2. O’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi
Mazkur fanni o’rganish uchun zarur bo’lgan fanlar: “Matematik fizika tenglamalari”, “Differentsial tenglamalar” “Umumiy fizika kursi”, “Nazariy mexanika”, “Atom fizikasi”. Ushbu fan «Fizika» ta’lim yo’nalishidagi boshqa fanlar bilan, jumladan, Nazariy mexanika, Elektrodinamika, Termodinamika va statistik fizika fanlari bilan uzviy bog’liqdir.
Bo’lajak fizik mutaxassislar o’zlarining ishlab chiqarish faoliyatida zamonaviy fizikaning muammolarini yuksak matematik tayorgarlik asosida, nazariy uslublarni qo’llagan holda hal qila olishlari lozim, jumladan, axborot texnologiyasi vositalari, hamda komp’yuterni ishlatgan holda. Shu sababli «Kvant mexanika» o’quv fani yuqori malakali fiziklarni tayyorlash tizimining zarur bo’limlaridan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |