Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/318
Sana13.04.2022
Hajmi1,14 Mb.
#548052
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   318
Bog'liq
2 5456458763600920924

www.ziyouz.com kutubxonasi 
8
shu hammomning tarhini o‘zingiz chizing. Qurilishiga ham siz sarkor bo‘ling. Qancha haq 
tilasangiz beray. Xo‘pmi? 
Me’morlikni muqaddas bir san’at deb ishongan mulla Fazliddin Yoqubbekning shahvoniy 
niyatlarini eshitib nafrati keldi: 
— Janob bek, uzr, men harom ishdan qo‘rqamen!.. 
— Nimasi harom?.. Men hammomni o‘z aqchamga qurdirgaymen! 
— Hammomga maxfiy tuynuklar qo‘yib quradigan sarkorlar boshqa... Siz o‘shalarga 
murojaat qiling. Menga Mirzo hazratlari pokiza bir dargoh qurdirmoqchilar. Shu kunlarda 
madrasa tarhini chizish bilan bandmen. Ruxsat eting, men boray... 
O‘rinlaridan turganda Yoqubbek mulla Fazliddinga o‘qrayib ko‘z tikdi: 
— Lekin men aytgan gap shu yerda qolsin, janob me’mor. Aks holda... 
— Albatta, bu gap shu yerda qolur! Lekin siz ham mendan ozurda bo‘lmang. Ora ochiq! 
Ma’qulmi, janob bek? 
— Ma’qul! 
Mulla Fazliddin shu bilan bu bo‘yni yo‘g‘on bekdan qutuldim, deb o‘ylagan edi. Lekin 
bundan o‘n besh kuncha burun Ahmad Tanbal degan bir badavlat bek mulla Fazliddinni
so‘roqlab, kechki payt uning uyiga keldi. Ikkovlari xoli qolganda Ahmad Tanbal 
cho‘ntagidan bir hamyon oltin oldi-da, mulla Fazliddinga uzatdi: 
— Taqsir, mana shu oltinni olingu bitta surat chizib bering. 
— Qanaqa surat? 
Yoshi yigirma beshlardan oshgan bo‘lsa ham, yuziga hali durust soqol chiqmagan, 
ko‘sanamo Ahmad Tanbal og‘zini me’morning qulog‘iga yaqinlashtirib shivirladi: 
— Malikamizning surati kerak menga! 
— Qaysi malikamiz? — sergaklanib so‘radi mulla Fazliddin. 
— Chorbog‘da tillakori ko‘shk qurganingizda ko‘rgansiz... Xonzoda begim... O‘zi ham 
sizning san’atingizga ixlosmand emish-ku... 
Mulla Fazliddinning yuragi taka-puka bo‘lib ketdi. Nahotki bu bek po‘lat sandiqdagi 
suratdan xabardor bo‘lsa! 
— Kim sizga shunday dedi?.. Men me’mormen... Men faqat imoratlarning suratini 
chizamen... 
— Mendan yashirmang, janob me’mor! Men shariat peshvosi emasmen. Surat chizishni 
bizda man qilganlariga men ham qarshimen! Hirotda Shohruh mirzo Boysunqur mirzo 
uchun qurdirgan saroyning devorlari go‘zal qizlar surati bilan bezalgan ekan. To‘g‘rimi? 
— To‘g‘ri-yu, lekin... Har joyning o‘z toshu tarozisi bor. Agar Xonzoda begimning surati 
haqida siz aytgan gapni podshoh hazratlari bilib qolsalar, nima bo‘lishini o‘ylaysizmi? 
— Bilmagay! — deb shivirladi Ahmad Tanbal. — Ikkovimizdan boshqa hech kim ogoh 
bo‘lolmagay! Xo‘p deng! Mang, oltinni oling! 
— Shoshmang, bek. Meni surat chizadi, deb sizga kim aytdi?.. 
— Eshitdik-da! 
— Kimdan?.. Hasan Yoqubbekdanmi?.. 
— Hasan Yoqubbek bir bog‘bondan eshitgan ekan... 
«Demak. Ahmad Tanbalning bu yerga kelganidan Hasan Yoqubbek xabardor! — o‘yladi 
mulla Fazliddin.— Bular birgalashib meni qo‘lga tushurmoqchi bo‘lsa kerak. Sendek 
qurbaqataxlit bek uchun Xonzoda begimning suratini chizib berib men ahmoq 
emasmen!». 
— Janob Ahmadbek, kamina bog‘larning suratini chizganda bir chetiga bog‘bonni ham 
tasvirlashim mumkin. Me’morlik san’ati buni inkor etmaydi. Ammo malikaning suratini 
chizish uchun menda na san’at bor, na haq va na jur’at! 
— Xullas, mening so‘zimni yerda qoldirmoqchimisiz? 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish