Sardorlar Kengashi a’zolari Sinf sardorlari.
KUN TARTIBIDA.
.
1.O’quvchilar o’rtasida muammolarni o’rganishda sardorlarning vazifasi.
2.Sardorlar Kengashi a’zolari faoliyati uchun shart-sharoitlar yaratish.
3.O’quvchilar muammolarini hal etishni tizimli yo’lga qo’yish.
Eshitildi:
Birinchi masala yuzasidan yoshlar yetakchisi L.Ibragimova so’zga chiqdi.U o’z so’zida O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashning 2020-yil 16-sentyabr 38QQ va 66QQ qo’shma qarori tasdiqlanganligi,ushbu qarorda sardorning vazifasi aniq qilib berilganligi takidlab o’tdi.Qo’shma qarorga asosan sinf sardorining vazifalari quydagilardan iborat:
Sinf sardori boshlang’ich tashkilotining maqsad vazifalari o’z sinfida targ’ib etish bilan shug’illanadi.
Sinfdagi o’quvchilar (tengdoshlari)ning davomatini yuritadi va umumiy o’rta ta’lim muassasasidagi yoshlar yetakchisi hamda sinf rahbariga ko’maklashadi;
Umumiy o’rta ta’lim muassasasi tomonidan tashkil etiladigan ko’rik-tanlovlar,bilimdonlar billashuvi,sport musobaqalari,ko’rgazmalar ijodiy uchrashuvlarda sinfdagi o’quvchilar (tengdoshlari)ning faol ishtirok etishda sinf yordam beradi;
Sinfdagi o’quvchilar tengdoshlarining taklif tashabbuslarini boshlang’ich tashkilot yoshlar yetakchisiga olib chiqadi.
Hozirgi kunda yoshlar yetakchisi Sardorlar Kengashi va sinf sardorlari tamonidan o’quvchilar o’rtasida turli xil so’rovnomalar o’tkazilmoqda.So’rovnoma natijalari umumiylashtirilib,maktab rahbariyatiga taqdim etilishi aytildi.Uchrashuv davomida sardorlar maktab deriktori I.Berdiboyevga o’quvchilar o’rtasida uchrab turgan muammolarni hal etish masalasida turli xil takliflarni berib o’tishdi.
Shu o’rinda O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2020-yil16-sentyabr 38QQ va 66QQ qo’shma qarori tastiqlanganligi, ushbu qarorning 1- ilovasidagi O’zbekiston yoshlar ittifoqining umumiy o’rta ta’lim muassasalaridagi boshlang’ich tashkilotlari to’g’risidagi nizomda Sardorlar Kengashi a’zolarining vazifasini eslatib o’tdi.
Yoshlar ittifoqi sardori 8-11 sinflarda boshlang’ich tashkilot faoliyatining samarali tashkil etilishini muvofiqlashtirish,8-11 sinflardagi Yoshlar ittifoqi sardorlari faoliyatiga rahbarlik qilish,ularning taklif va tashabbuslarini yoshlar yetakchisiga olib chiqish kabi vazifalarni bajarish va o’z yo’nalishi faoliyatiga sardorlik qilish;
“Kamalak”sardori 4-7 sinflarda boshlang’ich tashkilot faoliyati samarali tashkil etishni muvofiqlashtirish 4-7 sinflardagi “Kamalak”sardorlari faoliyatiga rahbarlik qilish ularning taklif tashabbuslarini yoshlar yetakchisiga olib chiqish kabi vazifalarni bajarish va o’z yo’nalishi faoliyatiga sardorlik qilish;
“Talim” yo’nalishi sardori o’quvchilar o’rtasida mustaqil olimpiadalar tashkil etish,shuningdek ta’lim muassasasidatashkil etilayotgan an’anaviy fan olimpiadalarining targ’ibotchisi bo’lish,tengdosh-tengdoshga tamoili asosida tashviqot ishlarini tashkil etish.
“Madaniyat” yo’nalishi sardori-tengdoshlari o’rtasida madaniy tadbir va tanlovlar tashkil etish,milliy urf-odat,an’ana va qadriyatlarni asrab avaylashga qaratilgan targ’ibotlarni amalga oshirish.
“Imkon” yo’nalishi sardori-imkoniyati cheklangan tengdoshlari holidan xabar olish,mehr-saxovatni targ’ib etishga qaratilgan turli xil aksiya va loyhalar o’tkazish;
“Ekologiya”yo’nalishi sardori-ekologiyani asrash va salomatlikni targ’ib etishga qaratilgan aksiyalarni tashkil etish,tengdoshlari o’rtasida atrof-muhit va salomatlikni asrashga oid tanlov va loyhalar o’tkazish;
“Sport” yo’nalishi sardori-turli sport o’yinlari va sport festivallari tashkil etish bo’yicha tashabbuskorlik qilish,milliy xalq o’yinlarining targ’iboti bilan shug’illanish,o’quvchilar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish;
“Matbuot va Media” yo’nalishi sardori- umumiy o’rta ta’lim muassasasi hayoti, boshlang’ich tashkilot hamda Sardorlar Kengashi faoliyatini yoritib berish,ta’lim muassasasi matbuot xizmati faoliyatini yo’lga qo’yish hamda yuritish,bolalar jurnalistikasini ommalashtirish gazeta, jurnal hamda saytlarda maqolalar chop etish,ta’lim muassasasiburchaklarini tashkil etishda tashabbuskor ko’rsatish .
Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan maktab direktori I.Berdiboyev so’zga chiqib,sinf sardorlari hamda sardorlar kengashi a’zolariga o’quvchilar o’rtasida muammolarni o’rganishni yo’lga qo’yishni attib o’tdi.maktab o’quvchilar o’rtasida o’zaro do’stlik,bir-biriga tengdosh-tengdosh tamoili asosan yordam berish,o’qituvchilarga o’zaro hurmat,maktabning ichki tartib qoidalarini targ’ib qilish,sardor sifatida o’quvchilar uchun asosiy namuna bo’lish kerakligi to’g’risida sardorlarga tushuncha berib o’tdi.Har bir o’quvchining fikri maktab rahbariyati,fan o’qituvchilari,sinf rahbarlariuchun muhim hisoblanadi.Maktabda ta’lim olayotgan o’quvchilar bilan maktab rahbariyati o’rtasida asosiy ko’prik vazifasini aynan sardorlar bajarishligini alohida ta’kidladilar.
Yuqoridagilarga asoslanib yig’ilish qaror qiladi;
1.Sardorlar Kengashi a’zolari uchun maktab sharoitidan kelib,zarur shart-sharoitlar bilan ta’minlansin.
2.Deriktor va sardorlar uchrashuvi har ikki oyda bir marotaba o’tkazilsin.
3.Yuqoridagi qarorlar ijrosi maktabning yoshlar yetakchisi L.Ibragimova zimmasiga yuklatilsin.
Maktab direktori: I.Berdiboyev
Yoshlar yetakchisi: L.Ibragimova
Do'stlaringiz bilan baham: |