J 12 spinli zarralarga xosdir.
Lepton zaryadi -L leptonlar uchun 1 ga, antileptonlar uchun esa - 1 ga teng. Elektron lepton zaryadi -Le, myuon lepton zaryadi - L va taon lepton zaryadi -L mavjud bо‘lib Le L L L bо‘ladi
va lepton zaryadi saqlanishi har bir avlod leptonlar uchun alohida bajariladi.
Barion zaryadi- V barionlar uchun 1 ga, antibarionlar uchun esa -1 ga teng. Barion va lepton zaryadlari additiv kvant sonlari hisoblanadi. Atom yadrolari uchun barion kvant soni yadroning massa soni A ga teng bо‘ladi.
Izospin -T izomultipletni xarakterlaydi. Bu izomultipletdagi zarralar soni -N N2T1 kabi aniqlanadi.
J spinli zarrachaning spin holatlari ham 2J1 kabi aniqlangan. Izospin 0 dan 32 gacha qiymatlar qabul qilishi mumkin. Masalan, va c zarralar uchun T, K, D, N va zarralar uchun T1 va hamda zarralar uchun T ga teng. izobar uchun T3 ga teng.
Izospin proyeksiyasi -T3 -T dan T gacha bо‘lgan qiymatlarni qabul qiladi va zarralarning elektr zaryadini aniqlaydi. Neytron
uchun Т3 12 , proton uchun Т3 12 , pi-mezonlarga mos ravishda 1, 0, -1 mos keladi, ,0 , , izobarlarga esa 23 , 12 , 12 va
32 mos keladi. Zarrachalarning elektr zaryadi q T3 12 B formula
bilan hisoblanishi mumkin.
Qiziqlik kvant soni -S shunday kiritilganki, qiziq zarralarning elektr zaryadi Gell-Mann-Nishidjima munosabatini qanoatlantiradi, ya’ni
1
q T3 2 (B S) .
Shu о‘rinda qiziq zarralarga tо‘xtalib о‘tamiz, tajribalarda shu narsa ayon bо‘ladiki, ayrim zarralar qisqa vaqt maboynida, ya’ni 10-23 - 10-24 s davomida juft-juft hosil bо‘ladi va juda sekin10-10 s davomida boshqa zarralarga parchalanadi. Demak, bu zarralar kuchli ta’sir natijasida hosil bо‘lib, kuchsiz ta’sir ostida parchalanadi. Bu hodisani tushuntirish uchun yangi kvant soni-qiziqlik va qiziq kvark-s fanga kiritildi. Demak, agar
S1 qiziq kvant sonli zarralar bо‘lib, va uchun S0. Qiziq zarralar kuchli ta’sir ostida faqat juft, kuchsiz ta’sirda esa toq holda ham hosil bо‘ladi. Bunday jarayonlarga keyinchalik yana qaytamiz.
Giperzaryad -Y oddiy va qiziq zarralar uchun YBS kabi aniqlanadi. U holda yuqoridagi Gell-Mann-Nishidjima munosabati
1
q T3 2 Y kabi yoziladi.
S- qiziqlik kvant soniga qaraganda giperzaryad hisoblashlarda ancha qulaydir.
Maftunkorlik kvant soni- S qiziqlik kvant soni kabi fanga kiritilgan va u, d, s kvarklardan tuzilgan adronlar kabi, tо‘rtinchi kvark-c qatnashgan adronlarni xarakterlaydi. D-mezon va Lc-gipe-ronlar uchun S1, ularning antizarralari uchun esa S-1 ga teng. Adronlarning kvark strukturasini qaraganimizda bu hol yanada tushunarli bо‘ladi. Bu holda Gell-Mann-Nishidjima munosabati
1
q T3 2 (B S C) kо‘rinishga keladi.
Giperzaryad esa Y B S C kabi ifodalanadi.
Zaryad juftligi - с fazo juftligi Р - ga о‘xshash bо‘lib, bu kvant soni zaryad qо‘shma operatori С - ta’sirida zarracha tо‘lqin
funksiyasi о‘zgarishini aniqlaydi. С -zaryad qо‘shma operatori zarracha tо‘lqin funksiyasini unga mos antizarracha tо‘lqin funksiyasiga almashtiradi.
~
СХ Х
Bu yerda X-zarrachani (yoki uning tо‘lqin funksiyasini) belgilaydi. С - operatori ermit operatordir, ya’ni unga qо‘shma operator - С С operatorga teng
СС.
Ma’lumki, fizikada ermit operatori biror fizik kattalikni
ifodalaydi. Shu sababli, о‘lchashda С operatorining xususiy
qiymatlaridan biri с ga ega bо‘lishimiz mumkin.
Ya’ni
СХ СХ,
bu yerda
с ‒ kvant soni zarrachaning zaryad juftligi deb ataladi.
-
|
2
|
2
|
1 bо‘ladi.
|
С 1 bо‘lgani uchun с
|
Shu sababli, fazoviy juftlik - Р kabi с 1 yoki с 1 bo‘ladi. Barcha zarralar ham aniq zaryad juftligiga ega emas. Haqiqiy neytral zarralar, ya’ni о‘zining antizarrasi bilan mos tushadigan zarralar aniq zaryad juftligiga egadir. Bunday zarralarga
-foton, 0-mezon, 0-mezon, 0 va 0-rezonanslar va hali tajribada tasdiqlanmagan G-graviton kiradi. Bu zarrachalarning barcha «zaryad» kvant sonlari (L, B, T3, S, C, Y) q 0 ga teng. Masalan,
с( ) 1
chunki 0 dan
С(0) 1, с(0) с( )с( ) (1)(1) 1
Shu bilan birga pozitron, ya’ni e va e- dan tuzilgan neytral «atom» ma’lum zaryad juftligiga ega.
Har bir zarracha о‘rtacha yashash vaqti bilan ham xarakterlanadi. Zarrachaning yashash vaqti seknudlarda ifodalanadi. Odatda rezonanslar yashash vaqti energetik birliklarda о‘lchanuvchi G-parchalanish kengliklarida ham ifodalanadi. Nostabil zarracha parchalanish kanallari, odatda % larda ifodalanadi va jadvallarda keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |