Xulosa. Аrxeologik tadqiqotlar natijasi shuni koʼrsatadiki, Yunon-Baqtriya podsholigi davrida Kampirtepa nafaqat shahar, balki harbiy garnizon vazifasini ham bajargan. Kushon davlati podsholigi davrida shaharning shahriston qismida turar-joy uylari va bloklarini qurish qizgʼin jonlanadi, galereya va koʼchalarga ajratiladi. Qazishmalar davomida moddiy va badiiy madaniyat buyumlari va tangalarning boy kollektsiyasi, shuningdek, yunon, baqtr, braxma va nomaʼlum xat namunalari topilgan. Ular orasida papirusga yozilgan qadimgi baqtr qoʼlyozmalari Markaziy Osiyoda topilgan yozuvlar ichida eng qadimgi qoʼlyozma ekanligi bilan ahamiyatlidir. Bundan tashqari, shaharchadan noyob sanʼat buyumlari, xususan, terrakotik haykalchalar, arxitektura bezaklari, fil suyagidan buyumlar, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar va metallardan tayyorlangan zargarlik buyumlari, kushon hukmdorlari tomonidan zarb qilingan tangalar va boshqa ashyolar topilgan. Bu topilmalar, Kampirtepa yodgorligida Kushon podsholigi davrida hunarmandchilik va savdo taraqqiy etganini bildiradi.
Kushonlar davlati antik davrda hukm surganligi sababli aholi hayot tarzida yunon madaniyatining ta’siri katta bo’lgan. Shu bilan birga Hindiston orqali O’rta Osiyoga kirib kelayotgan buddaviylik dini mahalliy aholining turmush tarzini o’zgartirib tashladi. Shuning uchun aholi o’rtasida tarqalgan buddaviylik dinining alomatlari turar joylar va jamoat inshootlarida ham ko’zga tashlanadi. Kushonlar davriga oid yodgorliklari Dalvarzintepa, Xolchayon, Fayoztepa, Qoratepadan topilgan topilmalarda o’z aksini topadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Pugachenkova G. A., Xalchayan, Toshkent, 1966;
Gafurov B. G., Koʻshanskaya epoxa i mirovaya sivilizatsiya, Moskva, 1968;
Staviskiy B. Ya., Koʻshanskaya Baktriya. Problemi kulturi, Moskva, 1977;
Pugachenkova G. A., Rtveladze E. V., Dalverzintepa — ku-shanskiy gorod va yuge Oʻzbekistova, Toshkent, 1978;
Litvinskiy B. A., Sedov A. V., Kulti i rituali koʻshanskoy Baktrii, M, 1984;
Pugachenkova G. A., Rtveladze E. V., Severvaya Baktriya — Toharistan, T., 1990;
Kultura i iskusstvo drevnego Oʻzbekistova [Katalog vistavki], kn. 1 i 2, M., 1991;
Gʻiyosov T. Gʻ., Kadimgi Hindiston tarixi, T., 2000.
Sherkova T.A. Yegipet i Kushanskoe sarstvo (torgovie i kulturnie kontakti). M., 1991.
Borovkova L. A. Kushanskoe sarstvo (po drevnim kitayskim istochnikam). M., 2005,
G. Yudina „Dalverzin-tepe — zemlya kladov“
http://www.uzairways.com/news.aspx?pid=855&ctl=Article&dId=1288&cls=1
Do'stlaringiz bilan baham: |