Kutubxona katalogi



Download 64,23 Kb.
Pdf ko'rish
Sana14.07.2022
Hajmi64,23 Kb.
#794510
Bog'liq
Kutubxona katalogi - Vikipediya



Kutubxona katalogi
Kutubxona katalogi - bir yoki bir necha kutubxona fondida mavjud kitoblar, hujjatlarning
tarkibi va mazmunini ochib beruvchi bibliografik yozuvlar roʻyxati. Kutubxona katalogi
kartochkali yoki kompyuter yozuvlari shaklida boʻlishi va elektron disklar yoki kitob holida
koʻpaytirilib sakdanishi mumkin. Kutubxona katalogi kutubxona fondini toʻla yoritish,
kitobxonlarning osonlik bilan kitob tanlashlariga yordam berish, kitobxonlarga turli bilimlarni
singdirish hamda ularni maʼnaviy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
Bosma asarlarning turlari, mavzuning rang-barangligi hamda kitobxonlar talablaridagi xilma-
xilliklar Kutubxona katalogining murakkab tizimini yaratishni taqozo etadi. Kutubxona katalogi
tuzishning nazariy va uslubiy asoslarini ishlab chiqarish kutubxonashunoslikning asosiy
vazifalaridan biridir. Kutubxona katalogi vazifasiga koʻra, kitobxonlar (maʼlumot-tavsiya
beruvchi) va kutubxonachilarga moʻljallangan yor-damchi kataloglarga boʻlinadi (yordamchi
kataloglar eskirgan, juda kam talab etiladigan asarlarni ham oʻz ichiga oladi). Materiallarni
guruhlashda Kutubxona katalogi alfavitam, sistemali, predmetli va boshqalarga boʻlinadi.
Alfavitli Kutubxona katalogi barcha kutubxonalarning majburiy kataloglaridan biri, unda
asarlar muallifining nomi, nasabi, asarlarning sarlavhalari alfavit tartibida beriladi. Sistemali
Kutubxona katalogi asarlar mazmuniga asoslanib fan tarmoqlari boʻyicha guruhlanadi: unda
kitoblar mantiqiy boʻlinish tartibida (umumiydan xususiyga qarab) — ilmiy fanlar, boʻlimlar,
boʻlinmalar va h.k. boʻyicha joylashtiriladi. Sistemali Kutubxona katalogi kitob mazmunini
ochib berish bilan birga, uning tarmoq boʻlinishlarini ham hisobga oladi va koʻpgina fanlarni
bir tarmoq nuqtai nazaridan bir joyga toʻplash imkoniyatini yaratadi. Bu katalog maxsus
ishlangan tayyor jadval ("Kutubxona-bibliografiya klassifikatsiyasi jadvali") asosida tashkil
qilinadi. Predmetli Kutubxona katalogida asarlarda bayon qilingan voqea-hodisalar,
tushunchalar sohalar boʻyicha emas, balki alfavit tartibida joylashtiriladi, materiallarni alohida
guruhlanishi bilan sistemali Kutubxona katalogidan farq qiladi; uning afzalligi boʻlimlarni


alfavit tartibida joylashtirilishi tufayli dolzarb muammolarni tezda yoritish va ulardan
foydalanishga imkon tugʻdiradi hamda maʼlumotnomali axborot berish vazifasini bajaradi.
Har bir kutubxonada alfavitli va sistemali Kutubxona katalogi, shuningdek, gazeta.-jurnal
maqolalari kartotekasi boʻlishi lozim. Predmetli Kutubxona katalogi ilmiy va maxsus
kutubxonalarda qoʻllaniladi. Respublika, oʻlka, viloyat kutubxonalarida adabiyotlar va shu
joylar bilan bogʻliq materiallar boʻyicha Kutubxona katalogi tuziladi, bunday kataloglar
oʻlkashunoslik katalogi, mahalliy matbuot katalogi deyiladi. Kutubxonalarning axborot berish
vazifalari va kutubxonalararo abonementlarning koʻpayishi bilan bir necha mustaqil
kutubxona fondlarini ifodalaydigan qoʻ sh m a Kutubxona katalogi (koʻpincha hududiy yoki fan
tarmoqlariga koʻra) tuziladi.
Respublikada Kutubxona katalogining markazlashtirilgan tizimi tashkil etilgan. Jumladan,
ommaviy kutubxonalar uchun moʻljallab nashr etilayotgan barcha kitoblarda ularning
katalogga tushirilgan kartochkalaridagi belgilari berib boriladi; Oʻzbekiston Respublikasi Milliy
kitob palatasi tomonidan bosma kartochkalar tarqatiladi.
Kutubxona kataloglari [G. I. Chijkova tahriri ostida], T., 1988.
Ziroat Iigʻmatova.
[1]
1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada 
boshqa til boʻlimlariga ishorat
 yoʻq. 
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Adabiyot
Manbalar


 
Soʻnggi tahrir 3 oy avval
 
185.139.137.157
 tomonidan amalga oshirildi
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Kutubx
ona_katalogi&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Kutubxona_katalogi&oldid=2
508382
" dan olindi 

Download 64,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish