Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma



Download 1,22 Mb.
bet388/533
Sana27.02.2022
Hajmi1,22 Mb.
#473535
1   ...   384   385   386   387   388   389   390   391   ...   533
Bog'liq
Quvanova Sh

O‘zlashtirma gap. O‘zga shaxsning shaklan o‘zlashtirib bayon qilingan fikriga o‘zlashtirma gap deyiladi. Odatda o‘zlashtirma gap shaklan ergash gap formasida kelib, avtor gapi unga nisbatan bosh gap funksiyasini bajaradi. O‘zlashtirma gap, asosan avtor gapi (bosh gap) dan oldin va undan keyin, ba’zan esa uning har ikki tomonidan keladi:
O‘zlashtirma gap asosan to‘ldiruvchi ergash gap shaklida keladi. Bunda u avtor gapi bilan bog‘lanish usuliga ko‘ra ikkiga bo‘linadi.
1) bog‘lovchili o‘zlashtirma gap va 2) bog‘lovchisiz o‘zlashtirma gap:
Bog‘lovchili o‘zlashtirma gaplar avtor gapi bilan daß va ob ergashtiruvchi bog‘lovchilari, wo, wann, warum, woher, weshalb kabi nisbiy ravishlar va wer, was kabi nisbiy olmoshlar orqali birikib keladi.
Bog‘lovchili o‘zlashtirma gaplarda qaysi bog‘lovchi qo‘llanishi kerakligi ko‘chirma gapning turiga bog‘liq bo‘ladi.
Darak gaplardan tashkil topgan ko‘chirma gaplar o‘zlashtirma gapga aylantirilganda o‘zlashtirma gap avtor gapi bilan daß bog‘lovchisi orqali birikadi:
Er sagt: „Halima spricht schon sehr gut Deutsch“.
Er sagt, daß Halima schon sehr gut Deutsch spreche
So‘roq so‘zsiz so‘roq gapdan tashkil topgan ko‘chirma gaplar o‘zlashtirma gapga aylantirilganda o‘zlashtirma gap avtor gapi bilan ob bog‘lovchisi orqali birikadi:
Er fragte:“Fährt diese Straßenbahn zum Bahnhof?“
Er fragte,ob diese Straßenbahn zum Bahnhof fahre.
So‘roq so‘zli so‘roq gaplardan tashkil topgan ko‘chirma gaplar o‘zlashtirma gapga aylantirilganda o‘zlashtirma gap avtor gapi bilan nisbiy ravish va olmoshlar orqali birikadi:
Der Reisende fragte: „Wann fährt der Zug ab?“
Der Reisende fragte, wann der Zug abfahre.
Buyruq gaplardan tashkil topgan ko‘chirma gap o‘zlashtirma gapga aylantirilganda o‘zlashtirma gap avtor gapi bilan bog‘lovchisiz birikadi. Buyruq gap mazmunidan iltimos, istak anglashilganda o‘zlashtirma gapda mögen modal fe’li, buyruq, talab ifodalanganda esa sollen modal fe’li qo‘llanadi. Bunday gaplarda modal fe’l prezens yoki imperfekt konyunktivda kelgan bo‘ladi:
Mein Freund sagte: „Hilf mir, bitte, bei dieser Arbeit“.
Mein Freund sagte, ich möge ihm bei dieser Arbeit helfen.
Karim sagte: „Warte auf mich zu Hause!“
Karim sagte, ich solle auf ihn zu Hause warten.

Eslatma:Ko‘chirma gapning egasi birinchi shaxs kishilik olmoshi (ich) bilan, avtor gapining egasi esa uchinchi shaxs kishilik olmoshi (er, sie es) bilan ifodalangan bo‘lsa, bunda o‘zlashtirma gapga aylantirilganda, ko‘chirma gapdagi birinchi shaxs olmoshi –ich, uchinchi shaxs olmoshi –er bilan almashinadi. Avtor gapidagi er bo‘lsa, o‘z holicha qo‘llanadi:
Er sagte: „Ich bin im Sommer nach Samarkand gefahren“.
Er sagte, er im Sommer nach Samarkand gefahren sei.

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   384   385   386   387   388   389   390   391   ...   533




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish