Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/318
Sana13.04.2022
Hajmi1,14 Mb.
#548052
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   318
Bog'liq
2 5456458763600920924

www.ziyouz.com kutubxonasi 
106
ochiqchasiga yoqlay olmadi: 
— Janob Qosimbek, o‘ylab ko‘raylik, — dedi. — Balki biron murosa yo‘li topilar! 
Qosimbek o‘zini bosolmadi: 
— Men Tanbal bilan murosa qilolmagaymen! Amirzodam, menga ijozat bering, bu 
yerdan ketay! Sizga qachon kerak bo‘lsam, chaqirtirsangiz yana kelgaymen! Ammo 
hozir... tuhmat balosidan xudo asrasin! Hazrat begim, xonim hazratlari, uzr so‘raymen! 
Qosimbek borgohdan cho‘g‘day qizargan, asabiy bir alpozda chiqib ketdi. 
Yana Qutlug‘ Nigor xonim o‘g‘liga muloyimlik bilan gap qotdi: 
— O‘ylab ko‘ring, Boburjon! Kosonsoyda xon tog‘oyingizning olti ming qo‘shini turibdir. 
Agar siz bu qo‘shin bilan jang qilib, uni yengsangiz... tog‘oyingiz jim qarab turmagay... 
Orqadan yana o‘n ming, balki yigirma ming qo‘shin bilan o‘zi yetib kelgay!.. Unda ne 
qilursiz?.. 
— Men tog‘oyim bilan jang qilmoqchi emasmen... Faqat Tanbalning qanday xoin ekanini 
xonlar ham bilsalar edi!.. 
— Vaqt o‘tishi bilan bilib qolarlar, — dedi Qutlug‘ Nigor xonim. — Sizga xiyonat qilgan 
Tanbal xonga ham xiyonat qilmay turolmagay. Xo‘ja Abdulladay pirni osib o‘ldirgan 
qotilga qasos qaytmay qolmas! 
Bobur o‘ylanib jim qolganidan foydalangan Ali Do‘stbek gapni kutilmagan tomonga 
burdi: 
— Ikki yildan buyon siz ko‘p azob tortdingiz, amirzodam! Endi bu dunyoning rohatini 
ham ko‘rishingiz kerak. Yoshingiz o‘n sakkizda, alpqomat yigitsiz. Ayni uylanadigan 
paytingiz. Qallig‘ingiz Oyisha begim ham o‘n oltiga to‘lib, sep yig‘moqda emishlar. 
Mavzu o‘zgarganidan jonlangan Eson Davlat begim Oyisha begimni ta’riflay ketdi: 
— Borib ko‘rganlar mahliyo bo‘lib gapirganlarini men o‘zim eshitdim! Egachilari Qorako‘z 
begimning go‘zalligi ta’rifga sig‘mas edi. Oyisha begim egachisidan ham ko‘hliroq bo‘lib 
yetilibdur! 
Boburning urush-janjallar qahratonidan junjikkan qalbiga birdan bahorning iliq 
shabadasi tekkanday bo‘ldi. O‘zi yozgan g‘azalning satrlari: «Jamoling vasfini, ey oy, 
necha eldin eshitgaymen? Ne kun bo‘lg‘ay visolingga meni dilxasta yetgaymen?» degan 
savollar dilida go‘yo nay navosiga qo‘shilib eshitildi. Agar tog‘asi Mahmudxon bilan 
yovlashsa, Toshkentdagi Oyisha begimning taqdiri nima bo‘ladi? Yana Samarqanddagi 
kabi arosatga tushadimi? 
— Xudo saqlasin! — dedi Eson Davlat begim. — Urush boshlansa qallig‘ingizni garovga 
olib azob bergaylar! Lekin sulh tuzilsa, xon tog‘angiz kelinimiz Oyisha begimni seplari 
bilan Andijonga xushu xursand jo‘natmoqchi ekanlar! 
— Oh, qani, yolg‘iz o‘g‘limning to‘ylarini ko‘rsam! — deb orziqib xitob qildi Qutlug‘ Nigor 
xonim. 
Bobur shuncha vaqtdan beri bir ko‘rishga mushtoq bo‘lib yurgan qallig‘iga yetishadigan 
kunlarni ko‘z oldiga keltirdi-yu, muloyim bo‘lib qoldi. Onalar Andijonda bo‘ladigan to‘y 
shodiyonasidan el-yurt ham tinchib bir yayrab olishini aytishdi va nihoyat Boburni 
Ahmad Tanbal bilan sulh tuzishga ko‘ndirishdi. 
3 
Javzo oyining iliq oqshomlaridan birida Andijon arkidagi haramda ikki oylik kelinchak 
Oyisha begimning xobgohida kanizlar shohona to‘shakka gul atri sepdilar. Oltin-kumush 
buyumlar va ipak gilamlar bilan bezatilgan tanobiy uyning eshigi oldiga chiroyli 
poyandoz to‘shaldi. Oyisha begimning qo‘llariga xina, qoshiga o‘sma qo‘yilgan edi. Go‘zal 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish