2.3. Antibiotikler menen tayarlanatug'in da'ri formalari ha'm olardin' o’zine ta'n texnologiyasi
Antibiotiklar bilan tayyorlanadigan dori shakillari va ularni o’ziga hos texnologiyasini o’rganishlik bu juda ham qiziq jarayondir. Bu texnologiyalarning muhim tarafi esa agar bu dorilarni tayyorlash texnologiyasida hatolikga yo’l qo’yilsa bu juda ham yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham bu tehnologiyalar haqida juda ham chuqur o’rganish kerak bo’ladi. Mikroorganizmlar dunyosidagi kurashdan inson manfaati uchun, ya’ni kasallik tarqatuvchi mikroblar ta’sirini yo‘qotish uchun foydalanish ishini dastlab gеnial rus olimi I.I.Mеchnikov boshlab bеrdi. Dunyoda birinchi bo‘lib u sut kislota hosil qiluvchi baktеriyalarni inson ichagidagi chirituvchi mikroblar faoliyatini yo‘qotish uchun ishlatishni taklif etdi. Antibiotik moddalarni faqat turli baktеriyalar, mog‘or zamburug‘lari, aktinomitsеtlar ishlab chiqarmay balki suv o‘tlari va hatto yuqori o‘simliklar va hayvon to‘qimalarida ham borligi aniqlanadi. 1942 yilda amеrikalik biolog Z.A.Vaksman mikroorganizmlar hosil qiladigan antimikrob ta‘siriga ega bo‘lgan barcha moddalarni ayrim sinflarga ajratish maqsadida “antibiotik” dеgan atamasini taklif qilgan. Z.B.Yermol’еva 9 1946 yilda kеyinchalik M.M.Shemyakin, A.S.Xoxlov 1961 yilda va boshqalarning ta’rifiga ko‘ra, mikroorganizmlarni (baktеriya, virus, mog‘or va b.) tanlab o‘ldirish (qirish) yoki ularni o‘sishini to‘xtatish xossasiga ega bo‘lgan turli organizmlarning (mikroorganizm, o‘simlik, xayvon) moddalar almashinuvi natijasida xosil bo‘ladigan maxsulotlari antibiotiklar dеb nomlanadi. Birinchi marta Lui Pastеr chirituvchi baktеriyalar ma’lum sharoitda kuydirgi kasalligini paydo qiluvchi tayoqchalarning ko‘payishini to‘xtatganligi, xatto ularni o‘ldirganligini kuzatdi. Bunday antimikrob ta’sirga ega antibiotiklardan ba’zilari olimlarga ilgaridan ma’lum bo‘lgan. Masalan, 1871 yilda V.A.Manassеin va 1872 yilda A.G.Polotеbnov ko‘k mog‘orning (penecillium glaucum) shifobaxsh ta’sirini aniqlagan. V.A.Manassеin mog‘orning ba’zi xossalarini o‘rgandi va o‘stirilgan suyuqlikda boshqa baktеriyalarni o‘smay qolishini kuzatgan. A.G. Polotеbnov esa tajribada ko‘k mog‘orni yiringli yaralar va chipqon kasalliklarning tеz tuzalishiga yordam bеrishini aniqlagan. 1928 yilda ingliz mikrobiologi Alеksandr Flеmning stafilokokk baktеriyasi o‘stirayotgan Pеtriy kosachasiga tasodifan tushib qolgan ko‘k mog‘or koloniyasi atrofida shu mikroorganizlar o‘sishini to‘xtatganligini kuzatdi. Bu xodisa olimda ko‘k mog‘or, stafilakokka qarshi qandaydir noma’lum modda hosil qiladi, dеgan fikr tug‘diradi. U ko‘k mog‘orning antimikrob ta’sirini mukammal o‘rganib chiqadi va kеyinchalik mog‘or o‘z hayot faoliyatida hosil qiladigan moddaga pеnеtsillin dеb nom bеrgan. Mikroorganizmlar tomonidan ishlab chiqilib , o’zi boshqa mikroorganizmlaming rivojlanishini to‘xtatuvchi yoki ularni o’ldiruvchi birikmalarga antibiotikiar nomi berildi. Antibiotiklarning dorivor modda sifatida qo‘llanishida Fleming va Flori xizmatlari deb e’tirof etishsa ham, aslida, antibiotiklardan penitsillin tibbiyotda birinchi marta ulug‘ alloma va hakimimiz Abu Ali ibn Sino tomonidan qo‘llangan hamda uning olinishi va xossalari yozib qoldirilgan.Hozirgi zamonda turli yuqumli kasalliklarni davolashda juda ko‘p antibiotiklar keng qo‘llanilmoqda. Inson va jonivorlar uchun bu preparatlaming salbiy ta’siri ancha past bo'lganligi uchun ilgari qo‘llanilgan qisman kishi sog’lig i uchun katta zarar yetkazadigan dorivor moddalar o'rnini egalladi.Bugungi kunda yarim sintetik antibiotiklar ishlab chiqarish ommalashdi.Shunday preparatlarning muhim bir guruhi: penitsillin , tetratsiklin , streptomitsin va hokazolar ustida unumli izlanishlar amalga oshirildi. Antibiotiklar bilan suvli eritmalar (ko‘z tomchilari, burun uchun tomchilar) aseptik sharoitda tayyorlanadi. Ko‘p antibiotiklar termolabil moddalar bo‘lib, ularning eritmalari sterilizatsiya qilinmaydi, faqatgina levomitsetinning eritmasini 100°Cda 30 daqiqa sterillash mumkin.
Oling Natriy benzilpenitsillin 100000 ТВ Natriy xloridning 0,9 % li eritmasidan 10ml.
Aralashtiring. Bering. Belgilang.
2 tomchidan kuniga 3 marta ko‘zga tomizish uchun.
Pasport: Natriy benzilpenitsillin 100000 ТВ (0,06 g) Natriy xlorid 0,09 Inyeksiya suvidan 10 ml. Umumiy hajm 10ml.
Aseptik sharoitda sterillangan yordamchi idishda 5 ml inyeksiya uchun suvda 0,06 g natriy benzilpenitsillin tuzi va 0,09 g natriy xlorid eritiladi. Eritmani qog‘oz filtr (filtr qog‘oz oldin inyeksiya suvi bilan yuvilgan) va paxta tamponi orqali shisha idishga filtrlanadi, so‘ngra filtr qog‘ozni qolgan inyeksiya suvi bilan shisha idish yuviladi. Shisha idish rezina tiqin bilan berkitiladi. Eritmada mexanik aralashmalar bor-yo‘qligi tekshiriladi. Shisha idish metall qopqoqcha bilan berkitilib, ko‘z tomchi yorlig‘i bilan jihozlanadi. ANTIBIOTIKLAR BILAN POROSHOKLAR TAYYORLASH Antibiotiklar poroshok shaklida ko‘pincha sulfanilamid preparatlari va boshqa moddalar bilan birga beriladi. Antibiotiklar bilan poroshoklar aseptik sharoitda poroshoklarni umumiy tayyorlash texnologiyasiga asoslangan holda tayyorlanadi.
Rp: Sulfadimezini
Streptocidi Synthomyteiniana 1,0 Ephedrini hydrochloridi 0,1
M. D. S. Hidlash uchun poroshok.
Aseptik sharoitda steril hovonchada 1g streptotsid 10 tomchi etil spirti yordamida maydalanadi. Ustiga sulfadimezin solib yana maydalash davom ettiriladi. Hovonchada aralashmadan taxminan 0,1 g qoldirilib, qolgan qismi kapsulaga olib qo‘yiladi. So‘ngra hovonchaga 0,1 g efedrin gidroxlorid solib yaxshilab maydalanadi va kapsulaga olib qo‘yilgan kukundan oz-ozdan qo‘shib bir xil massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi. Aralashma quritgich shkafida 150°C haroratda 1 soat davomida sterillanadi. So‘ngra poroshok tayyorlash qoidasiga ko‘ra 1g sintomitsin qo‘shiladi. Poroshok sterillangan shisha idishga solinib, og‘zi buraladigan qopqoq bilan yopiladi va tegishli yorliq yopishtiriladi. Xona harorati 10°C dan yuqori bo’lmagan quruq joyda,saqlanadi.
ANTIBIOTIKLAR BILAN SURTMALAR TAYYORLASH. Dermatologiya va ko‘z kasalliklarini davolashda tarkibiga antibiotik kiritilgan surtmalar ko‘p ishlatiladi. Antibiotiklar bilan surtma dorilar tayyorlash. Surtma dorilar antibiotiklar bilan aseptik sharoitda surtma dorilar tayyorlash texnologiyasi qoidalariga asoslanib tayyorlanadi. Asos retseptda ko‘rsatilmagan bo‘lsa, unda 60 qism vazelin va 40 qism suvsiz lanolin aralashmasi ishlatiladi. Asosni tayyorlash uchun vazelin va suvsiz lanolin eritilib, 150°C haroratda 1 soat mobaynida sterillanadi. Antibiotiklar suvli sharoitda tez inaktivatsiyaga uchraydi, shu sababli ularni asosga suspenziya 308 holatida qo‘shish kerak. B uning uchun ularni sterillangan vazelin moyi yoki eritilgan asos bilan eziladi.
Oling: Natriy benzilpenitsillin tuzi 100000 ТВ. Suvsiz lanolin 4,0 Vazelin 6,0
Aralashtiring, surtma dori hosil bo'lsin.
Bering. Belgilang. Ko‘zga surtish uchun
Pasport: Natriy benzilpenitsillin tuzi 100000 ТВ. (0,06g) Vazelin 6,0 Suvsiz lanolin 4,0 Umumiy og‘irligi 10,06 g.
Aseptik sharoitda steril hovonchada 0,06 g natriy benzilpenitsillin tuzini 2 -3 tomchi vazelin moyi bilan eziladi. Ustiga vazelin va suvsiz lanolin qo‘shib, bir xil qorishma hosil bo’lguncha aralashtiriladi. Tayyor massani steril bankaga o’tkazib qopqoq bilan yopiladi, yorliq yopishtiriladi.
ANTIBIOTIKLAR BILAN SURTMA DORILAR TAYYORLASH. Tarkibida antibiotik bo’lgan surtma dorilar aseptik sharoitda tayyorlanadi. Asos sifatida lanolin va vazelin (4 :6 ) aralashmasini ishlatish maqsadga muvofiqdir. Chunki penitsillin va boshqa antibiotiklar toza vazelindagi aralashmada teriga qiyin so‘riladi. Asoslar steril holatda ishlatiladi.
Rp: Unguenti Benzylpenicillini - natrii
Unguenti Erythromieiniana 10,0
M. D. S. Ko‘z surtmasi.
Steril hovonchaga 50000 ТВ (0,03 g) penitsillin (1 g surtm a doriga 5000 ТВ to‘g ‘ri keladi) va 100000 ТВ (0,11 g) eritrom itsin (1 g surtm a doriga 10000 Т В to‘g ‘ri keladi) o’lchab olinadi, unga sterillangan asosdan oz-ozdan qo‘shib bir xil massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi. Tayyor surtma dori idishga solinib «Salqin joyda saqlansin» deb yozilgan yorliq yopishtiriladi. Tetratsiklin gidroxlorid, streptomitsin va boshqa antibiotiklar bilan ham surtma dori yuqorida keltirilgandek tayyorlanadi. Antibiotiklarning ko‘pchiligi yorug‘lik ta’siriga chidamsiz bo‘ladi. Shuning uchun ularni og‘zi mahkam berkiladigan chinni yoki shisha idishga solib berish maqsadga muvofiqdir. «Sirtga» va qo‘shimcha «Salqin joyda saqlansin» deb yozilgan yorliq yopishtiriladi. ANTIBIOTIKLAR BILAN KUKUNLAR TAYYORLASH. Kukunlar tayyorlashdagi umumiy qoidalarga muvofiq tayyorlanadi. Antibiotik saqlovchi kukunlar asosan jarohatlarga sepishga, yoki tana bo‘shliqlariga purkash uchun ishlatiladi.
Rp: Benzylpenicillini natrii 250000 ТВ.
Streptom ycini sulfatis 250000 ТВ.
Ephedrini hydrochloridi 0,2 Streptocidi Sulfadimezini aa 2,0
M. D. S. Grippda og‘iz va burun bo‘shlig‘iga har 2 soatda purkash uchun.
150°Cda 1 soat davomida qizdirib sterillangan sulfanilamid va efedrin gidroxlorid aralashmasiga antibiotik qo‘shib aralashtiriladi. Elaki dori idishga joylab jihozlab beriladi.
Oling Levomitsetin 0,25 Eritromitsin 0,2 Norsulfazol Streptotsiddan teng miqdorda 2,5 Dimedrol Efedrin gidroxloriddan teng miqdorda 0,05
Aralashtiring. Bering. Belgilang. Burunga kuniga 3 marta purkalsin.
Pasport: Levomitsetin 0,25 Eritromitsin 0,2 N orsulfazol 2,5 Streptotsid 2,5 Dimedrol 0,05 g Efedrin gidroxlorid 0,05 Umumiy og‘irligi 5,55 g.
Aseptik sharoitda sterillangan hovonchada 2,5 g streptotsid va 2,5 g norsulfazolni yaxshilab maydalanadi, keyin aralashmani kapsulaga olib qo‘yiladi. Hovonchaga 0,05 efedrin gidroxlorid va 0,05 g dim edrol, ustiga 0,2 g eritromitsin va 0,25 g levomitsetin solib maydalanadi va kapsuladagi norsulfazol bilan streptotsidni qo‘shib aralashtiriladi. Tayyor aralashmani og‘zi keng bankachaga solib qopqog‘i berkitiladi, so‘ngra «Salqin joyda saqlansin», «Sirtga qo‘llash uchun» yorlig‘i yopishtiriladi.
ANTIBIOTIKLAR BILAN ERITMA TAYYORLASH. Antibiotiklar bilan asosan suvli va spirtli eritmalar tayyorlanadi. Bunday hollarda pH sharoiti hisobga olinadi, bu esa antibiotiklarni boshqa dori moddalar bilan turg‘unligini va mutanosibligini oshiradi. Eritmalar aseptik sharoitda eritmalarni tayyorlashning umumiy qoidasiga asoslangan holda tayyorlanadi. Antibiotiklar bilan tayyorlangan dorilarni saqlash muddati - 24 soat.
Rp: Strepthomycini 250000
ТВ Benzylpenicillini - natrii 100000 ТВ Solutionis Natrii chloridi 0,9% - 20 ml
M. D. S.Burun uchun tomchi.
250000 ТВ (0,25 g) saqlovchi streptomitsin steril idishda 20 ml natriy xloridni sterillangan eritmasida eritiladi. Tayyor eritma 100000 ТВ (0,06 g) saqlovchi penitsillin idishiga quyiladi va tegishli yorliq yopishtiriladi. Yana bir turkum antibiotiklar mog‘or zamburug‘idan ajratib olingan penitsillium asosida 6-aminopenitsillin kislotasi hosilalarini tashkil etdi. Bu yarim sintetik preparatlar: ampitsillin, metitsillin, oksatsillin, nafsillin , kloksatsillin va boshqalardir. Ko‘p antibiotiklar turkumlaridan foydalanishning asosiy sababi har xil bakteriyalaming shtammlari antibiotiklar ta’siriga chidamli bo‘ladi va bu preparatlaming dorivor xususiyati qolmaydi. Antibiotiklarning tuzilishi ancha murakkab bo‘lib, ularning asosini gidrogenlangan geterohalqali birikmalar sinfi tashkil etadi. U ularning ayrim vakillari bilan tanishamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |