Kurs ishi matnini Misrosoft Word matnli redaktorida Times New Roman 14
shriftida yozish tavsiya etiladi.
Kurs ishi ta‘lim standartlarida talab etilganidek, tartibli rasmiylashtirilgan va
xatosiz, aniq va tushunarli tilda yozilgan bo‘lishi kerak. Kurs ishi yozishda tuzilgan
matnda ―men‖ so‘zi o‘rniga ―biz‖ so‘zini yozish tavsiya etiladi.
Kurs ishining barcha betlari titul betidan oxirgi
betigacha tartib bilan
raqamlanadi. Birinchi bet titul varag‘i hisoblanib, unga raqam qo‘yilmaydi, keyingi
bet kurs ishining rejasi bo‘lib, odatda, unga ham raqam qo‘yilmaydi, keyingi varaq
kurs ishining kirish qismidan boshlab ―3‖ raqami qo‘yiladi va hokazo.
Varaq raqami varaqning pastki qismida, o‘rtasida qo‘yiladi, bunda arab
raqamlaridan foydalanilishi shart. Raqamning ikki tarafiga chiziqcha qo‘yish
mumkin. Masalan, - 5 - shaklida.
Kirish, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar boshlanishida raqam qo‘yilmaydi.
Kurs ishining har bir qismi, odatda, yangi betdan boshlanadi.
Lekin asosiy
qismdagi bandlar orasida ochiq joylar qolishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Masalan,
birinchi savolga javob yozib bo‘lindi, ammo yarim varaqdan ko‘p bo‘sh joy bor, u
holda ikkinchi savolga javobni aynan shu varaqdan boshlashga ruxsat beriladi.
Kirish, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va asosiy qism savollari bir xilda,
varaqning yuqori qismining o‘rtasiga yozish tavsiya etiladi. Sarlavha oxirida nuqta
qo‘yilmaydi. Sarlavhaning tagiga chizib, yozishga ruxsat etilmaydi.
Kurs ishining har bir bo‘limi muvofiq asoslar,
qarorlar va xulosalar bilan
yoritiladi. Kurs ishida, ilgari bajarilgan mustaqil ishlarning natijalari yoki boshqa
mualliflarning (ilmiy ma‘ruzalar va maqolalari,
hisob-grafika ishlari, albatta,
nomlari va mualliflari aniq ko‘rsatilgan holda) ishlari aks ettirilishi yoki ulardan
foydalanish mumkin.
Davlat arboblari, xorijiy olimlar va umuman,
barcha iqtisodchi olimlar
fikrlaridan iqtibos (sitata) keltirilganda, manba aniq ko‘rsatilishi talab qilinadi.
Bunda, avval muallif familiyasi, ismi, keyin asar nomi, asar turi (darslikmi, o‘quv
qo‘llanmami, to‘plammi yoki boshqa shu kabilar), chop etilgan joyi, nashriyot
nomi, chop etilgan yili, asar jami necha varaqdan iborat ekanligi va keltirilgan fikr
bu asarning nechanchi varag‘ida berilganligi aniq ko‘rsatiladi.
Iqtibos matni
qo‘shtirnoq ichida beriladi, yakunida ―havola‖ (snoska) belgisi qo‘yiladi va varaq
pastida manba ko‘rsatiladi.
Masalan,
quyidagi
shaklda:
Prezidentimiz
Sh.M.Mirziyoyev
ta‘kidlaganlaridek, ―…davlatning innovatsion yangilanish dasturini shakllantirish,
innovatsiya va investitsiyalardan samarali foydalanadigan yangi avlod kadrlarini,
yangi sarmoyadorlar sinfini tayyorlash o‘ta muhim ahamiyatga ega‖
1
.
Davriy nashrlarda (jurnal, gazeta kabi) chop etilgan maqolalardan iqtibos
keltirilgan hollarda, yuqoridagi tartibda keltirilib, asar turi o‘rniga, nashr turi bayon
etiladi (... jurnali yoki ... gazetasi kabi), chop etilish joyi,
sanasi va raqami
ko‘rsatiladi.
Masalan, quyidagi shaklda ―Eksport bilan shug‘ullanadigan subyektlar safiga
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 22.12.2017 -
Toshkent: ―O‘zbekiston‖ NMIU, 2018. B.-22
2 mingta yangi korxona qo‘shildi, eksport geografiyasi 42 ta davlatga kengaydi, 59
turdagi mahsulot birinchi marta eksportga yo‘naltirildi‖
2
.
Kurs ishining rang-barangligi va unda keltirilgan ma‘lumotlarning aniqligini
ta‘minlashda tadqiqotchi rasm va jadvallardan keng foydalanadi. Kurs ishida
jadvallar, asosan, statistik ma‘lumotlarni bayon qilishda,
shuningdek, vazirlik,
idora, korxona, tashkilot va muassasalarning ma‘lumotlarini keltirishda, muayyan
matematik hisob-kitoblarni bajarishda qo‘llaniladi.
Ishda jadval keltirilganda quyidagi shaklda rasmiylashtiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: