Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet240/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
233
*  *  * 
 
Mavlono Fazliddin sarkor bo‘lib, Bog‘i Maydonning ko‘milgan ariqlarini qayta kavlatishda, 
qurigan daraxtlarni olib tashlab, o‘rniga maysa va gullar o‘stirishda, Chinnixonani 
ta’mirlab orasta qilishda uncha qiynalmadi — insof bilan haq to‘lansa ishlab 
charchamaydigan hunarpeshalar, bog‘bon va dehqonlar juda ko‘p edi. Lekin ustalarni 
rasadxonaga olib borib ishlatish va uch qavatli ulug‘vor doirashakl binoning nuragan, 
buzilgan joylarini ta’mir etish benihoya mushkul bo‘ldi. Tepadan yer qa’riga tushib 
ketgan yarim doira shaklidagi zinapoyalarga yaqin borgan ustalar xuddi hozir jahannam 
qa’riga qulab tushadigandek qo‘rqa boshlardi. Dindorlar rasadxonani: «Do‘zaxiylar 
makoni, kim unga kirsa jin chalib, arvoh urib ketadi!» deb, aholining katta bir qismini 
bunga ishontirib qo‘ygan edilar. Ulug‘bekning vafotidan so‘nggi oltmish yil ichida juda 
ko‘p maktab va madrasalar bekilgan, savodsiz johil kishilar ko‘payib ketgan, ularga 
mutaassib shayxlarning ta’sirlari benihoya kuchaygan edi. 
Shunday bo‘lsa ham mavlono Fazliddin ishsiz yurgan usta va korgarlar*ga yaxshi haq 
to‘lab, dastlabki kunlari elliktacha odamni rasadxonadagi ta’mir ishlariga olib chiqdi. 
Ikkinchi-uchinchi qavatning shift va devorlaridagi nuragan joylarini tuzatish uchun 
havozalar qurildi. Lekin o‘sha kundan boshlab rasadxona atroflarida johil qalandarlar 
to‘dasi ham ko‘payib ketdi. Ular davra tortib, zikr tushib, «Haq do‘st yo ollo!»ni muttasil 
takrorlab, choryorlarning ruhiga shak keltirganlarini arvoh urishini she’rga solib, 
«karomat» qila boshladilar. Bu qalandarlar orasida shayboniyzodalarning josuslari ham 
bor edi. Ana shu josuslardan biri korgar bo‘lib yollanib, rasadxonaning ichida g‘isht 
tashib ishlamoqda edi. Bu josus uch-to‘rt kun ta’mirchilar ichida yurib, ularning eng 
dadili  va  Bobur  mirzoga ixlosmandi, qirq besh yoshlardagi bir koshinkor usta ekanini 
aniqladi. Xonlar josusi mana shu ustani uchinchi qavatda havoza ustida ishlayotgan 
paytida kishi bilmas qilib  havozadan past-ga itarib yubordi. Uchinchi qavatdan tosh 
uyumi ustiga boshi bilan qulab tushgan usta o‘sha zahoti jon berdi. 
Ko‘chalarda zikr tushib yurgan qalandarlar: «Ustani arvoh urdi!», «Xudo g‘azabini 
ko‘rsatdi!» deb vaysay boshladilar. Bu falokatdan so‘ng qolgan usta va korgarlar 
rasadxonaga kelmay qo‘yishdi. Mavlono Fazliddin ishga zor bo‘lib yarim och yurgan 
boshqa usta va korgarlarni yollamoqchi bo‘lsa, nuqul: «Rasadxonada ishlab topilgan pul 
harom emish! Borgan odamni arvoh urib o‘ldirarmish!» degan vahimali gaplar eshitar, 
omi odamlar undan balodan qochganday qochar edi... 
 
_______________ 
* K o r g a r — quruvchi ishchi
 
*  *  * 
 
Bo‘stonsaroyning tillakori qabulxonasida Amudaryo bo‘yidagi Urganch va Qorako‘l 
shaharlaridan xushxabarlar bilan kelgan bek va a’yonlar sharafiga ziyofat berilmoqda 
edi. Shayboniyzodalardan ko‘p jabr ko‘rgan bu shaharlar ham Boburni o‘zlariga oliy 
hukmdor deb tan olishgan va qimmatbaho sovg‘alar berib yuborishgan edi. O‘z vaqtida 
Shayboniyxon Qorako‘l va Urganchni zabt etish uchun oylar davomida jang qilgan, 
behad ko‘p qon to‘kib ularni olgan edi. Mana endi bu shaharlar jangu jadalsiz elchi 
yuborib, Bobur tomoniga o‘tganligi unda zo‘r bir iftixor tuyg‘usini uyg‘otdi. Bobur 
yoshlikdan ko‘ngliga tukkan orzusiga — butun Movarounnahrni birlashtirish, Ulug‘bek 
davridagi ulkan davlatni qayta tiklashga mana endi muyassar bo‘layotganidan benihoya 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish