Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma



Download 1,22 Mb.
bet173/533
Sana27.02.2022
Hajmi1,22 Mb.
#473535
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   533
Bog'liq
Quvanova Sh

24.2 Passivning qo‘llanishi
(Der Gebrauch des Passivs)

Passiv konstruksiyasi ikki turga bo‘linadi:


1. Ikki bo‘lakli Passiv .
2. Uch bo‘lakli Passiv
Eng ko‘p qo‘llanadigan ikki bo‘lakli passiv ikki bosh bo‘lakdan: ega va kesimdan tashkil topgan bo‘ladi. Passivning bu turida ish-harakatning bajaruvchisi ko‘rsatilmagan bo‘ladi:
Der Brief wurde geschrieben.
Der Plan ist erfüllt worden.
Uch bo‘lakli passiv uch bo‘lakdan tashkil topgan bo‘ladi: egadan , kesimdan, predlogli to‘ldiruvchi (ish-harakatni bajaruvchidan) dan.Predlogli to‘ldiruvchi von predlogi va Dativ kelishigida kelgan ot (olmosh ) dan yoki durch predlogi va Akkusativ kelishigida turgan otdan tashkil topgan bo‘ladi.
Ish- harakat jonli predmet tomonidan bajarilsa von, jonsiz yoki abstrakt predmetlar orqali amalga oshsa, durch predlogi qo‘llaniladi.
Der Brief wurde von dem Lehrer geschrieben .
Der Junge wurde in der Nacht durch einen Telefonanruf geweckt.
Aniq nisbatdagi gaplarni majhul nisbatga aylantirganda, aniq nisbatning vositasiz to‘ldiruvchisi majhul nisbatning egasi bo‘lib keladi , egasi esa majhul nisbatning vositali to‘ldiruvchisi bo‘ladi. Yoki aksincha majhul nisbatdagi gaplarni aniq nisbatga aylantirganda, majhul nisbatning vositali to‘ldiruvchisi aniq nisbatning egasi bo‘ladi.Shu boisdan ham majhul nisbat faqat o‘timli fe’llardan yasaladi,chunki o‘timli fe’llar o‘zidan keyin vositasiz (Akkuzativ-Objekt) to‘ldiruvchi kelishini talab etadi.
Subjekt Akkuzativ -Objekt
Die Leser lesen dieses Buch mit großem Interesse.
Subjekt Dativ-Objekt
Dieses Buch wird von den Lesern mit großem Interesse gelesen.
Ikki bo‘lakli passiv konstruksiyasida harakat obyekti bilan harakat o‘rtasidagi aloqa(bog‘lanish) ifoda etiladi. Passivning bunday konstruksiyasida ish-harakatning ijrosi ko‘rsatilmagan bo‘ladi, masalan:
Eine Anzahl von Häusern wurde zerstört.
Bu gapda Eine Anzahl von Häusern harakat obyekti hisoblanib, gapning bir bo‘lagi bo‘lsa, wurde zerstört harakatni ifoda etib, gapning ikkinchi bo‘lagi sanaladi. Shuning uchun bunday konstruktsiya ikki bo‘lakli konstruktsiya deyiladi
Demak. nemis tilida ikki bo‘lakli passiv quyidagi hollarda qo‘llanadi:
1) Man – Aktiv:
Die Bibliothek wird um 8 geschlossen.
Man schleißt die Bibliothek um 8.
Bulardan birinchi gap majhul nisbatda, ikkinchi gap esa aniq nisbatda ifoda etilgan. Gapning bunday strukturasi bir-biriga o‘xshaydi. Majhul nisbatda ifoda etilgan gapda ish-harakat ijrosi umuman ma’lum emas. Aniq nisbatda ifoda etilgan gapda ish- harakat ijrosi unchalik aniq bo‘lmasa-da, lekin u haqdagi umumlashgan ma’no saqlanib turadi.
2) Verb + Relfexivpronomen sich:
Die Uhr wurde gefunden. – Die Uhr fand sich.
Bu gap strukturasida ish-harakat ijrosi noma’lum bo‘lib, ish- harakat u siz bajariladi
3) lassen + sich + infinitiv:
Das Fenster kann geschlossen weden.
Das Fenster läßt sich schlossen.
Bunday gap strukturasi ega jonsiz predmet bilan ifoda etilganda qo‘llaniladi. Ega jonli predmet bilan ifoda etilganda ma’no o‘zgaradi:die Mutter kann getragen weden (sie ist nicht schwer) – die Mutter läßt es zu, daß man sie trägt.
4) sein+zu+infinitiv:
Die Hausaufgabe kann (soll, muß) ohne Wörterbuch übersetzt werden. – Deise Hausaufgabe ist ohne Wörterbuch zu übersetzen.
Bunday strukturadagi gap majhul nisbat ma’nosini ifoda etishdan tashqari mumkinlik yoki zaruriyatlikning modal ma’nosini ifoda etadi.
5) –bar, -lich suffiksli fe’ldan yasalga sifatlar:
Eine Kontrollarbeit kann nicht gelesen werden. – Deine Kontrollarbeit ist unleserlich.
Diese Weintrauben können gegessen weden.- Diese Weintrauben sind eßbar.
Nemis tilida –bar va –lich suffikslariga ega bo‘lgan ko‘p sifatlar passiv ma’noni ifoda etish xususiyati va imkoniyatining modal ma’nosini anglatish xususiyatiga ega: konjugierbar, deklinierbar, austauschbar, trägbar, a; beweglich, erträglich, verkäuflich.
Nemis tilidagi shu ikki bo‘lakli konstruksiya o‘zbek tilidagi majhul nisbat bilan ifoda etiladi,qiyoslang: Eine Anzahl von Häusern wurde zerstört. – Ma’lum miqdordagi uylar buzildi.
Demak, uch bo‘lakli passivda ham harakat ijrosi, ham harakat obyekti ifoda etilib, uning oldidan von predlogi ishlatiladi, masalan:
Die neuen Häuser wurden von den Arbeitern gebaut gapida wurden gebaut harakatning bir tomondan die neuen Häuser sub’ekti bilan, ikkinchi tomondan esa von den Arbeitern obekti – ijrochisi bilan bo‘lgan aloqa ham ifoda etilmoqda.
Demak,nemis tilida uch bo‘lakli (dreigliedrige) passivda ish-harakatni amalga oshiruvchi shaxs ifodalandan bo‘lib, uning oldida von va durch predloglari qo‘shiladi.
Von predlogi quyidagi hollarda ishlatiladi:
1) shaxs ma’nosi ifoda etilganda: Die Studenten werden von dem Lehrer genau beobachtet. Ich werde von meinem Freund durch einem Brief verständigt.
2) hayvonlar ma’nosi anglatilganda:
Milch werde von der Katze getrunken.
3) his hayajon ichki sezgi ma’nosini ifodalanganda:
Sie werde von einer tiefen Unruhe ergriffen.
4) tabiat kuchlari anglatilganda:
Die Nacht werde vom Mond hell beleuchtet.
Durch predlogi to‘ldiruvchi oldida qo‘llanib, ish-harakatning bajarilish sababini ifodalaydi va quyidagi holatlarda qo‘llaniladi:
1) shaxs ma’nosini anglatganda:
Er wurde durch den Präsidenten ausgezeichnet.
2) hayvonlar ma’nosi anglatilganda:
Er wurde durch ein Hund aus seinem Grübeln gerissen.
3) Jonsiz predmet ifodalanganda:
Die Stadt wurde durch ein Erdbeben fast fällig zerstört.
Die Fabrik wurde durch einen Brand vernichtet.
Demak, passiv zamon formalari quyidagi ma’nolarda qo‘llanadi: Presens Passiv ish-harakatning nutq so‘zlanayotgan paytgacha boshlanganligi va uning hozirgi davom etayotganligini ifoda etadi.
Der Brief wird durch den Boten geschickt.
Xat qayiq orqali jo’natilyapti.
Yuqorida taqqos qilingan misollar shuni ko‘rsatadiki, nemis tilining Presens Passiv zamon formasi o‘zbek tiliga obe’ktli fe’llardan –(i)n, -(i)l affikslari bilan yasaladigan o‘zlik, daraja, (-dir) –tir affikslari bilan yasaladigan orttirma daraja formalari bilan beriladi.
Preterit passiv ish-harakatning nutq momentigacha bajarilganini aniq, qat’iy tarzda ifodalaydi.
Der Brief wurde durch den Boten geschickt.
Xat qayiq orqali jo‘natildi.
Nemis tilining preterit passiv zamon formasi o‘zbek tiliga o‘tgan zamon sifatdoshi , -(i)sh, -il affiksi bilan yasaladigan birgalik daraja formalari bilan beriladi.
Perfekt passiv o‘tgan zamondagi ish-harakatning ijrochisi bilan ob’ekti o‘rtasidagi munosabatni ifodalaydi. Perfekt passivning preterit passivdan farqi shundaki, perfekt davomli darak ma’nosini ifoda etish uchun qo‘llanmay , balki o‘tgan zamonda bo‘lgan ish-harakatning dialog yoki qisqa og‘zaki nutq formalarini anglatishda qo‘llanadi.
Der Brief ist durch den Boten geschickt worden.
Xat qayiq orqali jo‘natilgan.
Das Mädchen ist verliebt worden.
Perfekt passiv zamon formasi o‘zbek tiliga –(i)l, -(i)n affikslari bilan yasaladigan o‘zlik darajadagi fe’lga –gan affiksini qo‘shish bilan ifodalanadi.
Plyuskvamperfekt passiv ish-harakatning nutq momentiga nisbatan ilgari bajarilganligini ifodalaydi. U nisbiy zamon formasi vazifasida qo‘llanib , ko‘pincha qo‘shma gaplarda ishlatiladi. Chunonchi plyuskvamperfekt preterit bilan qo‘llanganda u unga ko‘ra nisbiy (relativ) zamon hisoblanadi.
Demak, nemis tilining plyuskvamperfekt passiv zamon formasi o‘zbek tiliga –(i)n, -(i)l affiksi bilan ob’ektli fe’llardan yasaladigan o‘zlik daraja formasi –gan affiksi -edi to‘liqsiz fe’li formalarining qo‘shilishi bilan beriladi.
Der Brief war durch den Boten geschickt worden.
Xat qayiq orqali jo‘natilgan edi.
Das Kind war gewachsen worden.
Futurum I passiv ish-harakatning kelasi zamonda bajarilishini
ifodalashdan tashqari , ish-harakatning sub’ekt va ob’ektga bo‘lgan munosabatini ham anglatadi.
Nemis tilining Futurum I passiv zamon formasi o‘zbek tiliga hozirgi – kelasi zamon fe’lining o‘zlik daraja formasi bilan ifodalanadi.
Der Brief wird durch den Boten geschickt werden.
Xat qayiq orqali jo‘natiladi.
Er wird gefragt werden
Futurum II passiv aktiv kabi kelajakdagi ish-harakatning bajarilishi gumon , taxmin deb faraz qilinganda qo‘llaniladi:
Demak, Futurum II passiv ma’nosi o‘zbek tiliga o‘tgan zamon sifatdoshiga bolmoq fe’lining hozirgi –kelasi zamon formasini qo‘shish bilan ifodalanadi.
Der Brief wird durch den Boten geschickt worden sein.
Xat qayiq orqali jo’natilgan bo‘ladi.
Bis zum nächsten Sommer wird er wohl längst operiert worden sein.
Kelgusi yozgacha u operatsiya bo‘lgan bo‘ladi.


Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   533




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish