1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
SH.ASAMXODJAYEVA
“INVESTITSIYALARNI
TASHKIL
ETISH
VA
MOLIYALASHTIRISH”
FANIDAN
AMALIY
MASHG’ULOT
UCHUN
USLUBIY QO’LLANMA
TOSHKENT
-
2017
2
Tuzuvchi Sh.Asamxodjayeva. “Investitsiyalarni tashkil etish va
moliyalashtirish” fanidan amaliy mashg’ulot uchun uslubiy qo’llanma. - T.:
TMI, 2017 yil. 50 bet.
Ushbu uslubiy qo‟llanma bakalavriaturaning barcha ta‟lim yo‟nalishlari
talabalari
uchun mo‟ljallangan bo‟lib, unda “Investitsiyalarni tashkil etish va
moliyalashtirish” fanidan amaliy mashg‟ulotni o‟tkazish bo‟yicha tavsiyalar
keltirilgan.
Amaliy mashg‟ulot uchun uslubiy qo‟llanma kafedra (2017 yil ___
_____________dagi ____ - sonli) majlisida muhokama qilingan va tasdiqlash
uchun institut o„quv-uslubiy Kengashiga tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri
L.Zoyirov
Uslubiy qo‟llanma Toshkent moliya instituti Uslubiy kengashi majlisida
muhokama qilingan va nashrga tavsiya etilgan. _____ _______ 2017 yil ____-
sonli majlis bayoni.
Kengash raisi
I.Qo’ziyev
Taqrizchilar:
X.Imomov, TDIU, “Moliya va soliqlar”
kafedrasi dotsenti, i.f.n.
L.Zoyirov, TMI, “Baholash ishi va
investitsiyalar” kafedrasi mudiri, i.f.n.
3
K I R I S H
Mamlakatimizda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma‟naviy hayotda tub
o‟zgarishlar sodir bo‟lmoqda. Ayniqsa, ta‟lim sohasida olib borilayotgan izchil
islohotlar uzluksiz ta‟lim tizimining uzviyligini takomillashtirish, yuqori malakali,
yuksak kasbiy, ma‟naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi zamonaviy kadrlar
tayyorlash tizimini takomillashtirishni ko‟zda tutmoqda.
Ma‟lumki, ta‟lim jarayonini samarali tashkil qilishda amaliy
mashg‟ulotlarni sifatli va faol tarzda o‟tkazilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
“Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish” fanini bakalavriaturaning
barcha ta‟lim yo‟nalishlarida o‟qitish ko‟zda tutilgan.
“Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish” fanining asosiy maqsadi
–
talabalarda
investitsiyalarning
iqtisodiy
mohiyati,
investitsiyalarni
moliyalashtirish manbalari, investitsiyalarni jalb etish, davlat investitsiya dasturini
shakllantirish, investitsiya loyihalarini baholash bo‟yicha yo‟nalishga mos bilim,
ko‟nikma va malaka shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi – talabalarga investitsiyalar, ularning turkumlanishi,
moliyalashtirish manbalarini aniqlash, investitsiya loyihalarini samaradorilgini
baholash, noan‟anaviy usullarni o‟rganish va tatbiq etish, investitsiyalarni
moliyalashtirishda munosib investitsiya loyihalarini tanlab olish, loyihaning
investitsion va moliyaviy rejasi bilan tanishtirishni, loyihaviy moliyalashtirishning
mohiyatini, loyihani boshqarishning tashkiliy tizimini, tashkiliy modellashtirishni
avtomatlashtirishning zamonaviy usullarini hamda loyihani amalga oshirish
tartibini o‟rgatishdan iborat.
Milliy iqtisodiyotda tarkibiy o‟zgarishlarni amalga oshirish va iqtisodiy
islohotlarni chuqurlashtirish, asosiy ishlab chiqarish fondlarini modernizatsiya
qilish, texnik qayta ta‟mirlash, ishlab chiqarishda zamonaviy texnologiyalarni
qo‟llash va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va shu orqali
mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta‟minlashda “Investitsiya” fani
muhim ahamiyat kasb etadi.
Shunday ekan, ushbu qo‟llanmada “Investitsiyalarni tashkil etish va
moliyalashtirish” fani bo‟yicha amaliy mashg‟ulotni samarali tashkil etish va
o‟tkazishni ko‟zlab, ma‟lum uslubiy taklif va tavsiyalar berish maqsad qilib
qo‟yildi.