Qo‘shimcha o‘yin va mashqlar
«Xuddi shunday rangdan top».
Maqsad: O‘quvchilarning idrok va diqqatini rivojlantirish.
Ishning borishi: Stol ustiga shakli, rangi bir xil bo‘lgan lekin o‘n ikki bo‘lakka
bo‘lingan to‘rt burchak shakli yoyib qo‘yiladi. O‘quvchilar ana shu 12 ta shaklni
bir – birining yoniga qo‘yib bir minut vaqt ichida 4 burchak shaklini yasashlari
lozim.
«Hammaga yetadimi?»
Maqsad: O‘quvchilar tafakkurini o‘stirish
Ishning borishi: O‘quvchilarga hayvonlar rasmi va ozuqalari tasvirlangan rasmlar
ko‘rsatiladi. O‘quvchilar qaysi hayvonga ozuqa yetmasligini topib ko‘rsatishlari
kerak.
«Sen ayiqning o‘rnini qanday joylashtirgan bo‘lar eding?»
Maqsad: O‘quvchilarning diqqatini va tafakkurini o‘stirish
Do'stlaringiz bilan baham: |