2.MAKTABGA QABUL QILINGAN BOLALAR UCHUN KORREKTSION
RIVOJLANTIRUVCHI MASHG`ULOTLAR
2.1 Maktabga qabul qilingan olti yoshli bolalar uchun korreksion
rivojlantiruvchi mashg‘ulotlarni o’tkazish bo’yicha tavsiyalar
Bola
maktabga
borgan
paytidan
boshlab
moslashishi
jarayonida
qiyinchiliklarga duch keladi. Ko‘pgina hollarda bolalarda bilish jarayonlarining
yetarli darajada rivojlanmaganligi, ijtimoiy moslashuvning shakllanmaganligi
ta’lim jarayonida qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Hattoki aqlan yetuk, jismonan
sog‘lom bola ham maktab talablariga moslashishda qiynaladi. Bu talablar 1-sinfga
qabul qilingan boladan ko‘p mehnat va irodani talab etadi. Shu bilan bir qatorda
maktab amaliyotchi psixologi va sinf rahbari zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi.
Bunda bolalarning maktab sharoitiga moslashish jarayonini o‘rganish muhim
sanaladi.
Ushbu «Korrektsion rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar» majmuasi olti yoshli
bolalarning ta’lim olishlarida uchraydigan muammolarni bartaraf etish maqsadida
e’tiboringizga havola etilmoqda.
Majmuadan o‘rin olgan mashg‘ulotlar bolalarning bilishga doir psixik
jarayonlari: diqqat, tafakkur, idrok, tasavvur, xotira, shuningdek, o‘qish, yozish
malaka va ko‘nikmalarini boyitib borish kabi aqliy imkoniyatlarining ta’lim
talablariga munosib tabiiy shakl, o‘yinlar yordamida rivojlantirib borishni
ta’minlaydi. Har bir mashg‘ulotni bajarish uchun ilovalar berilgan.
Mashg‘ulotlarni o‘tkazib borish jarayonida o‘quvchilar bilan samimiy, erkin
muloqotda bo‘lish, ularni shoshirmasdan to‘g‘ri tushuntirib borish, o‘yin
tariqasidagi tabiiy muhitni yaratish, bolalarning qobiliyatlarini xolisona tarzda
baholash muhim omillardan biri bo‘lib sanaladi.
Albatta, mashg‘ulotlarni qo‘llashda psixolog, pedagog, ota – onalar faqat
ushbu mashg‘ulotlar bilan cheklanmasdan etnik psixologik hususiyatlardan kelib
chiqqan holda qo‘shimcha korrektsion mashg‘ulotlardan foydalanishlari ham
mumkin.
20
Mashg‘ulotlarni o‘tkazib borish jarayonida o‘quvchilar bilan samimiy, erkin
muloqotda bo‘lish, ularni shoshirmasdan to‘g‘ri tushuntirib borish, o‘yin
tariqasidagi tabiiy muhitni yaratish, bolalarning qobiliyatlarini xolisona tarzda
baholash muhim omillardan biri bo‘lib sanaladi. Bolalarning maktabga psixologik
moslashuvi va rivojlanish dinamikasini o‘rganish maqsadida ushbu korreksion
rivojlantiruvchi mashg‘ulotlarining natijalariga tayanish mumkin.
1. Quyida keltirilgan mashg’ulotlar bolalarning fikrlashi, diqqat, xotira, nutq,
mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |