Kushon podsholigi



Download 122,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana14.05.2020
Hajmi122,56 Kb.
#51488
1   2
Bog'liq
Kushon podsholigi - Vikipediya

Kushan imperiyasi 

कुषाण राजवंश

Kuṣāṇ Rājavaṃśa

30 — 375

Kanishkining davridagi imperiya hududi



Poytaxti

Baktra


Boshqaruv shakli

monarxiya




"Kushon" atamasi yo sulola yoki qabilaga

tegishli boʻlib, u ilk bor miloddan avvalgi

1-asr oxiri — milodiy 1-asr boshida

qukmronlik qilgan podshoh "Geray" —

Sanab zarb qildirgan tangalarda

qoʻllangan. Kushonlarning dastlabki

mulklari hududiga Shim. Baqtriya

(Tojikiston hamda Oʻzbekistonning jan.,

Turkmanistonning jan.-sharqidagi yerdar)

kirgan. Dastlab jabgʻu, keyinchalik

podsho unvoni bilan davlatni idora qilgan

Kadfiz I Kushon podsholigiga asos

solgan boʻlib, uning davrida kushonlar

hozirgi Afgʻoniston bilan Pokistonning




koʻpchilik qismini bosib olgan. Kadfiz I

ning vorisi Vima Kadfiz hukmronligi

davrida Hindistonning aksariyat qismi

Kushon podsholigiga qoʻshib olingan.

Kushon podsholigi ning eng ravvaq

topgan davri Kanishka hukmronlik qilgan

vaqtga toʻgʻri keladi. Oʻrta Osiyoda

kushon mulklarining shim. chegarasi

Hisor tizmasi boʻylab, u yerdardagi togʻ

daralarida gʻoyatda mustahkam chegara

devorlari qurilgan.

Kushon podsholigi davrida urushlarning

tez-tez boʻlib turishi natijasida

mamlakatda harbiy asir-qullar miqdori

oshib borgan. Xitoy va Parfiya bilan



kurash olib borayotgan Kushon

podsholigi Yaqin Sharkda hukmron

boʻlish uchun Parfiya bilan urushayotgan

Rimning ittifoqchisi edi. Biroq savdo

manfaatlari bu davlatlarni oʻzaro

yaqinlashtirgan. "Buyuk ipak yoʻli" boʻylab

xalqaro savdoning rivojlanishi uchun

qulay sharoit yaratilgan. Sharkda —

Sharqiy Turkistonning qoʻshib olingan

shaharlar—vohalari orqali Xitoy bilan,

jan.da — kushonlarga tobe Shim.

Hindiston bilan, gʻarbda — dengiz yoʻli

bilan, Misr orqali yoki quruqlikdagi yoʻl

bilan Eron orqali Oʻrta dengiz havzasidagi

Rim imperiyasi shaharlari bilan, shim.da



Xorazm va Uralboʻyi orqali Sharqiy

Yevropa bilan savdo qilingan. Jan.

Oʻzbekistondan kushonlar davriga oid

yuzdan oshiq shahar va qishloq

harobalarianiqlangan. Bu davrda shahar

va qishloq oʻzaro mustahkam aloqada

boʻlgan: har bir shahar atrofida koʻplab

mayda qishloqlar joylashgan.

Kushon podsholigi siyosiy hokimiyat

ruhoniylar qoʻlida boʻlgan davlat boʻlib,

unda podsho dunyoviy rahbar boʻlish

bilan birga bosh kohin ham edi. Davlat

satraplik (qarang Satrapiya) larga

boʻlingan boʻlib, ularning satrapparn ayrim

erkinliklarga ega edi. Kushon podsholigi



quldorlik davlati boʻlsada, unda qishloq

jamoasi muhim oʻrin tutgan. Kushon

podsholari mamlakatda keng koʻlamda

dinlararo murosasozlik siyosatini

yurgizgan: aholi, asosan, buddizmnmng

mahayana mazhabiga eʼtiqod qilgan,

shuningdek, mamlakatda zardushtiylik,

otashparastlik, hinduizm kabi koʻplab

boshqa dinlar ham boʻlgan.

Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo

keng taraqqiy etgan. Pul tizimida

koʻproqoltin va mis tangalar qoʻllanilgan.

Dehqonchilik, xususan, sugʻorma

dehqonchilik rivojlangan, qishloq xoʻjaligi

ekinlarining koʻpchilik turi ekilgan. Milodiy



3-asrning 1-yarmi yoki oʻrtalarida Kushon

podsholigi barham topgan. Baqgriya —

Tohariston maxsus mulk sifatida

Sosoniylar davlati tarkibiga kirgan. Uni

kushonshoh unvonli sosoniylar xonadoni

vakillari idora qilgan.

Kushon podsholigi Rim, Parfiya va Xitoy

bilan har jihatdan bellasha olgan Qad.

Sharqdagi eng qudratli saltanatlardan biri

boʻlib, ikki asr mo-baynida osiyoliklarning

siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy

hayotiga katta taʼsir oʻtkazgan. Bir

saltanat tarkibida bir necha mamlakatlar,

Madaniyati




xalq va elatlarning birlashuvi turli

madaniyatlarni oʻzaro yaqinlashtirdi, davr

madaniyatlari (mahalliy Qad. Baqtriya,

yunon, sak va hind madaniyatlari)ni

mujassamlashtirdi. Ammo, Kushon

podsholigi madaniyati tarixining ayrim

jihatlari hanoʻzgacha noaniq boʻlib,

tarixchi, sharqshunos va arxeolog olimlar

ularga oydinlik kiritish uchun izchil va

chuqur i. t.lar olib bormokdalar.

Chunonchi, bu borada 1913 va 1960

yillarda London, 1968 yil Doʻshanbe, 1970

yil Kobulda xalqaro simpoziumlar

oʻtkazildi, YUNESKO qoshidagi Markaziy

Osiyo tarixi va madaniyatini oʻrganish



komissiyasi esa kushonlar tarixi va

madaniyatini oʻrganishni oʻz oldiga asosiy

vazifalardan biri qilib qoʻydi. Arxeologlar

Kushon madaniyatiga oid Bagram, Balx,

Began, Surxkxoʻtal (Afgʻoniston),

Kosambi (Hindiston), Sirsukx, Taksila

(Pokiston), Ayritom, Bozorqala,

Dalvarzintepa, Zartepa, Koʻhna Voye,

Termiz, Xayrobodtepa, Xolchayon

(Oʻzbekiston), Kayqubodshoh,

Koʻhnaqalʼa, Shaxrinav, Munchoqtepa

(Tojikiston)da qazish ishlari olib bordi.

Arxeologik topilma va koʻhna yozma

manbalar asosida kushonlar

madaniyatiga doyr quyidagi muhim ilmiy



maʼlumotlar aniqlandi: burjli mustahkam

mudofaa devoriga ega boʻlgan shahar

qurilishi taraqqiy etgan, bir necha oʻnlab

shunday shaharlar, koʻplab yirik sugʻorish

inshootlari qurilgan. Shaharlar ichida

arklar mavjud boʻlib, ularning atrofini turli

binolar majmuasi qurshab turgan.

Kushon podsholigining shim.-gʻarbiy

hududlaridagi binolar qurilishida koʻproq

xom gʻisht va paxsadan, jan.-sharqida

esa toshdan foydalanilgan. Shaharlar,

odatda, daryo boʻylarida, strategik

jihatdan qulay joylarda bunyod etilgan.

Ular podsho saroyi, boy-zodagonlar va

hunarmandlar mahallasi, koʻcha va



maydonlar, hovoʻzlar, turli dinlarga

mansub inshootlar, ekinzor va bogʻlardan

iborat boʻlgan. Uylar koʻp xonali,

hashamatli boʻlib, baʼzilari ikki qanatliqilib

qurilgan. Hovli sahni, xonalar poli, zinalar

va boshqalarda turli hajmdagi pishiq

gʻishtlar qoʻllanilgan. Ayvon yogʻoch

ustunlari ostiga ohaktoshdan yoʻnilgan

chiroyli tagkursilar oʻrnatilgan. Tomdan

toʻshadigan suvlar uchun maxsus sopol

tarnovlar ishlatilgan. Bino va xonalar

haykaltaroshlik, tasviriy sanʼat asarlari

bilan bezatilgan. Haykal va rasmlarda,

asosan, podsholar, podsho xonadoni

aʼzolari, boy-zodagonlar, sozanda va



masharabozlar tasvirlangan (mas,

Xolchayonda). Budda diniga mansub

inshootlarda esa Budda va uning

safdoshlari, izdoshlari, kohinlar va

xizmatkorlar ifodalangan (mas, Ayritom,

Dalvarzintepa, Qoratepa, Fayoztepatsa).

Haykallar, asosan, ohaktosh, loy va

ganchdan tayyorlangan, ular orasida

sirtiga tilla suvi yuritilganlari ham bor.

Devoriy suratlarda esa diniy va bazm

marosimlari, tabiat manzaralari,

suvoriylar tasvirlangan. Kulolchilik

taraqqiy etgan, topilgan sopol idishlar

xilma-xilligi va oʻzining nozik, jarangdorligi

bilan alohida ajralib turadi. Amaliy sanʼat



keng rivojlangan, uning eng yaxshi

namunalari Sankt-Peterburgdagi Davlat

Ermitajida saqlanmokda. Zeb-ziynat

buyumlari, mehnat va jang qurollari

yasash, mato toʻqish taraqqiy etgan.

Kanishka I davrida Kushon-Baqtriya tili

davlat tili sifatida qabul qilingan. Aholi,

asosan, buddizm dinining mahayana

mazhabiga eʼtiqod qilgan, koʻplab budda

ibodatxonalari qurilgan, shuningdek,

otashparastlik, hinduizm ham keng

tarqalgan. Kanishka buddizm tarixida

birinchi boʻlib vaqt-vaqti bilan diniy yigʻin

chaqirib turishni joriy etgan. Dastlabki

yigʻinda buddizmning mazkur yangi



mazhabi — mahayana rasmiylashtirilgan.

Bu esa buddizmning Osiyo

mamlakatlarida keng tarqalishiga, uning

jahon dinlaridan biriga aylanishiga sabab

boʻlgan. Topilgan tangalarning orqa

tomonida turli maʼbudlar — Mixra-Mitra

(Quyosh maʼbudi), Otash (olov maʼbudi),

Farr (omad va maʼmurchilik maʼbudi) va

boshqa tasvirlanganligi buni isbotlaydi.

Saltanatda savdoning rivojlanishi

yozuvning keng koʻlamda tarqalishiga

imkon yaratgan. Oromiy yozuvi asosida

sugʻd va xorazmiy yozuvlari vujudga kelib,

taraqqiy etdi. Hind alifbosiga asoslangan

kharoshthi yozuvi namunasi ilk bor



Termizdan, teri va taxtaga bitilgan

xorazmiy yozuvi namunasi esa

Tuproqqalʼadan topildi. Kushon

podsholigi yerdaridan oʻtgan Buyuk ipak

yoʻli tashqi savdoning rivojlanishiga ijobiy

taʼsir koʻrsatganligi aniqlandi. Kushon

podsholari zarb qilgan oltin, kumush va

mis tangalar Efiopiya, Skandinaviya,

Italiya va boshqa koʻpgina

mamlakatlarda topildi. Bu esa Kushon

podsholigi chet mamlakatlar bilan keng

miqyosda savdo va madaniy aloqalar

olib borganligidan dalolat beradi.

Sharkdan olib kelingan ipakka Gʻarb

bozorlaridagi mollar almashtirilgan.



Umuman savdoda koʻp tovarlar qatori

dorivorlar, Rim tilla tanga va

taqinchokdari, fil suyaklari va undan

tayyorlangan turli buyumlar hamda "tirik

tovar" — sozanda, raqqosa va hunarmand

qullar ham boʻlgan. Kushon

podsholigining dastlabki poytaxti

Oʻzbekistonning jan.dagi Dalvarzintepada

boʻlgan, podsho Kanishka davrida esa

Peshovar shahriga koʻchirilgan. Ayni shu

davrda badiiy, sanʼat maktablari

(Gandhara, Matxura, Baqtriya) shakllandi.

Kanishka adabiyot va sanʼat homiysi

boʻlib, Kashmir viloyatida Kanishkapur

shahriga asos soldi. Uning saroyida



mashhur buddaviy olimlar Pareva va

Vasumitra, buyuk shoir va faylasuflar

Ashvagxosha, Matricheta, Vagarjuva

hamda Charaka yashab ijod qilgan.

Kushon podsholigiga doyr yozma manba

va arxeologik topilmalar kushonlar

madaniyatini oʻrganish, ularning Oʻrta

Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston xalqlari

madaniyati taraqqiyotida tutgan oʻrnini

ilmiy baholashda muhim ahamiyatga ega.

Kushon podsholigi siyosiy tarixi va

madaniyati oʻtmishining hali toʻla,

haqqoniy yoritilmagan jihatlari koʻp boʻlib,

Oʻzbekiston, Hindiston, Fransiya, AQSH,

Italiya, Vengriya, Tojikiston, Afgʻoniston,



Rossiya, Yaponiya olimlari ularni aniqlash

borasida chuqur, izchil i. t.larni davom

ettirmoqda.

[1]


Kushon davlati haqida tarix kitoblari keng

maʼlumot beradi. Markaziy Osiyoda

imperiyalarning eng qadimgisi, davriy

jihatdan eng yashovchani (milodiy I-IV

asrlar) Kushon davlati boʻlgan desak

yanglishmaymiz. Oʻz davriga nisbatan

mislsiz ulkan mintaqalarni egallagan

Kushon davlati chegaralari — sharqda

Xitoy, gʻarbda Kaspiy dengizi, janubda

Hindiston va shimolda Orol boʻylarigacha

etib borgan. Qadimgi dunyo

madaniyatining uch yirik manbayi — hind,




fors va turk xalqlari tutashgan markaziy

zaminda tashkil topgan ulugʻ davlat.

Yuechjeylarning eramizdan avvalgi II asr

oʻrtalarida 

Grek-Baqtriya

 davlatiga

bostirib kirishi ushbu davlatni tamomila

tugatilishiga olib keldi. Yuechjeylarning

dastlabki mulklari shimoliy Baqtriya

hududlarida boʻldi (zamonaviy

Oʻzbekistonning janubiy hududlari va

Tojikiston). Kusxon davlati eramizning I

asri birinchi yarmida yuechjeylar davlati

amirliklaridan biri Kusxonning yuksalishi

oqibatida yuzaga keldi. Kusxon

xitoychada Guyshuan deb talaffuz qilinib,

yuechjey qabilalaridan birining nomi



boʻlish ehtimoli bor. Davlat asoschisi

yabgu (amir) boʻlgan. Keyinchalik

podshoh Kudjula Kadfiz hukmronligi

ostida kusxonlar hozirgi Afgʻoniston va

Pokistonning katta qismini bosib oldilar.

Uning merosxoʻri X hukmronligi davrida

kusxon mulklariga Hindistonning katta bir

qismi qoʻshildi. Kusxon davlatining

gullab-yashnashi Kanishka hukmronligi

davriga toʻgʻri keldi (taxminan eramizning

78-123 yillari). Oʻsha davrda poytaxt

Baqtriyadan Peshovorga koʻchirildi,

mamlakat sarhadlari esa Hindiston va

Xoʻtongacha boʻlgan oʻlkalarni qamrab

oldi. Markaziy Osiyoda Kusxon



davlatining chegaralari hozirgi

Oʻzbekiston janubidagi Hisor togʻ

tizmalari choʻqqilaridan oʻtgan. Oʻsha

yerdagi baland togʻ daralarida (Darband)

mustahkam chegara inshootlari qad

koʻtardi. Oʻsha davrlarda davlat

sarhadlarida yangidan-yangi shaharlar

qad koʻtardi, Hindiston, Xitoy va Rim

imperiyasi bilan savdo munosabatlari

oʻrnatildi. Pompeyda olib borilgan qazish

ishlari mobaynida kusxon tangalari

hamda kusxon ustasi tomonidan

suyakdan yasalgan figuralar topildi.

Kusxon davrida me'morchilik yuksak

rivojlandi. Ayniqsa saroylar va



ibodatxonalar qurilishiga katta e'tibor

qaratildi. Kusxon hukmdorlarining

Xolchayondagi saroyida va eski Termiz

va Dalvarzindagi budda ibodatxonalarida

yuqori badiiy did bilan ishlangan devor

chizgilari va haykaltaroshlik namunalari

yaxshi saqlanib qolgan.

Xolchayon, Dalvarzin va Ayritomda olib

borilgan qazish ishlari davomida kusxon

ustalarining yuksak mahoratidan dalolat

beruvchi bronza idishlar, muhtasham

shagʻamsupalar, koʻzgular hamda

zargarlik mahsulotlari topilgan.

Dehqonchilik imperiya iqtisodiyotining

tayanchi boʻlgan. Yer hosildorligini



oshirish maqsadida turli oʻgʻitlardan keng

foydalinilgan. Togʻ oldi hududlari va

choʻllar chorvachilik maqsadlarida

foydalanilgan.

Termizda olib borilgan qazuv ishlari

davomida oramiy tili asosida yozilgan

xatlar topilgan. Kusxon kursiv xati

oʻzining oʻtkir burchakli, kvadrat va aylana

shaklidagi harflari bilan ajralib turar

hamda oʻsha davrlarda juda keng

tarqalgan edi. Kanishka davrida Kusxon

davlatiga buddizm kirib keladi va tez

orada davlat diniga aylanadi. Ammo shu

bilan birga zardoʻshtiylik va mahalliy Oʻrta

Osiyo, Hindiston, Eron, Yunoniston va



Misr xalqlari dinlari ham oʻz kuchini

yoʻqotmaydi. Kusxon davlati eramizning

III asri birinchi yarmining oxirida barham

topdi. Baktriya va Toxariston maxsus

mulk huquqi ostida Sosoniylar imperiyasi

tarkibiga qoʻshildi. Ushbu imperiya

sosoniy podshohlar xonadoni a'zolari

tomonidan boshqarilib, ular kusxonshoh

tituligi egalik qilgan.

Pugachenkova G. A., Xalchayan, T.,

1966;

Adabiyot



Gafurov B. G., Koʻshanskaya epoxa i

mirovaya sivilizatsiya, M., 1968;

Staviskiy B. Ya., Koʻshanskaya Baktriya.

Problemi kulturi, M., 1977;

Pugachenkova G. A., Rtveladze E. V.,

Dalverzintepa — ku-shanskiy gorod va

yuge Oʻzbekistova, T., 1978;

L itvi iski y B. A., Sedov A. V., Kulti i

rituali koʻshanskoy Baktrii, M, 1984;

Pugachenkova G. A., Rtveladze E. V.,

Severvaya Baktriya — Toharistan, T.,

1990;


Kultura i iskusstvo drevnego

Oʻzbekistova [Katalog vistavki], kn. 1 i



Download 122,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish