Kurs loyihasi xisob-tanishtiruv yozuvi


YUQORIDAGI FIKIRLARDAN KELIB CHIQIB KAFEDRA YIG’ILISHI QAROR QILADI



Download 2,78 Mb.
bet5/9
Sana13.01.2022
Hajmi2,78 Mb.
#354584
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
20-VARIANT

YUQORIDAGI FIKIRLARDAN KELIB CHIQIB KAFEDRA YIG’ILISHI QAROR QILADI.

  1. K.O’q ___________ va __________lar ________________________ning kurs loyihasiga taqrizchilar etib tayinlansin.

  2. _____________________ning “______________________________________” mavzusida bajargan kurs loyihasi himoyaga tavsiya qilinsin.

  3. Kafedraning ushbu qaroroini qo’llab-quvatlash va tasdiqlab berish fakultet ilmiy kengashidan so’ralsin.

YIG’ILISH RAISI: DOT._________________

KOTIB: K.O’Q ________________


MAVZU: BIR POG’ONALI YOPIQ QIYSHIQ TISHLI SILINDSIMON REDUKTORNI LOYIHALASH
REJA:

  1. Kirish

  2. Asosiy qism.

  1. Loyiha haqida umumiy ma’lumot.

  2. Uzatmalar.Tasmali uzatmalar.

  3. Zanjirli uzatmalar.

  4. Podshipniklar, reduktorlar to’g’risida ma’lumot.

  5. Vallar va o’qlar.

  6. Bir pog’anali yopiq silindrsimon reduktorni loyihalashning hisob qismi.

  1. Xulosa

  2. Foydalanilgan adabiyotlar

  3. Ilovala















































K I R I SH


Umumtеxnika fanlari mutaxassis muxandislar nazariy va amaliy


tayyorgarligini oshirish uchun asosiy nеgiz hisoblanadi. “Texnik mexanika”
fani talabalarning konstruktorlik xususiyatini shakllantiruvchi fan bo`lib,
ularning ijodiy qobiliyatini oshirish uchun katta imkoniyat bеradi. “Texnik mexanika” kursini o`rganish jarayonida talabalar mustaqil masalalarni еchimi,
hisoblash usullarini izlanishlar, mеxanizm va mashinalarni taxlil va sеntеz
qilish, avtomatik qurilmalarni va konstruktsiyalarning uzеllarini loyihalash kabi ko`nikmalarni shakllantiradi.

Muxandis mutaxassislarining o`quv dasturida ko`zda tutilgan kurs ishi


kabi ko`nikmalarni mashina dеtallari fanining yakuniy bosqichi hisoblanadi.
Yuqori malakali muxandislari tayyorlashda kurs ishining ahamiyati katta.
Kurs ishisi ustida ishlashda talabaning umumtеxnik va umumnazariy
tayyorgarligi ma'lum darajada aniqlanadi va bitiruv ishi hisoblangan bitiruv
malakaviy ishi uchun fundamеnti hisoblanadi. Mashina dеtallaridan kurs ishi
fanning yakuniy mustaqil konstruktorlik ishi bo`lganligi uchun uning
ahamiyati juda muhim.

Loyihali asoslarni o`rganib umumiy ahamiyatga ega


bo`lgan oddiy mashina elеmеntlarini loyihalashdagi talabalarning orttirgan
bilim va maxsus fanlaridan kurs loyixalarini bajarishga asosiy baza bo`lib xizmat qiladi. Hisoblanayotgan mashina yoki mеxanizmlar еngil, еtarli darajada
mustahkam, ishqalanishga chidamli, shakli oddiy, ishlatishga qulay va
xavfsiz, shuningdеk davlat standartlarida qo`yilgan talablarni to`laqondiradigan bo`lishi kеrak.

Mashina dеtallari kurs ishining vazifasi talabalarning tеxnikaviy


ijodkorligi bilimlarini va tеxnikaviy xisoblashlar soxasidagi bilimlarini
rivojlantirishdan iborat.

Xalq xo`jaligini har tomonlama rivojlantirish mehnat samaradorligini oshirish , mahsulot sifatini yaxshilash fan asosida yaratilgan texnikaga bog`liq.Texnika va texnologiyaning jadal sur’atlarda rivojlanishi,avtomatlashtirish va boshqarish tizimining keng miqyosda qo`llanishi texnika fanlariga bo`lgan talabni yanada kuchaytirmoqda. Shuning uchun loyihalangan mashinalar ularning detallar mumkin qadar yengil, yetarli darajada mustahkam, ishqalanishga chidamli ,bejirim davlat standartlariga to`liq mos keladigan bo`lishi shart.
















































Bundan tashqari detallar ishdan chiqqanda ularni yangisiga tez va qulay almashtirishning ham imkoni bo`lishi zarur. Sanoatda ishlatiladigan barcha mashenalarda shunday uzel va detallar borki bu detal va uzellarni aloxida guruh sifatida qarab loyihalash hisoblash va uning nazariy asoslarini yaratish mumkin. Masalan birikmalar o`z navbatida tuzilish jihatidan ajralmas va ajraladigan birikmalarga bo`linadi. Uzatmalar harakatini bir valdan ikkinchi valga moylash uchun ishlatiladigan mexanizm bo`lib ular energiya manbai bilan ishchi val o`rtasida o`rnatiladi. Harakati ishqalanish yoki ilashish yordamida uzatish mumkin. Mashinadetallari fani asosan yuqorida ko`rsatilgan detal va uzellar ya’ni hamma sanoatda ishlatiladigan mashenalarga xos bo`lgan detallarni loyihalash hisoblash va hisoblashning nazariy asoslari o`rganadi.

Hozirgi zamon dunyo fani va texnikasining rivojiga O`rta Osiyo olimlarining qo`shgan hissalari beqiyosdir. Yuqorida ko`rsatilganidek detallarning oddiy ko`rinishlarini O`rta Osiyo olimlari tomonidan qo`l mehnatini yengillashtirish uchun yaratilgan mexanizmlarda ko`rish mumkin. Masalan buyuk olim Abdul Abbos Amhat ibn Muhammad Qozi al-Farg`oniy (1788) tomonidan yaratilgan mexanik kalendar burchaklarini o`lchash asboblari va boshqa asboblari. Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn Sinoning “Aql mezoni” asosida mexanizmdagi oddiy sistemalar ya’ni richaglar, bloklar, vintlar, ponalardan tuzilgan mexanizmning ishlash prinsiplari batafsil bayon etilgan. Abu Yusuf al-Xorazmiyning “Ilmlarning kaliti” nomli kitobi, Ismoil al Jazoirning “Injenerlik mexanikasini bilish“ kitob e’tiborga sazovordir. Ushbu keltirilgan olimlar texnikaning rivojiga munosib hissa qo`shgan . O`rta Osiyoning buyuk olimlari hisoblashadi. Hozirda O`zbekistonning texnika sohasidagi olimlar mustaqil mamlakatimiz fan va texnikasini rivojlantirish ya’ni yangi mashina va mexanizmlarni yaratish hisoblashlarning nazariy asoslarini yaratishda va bu mashenalarni loyihalashda salmoqli ishlar qilinmoqda.

Mashinasozlik ilmiga mamlakatimiz olimlarining quyidagi yangiliklari munosib hissa bo`lib qo`shildi: yangi o`zgaruvchan uzatish nisbati; tishli uzatmalar, richagli muftalar, zanjirli uzatmalar, uzatish soni o`zgaruvchan bo`lgan tasmali uzatmalar, sepisiklik z, egiluvchan bo`g`imli yuksak mexanizmlar. Mazkur yangi uzatma va mexanizmlar hisoblashi va loyihalash asosida ishlab chiqarilib xalq xo`jaligida keng miqyosda qo`llanilmoqda. Yangi mashinalarning nazariy asoslarini yaratish, loyihalash va hisoblashda taniqli olimlarning misollar tariqasida H.H Usmonxo’jayev, F.S. Qo`ziboyev ,R.F Mahkamov F.SH Zokirov , R. J. Jo`rayev, R.I. Ikromov, R.I. Rahimov, Sh Alimuhammedov, A. D. Glushenka, O. V. Lebedov va boshqalar katta hissa qo`shgan. Shuningdek yuqori (malekulali) malakali mutaxasislarni tayyorlashda fan yutuqlari o`quv jarayoniga tadbiq qilgan yetuk olimlardan Sulaymonov, Ikromovlarning mehnatlari e’tiborga loyiqdir.
















































MASHINA DETALLARINI LOYIHALASH ASOSLARI

Amaliy mexanika fani va sohasi barcha turdagi mashinalar uchun umumiy bo`lgan detal (bolt, gayka, tishli g`ildirak va boshqalar) va uzellarni hisoblash hamda loyihalash asoslarini o`rgatuvchi fandir.

Detal mashinaning bir xil materiallaridan tayyorlangan va alohida bo`laklarga ajralmaydigan qismidir. Masalan, bolt, gayka, shkiv, tishli g`ildirak va boshqalar. Uzel bir nechta detallarning yig`indisidan iborat bo`lib, mashinada biror bir ishni bajarishga mo`ljallangan. Mashinasozlikda bir turdagi mashinalar uchun umumiy bo`lgan detallar va uzellardan tashqari faqat bir yoki bir necha mashinalarda ishlaydigan detal va uzellar ham uchraydi. Masalan, paxta tozalash mashinasining arrasi, to`qimachilik mashinalarida ishlatiladigan urchuq, tikuv mashinasida ishlatiladigan ignalar va boshqalar. Bu detallarni loyohalash va hisoblash maxsus kurslarda o`rganiladi.

Barcha turdagi mashinalarda ishlatiladigan detal va uzellarni quyidagi guruhlarga bo`lishimiz mumkin:


  1. Birikmalar: Ajralmalar (payvand, kalta mixli va boshqalar), ajraluvchan (boltli, shponkali va boshqalar) birikmalarga bo`linadi.

  2. Uzatmalar: Harakatni bir valdan ikkinchi valga o`zaro ilashish (tishli, zanjirli va boshqalar) yoki ishqalanish (tasmali, friksion va boshqalar yordamida uzatiladigan guruhga bo`linadi.

  3. Uzellarda ishlatiladigan (vallar, podshibnik, muftalar) detallar guruhidir.

Fanni o`rganishdan maqsad shu turdagi mashinalarda ishlatiladigan detal va uzellarni mustahkamlikka hisoblash va loyihalash asoslarini o`rganish. Bunda tanlash amalga oshiriladi, termik qayta ishlash detalning aniqlik darajasiga tayyorlash texnologiyasi masalalari ko`riladi.

Mashina va detallarga qo`yiladigan talablar. Loyihalangan yangi mashinalar: yuqori unumdor tannarxi arzon, rejalashtirilgan muddatigacha ishonchli ishlashi, ishlatish yengil, estetik ko`rinishi bo`lishi kerak.

Mashinalarni loyihalash, hisoblashda davlat standartlari asos qilib olinadi. Loyihalayotgan mashinalarda standart detallarning ishlatilishi mashinaning tannarxini kamaytiradi. Ta’mirlash jarayonini yengillashtiradi. Shuningdek, standart detallar maxsus zavodlarda tayyorlanganligi uchun ularning sifati yuqori va tannarxi arzon bo`ladi.

Loyihalanayotgan mashinalarga qo`yiladigan asosiy talab bu yangi texnologiyalarga javob berishi ya’ni



  • har xil uzellarda bir xil detallarni ishlatish;

  • standart detallarni ishlatish;

  • boshqa mashinalarda ishlatiladigan detallardan foydalanish;




















































  • tayyorlash, yig`ish, jarayonida robot va avtomatlardan foydalanish;

  • avtomatik loyihalash va ularni avtomatlashtirish.

Tayyorlanayotgan mashinalarda yangi texnologiyaning ishlatilishi, uning tannarxi, sarflanadigan energiya, material hajmi, ishlatish va ta’mirlash jarayonlari bilan belgilanadi.

DETALLARNING ISHLASH LAYOQATI


Yangi loyihalanayotgan mashina va detallar ishda ishonchli, aniq, mustahkam, ishlash muddati uzoq, yig`ish yengil, ish unumi yuqori, boshqarish qulay, o`lchamlari kichik, estetik ko`rinishli, iqtisodiy jihatdan tejamli bo`lishi kerak.

Loyihalanayotgan mashina detallarining ishlash layoqati ularning mustahkamligi, bikrligi, issiqqa, yoyilishiga va titrashga chidamliligi bilan belgilanadi. Detallarni ishlash layoqati uning ishlash sharoitiga qarab belgilanadi. Detallarning qanday sharoitda ishlashiga qarab, qanday shart qo`yilishini belgilash kerak va shu shartni bajarilishini ta`minlash lozim.

Mustahkamlik detalning deformatsiyalanishi me`yorida bo`lgan holda ma`lum vaqt davomida ishlay olish xususiyati.

Detallarning mustahkamligi uning xavfli kesimdagi normal va urinma kuchlanishlarning qiymati bilan belgilanadi. Detallarni mustahkamlikka hisoblash asoslari “Materiallar qarshiligi “ kursida o`rganiladi.

Detallarni mustahkamligini ishchi yuzalarini termik qayta ishlash kuchlanishlarini to`planish holatini kamaytirish, ratsional forma tanlash bilan oshirish mumkin. Berklik detallarni ishlash jarayonida tashqi kuchlar ta`sirida elastik deformatsiyasi ruxsat etilgan qiymatdan oshmasligi uchun berkligi ta`minlangan bo`lishi kerak. Masalan vallarning berkligi ta`minlangan bo`lsa ularga o`rnatilgan podshipniklar, tishi g`ildirak, murftalarni yaxshi ishlashiga sharoit yaratilgan bo`ladi. Berklikni ruxsat etilgan qiymatlarini elastik nazariyasini aniqlash mumkin.
YEYILISHGA CHIDAMLILIK
Materialning yeyilishga qarshilik kursata olish qobilyati yeyilishga chidamlilik deb ataladi. Yeyilish bu detallarning o`zaro ishqalanishi tufayli sodir bo`lib, o`z o`lchamlarining asta-sekin o`zgarishidir. Detallarning yeyilishiga chidamliligi materialning fizik-mexanika xususiyatlari, termik qayta ishlov berishi,. aniqlik darajasi, ishqalanayotgan ishchi yuzalar o`rtasidagi bosim, sirpanish tezligi, ishqalanish rejimi ishlash sharoitlariga bog`liq bo`ladi.

Detallarning yemirilishi natijasida o`zaro ishqalanish yuzalarida bushliq oshadi.
















































Issiqlikka chidamlilik- detallarning berilgan muddat davomida ruxsat etilgan issiqlikda ishlay olish xususiyati issiqlikka chidamlilik deb ataladi. Detallar o`zaro bir-biriga ishqalanishi natijasida quriyda va natijada detallarning mustahkamligi pasayadi. Moylash xususiyati kamayadi natijada o`zaro ishqalanish hisobiga yuzalarining yeyilishi kuzatiladi

Titrashga chidamlilik – mashinalarning ishlash jarayonida titrash natijasida detallarda qo`shimcha dinamik kuchlar hosil bo’ladi bu esa ularning toliqishiga sabab bo`ladi hamda ularning ishdan chiqishini tezlashtiradi

Zanjirli uzatmalar

Zanjirli uzatmalar bu yetaklovchi va yetaklanuvchi hamda shu yulduzgacha kiydirilgan zanjirdan iborat . Zanjir faqat bir tekislik bo`yicha egiladi shuning uchun o`qlar o`zaro parallel bo`lishi shart. Zanjirli uzatmalar asosan qishloq xo`jalik mashinalarida, mashina yuritmalarida har xil standiklarda ko`p ishlatiladi. Zanjirlar ish bajarishiga qarab quyidagi guruhga bo`linadi:

a)yuklarni balandlikka ko`taradigan mexanizmlarda ishlatiladigan zanjirlar;

b)to`xtovsiz ishlaydigan transport qurilmalarda ishlaydigan zanjirlar;

c)bir valdan ikkinchi valga quvvat uzatish uchun ishlatiladigan zanjirlar.

Afzalliklari. O`qlar aro masofa 6-8 m gacha ( kuch tasmali) bo`lishi mumkin vallarga tushadigan kuch tasmali uzatmalarga nisbatan kichik 300 kvt gacha quvvat uzatishi mumkin sirpanish hodisasi bo`lmaydi. F I K- yuqori bir pog`onali uzatishlar soni u=7 gacha.

Kamchiliklar tannarxi juda yuqori, yulduzchalarni tayyorlash bir muncha murakkab, ishlash jarayonida e’tibor bilan qarab turishni hamda yig`ishda yuqori aniqlik talab qiladi.Zanjirli uzatmalar uzatish soni u=4 olish tavsiya etiladi, lekin u=7 gacha olish mumkin.

Zanjirli uzatmalarda hosil bo`ladigan kuchlarning yo`nalish sxemasi tasmali uzatmalarnikiday bo`ladi, ya`ni bu uzatmalarda ham Ft Fr zanjirnung yetaklovchi va yetaklanuvchi tarmoqlaridagi kuchlar Ft –aylanma kuch . Fo – dastlabki taranglik kuchi Fv= markazdan qochma kuch ta`sirida hosil bo`ladigan kuch.

Asosiy kuchlar orasidagi munosabat ham tasmali uzatmalardagiga o`xshash bo`ladi. Zanjirli uzatma uchun dastlabki taranglik deganda zanjirli uzatmaning normal ishlashi uchun zanjirning tarang tortilishi emas balki ma`lum darajada salqilikka ega bo`lishi tushunilishi kerak. Odatda salqilik zanjirning og`irligi tufayli hosil bo`ladi shuning uchun zanjirning o`zi og’irligining uning tarmoqda hosil bo`ladigan kuchdir. Shuning uchun zanjirning o`z og`irligidan uning tarmog`ida hosil bo`ladigan taranglik kuchi dastlabki taranglik kuchi deb yuritiladi va hisoblanadi. Zanjirlar bir va bir necha qatorli qilib tayyorlanishi mumkin. Yuklanish va tezligi katta bo`lganda ko`p qator list ishlatiladi.
















































MUFTALAR


Muftalar val . turba va shunga o`xshash detallarning uchlarini o`zaro ulash uchun ishlatiladi va mexanik elektrik-gidroflik turlarga bo`linadi. Mashina detallari kursida faqat vallarga mo`ljallangan mexanik muftalarnigina o`rganiladi. Bunday muftalarning asosiy vazifasi vallarni o`zaro biriktirish bilan birga ularning biridan ikkinchisiga aylanuvchi moment uzatishdan iborat. Muftalar vazifasi hamda tuzilishiga ko`ra bir necha guruxga bo`linadi:
1)Doimiy biriktirilgan muftalar. Bunday muftalardan foydalanilganda mashinaning ishini to`xtamay turib vallarni bir-biridan ajratib bo`lmaydi;

2)Boshqariladigan ulovchi muftalar – bunday muftalar vositasida mashina ishini to`xtatmay turib . vallarni bir-biridan ajratish yoki ulash mumkin;

3) O`z –o`zini boshqaruvchi (avtomatik ) muftalar . Bunday muftalar mashinaning normal ishlashi uchun talab qilingan sharoit ta`minlanmagan hollarda avtomatik ravishda vallarni bir-biridan ajratadi yoki talab qilingan normal sharoit yaratilishi bilan vallar mufta vositasida avtomatik ravishda yana ulanadi.

Muftalarning asosiy xarakteristikasi bu uzatiladigan aylanuvchi moment. Qiya tishli, slindirsimon uzatmalar. Bu g`ildiraklarda tish g`ildirak o`qiga nisbatan ma`lum qiyalik burchakda joylashgan. Buning uchun tish kesuvchi reyka bu burchakka qiyalik bilan qo`yiladi, shuning uchun qiya va shevzon tishli g`ildiraklarni tishlari shakli uchun normal kesim bo`yicha to`g`ri tishli g`ildiraklarga o`xshash bo`ladi, ya`ni mn=m bo`yicha modul standartlashgan.

Qiya tishli g`ildirakda yon qadam R hamda hormal qadam Rn bo`ladi Qiyin tishning yo`nalishiga tik o`tkazilgan tekislikda shu keltirilgan g`ildirakni ifodalovchi shakl xosil bo`ladi Qiya tishga bo`lgan tekislik bilan kesilgan g`ildirakning ko`ndalang kesimda ellips hosil bo`ladi

Tishli g`ildiraklarda qiyalik burchagi B ning qiymatlarini 80-200 olish tavsiya etiladi. Agarda qiyalik burchagi 80 dan kam olinsa uzatma to`g`ri tishligi nisbatan uzining afzalliklarini yo`qotadi, 200 dan katta olinsa bo`ylama kuchlarning qiymati ortib tayanch kanstruksiyalar hajmi katta bo`ladi.

O`qlararo masofa – a hamda uzatish soni u ning qiymati doimiy bo`lgandan Z1 hamda m qiymatlar o`zgarib turadi Ichi quyma qopqoq hamda maxkamlash uchun ishlatiladigan boltdan iborat bo`ladi. Sirpanish podshipniklarning afzalliklari katta















































tezlikda ishlatish mumkin. Tebranma zarb yuklanishlarda ham ishlatiladi. Radial o`lchamlari nisbatan kichik podshipnikni 2 pallali qilib tayyorlash mumkin Tuzilishi oddiy va tannarxi arzon.

Kamchiliklari. Rangli metallarning ishlatilishi . suyuqlikdagi ishqalanish rejimi hosil qilishni qiyinligi. O`q bo`yicha o`lchami nisbatan uzunligi, moylash yaxshi bulmaganda ishqalanishga ko`p quvvat sarflanishi, moylash uchun moyning ko`p ishlatilishi. Kuchlarni qabul qilish uchun tirak podshipniklar: val o`qlariga tik hamda val o`qi bo`ylab ta`sir qiluvchi kuchlar uchun radikal tirak podshipniklar ishlatiladi.

PODSHIPNIKLAR

Podshipniklar val va aylanadigan o`qlarda tayanchlar sifatida xizmat qiladi. O`q va vallarning tayanchlari ishqalanish turi bo`yicha sirpanish hamda dumalash podshipniklariga bo`linadi Aylanayotgan val yoki o`q shiplari podshipniklarda ishqalanadi Ana shu ishqalanishning turiga qarab podshipniklar sirpanish podshipniklari bilan dumalash podshipniklarga bo`linadi. Shuningdek har xil yo’nalishda ta`sir qiladigan kuchlar uchun ishlatiladi. Masalan, val o’qiga tik ta`sir qiluvchi kuchlarni qabul qilish uchun radial podshipniklari: val o`qi bo’ylab yo’nalgan kuchlarni qabul qilish uchun tirak podshipniklar, val o’qiga tik hamda val o`qi bo’ylab ta`sir qiluvchi kuchlar uchun radial tirak podshipniklar ishlatiladi . Sirpanish podshipniklari ko`pchilik hollarda 2 ta asosiy element ya`ni korpus va antifiraksiamokladishlardan iborat. Sirpanish podshipniklarni turtki va zarbaga unchalik sezgirmasligi suyuqlayin ishqalanishda usti yuzalarining chidamligi katta ekanligi ularning afzalliklari quruqlayin ishqalanishda F I K ning nisbatan kichikligi kamdiyligiga kiradi
SIRPANISH PODSHIPNIKLAR

Sirpanish podshipniklarida sirpanish ishqalanish hodisasi sodir bo`ladi. Val va o`qlarning tayanchiga mo`ljallangan qismi sapfa deyiladi Sapfaning shakli slindirsimon, konussimon, roldirsimon bo`lishi mumkin. Tayanchlar val yoki o`qining uchida joylashgan bo`lsa ship, o`rtasida joylashgan bo`lsa bo`yin deb ataladi. Ajraladigan podshipniklar: korpus ikki bo’lak.















































REDUKTORLAR

Tishli yoki kirmaksimon uzatmadan tashkil topgan . aloxida agregat ko`rinishida tayyorlangan va dvigateldan ishchi mashinaga quvvat uzatishda xizmat qiladigan mexanizm reduktor deyiladi. Reduktorning asosiy vazifasi yetaklanuvchi val burchak tezligini kamaytirib aylantiruvchi momentni ko’paytirishdir . Reduktorning quyidagi turlari mavjud:

-Uzatmaning turiga qarab – tishli;

-Pog`onalar soniga ko`ra – bir pog`onali ikki pog`onali va hokazo;

-Tishli g`ildirak turiga ko`ra .silindirsimon . konussimon;

-Vallarni fazada joylashishiga ko`ra gorizantal vertikal.

BIR POG`ONALI SILINDRIK REDUKTORLAR

To`g`ri qiyshiq va shevron tishli turlarga bo`linadi . Reduktorni korpusi quyma cho`yan yoki po`latdan payvandlangan holda tayyorlanadi Eng kata uzatishlar soni c=12.5 gorizontal bir pog`onali slindirsimon reduktorlarga uzatishlar soni u =2.53 ….8.0 va o`qlararo masofasi aw = 0.3 … 10 m bo`ladi. Reduktorning komponovkasi ikki etapda shesterna va tishli g`ildirak xolatini podshipniklar o`rnini va tayanch kuchlarini aniqlash uchun bajariladi kompanovka M1:1 masshtabda bir proeksiyada amalga oshiriladi. Buning uchun qog`ozni o`rtasidan gorizontal chiziqqa bir-biridan aw masofada joylashgan 2 ta vertikal o`q o`tkazamiz. Bu o`qlarda shesterna va tishli g`ildirakda stipsiani diametrik va uzunligi belgilanadi. Shesterna gardishi bilan reduktor korpusi devorining ichki tomoni oraliq masofani tishli g`ildirak gardishidan reduktor korpusi devorining ichki tomonigacha masofa qoldiriladi.

VAL VA O`QLAR

Val va o`qlar tishli g`ildirak , shkiv va shunga o`xshash aylanuvchi detallarni o`rnatish uchun ishlatiladigan uzatmaning asosiy detallari hisoblanadi Tuzilishi jihatdan o`qlar bilan vallar deyarli farq qilmaydi . Lekin bajaradigan ishiga ko`ra . ular bir- biridan farq qiladi.

O`qlarning vazifasi detallarning aylanishiga sharoit yaratib beradi . Bunda o`qning o`zi detal bilan birga aylanishi ham aylanmasligi ham mumkin. Vallarning vazifasi detallarning aylanishini ta`minlash bilan birga aylanuvchi momentni uzatishdan iborat val va o`qlarning tuzulishi uning qanday ish bajarishiga bog`liq bo`lib har xil ko`rinishda bo`lishi mumkin. Masalan, tekis pog`onali va egiluvchan.

O`q faqat eguvchi kuchlanish ta`sirida, val esa eguvchi kuchlanish bilan bir vaqtda aylanuvchi momentdan hosil bo`ladigan kuchlanish tasirida ishlaydi. Val va o`qlarni tayyorlash uchun materiallarni tanlashda uning qanday ish bajarishi, ishlash
















































sharoiti, qayta ishlash texnologiyasi, tayyorlash hajmi va boshqa omillar hisobiga olinadi. Diametrlari katta bo`lgan vallarning og`irligini kamaytirish maqsadida ularning ishi kovak qilib tayyorlanadi . bunda material miqdori 20-40% kamayadi.

Tirsakli hamda og`irligi katta bo`lgan vallar yuqori darajali mustahkam cho`yan materiallardan ham tayyorlanishi mumkin. Val va o`qlarni tayyorlash uchun ishlatiladigan ayrim po`lat materiallarning mexanik harakteristikalari berilgan. Vallarning yon tomonlarida detallarni o`tkazishni yengillashtirish hamda ishchining ish jarayonida xavfsizligini ta`minlash uchun ular pastga qilinadi.




Download 2,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish