Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/318
Sana13.04.2022
Hajmi1,14 Mb.
#548052
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   318
Bog'liq
2 5456458763600920924

www.ziyouz.com kutubxonasi 
45
yopishib oldi. Kiyikday chaqqon Xonzoda begim yigitning yelkasidan tutib, o‘zini tez 
o‘ngladi va unga sekin rahmat aytdi. Shu payt mulla Fazliddin o‘z yuzida Xonzoda 
begimning iliq nafasini his qildi. Qizning yuzidami, lablaridami, gul atriga 
o‘xshamaydigan, ammo undan ham yoqimliroq, sirliroq bir hid bor edi. Mulla Fazliddin 
shu hidni oldi-yu, Xonzoda begimning shoh qizi ekanligini go‘yo unutdi. Qizning salqin, 
yumshoq qo‘lidan ushlab naryog‘i tekis ketgan so‘qmoqqa chiqqunlaricha qo‘yib 
yubormadi. Besh-o‘n qadamlik masofada oddiy me’mor bilan malika orasidagi farq go‘yo 
yo‘qolib ketdi, ular bir-birlariga faqat zabardast yigitu go‘zal qiz bo‘lib tuyuldilar. 
Lekin undan narida yana kanizlar, jilovdorlar, savdarlar oraga tushib, Xonzoda begimni 
qurshab olib ketdilar. Mulla Fazliddin g‘alati bir tush ko‘rib uyg‘ongan odamday 
hayratlanib qolaverdi. 
Ertasi kuni Xonzoda begim yordamga yuborgan ikkita norg‘ul yigit mulla Fazliddinga 
kerakli yuklarni pastdan tashib chiqa boshladi. Oradan bir hafta o‘tgach, tuyaga ortilgan 
koshinlar ham yetib keldi. Xonzoda begim yubortirgan har bir narsada mulla Fazliddin 
uning o‘zini ko‘rganday bo‘lardi. Po‘lat sandiqdagi suratni oqshomlari yolg‘iz qolganda 
qo‘liga olib uzoq-uzoq tikiladi. Qiz sirg‘anib ketgan mana shu tog‘ning toshlaridan 
Xonzoda begimning o‘shandagi iliq nafasi va sirli hidi hamon kelib turganga o‘xshardi. 
«Nahotki bu muhabbat bo‘lsa? — derdi mulla Fazliddin o‘ziga-o‘zi. — Yo‘q, zinhor! 
Mendagi tuyg‘u — beg‘araz ilohiy bir mehrning nishonasi, xolos. Boshqacha bo‘lishi 
mumkin emas!» 
Hozir yana Xonzoda begim yaqinlashib kelayotganini ko‘rib, sarosimaga tushib qolgan 
mulla Fazliddin o‘zining mana shu e’tiqodida mahkam turishga tirishar va ayollar 
tomondan nigohini olib qochardi. 
_______________ 
* Ch a v g o n — hozirgi xokkey o‘yiniga o‘xshaydi. Faqat ochiq maydonda ot minib o‘ynaladi. 
* P a r g o r — sirkul. 
* T o q i — cho‘qqisimon zaifona bosh kiyim.
3 
Bobur mirzo otdan tushganda bo‘yi o‘sib, katta yigitlarga tenglashib qolgani bilindi. 
Qadam olishi ham xiyla salmoqli. Taxtga o‘tirganidan beri o‘tgan so‘nggi uch yil uni juda 
tez ulg‘aytirgan, ko‘z qarashlari ko‘pni ko‘rgan odamlarnikiday vazmin. Faqat xipcha 
qomati va hali uncha to‘lishmagan yelkalari endi o‘n besh yoshga kirganini eslatib 
turardi. 
Ammo toqqa chiqishda Boburning o‘smirligi juda ish berdi. U hammadan oldinda 
toshdan-toshga yengil ko‘tarilib borar, goh onasiga, goh opasiga yuqoridan qo‘l cho‘zib 
yordamlashib qo‘yardi. 
Beklar va mulozimlarning ko‘pchiligi pastda qolishdi. Yo‘l tor, hujra kichkina bo‘lganligi 
uchun hozir birinchi navbatda podshoh oilasi va Boburga eng yaqin kishi bo‘lgan eshik 
og‘a Qosimbek chiqishmoqda edi. Qavchin urug‘idan chiqqan Qosimbek to‘ladan kelgan 
barvasta kishi edi, tog‘ning yarmiga chiqquncha nafasi bo‘g‘ilib, qiynalib qoldi. Bobur 
buni ko‘rib, tekisroq bir tosh ustida to‘xtadi. Qosimbek ham to‘xtab, orqada kelayotgan 
mulla Fazliddinga yuzlandi: 
— Janobi me’mor, bu toshlardan zinapoya tarashlash xotiralariga kelmabdir-da. 
Mulla Fazliddin pastroqda to‘xtab qo‘l qovushtirdi-yu, yengil bir ta’zim bilan javob berdi: 
— Agar zoti oliy amr bersalar, zinapoya tarashlash imkoni bor. 
Qosimbek yuqoriga yuz o‘girib, Boburga savol nazari bilan qaradi. Bobur kulimsirab: 
— Ajabo! — dedi endi yo‘g‘onlasha boshlagan o‘smir ovozi bilan. — Tog‘ cho‘qqisiga ham 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish