O‗zbekistonda sabzavot bilan band bo‗lgan ekin maydonining 34-385 ni
kartoshka o‗simligi tashkil etadi. Aholini yil davomida kartoshka ekinlari bilan
ta‘minlashda kartoshkachilikni rivojlantirishning ahamiyati benihoya kattadir va
shu sabbali respublikamizda tog‗ oldi va tekislik zonalarida kartoshka maydonlari
yil sayin ortib bormoqda. Tog‗ oldi va tekislik zonalarida kartoshka maydonlarini
bunday tez sur‘atlar bilan kegayishi oqibatida ayrim zarrali organizmlarning ham
rivojlanishi va ko‗payishiga qulay imkoniyatlar yaratilmoqda.
Respublikamiz sharoitida kartoshka ekinlarining hosildorligini oshirish
borasida mavjud imkoniyatlardan to‗la to‗kis foydalanilayapti deb bo‗lmaydi.
CHunki, zararkunanda va kasalliklar hamon hosilning ma‘lum qismini
yo‗qotilishiga sababchi bo‗lmoqda. Demak, ularga qarshi samarali, atrof muhit
uchun bezarar bo‗lgan kurash choralarini ishlab chiqish. Hosildorlikni oshirishning
asosiy omillaridan biri – bu serhosil, turli kasallik, hasharotlar, ekstremal sharoitga
chidamli navlar urug‗larini tanlab ekish va ekinlarni yuqori texnologiya asosida
parvarishlashdir.
SHu bilan birga zarrali fitofaglarga qarshi kurash olib borish ham
etishtirilaѐtgan hosilni saqlab qolish imkoninini beradi. Zararkunanda va
kasalliklar qishloq xo‗jalik ishlab chiqarishga katta zarar keltishi bilan birga ularga
qarshi kimѐviy preparatlarni ishlatish hayvonlarni, qushlarni baliqlarni va foydali
mikroorganizmlarni qirilib ketishiga sababchi bo‗ladi. Bundan tashqari hasharotlar
ularga qarshi ishlatilgan kimѐviy preparatlarga moslashib, bu moddalarning
miqdorini oshirgan taqdirda ham ta‘sir qilish kuchini yo‗qotadi. Natijada
zararkunandalarning miqdori kamaymaydi. Ko‗pgina kimѐviy moddalar, ayniqsa
tarkibida simob bo‗lgan birikmalar suvda, o‗simlikda, hayvon va odam
organizimida, tuproqda, saqlanib qolib, turli kasalliklarni kelib chiqishiga olib
keladi.
Kimѐviy kurash choralarining bunday zararli oqibatlari tufayli qishloq
xo‗jalik ekinlarini zararkunandalarga qarshi boshqa tadbirlarni izlab topish kun
tartibining muhim muammolaridan biriga aylangan. SHu o‗rinda biologik kurash
choralari o‗zining ochilmagan imkoniyatlari bilan muhim ahamiyat kasb etadi.
O‗simliklarni zamburug‗li perparatlar ѐrdamida himoya qilish, bu borada
mikrobiologik kurash choralarining istiqbolli tomonlarini ochib beradi.
Zararkunandalarga
qarshi
qo‗llaniladigan
mikroorganizimlar
orasida
entomopatogen zamburug‗lar o‗ziga xos o‗rin tutadi. Bu zamburug‗lar hasharotlar
ichiga faqat hazm qilish a‘zolari orqali kirib bormasdan, balki sirtqi qismidan ham
kirib borish xususiyatiga ega, bu esa zararkunanda hasharotlarni kasallikka
chalintirish imkoniyatini yanada oshiradi.
Ayrim guruh entomopatogen zamburug‗lari toshqi muhit omillariga
chidamlilik holatini yuzaga keltirib, saqlanib qolish xususiyatiga ega. Bu esa ularni
tabiatda keng tarqalib, infeksiya manbalarining o‗choqlarini hosil qilishga olib
keladi.
Entomopatogen zamburug‗lar ekologiyasini, biologiyasini va fizologiyasini,
hamda
ularni
hasharotlar
bilan
o‗zaro munosabatlari etarli darajada
o‗rganilmaganligi
hozirgacha
yuqori
samaradorlikka
ega
bo‗lgan
zamburug‗ asosida olingan entomotsid preparatlarni olish imkoniyatini bermaydi.
SHuning uchun qishloq xo‗jalik ekinlarining asosiy zararkunandalariga qarshi
qo‗llaniladigan entomopatogen zamburug‗larni izlab topish va ular asosida
biologik kurash choralarini ishlab chiqish o‗simliklarni himoya qilishdagi asosiy
masalalardan biriga aylanib qolmoqda.