Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma



Download 1,22 Mb.
bet11/533
Sana27.02.2022
Hajmi1,22 Mb.
#473535
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   533
Bog'liq
Quvanova Sh

2.3 So‘z turkumlari
( die Redeteile, die Wortarten )
Nemis tilidagi so‘zlar o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra ayrim leksik-grammatik gruppalarga bo‘linadi. Ularning bunday gruppalari so‘z turkumlari deyiladi.
Nemis tilida so‘zlar quyidagi belgi xususiyatlariga ko‘ra turkumlarga ajraladi:
1) So‘zning umumkategorial xarakteriga ko‘ra. Masalan: die Stadt, fliegen, klein so‘zlarning umumkategorial ma’no xarakteri turlicha bo‘lgani uchun, ular turli so‘z turkumlariga mansub. Predmet ma’nosini anglatish otlar uchun xarakterli bo‘lsa, ish-xarakatni ifoda etish fe’llar uchun xarakterli, predmet belgisini anglatish esa sifatlar uchun harakterli va shu kabilar. Lekin laufen va der Lauf, warm va die Wärme kabi so‘zlarning qiyosi shuni ko‘rsatadiki, faqat so‘zning leksik ma’no xarakterining o‘zi so‘z turkumlarini aniqlash uchun yetarli belgi bo‘la olmaydi. Chunki laufen va der Lauf so‘zlari turli so‘z turkumlariga tegishliligiga qaramay, xarakat ma’nosini anglatadi; warm va die Wärme so‘zlari belgi ma’nosini ifodalaydi. Laufen va der Lauf, warm va Wärme so‘zlarini bir kategoriyaga kiritib bo‘lmaydi. Bu so‘zlarning ma’nolari bir biriga o‘xshash bo‘lsa-da, bularning har biri biror boshqa so‘z turkumiga oid bo‘lgan boshqa belgilariga ko‘ra bir – biridan farq qiladi. Shuning uchun ham laufen va der Lauf so‘zlarining birinchisi fe’lga, ikkinchisi esa otga tegishlidir
2) Grammatik kategoriya bilan bog‘liq bo‘lgan forma yasash sistemasiga ko‘ra. Yuqorida qiyos qilingan laufen va der Lauf so‘zlarining grammatik kategoriyasi turlicha. Der Lauf oti. Kelishik rod, aniqlik va noaniqlik kategoriyalariga ega. Fe’l esa shaxs va son bo‘yicha tuslanadi, u zamon formalariga, uch maylga ham ega; o‘timli fe’llar esa aniq va majhul nisbat formalariga ega.
3) So‘z turkumining uchinchi belgisi – ma’lum bir kategoriyaga oid bo‘lgan so‘zning gapdagi asosi sintaktik funksiyaga ko‘ra. Masalan: laufen fe’l bo‘lgani uchun u tuslanadigan formada qo‘llanadigan kesim vazifasida ishlatiladi. Ot uchun eng harakterli bo‘lgan funksiya uning ega va to‘ldiruvchi vazifasida qo‘llanishidit.
4) So‘z turkumining to‘rtinchi belgisi – ma’lum so‘z turkumiga xos bo‘lgan so‘z yasash, forma yasash sistemasiga ko‘ra. Chunonchi har bir so‘z turkumi o‘zining so‘z yasash sistemasiga ega. Masalan: -ung, -heit, -keit, -schaft, -tum, -e va boshqalar suffikslar otlarga xarakterlidir. Turli so‘z turkumlarining so‘z yasash usullarining tutgan o‘rni ham turlicha
Nemis tilida otlar so‘z yasash sistematikasi bilan bir qatorda so‘z qo‘shilish sistemasi ham keng ko‘lamda qo‘llanadi. Fe’l ava sifatlarda esa, aksincha, so‘z qo’shilish sistemasi u qadar muhim rol o‘ynamaydi. So‘z turkumlariga so‘z yasash sistematikasi muhim ahamiyatga ega. Sifatlarda so‘z yasalishida eng asosiy usul suffiksasiyadir. Lekin fe’l yasalishida qo‘llanadigan suffikslar anchagina kam miqdorni tashkil qiladi. Fe’llarda prefiksasiya juda taraqqiy etgan, qiyoslang: bauen fe’lidan abbauen, anbauen, aneinanderbauen, aufbauen, wiederaufbauen, ausbauen, bebauen, drühinbauen, nachbauen, zusammenbauen, überbauen kabi (yasama) fe’llar yasaladi.
Hozirgi nemis tilida quyidagi so‘z turkumlari mavjud bo‘lib, ular umumiy belgilariga ko‘ra avvalo uch katta gruppaga bo‘linadi

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   533




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish