Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ushbu kurs loyihasida tanlangan elektr ta’minoti sistemasiga muvofiq hisob ishlarini qulaylashtirish uchun almashtirish sxemasi tuzilib, so‘ngra qisqa tutashuv toklari aniqlandi. Olingan qiymatlarga ko‘ra, BPP (bosh pasaytiruvchi podstansiya) ga mos keladigan TRDN-16000/230/110 markali transformator tanlanib, uning himoya turlari hisoblab chiqildi. Qudratli trasformatorning quvvati katta bo‘lganligi uchun quyidagi himoya turlari qo‘llanildi:
differensial himoya;
gaz himoyasi;
o‘ta yuklanishdan himoya;
tashqi qisqa tutashuvlardan himoyalar.
Bundan tashqari, kurs loyihada kuchlanishi 1000 V dan yuqori va kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr dvigatellarning himoyasi ham ko‘rib chiqilgan. Elektr dvigatelni himoyalashda tok otsechkasi, o‘ta yuklanishdan himoyalar qo‘llanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |