Yer ishlarining piketlararo hajmlari grafigi
Yer ishlarining piketlararohajmlari grafigi ko’tarma va o’ymalar hajmini piketma-piket hisoblash qaydnomasi bo’yicha tuzilgan. U millimetrli qog’ozda bo’ylama profil tagida chizilgan. Grafik masshtabi vertikal (1:1000-1:5000), gorizontal (1:10000) qilib qabul qilinadi. Har bir piketda gorizontal shartli chiziqdan qadul qilingan masshtabda vertikal ustunchalar ko’rinishidagi ko’tarma va o’ymalarning to’liqhajmlarini tushiradilar. Bunda o’ymalar hajmini tasvirlagan ustunlar nol chizig’idan yuqoriga, ko’tarmalar hajmini anglatgan ustunlar pastga joylashtirilgan. Piketda ko’tarma va o’yma mavjud bo’lganida ustunlar shuningdek, ushbu piketda pastga va yuqoriga qaratib tushirilgan. Har bir ustun oldida ko’tarma yoki o’ymaning piketlar bo’yicha hajmi yozib qo’yilgan; bundan tashqari, grafikda har bir ko’tarma va o’ymaning massivlar bo’yicha hajmi ko’rsatib qo’yilgan (1-ilova).
Ko’prikka yaqinlashib kelishda ko’tarmalarning massivlar bo’yicha hajmi o’ng va chap uchun alohida-alohida ko’rsatilgan.
2.4 Yer massalari hajmlarini taqsimlash
Ishchi uchastkalarini belgilash, ular chegarasida grunt tashishning o’rtacha masofasini aniqlash va yer massalarini taqsimlash ko’tarmalar uchun zarur grunt miqdorini va o’ymalar, zaxiralar va karerlar gruntini ko’tarmada ishlatish imkoniyatini hisobga olgan holda bajariladi. Agar o’ymalar grunti talablarga javob bersa [2, 8, 10], bunday holda ulardan ko’tarmani ko’tarish maqsadida foydalanish mumkin.
Ko’tarmaga yumshoq plastik, oquvchan plastik va oquvchan konsistensiyali loysimon gruntlarni ishlatishga yo’l qo’yilmaydi. O’ymalardagi ortiqcha yoki yaroqsiz grunt kavalyerga yotqiziladi yokixandakgaolib tashlanadi. Agar yondosh o’ymalar grunti ko’tarma uchun yaramasa, yoki uni tashib keltirish maqsadga muvofiq bo’lmasa, ko’tarmalar yon zaxiralar hisobidanquriladi. Ammo zaxiralarni alohida punktlar, yo’l binolari, aholi yashash joylari, mashina o’tish joylari, karst rivojlangan uchastkalar, daryo o’zani yaqinida joylashtirishga yo’l qo’yilmaydi [1,2, 10].
O’ymalar yoki yon zaxiralar gruntidan ko’tarishning imkoni bo’lmagan ko’tarmalar bir yerda jamlangan karyerlarga ishlov berishda olingan gruntlardan quriladi. Karyerlar joylashishi, ularning rejasi bo’yicha o’lchamlari va grunt zaxirasi temir yo’lga oid qidiruv valoyihalashtirish ishlari chog’ida aniqlanadi.
Yer massalari bo’ylama profil va piketlararo ishlar hajmining grafigi asosida taqsimlanadi. Yer massalarini taqsimlash bilan birga ishlarni bajarish usullari tanlanib, me'yoriy hujjatlardagi tavsiyalar asosida yoki 2.3-jadvalga binoan, shuningdek, raqobatbardosh variantlarni texnik-iqtisodiy taqqoslash natijasida (2.4 – jadval)yetakchi yer qazish mashinalari va transport vositalari tanlanadi.
Grunt tashish masofasi yer qaziydigan mashinalarni tanlashga ta'sir ko’rsatadigan asosiy omillardan biri bo’lib, u grunt ishchi uchastkalar bo’ylab bo’ylama yoki ko’ndalang tashilganida quyidagicha aniqlanadi.
Grunt bo’ylama tashiladigan ishchi uchastkalarida tashish masofasi L o’ymadan ko’tarmaga tashilayotgan grunt hajmlarining og’irlik markazlari orasidagi o’rtacha masofa Lo’rtqo’shilib quyidagi ifodaorqali aniqlanadi:
(2.12)
(lr+ lm) - mashina aylanib olishiga lr va manevr qilishi lm uchun masofa 50 -100 m ga teng olinadi.
Grunt o’ymadan kavalyerga va zaxiradan ko’tarmaga ko’ndalang tashilganida uni tashish masofasi temir yo’llarni kurs ishida o’rnatilgan zaxira va ko’tarma, kavalyer va o’yma o’lchamini hisobga olgan holda hisoblab topiladi [9].
O’yma o’qi va kavalyer o’qi o’rtasidagi o’rtacha masofa Lo’rt (2.5,a-rasm) quyidagi ifoda bo’yicha aniqlanadi
, m (2.13)
a)
b)
Do'stlaringiz bilan baham: |