Kvant fizikasi amalda
» - deb nomlangan ruknda
biz ushbu nazariya tufayli ixtiro qilingan va bugungi kundalik turmushimizning
ajralmas qismiga aylangan muhim texnik vositalar, xususan, tranzistor, magnit-
rezonansli tomograf, lazer va boshqa texnika yutuqlari haqida gaplashamiz.
Albatta, biz har safar muayyan bir elektr asbobdan foydalanganimizda, biz o‘zimiz
bilib, yoki bilmagan holda kvant effektlaridan amaliy naf chiqarayotgan bo‘lamiz.
Shunga qaramay, so‘nggi yillarda elektronika sohasida kvant tamoyillarining
qo‘llanishi shu darajada chuqur va yaqqol bo‘lmoqdaki, ayrim manbalarga ko‘ra,
rivojlangan mamlakatlardagi internet bog‘lanishlarining uchdan bir qismi kvant
texnologiyalari asosida ishlayotgani ta’kidlanmoqda.
Kvant sarhadlari
rukniga keladigan bo‘lsak, bu qismda biz hozircha faqat
nazariy-gipotezalarda ko‘rib chiqilayotgan va nazariy jihatdan imkonli bo‘lgan,
amalda ham uddalanishi mumkin bo‘lgan juda qiziqarli, deyarli fantastik kvant
hodisalari haqida so‘z yuritamiz. Masalan, ushbu ruknda siz, favqulodda past
haroratlarda bo‘lishi mumkin bo‘lgan va hatto vakuumda ham to‘liq bo‘shliq
mavjud emas deb da’vo qiladigan nazariy energetik holat – nol nuqta energiyasi
haqida mutolaa qilasiz. Shuningdek, mazkur rukn sizga kvant fizikasi tamoyillarini
atom yadrolari, gravitatsiya, hamda hatto biologiyaga qanday tadbiq qilinishini
ko‘rsatib beradi.
Nazariyaga sho‘ng‘ish
Mavzularning ham biri ajoyib illyustratsiyalar bilan ta’minlangan bo‘lib, mavzuni
o‘qish va tushunish uchun qulay qilish maqsadida, uni bir necha qismlarga ajratib
bayon etdik. Nazariya haqidagi asosiy ma’lumotlar 30 soniyaga mo‘ljallangan.
Shuningdek, ushbu eng muhim ma’lumotni to‘ldiradigan va boyitadigan 3
soniyalik ixcham va muhim ilmiy fakt keltirib o‘tiladi. Agar, bayon qilingan
mavzuga nisbatan sizda kuchliroq qiziqish uyg‘onsa, unda siz mavzuga chuqurroq
sho‘ng‘ish uchun, qo‘shimcha ravishda «3 daqiqalik mulohaza» qismini ham
mutolaa qilib chiqishingiz mumkin. Albatta, har bir mavzu uchun, ushbu mavzu
bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa mavzular ham mavjud. «3 soniyalik biografiya»
bo‘limi esa, joriy mavzu yuzasidan mehnat qilgan va uni shakllantirgan,
rivojlantirgan olimlar haqida hikoya qilib o‘tadi.
«Kvant nazariyasi uchun 30 soniya» shaklidagi formatning o‘zi ham, zamonaviy
ilm-fanning eng hayratomuz, eng ajabtovur va eng qiziqarli sohasi bo‘lgan – kvant
fizikasi sohasini, ta’bir joiz bo‘lsa, o‘qish va uqish uchun qulay «kvant»larga
ajratib taqdim qiladi. Bu esa, niyat qilamizki, mazkur bag‘oyat maftunkor ilmni
o‘rganishda va o‘zlashtirishda siz aziz kitobxonga o‘ziga xos qulaylik, yengillik va
ishtiyoq baxsh etadi. Biz atrofimizda ko‘rib, bilin, sezib, his qilib turgan hamma-
hamma narsaning tub asos mohiyatida kvant zarralari yotadi; lekin, o‘sha
zarrachalarning o‘zi esa, biz ko‘nikkan olam manzarasidan tamomila tubdan,
favqulodda katta farq qiladi. Kvant fizikasining kishini hayajonga soluvchi va
hayratga cho‘mdiruvchi maftunkor paradoksi aynan shu jihat bo‘lib, mutolaa
davomida sizga uni tanishtirishga harakat qilamiz. Ishoning, kitobda bayon
qilingan ilmiy faktlar sizni hayajonga solmay qo‘ymaydi...
Do'stlaringiz bilan baham: |