Kutubxonasi


  Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov  www.ziyouz.com



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/318
Sana13.04.2022
Hajmi1,14 Mb.
#548052
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   318
Bog'liq
2 5456458763600920924

3 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
25
Qo‘rg‘on ichidan darvozaxonaning tomiga chiqib olgan yapasqi bir navkar devor 
kungurasi orasidan ularni kuzatib turgan edi. Qosimbek Mirzo darvozasidan shitob bilan 
kirayotganda bu navkar ham tomdan sekin tushdi-yu, devor oldiga bog‘lab qo‘yilgan otni 
minib, xo‘jayini Ahmad Tanbal kutib turgan joyga qarab ketdi. 
Mevalari g‘arq pishgan katta bog‘ning to‘rida marmar gumbazlik hammom bor edi. Bog‘ 
egasi Yoqubbek yozning issiq kunlarida shu hammomning mehmonxonaga o‘xshatib 
bezatilgan salqin bir xonasida dam olar edi. Asl gilamlar to‘shalgan bu xonaning to‘rida 
hozir Ahmad Tanbal o‘tiribdi. U kumush bilan bezatilgan qimiz kadidan jiyda gulli 
piyolaga qimiz quyib, sipqordi. So‘ng sarg‘ish mo‘ylovini kafti bilan artar ekan: 
— Tangrim meni kechirsin, bugun ro‘zani buzdim,— dedi. — Yo‘lda tashnalikdan tilim 
tanglayimga yopishib qoldi. Hushimdan ketib otdan yiqiladigan holatga keldim. 
— Bugun sizga ravo, — dedi Yoqubbek. — Zarurast— ma’zurast. Mushkul ishga bel 
bog‘labsiz. Agar kushoyishi koringizni berib, taxt Jahongir mirzog‘a o‘tsa, siz uning eng 
ishongan rahnamosi bo‘lursiz. 
Ahmad Tanbal bu nurli istiqbolni ko‘z oldiga keltirib, bir entikdi. Oldingi tishlaridan 
ikkitasi tushib ketgan semiz Yoqubbek unga sinovchan nazar bilan qarab turardi. 
Yoqubbekning nigohida «Mening bu xatarli ishga nechun bosh qo‘shayotganimni 
unutmasmikansen?» degan ma’no bor edi. Ahmad Tanbal sergaklandi: 
Bek janoblari, siz bilan biz asli mo‘g‘ul* urug‘idanmiz. Barloslarning Farg‘ona 
viloyatida shuncha vaqt hukm surganlari yetar. Endi navbat bizniki. Men sizni mo‘g‘ul 
beklarining eng ulug‘i deb bilurmen. Tangri omad berib, agar men taxt vorisiga rahnamo 
bo‘lsam, o‘shanda ham menga siz rahnamolik qilg‘aysiz! 
— Inshoollo! — deb Yoqubbek mamnun yuz bilan kalta soqolini silab qo‘ydi. — Qani, 
Ahmadbek, chan-qoq bosilgandan so‘ng ochlik bilinadir. Yaxna go‘shtdin totining. 
Ahmad Tanbal chinni lagandagi go‘shtga endi qo‘l uzatganda eshik sekin ochildi. Ahmad 
Tanbal laganni bir chetga surib, eshikka qadalib qaradi. Boyagi yapasqi navkar 
xo‘jayinining tinchini buzgani uchun uzr so‘raganday bo‘sag‘adan narida turib, ta’zim 
qildi: 
— Bek janoblari, sevinchi bering! — dedi. — Bobur mirzo qo‘rg‘onga kirmay qaytib 
ketdilar. 
— Ayni muddao! 
Ahmad Tanbal uchun bu chindan ham quvonchli xabar edi. Charm hamyonidan bitta 
oltin tanga olib, bo‘sag‘a oldiga tashladi. Yapasqi navkar tangani shosha-pisha olib, ikki 
bukilib rahmat aytdi. So‘ng Ahmad Tanbalning ishorasi bilan eshikni sekin yopib, orqaga 
chekindi. 
Axsidan Andijonga kelib to‘g‘ri Yoqubbeknikiga tushgan Ahmad Tanbal podshohning 
o‘limi haqidagi xabarni eng avval Sherim tog‘oyiga yetkazdirgan edi. Uning hovliqma 
fe’lini qo‘zg‘atib, o‘zi panada qolish uchun imzosiz xatni kabutar yordamida osmondan 
tushirtirgan edi. 
— Maslahatingiz bilan tuzilgan reja sharofatli chiqdi!— dedi Ahmad Tanbal uy egasiga 
mamnun ko‘z tashlab. 
— Ha, Sherimbek endi jiyanini xavf-xatardan yaxshilab «xalos qilur». Uning eng nufuzli 
bekiga aylanish uchun Olatog‘dan ham oshur. 
— Endi biz Boburning xatardan qo‘rqib qochganini xaloyiqning qulog‘iga yetkazmog‘imiz 
kerak. Bobur shunday paytda ota yurti Andijonni tashlab ketganini xalq bilsin, undan 
ixlosi qaytsin. Ana undan so‘ng Jahongir mirzoning taxtga o‘tirishiga hech bir monelik 
qolmas. 
Yoqubbek soqolini tutamiga olib, bir lahza o‘ylanib turdi-yu: 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish