Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet273/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
266
— To‘polonda esimdan chiqibdi-ya! Hey, men xomkalla! 
Mamat endi o‘zidan kulib, ayilni torta boshladi. Tohirning aroqdan loyqalangan 
tasavvurida Mamat uni yiqitib, ustidan kulish uchun ayilni ataylab bo‘shatib qo‘yganday 
ko‘rindi. Ilgari ikkovi ham navkar bo‘lgan paytlarida Tohir bunday hazillarga kulib 
ketaverar edi. Lekin hozir... 
— Sen mening bek bo‘lganimga baxilliging kelib shunday qilgansan! — deb u birdan 
Mamatni sensirab so‘ka boshladi: — Sen menga o‘lim tilaganingmi bu? 
Tohir g‘azabdan titrab, belini paypasladi-yu, qamchisini qidirdi. Qamchi yerda yotar edi. 
Gunoh qilgan navkarlarni so‘kish, urish beklar orasida keng tarqalgan odat edi. Bu odat 
Tohirga ham ozmi-ko‘pmi yuqqan edi. Lekin u o‘ttiz yillik qadrdoni Mamatga hali biror 
marta musht ko‘tarmagan edi. 
Mamat yerda yotgan qamchinni olib Tohirga uzatdi: 
— Mang, gunohim uchun qamchilang, lekin bunday gaplarni aytmang! Men sizga o‘lim 
tilaydigan baxillardan emasmen! 
Mamat yana Tohirdan kulayotganday, o‘zini undan olijanobroq qilib ko‘rsatayotganday 
tuyuldi. Tohir: 
— Shunday kunda yiqitganing — o‘lim tilaganing emasmi? — dediyu uning peshonasi 
aralash boshiga qulochkashlab musht urdi. 
Mamat uch-to‘rt qadam nariga uchib ketdi va ko‘zi tinib yerga o‘tirib qoldi. 
Peshona suyagi Tohirning qo‘liga toshday qattiq tegdi, bosh barmog‘i «qirs» etdi-yu, 
o‘tkir bir og‘riq miyasiga chiqib bordi. 
«Boshmaldoq sindi-yov! — dedi Tohir ichida. — Qilich tutadigan o‘ng qo‘lning 
boshmaldog‘i.. Bunga ham mana shu sababchi!» 
Bu o‘ydan uning g‘azabi yana bir darajada oshdi. O‘rnidan turishga intilayotgan Mamatni 
chap qo‘li bilan ham urib yerga yiqitdi. 
Orqadan yetib kelgan barvasta bir yigit oraga tushdi. 
— Qo‘ying, bek og‘a, bir marta kechiring! Mamat og‘a siz uchun jonini beradi-ya! Ayilni 
men boshqatdan tortib beray! Mana, hozir, hozir... 
Tohir ayili tortib bog‘langan otga minganda qattiq og‘riyotgan qo‘liga tikilib qaradi. Bosh 
barmog‘i shishib ketgan, qimirlatsa, og‘rig‘iga chidab bo‘lmas edi. 
«Mendan omad ketdi!» o‘yladi Tohir mulozimlar to‘planayotgan tomonga ot choptirib 
borar ekan. 
Uning ketidan ergashgan yigirmatacha otliq navkarlari orasida peshonasi g‘urra bo‘lgan, 
yuzi bo‘zday oqargan Mamat ham bor edi. Bek ming urib-so‘kkanda ham navkar uning 
ketidan qolmasligi kerak edi. 
 
______________ 
* T i r k i sh — ho‘kizning xom terisidan eshilgan arqonsimon narsa. 
* B a r q z a n — chaqmoq chaqib, miltiqning piltasini yondiradigan odam. 
* X a t m  q i l i sh — tugatish.  
* M u h a n d i s — injener.
 
*  *  * 
 
Jamna daryosining chap tomonidan chiqqan oftob nayza bo‘yi ko‘tarilganda yov 
qo‘shinining tig‘iz saflari aniq ko‘rina boshladi. Oxiri ufqqa borib taqalgan behisob ko‘p 
qo‘shinning har yer-har yeridan harbiy fillarning ulkan gavdalari cho‘qqilarga o‘xshab 
chiqib turardi. Eng katta oq filning ustida o‘tirgan Ibrohim Lodi atrofga xuddi tepalik 
ustidan qarayotgandek hammayoqni bahuzur ko‘rar edi. 
Bobur bir-biriga bog‘lab tashlangan aravalar ortidagi tepalikda turib, yovning 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish