Kvant kimyoga oid atama va ularning sharxi Reja



Download 0,5 Mb.
bet1/4
Sana19.02.2022
Hajmi0,5 Mb.
#458062
  1   2   3   4
Bog'liq
Kvant kimyoga oid atama va ularning sharxi


Kvant kimyoga oid atama va ularning sharxi


Reja:
1. Kvant kimyosiga oid sharx
2. AO nazariyasi MO nazariyasi
3. Kvant-kimyoviy hisoblash usullari


Kvant kimyosi — nazariy kimyoning bir boʻlimi. Kimyoviy birikmalarning tuzilishi, fizik-kimyoviy xossalarini kvant nazariyasi, xususan, kvant mexanika qonuniyatlari asosida oʻrganadi. Kvant kimyosi elementlarning valentligi, atomlararo kimyoviy bogʻning tabiati, molekulalarning spektroskopik, elektrik, magnit xossalari, reaksion faolligi va tuzilishi masalalarini taxlil qiladi. Shu nuqtai nazardan Kvant kimyosi . fizika va kimyo fanlari oʻrtasidagi nazariy (mustaqil) fan hisoblanadi.
Kvant kimyosi .ning vazifasi — kimyo muammolarini hal qilishda nazariy va hisoblash boʻyicha kvant mexanikasining matematik uslublaridan foydalangan holda kimyoviy moddalarning tuzilishini oʻrganib, maqbul xossali kimyoviy birikmalar olish usullarini tanlab berishdan iborat.
Molekulalarning tuzilishi, atomlararo kimyoviy bogning tabiatini hisoblash yoʻli bilan aniklashda shveysar fizigi V. Pauli prinsipi asosida Avstriya fizigi E. Shredinger tenglamasining yechimi topiladi. Agar tizimning toʻlqin funksiyasi analitik koʻrinishda maʼlum boʻlsa, molekulalarning har xil fizik-kimyoviy tavsiflarini topish mumkin. Afsuski, 2 va undan ortiq oʻzgaruvchanli tizimlar uchun (bir elektronli N+ ioni va shunga oʻxshash ionlar bundan mustasno) Shredinger tenglamasining yechimi topilgan emas. Shuning uchun murakkab molekulalarning fizikkimyoviy xossalari, tuzilishini kvant mexanikaning matematik qurilmasi yordamida oʻrganishda Kvant kimyosi .ning bir nechta nazariyalari taklif qilingan. 1927-yilda V. Geytler va F. Londonlar asos solgan va 1930-yillarda Amerika fiziklari J. Sleyter, L. Polinglar tomonidan rivojlantirilgan valent maydon nazariyasi; 1929-yilda nemis fizigi X. Betening kristall va maydon nazariyasi va Amerika fizik-kimyogari R. Malliken, F. Gundlar taklif qilgan molekulyar orbital (MO) nazariyalar shular jumlasidandir. Hozirgacha oʻtkazilgan nazariy hisoblashlar molekulalarning tuzilishi qay darajada murakkabligidan qatʼi nazar MO nazariyasi qoniqarli natijalar berishini koʻrsatdi. MO nazariyasi boʻyicha molekuladagi har bir elektron molekulani tashkil qilgan atom yadrolari va boshqa elektronlarning elektromagnit maydoni taʼsirida boʻladi. Agar sistemada bitta. atom yadrosi boʻlsa, uning elektron tuzilishi atom orbital (AO) nazariyasi asosida tushuntiriladi. AO nazariyasi oʻz navbatida MO nazariyasining xususiy holati hisoblanadi. MO nazariyasi bir elektronli yaqinlashishga asoslangan. Bunda har bir elektron oʻzicha aldama mustaqil zarracha boʻlib, oʻziga xos toʻlqin funksiyasi bilan ifodalanadi. Bunda bir elektronli molekulyar orbitalga atom orbitalining chiziqli kombinatsiyasi (AOCHK) deb qaraladi. (AOCHK — MO — yaqinlashish). Hoz. zamon rivojlangan hisoblash texnikasida molekulalarning energetik, magnit va b. xossalarini Kvant kimyosi nazariyasi asosida oʻrganish uchun bir necha maxsus dasturlar ishlab chiqilgan. Bunday dasturlar kompyuter yordamida taxlil qilinib, molekulalarning geometrik holati, atomlardagi elektron zichligi qiymati, atomlararo masofa va boshqa kattaliklar hisoblab chiqiladi. Natijada molekulaning tuzilishi, uning reaksion faolligi oʻrganiladi. Nazariy hisoblashlar asosida yangi, maqbul xossali kimyoviy birikmalarning tarkibi aniqlanadi va ularni olish usullari ishlab chiqiladi. Oʻzbekistonda K.k. sohasidagi nazariy ishlar va ularni amaliyotga qoʻllash boʻyicha ilmiy izlanishlar akad. N. A. Parpiyev va uning shogirdlari rahbarlik qilayotgan ilmiy jamoalarda davom ettirilmokda. Kvant kimyosi usullari mol. biol.da, mas, biologik membranalar molekulalarini hisob-lashda, muskullar va b.ni modellashtirishda qoʻllaniladi. Kvant kimyoviy hisoblashlar nazariy fizika usullari yordamida olingan maʼlumotlar bilan birgalikda materialshunoslikda elektr va magnit xossalari oldindan belgilab olingan qotishmalar, yarimoʻtkazgichlar, kompozitsion materiallar va b. olishda qoʻllaniladi.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish