Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/318
Sana13.04.2022
Hajmi1,14 Mb.
#548052
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   318
Bog'liq
2 5456458763600920924

www.ziyouz.com kutubxonasi 
91
Qayroqqumdan berida tuya va xachirlarga ko‘ch ortgan karvon ko‘rindi. Karvon ortida 
sandiqlar yuklangan katta g‘ildiraklik qo‘qon aravalar ham kelmoqda. Ularning 
hammasini to‘rt-besh yuz kishilik otliq navkarlar uch tomondan qo‘riqlab yo‘l yurmoqda. 
Xon qizi bo‘lgan Qutlug‘ Nigor xonimning besh yuzdan ortiq xos navkari borligi 
Boburning yodiga tushdi. 
Oldingi qatordagi qo‘riqchilar orasida bo‘z ot minib kelayotgan Qutlug‘ Nigor xonim 
Boburni sallasiga qadalgan tojdorlik belgisidan tanib otini o‘g‘li tomon yeldirdi. 
Ona-bola va egachi-ini otlaridan tushib, quchoqlashib ko‘rishar ekanlar, goh
xonumondan ayrilish alamlarini, goh diydor ko‘rishish quvonchlarini ichlariga 
sig‘dirolmay, ko‘zlariga dam-badam yosh olishar edi. 
Yana otlanib Xo‘jandga yetgunlaricha ko‘rgan-kechirganlarini bir-birlariga so‘zlab 
berishdi. 
— Tanbal asoratidan qanday qutuldilaringiz? — so‘radi Bobur onasidan. 
— Mana shu qo‘riqchi navkarlarim Tanbalni biz turgan joyga yaqin keltirmadi. «Men 
Yunusxonning qizimen, inim Mahmudxon Toshkent tojdoridir, agar Ahmadbek bizga 
ziyon yetkizsa, xonlar oldida javob berur!» deb, orada turgan odamlariga aytdim. Har 
qalay, gapim ta’sir qilibdi, beshikast chiqib keldik. 
— Afsus, men bundan bexabar qoldim! Chopar kechikdi! 
— Biz ham shunisiga kuyinurmiz, Boburjon! Siz bizni deb Samarqandni jangsiz 
topshiribsiz! 
Shu tarzda dardlashib, Xo‘jandga yetib keldilar. Shahar dorug‘asi nufuzli a’yonlari bilan 
qo‘rg‘on darvozasidan chiqib, Bobur va uning onasini ehtirom bilan kutib oldilar. Bu 
qadimiy shahar xalqi Chingizxon bilan mardona olishgan Temur Malik davridan beri 
mo‘ng‘ul bosqinchilaridan ko‘p jabr ko‘rgan. Hozir ham Toshkentda hukmron bo‘lib olgan 
chingiziylar Xo‘jandga xavf solib turardi. Buning ustiga Andijon ham Ahmad Tanbalday 
zolimlarning qo‘liga o‘tgan paytda xo‘jandliklar Bobur kabi temuriy shahzodalar 
himoyasiga ehtiyoj sezardi. Shuning uchun shahar dorug‘asi Boburni oliy darajada 
e’zozlab, Sirdaryo sohilidagi ulkan bog‘ini ikki oshiyonlik qasri bilan uning ixtiyoriga 
berdi. 
Qosimbek Boburga, uning onasi va egachisiga ikkinchi oshiyondagi eng yaxshi xonalarni 
tayyorlatib qo‘ydi. O‘zi beku mulozimlar va qo‘riqchi yigitlar bilan birinchi qavatni 
egalladi. 
Hammalari narsalarini joylashtirib tinchiganlaridan so‘ng, ikkinchi oshiyondagi katta 
tanobiy uyda Bobur onasi va egachisi bilan yakkama-yakka qolib, boshqalar oldida 
aytilmaydigan dardu alamlarini to‘kib soldilar. 
— Tole’ bizdan yuz o‘girdi! — dedi Bobur «uh» tortib, — Tanbalning o‘n ming qo‘shini 
bor emish, rostmi? 
— Rost! Nobakorlar sizni «Samarqandda vafot etdi», deb ovoza tarqatdilar, — dedi 
Qutlug‘ Nigor xonim. — Behush yotganingizni ko‘rib kelgan choparni guvoh qilib 
ko‘rsatib, ko‘p odamni bunga ishontirdilar. Shundan so‘ng tarafdorlaringiz ma’yus bo‘lib, 
Tanbal bilan Jahongirga bo‘yin egdilar. 
— Qosimbek ham xato qilganki, meni behush ahvolda ko‘rgan navkarni Samarqandda 
to‘xtatib turmagan. Buni sir tutmoq kerak edi! Hozir bizning bir yarim mingga yetar-
etmas navkarimiz qoldi. Ularning ham ko‘pi vodiydagi uylariga, ahli oilasiga talpinur, 
Xo‘jandda ko‘p turolmay tarqab ketgay. Men endi qaysi kuch bilan Tanbalga qarshi 
boray? Bu ne ko‘rgulikki, birvarakay ham Samarqanddan, ham Andijondan mahrum 
bo‘ldik! Ikki mulk orasida muallaq qoldik! Najot yo‘q! Atrofimiz zimziyo qorong‘ilik! Boshi 
berk ko‘cha!! 
Bobur jigarbandlariga dil yorib so‘zlar ekan, ilojsizlikdan ko‘ngli ezilib, ruhi qiynalar, 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish