Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/318
Sana13.04.2022
Hajmi1,14 Mb.
#548052
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   318
Bog'liq
2 5456458763600920924

www.ziyouz.com kutubxonasi 
62
paytlari. Begim oy desa oydek, kun desa kundek, oqilayu foziladirlar. Shu vaqtgacha 
munosib kuyov uchramay dog‘da edik. Volidangiz ham, tog‘oyingiz ham vaqt o‘tib 
ketayotganidan iztirobda edik. 
— Yana bir-ikki yil uyda o‘ltirib qolsa, «qari qiz» deb kulurlar, — dedi Qutlug‘ Nigor 
xonim. 
Opasining taqdiriga oid bunaqa gaplarni Bobur ilgarilari ham eshitgan edi. Ammo bugun 
Do‘stbekning gaplariga qaraganda, qandaydir kuyov topilganga o‘xshardi. Bobur shuni 
bilgisi kelib, o‘smirlarcha qiziqish bilan so‘radi: 
— Kim bizga pochcha bo‘lmoqchi? 
Ro‘yirost berilgan bu savol, Do‘stbekni shoshirib qo‘ydi. U yana gapni aylantirdi: 
— Sizdek oliy zotga «munosib pochcha bo‘lurmen», deb hech kim jur’at qilib aytolmas. 
Ammo umarolaringiz orasida asilzoda beklar bor. Chunonchi, Sulton Ahmadbek. Yigirma 
besh yoshga kirgan norg‘ul yigit. Chopqunga borib, bahodirona zafar bilan qaytdi. Beklar 
orasida obro‘si baland. Yonida uch zabardast inisi bor. Uch yuz navkari bilan hammasi 
sizga to o‘lguncha sodiq xizmat qilmoqchilar. 
Bobur hali oila nimaligini, kuyov-kelin qanday bo‘lishini bilmasa ham opasi Xonzoda 
begimni Ahmad Tanbalning yoniga qo‘yib tasavvur qildi-yu, ikkovini bir-biriga to‘g‘ri 
keltirolmadi. So‘ng onasiga qarab: 
— Siz rozimisiz? — dedi. 
Qutlug‘ Nigor xonim og‘ir tin olib: 
— Nachora! — dedi. — Xonzoda begim tojdor, taxt-dor kuyovlarga munosib qiz. Ammo 
hozirgi notinch zamonada qani biz istagan kuyov? Biz tog‘oyingiz bilan surishtirib bildik. 
Sulton Ahmadbekning avlod-ajdodi asilzodalardan ekan. Bobokalonlari Jo‘jixon, Chin-
gizxonlarga qon-qarindosh bo‘lgan sultonlar ekan. Hozir Tilba Sulton nomlik og‘asi 
Toshkentda tog‘oyingiz Mahmudxonda sohibixtiyor eshik og‘a ekan. Endi bu Ahmadbek 
kuyov bo‘lsa, oraga og‘asi tushib, tog‘oyingiz Mahmudxon bilan sizni 
yaqinlashtirarmikin? Shunday nufuzli bek sizga kuyov bo‘lib, butun urug‘lariyu navkarlari 
bilan qanotingiz tagiga kirsa, ishingizning rivoji yaxshiroq bo‘lurmikin? 
— Shubhasiz, shunday bo‘lur! — dedi Do‘stbek chuqur e’tiqod bilan. 
Bobur nima deyishini bilmay yelka qisdi: yosh o‘smir o‘zidan katta opasini kimga erga 
berish haqida o‘ylashdan ham tortinar edi. Ammo onasi va tog‘asi bu ishni uning 
podshohlik hukmi bilan amalga oshirishni istardilar. 
— Begimning o‘zlari uchun ham yaxshi bo‘lur, — deb davom etdi Do‘stbek. — Agar 
boshqa bir yurtdagi tojdorga tushsalar, onalaridan yiroqda bo‘lurlar, amirzodamday 
suyukli inilarining himoyalaridan uzoqlashurlar. 
— Ha, undan ko‘ra yonginamda bo‘lgani afzal, — dedi Qutlug‘ Nigor xonim. — Xonzoda 
mening to‘ng‘ich qizim, maslahatgo‘yim, Ahmadbekka bersak, ko‘z o‘ngimda mening 
yolg‘izligimni bilintirmay yurur. 
Bobur bu borada o‘zi bilmaydigan ko‘p narsalarni onasi yaxshi bilishini o‘yladi-yu: 
— Onam rozi bo‘lsalar, bo‘ldi, — dedi. 
Do‘stbek quvonib ketdi: 
— Haq gapirdingiz, amirzodam, juda haq! Ona ro-zi— xudo rozi, deb bejiz aytmaganlar! 
Qutlug‘ Nigor xonim hamon xomush edi. Bobur buning sababini sezganday bo‘lib: 
— Begimning o‘zlari nechuk? — deb so‘radi. 
Qutlug‘ Nigor xonim og‘ir tin olib: 
— Begim rozi emaslar, — dedi. — Eshitib ko‘p yig‘ladilar. 
— Bunday paytlarda yig‘lash qizlarning azaliy odati,— deb kulib qo‘ydi Do‘stbek. 
— Ammo, Xonzoda begimning ahvolidan men xavotirdamen, amirzodam, — dedi Qutlug‘ 
Nigor xonim. — «O‘zimni o‘ldiramen», degan so‘zlarini eshitib qoldim. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish