KIRISH
Shisha-oyna sanoati - sanoatning shmishdan taxta oyna, meʼmorlikqurilish, optika, yorugʻlik texnikasi, elektrotexnika shishalari, uy-roʻzgʻor idishlari, shisha tolalar va boshqalar mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tarmogʻi. Shisha ishlab chiqarish qadimdan maʼlum boʻlib, hunarmandchilik sifatida oʻrta asrlarda keng tarqalgan. Rossiyada dastlabki shisha zavodi 1685 yilda ishga tushirilgan. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida, ayniqsa, AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiyada shisha ishlab chiqarish rivojlandi. Oʻzbekistonda 1951 yilda Shisha-oyna sanoatis.ning dastlabki korxonasi — Gʻazalkent oyna zavodi deraza oynalari ishlab chiqara boshladi. 1975 yilda Fargʻona shisha idishlari zavodining birinchi navbati ishga tushirildi. Bu zdda turli sigʻimdagi shisha bankalar, butilka, profilit shishasi, shisha bloklari chiqarish oʻzlashtirildi.
80-yillarda Quvasoy shisha zavodida (hozirgi Quvasoy "Kvars" aksiyadorlik jamiyati) 0,5, 1, 2, 3 l li shisha bankalari, 0,5 l li butilkalar ishlab chiqarish oʻzlashtirildi. Mustaqillik yillarida Shisha-oyna sanoatis. korxonalarida deraza oynasi ishlab chiqarish quvvatlari 13,3 mln.m2ga yetkazildi, "Kvars" aksiyadorlik jamiyati mahsulotlari bazasida avtomobil oynalarini ishlab chiqarish, oʻzlashtirildi, shisha butilkalar ishlab chiqaradigan "Farmglass" (yillik quvvati 70 mln. dona), tibbiyot ampulalari ishlab chiqaradigan "Medglass" (yillik quvvati 252 mln. dona) qoʻshma korxonalari ishga tushirildi. Oʻzbekistonda 9982 ming m2deraza oynasi, 280,9 mln.dona shisha idishlar va butilkalar, 47,9 mln.dona tibbiyot ampulalari ishlab chiqarildi (2004). Shisha-oyna sanoatis. chet ellarda AQSH, GFR, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Yaponiya, Italiya, Belgiyada ayniqsa rivojlangan.
“Kvars” aksiyadorlik jamiyati o‘tgan yil 2,5 million AQSh dollari miqdorida valyutani iqtisod qilishga erishdi.
“O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi “Kvars” aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar xaridorgirligi bilan ajralib turadi.
Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahrida joylashgan mazkur jamiyat mamlakatimizda oyna ishlab chiqarish bo‘yicha eng yirik korxona hisoblanadi. Ayni kunda bu yerda 7 xil rangdagi (2,0 mm.dan 8,0 mm.gacha bo‘lgan qalinlikdagi silliqlangan) qurilish oynasi, shu jumladan, avtomobil oynalari va sanoat uchun turli oyna mahsulotlari, (20 xil turdagi 150 sm3 dan 3000 sm3 hajmdagi) shisha bankalari, 160 xil turdagi (200 sm3 dan 1750 sm3 hajmdagi) shisha butilkalari hamda korxona ehtiyoji uchun 8 turdagi o‘tga chidamli “Shamot”, “Dinas” markali g‘isht mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.
«ICO-9001-2015» sertifikatiga ega bo‘lgan ushbu korxonada o‘tgan yilgi natijalar yanada samarali bo‘lganini kuzatishimiz mumkin. Xususan, butilka ishlab chiqarish 104,5 million donani yoki 109,6 foiz, silliqlangan oyna ishlab chiqarish 7 million 299 ming m2 yoki 103,3 foizni tashkil etdi. Ahamiyatli jihati shundaki, shisha mahsulotlari ishlab chiqarish uchun talab qilinadigan xom ashyo yuz foiz O‘zbekiston hududidan sotib olinmoqda. Buning natijasida korxona import hajmini yildan-yilga kamaytirishga erishmoqda.
– Korxonamiz nafaqat sifatli mahsulot ishlab chiqarishga, balki mahalliy xom ashyodan foydalanishda ilmiy izlanishlar olib borishga ham e’tibor qaratmoqda, – dedi “Kvars” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Akmal Po‘latov – Bunda mahalliylashtirish dasturining ijrosini ta’minlash bo‘yicha import hajmini kamaytirish orqali mahsulot tannarxini pasaytirish va valyuta mablag‘larini iqtisod qilishga erishilmoqda. Masalan, korxona mutaxassislari tomonidan Navoiy viloyatining Tomdi tumanidagi “Jeroy” qum konidagi kvars qumi o‘rganilib, uning tarkibiga zaruriy qo‘shimchalarni qo‘shish borasida tajriba o‘tkazildi. Olingan tajriba natijasiga ko‘ra, mahsulot sifatiga putur yetkazmagan holda mahalliy xom ashyodan 100 foiz foydalanish yo‘lga qo‘yildi. Bunday o‘rganishlar samarasida korxona yiliga 2,5 million AQSh dollari miqdorida valyutani iqtisod qilishga erishdi.
Ishning unumi e’tibor va hamjihatlikka bog‘liq. Korxonada rahbariyat va xodimlar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va ishga bo‘lgan mas’uliyat barchaga o‘rnak bo‘ladigan darajada tashkil etilgan. 19 millatga mansub 2 ming 316 nafar ishchi va xodim mehnat qiladigan ushbu korxona shart-sharoitlaridan ko‘ngil to‘ladi. Ishchilar bepul issik ovqat bilan ta’minlangan. Ularning ishga borib-kelishi uchun bepul transport xizmati tashkil etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |