2.3. Krestovina qismining hisobi
Krestovina qismini hisoblashda krestovina rusumi, to‘g‘ri qo‘yma, krestovinaning nazariy va amaliy uzunligi, kontrrels usoviklari o‘lchami aniqlanadi.
2.3.1. Krestovina burchagi va rusumini hamda to‘g‘ri qo‘yma uzunligini aniqlash
Krestovina rusumi (1/N) va to‘g‘ri qo‘yma uzunligi, bunda ilgariroq tanlab olingan va aniqlangan Ro, R, Rs, βb , βvg, β larda poyezdning o‘tkazgich egriligidan maromli, ravon harakatlanishi va butun krestovina qismi ustidan to‘g‘ri yurishini ta’minlanadigan qilib tanlanadi. N va K lar yon yo‘lning to‘g‘ri yo‘nalishiga perpendikulyar o‘qqa tashqi izi ishchi qirrasining konturi proyeksiyasi tenglamasining yechimi asosida aniqlanadi. Bunda dastlab birinchi yaqinlashishda to‘g‘ri qo‘yma uzunligi - K min ni belgilab beradigan parametrlarni beradilar (4-rasm):
,
bunda Pmin – harakatdagi tarkibning krestovinaga to‘g‘ri chiziq bo‘ylab kirib kelishini ta’minlash uchun zarur to‘g‘ri qo‘yma uzunligi zaxirasi. Odatda u quyidagicha qabul qilinadi: P min = 1,5 -2,5 m [1]; : P min = 2,0 m deb kabul kildim
α – krestovinaning izlanayotgan burchagi;
D, G – krestovina old chiqib turgan parametrlari (4-rasm), krestovina va bog‘lovchi relslarining ulanma birikuviga bog‘liq [1]. Ularning quyidagi qiymatlari tavsiya etiladi (2-jadval).
2-jadval
Krestovina old chiqib turgan parametrlari
Rels turi
|
Krestovina turi: kiritma-joylama va joylama-dumli; umumiy quyma va yaxlit-quyma turdagi krestovinalar
|
D, mm
|
G, mm
|
R50
|
416
|
tr = 70
|
R65
|
406
|
tr = 70
|
R75
|
406
|
tr = 70
|
Krestovina “bo‘yni” enining kengligi tr, izlar oralig‘i 1520 mm bo‘lganida bugungi kunda 70 mm [1] deb qabul qilingan.
Hisobiy kontur proyeksiyasi tenglamasi quyidagicha bo‘ladi:
S00 = Un + R(cosβ - cosα0) + K min sinα0 yoki
S00 = Un + R(cosβ - cosα0) + (P min + D) sinα0 + G cosα0 ,
bu yerda S00 – ayri uchi oldidagi iz oralig‘i eni; S00 = 1520 mm [3].
Krestovina burchagini aniqlash uchun tenglamani quyidagi tarzda o‘zgartiramiz:
Rcosβ+Un-S00 = (R-G) cos α0-(P min + D) sin α0
C = Rcosβ+Un-S00 belgilab va tenglamaning har ikki qismini (R-G) qiymatiga bo‘lib yuborsak, S/(R-G) = cos α0- (Pmin + D)sin α0/(R-G) ga ega bo‘lamiz. C =494.7 0,999735619+0,22 -1,520=493.266 m
Quyidagi ifodadan topish mumkin bo‘lgan qo‘shimcha hisob burchagi γ1 ni kiritib:
ctg γ1 =;
γ1 =89,10 grad va sinγ1 = 0,9998766325 lar topiladi.
Krestovina burchagini esa (γ1 – α0) burchak sinusi:
sin(γ1-α0)=Csinγ1/(R-G) aniqlanadi.
sin(γ1-α0)=
(γ1 – α0)= 82,58burchagi topilganidan so‘ng aniqlash mumkin.
bundan α0=89,10-82,58=6,52 burchagining qiymatini topib, krestovina rusumini aniqlash mumkin bo‘ladi:
N0=1/tg α0=9
4-rasm. Krestovina to‘g‘ri qo‘ymasi, old va orqa chiqqan qisimlarining aniqlash sxemasi
N0 krestovinasi rusumi ko‘rsatkichining olingan qiymatini eng yaqin katta raqamga qadar yaxlitlash tavsiya etiladi (o‘quv hisob-kitoblarda krestovina rusumi ko‘rsatkichini 0,1 ga bo‘linadigan eng yaqin katta raqamgacha yaxlitlash mumkin). Qabul qilingan (yaxlitlangan) qiymatiga ko‘ra krestovina rusumi ko‘rsatgichi N krestovina burchagi qiymatiga aniqlik kiritadi:
tgα=1/N=1/9=0,11111111 α=6,34 shuningdek quyidagi trigonometrik funksiyalar qiymatlari topiladi: sinα=0,110428199 , cosα=0,99388410 , cos =0,9995965 , tg =0,05538345 va to‘g‘ri qo‘ymaning haqiqiy uzunligi aniqlanadi:
m (2.16)
(2.16) formulaga binoan olingan to‘g‘ri qo‘yma uzunligi uning quyidagi tarzda aniqlangan (K1) taxminiy qiymatidan katta bo‘lishi kerak:
, m, ya’ni >
m,
SHart bajarildi.
Agar bo‘lsa, bu holda K qiymati Kmin ga teng deb qabul qilinadi va o‘tkazgich egriligining Rc radiusi quyidagi formula bo‘yicha qayta hisoblanadi:
, m
Rc ni hisoblab topish aniqligi 1 m ga qadar.
Do'stlaringiz bilan baham: |