Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma



Download 1,22 Mb.
bet182/533
Sana27.02.2022
Hajmi1,22 Mb.
#473535
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   533
Bog'liq
Quvanova Sh

Infinitiv
Infinitiv lotin tilida (lat.infinitivus - unbestimmt) noma’lum ma’nosini anglatib, fe’lning uch asosiy formasidan biri bo‘lib harakat yoki holatni ifodalaydi. Biroq u harakat va holatning zamonini, shaxsini va sonini anglatmaydi. U gapda o‘zgarmagan holda qo‘llanadi va shuning uchun ham infinitiv deb yuritiladi. Infinitiv fe’lning ba’zi zamon formalari (Futurum I va Kondisionalis I) ni yasashda qo‘llaniladi.
Ich werde diese Arbeit übernehmen.
Ich würde diese Arbeit übernehmen.
Nemis tilida infinitiv ikki ko‘rinishga ega: Infinitiv I va Infinitiv II.
Infinitiv I fe’lning prezens o‘zagiga -(e)n, (e)ln, (e)rn suffikssini qo‘shish bilan yasaladi:
sitzen, widmen, treffen,
flüstern, rascheln, sammeln.
Ininitiv II asosiy fe’lning sifatdosh II hamda haben va sein yordamchi fe’lining infinitiv I shaklidan yasaladi.
getroffen haben, gewidmet haben,
gekommen sein, eingeschlafen sein.
Nemis tilida infitiv quyidagi asosiy formalarga ega:
1) Aktivning (aniqlik nisbatning) infinitiv I formasi;
2) Aktivning (aniqlik nisbatning) infinitiv II formasi;
3) Passivning (majhul nisbatning) infinitiv I formasi;
4) Passivning (majhul nisbatning) infinitiv II formasi;
5) Holat nisbatning (das Stativ) infinitiv I formasi;
6) Holat nisbatning (das Stativ) infinitiv II formasi;
Nemis tilida infinitiv ham fe’llik, ham otlik xususiyatlariga ega bo‘lgan fe’l formasidir.U odatda turlanmaydi. Infinitiv fe’l nisbatlariga ega: schreiben, geschrieben werden, geschrieben worden sein.
U fe’lning analitik formalarini yasaydi:
Er wird schreiben. Ich werde in die Stadt fahren.
Infinitiv ko‘p hollarda zu yuklamasi bilan qo‘llanadi. zu yuklamasi odatda infinitivdan oldin keladi:
Es ist nicht leicht, alle Aufgabe zu lösen.
Ajraladigan old qo‘shimchalari fe’llarda esa zu yuklamasi old qo‘shimcha bilan fe’l o‘zagi o‘rtasida turadi.
Das ist mein Wunsch, alle Prüfungen abzulegen.
Infinitiv II da esa zu yuklamasi sifatdosh II bilan haben yoki sein yordamchi fe’lining o‘rtasida turadi:
Er scheint eingeschlafen zu sein.
Nemis tilida infinitiv formasi asosan ikkita bo‘lsada, lekin u fe’l nisbatlariga ko‘ra oltita hisoblanadi, chunki aniq nisbat va majhul nisbatning har biri infinitiv I va infinitiv II formalariga , holat nisbati ham infinitiv I va infinitiv II formalariga ega. Infinitiv ma’nolari uning qaysi fe’l nisbatiga va qaysi infinitiv formasiga tegishli bo‘lishiga ko‘ra belgilanadi: tragen, getragen haben, getragen werden, getragen worden sein.
Nemis tilida fe’llarning ko‘pi ikki infinitiv, ya’ni infinitiv I va infinitiv II bilan ham qo‘llanaveradi:
Er glaubte, sie zu sehen.
Er glaubte, sie gesehen zu haben.
Aniq nisbatning infinitiv I formasi qolgan hamma infinitiv formalariga nisbatan o‘zining leksik va sintaktik belgilari bilan keng ko‘lamda qo‘llanadi. U hatto gap tuzish xususiyatiga ham ega.
Nicht lärmen! Nicht schießen!
Nemis tilidagi infinitivga xos ma’nolar o‘zbek tilida faqat harakat nomi formalari yordamidagina ifodalanmay , balki boshqa vositalardan ham foydalaniladi.
Infinitiv formalari quyidagilar:
1. Aniq nisbatning infinitiv I formasi (Infinitiv I Aktiv ) lesen –o‘qimoq .Harakat bajaruvchisini ko‘rsatmaydi: Ich werde studieren; er wird arbeiten.
Infinitiv I turli ko‘rinishlarga ega,ammo ularning ma’nolari bir xil emas: lesen, zu lesen, das Lesen.
Bulardan birinchisi sof infinitiv, ikkinchisi yuklamali infinitiv, uchinchisi otlashgan infinitiv.Infinitiv I fe’lning analitik formasini yasaydi.Infinitiv I yordamida Futurum I formasi yasalib, infinitiv bu sostavida werden yordamchi fe’l bilan birlikda kelasi zamon ma’nosini ifodalashga yordam beradi.Bu holat o‘zbek tiliga hozirgi – kelasi zamon formasi yordamida ifoda etiladi, qiyoslang: Er wird morgen fortfahren. – U ertaga jo‘nab ketadi.Er wird arbeiten.- U ishlaydi.
2. Aniq nisbatning Infinitiv II formasi (Infinitiv II des Aktivs) werden yordamchi fe’li bilan qo‘shilib, Futurum II formasini yasaydi.Infinitiv II o‘zbek tilida egalik va kelishik qo‘shimchalarini qabul qilgan o‘tgan zamon sifatdoshi yordamida ifoda etiladi, masalan:
Er ist traurig, den neuen Bekannten so schnell wieder verloren zu haben.(W.Bredel) - U yangi oshnasini yana butunlay tez yo‘qotganidan g‘amgin.
3. Passivning (majhul nisbatning) infinitiv I formasi shu nisbatning Futurum I formasini yasaydi. Der Artikel wird übersetzt werden.
Shu forma yordamida passiv konditsionalis I formasi ham yasaladi. Nemis tilidagi passiv o‘zbek tilidagi majhul nisbat yordamida, nemis tilidagi konditsionalis I formasi esa o‘zbek tilidagi shart mayli orqali ifoda etiladi. Masalan: Der Artikel wird übersetzt werden (Futurum I passiv formasi). – Maqola tarjima qilinadi. Der Artikel würde übersetzt werden. (Kondisionalis I passiv formasi). - Maqola tarjima qilinsa.
Tarjimada infinitivning bu formasi modal fe’llar bilan ham ishlatiladi, qiyoslang:
Der Roman soll übersetzt werden. – Roman tarjima qilinishi kerak.
4. Passivning Futurum II nemis tilida juda kam ishlatiladi. Uning ma’nosi o‘zbek tilida o‘tgan zamon sifatdoshi + bo‘lmoq fe’lining hozirgi-kelasi zamon formasi yordamida ifoda etiladi, qiyoslang:
Das Buch wird übersetzt worden sein. – Kitob tarjima qilingan bo‘ladi.
Die Arbeit wird beendet worden sein.–Ish tugagan bo‘ladi.
Nemis tilidagi infinitiv formasi bilan o‘zbek tilidagi xarakat nomi o‘rtasida quyidagi o‘xshashlik va yaqinlik begilari bor:
a) infinitiv va harakat nomi fe’llik hamda otlik belgilariga ega. Otlik belgilari shundan iboratki, u gapda ot bajara oladigan vazifalarga kela oladi, qiyoslang:

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   533




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish