Bog'liq Topografik sirtlar bilan tekislikning kesishishi
misol. G orizontal chiziqlarining proyeksiyalari va ularning son belgilari bilan berilgan topografik sirt bilan
qiyaliklari i =1:1 va /=2:3 ga teng bo'Igan P va Q nishab tekisliklarining kesishish chizig‘i yasalsin (3.20-rasm).
Bunda P ( P ) va Q { Q ) nishab tekisliklar gorizontal chiziqlarining oraliqlari / =1 m va / = 1,5 m ga teng qilib o'tkaziladi. Pt va Qi tekisliklarning son belgilari bir xil bo‘lgan gorizontal chiziqlari kesishishidan A'l0F s to‘g‘ri chiziq hosil bo‘ladi. Son belgilari bir xil bolgan topografik sirt hamda P va Qt tekisliklarning son belgilari bir xil bo‘lgan gorizontal chiziqlarining kesishishidan m' va n'chiziqlar hosil bo‘ladi.
Bu chiziqlarning uchrashish nuqtasi С doim A \ 0 B'5 chiziqda bo‘lishi shart. С nuqta holatini aniq yasash uchun nishab tekisliklar va topografik sirtga tegishli qo'shim cha 1У9 va E 9 nuqtalar yasaladi.
Bu nuqtalar tuproq ishlari chegara chiziqlari m' va n' dagi
M \ va N g nuqtalar bilan tutashtiriladi.
misol. Berilgan topografik sirtda balandligi 18.0 щ va nishab tekisliklaming qiyaliklari /=1:3 va i = 1:2 hamda eni 5 m ga teng bo‘lgan yo‘l qurilsin. Tuproqni kovlab olish va to ‘kish chegaralari aniqlansin (3.21-rasm). Bunda quyidagicha yasashlar bajariladi.
Nolinchi ish chizig‘i (18-gorizontal chiziq) belgilanadi. Topografik sirt gorizontal chiziqlarining son belgilaridan ma’lumki, 18- gorizontal chiziqdan o‘ng tomonda, ya’ni 18- va 22- gorizontallar orasidagi tuproq kovlab olinadi. 18-gorizontal chiziqdan chap tomonda, ya’ni 18- va 14-gorizontallar orasiga tuproq to‘kiladi. Shuning uchun 18-gorizontal chiziqdan o‘ng tomonda yo‘l chegara chizig'idan eni 1 m bo'lgan ariqcha uchun joy qoldiriladi.
Tuproq kovlab olinadigan va to£kiladigan joylarda berilgan yo'lning konturiga perpendikular qilib nishab tekisliklaming PiQi va TtGt qiyalik masshtablari chiziladi.
Nishab tekisliklar qiyalik masshtablari berilgan /=1:2 va
/=1:3 qiyaliklarga binoan 1=2 m va 1=3 m bilan darajalanadi. So‘ngra nishab tekisliklaming gorizontal chiziqlari chiziladi.
Nishab tekisliklar va topografik sirtning son belgilari bir xil bo‘Igan gorizontal chiziqlarining kesishish nuqtalari yasaladi.
Ushbu nuqtalar tartib bilan tutashtiriladi. Natijada tuproqni kovlab olish va to‘kish chegaralari aniqlanadi. 3.21- rasmda tuproq kovlanib olinadigan joyda yo'lning o'qiga perpendikular qilib kesilgandagi A —A ko‘ndalang qirqim ham tasvirlangan.
misol. Berilgan topografik sirtda tubining son belgisi 50.0 m, chuqurligi 2 m, bermasining eni 1 m bo‘lgan kanal qurilsin. Tuproq kovlab olinadigan va to‘kiladigan joylaming qiyaligi /=1:1,5 va /=1:2 bo‘lsin. Tuproqni kovlab olish va to‘kish chegaralari aniqlansin (3.22-rasm). Bunda quyidagi yasashlar bajariladi.
Kanalning chizmada berilgan profili bo‘yicha uning tubi va berma chiziqlarining konturlari chiziladi. Natijada bermaning son belgisi 52.0 m ekanligi, nolinchi ish nuqtalari va chizig‘i ma’lum bo‘ladi.
Bermaning chetki konturidan unga perpendikular qilib