Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/318
Sana13.04.2022
Hajmi1,14 Mb.
#548052
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   318
Bog'liq
2 5456458763600920924

HINDIKUSH, KOBUL 
O‘LIM BILAN YUZMA-YUZ 
Xirotdan uzoqlashganlari sari go‘zallik va nafosat nuriga yo‘g‘rilgan iliq tuyg‘ular o‘rnini 
Hindikush tog‘ining bahaybat qoyatoshlari va uning sovuq muzlariga o‘xshaydigan 
xavotirliklar egallay boshladi. Boburning Kobuldan chiqib kelganiga uch oydan oshyapti, 
lekin u yerdagi ishonchli odamlardan xabar kelmayapti. Ora uzoq — otda bir oy-qirq 
kunlik yo‘l. Karvon bilan Kobuldan kelgan savdogarlar noxush ovozalar eshitibdi. Go‘yo 
Bobur mirzo Hirot tojdorlari bilan yovlashib qolganmish, uni Ixtiyoriddin qal’asiga qamab 
qo‘yganmishlar. 
Hisorda Xisravshohdan ajralib kelib, Bobur xizmatiga kirgan yigirma ming mo‘g‘ul 
sipohilari bu xabarga asoslanib, Kobulda o‘z hokimiyatlarini o‘rnatish harakatiga 
tushganmish. Mo‘g‘ullarning dug‘lat qavmidan bo‘lgan Muhammad Husayn (avvalgi 
O‘ratepa hokimi) fitnachilarga bosh bo‘lmoqda emish. Ammo Kobul dorug‘asi Mulla Bobo 
Boburga sadoqat saqlab, qo‘rg‘on darvozalarini berkitib olganmish. Agar shu gaplar rost 
bo‘lsa, qo‘rg‘on qamalda qoladi. Ammo tashqaridan yigirma ming qo‘shin hujum qilsa, 
qo‘rg‘onni egallashi hech gap emas. Unda Bobur Samarqand tufayli Andijondan ayrilgani 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
189
kabi, Hirot sababli Kobuldan ham ajralib, yana ora yo‘lda muallaq qolishi mumkin. 
Bu xatarning oldini olish uchun Bobur Kobulga tezroq yetib borish harakatiga tushdi. 
Aksiga olib, qish erta boshlandi. Qavs oyidayoq tog‘ etaklariga yoqqan qalin qor 
otlarning tizzasiga yetib bordi. Chaxcharon degan joyda Bobur beklarni mashvaratga 
to‘pladi. 
— Dovonlar bekilgandir, — dedi Xo‘ja Kalonbek.— Qandahor orqali borsak, yo‘l tekis. 
Hindikushni aylanib o‘tgaymiz. 
— Aylanib o‘tganingizgacha qirq-ellik kun vaqt ketgay! — e’tiroz qildi Qosimbek. — 
Ungacha mo‘g‘ullar Kobul qo‘rg‘onini egallab olsa, keyin ne qilgaymiz? 
— Xudo ko‘rsatmasin! — dedi Bobur. — Ilohim bu mishmish yolg‘on chiqsin! 
— Ammo shamol bo‘lmasa terakning uchi qimirlamagay, amirzodam! Kobulga tezroq 
yetib bormog‘imiz shart! To‘g‘ridagi Ko‘tali Zarrindan oshsak Qandahor yo‘liga nisbatan 
masofa ikki barobar qisqargay. Bir oy vaqt yutgaymiz! 
— Unday bo‘lsa, mayli, janob Qosimbekning taklifini qabul qilaylik. Faqat dovon yo‘lini 
yaxshi biladigan yo‘lboshchi topish kerak. 
— Bunisi menga tan! — dedi Qosimbek. 
Ertasi kuni yana qor yog‘a boshladi. Bobur qo‘riqchi yigitlari bilan otlanib chiqayotganda 
Qosimbek af-g‘onlarning pashoyi qabilasi yashaydigan qishloqdan Sulton degan bir yo‘l 
ko‘rsatuvchini topib keldi. 
Olachipor salla o‘ragan, baland bo‘yli, burni uzun, jingalak soqoliga oq oralagan bu 
odamning yuzi Boburga allanechuk tund ko‘rindi. Bobur u bilan ot ustida turib dariy tilida 
so‘zlashdi: 
— Qishda Ko‘tali Zarrindan o‘tish mumkinmi yo‘qmi? 
— O‘tganlar bor, — dedi Sulton. — Ammo bu yil qor juda ko‘p. Ko‘chki bosib qolishidan 
qo‘rqmasangiz... 
— Siz qo‘rqmasangiz biz nechun qo‘rqaylik?.. 
— Men qishda o‘tsam, bir o‘limni zimmamga olib o‘taman. Ketishda uydagilardan rozi-
rizolik so‘rab yo‘lga chiqaman. Qaytib kelmasligim mumkin. 
Bobur Qosimbek tomonga o‘girilib turkiy tilda so‘radi: 
— Nafasi muncha sovuq? Boshqasi yo‘qmidi? 
— Boshqalari unamadi. «Dovon bekilgan, jon kerak!» deyishdi. 
— Bizga jon kerak emasmi? 
— E, bular shunaqa vahima qilib, qadrini oshirgay! Mana shu Sulton qishda ham Ko‘tali 
Zarrindan o‘tgan ekan. Kadxudosi aytdi! 
Sulton pashoyi soqoliga ingan qor zarralarini kafti bilan sidirib tashlar ekan, istehzoli 
kulimsirab qo‘ydi. Bobur uning turkiychani tushunishini sezdi, ammo is-tehzosini 
yoqtirmadi. Sultonning dilida ortiqcha g‘ururmi, kuduratmi, sovuq bir narsa bordek 
tuyuldi. 
— Janob Qosimbek, odamlarimizni ortiqcha xatarlarga giriftor qilmaylik. Hali ham bo‘lsa 
Qandahor yo‘liga qaytaylik! 
— Ammo vaqtni boy bersak, Kobul ilikdan ketgay, amirzodam! Siz bilan biz qancha 
xatarli dovonlardan oshganmiz! Hisor tog‘laridan qor bo‘ronlari tagida dahshatli 
uchmalar, sekirtmalardan o‘tib, Iskandarko‘l-ga tushganimiz yodingizdami? Xudo 
asraymen desa, hech gap emas! 
— Xayr, bu gal ham xudo o‘zi asrasin! — deb Bobur Sultonning yo‘l ko‘rsatuvchi 
bo‘lishiga rozilik berdi. 
Sulton uyiga borib, chindan ham onasidan, xotini va bo‘y yetgan farzandlaridan rozi-
rizolik so‘rab chiqdi. Uning o‘ziga to‘q, badavlat oilasi bor, sayisxonasidagi sakkizta otiga 
maxsus otboqar qaraydi. Bu gal qishda yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘lishdan maqsadi faqat pul 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish