Kurs sm-80 guruh talabasi axatov sardor saxobiddin o'G'LIning



Download 43,67 Kb.
bet2/2
Sana20.08.2021
Hajmi43,67 Kb.
#152638
1   2
Bog'liq
Mustaqil ish Tarix

Mazkur qarorda:

1) respublikaning davlat mustaqilligi to'g'risidagi Oliy Kengash bayonoti tasdiqlansin va resrublika bundan buyon O'zbekiston Respublikasi deb atalsin;

2) 1-sentabr O'zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilansin va 1991— yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e'lon qilinsin, deb qat'iy belgilab qo'yildi.

Oliy Kengash sessiyasida "O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida"gi Qonun qabul qilindi. Bu Qonun 17 moddadan iborat bo'lib, O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkamlab berdi. Qonunda:

• O'zbekiston Respublikasi o'z tarkibidagi Qoraqalpog'iston Respublikasi bilan birga, mustaqil, demokratik davlatdir;

• O'zbekiston Respublikasining xalqi suverendir va respublikada davlat hokimiyatining birdan-bir sohibidir. U o'z hokimiyatini ham bevosita, ham vakOlik idoralari tizimi orqali amalga oshiradi;

• O'zbekiston Respublikasi to'la davlat hokimiyatiga ega, o'zining milliy davlat va ma'muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va bosh-qaruv idoralari tizimini mustaqil belgilaydi, davlat chegaralari, hududi daxlsiz va bo'linmas bo'lib, uning xalqi o'z xohish-irodasini erkin bildirmasdan turib o'zgartirilishi mumkin emas;

• Respublika hududidagi yer, yer osti boyliklari, suv va o'rmon-lar, o'simlik va hayvonot dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar, respub-likaning ma'naviy boyliklari O'zbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi, deb qonunlashtirilib, belgilab qo'yildi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII sessiyasida 1991— yil 30-sentabr kuni "O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida"gi Qonunga Konstitutsiyaviy qonun maqomini berishga qaror qilindi. Qarorda O'zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi moddalari "O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to'g(risida"gi Qonunning moddalariga zid kelgan hollarda mazkur Qonunga amal qilinsin, deb belgilab qo'yildi.

Shunday qilib, xalqimizning asriy orzusi, umidlari ushaldi, ro'yobga chiqdi. Mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy mutelikdan, asoratdan qutildi. Dunyo xaritasida yana bitta mustaqil davlat -O'zbekiston Respublikasi paydo bo'ldi.

O'zbek xalqi tarixida, mamlakatimizda yashaydigan barcha xalqlar tarixida chinakam tarixiy ahamiyatga molik bo'lgan voqea sodir bo'ldi.

O'zbekiston Respublikasining aholisi mustaqillik e'lon qilingan paytda 21,5 mln kishini tashkil etardi. 2004— yil boshlariga kelib aholi soni 25 mln.dan ortdi.

Mustaqil davlatlar ittifoqini tuzishga intilish

O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991— yil noyabrda bo'lgan VIII sessiyasi Davlat mustaqilligi masalasi bo'yicha referendum o'tkazish haqidagi masalani ko'rib chiqdi. Oliy Kengashning mazkur sessiyasida 1991— yil 29-dekabr, yakshanba kuni O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to'g'risida referendum hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o'tkazish to'g'risida qarorlar qabul qilindi. Referendumda ovoz berish bulleteniga masala quyidagicha kiritildi: "O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e'lon qilingan O'zbekiston Respublikasining Davlat mus-taqilligini ma'qullaysizmi?". Shuningdek, "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida" Qonun qabul qilindi.

1991— yil 29-dekabr kuni umumxalq referendumi bo'lib o'tdi. Referendumda 9.898707 kishi yoki saylov ro'yxatiga kiritilganlarning 94,1 foizi qatnashdi. Ovoz berishda qatnashganlaming 98,2 foizi O'zbekiston Respublikasi mustaqiJligini ma'qullaymiz, deb ovoz berdi.

O'zbekiston Davlat mustaqilligining e'lon qilinishi, uning butun tarixiy taraqqiyoti natijalaridan kelib chiqadigan obyektiv va qonuniy hodisadir.

Respublika xalqi va rahbariyatining donishmandligi, sabotli va qat'iyatliligi, uzoqni ko'ra bilishi natijasida uning davlat mustaqil-ligiga erishuvi.

Islom Karimov O'zbekistonning birinchi Prezidenti

Tinch, Demokratik, Parlament yo'Ii bilan Ijtimoiy larzalarsiz, qurbonlar va vayronagarchiliksiz amalga oshdi.

1991— yil 29-dekabr kuni muqobillik asosida O'zbekiston Respublikasi Prezi-denti saylovi ham bo'lib o'tdi. Prezident -likka nomzod Islom Abdug'aniyevich Karimov uchun 8.514136 kishi yoki ovoz berishda qatnashganlaming 86 foizi ovoz berdi. Markaziy saylov komissiyasi saylov yakunlarini ko'rib chiqib, I.A.Karimovni 1991— yil 29-dekabrdan O'zbekiston Respublikasining Prezidenti lavozimiga saylangan, deb hisoblashga qaror qildi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992— yil yanvarda bo'lgan navbatdan tashqari IX sessiyasida Prezident Islom Karimov qasamyod qildi: "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozirnini bajarishga kirishar ekanmarr, respublikamiz xalqlariga sadoqat bilan xizmat qilishga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga kafolat berishga, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga qat'iy rioya etishga, zimmamga yuklangan yuksak vazifalarni vijdonan bajarishga qasamyod qilaman". Islom Karimov O'zbekiston Respublikasining umumxalq tomonidan saylangan birinchi Prezidentidir.

MUHIM VOQEALAR SOLNOMASI

1991- yil 31- avgust O‘zR Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida Prezident Islom Karimov O‘zbekiston Respub¬lika¬sining davlat mustaqilligini e’lon qildi. „O‘zbekiston Respub¬lika¬sining Dav¬lat mustaqilligi asoslari to‘g‘¬risida“ Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi.

1991- yil 1- sentabr O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni — umumxalq bay¬rami.

1991- yil 28- sentabr Тoshkentda Alisher Navoiyga haykal o‘rnatildi. 1991- yil 1- noyabr O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi tashkil topdi.

1991- yil 18- noyabr O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilindi. „O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘¬risida“ Qonun qabul qilindi.

1991- yil 18- noyabr O‘zbekiston Respublikasining „Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiy¬lash¬tirish to‘g‘risida“gi Qonuni qabul qi¬lin¬di.

1991- yil 29- dekabr O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida referendum o‘tkazildi.

1991- yil 29- dekabr O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga umumxalq saylovi bo‘ldi. I. A. Karimov O‘zbekiston Respublika¬sining Prezi-denti etib saylandi.

1991- yil dekabr O‘zbekiston MDH ga a’zo bo‘ldi.

1992- yil 4- yanvar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mah¬kama¬sining Bosh vaziri lavozimi ta’sis etildi.

1992- yil yanvar Viloyat, tuman va shaharlarda hokim lavo¬zimi ta’sis etildi.

1992- yil yanvar Millatlararo madaniyat markazi Respub¬¬lika Baynalmilal madaniyat markaziga aylantirildi.

1992- yil yanvar O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi tuzildi.

1992- yil 28- yanvar „O‘zbekiston havo yo‘llari“ Milliy aviakompaniyasi tashkil etildi.

1992- yil 26- fevral O‘zbekiston EXHТ ga a’zo bo‘ldi.

1992- yil 28- fevral Prezident farmoni bilan 8 ta viloyat pedagogika institutlari universitetlarga aylantirildi.

1992- yil 2- mart O‘zbekiston BMТ ga a’zo bo‘ldi. 1992- yil 16- mart Тoshkentda birinchi bo‘lib AQSH elchixonasi ochildi.

1992- yil 27- mart Prezident farmoni bilan Iyd-Ramazon va Qurbon hayitining birinchi kunlari bay¬ram va dam olish kunlari deb e’lon qi¬lindi.

1992- yil 30- may O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida davlatlararo mu¬no¬sabatlarning asoslari, do‘stlik va ham¬korlik to‘g‘risida shartnoma imzo¬landi.

1992- yil iyun O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida

davlatlararo munosabatlar va hamkor¬lik prinsiplari to‘g‘risida shartnoma imzo¬landi.

1992- yil O‘zbekiston EKO ga a’zo bo‘ldi. 1992- yil 2- iyul O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi qabul qilindi.

1992- yil 2- iyul „Siyosiy partiyalar to‘g‘risida“ Qonun qabul qilindi. U 1996- yil 25- dekabrda yangi tahrirda qabul qilindi.

1992- yil 25- avgust O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasida davlatlararo munosabatlarning asos¬la¬ri, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolandi.

1992- yil noyabr O‘zbekiston va Eron o‘rtasida davlatlar¬- aro munosabatlarning asoslari to‘g‘ri¬sida deklaratsiya imzolandi.

1992- yil 8- dekabr O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi.

1992- yil 10- dekabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilindi. 1993- yil 14- yanvar Vatan himoyachilari kuni.

1993- yil may O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida davlatlararo munosabatlar va ham¬korlik prinsiplari to‘g‘risida shart¬noma imzo¬landi.

1993- yil 2- sentabr O‘zbekiston Respublikasining „Fuqaro¬larning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida“gi Qonuni qabul qilindi. 1999- yil 14- aprelda esa u yangi tahrirda qabul qilindi.

1993- yil sentabr O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov BMТ Bosh Assamble¬yasining 48- sessiyasida nutq so‘zladi.

1993- yil sentabr Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi nishonlandi.

1993- yil oktabr Тoshkentda BMТ ning vakolatxonasi ochildi. 1993- yil 28—30- oktabr O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolandi. O‘zbekiston Prezidenti Parij Xartiyasini imzoladi.

1993- yil 29- oktabr O‘zbekiston UNESCO ga a’zolikka qabul qilindi.

1993- yil 1- noyabr O‘zbekistonda aholi qo‘lidagi rubl o‘rniga so‘m-kupon (1 so‘m-kupon 1 rublga tenglashtirilgan holda) muo-malaga kiritildi.

1993- yil 22—25- noyabr O‘zbekiston Respublikasi bilan Buyuk Britaniya Qirolligi o‘rtasida o‘zaro iqtisodiy aloqalar to‘g‘risida shartnoma imzolandi.

1993- yil 28- dekabr „O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida“ Qonun qabul qi¬lindi.

1994- yil aprel Respublika „Ma’naviyat va ma’rifat“ jamoatchilik markazi tuzildi.

1994- yil 5- may „O‘zbekiston Qahramoni“ unvoni, „Mustaqillik“ ordeni ta’sis etildi.

1994- yil 16—19- may O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlarning asosiy prinsiplari to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzolandi.

1994- yil 1- iyul O‘zbekiston Respublikasining milliy valutasi — so‘m (1 so‘m kursi 1000 so‘m-kuponga tenglashtirilgan holda) muomalaga kiritildi.

1994- yil 1- sentabr GFR poytaxti Bonnda O‘zbekis¬ton¬- ning Yevropada birinchi elchixonasi ochildi.

1994- yil 22- sentabr „O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majli¬- si to‘g‘risida“ Qonun qabul qilindi.

1994- yil oktabr Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi jahon miqyosida nishonlandi. 1994- yil 4—25- oktabar O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida o‘zaro munosabatlarning asosiy prinsiplari, o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlan-tirish to‘g‘risida bayonnoma imzolandi.

1994- yil 25- dekabr O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majli¬- si¬ga birinchi bor saylovlar bo‘lib o‘tdi.



1995- yil 18- fevral „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi tuzildi.
Download 43,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish