Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma


Kon‘yunktivning o‘zlashtirma gaplarda qo‘llanishi



Download 1,22 Mb.
bet389/533
Sana27.02.2022
Hajmi1,22 Mb.
#473535
1   ...   385   386   387   388   389   390   391   392   ...   533
Bog'liq
Quvanova Sh

46.1 Kon‘yunktivning o‘zlashtirma gaplarda qo‘llanishi
(Der Gebrauch des Konjunktivs in der indirekten Rede)
Kon’yunktiv ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gaplarga aylantirish uchun qo‘llaniladi.
O‘zlashtirma gaplarda odatda kon’yunktivning prezental zomon shakllari (prezens , perfekt va futur I) qo‘llanadi. Kon’yunktiv o‘zga shaxs fikrini bayon qilish uchun ishlatiladi. Bunday paytda so‘zlovchi o‘z fikrini bayon etmasdan, balki o‘zga, boshqa bir shaxsning gapi mazmunini saqlab, shaklini o‘zgartirib aytadi.O‘zlashtirma gaplar ergash gaplarga o‘xshab ikki qismdan tashkil topgan bo‘ladi: bosh gap vazifasida kelgan avtor gapidan va o‘zlashtirma gapdan tashkil topgan ergash gapdan. Ma’lumki,o‘zlashtirma gap asosan to‘ldiruvchi ergash gap shaklida bo‘ladi.Shunga ko‘ra o‘zlashtirma gaplar bosh (avtor gapi ) bilan daß va ob bog‘lovchilari, shuningdek nisbiy olmosh ( wer, was, welcher, wen ) va nisbiy ravish (wie, wann, wo, wohin, warum,wofür )lar bilan bog‘lanib keladi.Bosh (avtor) gap tarkibida odatda so‘zlashish(sagen, melden, mitteilen, behaupten, erwidern, erzählen, bitten, vorschlagen va h.k.), fikrlash (meinen, glauben, vermuten, denken, sich erinnern, hoffen, wissen, erwarten va h.k.), his etish (fühlen, bemerken, hören, sehen va h.k.) kabi ma’nolarni ifodalovchi fe’llar qo‘llangan bo‘ladi. Bunday paytda daß bog‘lovchisi qo‘llanadi. U darak gaplardan tashkil topgan ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gaplarga aylantirishda qo‘llanadi.
Avtor gapi o‘zlashtirma gapdan oldin ,undan keyin, yoki uning o‘rtasida kelishi mumkin.
Karim erzählt:”Ich mache im Studium große Fortschritte”.
Karim erzählt ,daß er im Studium große Fortschritte mache.
Lola sagt:“Ich studiere an der Universität“
Lola sagt, daß sie an der Universität studiere.

Ba’zan ergash gap bosh gap bilan bog‘lovchisiz ham aloqaga kirishi mumkin. Bunday paytda ergash gapdagi so‘z tartibi mustaqil gaplardagidek bo‘ladi.


Der Student sagt: „Ich bereite mich zum Seminar vor“.
Der Student sagt, er bereite mich zum Seminar vor.
Der Sekräter teilte mit :“Heute findet die Versammlung nicht statt“.
Der Sekräter teilte mit, die Versammlung finde heute nicht statt.

Bosh gap tarkibida so‘rash, aniqlash bilan bog‘liq tushunchalarni ifodalovchi fe’llar (fragen, sich erkundigen, sich erinnern va h.k ) kelgan bo‘lsa ob bog‘lovchisi ishlatiladi. Ob bog’lovchisi so‘roq so‘zsiz so‘roq gaplardan tashkil topgan ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gaplarga aylantirishda qo‘llaniladi va ular hamma vaqt bog‘lovchili bo‘ladi.


Der Lektor fragt die Studentin:“Übersetzt du den Text ? “
Der Lektor fragt die Studentin, ob sie den Text übersetze.

Shuni aytish kerakki, bog‘lovchili o‘zlashtirma gaplarda ba’zan aniqlik mayli-indikativ ham qo‘llaniladi. Bu hol jonli so‘zlashuv tiliga xosdir.


Der Diensthabende sagt, daß Karim heute krank ist (sei).
Ich möchte wissen, ob du schon mit deinen Aufgaben fertig bist (seist) und
wann du frei bist (seist)

Biroq bog‘lovchisiz qo‘llangan o‘zlashtirma gaplarda deyarli hamma vaqt kon’yunktiv ishlatiladi.


Er sagt, Karim sei heute krank.
So‘roq so‘zli so‘roq gaplardan tashkil topgan ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gaplarga aylantirganda, o‘zlashtirma gap avtor gapi bilan nisbiy olmosh yoki nisbiy ravish orqali bog‘lanadi.
Er fragte mich:“Was schreibt dein Freund ?“
Er fragte mich, was mein Freund schreibe.
Sie fragte ihn:“Wann kommst du zurück ?“
Sie fragte ihn, wann er zurückkomme.

Buyruq, talab ma’nosiga ega bo‘lgan ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gaplarga aylantirganda, sollen modal fe’lidan foydalaniladi. Modal fe’l prezens yoki preteritum kon’yunktivda ishlatiladi. Bunday gaplar odatda avtor gapi bilan bog‘lovchisiz birikadi. Ulardagi so‘z tartibi esa mustaqil gaplardagidek bo‘ladi.


Karim sagt:“Komm heute um 6 Uhr abends zu mir“.
Karim sagt, ich solle heute um 6 Uhr abends zu ihm kommen.
Der Gruppenleiter fordert den Diensthabenden:“Lüfte das Auditorium in
der Pause“
Der Gruppenleiter fordert den Diensthabenden, er solle das Auditorium in
der Pause lüften.
Iltimos, istakni bildirib kelgan ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gaplarga aylantirganda, mögen modal fe’lidan foydalaniladi. U prezens kon’yunktivda qo‘llaniladi. Bunday o‘zlashtirma gaplar ham avtor gapi bilan bog‘lovchisiz birikadi. Ulardagi so‘z tartibi mustaqil gaplardagidek bo‘ladi.
Karim sagt:“Komm, bitte, heute um 6 Uhr abends zu mir “
Karim sagt, ich möge heute um 6 Uhr abends zu ihm kommen.
Der Student bittet den Lehrer:“Erklären Sie mir, bitte, diese Regel “.
Der Student bittet den Lehrer, er möge ihm diese Regel erklären.

Kon’yunktiv zamon shakllari o‘zlashtirma gaplarda nisbiy qo‘ llanadi:

a) o‘zlashtirma gapdagi ish –harakat bosh gap (avtor gapi) dagi ish –harakat bilan bir vaqtda amalga oshsa prezens kon‘yunktivda qo’llanadi.

Er sagt: „Ich lese ein Buch“- U dedi:“Men kitob o‘qiyapman“.


Er sagt, daß er ein Buch lese - U men kitob o‘qiyapman deb aytayapti.
Er sagt, er ein Buch lese – U men kitob o‘qiyapman deb aytayapti.

b) o‘zlashtirma gapdagi ish –harakat bosh gap (avtor gapi) dagi ish –harakatdan oldin amalga oshgan, yuz bergan bo‘lsa , o‘zlashtirma gapda perfekt kon’yunktiv qo‘llanadi.


Er sagt:“Ich habe dieses Buch gelesen“.
U dedi: „Men bu kitobni o‘qiganman“.
Er sagt, daß er dieses Buch gelesen habe.
U bu kitobni o‘qiganini aytdi.
Er sagt, er habe dieses Buch gelesen .
U bu kitobni o‘qiganini aytdi.

s) o‘zlashtirma gapdagi ish –harakat bosh gap (avtor gapi) dagi ish –harakatdan keyin amalga oshgan bo‘lsa , o‘zlashtirma gapda futurum I kon’yunktiv ishlatiladi.


Er sagt:“Ich werde dieses Buch lesen“.
U dedi:“Men bu kitobni o‘qiyman“.
Er sagt, daß er dieses Buch lesen werde.
U bu kitobni o‘qishini aytdi.
Er sagt,er werde dieses Buch lesen.
U bu kitobni o‘qishini aytdi.

4. Agar kon’yunktiv va aniqlik mayli zamon shakllari bir-biriga o‘xshash bo‘lsa, biri ikkinchisidan yasalish jihatdan farq qilmasa (bu o‘xshashlik 1-shaxs birligida va1-va 3-shaxs ko‘pligida uchraydi) kon’yunktivning prezental zamon shakllari o‘rniga preterital zamon shakllari qo‘llanadi. Aniqrog‘i:

a) Prezens kon’yunktiv o‘rniga preteritum kon’yunktiv:
Meine Freunde sagen, daß sie zu mir kämen (kommen).

b) perfekt kon’yunktiv o‘rniga plyuskvamperfekt kon’yunktiv:


Der Lehrer sagte, daß die Studenten den Unterricht
versäumt hätten (statt haben).

s) futurum kon’yunktiv o‘rniga konditsionalis I ishlatiladi


Er sagt, daß die Genossen morgen abreisen würden (statt werden).

5. So‘zlovchi o‘zga shaxs fikriga shubha, gumon bilan qaragan taqdirda, o‘zlashtirma gapda preteritum, plyuskvamperfekt kon’yunktiv yoki konditsionalis I ishlatiladi.


Karim sagt, daß er käme(gekommen wäre, kommen würde)
(Karim aytayaptiki, u go‘yo kelayotgan emish (kelgan emish, kelar emish)

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   385   386   387   388   389   390   391   392   ...   533




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish