Kursi
Guruhi
FIO
3
630-18
Abdulxamidov Xojiakbar
28-Laboratoriya ishi
Mavzu: Tarmoqda foydalanuvchilarni huquqlarini cheklash
Faylga ruxsatlarni o‘rnatish va foydalanuvchi huquqlarini cheklash
Kompyuterda ishlash jarayonida ko‘pincha ma’lumotlardan birini yoki
boshqasini noqonunuy , ruxsatsiz ko‘rish va tahrirlashdan himoya qilish kerak.
Ushbu vazifa odatda lokal tarmoqda ishlayotganda, shuningdek turli vaqtlarda bir
nechta foydalanuvchilar kompyuterdan foydalana olganda paydo bo‘ladi.
Windows operatsion tizimining oldingi versiyalarida ma’lumotni ruxsatsiz
kirishlardan himoya qilish tizimi mavjud edi. Ushbu bo‘limda biz Windows 10
OTda ko‘rib chiqamiz.
Faylga kirish huquqini sozlash uchun, faylni tanlab «sichqoncha»ning o‘ng
tugmachasini bosing va paydo bo‘lgan kontekst menyusidagi “Свойства”
buyrug‘ini tanlang. Keyin ochilgan oynada, tarkibiy qism shaklda ko‘rsatilgan
“Безопасность” yorlig‘iga o‘ting.
Rasmda faylga nisbatan “Ползователи” guruhining foydalanuvchilari
“Чтение и выполнение” (O‘qishva -Bajarish) huquqiga ega.
“Безопасность” (Xavfsizlik) yorlig‘ida joriy ruxsatlarni, foydalanuvchi yoki
foydalanuvchilar guruhini qo‘shish yoki mavjud ruxsatlarni o‘zgartirish uchun
“Изменить” (O‘zgartirish) tugmasini bosing. Natijada, quyida rasmdagi oyna hosil
bo‘ladi.
Agar siz foydalanuvchi yoki foydalanuvchilar guruhi uchun ruxsatlarni
o‘zgartirishni xohlasangiz, “«sichqoncha»”ni bosish orqali guruhlar yoki
foydalanuvchilar ro‘yxatidagi tegishli pozitsiyani tanlang, so‘ngra tegishli
katakchalarni belgilab oynaning pastki qismida “Запретить” taqiqlash yoki
“Разрешить” ruxsatni belgilang.
Ro‘yxatga yangi foydalanuvchi yoki foydalanuvchilar guruhini qo‘shish
uchun "Dobavit " (Qo‘shish) tugmasini bosing. Natijada, rasmdagi oyna ko‘rinadi.
Birvaqtning o‘zida ushbu maydonga bir nechta nomlarni kiritish mumkin – bu
holda ularni nuqta-vergul bilan ajrating.
“Проверить имена” (Ismlarni tekshirish) tugmachasi yordamida “Введите
имена выбираемых объектов” (Tanlangan ob’ektlarning nomlarini kiritish)
maydonida ko‘rsatilgan foydalanuvchi nomlari va foydalanuvchi guruhlari
qidiriladi.
Ushbu oynaning yuqori qismida joylashgan “ Выберите тип объекта ”
(Ob’ekt turini tanlang) maydonida topilishi kerak bo‘lgan ob’ekt turi ko‘rsatilgan,
masalan, siz faqat foydalanuvchilar uchun ruxsat bera olasiz, yoki faqat
foydalanuvchi guruhlari yoki o‘rnatilgan xavfsizlik sub’ektlari uchun yoki barcha
turdagi ob’ektlarni bir vaqtning o‘zida. Ob’ekt turlarini tanlash uchun “ Типы
объектов ” (Ob’ekt turlari) tugmachasini bosing, so‘ng ochilgan oynada tegishli
katakchalarni belgilab kerakli ob’ekt turlarini belgilang va OK ni bosing.
Ruxsatnomalarni o‘rnatish uchun foydalanuvchi yoki guruhni ob’ektlar
ro‘yxatidan olib tashlash uchun «sichqoncha»ni bosish bilan ro‘yxatdagi mos joyni
tanlang va “ Удалить ” (O‘chirish) tugmasini bosing. Bunday holda, ehtiyot
bo‘lish kerak, chunki tizim o‘chirish operatsiyasini tasdiqlash uchun qo‘shimcha
so‘rov bermaydi, lekin tanlangan ob’ektni darhol ro‘yxatdan o‘chiradi.
Xuddi shunday, siz papkalar uchun ruxsatnomalarni sozlashingiz mumkin.
Shu bilan birga, papkalar va kataloglar uchun qo‘shimcha kirish parametrlarini
ham sozlashingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |