Dushman ulug'i chap berdi va shamshir uning o'qdonini kesdi. Shu zahoti raqib ham hamla qildi. Natijada raqibining otini chopib tashladi. Oq Bug'a Bahodir yerga quladi. Buni Temurbek ham ko'rgan ekan. Tulporining boshini shu tomonga burdi. Dushman lashkarboshisi Temurbekka qarshi turishga haddi sig'may, qochishga tushdi.
Biz shaharga kirib bordik. Yo'l tor edi. Bir gala ot birdan sig'masdi. Shu bois qisqa to'qnashuvdan boshqasi bo'lmadi. Dushman to'xtamay, shaharning qoq o'rtasidan kesib o'tib, Sog'arj (Ishtixon tumani yaqinidagi qishloq) tomonga qoch- di. Hammayoqni yovvoyi jiyda bosib ketgan, chorak farsah na- ridagi odamni ham ko'rish amrimahol edi. Yana dushman eni uch qadamcha keladigan yo'ldan emas, ana shu yovvoyi jiyda- lar orasidan qochdi. Biz Sog'arjga yetib bordik. Uch Qaro Ba- hodirning qorasi o'chib ketibdi. To'xtadik. Bir muddat hordiq chiqardik. Bu yerning suvi judayam mazali. Ichib to'ymaysan. Ayniqsa, horigan paytingda tanangga darmon bo'iadi. Havo- sining musafloligini aytmaysizmi?
Men qishloq oraladim. Ko'zimga yaxshi ko'rinib, yoshgi- na ho'kizni sotib oldim. Lashkar to'xtagan joyga olib kelib so'ydim. Darrov cho'g'da pishirdik. Xoh ishoning, xoh ishon-
217
mang, bunaqangi mazali go‘shtni birinchi marta ycyishim. Biz cho'llarda, tog'larda ko'p yurganmiz. Niniaki halol bo'lsa, ovlaganmiz. Albatta, ularning go'shli mazali. Biroq bu yerni- ki boshqacha ekan. Hamma maqtadi, hamma keragidan ortiq yedi. Yana sarbozlardan besh-oltitasini qishloqqa yubordim. «Sotib olinglar, so'raganidan bir-ikki tanga ko'proq beringlar. Norozi qilmanglar. Yoshroq mol bo'lsin», dedim.
Biz ana shunday bir maishatning ustida o'tirganimiz- da xabar keldi. Amir Husayn Qarshini cgallabdi. Kayfiya- timiz buzildi. Ollarga mi nib, tez yurdik. Mumkin qadar cr- taroq borib, amir Husayn bilan urishishni istadik. Ammo hali Jomga yetmasimizdan qatl etilgan Temurbekning do'stlarining akalari O'ljaytu va Po'lot Bug'a qaronas qo'shinini biz tomon- ga boshlab kclayotgani xabarini yetkazishdi. Shu xabar bilan oldinma-keyin Kcshga hukmdoretib tashlab kctganlarimizdan Tog'ayshoh yonimizga keldi. Uning so'zlariga qaraganda, Kcshga hujum bo'libdi. Kimligini bilmaydi. Bilgani navkarla- rining hammasi qirilib ketgan, ular qatori lashkarboshi Tar- mochuq ham. Bu biz qo'lga kiritgan shaharlarning hammasi yana qaytadan yovning ixtiyoriga o'tib ketdi, degani edi.
Omadsizlik ustiga omadsizlik, qayg'u ustiga qayg'u. Endi- gina ko'kragimizga shamol tegib, endi hududni kcngaylirayot- gandik. Va endi lashkar sonini ko'paytirishni o'ylayotgandik. Birdan mana bunaqa xabar.
Jomga yetganimizdan so'ng Temurbek o'tov tiktirdi. Bir muddat dam oldi. Va yolg'iz o'zi qolib, reja tuzdi. Chiqdi. Yolg'iz o'zi shimol tomonga ketdi. Shu bo'yi qosh qorayganda qaytib keldi. Biz bu mahalda undan xavotir ola boshlagandik. Qarasam, Tcmurbekning yuzi yorishganday.
— Nima qilamiz? — deya so'radim undan.
Temurbek javob bermadi. Buning o'rniga o'tovga boshla- di. Kirdik. Dasturxon yozishni, yegulik kcltirishlarini buyurdi. Keyin menga yuzlanib jilmaydi-da:
— G'alati bir narsaning guvohi bo'klim, — dcdi.
Men o'sha g'alati narsani bilish maqsadida unga tikildim.
— Sizdan ancha olislagach, otitndan tushdim-da, Allohga munojot qildim. So'ng umidsizlikka berilib cho'zilib yotdim. Shunda beixtiyor ko'zim chumoliga tushdi.
— Xo'sh? — dedim men hayron bo'lib.
— U bir chuqurchaga tushib qolgan ekan. Kuzatdim. Ba-
218
landlikka chiqishga urinadi. Chiqolmaydi. Qumda sirg'anib, chuqurcha tubiga tushib kctadi va qayta chiqa boshlaydi. Yana shu ahvol. Lekin u bir daqiqa bo’lsin, to'xtamaydi. Chiqavera- di, tushib ketaveradi. Chiqaveradi, tushib ketaveradi. Shun- cha urinishlaridan keyin u, nihoyat, chuqurcha tepasiga chiqib oldi. Bundan bu yog'iga keng dala edi. Bundan bu yog'iga u qiyinchiliksiz yura olardi.
Men uning nima demoqchiligini endi ilg'agandim.
— Biz hant, — deya gapida davom ctdi Temurbek, — hozir ayni uning ahvolidamiz. Chuqurning yarim bcligacha ko'tari- lamiz-u, nimadir sabab bo'lib, yana ortimizga qaytamiz. Demak, bir kun kelib, albatta, yuqori bizniki bo'ladi. Faqat qo'l qovushtirib o'tirish yaramaydi. Harakatga tushmog'imiz darker. Sen zudlik bilan qo'shinni oyoqlantir.
Men chodirdan chiqishim bilan bizni zo'rg'a topib kelgan xabarchiga ko'zim tushdi. Uni darrov Temurbekning chodiri- ga boshlab kirdim.
— Amirim, — dedi u tavba-tazarrudan so'ng, — qarshingiz- ga Musabek va Uch Qaro Bahodir amir Husaynning qo'shini- ni boshlab kelyapti. Amir Husayn ularga sizning yo'lingizni to'sib chiqishni buyurgan.
— Uch Qaro Bahodir bizni chalg'itishni uddalagan ekan. Hechqisi yo'q. Bu safar uni ajal boshlab kelyapti. Amir Musa- bekni ham, — dcdi Temurbek bir nuqtaga termilib, xuddi o'zi- ga-o‘zi gapirayotganday.
Raqib bizni Ko'kaldara yalangligida kutib oldi. Aniqrog'i, biz ularning shu yerdaligini bilganimizdan keyin atay shu yoq- qa bordik. Ko'kaldara dov-daraxtsiz va hattoki begona o'tlar o'smaydigan yalanglik edi. Yetti-sakkiz chaqirim naridagi odamni bemalol ko'rish mumkin. Aftidan, Musabek biz bilan yuzma-yuz urishsam yengaman, deb o'ylagan, shekilli, shunday joyni tanlagan.
Temurbek «Nayza uchi» usulini qo'lladi. Ya’ni oldinda o'zi, undan sal orqaroqda eng epchil, eng tajribali ikki sipoh, undan keyin boshqalar. Darajasiga qarab.
Shiddat bilan ot choptirdik. Hali yetib bormasimizdan dushmanning bcsaranjomligini ko'rdik. Ayniqsa, nayza uchiga ro'baro' bo'lganlar tipirchilab qolishdi.
Temurbek doimgidek usul qo'lladi. Raqib lashkarini ikki qismga bo'lib tashladi. Qiziq tomoni, Musabek bilan Uch Qaro
219
Bahodir o'ng tarafda, ikkinchi bo'lak yetakchisiz edi. Shu bois awal ular qocha boshlashdi. Keyin o‘ngdagilar ham juftakni rostlashdi. Samarqand tomonga. Biz quvmadik. Ortidan yc- tib borib, bitta qoldirmasdan qirib tashlashimiz, hattoki lash- karboshilarning ham boshini tanidan judo qilishimiz mum- kin edi. Biroq bunday qilmadik. Ayni damda buning keragi ham yo'q edi. Ezilishsin. O'zlaridan qariyb uch barobar kam qo'shinga mag'lub bo‘lganlari uchun qayg'urishsin.
Yov qochganidan so'ng dam oldik. Temurbek birorta ham sipohga ish buyurmadi. Shunchaki hammani o'z ixtiyoriga qo‘ydi. Aslida, navkarlar charchamagan edi. To‘g‘ri, yarador- lar ham, jonsiz tanalar ham bor edi. Ko'miladiganlar ko'mildi va hattoki dushmanniki ham. Keyin yaradorlarga ham yordam ko'rsatildi. O‘n chog'li sipohni Moxonga jo'natdik. Chunki ular endi jangga yaramaydi. Yaradorlar ketishni istashmadi. «Bizning joyimiz janggoh. O'lsak ham, qolsak ham shu yerda bo'laylik», deyishdi. Ammo Temurbek unamadi. «Sog'ayib, albatta, safimizga qaytasiz. Va, albatta, men sizni Allohning inoyati bilan taqdirlayman», dedi.
Ertasiga biz Shosh tomonga yo'lga chiqdik. Shosh viloyati- ning hokimi Bahrom bo'lib, u Temurbekning do'sti edi. Qoruvli, do’rildoq ovozli, birso'zli bu odamga Temurbekning ishonchi yuksak edi. Ammo yarim yo'lga yetganida uning Jeta xoni bilan ittifoqchiligi borligi to'g'risida xabar eshitdik. Shundayoq Temurbekning ko'ngliga shubha oraladi. «Bir-biri- mizning go'shtimizni yeb yotgan paytimizda u yog'iy bilan it- tifoq tuzibdi. Buning oxiri baxayr bo'lmaydi. Turkiy ellar yana mo'g'ullar oyog'i ostida qoladi. Ammo chiqmagan jondan umid. Bir so'roqlashaylik», dedi Temurbck.
Uning taxmini to'g'ri chiqdi. Allaqachon oyog'ining osti- ni ko'rmaydigan bo'lib qolgan Shosh hukmdori Bahrom na- faqat bizning taklifimizni eshitdi, balki «Qaramog'ingizdagi yer-mulkni o'zimniki qilib olaman», dedi yaramas.
Biz izimizga qayldik. Roppa-rosa bir kecha-kunduz yur- ganimizdan so'ng Jizzaxdan o'tib, yalanglikka o'tov tikdik. Negadir Temurbek o'ziga ikkita o'tov tikishlarini buyurdi. II- gari sira bunday bo'lmagan. Sababini so'rasam, javob berma- di. Tunda birorta xotini yoki kanizagini yoniga chorlamadi. Yarim kechasi uyg'onib ketdim. Yulduzlar charaqlab, xud-
220
di qo'l yctgulik joyga kclib qolganday edi. Bir mahal Tcmurbekning lilovati eshitilib qoldi. Tan bermay iloj yo'q. U haqiqa- tan ham hofiz edi. Darrov oyog'imni chalishtirib, yerga o'tirib oldim-da, boshimni eggancha tebrana boshladim. Borib-borib tilovatga shunchalik berilib ketibmanki, qayerda o'tirganimni ham csimdan chiqarib qo'yibman. Kcyinchalik hofiz qiroatini lugatibdi hamki, men o'tiraveribman. Oxiri, adashmasam, shu taxlit uxlab qolibman. Ammo boshim tebranib turaveribdi. Bu haqda kcyinchalik chodiridan chiqib, yonimga kelgan Temurbek gapirib berdi.
— Men tush ko'rdim, — dedi u mcni uyg'otib, nega ko'zitn- ni yumgancha boshimni qimirlatib o'tirganimni so'rab, javob olganidan so'ng. — Tushimda amir Husayn kumush likopcha- da shamshir keltirdi. Lekin qilichning tig'ini pashsha egallab olgan edi. Buning ta’biri shuki, amir Husayn mahv ctiladi. Bor mol-mulki mening ixtiyorimga o'tadi.
Shu paytgacha Temurbek biror marta bo'lsin yolg'on gapir- magan edi. To'g'ri, bizga taalluqli bo'lmagan viloyatlar amir- lariga yozgan maktublariga fitna aralashtirgan. Axir boshqaeha yo'l bilan ularni itoatga o'tkazib bo‘lmasdi-da. Chunki ular musulmonchilikni unutishgandi. Ko'zlari boylikdan o'zga nar- sani koTmasdi. Shu bois ham unisini bunisiga, bunisini unisi- ga qayrab maktub yozardiki, oqibatda ular urishib ketishar- di. Albatta, bu haqda men birinchi marta yozishim. Chunki mavridi bo'lmagan. O'zimizning bir-biridan chigal hayot bilan o'ralashib qolganman.
Xullas, hech qaehon menga yolg'on gapirmagan va so'zlari hainisha samimiy edi. Yana uning ko'rgan tushlari hamisha o'ngidan kelgan. Men ham tush ko'raman. Ammo ko'rgan tushim uyg'onganimdayoq csimdan chiqib ketadi yoki sira o'ngidan kclmaydi.
— Muborak tush ko'ribsiz, amirim. Inshoolloh, aytganin- gizday bo'ladi, — dedim sevinib.
— Endi bir ish qilsak. Payg'ambarimiz Muhammad alayhis- salomning hayotlari, amallari doim biz uchun ibrat bo'lib kelgan. Biz Alloh elchisining ortidan borsak, hech qaehon adash- maymiz, balki saodatga crishamiz, — dedi Temurbek.
— Xuddi shunday. Ammo nima ish qilishimiz kerak?
— Eshitishimga qaraganda, Kayxusrav Huttaloniyning ba- log'atga yetgan qizi bor ekan.
221
— Xo'sh? — deya men uning yuziga tikildim.
— O'sha qizni o'g'lim Jahongirga so'rab borsam.
— Ammo Kayxusrav marhum Tug'luq Temurxonning qiziga uylangan-ku! Jeta xoqoni hamisha bizning dushmanimiz bo'lib kelgan.
— Qarindoshchilik rishtalari ko'p narsani hal qiladi. Kayxusrav mo'g'ul emas. Demak, qizi ham. Biz ikki tomondan yutamiz.
Mening boshim qotib qolgandi. Shunga qaramasdan, Temurbekning qarorini qo'lladim. Chunki u shu paytgacha qanday qarorga kelgan bo'lsa, to'g'ri bo'lib chiqqan.
Kayxusrav Huttaloniy bizni quehoq ochib kutib oldi. Qo'y, ot, tuya so'ydi, bazmi jamshid uyushtirdi. Temurbekning sovchilikka kelganini eshitganidan keyin ikki hissa xursand bo'ldi. «Sening do'sting mening do'stim, dushmaning dush- manim», dcdi. Va bor-budini to'kib sochdi. Shu kunlarda sipohlarga ham bayram bo'ldi... Bularning bari Kayxusravning ncchog'lik Temurbek bilan yaqinlashish istagi borligidan dalolat berib turardi. To'g'ri, ayni chog'da hatto amir Husayn bizdan qudratliroq. Ammo obro'-c’tibor borasida u Temurbek bilan tenglasholmasligi Kayxusravning shu birgina xat- ti-harakatidan ko'rinib qoldi.
Ittifoq amir Husaynga yomon ta’sir o'tkazibdi, shckilli, u o'n ikki ming kishilik qo'shin bilan jang qilish uchun yo'lga chiqibdi. Malik Bahodirni esa uch ming lashkar bilan ilg'or- ga jo'natibdi.
Ammo na u, na bir yarim ming sipohga ega bo'lgan amir Husaynning lashkarboshisi Jahonshohbck, na Musabek bizga qarshilik ko'rsata oldi. Bir zarbadayoq barini tumtaraqay qildik. Hammasidan qizig'i Malik Bahodirga qarshi ishlatil- gan hiyla bo'ldi. Temurbek Jeta bayrog'ini ko'tarishni buyurdi. Shunday qildik. Dushman mo'g'ullar kclyapti, degan xayolda ura qochishga tushdi va borib, amir Husaynning qanoti ostiga kirib ketdi. Ayni shu kezda Kayxusrav Temurbekka mo'g'ullar- dan yordam olish kerakligi maslahatini berdi.
Kayxusravning o'zi bir payllar bizga dushman bo'lgan va Temurbekning g'azabidan qo'rqib, Jeta xonidan panoli topgan edi. Mana, quda bo'lib, Temurbekka yaqinlashib oldi. Ammo,
222
baribir, ichida qandaydir adovat borga o'xshaydiki, mo'g'ullar- ga mute bo'lish taklifin i berib turibdi.
Biz, aslida, g'alati zamonda yashayapmiz. Amirlar, beklar manfaat uchun qudasi tugul yaqin qarindoshining ham bahri- dan o’tib qo'ya qoladi. Uzoqqa bormaylik, ana amir Qazag'an- ni jonday kuyovi o’ldirdi. Xoja Barlos esa Temurbck bilan bitta urug’dan bo‘lsa-da, qilich yalang’ochlab keldi. Shunday ekan, Kayxusravning ko’nglida g’irromlik yo’q, deb kim ayta oladi? Hech kim. Shunday ekan, bu taklifni rad etgan afzalroq, deya o’yladim. Ammo Temurbck boshqa xayolda ekan.
— Chaqiringva ularga bosh bo’ling, — dcdi u.
Ichimdan zil ketdi va o’tirgan joyimda bezovtalangancha qi- mirlab qo’ydim.
Ijozat tegishi bilan Kayxusrav majlisni tark etdi. Men esa paytdan foydalanib, darrov Temurbekka e'tirozimni bildirdim.
— Ginani ko’tarib yurish musulmonning ishi emas. Bizga yordami tcgadigan har qanday ishdan hozir foydalanishimiz kerak, — deya javob berdi Temurbek.
Men, baribir, sinchkovligimga borib, tashqariga chiqib ket- dim. Xayolimda Huttaloniy birorta maynabozchilikni o'ylab qo’yganday edi. Yo’q, u o'zining chodiriga borib, Jcta xoniga noma yozdirayotgan ekan. Unga ko’z-quloq bo’lib yurgan xu- fiya shunday ma’lumot berdi.
Ko’nglim xotirjam tortgach, natijani kuta boshladim.
Haqiqatan ham, mo’g’ullar yordam berishdi. Ya’ni naq o’n mingta sipohini ixtiyorimizga yuborishdi.
Albatta, Temurbek haqida, uning jang san’ati haqida shov- shuv ko’p bo’lgan. Ayniqsa, Jeta lashkari orasida. Shuning uchun bo'lsa kerak, mo’g'ul navkarlari kelishi bilan Temur- bekni tomosha qilishga tushib ketishdi. Bir-biriga pichirlash- di. Temurbekning oqsoqlanayotganini ko’rganlarida esa dong qotishdi. Ko’zlariga ishonishmadi. Mening esa g’ashim keldi. Xuddi shu narsa Temurbekda ham bo’ldi, shekilli:
— Oralaringizda eng bahodir kim? — deya so'radi.
Mo'g’ullar bunday savolni kutishmagan, shekilli, bir-biriga qarashdi.
— Bizda bahodirlar ko’p, — dedi bittasi ot ustida turib.
— Shulardan bir sipoh o'zing bo'lsang kerak, — dedi Temurbek unga jilmayib boqarkan. — Kei, bir savashib ko'ramiz.
223
Mo'g'ul shuni tusab turgan ekan, shckilli, otidan sakrab tushdi-da, shamshirini qinidan chiqardi. Temurbek esa qili- chini hatto ushlab ham qo'ymadi. Buning o'rniga tig'i bir qa- richcha keladigan xanjarni qo'liga oldi. Buni ko'rgan raqib iljaydi hamda atrofini o'rab turganlarga qarab qo'ydi-da, men- simagani uchun Tcmurbekning tanobini tortib qo'yish maqsadida birdan tashlandi. Ammo uning shamshiri havonigina ke- sib o'tdi. O'zi esa gursillab yerga yiqildi. Temurbek unga nima qildi, nima sababdan u yiqildi — birov ko'rmay qoldi.
— Tur, — dedi unga Temurbek, — boshqatdan boshla.
Bu safar raqib qilichini havoga ko'targani ko'yi qotib qoldi. Chunki tomog'iga xanjar tig'i tiralib turardi.
— Shubhang bormi? — deya undan so'radi Temurbek.
— Tavba qildim, — dedi shu zahoti Jela sipohi ko'zi kosasi- dan chiqqudek olayib.
— Barakalla! — deya Temurbek uni qo'yib yubordi-da, jetaliklarga qaradi. — Yuragida o'ti borlar bo'lsa, maydonga chiqsin!
Hech kim chiqmadi. Shuning o'zi yctarli bo'ldi. Ayni chog'da jetaliklar qiziqsinib tikilishdan tiyildi.
Yordamchi qo'shinning kelishi ainir Husaynning yuragini o'ynatib yubordi. U darrov lashkarboshisini elchi qilib yubordi.
— Amirim, — dedi elchi Temurbek qarshisida tiz cho'kib. — Amir Husayn sizdan kechirim so'rab, bundan buyon bi- rodarkushlikni bas qilishni va yarashishni taklif qilib, noma berib yubordi.
Elchiga ziyon-zahmat yetkazilmasdi, garchi u o'ta ketgan dushman bo'lgan taqdirda ham. Shu udumga amal qildik.
Men, albatta, dahshatda edim. Shuncha yildan beri hiqil- dog'imizga kelib yurgan ayyor tulki birpasda ojizligini his etib qolibdi-da.
— Chayon, baribir, chayon, unga ming muruvvat ko'rsa- tilgani bilan qulay payt kelgani hamon nishini sanchish payida bo'ladi. Amirim, bunga aslo ko'nmang. Zero, biz, albatta, Movarounnahrdan amir Husaynning qorasini o'chiramiz. Biz uning dushmanligini bir daqiqa ham unutmaymiz, — dedim jahl bilan.
Temurbek menga yuzlandi. Uning peshonasi tirishgan.
224
shuning o'ziyoq qattiq o'yga berilganidan dalolat edi. Keyin chuqur nafas oldi-da:
— Shu safar uloq amir Husaynda ketdi, — dedi.
Men hayron bo'lib, achchiq jilmaydim.
— Ncga? — dcdim so'ng chidolmay.
— Ikki janjallashgandan qay biri oldinroq Alloh uchun raqibining yoniga kcchirim so'rab kelsa, savob olishi haqida cshitganim bor, — deya javob qildi Temurbek.
— Lekin biz u bilan shunchaki janjallashmadik. Orada oz muncha qon to'kildimi?! Endi ncga darrov yarashishimiz kerak?!
— Keying! qon to'kilishining oldini olish uchun ham shunday qilishimiz zarur.
— Amirim, men sizga aql o'rgatmoqchi emasman. Ammo amir Husayn necha martalab kalomullohni qo'liga olib, qasam ichgan. Biroq biror maria ham so'zida turmagan.
— Buning uchun Alloh oldida, albatta, jazosini oladi. Yana hukm chiqarguvchi Haqning yolg'iz o'zi, — dedi Temurbek.
Amir Husayn bilan yarashish joyini bclgilash uchun meni uning yoniga jo'natdi. Ochig'i, tishimni lishimga qo'yib rozi bo'ldim. Buning o'rniga borib, ming kishi bilan olish degan- da, garchi jonim xatarda bo'lsa ham ko'nardim. Ammo shun- cha yil bizga dushmanlikni sog'inib kelgan odamning yoniga yarashish maqsadida borishni sira o'zimga singdira ol may man. Lekin nima qilay, Temurbek oldida jon qarzim bor.
Kcta-kclguncha amir Husayn bilan bo'ladigan uchrashuv- ni xayolimda jonlantirib ketdim. «Ozgina qaltis harakat qil- sa, garchi undan keyin meni burdalab tashlasalar-da, kallasini olaman. Mabodo tirik qolib, Temurbek qarshisida javob bc- rishga to'g'ri kelsa ham», deya o'yladim.
Amir Husayn meni ochiq chehra bilan kutib oldi.
— Bitta anglashilmovchilik sabab, mana, bir-birimizga yov bo'lib, qilich ko'tarib yuribmiz. O'ylab qarasam, oqilning ishi- ni qilmayotgan ckanmiz, — dedi u hamda darrov oyog'im os- tiga qo'y so'yishlarini buyurdi.
Ycganim o'zimga tatimadi. Chunki ko'nglimdagi shubha bir daqiqa bo'lsin meni tark ctmasdi. Amir Husaynning har bitta harakatidan qing'idik qidirardim. Baxtimga, bunday narsalar bo'lmadi. Uning gaplari samimiy edi.
225
Bazmdan so*ng u mcndan bir-ikki kun qolib, dam olishni iltimos qildi. Ammo ko'nmadim.
— Yo‘l olis. Temurbek bilan ertaroq yarashishlaringizni, bc- huda qon to'kilishini to'xtatishlaringizni istayman, — deya yo'lga chiqdim.
Kelsam, Temurbek ovda ekan. Bir hisobdan shunisi ham yaxshi. O'tovimga kirib uxlab qoldim.
Temurbck kelganim xabarini eshitganidan keyin xursand bo'ldi.
Voqea Samarqand shimolidagi o'sha biz maza qilib go'sht yegan Sog'arj yaqinidagi Kumushkentda bo'ldi. U yerda hazrat Alibobo qabri bor edi.
Biz yuz sipoh bilan, amir Husayn o'zining yuz kishisi bilan bordi. «Talay muddat bir-birining go'riga g'isht qalab kel- ganlarning uchrashuvi va yana do'stlik haqida so'zlashlari, qadrdon bo'lishga ont ichishlari qanday bo'larkin?» deb o'yla- gandim. Hammasi oson kechdi. Aniqrog'i, Temurbek shunday ish qildiki, xuddi orada hech nima bo'lmaganday, shuncha- ki arazlashib qolganlaming yarashishiday taassurot uyg'otdi mend a.
— Bundan buyon bir ota-onadan tug'ilgan aka-ukalarday bo'laylik. Qay birimizga yov yaqinlashsa, ikkinchimiz ko'mak- ka shoshilaylik. Bo'lib o'tgan voqealarni unutaylik. Lash- karimiz ilgarigiday og'a-ini bo'lishsin, — dedi Temurbek.
— Mening ham ko'nglimda shunday istak bor. Ko'p bor siz- day amir bilan yovlashib qolganimga afsus chekdim. Va ni- hoyat, bunday xunrezlikka barham berish kerak, degan qarorga keldim, — dedi amir Husayn.
Shundan so'ng hamma otidan tushdi. Bir-biri bilan quehoq- lashib ko'rishishdi. Yarashish sharaflga bazmi jamshid uyush- tirildi.
Oradan rosa bir hafta o'tib, biz Keshga bordik. El-ulus yig'ildi. Hamma barobariga Temurbekni ulug'ladi. Amir Husayn bilan yana yarashganidan sevinishdi.
Ammo tuzukroq dam olishga ulgurmasimizdan xabar kel- di. Badaxshon shohi bilan amir Husayn bir-biri bilan urish- moqqa shaylanayotganmish. Ularning nizolaridan foydalangan Hirot hokimi Malik Husayn Balxga hujum qilib, aholining bor-budini tortib olibdi. Temurbek xabarni eshitishi bilan dar-
226
rov qo'shinni to'pladi va biz yo*Iga tushdik. U anchadan beri qo'llamay kelayotgan usuldan foydalanishga qarorqildi. To*g‘ri, oxirgi yillarda bunga imkoniyatimiz yo*q edi. Shunday paytlar ham bo'ldiki, sipohlarimizga zo*rg‘a ot topib berdik. Ammo bu safar hammasi ko'ngildagiday kcchdi. Temurbek yana har bir kishiga ikkitadan ot olishni buyurdi. Shunda masofa o'z- o'zidan ikki barobarga qisqarar edi. Bitta otni charchagunicha minamiz, keyin ikkinchisiga o'tamiz. Ustida yuk bo'lmagan ot yuklisiga qaraganda, albatta, charchamagan bo'ladi.
Balxga yaqinlashganimizda umumiy qo'shindan oldingi- larxabar keltirishdi. Bizning borayotganimizdan xabar topgan Malik Husaynning lashkari qochib qolibdi.
— Ularning ortidan ta’qib qilishga vaqtimiz yo‘q. Amir Husaynning yoniga tezroq yetib borishimiz kerak, — dedi Temurbek.
Buni qarang, bizning qadamimiz qutlug' kelib, jang bosh- lanmay turib to'xtadi.
— Albatta, qon to'kishdan ko'ra sulh tuzish ming marta afzal, — dedi Temurbek Husayn bilan ko'rishganida.
— Sulh tuzilmasdi agar sen yetib kelmaganingda. U sening daragingni eshitganidan keyingina o'pkasini bosishga majbur bo'ldi.
Amir Husayn shunday dedi-yu, Temurbek oldida o'zining nechog'lik ojiz ekanini sezdirib qo'ydi va darrov boshqa gap- ga o'tdi:
— Malik Husaynning lashkarini quvganingni eshitib, xur- sand bo'ldim. Ular hattoki o'lja qilib olganlarini ham (ashlab qochishibdi. O'tgan gal ko'rishganimizda mehmon qilolma- dim. Bu safar ana shu qarzim, qolaversa, ko'rsatgan yordatning haqiga bir bazm uyushtirib bersam. To'g'risi, hali dam olol- ganim yo'q, — dedi Amir Husayn.
Temurbek uning taklifini qabul qildi.
— Badaxshon shohlarini ham taklif etsak. Bazmi jamshid- da ular ham ishtirok etishsa-da, bizning inoqligimizni ko'rish- sa, boshqa sen bilan yovlashishga haddilari sig'masdi, — dedi Temurbek.
— Senday birodarim ne desa, albatta, bosh ustiga.
To'yu tomoshada men sergak yurishim kerak edi. Chun- ki hali-hamon garchi do'stlik bitimi tuzilgan esa-da, amir
227
Husaynni, uning lashkarboshilarini, sipohlarini chinakam do'st, deb bo'lmasdi. O'zaro suhbatlarda bu hoi yaqqol sezilib qolayotgan edi. Qolaversa, Badaxshon shohlarining ham joni ayni paytda o'zlaridan ko‘ra bizga azizroq edi. Xudo ko'rsat- masin, amir Husaynning xayoliga biror-bir jirkanch reja kclib qolsa, badaxshonliklar, hech shubha yo'qki, o‘ta katta qo'shin tortib kelishi hech gap emas. Ana unda yo'q joydan boshimiz- ga balo orttirib olamiz.
Allohga ming qatla shukr, hammasi joyida bo'ldi. Ammo men boshqa bir gap eshitib qoldim. Emishki, amir Husaynning husnda tengi yo'q, aqli, fahm-farosati ulkan bir xotini bor emish. Amir Husayn ko'pincha uning ko'rsatmasiga binoan ish qilarmish. Oti Begimxonim — Qarshi hokimi Qozonxon- ning qizi. Bir paytlar turkiylardan birinchi bo'lib mo'g'ullar- ning dodini bergan amir Qazag'an Qozonxonni o'ldirgan va uning qizini nabirasi Husaynga olib bergan.
«Demak, gap boshqa yoqda. Agar amir Husayn uning gapi bilan ish qilib kelayotgan bo'lsa, hamma chigallikning boshi- da o'sha xotin turibdi. To'g'ri, asos bor. Birinchisi, amir Qazag'an uning otasini o'ldirgan. Demak, otasining xunini olishi kerak. Ikkinchidan, unda mo'g'ul qoni oqmoqda. O'z-o'zidan ma’lumki, mo'g'ullar unaqasiga olib qaraganda ham, bunaqa- siga olib qaraganda ham bizga dushman. Bundan chiqdi, bu xotin Movarounnahr va Xurosonning ikkita buyuk amirini bir-biriga dushman qilib qo‘ygan-u, shu bilan rejasini ainal- ga oshirmoqchi bo'lgan. Hech shubha yo'qki, agar orada bitim bo'lmaganida ertami-kechmi amirlardan bittasining kuni bitar edi. Ikkinchisi esa, albatta, o'zaro urushlardan tinkasi quri- gan, ojizlanib qolgan bo'lardi. Ana undan keyin Jeta qo'shiniga xabar bersa, olam guliston. Yana mo'g'ullar butun Movaroun- nahmi qo'lga oladi. Xalqni bilgan ko'yiga solishadi... Shunday ekan, Qozonxonning qizini — amir Husaynning «dono» xotinini yo'q qilmoq kerak... Buni men amalga oshirmog'im lozim. Agar niyatimdan Temurbek xabar topib qolsa, amir Husayn bilan yana nifoqqa borib qolamiz, deb ruxsat bermaydi... Ha, xuddi shunday, men o'zim uni yo'q qilaman!» deya xa- yolimdan o'tkazdim. Shu ondayoq qo'lim musht bo'lib tugildi.
Ammo rejam amalga oshmadi. Birinchidan, amir Husayn-
228
ning harami Balxda edi, biz Badaxshon atrofida. Shu bois ko'nglimda niyat paydo bo'lishi bilan uning haramiga kirib, makkorani qilichdan o'tkazolmasdim. Ikkinchidan, Balxga borish rejasi o'zgarib ketdi. Amirlar Kobulga hujum qilishga qaror qilishibdi. Men majlisda yo'q edim. Shu boisdan nega Kobul ishg'ol etilishi kerakligini tushunmadim. Temurbekdan so'radim. «Amir Husaynga ular doim xavf solib turishadi. Balx va Badaxshonga qo'shib Kobulni ham egallab olsa, mamlakati tinch, fuqarolari farovon hayot kechiradi», dedi.
— Balx bilan Badaxshonga sherikiik qilmaymizmi? — dedim hayratlanib.
— Bitim shunday bo'ldi, — deya qisqa javob qildi Temurbek.
Biz endi katta kuch edik. Uncha-muncha dushman da- ragimizni eshitishi bilan qochishga tushardi. Ammo Kobul lashkarining boshqa boradigan joyi yo'q. Shu boisdan ular qal’aga kirib yashirindi. Temurbek Pulod Bahodir va Oq Bug'a Yasuriyga shaharni qurshashni buyurdi.
Bir paytlar biz ham oz sipoh bilan xuddi shunday qurshovda qolgandik. Ammo qamalni yorib chiqishning va hattoki raqib- ni mag'lub etishning uddasidan chiqqan edik. Kobulliklar esa bunday qila olishmadi. Bir muddat qarshilik ko'rsatishdi. Hattoki Xitoy Bahodir va Shayx Ali Bahodirni kamon o'qi bilan yaralashdi. Biroq Temurbek bosh bo'lib hujumga o'tiiganida qal’a darvozalari ochilib ketdi va hash-pash degancha butun qal’a taslim etildi. Amaldorlar jazoga tortildi. Qolganlar bara- variga Temurbekka bo'ysunishga, bundan buyon uni hukmdor deb bilishga ont ichishdi. Ammo Temurbek Kobul amir Hu- saynning ixtiyorida bo'lishini aytdi. Uning gapi gap.
Men Husaynga qaradim. U g'o'ddayib turardi. Ayni chog'da ko'zida nimadir yashirinday edi. «Buning do'stligi yo'q», deya birdan xayolimdan o'tkazdim.
Kobulda maslahat bo'ldi. Amir Husayn aytdi:
— Bundan bu yog'iga men Balxni poytaxt qilaman. Shu yerda turib mamlakatni idora qilaman.
— Bir paytlar, — dedi unga javoban Temurbek, — amir Qazag'anning o'g'li Keshni qo'yib, Samarqandga borgan edi. Ammo u yerda el bo'lib ketolmadi. Hozir sening aytganlaring ham unikiga o'xshaydi.
229
— Uning xatosi menda bo'lmas. Xatoni o'gitday qabul qila- man, — deya xunuk tirjaydi amir Husayn.
— Ixtiyor o'zingda, — dedi Temurbek.
Biz amir Husayn bilan birga Balxga qaytayotib eshitdikki, Samarqandga Jcta lashkari hujum qilibdi. Xalqni talabdi.
Amir Husayn xabarni eshitishi bilan Temurbckka g'alati qa- rash qildi. «Shumidi suyanganlaring?» degan mazmun o'qidim uning nigohidan. Darhaqiqat, amir Husayn yarashish takli- fi bilan chiqqanidan so'ng Temurbek jctaliklarga javob borib yuborgandi. Ular qaytar chog'ida bir-ikkita qishloqni yoqib, kulini ko'kka sovurishgandi. Ana shu mahal Temurbek g'a- zab otiga mingan va ularni Movarounnahrdan butunlay quvib yubormoqchi bo'igandi. Biroq birdan amir Husaynga Badax- shon shohlarining hujumi xabari keldi-yu, unga ko'makka shoshildi. Mana, oradan hech qancha vaqt o'tmasdan yana mo'g'ullar karomat ko'rsatishdi. Balxga kirar-kirmas Samarqandga yo'l oldik. Albatta, bizning hamma joyda xufiyalarimiz bor. Shuningdek, boshqalar ham biz nima qilyapmiz, qayerga borib kim bilan jang qilayotganimizdan xabar topishadi. Chun- ki ularning ham josuslari ishlaydi-da. Xullas, Jcta qo'shini bizning borayotganimizni eshitishi bilan juRakni rostlab qoli- shibdi. Ortlaridan tushdik. Bu paytda ular Toshkentga yetib borishgandi. Safimizga Musabek kelib qo'shildi. U amir Husaynning lashkarboshisi edi. Ha, xuddi o'sha. Bir paytlar bizga qarshi Qarshida jonini jabborga berib olishgan, keyin yana va yana Temurbek hamda uning atrofidagilarning joniga qasd qil- gan Musabek yarashuvdan so'ng bizning hamkorimizga aylan- di. Hattoki Jayhunning sayoz joyini ham ko'rsatib berdi.
Bunday olib qaraganda, Musabckning xatti-harakatlari, so'zlari amir Husaynnikidan samiiniyroq edi.
— Musabek, — dedim men Jayhundan o'tganimizdan so'ng, — nega amir Husayn bilan birgasan? Nega bizga qo'shilma- ding?
U menga qarab jilmaydi. So'ng yelkasini qisdi-da:
— O'zim ham bilmayman, — deya javob berdi.
Men yon-atrofga qarab oldim. Eng yaqin sipoh yetti-sakkiz qadam narida edi. Shunday esa-da shivirlab:
— Amir Husaynning og'zidan chiqqan haqoratga ilon po'sl
230
tashlaydi, bundan tashqari, uning nafsi shunaqangi hakalak otganki, ajdaholar ham uning oldida ip esholmaydi, — dcdim.
U boshini qimirlatib, gapimni tasdiqladi hamda qo'llarini ikki yoniga yozib, «Nima qilamiz endi», deganday ishora qildi. Keyin ikkimiz ham kuldik.
Bizga jetaliklarning o'zlari jangsiz ularni taslim etishimizga ko'maklashib yuborishdi.
Jcta lashkarboshilari orasidan gap qochibdi. Qamariddin va Ko'ppak Temur Shirovil Hojibek Arkanutkaga qasd qilishibdi. Bundan xabar topgan Hojibek darrov lashkarini ularga qarshi oyoqlantiribdi. Natijada qasd qilguvchilarning o'zlari juftakni rosllashibdi. Shundan kcyin Hojibekning o'g'li Shirovulning orqasidan tushibdi va uni ushlab qatl etibdi. Voqea butun Jeta lashkarboshilariga aks ta’sir qilib, hamma o'z lashkarini olib umumiy qo'shindan chiqib ketibdi.
— Maza qilib urishmoqchi edim, — dedim Temurbekka.
— Alloh qo'llasa, maza qilolmasang ham dushmanning us- tidan g'olib kelaverasan. Darrov amir Husaynga noma yoz. Demak, dushman qochdi, biz uning ortidan quvib, butunlay qaddini rostlolmaydigan holga keltiramiz, — dedi Temurbek.
— Bosh ustiga.
Nomani yozishga yozdim-u, jo'natishga ulgurmasimdan Husaynning o'zidan xat keldi. U biz ketganimizdan so'ng Keshga kclgan ekan. Bundan Badaxshon shohlari ustalik bilan foydalanib, amir Husaynga tegishli bo'lgan Quddusga hujum qilibdi va xalqni talabdi.
Otlar ortga burildi. Butun qo'shin mo'g'ullarni butunlay yakson etib tashlashdan kechib, Badaxshon sari yo'lga chiqdi. Yo'l tinkamizni quritgandi. Ot ustida chala uxlab ketib borar- dik. Birdan kimdir hayqirib yubordi. Cho'chib tushdim. 01- diniga atrofga alangladim. Keyin Temurbekka qaradim. U oti- ni lashkar tomon o'girgan, uzangiga oyoqlarini tirab qaddini g'oz qilib turardi.
— Bunday qo'shin o'limga mahkum! Nega uxlaysiz? — dedi u.
Shu gapning o'zi menga yetib ortdi. Uyatdan yuzim olovdek yonib ketdi. Boshimni xam qildim.
— Biz hali osoyishtalikka erishmadik. Har qadamda dushman kutib turgan bo'Iishi hech gap cmas! Jetaliklar qayerga
kctganini bilmaymiz! Siz uyquni afzal bildingiz! Bas! Otlarga qamchi uring, ulami-da mudroq bosgan!
Ha, shunday ekan, Qamchi tcgishi bilan bcchora jonivorlar cho'chib tushdi va ildamlab ketdi.
Uch kecha-kunduz yo*l yurib Kashkim Qanubiy Badax- shondagi Mashhud daryosining o‘ng sohilidagi shaharcha)ga yetib bordik. Shu yerda amir Husayn bilan uchrashdik. Uning o'zi jangga bormaydigan bo'ldi. Ammo o'g'li Jahonmalikni bizga qo'shib qo'ydi.
Ikki kunlik dam olishdan so'ng yana yo'lga tushdik. Ammo yana qilich chopish nasib ctmadi. Karkas dovonida jang qilishga shay bo'lib turgan dushman Temurbekning o'zi qo'shin- ni boshlab borayotganini eshitishi bilan qochib qoldi. Bu sa- far biz ortimizga qaytib ketmadik. Badaxshonliklarni quvishda davom etdik. Birinchi safar ular Ko'kcha daryosidan o'tib biz- ni kutishdi. Go'yoki shu yerga yetib borsak urushadiganday, go'yoki bizni shu yerda mag'lub ctadiganday. Biroq qoram- izni ko'rishlari bilan yana qochishdi. So'ng Ko'kcha va Da- rayim daryolarining qo'shilish joyiga borib turib olishdi. Juda qiziq holat. Biz yo'lbarslarmiz. Ular chiyabo'ri. Biz ov qilgan- miz. Ularning qorni och. Ovni tashlab ketsak, yugurib kc- lishsa-yu, ycyishsa. Ammo tashlab ketmaymiz. Ayni paytda ularni ko'rishga ko'zimiz yo'q. Shu bois quvamiz. Ular qochi- shadi. Uzoqlashib olishadi-da, darrov to'xtashadi va boshlarini yuqoriga ko'tarib, kelyapmizmi yo qaytib ketdikmi, shuni bi- lish uchun quloqlarini qimiriatmay ding qilib turishadi... Yana qochishdi yaramaslar. Qo'ng'iz alang (hozirgi Sherxon yaqini- dagi kechik) tomonga. Biz esa ta’qibni davom ettirdik. Jay him daryosining boshlanish qismidan dushman o'tdi. Bundan bu yog'iga Temurbek Nusratqarin ismli lashkarboshini sipohlari bilan dushmanning ortidan jo'natdi. Buni qarangki, navkar- lar orasida Temurbek ko'rinmay qolishi bilan dushman jangga o'zida kuch topa bildi. Biroq, baribir, yengildi. Buning ustiga Shayx Ali Badaxshoniy bilan birga cllikka yaqin navkar qo'lga tushdi. Qolgan dushman esa qochib, daraga kirib ketdi.
— Menga ijozat bering! — dedi g'alabani ko'rgan Jahonma- lik jo'shib. — Bundan bu yog'iga dushmanga qarshi meni ng o'zim navkarlarim bilan boray va ularning hammasini qilichim tig'idan o'tkazay.
— Otangiz siz kabi darrov jangga kiradiganlar xilidan emas.
232
U kishi chtiyotkorlikni sevuvchilarsirasiga kiradi. Sizda jango- varlikni ko'rib turibman. Yoshsiz, mo‘ylabingiz endi sabza ura boshlagan, yov bilan qilich solishishdan cho‘chimaysizmi? — dcdi Temurbek unga.
— Aslo, ey buyuk amir. Men qochganlarning barini tutib kcltirgayman. Boshlarini uzib oyoqlaringiz ostiga tashlagay- man.
— Oq yo'l! — deya Temurbek gapni ortiqcha cho'zib o'tir- may dushman lomonni ko'rsatdi.
Jahonmalik otiga qamchi bosdi. Tulpor kishnagancha old oyoqlarini ko'tardi. Amirzoda egarga mahkam yopishib olgani sabab yiqilmadi. So'ng u ot choptirib, lashkari bilan birga ketdi.
— Agar shu savashda qo'li baland kelsa, amir Husaynga ber- di Xudo, — dedi Temurbek uning ortidan termilib.
Ammo Jahonmalikning omadi kclmadi. No'noqligi va yoshligi pand berdi. Vaholanki, biz Temurbek bilan birga uning yoshida uncha-muncha janglarda g'olib chiqardik, uncha-muncha dushmanni yer bilan bitta qilardik. O'sha yoshlik- da yilqimiz yo'qolib, ortidan qidirib borganimiz va o'zimizdan ancha yosh katta, ko'p savashlarni ko'rgan tajribali sipohlarni qirib tashlaganimiz hamon yodimda. Jahonmalik esa yonida qanchadan-qancha bahodirlar turib, yengilgancha qochib keldi. Temurbek undan hech nima so'ramadi. Shunchaki otiga qamchi bosdi. Men unga darrov ergashdim.
Dushman lashkari bizdan chamasi o'n chandon ko'p edi. Shunga qaramasdan ularning katta qismini birinchi hamla- dayoq daf qildik. Keyin Temurbek birdan to'xtadi. O'ng qo'lini yuqoriga ko'lardi. Buni ko'rgan yov lashkari ham birdan jang qilishdan to'xtadi.
— Agar, — dcdi Temurbek viqor bilan, — bosqinchilik qilib egallab olgan mol-nuilkingizni qaytarib bersangiz, jo- ningiz omonda va Badaxshoniy bilan birga qo'limizga tushgan sipohlar ham ozod etiladi.
Oldin bilmagan yo bilsa ham Temurbekka qarshi qilich ko'tarishga jazm etgan dushman dovdirab qoldi. Va shu zahoti qilichlarini tashlashdi. Otlaridan tushib, ta’zim qilishdi.
Temurbek va’dasida turdi. Badaxshoniyni ozod etdi. Ayni
233
paytda badaxshonliklar ham tortib olingan hamma narsani qaytarib berdi.
Ana shu mahal Jahonmalik otasinikiga o'xshab ketadigan qiliq qildi. U qurolsiz, bosh egib turgan ikkita badaxshonlik- ning boshini uzib tashladi. Temurbekning qoni qaynab ket- di. Bir tepishda Jahonmalikni oti bilan birga ag'darib yubordi. Atrofdagilaming ko'zlari kosasidan chiqib ketayozdi. Jahon- malikning ahmoqona qilig'i uchun emas, Temurbekning naqa- dar kuch-qudratga egaligini ko'rganlaridan.
Jahonmalikning biroyog'ini ot yomon bosgan ekan, shekilli, u dodlab yubordi. Ko'zidan yosh otilib chiqdi. Ammo Temurbek bunga mutlaqo e’tibor bermadi. Uning yoqasidan ushlab, oldin o'rnidan turg'izdi va bir qo'lida yuqoriga ko'tardi.
— Yana bir marta mening izmimsiz ish qilsang, seniyam kallangni sapchadck uzib tashlayman! — dedi va Jahonmalikni uloqtirib yubordi.
Badaxshonga qaytdik. Bu paytda amir Husayn Soli Saroyda ayshu ishrat bilan mashg'ul edi. Biz bu yoqda uning uchun jon olib, jon berib yuribmiz. Garchi viloyatiga bosqin uyushtiril- gan esa-da, u kayfu safe bilan band. Alam qilmaydimi? Qil- ganda qandoq. Ammo na iloj, Temurbek bosh. Uning gapi qonun. Biroq nega endi u amir Husaynga bo'ysunib yuribdi, ana shunisi mening uchun jumboq edi. 1 Igari O'ljoy Turkon og‘o bor edi. Ozmi-ko‘pmi akasining yonini oladi, Temurbekka ta’sir o'tkazadi, deb o'ylardim. Endi 0‘ljoy Turkon og'o yo*q-ku, nega, baribir, uning aytganini qilaveradi? Vaholanki, amir Husaynni ham yer tishlatib, hamma joyga o'zi ega chiqa oladi...
Badaxshonga yetganimizda amir Husayndan noma kelti- rishdi. Unda yoziiishicha, Shayx Muhammad Bayon Sulduz bilan Temurning qudasi Kayxusrav o'zaro til biriktirib, amir Husaynning viloyatiga hujum boshlashga tayyorgarlik ko'ri- shayotgan ekan. «Ikkimiz ikki ulkan davlatning hukmdori bo'lishga ixtiyor etgan ekanmiz, albatta, har qanday dushman- ni yo'q qilmog'imiz darkor», deya yozilgan edi noma so'ngida.
Men Temurbekka yuzlandim. Qani, nima qilarkin? Bir paytlar Husaynbekning bir o'zi butun Movarounnahr va Xuro- songa ega chiqmoq uchun jon-jahdi bilan Temurbekka qarshi turganida Kayxusrav yordamga kelgandi. Hattoki qizini amir-
234
zoda Jahongirga nikohlab bergandi. Shu yordam tufayli amir Husayn biz bilan yarashmoqdan o‘zga chora topolmay qolgan- di. Endi esa Kayxusravning o'zi Husaynga qarshi bo'lib tu- ribdi. Husayn csa Tcmurbekdan yordam so'rayapti. Temurbek nima qarorga kcladi? Men unga tikildim. U qaror chiqarmadi. Buning o'miga qo'shinning ikki kun dam olishi haqida far- mon berdi.
— Ikki o't orasida qolganingdan afsusdaman, — dedim unga yolg'iz qolganimizda.
— Aslo bunday emas. Biz, albatta, amir Husaynning ilti- mosini bajo keltiramiz. Qo'shin hordiq olganidan so'ng, albatta, yo'lga chiqamiz, — deya javob qildi Temurbek.
— Lekin Kayxusrav qudangiz bo'ladi, amirim. Buning ustiga, bizga o'z vaqtida yordam bergan. Qanday qilib bularga ko'z yumasiz?
— Javob safarda. Endi amir Abbosbek, sen ham daming- ni ol. Hali bizni mashaqqatli yo'l kutib turibdi. Sen men bilan birga eng og'ir yukni ko'tarib yuribsan. Shu boisdan ortiqroq dam olmog'ing kerak.
Temurbek atay gapni aylantirdi. Atayin to'g'ri javobdan qochdi. Chunki haqiqatan ham, chigal vaziyatda qolgandi. Ayni chog'da o'zidan bo'lak hech kim bunga yechim topol- masligini ham bilardi. Shuning uchun maslahatlashishni is- tamadi.
Mcning xayolim esa boshqa tomonga ketdi. Ya’ni anavi makkoraga. O'ylab qarasam, uning qilayotgan ishlariga qo- yil qolmasdan iloj yo'q. Bir aylandi. Shu bilan qarshisida ui- kan xavf-xatar tug'dirib turgan qudalar bir-biri bilan yovlashib turibdi. Agar qudalar bir-biri bilan urishsa, albatta, ikkisidan bittasi mag'lub bo'ladi. O'ladi yoki qochadi. Buning natijasida amir Husayn yolg'iz qolgan raqibi bilan bemalol olishib, uni yengish chorasini ко'raverad i.
Ikkinchi tomondan csa, bunda ham Husayn yengib chiqar- kan. Chunki o'rtada amirzoda Jahongir bor. Otasi bilan qay- notasi misoli ikkita barmog'i. Unisini tishlasa ham, bunisini tishlasa ham og'riydi...
Shunday boshqotirmalar iskanjasida saroyda men uchun ajratilgan xonada uxlab qolibman.
Ikki kundan keyin safarga chiqdik. Xayolimga bir fikr keldi.
235
Kayxusrav bilan til biriktirib, amir Husaynning o'ziga hamla qilsak-chi. Shunda bitta ayyor dushmandan qutulardik.
Rcjamni Temurbckka aytdim. Ammo u c'tibor bermadi. «Safarda javob bor», dedi. Qiziq, nimaga asoslanib shunday deyayotganiga sira tushunmadim. Uning o'zi ham yorila qol- madi.
Oradan bir kun o'tib, bizga Kayxusravdan maktub kclayot- ganida u qandaydir sabab bilan amir Husaynning qo'liga tushib qolibdi. Oldiniga e’tibor bermadik. O'yladikki, amir Husayn bilan ko'rishganimizda u, albatta, bizga noma haqida gapira- di. Biroq Arhangda Husayn bilan ko'rishganimizda u maktub to'g'risida lom-mim demadi. To'g'ri, juda izzat-ikrom bilan kutib oldi. O'g'lini bir oz koyidi. Lekin Kayxusravning mak- tubini tilga olmadi. Holbuki, yo'lda Temurbek «Amir Husayn bilan do'stligimiz bor, albatta, Kayxusrav nima deb yozganini aytadi», degandi. Bo'lmadi. Bu narsa Temurbekning ko'nglida shubha uyg'otdi. Boz ustiga, biz uchun ajratilgan makonga uch kishi kelib, amir Husayn qulay fursat tug'ilsa, darrov Tcmurbekning oyoq-qo'liga kishan solishni mo'ljal qilib turgani- ni aytdi. Temurbekning g'azabi qo'zidi. Biroq xabar yetkaz- ganlarga buni biklirmadi. Buning o'rniga in’om berdi. Aslida, bu sotqinlarning kallasini olish kerak edi. «Zero, bular lozim bo'lib qolsa, meni ham kimgadir sotib kctishi hech gap emas. Ammo hozir vaziyat qaltis bo'lib turibdi. Shuning uchun ular- ga in’om berdim, — dedi Temurbek xabarchilar ketgach. Keyin bir muddat o'ylanib turdi-da: — Kayxusravdan kelgan maktub to'g'risida indamadi. Bu yoqda uning fe’li ayniganini ham aytishdi. Bundan chiqdi, u haqiqatan qasamini yana unutgan ko'rinadi», deya ko'zlarini bir oz qisdi.
— Nimani kutyapmiz? Hamla qilaylik. Hech shubha yo'qki, birinchi zarbadayoq uni mahv etamiz. Ana undan so'ng xohla- sak, qatl etamiz, xohlasak, qaytib qaddini rostlolmaydigan hol- ga tushirib qo'yamiz, — dedim men.
— Hali erta.
U shunday deyishi bilan maktub keltirib berishdi. Odil Sul- tondan. Hozir u xon edi. Amir Husayn uni shu martabaga ko'targandi.
Xatning mazmuni quyidagicha edi. Amir Husaynning ko'nglida Temurbckka nisbatan adovat bor. U qulay fursatni
236
kutyapti. Chora ko'rmoq kerak. Yo'qsa, Temurbekning boshiga mushkulotlar yog‘iladi.
Temurbek menga yuzlandi. Noma o'qilganida uning yoni- da mendan tashqari amir Sayfuddin, Said Ali Bahodir, Kichik Barlos bor edi. Hamma Temurbekdan nimanidir kutayotgandi.
— Vaqt bo'lgan ko'rinadi! Lashkami yig'ing! — dedi u.
Ammo yana amir Husayn bilan jang qilish nasib etmadi. Sababi, Kayxusrav bilan Shayx Muhammad Bayon Sulduz ya- qinlashib qolgan, Jayhun bo'yida turishgan ekan ular.
— Oldin ular bilan orani ochiq qilish, qolaversa, ikkisi- dan birini tutib, xatning mazmuni haqida bilishim kerak. Ana shunda amir Husaynga qarshi shamshir ko'tarishga to'la aso- simiz bo'ladi, — dcdi Temurbek.
Men yana hech vaqoga tushunmadim. Shuncha odam uning nima niyatda ekanini aytib tursa-yu, Temurbck yana haqiqiy dushmanni yo'q qilib tashlash o'rniga qudasiga qarshi jangga kirsa.
Yo'q, yana urishmadik. Temurbekning yo'lga chiqqani- dan xabar topgan Kayxusrav Oloydan, Shayx Muhammad esa Xo'janddan panoh topmoqchi bo'ldi. Biz aynan uning ortidan tushdik. U Xo'jandda to'xiamay, to'g'ri Toshkcntga o'tib ket- di. U yerda turishdan qo'rqib, O'trordan najot istabdi. Biz esa Keshga qaytib keldik.
So'ng Tcmurbekni uning atrofida jam bo'lgan beklar, amirlar o'rtaga oldi. Jumladan, men ham.
— Sabr kosamiz to'ldi, — dedi Oq Bug'a Bahodir, — amir Husayn yana qasamini unutdi. Sizni tutish uchun qulay fursat- ni poylab yuribdi. Buning ustiga, nafaqatxalqqa, balki o'zining lashkariga ham zulm o'lkazmoqda. Bundan tashqari, ochofat- ligi ham chcgara bilmay qoldi. Bizga yo'lboshchi bo'Iing. Borib uni yengaylik va hamma narsadan mahrum etaylik. To'g'ri, bir paytlar amir Husayn sizning qarindoshingiz edi. Ammo qarin- doshchilikning hurmati shunchalar bo'lar!
— Agar yana indamaydigan bo'lsak, keyin pushaymon yeb qolishimiz mumkin. Shu boisdan temirni qizig'ida bosgan ma’qul, — dedi Sayfuddinbek.
— Barchamiz bir yoqadan bosh chiqarsak, amir Husayn- ning qo'lidan hech narsa kelmaydi, — dedim men.
— Osmonda bitta quyosh, yerda bitta hukmdor bo'lgani ma’qul, aks holda, hammayoq xonavayron bo'lib ketadi.
237
Hukmdor siz bo'lishingiz zarurligi ravshan bo'lib qoldi, — deya gapga aralashdi Dovudbek.
Temurbek hammaning gapini jim turib eshitdi. So'ngra:
— Lashkarni jamlang! Men bcklarim va amirlarimning so'zini bu safar ikki qilmayman! — dcdi.
Yuzimiz yorishib kctdi.
Oradan hech qancha vaqt o'tmasdan Amir Musabek xiyonat qilib, Samarqand tomonga qochib ketdi. U qo'shin yig'ishda ustasi farang edi. Hattoki boshqa beklarni ham tezroq harakat qilishga undagandi. Biroq o'zi G'uzorga yetmasimizdan juftak- ni rostladi. To'g'ri, Musabek bir qancha muddat amir Husayn- ning yonida turib, bizga qarshi urishgandi. Ehtimol, amir Hu- saynning yuziga qarashga botinolmasligini oldindan bilgani uchun ham shunday qilgandir.
Temurbek uning ortidan quvishga hech kimni yubormadi. «Mayli, ketsin. Qorasini ham ko'rsatmasin», dedi.
Bizning navbatdagi yurishimiz avvalgilaridan tubdan farq qilardi. Qo'shin ulkan, niyat esa Movarounnahr va Xuroson- ning yakka hukmdori bo'lish edi. Shu boisdan chor atrofga vahimasi birpasda tarqab ketdi. Bizni qo'Ilab-quvvatlovchi- lar soni ham ortdi. Qunduz hokimi O'ljaytubek, Badaxshon hokimi Shoh Muhammad amir Husaynning qiliqlaridan bczor bo'Iganidan qo'shini bilan kclib bizga qo'shildi. Asli Huttalon hokimi bo'lgani va yuqorida keltirilgan sabab tufayli Oloyda yurgan Temurbekning qudasi amir Kayxusrav ham lashkari bilan yetib keldi. U ko'z yosh to'kdi.
— Mening sizga aslo xusumatim yo'q edi. Men aynan amir Husaynga qarshi bo'lgandim. Birdan sizning u taraf bo'lganingizni eshitdim-u, qochishdan o'zga chora topolma- dim. Amirim, lozim topsangiz, boshimni oling, agar omonlik bersangiz, men sizga sadoqatli qul bo'lay, — dcdi.
Temurbek unga omonlik berdi va dedi:
— Lashkaringiz bilan safnnizda bo'ling va dushmanga qarshi birgalikda kurashamiz. Sadoqatingiz aks ctib tursa. il- lo-billo mendan yomonlik ko'rmaysiz.
Shundan so'ng salimizga Jakubek qo'shildi. U amir Kayxusrav qochqinda yurganida Huttalon hokimi ctib tayinlangan edi. Qo'shildi-yu, Temurbekning atrofidagi manaman degan amirlar va beklarni ko'rib, og'zi qulog'iga yetdi.
238
Bularning bari bir bo*ldi-yu, buyuk mutafakkir olim, Макка fozillaridan bo‘lmish hazrat Sayyid Barakaning tashri- fi butunlay o'zgacha bo'ldi. Bu paytda biz Termiz yaqinidagi Bo'yo qishlog'ida edik. Umumiy yig'in shu yerda bo'layot- gandi. O'tovlar juda ko'p edi. Sipohlar ot choptirib yurishar, o'tovlar oraliqlaridagi yo'laklarda tinimsiz harakatlanishardi. Hamma urush to'g'risida gapirardi. Shuning bilan birga amir Husaynning ko'rsatib kelgan «karomatlari» to'g'risida ham so'z ketardi. Ana shunday bir paytda Sayyid Baraka kelgani haqi- da xabar yetkazishdi. Temurbek uning nomini eshitishi bilan sapchib tushdi. O'tovdan yugurib chiqdi. Ko'zlariga ishonmay, yigirma qadamcha narida bir ncchta muridlari qurshovida tur- gan hazratga termilib qoldi. «Marhabo, marhabo, hazratim!» dedi hamda ildam yurib Sayyid Barakaning uzangida turgan oyog'ini o'pdi. Bunday holni ko'rib, mening ko'zimdan yosh chiqib ketdi. Shunda bildimki, Mir Sayyid Baraka juda ulug' odam.
Temurbek tiz cho'kib, ot uzangisidan ham past bo'ldi. Bu mening yelkamga oyoq qo'yib tushing, degani edi. Ammo Sayyid Baraka bunday qilmadi.
— Hech shubha yo'qki, Alloh insonni mukarram qilib yarat- gan. Siz esa tanlab olinganlardansiz. Men yelkangizga oyoq qo'ymayman. Turing, amir! — dedi u.
Temurbek o'rnidan turib, hazratga qaradi. Shundan keyin- gina Sayyid Baraka bir oyog'ini uzangidan chiqardi. Baribir, Temurbek uning oppoq tulpordan tushishiga ko'maklashib yubordi. So'ng ikkisi quehoq ochib ko'rishishdi.
Hamma hayratdan qotib qolgan. Navkarlar ko'zlarini yumishsa, ulkan bir voqeani ko'rmay qolishidan cho'chishib, kiprik ham qoqmasdan turishardi.
Temurbek hazratni o'toviga boshladi.
Ikkisigina kirib ketdi. Boshqa birovning kirishiga Temurbek ruxsat bermadi. Mening ichim shunaqangi qizidiki, u yoq-bu yog'i yo'q. «Qani, hech qursa, choy olib kelishni buyursa-yu, choynakni o'zim ko'tarib kirsam», deyman o'zimga-o'zim. Yo'q, ichkaridan sado berilmayapli. Men esa o'tov yonida u yoqdan-bu yoqqa borib kelyapman. Qulog'im ding.
Oradan bir osh pishgulik vaqt o'tganidan so'ng Temurbek hazrat bilan birga chodirdan chiqdi. Buni qarangki, xursand- ligidan Temurbekning ko'zi charaqlab ketgandi. Mir Sayyid
239
Barakaning esa yuzidan nur taralardi. Men ilgari Shayx Sham- siddin Kulolning yuzini ana shunday yorug' ko'rgandim.
— Alloh, — dedi Mir Sayyid Baraka, — bizga ulug* insonni bcrdi. Bu odam dinimizning himoyachisi, adolat pcshvosi va yctti iqlim hukmdori bo*lajak!
Gap Temurbek haqida ketayotganini lashkarlaru amirlar darrov tushunib yetishdi va Temurbekka qarab qo'yishdi.
— Bugundan e’tiboran, — deya hazratdan so'ng gap boshla- di Temurbek. — Mir Sayyid Baraka pirimiz bo'ladi. Va u har doim yonimizda bo'lishini istaymiz!
Navkarlar baravariga oldiniga hazrat Mir Sayyid Barakani, undan keyin Temurbekni olqishlashga tushib ketishdi...
Amir Husayndan baxt yuz o‘girdi. Ilgarilari uning o'zi sira jangga kirmasdi. Hamisha lashkarboshilarini yuborardi. Va raqib ustun kela boshlasa, darrov u bilan ittifoq tuzish harakati- ga tushib qolardi. Ammo bu safar uning ishonchli amirlarining hammasi bizning tarafga o'tdi. U qariyb yolg'iz qoldi. Shu boisdan hech bir qiyinchiliksiz Balxni qurshab oldik. Mening xotiram ana shunday mahallari tez ishlab ketardi. Axir biz ham Temurbek bilan birga necha martalab qurshovda qolgan- miz. Biroq Temurbekning uddaburoligi bois har doim qamal- dan chiqib ketardik. Lekin amir Husaynda bunday iqlidor yo‘q. Amir Husaynning shahardan tashqariga chiqib savash- gan navkarlari yengilib qal’aga kirib yashiringach, Temurbck unga noma yozib jo'natdi. Xatning mazmuni shunday edi: «Agar janoblari o'zining va qolgan-qutgan navkarlarining jo- niga rahm qilib, taslim bo‘lsa va mute bo'lsa, biz uning jonini omon qoldiramiz».
Men amir Husayndan qanday javob bo'lishini taxminan bi- lardim. Va taxminim to*la o'zini oqladi. «Itoat ctaman, albatta. Sen mening bir qoshiq qonimdan kechsang bo'lgani... Mol-davlatimdan ayrildim. Bisotimda o'zimdan bo'lak hcch vaqom qolmadi. Ko'nglim Ka’baga borib ziyorat etishni tusadi. Agar yo'Iimni ochsang, muqaddas dargohga borib, gunohla- rimdan o'tishni Allohdan so'rasam», deya o'z odamidan xat yuboribdi.
— Hech kim uning yo'lini to'smasin. Hamma shart-sharoil- ni qilib beringlar. Mayli, xizmatimizda bo'lmasa ham gunohla- rini magTirat qilishini Xudodan so'rasin, — dedi Temurbek.
240
Uning bu marhamatidan ichimda norozi bo'ldim. Odam ham shunaqa bo'ladimi? Amir Husayn qachon so'zida turgan- ki, endi tursa. Hozir imkoniyat beramiz, u qal’adan chiqib, juftakni rostlaydi. Undan so'ng biron shaharga borib qo'shin yig'adi. Va hech qancha o'tmay bizga yana bir bosh og'rig'ini ko'ndalang qilib qo'yadi.
Shu fikrlar xayolimdan o'tdi. Ammo Temurbekka lom-mim dcyolmadim. Sababi Mir Sayyid Barakaning salobati bosib, odamning tilini mahkam bog'lab qo'yardi.
Lekin amir Husayn Temurbekni o'zidek lafzsiz bilib, uning aytganlariga ishonmabdi. Qochishni ixtiyor etibdi. Yana shar- mandali yo'lni tanlabdi. Bundan ko'ra shartta joniga qasd qilganida obro'liroq o'lgan bo'lardi. Tong otar chog'i inidan chiqib, masjidga kelgan odamning otini o'g'irlabdi. Tasawur qiling, bir paytlar ming-minglab otlarga ega bo'lgan amirning kuni birovning masjidga minib kelgan otiga qolibdi. Hay, may- li, o'g'rilik qilishga qilibsan. Shuni ertaroq, ibodat boshlan- masdan iIgariroq qilmaysanmi? Yana kelib-kelib bomdod tu- gashida olasanmi?.. Otning egasi chiqsa, ulovi yo'q. «Bog'lash esimdan chiqqandir, shu atrofda yurgandir. Minoraga chiqib qarayin-chi», debdi namozxon. Va minoraga chiqib ko'rsaki, begona bir odam uning tulporini minib turibdi. Pastga tushib sekin borib qarasa, amir Husayn. Yoniga borishga qo'rqibdi va yugurib Temurbek qarorgohiga kelibdi.
Amir Husayn masjid hududida tutildi.
«Bo'ldi, endi uning haramiga kiraman-u, o'sha birodarlarni bir-biriga dushman qilib, qonini to'kishda jonbozlik ko'rsatgan ayol — amir Husaynning xotinini o'ldiraman. Albatta, menday sarkardaning ayol kishiga qilich ko'tarishi o'ta ketgan past- kashlik hisoblanishi mumkin. Ammo nachora. Shu ayolni deb ozmuncha odamning qoni to'kildimi?»
Men ko'zimdan o't chaqnab, niyatimni amalga oshirish uchun endi kctmoqchi bo'lganimda, Temurbek: «Keshga borib, bizga tegishli nimaiki bo'lsa, hammasini Samarqandga yubor. Keyin o'zing bu yoqqa yetib kel», deb qoldi.
Hafsalam pir bo'ldi. Juda yomon ahvolga tushib qoldim. «Ozgina ishim bor, shuni bitiray, keyin darrov boraman», de- sam bo'lmaydi. Sababi Temurbek gapini ikki qilishlarini sira yoqtirmaydi. Bir marta uning ko'nglini qoldirdingizmi, ilgari
241
har qancha yaqin bo'lsangiz ham boshqa sizni yoniga yo'lat- maydi. To‘g‘ri, bir necha marta bcklarning, amirlarning guno- hidan o'tgan. Biroq, baribir, ular o'zlari istagandck Temurbekning yaqiniga yo'lay olmagan. Men esa uning eng ishonchli odamlaridan biriman. Demak, quloq qoqmasdan aytganini bajarishim shart.
Albatta, Balxdan Keshga, Keshdan Balxga borib kclishning o'zi bo'lmaydi, ozmuncha vaqt ketmaydi.
Men borib kelgunimcha bu yoqda kutilmagan ishlar bo'lib ketibdi. Amir Husayn qatl etilibdi. Amir Kayxusrav uning boshini tanasidan judo etibdi.
— Nega u? — so'radim men hayratlanib.
— Shariat yuzasidan shunday bo'ldi. Men uning qonidan kechdim. Ammo Kayxusrav kechmadi. «U akamni o'ldirgan. Shariat yuzasidan men uning jonini olishim kerak», dedi. Men ojiz edim. Shu bois indolmadim, — deya javob berdi Temurbek.
Agar istaganida shunday inday olardiki, Kayxusrav miq etolmasdi. Biron nima deganida o'zining jonini sug'urib olardi Temurbek. Demak, shunday bo'lishi kerak bo'lgan.
Bu yog'i esa yanayam dahshatga aylanibdi. Men yo'q qilish umidida yurgan ayol, amir Husaynni boshqarib turgan Saroy- mulkxonim Temurbekning haramiga o'tibdi. Ana shu narsa meni dahshatga soldi. Va bu safar Temurbekka dilimdagini ochiq-oydin aytdim.
— Amirim, u ayol mo'g'ullardan. Aniqrog'i, Qozonxonning qizi. Ilgari aytganimday, amir Husaynni bizga doimiy ravishda qayragan. Ikki turkiy amirni bir-biriga dushman qilib kelgan. Shunday ayolni haramingizga olishingiz o'ta xatarli-ku!
— Gumon iymondan ayirar, — dedi Temurbek pinagini ham buzmasdan. — Siz amir Abbosbek, o'zingiz Saroymulk- xonimning fitna qilganini ko'rmagansiz yoki o'ta ishonchli odamdan eshitmagansiz. Faqatgina shubhaga borgansiz.
— Shunday. Ammo...
— Nima demoqchiligingizni bilib turibman. Men malika bilan so'zlashdim. U amir Husaynni men bilan urishishdan bir necha marta qaytarishga uringanini aytdi. Malikaning so'zla- rini xufiyalarimiz ham tasdiqlashdi. Shundoq ekan, xotirjam bo'ling. Nikohimizga nafaqat Saroymulkxonimni, balki Bayon
242
Sulduzning qizi Ulus og'oni, Xizr Yasuriyning qizini, Tag'ay Turkon Xotunni ham oldik. Shuningdek, Tarmashirinxon- ning qizi Sevinch Qutlug* og'oni Bahrom Jaloyirga xotinlikka bcrdik. Dilshod og'oni esa Zinda Chashimga, Odil Malikni Jakubekka in’om ctdik. Bulardan tashqari, Husaynning qizini Elchi Bug'aga nikohladik...
Shunday deb Temurbek kuldi. Keyin so'zladi:
— Ammo, Abbosbek, siz xotiramizdan faromush bo'libsiz. Ko'nglingiz og'rimasin, albatta, sizga ham munosibini olib be- ramiz.
Men hali-hamon o'zimga kelolmagandim. Ochig'ini aytay, kimning kimga uylangani meni zarracha bo'lsin qiziqtirmadi. Hattoki Temurbekning Saroymulkxonimdan boshqalarni o'zi- ga xotin qilib olgani ham bir tukimni o'zgartirmadi, Tashvish- ga solgan narsa o'sha qatl etilishi kerak bo'lgan juvon Temurbekning haramiga o'tib qolgani edi.
— Tashakkur, menga shu paytgacha juda ko'p muruwatlar ko'rsatdingiz. Hozirgacha ikki xotin va beshta kanizagim bor. Shularning o'zi yctib ortadi... Men noto'g'ri xayolga borganim uchun o'zim o'zimdan xafa bo'ldim. Va buning uchun meni afv etgaysiz.
— Sizning o'rningizda boshqa bo'Iganida ham shunday o'yga borgan bo'lardi...
Eshikbon Mir Sayyid Baraka kclayotganini aytib, bizning suhbatimizni bo'lib qo'ydi. Ikkimiz ham eshik tomonga yuz- landik.
Hazrat ko'rinish berishi bilan unga salom berdik. U ni- hoyatda mayin ovozda alik oldi va yonimizga keldi-da:
— Amir, meni amirlar, beklar o'rtaga olishdi, — dedi.
Shu zahoti Temurbekning yuzidagi tabassum yo'qoldi.
— Xotiringiz jam bo'lsin, — dedi Mir Sayyid Baraka. — Albatta, ular yaxshilik sabab shunday qilishdi. O'zi aslida ham shunday. Chunki cho'ponning ko'pligi qo'yning azobini ber- guvsidir. Sizning amirlar amiri bo'ladigan vaqtingiz keldi.
— Xuddi shunday, hazrat! — dedim men quvonib.
— Agar siz ehi yurtga yakka hukmdor bo'lmas ekansiz, bu zamin sira tinchimaydi. Zero, ikki quyosh yerni kuydirar. Shu bois Xurosonu Movarounnahrning hokimi bo'ling. Biz haqqoniyligingizni tasdiqlab, fatvo bcraylik! — deya jilmaydi hazrat.
243
— Siz shunday deb turgan ekansiz, men bunday mushkul yumushni zimmamga olishga tayyorman, — dedi Temurbek.
Shu zahoti men uni qutladim va xushxabarni aytish uchun saroy tashqarisiga yugurdim.
Ertasiga barcha beklar, amirlar saroyga yig'ilishdi. Barcha- ning egnida shodiyona libos. Hamma xursand edi. Endi ular- ning yuzi kulib turardi. To‘g‘ri, bu kulguvchilardan qanchasi- ning ichidan nima o'tayotganini yolg‘iz Alloh biladi. Ammo, bor gap shuki, o'shalar ham yuziga tabassum yurg'izishga maj- bur edi.
Oradan oz fursat o'tib, Mir Sayyid Baraka va uning yonida Temurbek ko'rindi.
Qurultoyga yig'ilganlarning hammasi baravariga «Olampanoh», «Xoqon», «Shahonshoh», deya Temurbekni olqishlashga tushib ketishdi. Beklardan biri:
— Bizning xonimiz! — deya qichqirdi.
Shunda Temurbek ikkala qo'lini ham yuqoriga ko'tarib, ulami hayqirishdan to'xtatdi.
— Biz xon bo'lolmaymiz, bizning ilkimizga amirlik tush- gan! — dedi u.
— Amir Sohibqiron Temurbek! — dcdi shu zahoti Mir Sayyid Baraka.
Mana shunisi barchaga barobar yoqdi.
— Sohibqiron!
— Sohibqiron!
— Sohibqiron!
— Allohu Akbar!
— Shariat peshvosi!
Shu asnoda men Sayfuddinbekning qo'lidagi kigizni yer- ga yozdim. Unga Temurbekni o'tqazdik va kigizni hamma to- monidan ushladik. Beklar, amirlar ko'p edi. Shu bois kigizni tutish talash bo'ldi. Obro' olib qolish, Temurbekning e’tiboriga tushish edi hammaning maqsadi. Qarangki, o'tgan yili Temurbekni iloji bo'lsa, burdalab tashlash payida bo'lgan amirlar, beklar, lashkarboshilar hozir u o'tirgan kigizni talashayotgan- di. Mayli, hozircha talashib turishsin, ko'ramiz, keyinchalik qanday sadoqat ko'rsatarkan.
Temurbekni bir necha marta osmonga otdik. U har safar havoga ko'tarilganida ulug'lashib ketayotganday edi.
244
Nihoyat, kigizni qaytib yerga qo'ydik. Temurbek o'rnidan turdi. Albatta, ko'niak bermoqchi bo'lganlar bo'ldi. Biroq Temurbek ko'nmadi. O'zi bunday olib qaraganda, uning har bir harakatida qandaydir ma’no borday. Yo'q, men bugaplar- ni unga xushomad uchun aytmayapman. Aslida ham yosh- ligidan shunday. Hozir agar e’tibor berib qarasangiz, ko'mak- chilar yurmaslaridan burun o'rnidan turib bo'ldi. Bu nima degani? O'zining naqadar chaqqonligini ko'rsatish. Maqtanish Temurbek uchun yot narsa, albatta. Demak, u maqtanmayap- ti. Ogohlanliryapti. Ogohlantirishni kim qanday tushunadi, bu o'zining ishi.
Mir Sayyid Baraka Temurbekning beliga oltin kamar taqdi. Uzuk va yana nihoyatda did bilan hashamdor qilib bezatilgan, naqshinkor shamshir hadya etdi.
Bir hafta uzluksiz lo'y berildi. Keyin Temurbek amir Husayn nimaki qurdirgan bo'lsa va hattoki uning saroyini ham poydcvorigacha buzdirib tashladi. «Bularning o'rniga boshqa- lari qad rostlaydi. Balx o'zgacha go'zal bo'ladi», dedi u. So'ng Cho'g'on Barlos o'g'li Murodni hokim etib tayinladi.
Kosh sari yo'lga tushdik. Bu safar hech kim hech qayoqqa shoshilmayotgandi. Buning ustiga, yo'limizda uchrashi mum- kin bo'lgan xavf ham yo'q edi. Shu boisdan bcmalol, erkin ket- dik. Men xotinlarim va bolalarimning yonida borardim.
— Menga qara, — dedim katta xotinimga, — Saroymulk- xonim bilan uchrashdingmi?
Века avvaliga menga ajablanib qaradi. So'ng garchi atro- fidagilarning hammasi mcning bolalarim, xotinlarim va kanizaklarim hamda cho'rilarim esa-da, yon-veriga boqib qo‘ydi-da, so'z boshladi:
— Ko'rishdim. Go'zallikda tengi yo'q, o'ta farosatli va aql- li ayol ekan.
— Makkor ham, — deya qo'shib qo'ydim men.
— Bunisini sezmadim. Ammo oqilaligi rost.
— Amir Husaynning qatl etilganidan afsusdadir.
— Bilinmadi. Menimcha, unaqamasga o'xshaydi. Qayta- ga, Sohibqironga nisbatan mehri bo'lakcha. To'g'ri, xoqoni- mizning haramiga o'tganiga ko'p bo'lmadi. Ammo qandaydir mehri boshqaeha. Temurbek nomini eshitgani zahoti ko'zlari chaqnab ketadi. Uning yuzini erkak zoli ko'rmagani ma’qul.
245
Aks holda, oshiq bo‘lib qolishi hech gap emas. Va yana So- hibqiron hozirdanoq nabirasining tarbiyasini unga topshirdi.
— Qoyil, men bilmaydigan narsalardan ham xabar topib- san. Shunchalik aqlli bo'lsa, erini Temurbekka qarshi borish- dan qaytarmagan ckanmi?
— Bu haqda gap bo'lmadi.
Men otimning qorniga niqtadim. Haqiqatan ham, adash- dim, shckilli. Saroymulkxonimning ko'ngli tozaga o'xshaydi.
Keshda bizni o‘zgacha bir tantana bilan kutib olishdi. Bu- tun xalq ko'chaga chiqibdi. Ularning hayqiriqlari, olqishlarini eshitib, ikki qarichga o'sganday sezdim o'zimni. Darhaqiqat, biz shunga munosib edik.
Ilgari mana shu ona shahar Keshni bir necha marta qo'lga kiritib, bir necha marta boy berdik. Har safar Temurbek bosh bo'lgan lashkarning g'olib kclganidan bu shahar o'zgacha qu- vonardi. Ammo, baribir, keyinchalik nimadir sabab bo'lib, chiqib ketishga majbur bo‘lardik-da. Hozir hamshaharlarimiz bizni o'zgacha muhabbat bilan kutib olayotganini ko'rib, beix- tiyor xayolimdan «Ishqilib, yana tashlab kctish peshonamiz- ga yozilmagan bo'lsin. Ishqilib, sharmanda bo'lmaylik», degan o'y o'tdi.
Ikki oy hech qayoqqa qimirlamadik. Rosa toliqqan ekan- man, maza qilib dam oldim. Temurbek bo'lsa, bir daqiqa bo'lsin tinib o'tirmadi. Shu paytgacha yonida bo'lgan va u bilan birga dushmanga qarshi mardonavor olishgan beklar, amirlarni taqdirladi.
Dovudbck Samarqand hokimi bo'lish bilan birga devondan amal ham oldi. Shuningdek, bir qancha lashkarboshilarni bek- lik unvoni bilan taqdirladi. Bundan tashqari, «Beklar begi» un- vonini joriy qildi. Xitoyi Bahodir bilan Shayx Ali Bahodirni barcha bahodirlarning kattasi etib tayinladi. Ya’ni ular ham- ma lashkarboshilar ustidan lashkarboshi bo'lishdi. Menimcha, shunday deyilsa tushunarliroq bo'lar. Yana yuzboshi, ming- boshi va tumanboshilarni ham tayin qildi. Va shundan so'ng barcha amaldorlarni qurultoyga to'pladi-da:
— Biz qurayotgan mamlakatning poytaxti — Samarqand! — deya e’lon qildi.
Hech shubha yo'qki, Samarqand shaharlarning a’losi. U yer- ni ulug' allomalar qadimdan makon tulgan. Bundan tashqari,
246
o*ta bahavo joy. Odamni ruhlantiradigan, quvvat bcradigan, rivoyatlarga qaraganda, avliyolar uchun otilib chiqqan buloq- lari bor. Ustiga-ustak, karvon yo'lining o‘rtasida. Yana bosh- qa-boshqa sifatlari borki, qolgan shaharlarda topmaysiz. Balki, Temurbek shuning uchun Samarqandni poytaxt deb e’lon qil- gandir. Albatta, buning uchun hayron bo'lganlar ham bo'ldi. Biroq miq etisholmadi. Sababi, u endi qo'l yetmas balandlik- ka chiqib ulgurgan edi. Mana endi Allohning panohida ekani yaqqol ko'rinib qolgandi. Shu bois, balki, e’tirozchilar ham til- larini tishlashgandir.
E’lon bo'lgan kunning ertasigayoq Sayfuddinbek cllik chog'li navkari bilan Samarqandga jo'nab ketdi. Shaharni, odamlar- ni tayyorlash uchun. Ularni Temurbek jo'nalmadi. Hazrat Mir Sayyid Baraka yubordi. Temurbek — Sohibqiron. Bunday ulug* martaba har kimga ham berilavermaydi. Mir Sayyid Baraka shunday dedi: «Boring, saroyni uning uchun hozirlang. Odam- lar ham bayram liboslarini kiyib, Sohibqironni kutib olishsin!»
Shunday bo'ldi ham. Shaharliklar zo'r tantana qilishdi. Le- kin, nazarimda, bundan ham ortiqroq bo'lishi kerakday edi.
Saroyga butun haram joylashtirilganidan so'ng Temurbek o'ziga tegishli qabulgohda Movarounnahming barcha yuz- boshiyu mingboshilarini chorlab, noma yozdi.
Maktubni olganlar shu zahoti yo'lga tushishdi. Hatto noma olib borganlar bilan birga qaytganlar ham bo'ldi. Ammo Muhammad Xoja Apardiy o'g'li Zinda Chashm kelmadi. Temurbek o'ta zukko va kuchli xotiraga ega bo'lgani bois bir qarash- dayoq kimning yo'qligini bildi. Biroq oliy dargohga kclganlar oldida lom-mim demadi. Saltanat ishlari to'g'risida so'zladi.
— Bundan buyon birorta bek, amir yoki lashkarboshi o'zboshimchalik bilan boshqa hududga qo'shin tortib bor- maydi. Qachonki bizdan ijozat bo'lsagina shunday ishni qili- shi mumkin. Biz chiqargan farmonga bosh egmagan, albatta, jazosini oladi. Kelayotgan bir oy mobaynida kosiblar, durad- gor ustalar, dehqonlar, cho'ponlar, qo'yingki, Movarounnahr aholisidan soliq olinmaydi. Shu gaplarni yaxshilab qulog'in- gizga quyib oling. Men oliy dargohda devon tuzib chiqdim. Kotib hammasini sizga tanishtirib chiqadi, — dedi Temurbek.
Shundan keyin Mir Sayyid Baraka so'zladi. Oldiniga So-
247
hibqiron Amir Temur Ko‘ragonl2ni olqishladi. Tcmurbekning adolat bilan siyosat yurg'izajagidan, dinimizni yanada yuksak- larga olib chiqajagidan umidi katta ekanini aytdi. Zero, Alloh tomonidan bejiz tanlanmaganini ham gapirdi.
Qurultoyga yig'ilganlarning hammasi unga termilib qolish- gan edi. Ayniqsa, Temurbekning tanlangan ckani tilga olin- ganida barcha birday qotib qoidi. Albatta, bu yangilik cmasdi. Ammo Mir Sayyid Baraka shunaqa ohangda gapirdiki, qurul- toy qatnashchilari schrlanib qolishdi.
Ertasiga Sohibqiron Zinda Chashmga elchi yubordi. «Hech narsadan xavotir olmasdan yonimga kelib tavba qilsin. Men uning oldingi hamma gunohlaridan kcchaman va amal bera- man», dedi. Zinda Chashm elchini nihoyatda izzat-ikrom bilan kutib olibdi. Oyog'ining ostiga qo‘y so'yibdi. Obdan siy- labdi. «Sen ketaver, men, albatta, hazrat amirimiz yoniga uzr so'rab boraman. Sohibqiron nihoyatda bag'rikeng inson. Mard. Albatta, so'zida turadi», debdi.
Biz elchi xabarlashganidan so‘ng bir hafta kutdik. Ammo Zinda Chashm so'zida turmadi. Buning o'rniga bir paytlar amir Husayn bilan dushman bo'lgan Bek Pirimshoh Orlot va uning o'g'li Tilonchi Amir Temurning yoniga muborakbod et- gani kelayotganida, ularning yo'lidan chiqibdi. Kcyin bazm uyuslitirib, ota-bolani mast qilibdi. So'ngra oyoq-qo'llarini bog'lab, ukasi Pir Muhammadga ularni qilichdan o'tkazish- ni buyuribdi.
Xabar kelganida men Mir Sayyid Baraka bilan birga Temurbekning qabulida davlatni bundan keyin qanday boshqarish to'g'risida gaplashayotgan edik. Temurbekning avzoyi o'zgar- madi.
Hech shubha yo'qki, — dedi u Mir Sayyid Barakaga qa- rab, — uning jazosi o'limdir. Ruxsat etsangiz, hazrat, hur- matingiz uchun men uni yana bir marta kechirsam.
Barmog'ingizdagi «Rusto-rosti» deya yozilgan uzuk be- korga taqilmagan. Olampanoh, qaroringiz nihoyatda adolatli, — dedi unga javoban hazrat.
O'ljaytubekni chorlangiz. Zero, u Zinda Chashmning
12 Temurbekni «Ko'ragon» nomi bilan birinchi bo'lib aynan Mir Sayyid Baraka atagan edi. Ko'ragon — xon kuyovi.
248
urug'idan. Borsin, qarindoshiga biz bilan yovlashish yomon oqibatlarga olib kelajagini tushuntirsin, — dcdi Temurbck.
Eshikbon shu zahoti tashqariga chiqib ketdi. Va ko'p o'tmay O'ljaytubckni boshlab keldi. Temurbek unga topshiriq berdi. Bek esa ikkala qo'lini ham ko'ksiga qo'yib qulluq qildi-da:
— Hazratim, farmoningiz bosh ustiga. Ammo men ora- ga tushsam-u, u gapimga kirmasa, huzuringizda uyatli bo'lib qolaman. Shunga ijozat bersangiz, o'g'Iim Xoja Yusufni jo'natsam, — dedi.
Temurbek kuldi. So'ng:
— O'g'ling uyatli bo'lib qolishidan qo'rqmaysanmi? — deya so'radi.
Bek qizardi. Boshini cgdi:
— Har holda, uning yoshi Zinda Chashmnikiga yaqin. Bal- ki...
— Sen aytganday bo'lsin, — dedi shu zahoti uning gapini bo'lgan Sohibqiron.
Buni qarangki, o'lgisi kelgan odam o'lish uchun, baribir, sa- bab topib olar ekan. Elchilar borishi bilan Zinda Chashrn ularni zindonband etibdi.
Bunday xunuk xabar Amir Temurni endi o'ta g'azablantirdi. Shu zahoti u qo'shinni tayyorlashni buyurdi.
Bir hafta o'tib, Shibirg'onga qarab yo'lga tushdik. Anchadan beri osuda hayot kechirayotgandik. Shunga bir oz erinchoq- lik tutib qolibdi. Negadir tinkam quriy boshladi. E’tibor qil- sam, boshqalar ham shu ahvolda. Birgina Temurbek bardam. U navkarlardagi o'zgarishni yarim yo'lga yetganimizda sezdi va qo'shinni yurishdan to'xtatdi.
— Baxtingizga, qudratli dushman yo'q. Aks holda, bir zarba bilan hammangizni qirib tashlagan bo'lardi. Otlaringizdan tushing!
Temurbekning amri vojib. Butun navkarlaru lashkarboshilar qariyb baravariga o'zini yerga otishdi. Birgina men ularni ku- zatib turardim.
— Abbosbek, — dedi Temurbek o'tkir nigohini menga qa- dab, — sizga alohida buyruq berishimni kutyapsizmi?!
Go'yo men qattiq uyquda-yu, birov ustimdan muzday suv quyib yuborganday bo'ldi. Va ortiqcha gap-so'zga o'rin qoldirmay otimdan tushdim. Temurbekning buyrug'ini kut-
249
dim. Mendan keyin uning o'zi ham pastga tushdi hamda navkarlarning bariga yugurishni buyurdi. Meni qoldirdi.
Uzoqdan qarab tursang, sipohlarning yugurishi g'alati ekan. To'g'ri, ular urush payti ham yugurishadi. Lekin unda bosh- qacha-da.
— Olampanohni ko*z qorachig'iday asrab yurganingizdan bag‘oyat xursandman.
Men darrov ortimga o'girildim. Ot ustida Saroymulkxonim o‘tirardi. Malikalar libosida yuziga oppoq to'r chachvon tash- lab olgandi. Go'zalligi o*sha to'rning ortidan ham ko'rinib tur- ganday edi. Buning ustiga, uning ovozi shunaqangi mayin edi- ki, shu bir og‘iz gapning o'ziyoq sizni eritib yuborishga qodir edi. Men darrov nigohimni yerga tikdim-da:
— Bu mening bosh vazifam, — dedim.
Vaholanki, oniy lahzada miyamga «Amir Husaynga ham shunchalik mehribon edingmi?» degan o'y o‘tdi.
— Vazifani turli odam turlicha bajaradi, — dedi malika.
— Jon qarzim bor.
— Faqat shu sababmi?
— Yo‘q, — deya men u tomonga beixtiyor qarab qo‘ydim. — Faqat uni Alloh hammaning orasidan tanlab olgan. Avvalo, mendan-da ko'proq Alloh uni asraydi. Ko‘p janglarda bo'lak- bo'lak savalashganmiz. Dushman biror marta bo'lsin ziyon yctkazolmagan unga.
Malika oppoq tulporini ortga burdi va haram yoniga ketdi.
Men shundagina Temurbek xotinlari orasidan Saroymulk- xonimni o'zi bilan birga safarga olib chiqqanini bildim. Samar- qanddan chiqayotganimizda u xotinlaridan birini va cho'rilari- ni safga qo'shganidan xabarim bor edi. Ular ulkan qo'shinning o'rtasida kelishayotgandi. Uchta tuyada va ikkita otda. Ammo aynan Saroymulkxonim hamsafar bo'lganidan bexabar ckan- man. Bu xonim Temurbekka xotin bo'lganiga unchalik ko'p vaqt bo'lgani yo'q; Ammo juda qisqa muddatda shu darajada yaqin bo'lib olganiga qoyil qolmasdan iloj yo'q edi.
Lashkar oyog'ining chigali yozilganidan so'ng Temurbek ularni ortga qaytardi.
Amu daryosidan o'tib, Shibirg'onga yetganimizda ma’lum bo'ldiki, Zinda Chashm juftakni rostlab qolibdi. «Qahramon eding, qochib qolibsan-ku, yaramas. Bundan ko'ra ko'ksing-
250
ga urib, maydonga chiqmaysanmi? «Men seni tan olmayman, Temurbek, sen hokimi mutlaq bo'lishga loyiq emassan», deb olishmaysanmi? Shunaqa quyonyurak ekansan, nima qilasan, o't bilan o'ynashib?» deya xayolimdan o‘tkazdim.
Temurbek darrov sakkizta sara sipohni Zinda Chashmning qayerda ekanini bilib kelish uchun yubordi.
Ular qochoqni Anjo qal’asiga kirib berkinganining xaba- rini yetkazishdi. Temurbek shu zahoti Nusratshohni lashkari bilan qal'ani ishg'ol qilish uchun jo'natdi. Ammo O'ljaytubek Tcmurbekning huzuriga boshini cgib keldi. Sohibqiron bir paytlar amir Husaynni qanchalik ko'p kechirgan bo'lsa, Zinda Chashmning ham navbatdagi gunohidan o'tdi. Albatta, bu tushuniksiz edi. To'g'ri, qo'shin Samarqanddan ko'p yo'l bosib keldi. Ozmuncha tashvish chekmadik. Endi Zinda Chashm bitta bekni o'rtaga qo'yib kechirim so'rasa, tavba-tazarru qil- sa, izimizga qaytib ketaveramizmi?
Shunday bir kayfiyatda turganimda, Temurbek:
— Alloh kechirguvchidir. Bizdan bundan katta gunoh o'tgandir. Agar Xudo kechirmasa, ahvolimiz xarob. Har neki bor, vaqti-soati bilan hal qilinadi. Xuddi amir Husayn bilan bo'lgani kabi, — dedi.
Shunga qaramasdan Zinda Chashm anchagina oltin-ku- mush berib yuborgan ekan. Temurbek ularning barini yangi barpo bo'lgan davlatning xazinasiga o'tkazib yubordi.
Keyinchalik, baribir, nafsingdan osilgur Zinda Chashm xonzoda Abulmaoli bilan til biriktirib, Balx hamda Termiz- ga hujum uyushtiribdi. Temurbek Jakubekni bu yaramasni daf qilish uchun yubordi. Jakubek uni Shibirg'ondan tutib kelti- rdi. Buni qarangki, Temurbek uni yana kechirdi. Podsholik, clu yurtga hukmronlik qilish hammaga ham berilmaganini, buning o'ziga xos og'ir tomonlari borligini yaxshilab tushun- tirdi-da, ko'p molu davlat berdi. Endi bir o'ylab ko'ring, qa- ysi zamonda shunaqa bo'lgan? Bu yog'i yo'qligingizdan foy- dalanib, hali u viloyatga, hali bunisiga bostirib borsa, sizga tegishli bo'lgan yerning odamlariga ziyon yetkazsa-yu, jazola- nish o'rniga mol-davlatga ega bo'lsa. Ochig'ini aytay, Temur- bekning o'rniga Jeta xonlari va yoki amir Husayn bo'lgani- da sira o'ylab o'tirmasdan Zinda Chashmning kallasini olgan bo'lardi.
251
Yo‘q, hartugul, Tcmurbekning nasihatlari va ko'rsatgan himmati bekor ketmadi. Zinda Chashrn sidqidildan xizmat qilishga kirishdi-yu, yana ko‘p o'tmay eski qilig’ini qildi. O'zi na ilonga, na chayonga va na tulkiga ishonib bo‘lar ekan. Oz- gina c’tibor berib, ozgina muruvvat ko'rsatsang, sal o'tmay us- tingga chiqishga va bilgan ishini qilishga urinib qolarkan. Biz garchi tilga tushgan, obro'ga ega bo'lgan davlatni boshqarish- ga kirishgan esak-da, shundoqqina yon biqinimizda jctaliklar borligini bir lahzaga bo'lsin unutishga haqimiz yo'q edi. Yana doimiy ravishda xavfsirab yashash ham kishini ko'p toliqtirib qo'yadi. Shularni o'ylagan Temurbek Jcta bilan urishmoq va uni daf qilmoq maqsadida Bahrom Jaloyir, Xitoyi Bahodir va Shayx Ali Bahodirni yubordi. Bu paytda mo'g'ullarda Ko'ppak Temur ismli obro'li lashkarboshi bor edi. Boshqalar birday unga itoat ctishardi.
Ammo biznikilar qovun tushirib kelishdi. Bir-birining go'shtini ycyishib, sharmandayi sharmisor bo'lib qaytib kclisli- di. Sohibqiron juda qattiq jahl otiga mindi. To'g'risini aytay, bunaqangi paytda uni hech narsa to'xtatib qololmasdi. Axir mamlakat garchi boshqa elatlar oldida Temurbek sabab obro'ga ega esa-da, hali to'la oyoqqa turib olgani yo'q edi. Mana shunday bir sharoitda bekiarning bunday qilig'i istalgan hukindor- ning sabr kosasini to'ldirib yuborishi hech gap emasdi. Biroq Temurbek ularni kechirdi. Nega kechirdi, tushunmadim. Hat- to ancha yaqin bo'lib qolganimiz bois Mir Sayyid Baraka haz- ratlaridan ham so'radim. Ammo u ham bilmas ekan.
— Taqsir, — dedim unga shu bahonada, — Temurbek ilgari bir necha martalab amir Husaynning gunohidan o'tgan. Hat- toki joniga qasd qilsa-da, kechirib ketavergan. Mana, oxir-oqi- bat, baribir, uni daf qilishga to'g'ri keldi.
— Наг narsaning yechimini Haqning o'zi biladi. Sohibqironning ko'ngliga kechirish mevasini berib turgan ekan, shuning o'zi ne’mat. Albatta, ana kechirdi, yana ishimni qol- gan joyidan davom etkizaveraman, deydiganlar xato qilishadi. lllo, har narsaning oxir-oqibat javobi bo'lgusi, — dedi hazrat.
Men keyinroq bildim. Malika Saroymulkxonim ularni ke- chirishni so'ragan ekan. Darhaqiqat, bu malika o'lkir chiqib qoldi. Temurbekning nikohiga kirganiga yil to'lmasidan bosh malikaga aylandi. Va buni hech shubha yo'qki, uning faqatgi-
252
na go'zalligiga yo‘yish xato bo'Iardi. Temurbek uncha-muncha dunyo ne’matiga c’tibor beravermasdi. Uning aqlu hushi o‘zga olam bilan band edi. Va shu sharoitda mana shunaqa qudratga ega bo'lgandi. Demak, malika aqlli. Darhaqiqat, kaminaning Bekasi bu haqda ko'p gapiradigan odat chiqardi. Emishki, Saroymulkxonim malikalarga Temurbek qarshisida o'zlarini qan- day tutishi haqida saboq berarkan. Va yana shahzodalar ham uning suhbati payti ortiqcha so'zlashmas, jon quloqlari bilan katta xonimning har bir gapini eshitisharkan. Ana shunday ayol kimsan Temurbekni qahridan tushira olibdi.
Sohibqiron qayta boshdan qo'shinni yig'ishga farmon berdi. Garchi afv haqida saroy a’yonlari eshitishgan csa-da, keyingi amr zudlik bilan bajarildi. Tcmurbekning shaxsan o‘zi bu gal safarga otlandi. Men yana Saroymulkxonimni o'zi bilan olsa kcrak, deb o'ylagandim. Ammo bunday bo'lmadi.
Sayramga yctganimizdayoq dushman bitta qolmasdan qochgani haqida xabar keltirishdi. Ammo shuning bilan birg; boshqa narsani ham eshitdik. Zinda Chashm yaramas Temur- bckdan qanchalik oqibat ko'rgan esa-da, baribir, Sohibqiron- ga qarshi Musabek bilan birga fitna tuzibdi. Albatta, ablahlil bundan ortiq bo'lmaydi. Ko'p uzoqqa bormang, mana, oxirgis hali sovib ulgurgani yo'q-ku. Temurbekning daragini eshitish bilan butun Jeta qo'shini oldi-orqasiga qaramay qochib qol- di-ku. Shuni ko'ra-bila turib, Mir Sayyid Barakaning Temur bekni Allohning panohida ekanini aytganini eshita turib han uning joniga qasd qilish payida bo'lasanmi?
Rcja bo'yicha Temurbek ovga chiqqanida uning joniga qas< qilinishi kerak ekan. Ammo ularning siri darrov oshkor bo'lit qoldi. Sababi, bizning har bitta bek, amir, lashkarboshi, bu yog'i devon allomalari yonida josuslarimiz yuradi.
Olampanoh Musabekning gunohidan o'tdi. Chunki Saroymulkxonim uning egachisining qizi edi. E’tibor bering, Temurbekning suyukli va sohibjamol, erkatoy kenja qizi bo'Imish Aka Begini uning o'g'liga berishga Sohibqironni ko'ndirgan edi. Shunday omad kulib turgan bir paytda Musabek qiliq chiqa- rib turganiga nima deysiz?! Yaxshiki, baxtiga Saroymulkxonim bor ekan. Aks holda, uning boshi tanasidan judo bo'lishi hech gap cmasdi.
253
Temurbek Zinda Chashmni ham o'ldirmadi. Uning oyoq-qo'lini bog'lab zindonga tashlashni buyurdi.
Saroy o'zgara boshlagan edi. Bekaning gaplariga qaraganda, malikalar va kanizaklar Temurbekka yanada yaqin bo'lib olish maqsadida o'zlarini har ko'yga solishni boshlab yuborishibdi.
Tez-tez haramdan cho'rilar va xizmatchilar karvonsaroy- ga borib kelishardi. Albatta, biz ularning nima maqsadda bo- zorga borishini bilardik. Shunga qaramasdan, shaxsan Temurbek ularning bunday bordi-keldilariga ko'z yumardi. «Mayli, ayol zoti, ayniqsa, saroy xonimlari o'zlariga katta e’tibor be- rishadi. Husnini yanada oshirish payida bo'ladi. Biroq sabab faqatgina shu bo'lib qolmasin. G'anim har qadamda topila- di. Ayniqsa, malikalar va kanizaklarni o'zaro dushman qilish payida bo'lganlar. Hech shubha yo'qki, bular, ayniqsa, amal- dorlar orasida ko'p bo'ladi. E’tiborli bo'ling, bitta cho'ri bir martadan ortiq karvonsaroy yoki bozorga bormasin», debdi u Saroymulkxonimga.
Temurbek so'zlayotgan paytda endilikda vaqtining asosiy qismini saroyda o'tkazayotgan bizning pari-paykar ham bor ekan.
«Sadoqatli bo'layin, saroyda bo'layotgan voqealarni birovga bildirmayin», deya o'ziga-o'zi qasam ichibdi. Va mahorat bilan naq yetti kun menga aytmabdi. Sakkizinchi kun esa chidol- may, baribir, gullab qo'ydi.
Men kuldim. Keyin:
— Bu gapni menga aytding, boshqaga aytma. Zero, Temurbek har bitta so'zini biror-bir maqsad bilan so'zlaydi. Holbuki, u Saroymulkxonimga o'sha topshiriqni sen yo'qligingda ham berishi mumkin edi. Sening guvohligingda katta malikaga top- shiriq beribdimi, demak, sen ham sinovdasan. Tilingga, xat- ti-harakatingga ehtiyot bo'l. Zinhor...
— Amirim, — deya gapimni bo'ldi Века, — malikalar orasida ixtilof bor.
Awalo, xonimning bevaqt so'zimni bo'lgani jahlimni chiqardi. Ammo shaytonga hay bcrib, uning gapini oxirigacha eshitishga qaror qildim.
Gapiring, xonim, — dedim jahldan tushish maqsadida barmoqlarimni qirsillatarkanman.
Malika Ulus kanizak Minglibekaga ziyon yetkazish payi-
254
ga tushib qolgan ekan. Faqatgina so'nggi lahzada kanizak za- harlanishining oldi olindi.
Men birdan scrgak tortdim va Bekaga termildim.
— Ovqatiga zahar solingan ekan. Biroq o'sha kuni Ming- libeka tanovul qilmadi. Isitmalab beishtaha bo'ldi. Tabib giyoh berish bilan birga taomini ham o'zgartirdi. Odatda, malika va kanizaklar tcginmagan yeguliklar oqsochlarga, xizmatchilarga berilgusi edi. Bunisi qandaydir sabab bilan tashqariga chiqib ketibdi va itning tovog'iga tushibdi. It o'libdi. Bundan katta malika xabar topdi. Ammo malika Ulusni chuqur siquvga ol- madi. Va o'zidan nariga o'tkazmadi.
— Ncga?! — baqirib yubordim men va o'rnimdan turib ket- dim.
— Olampanohning g'azabidan qo'rqdi. Va boshqa tomon- dan, ya’ni itning aynan shu taomdan o'lgani ham noma’lum edi.
— Bunga qancha vaqt bo'ldi?
— O'tgan oy edi.
— Katta malika nima qarorga keldi?
— Ulusni uch oyga Sohibqironning xosxonasidan chetlatdi Uning o'rnini to'la Minglibekaga berdi. Shuning bilan birga malikaning har bitta qadamini kuzatib borish uchun xufiyt ham qo'ydi.
— Uni saroydan butkul badarg'a etish lozim. Chunki bi marta qilgan ishini yana takrorlaydi. Keyin, albatta, u bunda; ahmoqlikni yolg'iz o'zi qilmagandir.
— Shunday, cho'ri Qunduzdan foydalanibdi. Qunduz amii Husayn saroyida ham malikaga xizmat qilgan ekan.
- Xo'sh!
— U saroydan badarg'a qilindi. Albatta, ovqatni zaharla- ganini bo'yniga oldi.
— Haligina malikaning aybi isbotlanmadi degandingiz-ku, xonim. Nega cndi gapingiz ikki xil chiqyapti?
— Amirim, menga po'pisa etmang. Men sizning cho'rin- gizman. Sizga aytayotganlarimning hammasi Saroymulk- xonimning so'zlari. U shunday dedimi, demak, shunday.
Men joyimga qaytib o'tirdim. «Katta malika amir Bayon Sulduzning qizi bo'lmish Ulusni himoyasiga olibdi. Bundan chiqdi, uning o'zida biron gap borga o'xshaydi. Yo'qsa, raqi-
255
balaridan birini sira ayab o'tirmagan bo'lardi», deya ko'nglim- dan o'tkazdim.
— Xonim, siz saroyda ko‘p bo'lasiz va asosiy vaqtingiz, adashmasam, Saroymulkxonim yonida o'tadi. O‘ta e’tibor- li bo'ling, endi nafaqat Ulusni, balki katta malikaning o'zini ham nazardan chetda qoldirmang.
— Siz malikadan shubhalanyapsizmi?
— Hamma narsa bo'lishi mumkin. Hozir men o'zimdan boshqa har kimdan gumonsirashga majbur bo'lyapman. Endi marhamat qilib, meni xoli qoldiring. Ayting, taom kcltirsinlar.
Ovqatlanib bo'lganimdan so'ng bir muddat dam olmoqchi edim. Ammo nasib etmadi. Olampanoh huzuriga chaqirayot- ganini aytishdi. Yechinib, yengil bo'lib olgan edim. Darrov kiyindim-da, yo'lga tushdim. Saroy unchalik ham uzoqda emas. Shu bois bir piyola choy ichgulik ham vaqt o'tmasdan yetib bordim. Saroyda lashkarboshilar va Mir Sayyid Baraka bor ekan. Temurbek meni yoniga chorladi-da, so'l tomoniga o'tqazdi. O'ngida esa Mir Sayyid Baraka o'tirardi.
— Biz Xorazm hokimi Husayn So'fiyga elchi yuborgani- mizdan barchangizning xabaringiz bor. U boshqa hukmdor bo'lmagani bois Xiva solig'ini o'ziniki qilib kelayotgan edi. Aslida, soliq Chig'atoy ulusiga tegishli. Men ushbuni bizga berishini talab qilgandim. Ammo u «Men Xorazmni qilich bilan olganman. Mendan oladiganning ham qilichi zoT bo'lishi kerak», deya urushga da’vat etibdi, — dedi Sohibqiron oldin hazratga, so'ngra menga qarab olgach.
— Olampanoh, — dedi Davlatshoh Baxshi. U devon beklar- idan biri edi. — Asli Xorazmga Chig'atoyning kuchi yetma- gan...
— Bilaman, hurmatli devonbegi, Husayn So'fiy Qo'ng'irot- dan. Shunday ekan, Xorazm zakotini olishga uning mutlaqo haqi yo'q, — dedi Temurbek unga qahrli nigohini qadarkan.
— Ulug' Xoqon, ijozat bersangiz, — deya boshini egdi shu payt Jaloliddin Keshiy. Bilimli, orifbu odamga Temurbekning hurmati baland edi.
— So'zlang, — deya chiroyini ochdi Temurbek.
— Hech shubha yo'qki, siz qo'shin tortib borsangiz, u qoch- gani joy topolmay qoladi. Shuningdek, joniga jabr qiladi. Agar
256
ruxsat etsangiz, men u aqlsizga sizga qarshi turmoq ulkan xato ekanini tushuntirsam va u tinch yo'l bilan itoatingizga kirsa.
Temurbek undan nigohini uzib boshqalarga qaradi. Kimga- ki ko'zi tushsa, o'sha bck, amir yoki vazir boshini egardi.
— Shundoq bo'lgani barcha dindoshlarimiz uchun ham foy- dali, — dedi Mir Sayyid Baraka.
Odatda, birovdan sado chiqmasa, darrov oraga Mir Sayyid Baraka aralashardi.
— Ma’qul. Biz ruxsat beraylik, Jaloliddin Keshiy mushkui- ni oson etsin.
Mashvarat tugagani zamon Temurbek ovni ixtiyor etib qoldi. U saroyda ko'p turolmasdi. Agar ov bo'lmasa, cho'lga chiqib, sipohlar bilan harbiy mashg'ulot o'tkazardi. Undan ham ortsa, kelib Mir Sayyid Barakaning suhbatida bo'lardi. Diniy mavzu- da qizg'in suhbatlar qurishardi ular. Shuningdek, davlatni mustahkamlash, adolat cgilib qolmasligi xususida gap ketardi. Bulardan tashqari, Temurbek har kuni xufiyalarni qabul qilar va ulardan ma’lumotlar olardi.
Ov juda maroqli kcchdi. Temurbekdan bugun o'tib ketdim. U to'rtta quyon otganida men kiyik ovladim.
— Bir marts shunday bo'lib qoldi, ulug* hukmdor. Boshqa takrorlanmaydi, — dcdim.
Temurbek otidan tushdi. Mening o'ljamni ko'rdi va dedi:
— Yo'q, kechirmayman. Birinchidan, erkagini ovlabsan. Ik- kinchidan yoshi katta. Jazosiga go'shtining bir qismini ola- man.
U hazillashib gapirdi. Biroq ohangi unday emasdi.
Oradan to'rt kun o'tib, xufiyalardan biri Temurbekning qa- buliga kirdi. Uning kcltirgan xabari tashvishli edi. Ya’ni Hu- sayn So'fiy Jaloliddin Keshiyning oyoq-qo'lini bog'lab, zin- donband ctibdi.
Tezda qo'shin yig'ish haqida farmon bo'ldi...
Buning uchun unchalik ko'p vaqt ketmadi. Chunki harbiy mashg'ulotlar payti Temurbek tez jamlanishni ham ishlab chiqqandi. Ammo yana bir holat bo'ldiki, buni, albatta, aytib o'tish zarur. Bozorlarda narx-navo xiyla ko'tarildi. Albatta, jangga chiqishdan oldin ko'p navkarlar bozorga borib, kerakli ul-bul narsalar sotib olishadi. Demak, sotuvchilarning qo'llari
257
qo'llariga tegmay qoladi. Bu esa tabiiyki, qimmatchilikni kcl- tirib chiqaradi.
— Bu xususda qaytganimizdan so'ng, albatta, maslahatla- shib olamiz, — dedi Temurbek.
Ulkan qo'shin chang-to'zon ko‘tarib, shimol tomon yo'lga tushdi. Men qo‘shinning u boshidan-bu boshiga ot choptirib borib keldim. Bunday ulkan qo'shin shu choqqacha Temurbek qo‘l ostida bo'lmagan. U doim ozchilik bilan g'alaba qozonib kelgan. Husayn So'fiyga achinib ketdim. «Nima qilarding qar- shi bo'lib? Temurbek haqida eshitgansan-ku axir. Tinchgina aytganiga ko'nsang, umringning oxirigacha muhtojlik sczmay o'tarding-ku», degim keldi.
Kot”ga yetganimizda josuslarimiz shu yerda Husayn So'fiyning Pirim Yasovul va Shayx Muhammad Mu’ayyid ismli ikki nafar begi borligi, ular navkarlari bilan birga shahar darvozala- rini berkitib olgani, shahar atrofi xandaq bilan o'ralganining xabarini yetkazishdi.
Temurbek darrov o'tin yig'ishni va xandaqlarni shox-shabba bilan to'ldirishni buyurdi. Keyin Ko'cha Malik ismli lashkar- boshiga birinchi bo'lib xandaqdan o'tib, devorga chirmashib chiqishini aytdi. Biroq kutilmaganda Ko'cha Malik bunday yumushdan bosh tortdi. «Devor ustida dushman lashkari nayza va kamon bilan qurollanib qarab turibdi. Men devorga yopishganim hamon ular meni o'ldirishadi», dedi. Temur- bekning qahri keldi. Ammo indamadi. Xumori yasovulga isho- ra berdi. U bir so'z demay yugurib ketdi.
Qal’a qiyinchiliksiz egallandi. Shundan so'ng harbiy inti- zomni buzgani uchun Ko'cha Malik kaltak bilan jazolandi. Va eshakka teskari o'tqazilib, Samarqandga jo'natildi.
Yo'lda davom etdik. Yo'l-yo'lakay duch kelgan barcha qish- loq va kentlami ixtiyorimizga o'tkazaverdik.
Bundan xabar topgan Husayn So'fiy qal'asini ichidan berkitib oldi. Sohibqironga maktub yo'llab, kcchirishini va jonini omon saqlashini so'radi.
— Er kishining boshida tashvish yo'q. Vale tashvishni uning o'zi qidirib topadi, — dedi Temurbek hamda Xorazm hoki-
” Hozirgi Beruniy shaharchasi.
258
mining gunohidan o‘tmoqchi bo'lib turganida boshqa xabar kelib qoldi.
Kayxusrav Xuttaloniy o'zining odamini Husayn So'fiyning yoniga yuboribdi. «Sen Temurbekning haybatidan, gaplaridan mutlaqo qo'rqma. Men uning ojiz tomonini bilaman. Lash- karingni shahardan tashqariga olib chiqib, jangga hozirla. Men bu yoqdan senga yordam bcraman. Va ikkimiz, albatta, uni yengamiz», debdi.
Temurbek o'ziga qarshi turadigan qo'shindan emas, Kayxusrav Xuttaloniyning navbatdagi xiyonatidan qahri keldi.
Qovun daryosining narigi sohilida Husayn So'fiyning lash- kari saf tortganidan keyin Temurbek harakatga tushishni buyurdi.
Daryodan o'tish uchun maxsus tayyorgarlik ko'rmadik. Ot choptirib borib u bilan birga daryoga o'zimizni uraverdik. Bir- gina Elchi Bahodirni hisobga olmaganda hamma omon-eson o'tib ketdi. Unga kamon o'qi tegdi. Va otidan ag'nab daryo- da oqdi.
Temurbek shu safar jangga kirmadi. O'z ixtiyori bilan emas, beklar va amirlar «Siz aslo tashvish tortmang, yovni o'zimiz bir yoqli qilib kelamiz», deganlaridan keyingina jangni kuza- tish bilan chcklanadigan bo'ldi. Men oldingi qatorda bordim. Va dushman bilan birinchi to'qnashganimdayoq ularning ni- hoyatda ojiz ckanini sezdim. So'ng bilganimcha qilich o'ynat- dim. Hash-pash deguncha ko'p talafot ko'rgan raqib ortiga chekinib, asta-sekin qochishga tushdi. Va oxir-oqibat qal’aga kirib, darvozalarni berkitishga zo'rg'a ulgurdi. Dushmanning sal-pal tuzukroq jang qiladigan sipohi qarshimdan chiqib qoldi. Uni daf qilgunimcha ozroq vaqt sarflashimga to'g'ri keldi. Aks holda, darvozani berkitishlariga yo'l qo'ymagan bo'lardim.
Qo'shin qal’ani butunlay o'rab oldi. Temurbek darvozani buzishni buyurdi. Biz ishga kirishmoqchi bo'lganimizda ichkaridan xabar keldi. Husayn So'fiy yurak xurujiga uchrab, vafot etibdi. Uning o'rnini Yusuf So'fiy cgallabdi. Bu xabar o'zimizning xufiyalardan keldi. Sal o'tib esa Yusuf So'fiy qal’adan oq bayroq ko'targan elchisini chiqardi. Elchi ta’zim qilganidan so'ng tiz cho‘kdi-da:
— Hazrat, Yusuf So'fiy gunohimizdan o'tib, jonimizni omon qoldirishingizni so'rab mcni yubordi. Biz Husayn So'fiyning qilgan noma’qulchiliklaridan g'oyatda afsusdamiz. Sizdan kel-
259
gan elchini zindonband ctganidayoq bunday ish nomaqbulligi- ni unga aytgandik. Biroq bizga quloq solmadi. Endi o'zi o'ldi- yu, butun xalqning hayotini xavf ostida qoldirdi, — dcdi.
Elchi yig'lab gapirdi. Sidqidildan yig'ladi.
— Biz, — dedi Temurbek yonida turgan Mir Sayyid Barak- aga qarab olib, — hammaning gunohidan o'tamiz.
Elchi shu zahoti boshini ko'tarib, Temurbekka qaradi. Uning yuzi kulib turardi.
— Biroq bu hammasi emas. O'zingizga tcgishli bo'lgan nar- salarning hammasini olib chiqasizlar, albatta. Bundan tashqari, xabarlarga qaraganda, Yusuf So'fiyning inisi Oq So'fiyning «Xonzoda» nomi bilan mashhur Sevinchbeka ismli sohibjamol qizi bor ekan.
— Shunday, Xoqon hazratlari, shunday, — dedi elchi bosh irg'ab.
— O'sha pariruxsomi o'g'limiz Jahongir mirzoga so'rasak, yangi hokim nima der ekan?
— Bundan uning boshi osmonga yetadi. Albatta, hozirning o'zidayoq men hokim janoblariga taklifingizni yetkazaman. Va o'ylaymanki, u hech bir e’tirozsiz siz bilan quda bo'ladi.
— Unda boringiz va bizning taklifimizni xojangizga yetka- zingiz.
Elchi xo*p bama’ni odam ekan. Soch-soqoli oppoq, yuzi- da qandaydir nur borga o'xshaydi. Yana so'zlari dona-dona. Yig'isidan ko'rdimki, o'zi uchun emas, eli uchun qayg'urdi. Endi omonlik tegib, xursandligini yashirmay chiqib kctdi.
Qal’a darvozasi ochildi. Hokim chiqdi. Temurbek bilan uchrashdi. «Qizimizning sepi tayyor turibdi. Siz aytgan payt- da uni beramiz, ammo siz shunchalik ulug'sizki, yana ozgina taraddud ko'rmasak bo'lmaydi», dedi.
Temurbek rozi bo'ldi va Kayxusrav Xuttaloniyni olib kelish- larini buyurdi. Yusuf So'fiyning imosi bilan qo'llari bog'langan Xuttaloniy Temurbekning qoshiga keltirildi. U Sohibqirondan o'n qadamcha berida tiz cho'kdi.
— Sening bizga xiyonatingning adog'i yo'q. Shu paytga- cha gunohingdan o'tib keldim. Ba’zi paytlari o'g'lim — sening kuyoving Jahongir mirzo omonlik so'radi. Ammo endi hech kimning so'zini olmayman. Sen amir Husaynni qatl et-
260
gan cding. Endi o'zingni uning lashkarboshilariga topshira- man. Qul qilib sotishsa ham, qatl etishsa ham o'zlarining ishi!
— Amirim! Hazratim! Jonim qo'iingizda bo'lgan zot!..
— Bas, — baqirdi Temurbek, — bu kalimani tilingga ola ko'rma! Hech bir odam bolasining joni hech bir odam bolasi- ning qo'lida emas! Alloh! Faqat ugina hokim jonga! Xiyonat- korni ko'zimdan yo'qoting!
Abgor bo'lgan Xuttaloniyni ikki zabardast sipoh dast ko'ta- rib tashqariga olib chiqib ketdi. Shu kunning o'zidayoq amir Husaynning navkarlari uning boshini tanasidan judo qilishdi.
Biz hali Qarshiga yctib bormay xabar kcldi. Kayxusrav Xut- taloniyning o'g'li Muhammadbek, Xizr Yasuriyning o'g'li Ishoq va Mahmud Buxoriy tutqindan qochib, Yusuf So'fiyning yoniga boribdi. Avrabdi. Temurbekka qarshi qayrabdi. Bu ham yctmaganiday Kotni vayron etibdi. Temurbek xabarni bosiqlik bilan eshitdi. So'ngra ovga chiqishimizni aytdi.
Biz tog'u toshlarda qorong'i tushguncha yurdik. Ov nomi- gagina bo'ldi. Aftidan, Temurbek ov bahonasida ma’Ium bir reja tuzdi... Qaytib kclsak, Kayxusravning qizi — shahzoda Ja- hongirning xotini motam libosini kiyibdi. Bu gap Temurbekka zarracha bo'lsin ta’sir etmadi.
Men o'zimga atalgan saroy xonasiga kirdim. U yerda meni Века kutib o'tirar edi.
— Nima bo'ldi, xonim? Malika motam libosida ekan, — dedim o'zimni go'llikka solib.
— Xorazmdan qaytganingizdan beri uning chiroyi ochilma- di. Katta xonim bilan arazlashib ham oldi. «Nega Sohibqiron olamni o'ldirishga farmon berdi?» dedi ko'zida yosh bilan. Sa- roymulkxonim esa «Bu urushning qoidasi. Qolaversa, otan- giz Olampanohga xiyonat etib, Xorazm hokimini unga qarshi qayragan. Bunday odamning jazosi shu», deb javob qaytar- di. «Aslida, sizning bizga dushmanligingiz bor, chunki erin- giz amir Husaynni otam o'ldirgan edi. Shuning xunini olish payida bo'lgansiz!» deya qichqirdi kichkina beka. Saroymulk- xonimning birdan tusi o'zgardi. «U ham xuddi otangiz kabi edi. Bundan tashqari, ko'zi och edi. Ana shu badnafsligi boshi- ga yetdi. Men uni allaqachon unutganman. Temurbek odil ki- shi. Otangizning oldingi xiyonatlarini kechirib kelgan. Otangiz sizni, qudachilikni o'ylaganida bunday xiyonatga qo'l urmagan
261
bo'Iardi; Bas qiling, azangiz bilan saroy havosini buzmang», deya kichik xonimni urishib berdi. Shunday bo‘lsa-da, u mo- tam libosini kiydi. Undan keyin Jahongir mirzoning Sevinch- bekaga uylanajagini eshitib, battar qayg'uga tushdi, — deya Века boshidagi ro'molini yechdi. Uning sochlari qop-qora. Hali bir dona ham oq tushmagan. Va yana tanasida so'lish alomatlari ham yo‘q. Men bilan birga ozmuncha tashvish chek- dimi axir? Qolaversa, Marvda Temurbckning tavsiyasiga bi- noan Muborakshohning inisi Davlatbekning qizi Shirinbeka- ga uylandim. U chiroyda saroydagi malikalarning birortasidan qolishmaydi. Buning ustiga, oqila. Ammo u ham Bekani qari- ta olmadi. Udum shunaqa, deya oddiy holday qabul qilgan edi u mening navbatdagi uylanishimni. Undan tashqari, yana ik- kita kanizagim bor. Ular ham Bekani mcndan sovuta olmadi. O*zim ham ko'proq Века bilan maslahatlashaman, suhbat qu- raman. Bitta kichik aybi — saroyda bo'lgan voqealarning ham- masini menga oqizmay-tomizmay gapirib bcradi.
— Janggohda Kayxusravning aybi bilan ko'p bahodirlarning joni uzildi. Ularning-da xotin, bola-chaqalari bor. Shunday ekan, kichik xonimning qayg'usi ortiqcha, — dedim men.
Qahraton qish ortda qolgach, biz qo'shin to'plab, yana Xo- razm ustiga yurish boshladik. Ammo bu safar urush bo'lma- di. Yusuf So'fiy tavba-tazarru qilib chiqdi. Buning ustiga, Sevinchbekani sarposi bilan jo'natdi. Temurbek boshqalarni kechirgani kabi uning ham gunohidan o'tdi. «Bizning kelini- mizni butun cho'rilari bilan Samarqandga yuboring. Shunday bir to‘y qilaylikki, dong'i yetti iqiimga yetsin», dedi.
Samarqand bino bo'lganidan beri bunday ulkan to'yni ko'nnagan bo'lsa kerak. Shahar ko'chalari bayram libosini kiydi. Shahzoda bilan Sevinchbekaning oyoqlari ostiga gul- Jar sochib turildi. Sozandalar sozlarini chaldi. Butun shahar ahli shodu xurram edi. Hammani birdek to'y, bayram kay- flyati chulg'ab olgandiki, xuddi ilgari mutlaqo g'am-tashvish bo'lmagandek. Temurbek ham shu kuni ochilib o'tirdi. Xotin- lariga va kanizaklariga turli-tuman taqinchoqlar sovg'a qildi. Bundan tashqari, shahar aholisiga ham tilla, kumush tangalar, taom tarqatdi. Men esa xufiyalarni bozorga, guzarlarga yubor- dim. Ular hazildan o'zga gap topib kelishmadi. Hazil ham o'ta
262
beozor ekan. Temurbek har kuni shundayin to‘y qilsin-u, bizning boshimiz maishatdan chiqmasin.
To*y oxirlab-oxirlamay Olampanoh cho'lga navkarlar bilan chiqib ketdi.
— Biz kunu tun bunday ishrat qilaversak, istalgan yov boshimizga qo'shin tortib kelib, bor maishatimizni burni- mizdan chiqarib olishi hech gap emas. Shu bois hozircha o'zim, keyinroq, ya’ni to'y butkul oxirlagach, boshqa lashkar- boshilar harbiy mashg'ulot bilan mashg'ul bo'lsinlar, — dedi u.
Kuzatdim. Oqsoqlanishiga qaramay Temurbek hali-hamon hammadan chaqqon va chapdast edi. U biryo'la uch-to*rt sipoh bilan o'rtaga chiqar va hammasini yengardi. Qolaversa, shug‘ullanayotgan har bit navkarning yoniga borib, qilich ush- lash, hamla va himoyani ko’rsatib bcrardi. To‘g‘ri bajarayot- ganlarni ko'rganida csa yelkasiga qoqib qo'yardi. Bundan tashqari, kechalari diniy va dunyoviy ilm o'rganishni ham kanda qilmasdi. Bir kuni uni yig’lab turgan holda uchratdim. Yosh- ligimiz qariyb birga o'tgan, juda ko'p janglarda birga bo'lgan- miz. Hatto uning oyoq va qo'Iiga kamon o‘qi sanchilgani- ni ham o‘z ko'zim bilan ko'rganman. Biroq ko‘z yoshini sira ko'rmagan edim.
— Nirna bo‘ldi, Olampanoh? — dedim hayratimni yashi- rolmay.
— Qo'rqyapman. Allohdan qo'rqyapman. Qilayotgan ish- larimda xato yo'qmikin. ibodatim kamu ko'stmi, shularni bil- mayman. Sizga oson, amir, buyruq bajarasiz. Mabodo buyruq noo'rin bo'lsa va siz uni ado etsangiz ham gunohi mcning yelkamga tushadi. Qiyomat kunining o'zi ellik ming yil. Um- rimiz esa judayam oz. Lekin shu oz umrning sarhisobini ellik ming yil kutamiz. Va u yog'i jannat yoki do'zax. Xudo ko'rsat- masin, ikkinchisiga banda bo'lsak, necha vaqt o'tda kuyamiz? — dedi u kuyunib.
— Hazratim, siz ulkan ishlarni ado etib kclyapsiz. Mana, Movarounnahrda osoyishtalik hukmron. Sizgacha ozmuncha qirg'inbarotlar sodir etilayotganmidi? Hech bir bek yoki amir ikkinchisiga bo'ysunmas va buning orqasidan oddiy xalqning qoni to'kilmoqda edi. Hammasiga chek qo'ydingiz. Odamlar erkin nafas ola boshladi. Alloh xohlasa, hali ko'p yumushlar- ni bajarasiz va bu yerlar gullab-yashnaydi. Ko'p qayg'u chek-
263
mang. Gunohingizning ortiqligini aytdingiz. Ammo unut- mangki, savobingiz ham bisyor, — deya xoqonni yupatgan kishi bo'ldim.
— Men pirimiz hazrat Mir Sayyid Barakaga ayidim va siz ham eshiting! Mabodo kunim bitib qolsa, valiahd Jahongir mirzo! — dedi Temurbek ko'zimga tikilib.
— Olampanoh, albatta, Jahongir mirzo bunga loyiq shahzoda. Ammo bu gapni aytishga hali judayam crta... Endi men sizning keyingi rejangizni bilmoqchi edim, — deya gap o'za- nini boshqa tomonga o'zgartirdim.
— Bu haqda Xorazmga ikkinchi yurishimizdan oldin o'ylab qo'ygandim. Agar Yusuf SoTiyning fe’li o‘zgarib qolmagani- da oldinroq ham boshlashimiz mumkin edi. Biqinimizda Jcta qo'shini turibdi. Uni bir lahzaga ham unutmasiigimiz zarur. Agar bamaylixotir o'tirsak, ertami-indin qiiich yalang'ochlab kelishi hech gap emas. Shunday ekan, viloyatlardagi barcha yuzboshi, mingboshi va lashkarboshilarga xabar jo'nating, tez- da qo'l ostidagi navkari bilan kelib bizga qo'shilsin, — dedi Temurbck.
— Bosh ustiga. Odil qaroringiz muborak bo’lsin... Yana bit- ta kichik narsani sizga eslatsam. Xorazmga oldingi yurishiiniz avvalida bozorda qimmatchilik paydo bo'lgan edi...
— Esimda, — so'zimni bo'ldi Temurbek, — bozorboshi- ga yetkazing, u hamma savdogarlarni ogohlantirsin, yurish boshlanish mahali narx-navo oshsa, boshlari tanalaridan judo qiiinadi. «Bizning xabarimiz yo'q edi», degan gapni cshitmay- lik.
Men qo'limni ko'ksimga qo'yib:
— Xuddi siz aytganday bo'ladi, — deya o'tovdan chiqib ket- dim.
Barcha tayyorgarlik ko'rilganidan so'ng ulkan qo'shin yo'lga tushdi. Havo salqin, tuproq nam bo'lgani bois chang ko'taril- madi. Samarqandning shimoli-sharqiy darvozasi yonida Shahar aholisi bizni kuzatib qo'ydi.
Qatavon raboti (Samarqand bilan Jizzax orasidagi kent) ga yetganimizda havo shunaqangi sovib ketdiki, tashqarida turib bo’lmay qoldi. Bu ahvolda safarni davom cttiradigan bo'lsak, ko'p sipohimizdan va ot-ulovimizdan ayrilib qolishimiz hech
264
gap cmasdi. Shu bois Temurbek yana ortga qaytishni, kun isiganidan so'ng safarga chiqishni buyurdi.
Sovuq sabab izimizga qaytganimiz kunday ravshan esa-da, hamma shahar aholisi hayratda edi. Shu bois Temurbek jarchi- larga shaharga bu haqda e’lon qilishni buyurdi.
Sovuq qaylib, kunlar isiy boshlaganidan so'ng biz qo'shin- ni oyoqlantirdik. Oldingisiga qaraganda bu safar yaxshilab dam olgan qo'shin ildamroq yura boshladi. Bir kunlik yo'lni qariyb yarim kunda bosib, Sayramdan o'tib ketdik va Cho- run mavzesi (Almatidan sharqroqdagi Hi daryosining quyilish joyi) da to'xtadik. Va o'tov tika boshlaganimizda ilgari ketgan josuslarimiz jetaliklardan birini tutib keltirishdi. Uni men dar- rov Tcmurbekning o'toviga boshlab kirdim. U piri Mir Sayyid Baraka bilan suhbatlashib o'tirgan ekan.
— Bu kirn bo'ldi? — deya so'radi tutqunni ko'rsatib.
— Olampanoh, Jeta lashkarboshilaridan biri, — javob ber- dim unga.
Temurbek unga boshdan oyoq razm solib chiqdi-da:
— Jeta bilan aloqa bog'lamaganimizga ko'p bo'lib ketdi. Va hattoki hokimi kimligini ham bilmaymiz. Menga shularni ga- pirib bersang, — dedi.
— Jeta hozir dug'lat urug'idan bo'lmish Qamariddinning qo'l ostida. U tinimsiz ishrat bilan mashg'ul bo'lgani bois sizning qo'shin tortib kelganingizdan bexabar, — javob ber- di tutqun.
— Bunisi ayni muddao. Ammo har bitta yolg'on so'zing boshingga yetishini unutma. Sipohlari qay ahvolda?
— Bemalolgarchilik sabab ular oldingidan ancha bo'shash- gan. Birov bilan urushishga hollari yo'q.
— Sendan o'zga xabar kerakmas. Bizga yo'lboshlovchilik qilasan, — dedi Temurbek. — Buni olib borib bandi eting. Ochiqqan ko'rinadi, qornini ham to'yg'azing.
Men asirni olib chiqishni yasovullarga nigohim bilan buyurdim. Ular tutqunni tashqariga yetaklashdi.
— Shahzoda Jahongir mirzo old qo'shinda boradi. Va u bi- rinchi bo'lib jangga kiradi, — dedi Temurbek asirning qorasi o'chishi bilan.
— Olampanoh, — dedim men shu zahoti, — shahzoda hali juda yosh. Unga ziyon-zahmat yetishi mumkin.
265
— Amir, — dedi Temurbek kulib, — siz bilan men bi- rinchi marta savashganimizda necha yoshda edik? Esingizdan chiqdimi?
Zumda ko*z oldimdan yilqimizni qidirib jang qilganimiz o'tdi.
— Bizning o'zga ilojimiz yo‘q edi, — deya so'zimning to'g'riligini isbotlamoqchi bo'ldim.
— Shahzodaning ham o'zga iloji yo*q. Oldingi qatorda jang qiladi. Uning taqdiriga shu bitilgan. Valiahd ekan, valiahdli- gini ko'rsatsin.
Men hech nima deyolmay qoldim. Temurbek shunday qaror chiqargan ekan, shunday bo'ladi. Boshqa chora yo‘q.
— Agar ruxsat ctsangiz, uning yonida bo'lsam, — dedim men.
— Ma’qul ish. Ammo siz kuzatuvchi bo'lasiz, xolos. Ya’ni- kim jangga kirmaysiz.
— Bosh ustiga, Olampanoh, — deya o‘ng qo‘limni ko'ksim- ga qo'yib, boshimni egdim.
Shahzoda navqiron edi, qiziqqon edi. Otasining unga isho- nib qo'shinni bergani va o*zi lashkarni boshlab borib, birin- chilardan jangga kirishini eshitib jo'shib ketdi. Albatta, Jahongir mirzo puxta tayyorgarlikdan o'tgan. Bundan tashqari, Temurbek reja tuzayotganida 0'g‘lini ham yoniga o'tqazib, tez- tez undan fikr so*rab turardi. Shu boisdan ham undan ko'ngil to*q, deyish mumkin edi. Biroq urush o*z nomi bilan urush. Unda kutilmagan voqealar juda ko‘p bo'ladi. Jahongir mirzo, baribir, Temurbek emas. Temurbekning ko'zga ko'rinmas himoya qo'rg'oni bor. Shu bilan birga u ikkala qo'lida ham baravariga qilich o'ynata oladi. Shahzodada esa bunday iqti- dor yo'q edi. Arsuski, shunday. Bundan tashqari, Temurbek uning yoniga ko'pni ko'rgan, tajribali jangchilarni emas, bal- ki o'zi tengi, o'zidan bir-ikki yosh katta bo'lganlarni qo'ygan- di. Bu shahzodaga bo'lgan xavfni yanada orttirib yuborardi. Temurbek «Jangda birov-birovni himoya qilolmaydi. Shu bois faqat o'zing o'zingni dushman hamlasidan saqlashing shart. Aks holda, tig' senga ro'para bo'ladi», derdi.
Baraka G'o'riyon (hozirgi Jalanash va Kogen oralig'i) de- gan joyda Jeta lashkarboshisi Qamariddin bizning borayot- ganimizdan xabar topganini va uch dare nariga o'tib, raqibni qarshi olishga shay bo'lib turganini aytishdi. U yergacha ik-
266
kita daryodan kcchib o'tish kerak edi. Men shu daryolardan o'tayotganimizdayoq Qamariddinning no'noq ekanini sezdim. Chunki daryo bo'ylari pistirma uchun qulay joylar ekan. Agar kichik-kichik bo'linmalarni yashirganida bizga ko'p talafot yetkazgan va kuchimizni zaiflashtirib qo'ygan bo'lardi. Shun- day qilmabdimi, demak, uni yengish oson.
Nihoyat, dushman bilan ro'para keldik. Ular bizga qar- shi uzundan-uzoq saf tortishibdi. Oldingi qatorga kamonchi- lar joylashgan. Demak, biz yaqinlashsak, boshimiz uzra o‘q yomg‘iri yog'iladi.
— Rejangiz bormi, shahzodam? — deya so'radim Jahongir mirzodan.
— Qo'shinni uch bo'lakka bo'lamiz. Ikki qanot va ilg'orga, — dedi u.
— Ma’qul. Biroq ochiq borolmaysiz. Otangiz boshqacharoq tartib qilgan bo'lardi, — dedim men.
— Ayting, amir. Otam qarshisida yuzim yorug' bo'lishi lozim, — deya menga umid bilan tikildi Jahongir mirzo.
— Oltita bo'linma qiling. Uchta ilg'or piyoda va uchta otliq. Piyodalarning hammasi kamonchilar bo'lishsin. Va ular qal- qonlariga himoyalangan holda oldinga boraverishadi. Dushman o'q yog'dirishni bas qilgach, ular boshlashadi. Keyin ot- liqlarga yo'l bo'shatib, shamshirlarini qo'llariga olishadi.
Hujum boshlandi. Shahzoda garchi men unga otliqlar safida bo'iing desam-da, ilg'or qo'shinning eng oldingi qatoriga o'tib oldi. Va aynan uning bo'linmasi qolgan ikkitasiga qaraganda ildamroq yurib, dushmanga yaqinlasha boshladi. Mana, xuddi men aytgandck bo'ldi. Biznikilardan bitta-ikkitasining yiqil- gani ko'zga tashlanib turdi. So'ngra ularning o'zlari kamon- dan baravariga o'q otishib, dushmanni tutday to'kishga tushib ketishdi. Raqibning chavandozlari oldinga tashlanganida Jahongir mirzo nog'ora chaldi. Butun qo'shin yoppasiga hujum- ga o'tdi. Va men bilan o'n chog'ligina otliq navkar qoldi. Ichim kuyib, ko'zim o'tday yonib ketdi. Ostimdagi ot tipirchiladi. Zo'rg'a jilovidan tortib, jonivorni to'xtatib turibman.
Ikki qo'shin bir-biri bilan to'qnashdi. Mening yuragim o'ynayapti. Ishqilib, shahzodaga biror nima bo'lmasin, dey- man. Ikki ko'zim u jang qilayotgan tomonda. Oldiniga bizni- kilar sal orqaga siljiganday bo'ldi. Keyin dushmanni quvishdi.
267
— Said Bek, — dedim yonimda turgan navkarga, — bos! Shahzodaning yoniga bor. Uni himoya qil!
Navkar zo'rg'a chidab turgan ekan. Buyruqni eshitishi bilan tulporini qamchiladi. Ot turgan joyida bir kishnadi-da, yelday uchib ketdi. Uning jangga borib qo'shilganini aniq ko'rdim. Raqib qochishga tushdi. Xuddi shu mahal savashni xuddi mcn- day qarama-qarshi tomondagi tepalikda turib kuzatayotgan Qamariddin jang maydoniga ot choptirib kcla boshladi. Sham- shirimni mahkam ushladim. Tishimni tishimga bosib, zo'rg'a chidab turdim. Hartugul, raqib lashkarboshisining jangga kiri- shi hech nimani o'zgartirmadi. Faqat raqibning chekinishini bir oz to'xtatdi. Va oradan bir muddat o'tib, Qamariddin jangga qanday kirgan bo’Isa, xuddi shunday qochishga tushdi. Bu paytda quyosh botish arafasida edi.
Men bu yog'iga qarab turolmadim. Qolaversa, shahzoda ishni uddalab bo'lgandi. Endi qo'shilsam, Sohibqiron inda- maydi. Qolaversa, Jahongir mirzo hali-hamon piyoda. Unga ot yetkazib berishim ham kerak edi.
— Shahzodam! Shahzodam, yov qochdi! — dedim Jahongir mirzoning yoniga yetishim bilan. — Otingizga mining!
U boshdan-oyoq qonga bo'yalibdi. Shubhasiz, bu dush- manning qoni edi. Shahzoda tulporning jilovidan ushlab, bir sakrashda egarga mindi. Shundan bildimki, hali charchamab- di. Kuchi ko'p.
Qochib borayotgan raqibni birma-bir yer tishlatib keta boshladik. Ularning ko'pehiligi qochishdan foyda yo'qligini bilib, qurol-yarog'ini tashlab, ikkala qo'lini ham ko'tarib, tav- ba-tazarru qilishga tushdi. Ularga indamadik. Shunchaki asir olaverdik. Qamariddin bir to'da navkari bilan qochishga ulgur- di. Biz g'alaba qozondik. Bu Jahongir mirzoning birinchi mar- ta mustaqil jangga kirib, g'olib chiqishi edi.
Zamin uzra qorong'ilik cnib, odam odamni ko'rmay- digan bir holga kelganida bizning ort tomonimizda juda ko'p mash’alalarga ko'zim tushdi. Tcmurbek qolgan qo'shin bilan yetib kelgan edi.
— Olampanoh, — dedim men uning yoniga borganimdan so'ng, — Jahongir mirzo arslon kabi olishdi. Aynan uning sa’y-harakati bilan dushman mag'lub bo'ldi. Ko'pini qirib tashladik, ko'pi asir olindi.
268
— Amir Abbosbek! — dcdi Temurbck menga. — Siz jangga kirdingizmi?
— Aslo, hazratim. Kamina qulingiz dushmanni quvishda- gina ishtirok etdi.
— Unda durust! Mchnatimiz zoye kctmabdi! Qamariddin qo'lga tushdimi?
— Afsus, — dedi yonimda turgan shahzoda, — u birinchi- lardan bo'lib qochgani bois tutishning imkoni bo'lmadi.
— Shahzoda, jasoratingiz, albatta, tahsinga loyiq. Ammo bu sizni xotirjam etmasin. Kiyimingizni almashtirib, malika onangiz Saroymulkxonim yoniga boring. U sizni mushtoq bo'lib kutib turibdi, — dcdi Temurbck. So'ng lashkarboshilar tomonga yuzlanib, — Dovudbek, Husaynbek va Uch Qaro Ba- hodir, Qamariddinning ortidan tushingiz. Shunday qilingki, u qo'lga tushsin!
— Hazratim, — dcdi ketishga chog'langan Jahongir mirzo, — ruxsat eting, kamina qulingiz ham ular bilan borsin! O'zim qochirgan yovni o'zim tutish ilinjidaman!
— Shahzodam, — dcdim men, — bugungi jangda haddan ortiq olishdingiz. Ulkan yumushni ado ctdingiz va toliqdin- giz! Nomlari zikr etilgan bahodirlar g'oyat chapdast. Shu bois orom olganingiz ma’qul.
— Yo'q, — dedi Temurbek, — ko'nglida istak bor ekan, biz ruxsat bcramiz. Va o'zi yumushni oxiriga yetkazsin.
Jahongir mirzo shodlanib ketdi. Shunga qaramasdan ota qoshida odobsizlik qilmadi.
— Olampanoh, ishonchingizni oqlash uchun jonimni qur- bon etishga ham tayyorman, — dedi.
— Shahzoda, jonni tikmoq xatodir. Uni asramoq kerak. Raqibni bo'ysundirmoq lozim, ana shunda ishonch oqlanadi. Jonsiz tana esa mag'lubdir.
Ertasiga tong otar-otmas bahodirlar Qamariddinning ortidan kctishdi. Men va jangda ishtirok etgan navkarlar, lashkarboshilar csa dam oldik. Temurbekning yonidagilar oldinga siljidi. Ular jang qilishi mumkin bo'lgan shahzodaga yordam berishi kerak edi.
Ertasiga Jahongir mirzo qaytib kcldi. Uning so'zlariga qa- raganda, Qamariddin yolg'iz o‘zi qochishga ulguribdi. Qolgan hamma qo'lga olinibdi, shu jumladan, Shamsiddinbekning xo-
269
tini Buyon og‘o va qizi Dilshod og‘o ham. Bundan tashqari, juda katta o'ljani ham qo'lga kiritishibdi.
Aytishlaricha, Dilshod og'o nihoyatda sohibjamol bo'lib, malikalikka loyiq ckan. Uni shahzoda bilan birga asir olgan- largina ko'rgan. Jahongir mirzoning aqli ustun kclib, qizni mato bilan bcrkitibdi.
Albatta, bizdan ham yo‘qotish bo'lgan. U Husaynbek edi. Temurbek uning o'rniga o*g‘li Xudoydodni tayinladi. So'ngra asirlarning hammasini Samarqandga jo'natdi. Kcyin «O'tovlar tiking, to*y tayyorgarligini boshlang», dcdi.
Hisob sal oshib ketayotganday edi, nazarimda. Ammo ne qilayki, diniy va dunyoviy ilmlarni Temurbek mendan ko'p bi- ladi. Bundan tashqari, uning yonida Mir Sayyid Barakaday ulug* alloma bor. U ham Sohibqironning gapini ma’qullab tur- gan ekan, demak, lo‘g'ri- E’tirozga o‘rin yo‘q.
Oldiniga shahzoda Jahongir mirzoning sharafiga bazm uyushtirildi. So‘ngra to‘y qilindi. Butun lashkarboshi-yu navkar yoyilib dam olishdi. Temurbek ikki kun barchaga barobar erkinlik berdi. Albatta, xos soqchilar bundan mustasno. Shuningdek, men ham ular qatorida edim.
Mag'lub tomonning qiz-juvonlarini o'zimizga olganimizda ular kelajakda bizning sirdoshimizga aylanib ketarmikin? Har- tugul umrimiz yetganicha yostiqdoshlarimizdan bittasi bo'la- di, deb o'ylayman. Va har safar, albatta, kuzataman. Bu safar ham shunday bo'ldi. Dilshod og'oning Sohibqironga turmush- ga chiqayotgani qayg'uga botirib qo‘ymasmikin, degan o‘yda oqsochlardan u haqda so’radim.
Sira ham xafa emas, qaytaga, xursand. «Bundan bu yog'iga men Movarounnahr xoqonining jufti haloli bo'laman. Va, albatta, erka bo'laman», debdi. Shundoq dcbdi-yu, ammo u yoq- da kundoshlari bor. Ular bilan chiqishib ketolarmikin? Biz er- kaklar-ku jangu jadaldan ortmaymiz. Tirik qolishimiz ham gumon. Agar haramdayam jang bo*lsa-chi.
To‘y juda fayzli o‘tdi. Biroq har qanday shirin narsaning ham oxiri bo'Igani kabi Sohibqironning uylanish tadbiri ham nihoyalandi. Chodirlarning hammasi yig‘ishtirib olindi va biz Yassi Dabon (Farg'ona vodiysining sharqidagi tog‘ boshla- nishi)dan o‘tib, 0‘zganga kirib bordik. Qutlug' Turkon og*o
270
bcklaming xotinlari bilan shu yerga yctib keldi. Sohibqironni ham g'alaba, ham Dilshod og'oga uylangani munosabati bilan tabrikladi.
— Inim, boshingiz toshdan bo'lsin. Bizning diyorda siz kabi sarkarda hali dunyoga kclmagan. Men Dilshod og'oni ko'rdim. Go'zallikda tengi yo‘q. U haqda cshitganlaridan so‘ng bosh- qa xotinlaringizning tusi o'zgardi. Ammo Saroymulkxonim barchasining ko'nglini xotirjam ctdi. Men saroyda malika- lar orasida tez-tez gap qochib tursa kerak, degan xavotirda edim. Biroq Saroymulkxonim bor ekan, u yog'idan xotiringiz jam bo'lsin. Oqilalikda xonimdan o'tadigani yo'q. Goh-gohida men ham undan maslahat olib turaman.
Uning so'zlari Temurbekni shodlantirib yubordi va Qutlug' Turkon og'o sharafiga ziyofat uyushtirdi.
Biz ikki kundan ortiq u yerda turmadik. Xo'jand sari yo'lga tushdik. Davlatimizning sarhadi ayni chog'da juda kengayib ketgandi. Otda bir necha kun xotirjam yursangiz, bu yanayam ko'proq bilinar ekan.
(Keying! voqealarni
“Jahongir Amir Temur” kitobida o'qiysiz)
271
Do'stlaringiz bilan baham: |