Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
72
ketadiganga o‘xshardi. U nafasi ichiga tushib: 
— Qa-qaysi Rokiya? — dedi. 
— Rokiya emas, Robiya? U qizni Quvadan olib qochib qayoqqa olib bordilaring? Hozir 
qayerda? Rostini aytmasang, kallangni olamen! Ayt! 
— Uka! Ukajon! Men Robiya degan qizni ko‘rganim jo‘q. O‘ldirsang, mayli, o‘ldir, lekin 
mendan bekorga gumonsirama, o‘shanda men qiz obqochadigan ahvolda emas edim. 
Tug‘ushgan ukam ko‘prikdan jig‘ilib, suvg‘a og‘ib o‘ldi. Qamishlarning orasidan uch kun 
qidirib o‘ligini topolmadim. Balchiq jutib ketgan ekan. 
Tohir o‘sha ko‘prikni o‘zi buzganini esladi, malla mo‘ylovli yigitning ko‘zlari yoshlanganini 
ko‘rdi-yu, uning yoqasini qo‘yib yubordi. 
Robiyani qopga solayotgan «jo‘q»chi yigitlardan biri ikkinchisini «Juman» deb atagani 
Tohirning yodida qolgan edi. U qarshisida ko‘zlari mo‘ltirab turgan odamga tikilib: 
— Oting nima? — dedi. 
— Otim Mamat. 
— Mamatmi yo Jumanmi? 
— Uka, ishonmasangiz, mana shu mahallaning odamlarini chaqirib so‘rang. Otim 
Mamatligini hamma biladi. O‘zim ko‘nchi kosibman. 
Tohir o‘zicha o‘ylandi: «Agar ukasi Quvada balchiqqa botib o‘lgan bo‘lsa, bu ham mening 
giribonimdan olishga haqqi bor!» Shu o‘y ta’sirida Tohir jahlidan tushdi. Mamatga yana 
«siz»lab gapira boshladi: 
— Jumanni bilarmidingiz? 
Mamat peshonasini ushlab, nimanidir eslashga tirishdi: 
— To‘xtang, to‘xtang, Juman maymoq deganimiz bo‘lar edi. Sheriklari bilan o‘sha 
yoqdan ikkita qiz obqochib kelgan, deb eshitib edim. 
— Samarqandga olib kelganmi? 
— Qizlarnimi? Bunisini bilmadim. O‘ratepaning naryog‘ida Oqsuv degan soy bor. 
Oqsuvga jetganimizda podshomiz o‘lib qoldi. O‘shanda bir alg‘ov-dalg‘ov boshlandi, 
mana haligacha bosilmaydi. Navkarlik ham jonimga tegdi, bo‘shab ketdim. 
— Juman maymoq hozir qayerda? 
— Bilmadim-ov. Uch-to‘rt jildan beri ko‘rgan emasmen. Battarin jigit edi, o‘lib ketdima 
yo boshqa podshoning xizmatiga o‘tib ketdima. Podsho ham ko‘p-ku. Toshkentda 
Mahmudxon degani, Turkistonda Shayboniyxon degani, Hisorda yana birovi. 
— Bu podsholarning urush-janjallari boshlaridan qolsin! — dedi Tohir kuyunib. — Siz bir 
kosib bo‘lsangiz. Men bir dehqon edim. Kelib-kelib bizday zahmatkashlarni bir-birimizga 
dushman qilib qo‘ygan zamonaning uyi kuysin! 
Mamat Tohirning xanjar izi qolgan yuziga endi botinibroq qaradi: 
— U qiz kimingiz bo‘lar edi, uka? Singlingizmidi? 
— Ko‘zimning oqu qorasi edi! 
Mamat gap nimadaligini fahmlab, Tohirga xiyol hayratlanib tikildi. So‘ng uning armon 
to‘la ko‘zlarini ko‘rib, bu yigitga o‘zini allanechuk yaqin sezdi va unga tasalli bergisi 
keldi: 
— Xudo xohlasa, toviladi! Mening tanish-bilishlarim ko‘p, uka. So‘roqlayman. Xotinimga 
aytaman. Ayollardan surishtiradi. 
Mamatning astoydil yordam bermoqchi ekanini sezgan Tohir uni yengidan oldi-yu: 
— Bu yoqqa yuring, — dedi. Mamatni novvoyxonaning yo‘lagiga olib kirdida, ichkaridan 
to‘rtta non olib chiqdi. 
— Oling! Siz bu yerga nonga kelgan edingiz. 
Mamat nonlarni titroq qo‘llari bilan olib, qo‘yniga tiqdi. Issiq bug‘doy nonning hidi va 
taftidan og‘ir-og‘ir nafas olib, ustma-ust yutindi. U har qancha och bo‘lsa ham Tohirning 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish