Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
160
Hisor hukmdori Xisravshoh taxtni Boburning amakivachchasi Boysunqur mirzodan tortib 
olib, taxtga da’vogar bo‘lmasin, deb, o‘ldirtirgan edi. Bobur shuni esladi-yu: 
— Mening qordan qochib do‘lga tutilishim ne darkor, janob Qosimbek? — dedi. 
— Mening maqsadim boshqa, amirzodam. Kamina Hisor beklari bilan bulturdan beri 
maxfiy muzokara olib bormoqdamen. Ularning ko‘pi Xisravshohdan norozi ekan. O‘zi bir 
navkardan chiqqan tagi past hukmdor. Taxtda o‘ltirishga haqqi yo‘q. Borsak, yaxshi 
beklari sizga yon bosgaylar. 
— Yana taxt talashishmi? Yo‘q, janob Qosimbek! Men bu talashlardan juda to‘ydim! 
Hozir menga tinch bir go‘sha bo‘lsa, darvishona hayot kechirsam, ash’or yozsam — shu 
o‘zi bas!.. 
Qosimbek boyadan beri ko‘zini Boburning yalang oyoqlaridan olib qochmoqda edi. 
Shahzodaning bunday yurishi unga juda erish tuyulardi. 
— Amirzodam, siz bizning taqdirimizni ham o‘ylang! Ikki yuz ellikta sodiq odamlaringiz 
— beklaru mulozimu navkarlaringiz sizga omad tilab, avvalgidan ham katta 
martabalarga yetishingizga ishonib, tog‘u toshda sargardon bo‘lib yurishi nechun? 
Qosimbekning gapi tagida: «Chindan darvish bo‘lamen desangiz sizga buncha beku 
navkarlarning ne keragi bor? Nechun javobini bermaysiz?» degan ma’no yotar edi. 
— Siz keltirgan mudhish xabarlardan ko‘nglim vayron bo‘lib turgan paytda yana bir 
mushkul gapni qo‘zg‘adingiz, janob Qosimbek! 
— Gustoxligim uchun meni kechiring! 
— Ammo siz haqsiz. Men sizdek sodiq kishilarimning taqdirini ham unutmasligim kerak. 
Rostini ayting, janob Qosimbek, Xisravshohning o‘zi ham sizni xizmatga chorlaganmi? 
— Chorlagan. Ikki qayta maxsus odam yubormishdir. 
Bobur Qosimbekning mardona yuziga, qirq yoshga bormasdan oq oralay boshlagan kalta 
soqol-mo‘yloviga ma’yus bir nazar tashladi. 
— Sizdan mahrum bo‘lish men uchun behad mushkul!— dedi. — Otam o‘lgandan beri 
menga otadek g‘amxo‘rlik qildingiz. Men sizdan ko‘rgan sadoqatu yaxshilikni hali boshqa 
hech qaysi bekdan ko‘rgan emasmen! 
— Sarafrozmen, amirzodam! 
— Endi shu yaxshiliklaringiz hurmati, men sizga javob berurmen. Mayli, Hisorga boring! 
— Sizni tark etib ketishga ko‘nglim yo‘q, amirzodam! Birga ketaylik! 
— Men o‘zim ham shohlik zanjiridan butunlay ozod bo‘lishga intilmoqdamen, janob 
Qosimbek. Bu zanjirning bir uchi tobe odamlarga bog‘langan bo‘lsa, uning ikkinchi uchi 
shohning o‘ziga bog‘lanur ekan! Shu sabab, tobelarni zanjirdan bo‘shatmaguncha 
podshohning o‘zi ham zanjirband bo‘lur ekan. Men endi mana shu tabiat bag‘rida 
zanjirsiz yashashga qasd qildim. Shuning uchun sizga javob! Boshqa beku mulozimu 
nav-karlar ham vaqt-soati bilan javob olurlar! 
Bobur Qosimbek bilan xayrlashmoqchi bo‘lib o‘rnidan turdi. Samarqandda suyukli 
opasidan, Toshkentda xotinidan ayrilgan, bugun esa shuncha mash’um xabarlar eshitib, 
yana eng ishongan bekidan ham ajrashishga majbur bo‘layotgan Bobur o‘zini har qancha 
tetik tutishga urinsa ham tizzalari bukilib, gandiraklab ketdi. Qosimbek uni quchoqlab 
xayrlashar ekan, ko‘zlari jiqqa yoshga to‘ldi. 
3 
 
Bobur o‘ziga azob beradigan og‘ir tuyg‘ularni tog‘lardan ko‘rinadigan kengliklarga sochib 
yubora olsa yoki go‘zal she’riy satrlarga joylay olsa bir qadar yengil tortadi. 
Ne yerda sokin o‘lay? Ne qilay? Qayon ketayin? 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish