Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma



Download 1,22 Mb.
bet131/533
Sana27.02.2022
Hajmi1,22 Mb.
#473535
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   533
Bog'liq
Quvanova Sh

Yordamchi fe’llar nemis tilida uchta (haben, sein, werden) bo‘lib, ular fe’lning qo‘shma zamon shakllarini yasashda qo‘llanadi. Bu fe’llar ham o‘z navbatida mustaqil ma’noga ega. Biroq ular fe’lning qo‘shma zamon formalarida qo‘llanganda, o‘zining tub ma’nosini yo‘qotadi va yordamchi fe’l funksiyasiga o‘tadi. Shuning uchun ham bu fe’llar yordamchi fe’llar deb yuritiladi. Ular bu funksiyada fe’lning zamonini, shaxsini, sonini va darajasini ifodalab keladi. Bu fe’llar yordamchi funksiyada kelganda o‘zbek tiliga tarjima qilinmaydi, mustaqil ma’noda kelganda esa tarjima qilinadi:
Ich habe interessante Bücher – Menda qiziqarli kitoblar bor.
Er hat mir geholfen – U menga yordam berdi.
Ich habe gelesen –(Perfekt)
Ich werde lesen – (Futurum)
Ich bin gekommen - (Perfekt)
Eslatma: haben, sein, werden fe’llari ba’zan o‘z mustaqil ma’nosida ham qo‘llanadi: haben – bor bo‘lmoq, sein va werden – bo‘lmoq.
Sein, werden, bleiben, heißen va shunga o‘xshash ayrim fe’llar gapda bog‘lama vazifasida qo‘llanib, predikativni ega bilan bog‘lash uchun xizmat qiladilar va ot kesimni zamoni, shakli, shaxsi, soni va maylini ifodalaydi, shuning uchun ham bog‘lama fe’llar deb yuritiladi:
Er ist hier –U shu yerda.
Modal fe’llar mustaqil fe’llar kabi harakat va holatni bildirmay, balki eganing harakat yoki holatga nisbatan faoliyatini ifodalaydi:
Er kann hier sitzen.
Fe’llarning sintaktik klassifikatsiyasi
(Die syntaktische Einteilung der Verben)

Gapda qo‘llanish harakatiga ko‘ra, sintaktik jihatdan sub’ektiv va ob’ektiv (subjektive und objektive Verben) fe’llari, o‘timli (transitive) va o‘timsiz (intransitive) , shaxsli va shaxssiz (persönliche und unpersönliche Verben) fe’llar turiga bo‘linadi.


Sub’ektiv fe’llar (kommen, erwachen, liegen, stehen, aussteigen, fallen kabilar) to‘ldiruvch talab qilmaydi:
Ob’ektiv fe’llar to‘ldiruvchi bilan qo‘llanadi. Ular to‘ldiruvchi vositali kelishiklardan birida predlogsiz yoki predlog bilan turishini talab qiladi:
bedürfen, sich erinnern, sich Bemächtigen, gedenken-Genitiv; folgen, begegnen, beiwohnen, beitreten, zuhören, zukommen – Dativ; finden, anrufen, betrachten, zerreißen, betreten – Akkuzativ; träumen (von+Dat), sich freuen (auf, über+Akk), teilnehmen (an+Dat), bestehen (aus+ Dat), arbeiten (an+Dat) kabilar.
Wir nehmen an der Konferenz teil.
Unsere Gruppe besteht aus neuen Studenten.
Akkuzativ kelishigini talab qiluvchi fe’llar ob’ektiv fe’lning alohida bir gruppasini tashkil qiladi. Bu fe’llar harakatning predmetga bevosita o‘tishini bildirgani uchun o‘timli fe’llar (die transitiven Verben) deb ataladi. Akkuzativ kelishigini talab qilmaydigan ob’ektiv va sub’ektiv fe’llar o‘timsiz fe’l (die intransitiven Verben) deb yuritiladi.
Ayrim fe’llar o‘timli va o‘timsiz bo‘lib keladi. Fe’lning o‘timli yoki o‘timsizligi konteksda aniqlanadi:
Der Frühling beginnt im März. (o‘timsiz)
Der Lehrer beginnt die Stunde. (o‘timli)
Wenn man den Topf lobt, zerbricht er.(o‘timsiz)
Das Kind zerbricht die Karaffe. (o‘timli)
Ba’zi hollarda o‘timli va o‘timsizlik fe’lning leksik ma’nosi o‘zgartiradi:
kochen (intr.) – qaynamoq
kochen (tr.) – pishirmoq, qaynatmoq
fahren (intr.) – bormoq
fahren (tr.) – tashimoq
Misollar:
Diese Touristen fahren heute nach Samarkand.
Die Bauern fahren das gedroschene Korn in einen Speicher.
O‘timlilik va o‘timsizlik, asosan , fe’l o‘zagi orqali ifodalanadi. O‘timli fe’lni o‘timsiz fe’lga va aksincha o‘timsiz fe’lni o‘timli fe’lga aylantiradigan maxsus vositalar bor:
1. O‘timsiz fe’lga be- prefeksi qo‘shilganda, u o‘timli fe’lga aylanadi:
gehen – begehen fallen- befallen
treten- betreten kommen - bekommen
eilen – beeilen gleiten - begleiten
2. Ba’zi o‘timli fe’llar o‘timsiz fe’ldan umlaut yordamida yasaladi. Bunday fe’llar kauzativ fe’llar (die kausativen Verben) deb ataladi. Ularning ayrimlari tarixiy printsip bo‘yicha yozilishi sababli umlaut olmaydi:
fallen – fällen
trinken – trank – tränken
fahren – fuhr - führen
3.O‘timli fe’l sich yuklamasi bilan ishlatilganda o‘timsizlashadi.
setzen – sich setzen
legen – sich legen
füllen – sich füllen
Tuzilishiga ko‘ra fe’llar sodda (die einfachen Verben), yasama (die abgeleiteten Verben) va qo‘shma fe’llarga (die zusammengesetzten Verben) bo‘linadi.

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   533




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish