Tuproq bonitirovkasi.
Tuproq bonitirovkasi qishloq xojalik agrotexnikasi ortacha darajada bolganida tuproq sifati hamda tabiiy unumdorlik quvvatiga beradigan qiyosiy baxosi.Tuproq bonitirovkasi malumotlari qishloq xojaligiga moljallangan yer maydonlarining keyingi qiymat bahosini chiqarish, mulkiy paylarning miqdorini aniqlash, yer tuzishni amalga oshirish va yerlardan oqilona va samarali foydalanishni ragbatlantirish uchun asos boladi.Tuproq bonitirovkasi tegishli qishloq xojaligi maydonlari uchun yuz balli shkala boyicha otkaziladi. Tuproq bonitirovkasi ishlari huquqiy holati tegishli hujjat (vakolatli organning qarori) asosida belgilangan yoki tumanning yer kadastri daftarida tegishli yozuv bilan qayd etilgan barcha sugoriladigan va lalmi qishloq xojaligi yer maydonlarida otkaziladi. Davyergeodezkadastr agentligi tuproq bonitirovkasi ishlarini muvofiqlashtiradi hamda uslubiy rahbarlik qiladi.
Tuproq bonitirovkasi ishlari Ozbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qomitasi Huzuridagi Kadastr Agentligi rejasiga muvofiq, sugoriladigan qishloq xojalik yer maydonlarida har besh yilda va lalmi yer maydonlarida har on yilda bir marta otkaziladi hamda tuman hududini toliq qamrab oladi.Tabiiy talofatlar, texnogen tasirlar, tegishli hududda tuproq-meliorativ ishlarning bajarilishi natijasida, tuproqning unumdorlik darajasi ozgargan taqdirda, ayrim yer maydonlarida tuproq bonitirovkasi ishlari fermer xojaliklari va yerdan foydalanuvchi boshqa shaxslarning murojaatiga yoki tuman fermer, dehqon xojaliklari va tomorqa yer egalari kengashining qaroriga muvofiq qayta otkazilishi mumkin.
Tuproq bonitirovkasi ishlari buyurtmachisi:
tuproq bonitirovkasi ishlarini otkazish rejalarini tuzishi;
tegishli viloyat hokimligini tuproq bonitirovkasi ishlarini otkazish rejasidan xabardor qilishi;
tuproq bonitirovkasi ishlarini bajarish boyicha tuproq bonitirovkasi ishlari bajaruvchisi bilan shartnoma tuzishi;
tuproq bonitirovkasi ishlarini bajarish dasturini tasdiqlash;
tuproq bonitirovkasi ishlarini otkazish muddati hamda nazorat qilish tizimini belgilashi;
Tuproq bonitirovkasi ishlarini tashkil etish va otkazishda tuman hokimliklari:
tuproq bonitirovkasi ishlarini otkazish boyicha tegishli farmoyish qabul qiladi;
tuproq bonitirovkasi ishlarini otkazish uchun zarur bolgan materiallarni tuproq bonitirovkasi ishlari bajaruvchisiga taqdim etadi;
yakuniy malumotlarni tasdiqlaydi.
Tuproq bonitirovkasi ishlari yakuniy malumotlarini korib chiqish boyicha har bir tumanda komissiya tuziladi. Mazkur komissiya tarkibiga tuman hokimining orinbosari (rais), tuman yer resurslari va davlat kadastri bolimi boshligi (rais orinbosari), tuman qishloq xojaligi bolimi, tuman fermer, dehqon xojaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va tuproq bonitirovkasi ishlari bajaruvchisining vakili kiritiladi.
Tuproq bonitirovkasi ishlari yakuniy malumotlarini korib chiqish boyicha komissiya: tuproq bonitirovkasi ishlari boyicha yakuniy malumotlarni korib chiqadi, tuproqning ball boniteti ilgarigiga nisbatan pasayganligi aniqlangan taqdirda, tuproqning ball boniteti pasayganligi sabablarini organadi va ball bonitetini saqlash va oshirish boyicha zarur choralarni koradi;
tuproq bonitirovkasi ishlari boyicha yakuniy malumotlarning korib chiqilganligi togrisida dalolatnoma rasmiylashtiradi.
Tuproq bonitirovkasi ishlari bajaruvchisi:
tuproq bonitirovkasi ishlarini otkazadi;
yer maydonlarining ortacha bonitet ballari va klasslar boyicha guruhlashtirilgan malumot tayyorlaydi;
Ozbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qomitasi Huzuridagi Kadastr Agentligi tomonidan tasdiqlangan texnik topshiriqqa asosan, tuproq bonitirovkasi ishlari bajaruvchisi tuproq bonitirovkasi ishlarini otkazish uchun tegishli shartnoma tayyorlaydi va tasdiqlash uchun tuproq bonitirovkasi ishlari buyurtmachisiga taqdim etadi.
Tuproq bonitirovkasi ishlarini otkazishga tayyorgarlik korish tuproq bonitirovkasi ishlari bajaruvchisi tomonidan amalga oshiriladi.
Tuproq bonitirovkasi ishlarini otkazishga tayyorgarlik korish quyidagilarni oz ichiga oladi:
tuproq tadqiqotlari malumotlarini, yer kadastri hujjatlari va kartalarini yigish, organish hamda tahlil qilish;
texnik topshiriqqa asosan, tuproq bonitirovkasi ishlarini bajarish dasturini ishlab chiqish;
yer maydonlari chegaralariga osha joyning ozida aniqlik kiritish va dala kartalariga belgilash;
yer maydonlarida tuproq bonitirovkasi ishlari otkaziladigan fermer xojaliklari va yerdan foydalanuvchi boshqa shaxslarning tasdiqlangan royxatini tuman yer resurslari va davlat kadastri bolimidan olish.
Tuproq bonitirovkasi ishlarida tuproqlarning asosiy xossalari va tabiiy sharoitlari (tuproqlarning genetik kelib chiqishi, mexanik tarkibi, gumus miqdori, ozuqa elementlari bilan taminlanganligi, shorlanish darajasi, eroziyalanganligi, toshloqliligi, gipsliligi, termik resurslar bilan taminlanganligi va boshqa tabiiy omillari) hisobga olinadi.
Tuman hududini toliq qamrab olgan tuproq bonitirovkasi ishlari asosida texnik hisobot, tumandagi sugoriladigan va lalmi qishloq xojaligi yer maydonlarining ortacha bonitet ballari va klasslari boyicha guruhlashtirilgan jadvali mazkur Nizomning muvofiq shaklda tuziladi.
Tuproq bonitirovkasi ishlari bajaruvchisi tuproq bonitirovkasi ishlarining aniqligi, toliqligi va sifati uchun masul hisoblanadi.
Tuproq bonitirovkasi ishlari Ozbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qomitasi Huzuridagi Kadastr Agentligi qomitasi tomonidan nazorat qilinadi. Tuproq bonitirovkasi ishlarini nazorat qilishda yer maydonlari togrisidagi malumotlar, tuproq bonitirovkasi va tuproq kartalarini tuzish ishlari organiladi.
Tuproq bonitirovkasi ishlarini nazorat qilish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Tuproq bonitirovkasi ishlari boyicha yakuniy malumotlar tuproq bonitirovkasi ishlari buyurtmachisi yoki uning vakiliga (viloyat yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi) topshiriladi. Tuproq bonitirovkasi ishlari boyicha yakuniy malumotlar tuproq bonitirovkasi ishlari buyurtmachisi yoki uning vakili tomonidan korib chiqish uchun tuman komissiyasiga taqdim etiladi.
Tuproq bonitirovkasi ishlari boyicha yakuniy malumotlar ikki hafta ichida tuman komissiyasi tomonidan korib chiqiladi. Tuman komissiyasi tomonidan tuproq bonitirovkasi ishlari boyicha yakuniy malumotlarni korib chiqish vaqtida etirozlar yuzaga kelgan taqdirda, etirozlar sabablarini yozma ravishda korsatgan holda tuproq bonitirovkasi ishlari bajaruvchisiga murojaat qilinadi. Tuman komissiyasi tomonidan ikki hafta ichida etirozlar bildirilmagan taqdirda, tuproq bonitirovkasi ishlari qabul qilingan hisoblanadi.
Tuproq bonitirovkasi ishlari boyicha korib chiqilgan yakuniy malumotlar tuman hokimining qarori bilan tasdiqlanadi. Mazkur qarorga yer maydonlarining ortacha bonitet ballari va klasslari boyicha guruhlashtirilgan malumotlari ilova qilinadi.
Tuproq bonitirovkasi ishlari boyicha yakuniy malumotlarni korib chiqish va tasdiqlash vaqtida etirozlar yuzaga kelgan taqdirda, mazkur malumotlar tuproq bonitirovkasi ishlari bajaruvchisi yoki buyurtmachisi tashabbusi bilan muhokama qilish uchun Ozbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qomitasi Huzuridagi Kadastr Agentligi ilmiy texnik kengashiga taqdim etilishi mumkin. Tabiiy talofatlar, texnogen tasirlar, hududda tuproq-meliorativ ishlar bajarilishi natijasida, tuproqning unumdorlik darajasi ozgarganda, shuningdek fermer xojaliklari va yerdan foydalanuvchi boshqa shaxslarning murojaatiga asosan yoki tuman fermer, dehqon xojaliklari va tomorqa yer egalari kengashining qarori boyicha ayrim yer maydonlarida tuproq bonitirovkasi ishlari qayta otkazilganda, tuproq bonitirovkasi ishlari boyicha yakuniy malumotlar belgilangan tartibda tuman hokimining qarori bilan tasdiqlanadi. Tuproq bonitirovkasi ishlari tugagandan song, tuproq bonitirovkasi ishlari bajaruvchisi tomonidan har bir tuman boyicha quyidagi hujjatlardan iborat yigmajild shakllantiriladi:
tushuntirish xati (texnik hisobot) va uning ilovalari;
tuman hokimining tuproq bonitirovkasi ishlarini otkazish togrisidagi farmoyishi;
tuman komissiyasining tuproq bonitirovkasi ishlari boyicha yakuniy malumotlarni korib chiqilganligi togrisidagi dalolatnomasi;
tuman hokimining tuproq bonitirovkasi ishlari natijalarini tasdiqlash togrisida qarori.
Rasmiylashtirilgan hujjatlar texnik topshiriqqa muvofiq manfaatdor tashkilotlarga tarqatiladi.
Tuproq bonitirovkasi ishlari togrisidagi malumotlar tuproq bonitirovkasi ishlari bajaruvchisi tomonidan tuproq bonitirovkasi ishlari buyurtmachisi yoki uning vakiliga taqdim etiladi.
Tuproq bonitirovkasi ishlari boyicha malumotlar Ozbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qomitasi Huzuridagi Kadastr Agentligi yoki uning hududiy boshqarma (bolim)lari tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralarga hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga ularning yozma sorovlari asosida beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |