Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/318
Sana13.04.2022
Hajmi1,14 Mb.
#548052
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   318
Bog'liq
2 5456458763600920924

www.ziyouz.com kutubxonasi 
71
uchrab qolar?» 
Tohirning boshida tulki telpak, egnida pochapo‘stin, so‘nggi oylarda mudom otliq yurib, 
qadam olishi xiyla o‘zgargan. Uzangiga o‘rganib ketgan oyoqlari yerda avvalgiday ravon 
odimlay olmaydi. Ammo qo‘llari chavandozcha bir chaqqonlik bilan qopga tez tushib-
chiqadi. 
Ko‘zlari lo‘q ochlar Tohirning o‘zini emas, non ulashayotgan qo‘llarini ko‘rishadi, xolos. 
Ularning ko‘pi imillab, kichik-kichik qadam tashlab juda sekin harakat qilishadi. Yo‘llarida 
kichkina ariq yoki do‘nglik uchrab qolsa, o‘tolmay to‘xtab qolishadi. Baquvvatroqlari 
suyab, ko‘maklashib o‘tkazib qo‘yishadi. 
Tohir odamlarning har birini sinchiklab ko‘zdan kechiradi. Nahotki ularning orasida 
Robiyani ko‘rgan-bilgan birorta odam bo‘lmasa? 
Ana, bir ayol to‘n yopinib, yarim o‘girilib turibdi. Tohir uning yonidagi kampirga qarab: 
— Xolalar, oralaringda andijonlik yoki quvalik ayollar bormi? — deb so‘radi. 
Kampir tojikcha talaffuz bilan: 
— Undoqlar yo‘q, aylanay, — dedi. 
Tohir yuzlab marta aytgan so‘zlarini takrorlab: 
— Singlimni izlab yuribman, — dedi. — Sulton Ahmad mirzoning askarlari Quvadan olib 
qochib ketganiga to‘rt yil bo‘ldi. 
— Bechora! — deb qo‘ydi kampirning yonidagi ayol. 
Nariroqda nonga ko‘z tikib turgan bir kishi sabr-sizlanib yo‘taldi. Tohir non ulashishda 
davom etar ekan, o‘ttiz besh yoshlardagi, siyrak malla mo‘ylovli novcha bir kishining 
qarshisida to‘xtadi. 
— Siz ilgari navkar bo‘lganmisiz? 
Yuzi shishinqiragan bu odam xavotirli tovush bilan: 
— Ha, — dedi. 
— Qachon? 
— Ko‘p jil bo‘ldi. 
— Andijonga borganmisiz? 
— Jo‘q... berirog‘idan qaytkanmiz. 
Bu odamning talaffuzi o‘shanda Robiyani qopga solib olib ketgan «jo‘q»chi yigitlarni 
eslatdi-yu, Tohirning vujudi qaltirab ketdi. Ehtimol, bu o‘sha bosqinchilarning biridir? 
Tohir orqasiga o‘girilib, novvoyxona tomonda turgan sherigini chaqirdi. Qopning tagida 
qolgan nonlarni unga berdi-yu, malla mo‘ylovli kishini bilagidan olib bir chetga boshladi. 
U odam qo‘rquvdan bo‘shashib, kalovlanib, to‘xtab qoldi: 
— Ukajon, men bir bechora odamman! Meni qo‘yib jubaring! Nong‘a kelib edim... 
Nong‘a!... 
Tohir kalavaning uchini shu odam topib berishi mumkinligini sezib, muloyimroq 
gapirishga tirishdi. 
— Non olasiz. Sizga ko‘proq non beramen. Menga rostini ayting. Sulton Ahmad mirzoga 
navkar bo‘lganmisiz? 
— Bo‘g‘anmen. 
— Andijondan beridagi Quvaning ko‘prigidan o‘tganmisiz? 
— Qaysi ko‘prik? Sinib ketib, bizni xarob qilg‘an ko‘prikma? 
— Xuddi o‘zi! — dedi Tohir g‘azab aralash quvonch bilan. Mana, o‘sha bosqinchi! Tohir 
unga hozir xanjar ursa bir alamdan chiqar edi. Ammo Robiya nima bo‘ladi? Buni o‘ldirsa, 
Robiyani kimdan so‘roqlab topadi? 
Tohir malla mo‘ylovli yigitni yoqasidan olib qahr bilan silkitdi: 
— Robiya qani? Ayt tezroq! 
Ochlikdan darmoni ketib, zo‘rg‘a yurgan yigit Tohirning siltalashidan to‘kilib, parchalanib 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish