Bog'liq Temir yo\'l izi Strelkali o\'tkazgich faxriddin 2.
2.2. Strelka elementlari hisob-kitobi Kurs loyihasida quyidagilar hisoblab aniqlanadi:
βvg- ayri ostrojkasining markaziy burchagi (ayrining egilish burchagi) (1-rasm);
λv - ayri ostrojkasi uzunligi;
l0– qiyshiq egri chiziqli ayri uzunligi va l0' – ayrining rama relsiga proyeksiyasi;
β – strelkaning to‘liq burchagi;
lrr– rama relsining uzunligi.
Rp – ayri kallagi kengligi hamda ayri tagidagi rama relsi orasidagi ariqcha summasiga teng o‘lcham.
Ostrojkaning markaziy burchagi quyidagiga teng (1-rasm):
1-rasm. Strelka elementlarini aniqlash uchun qo‘llanadigan hisob-kitob sxemasi
bu yerda R0 uning boshlang‘ich A nuqtasidan NN1 kesmasi uning vg kallagining to‘liq eniga teng bo‘lgan N nuqtasiga qadar egrilik radiusi;
vg – ayri kallagining eni; relslarning quyidagi tiplari uchun: R65 uchun vg = 0,0728 m, R75 uchun vg=0,0724 m va R50 P43 uchun vg= 0,070 m [1];
βb – ayrining boshlang‘ich burchagi.
Ayri ostrojka hududi (zonasi) quyidagiga teng:
λv = (R0 + vg)sinβvg - R0 sinβb =(554.50+0,0728) 0.0215446977-554.50 0,018246793=1.83m=1830mm(2.5)
Egri chiziqli ayri uzunligi g‘ildirakning ayri tortilgan holatida ayrili relsning ishchi bo‘lmagan qirrasiga urilishining oldini olish shartidan kelib chiqib belgilanadi (2-rasm).
Avval ayrining tortilgan holatida ramali rels (RR) ishchi qirrasi hamda ayri ostrojkasining ishchi bo‘lmagan qirrasi orasidagi burchak aniqlab topiladi (2-rasm):
(2.6)
Bu yerda Sh – ayrining birinchi (dastlabki) tyaga qarshisidagi odimi (shag); chiqarilayotgan zamonaviy privodlar ayrining odimini +8 va -2 dopusklar bilan 152 mm bo‘lishini ta’minlaydilar [1]. t min – to‘g‘ri rama relsining me’yoriy minimal hisobiy ariqchasi bo‘lib, u tortilgan (chekkaga surilgan) ayriga urilishining oldini oladi; tmin=67 mm [1].
λ0 – ayri tig‘idan dastlabki strelka tyagasi ulanish nuqtasiga qadar bo‘lgan masofa; λ0 = 400 mm (1), so‘nggi chiqarish joylari oldida λ0 = 360 mm.
2-rasm. Egri chiziqli ayri uzunligi(ayri burilishi burchagi)ni aniqlash sxemasi
Agar βvg ≥ φn yoki sinβvg ≥ sinφn bo‘lib chiqsa, u holda ayri kallaklari hamda rama relsi orasidagi masofa strojka oxiriga muvofiq bo‘lib, (2.6) tenglamasi sinφn ning aniq ko‘rsatkichini beradi.
Agar sinβvg ≤ sinφn bo‘lib chiqsa, u holda ariqcha t min o‘lchamiga strojka oxiri va ayri sharniri o‘qi oralig‘ida ega bo‘ladi. Bu holda (2.6) tenglamasidan tmin ko‘rsatkichi 1-2 mm ortiq bo‘lib, bu sinφn sinβvg ga taxminan teng, bu farq bor-yo‘g‘i 0,001 bo‘lib qolgunicha davom etadi. Biroq t min ≤ 77 mm ekanligini ham e’tibordan chiqarmaslik kerak.
Ayrining ishchi uzunligi (ayri tig‘idan ayrining mahkamlanish zonasi boshlanishigacha bo‘lgan uzunlik (λ3)) quyidagiga teng:
(2.7)
Hisob-kitob natijasi lor> 7,9 m bo‘lib chiqsa, u holda ayri tubi egiluvchan ayrili oddiy stik (ulanma) ko‘rinishida bajariladi (3-rasm). Bunda tub mahkamlanish joyining uzunligi quyidagiga teng:
, (2.8)
bunda n3 – ayrining tub qismi mahkamlanadigan o‘tkazgich bruslar soni; n3 = 4 dona [4].
Kurs loyihasida berilgani egiluvchan ayrilar bo‘lgan holatda krestovina markasiga bog‘liq ravishda λ3=1÷2,5. Yotiq markalar ishlatilganida λ3 ko‘rsatkichi ortib boradi;
as–strelkali o‘tkazgich yaqinida o‘tkazgich to‘sinlar orasidagi oraliq(prolet)ning tavsiya etiladigan masofasi;
ss–rels stiki hududida (stik oralig‘i (proleti)) o‘tkazgich to‘sinlar orasidagi masofa; R65 va R75 bo‘lsa, ss= 420 mm; R50 P43 bo‘lganida ss= 440 mm;
δk–tub mahkamlagichda chok tirqish o‘lchami;δk=10 mm [3].
Ayrining to‘liq uzunligi quyidagiga teng:
lo = lor + λ3 =3.105+1,705=4.81m (2.9)
Strelkaning to‘liq burchagi - β va qiyshiq chiziqli ayri proyeksiyasi uzunligi – hamda ayri tubi ordinatasi - Un (1-rasm) quyidagiga teng bo‘ladi:
(2.10)
(2.11)
(2.12)
Rama relsi (3-rasm) ayri (ostryak) relsini yopib, zarbalarni rama relsining ulanmalarida ayrining uchi va tub (ildiz) qismlariga o‘tkazmasligi, ularning oldini olishi lozim. Rama relsi uzunligi quyidagiga teng:
bbv (2.13)
bu yerda q – rama relsi old chiqqan qismining uzunligi;
(2.14)
bu yerda - strelkali o‘tkazgichdagi choklar tirqishining kattaligi;
= 8 10 mm (3)
3-rasm. Ayri va rama relsi uzunligini aniqlash uchun hisob-kitob sxemasi
n – rama relsi old chiqqan qismi ostiga yotqizish tavsiya etiladigan o‘tkazgich bruslari orasidagi oraliqlar soni; 1/9 va 1/11 rusumli o‘tkazgichlar uchun n=5 dona, 1/18 rusumlilari uchun – 7 dona, 1/22- 9 dona;
m - ayri uchining birinchi flyugar to‘sin o‘qi ortiga osilmasi kattaligi; m =41 mm [4];
q - rama relsni orqa chiqqan qismining uzunligi;
m (2.15)
bu yerda n1 - rama relsni orqa chiqqan qismining ostiga yotqizish tavsiya etiladigan o‘tkazgich bruslari orasidagi oraliqlar soni; n1 odatda ikkitadan oshmaydi, 4 olinishi ham mumkin. Katta uzunlikdagi rama relslari qo‘llanadigan yotiq strelkali o‘tkazgichlar uchun bu oraliqlar soni o‘ntagacha yetishi mumkin.
Rama relsi uzunligi relsning standart uzunligiga teng bo‘lishi kerak degan tavsiya ham mavjud. Ammo q1 4÷5 dan ortmasligi kerak. Bu holda old va orqa chiqqan qismlar ostidagi to‘sinlar sonini o‘zgartirish kerak bo‘ladi.