Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/318
Sana13.04.2022
Hajmi1,14 Mb.
#548052
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   318
Bog'liq
2 5456458763600920924

www.ziyouz.com kutubxonasi 
134
Yaxshi bir me’mor — hunarsiz asilzodaning yuztasidan afzal emasmi? 
— Begim, siz Tanbalning yog‘iyligi uchun xijolat chekmang. Ilon baribir ilonligini qilur 
edi. 
— Minnatdormen, amirzodam. 
— Hazrati Alisherbek ham bizdan ulug‘ ishlar kutib kitobat yubormishlar. Nasib qilsa, biz 
ham umrboqiy obidalar qururmiz, hunarpeshalar yana yig‘ilib kelurlar. Men bu muborak 
kitobatning javobini maxsus elchidan berib yuborurmen. Agar Hirotga borgan o‘sha 
andijonlik me’mor — mavlono Fazliddin bo‘lsalar, elchi topib, Samarqandga taklif qilur. 
Xonzoda begimning hali yoshi qurimagan ko‘zlarida endi shodlik uchqunladi. U inisiga 
zavq bilan tikilib shivirladi: 
— Siz Movarounnahr osmonida bizning yagona umid yulduzimizsiz! 
— Endi parvardigor Shayboniyxonni tezroq daf qilsinu yurt tinchisin, deng. O‘shanda 
nafasni rostlab, O‘shda qilgan orzularimizning ijrosiga kirishurmiz. 
Mavlono Fazliddin Andijonda qurmoqchi bo‘lgan me’morlik obidalarining tarhlarini
loyihalarini Xonzoda begim onasidan olib, hamon asrab yurar edi. Hozir buni Boburga 
aytishdan iymandi-yu: 
— Amirzodam, men endi kechayu kunduz xudoga iltijo qilurmen — dedi, — ilohim shu 
orzularimiz ro‘yobga chiqsin! 
Xonzoda begim ruhi ko‘tarilib chiqib ketganidan keyin Bobur sandiqchadan she’r daftarini 
oldi-yu, kechagi mashqini davom ettirmoqchi bo‘ldi. Daftardagi bir matla’ uning hozirgi 
ruhiga mosroq edi: 
«Har kimki vafo qilsa vafo topqusidir, 
Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidir...» 
Alisher Navoiyga shu she’rni bitirib yuborsa yaxshiroq bo‘larmidi? U yana bir satr yozdi, 
o‘ziga yoqmagandan keyin o‘chirib, yana yozdi, yana o‘chirdi, nihoyat uchinchi 
urinishda: 
«Yaxshi kishi ko‘rmagay yomonliq hargiz» 
degan satrni topdi-yu, uni ich-ichidan yoqtirib, ilhom hayajonidan nafasida titroq paydo 
bo‘ldi. Nazarida, Navoiy uning yelkasi osha bu yangi satrni o‘qiyotgandek edi. U 
odamlarga Navoiydek ko‘p yaxshilik qilgan siymoning hech qachon yomonlik 
ko‘rmasligini istar, endi shu istagini she’riga ham singdirmoqchi bo‘lardi. 
Bobur to‘rtinchi satrni boshlaganda savdarboshi eshikdan bosh egib, qo‘rqa-pisa: 
— Mirzo hazratlari, — dedi. 
— Meni tinch qo‘ying demabmidim? 
— Qulingizni afv eting... 
— Yana ne tashvish? 
— Amirzodam buyurgan edilar. Agar mulla Binoiyni keltirsalar, darhol xabar bering
degan edingiz. 
— Shoir Binoiy Shahrisabzdan kelibdirmi? 
— Qosimbek janoblari keltirmishlar. 
Bobur bu xabarni eshitdi-yu, yozishdan to‘xtab, qalamni miz chetiga qo‘ydi. Pastdagi 
qabulxonaga tushib borayotganda Binoiyning taqdiriga oid murakkab voqealar xayolidan 
takror o‘ta boshladi. 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish